Ichki ishlarga ishga kirish talablari e’lon qilindi
Yakuniy suhbat natijalari ko‘ra nomzodning xizmatga kasbiy jihatdan yaroqliligi to‘g‘risida xulosa chiqariladi.
Ustki kiyim bilan obraz yaratishda ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan 8 ta xato
Pidjak, paltolar va boshqa ustki kiyimlarni tanlashda ehtiyot bo‘lish kerak: ustki kiyim — bu garderobning eng muhim elementlaridan biridir. Marie Claire nashri ayollar ko‘pincha yo‘l qo‘yadigan xatolar haqda so‘z yuritdi.
Foto: Marie Claire
Ustki kiyim garderobdagi eng qimmat buyumlardan biridir. Shuning uchun bu narsa bir mavsumdan ko‘proq vaqt davomida xizmat qilishi kerak. Buning uchun esa, avvalo, kiyimni qanday tanlashni bilish kerak, eng muhimi, uslubni buzadigan xatolardan qanday qochish kerak.
Foto: Marie Claire
Agar palto, plash, kardigan va shunga o‘xshash uzun ustki kiyimlar tanlash kerak bo‘lsa, ularni imkon qadar boldir qismiga tushadiganini olish tavsiya etiladi. Bunday uzunlikdagi ustki kiyimlar yubka, ko‘ylak, shim yoki boshqa kombinatsiya bilan ham ajoyib ko‘rinishni hosil qiladi.
Foto: Marie Claire
Ustki kiyim tanlashda rang alohida ahamiyatga ega. Keyingi mavsumda qanday rang urfda bo‘lishi mavhum masala. Shuning uchun ularni neytral rangda bo‘lishi maqsadga muvofiq. Oq, qora, qaymoq rang, kulrang, jigarrang yoki to‘q ko‘k kabi qalin ustki kiyimlar uzoq muddat davomida ko‘zga tashlanmaydi.
Foto: Marie Claire
Keng yoqalar, burmali bezaklar va turli xil bichimdagi ustki kiyimlarga ham kamroq ustunlik berish kerak. Chunki mavsum mobaynida turli xil uslublar urfga kiradi. Klassik uslublar esa hamisha tendensiyaga muvofiq ravishda o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Mutaxassislar bu masalada ko‘proq oddiy bichimdagi klassik ustki kiyimlarni tavsiya etadi.
Foto: Marie Claire
Ustki kiyimlardan joy olgan yirik tugma, zamok yoki belbog‘ ham obrazga putur yetkazishi mumkin. Sababi ular libosning qiymatini tushiradi. Yaxshisi, ustki kiyim tanlaganda qo‘shimcha detallari bo‘lmagan modellarni tanlash obrazni yanada boyitadi.
Foto: Marie Claire
Ustki kiyim naqshlarini ham bu borada e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. Sababi ko‘ylak yoki yubka naqshli bo‘lsa, ustki kiyimlar ulardan xoli bo‘lgani ma’qul. Obraz yaratishda barcha kiyimning naqshlisiga ustunlik berish bachkanalikni keltirib chiqaradi.
Foto: Marie Claire
Shuningdek, palto yoki boshqa ustki kiyimlar imkon qadar tabiiy matodan tikilgan bo‘lishi lozim. Chunki ular qishda issiq tutadi. Sintetika, charm yoki boshqa turdagilari shunchaki chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin xolos.
Foto: Marie Claire
Uzoq muddat urfda bo‘lgan kurtkalar bir-ikki mavsumdan keyin o‘z ko‘rinishini yo‘qota boshlaydi. Shuning uchun ichki qismi pat yoki par bilan to‘ldirilgan qishki kiyimlardan qochish kerak. Bu kabi kurtkalarni tanlashda tabiiy vositalardan tayyorlangan kiyimlar uzoq vaqt xizmat qiladi.
- Garderobdagi o‘rnini yangilariga bo‘shatishi kerak bo‘lgan eskirgan oyoq kiyim modellari (foto)
- 2022—2023 kuz-qish mavsumining eng zamonaviy sumka modellari (foto)
- Garderobni yangilang: urfdan qolgan 5 xil futbolka modeli (foto)
Ichki ishlarga ishga kirish talablari e’lon qilindi
Ichki ishlar organlariga xizmatga tanlov asosida, ixtiyoriy tartibda yoshi o‘n sakkizdan kichik va o‘ttizdan katta bo‘lmagan, shu jumladan o‘ttiz yoshdagi ham, tegishli ma’lumotga ega, shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.
Xizmatga 165 santimetrdan past bo‘lmagan erkaklar va 160 santimetrdan past bo‘lmagan ayollar qabul qilinadi. Qabul nomzodning doimiy propiska joyi bo‘yicha ichki ishlar organlari tomonidan dastlabki va yakuniy tanlovlar asosida amalga oshiriladi.
Tanlovlar nomzodning xohishiga ko‘ra davlat, qoraqalpoq yoki rus tillarida o‘tkaziladi. Dastlabki tanlov dastlabki suhbat, psixologik test, umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash shaklida o‘tkazilib, umumlashtirilgan natijalariga ko‘ra yakunlanadi.
Yakuniy tanlov nomzod bilan yakka tartibdagi suhbat shaklida o‘tkazilib, suhbat davomida uning aqliy salohiyati, xizmat o‘tashga ruhan tayyorligi, kirishimliligi, shuningdek xodim uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’naviy-axloqiy va kasbiy jihatdan muhim xislatlar baholanadi.
Yakuniy suhbat natijalari ko‘ra nomzodning xizmatga kasbiy jihatdan yaroqliligi to‘g‘risida xulosa chiqariladi.
Xizmatga, mavjud bo‘sh lavozimlarni hisobga olgan holda yakuniy tanlov natijalariga ko‘ra yakka tartibdagi suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar qabul qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Sirg‘alida ichki kiyim sotish tartibi o‘zgardi
Sirg‘ali hokimi farmoyishi bilan tumandagi ayollar ichki kiyimlari sotiladigan magazinlar yopib qo‘yilgan. Aralash mollar bilan savdo qiladigan do‘konlarning ichki kiyim¸ lozim va siynaband sotadigan bo‘limlari bekitilgan.
Bu ma‘lumotni Sirg‘ali Soliq boshqarmasi xodimi tasdiqladi. Xodimga ko‘ra¸ aholining muhofazakor qatlamidan tushgan shikoyatlar asosida ana shunday vaqtincha choralar ko‘rilgan.
Soliq qo‘mitasi mulozimining aytishicha¸ Otabek Sodiqov Sirg‘ali tumaniga hokim qilib tayinlanganidan keyin bozor va rastalarni aylangan.
Bu ziyorat paytida rastalarga yoyib qo‘yilgan siynaband va ayollarning ichki ishtonlari tuman hokimi didiga yoqmagan.
Ana shundan keyin ichki ishton va siynabandlarni sotishni “tartibga solish borasida” farmoyish chiqqan.
Ozodlik muxbiri bu farmoyish tafsilotlarini o‘rganish maqsadida Sirg‘ali tuman hokimi Sodiqov bilan bog‘lanishga harakat qildi. Hokim qanulxonasida telefon go‘shagini ko‘targan kotiba qiz¸ tuman hokimi Otabek Hotamovichning kabinetda yo‘q ekanini aytdi.
Farmoyish haqida so‘raganimizda¸ kotiba qiz bu borada xujjatlar bo‘limidan ma‘lumot olishimiz mumkinligini aytdi.
Xujjatlar bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilganimizda o‘zini tanishtirishni istamagan mulozim¸ ayollar siynabandlarining “bola-chaqa ko‘z o‘ngida ochiq-sochiq rastalarda turishi o‘zbekchilikka to‘g‘ri kelmasligi”ni pisanda qildi.
Mulozimga ko‘ra siynabandlar sotuvi taqiqlanmagan¸ balki “tartibga solingan”.
Sirg‘ali bozorida ayollar ichki kiyimlari bilan savdo qiladigan Tohirjon ismli tujjor yigit bozori kasod bo‘lganidan nolib¸ bu farmoyishni iste‘molchilar huquqining ochiqdan- ochiq buzilishi sifatida baholadi.
Sirg‘ali tuman Istemolchilar huquqlarini himoya qilish idorasining o‘zini Nosirjon To‘laganov deb tanishtirgan mulozimi “hokim chiqargan qarorni biz bekor qila olmaymiz” dedi.
Hokim chiqargan qaror iste‘molchilar huquqlarini buzsachi¸ deb savol berdik mulozimga:
– To‘g‘risi¸ siz aytgan narsalar bilan¸ ayollar ichki kiyimlari bilan Savdo palatasi shug‘ullanadi. Lekin kimdir kelib hokim qarori ustidan bizga shikoyat yozsa¸ biz ko‘rib chiqishimiz mumkin¸ dedi To‘laganov.
Sirg‘ali tuman hokimining ichki ishtonlarga qarshi kurashi yangilik emas. Kiyev shahar hokimiyati shahar aholisiga ichki ishtonda balkonga chiqish va ichki kiyimlarni balkonga osishni taqiqlaydigan farmon chiqargan.
Britaniyada maktablar yaqinida ichki kiyim reklamasi taqiqlangan.
O‘tgan asrda Bavariya restoranlarida tovuqning pishirilgan oyog‘ini butun shaklda tortish taqiqlangan edi. Qonun tovuq oyoqlarini tovoqda mayda –mayda qilinib to‘g‘rab qo‘yilishini taqozo qilgan. Tovuqning buti¸ mijozlar miyasida ayol buti haqidagi be‘mani xayollarni hosil qilmasin¸ deb ana shunday qaror qabul qilingan edi.