Press "Enter" to skip to content

Toshkentda ichki kiyimlar do‘konidagi reklamani tanqid qilgan yigit jarimaga tortildi

Kir yuvish kukuni tarkibidagi natriy silikati, fosfonatlar, polikarboksilatlar, seolit, enzima, noinogenli surfaktantlar, yuqori faol moddalar kationlari va boshqa ko‘plab kimyoviy moddalar qo‘shiladi. Kir yuvish kukunida ichki kiyimlar yuvilgan taqdirda ular matosida kam miqdorda kimyoviy moddalarning saqlanib qolishi, ular yillar davomida teri orqali qon tomirlariga tushib, a’zolarda to‘planishi mumkin. Kimyoviy moddalarning organizmda me’yoridan ortiq to‘planishi esa kelgusida xavfli xastaliklar, jumladan, saratonni keltirib chiqarishi ehtimoldan yiroq emas.

Ichki kiyimlar va pijamalar Turkiya optom narxlari / Турция оптом нижнее белье и пижамы

Если вам понравилось бесплатно смотреть видео ichki kiyimlar va pijamalar turkiya optom narxlari / турция оптом нижнее белье и пижамы онлайн которое загрузил ISTANBUL BOZOR 21 октября 2022 длительностью 00 ч 05 мин 57 сек в хорошем качестве, то расскажите об этом видео своим друзьям, ведь его посмотрели 1 373 раза.

Marjona Samadova

2 недели назад

Assalomalaykum vatsap Imolarz yumi tg yugla ucun qande zakaz qlse buladi

Dilrabo Bobocheyeva

3 недели назад

Ассалому алайкум,дукониз кайерда.Оптим олишга кандай боглансай булади

Мотабархон Торакулова

1 месяц назад

Битагаям заставка киласиларми Маргилонга

Axrorbek Raxmatov

2 месяца назад

Ассалому алайкум. Кукон бозорда хам магазинларинг борми? Булса кайси бозор, нечанчи дукон (номери)

Dilafruz Tuxtaqul

3 месяца назад

Zakaz bersak buladimi

Fdldll Kfkffl

3 месяца назад

Salom uzun qalin koʻylaklardan tasheng xar birini narxi bilan raxmat ishlarizga omat

ширина хотинжоним

3 месяца назад

Ассаламу алекум опти узбга йубораоласизми

Toshkentda ichki kiyimlar do‘konidagi reklamani tanqid qilgan yigit jarimaga tortildi

Toshkent shahri “Buyuk Ipak yo‘li” metro bekati atrofida joylashgan ichki kiyimlar savdo do‘konidagi reklama bannerini tanqid qilgan fuqaro jarimaga tortildi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro SH.A. Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Buyuk Ipak yo‘li” metro bekati atrofida joylashgan savdo do‘konlaridan birining reklama bannerlarini tanqid qilgan.

Uning munosabatidan keyin mutasaddi rahbarlar reklama mahsulotlarini olib tashlagan. Shundan so‘ng, holat bo‘yicha jamoatchilik keskin fikrlar bildirgan. Hozirda reklama mahsulotlari joyiga qaytarilgan.

Holatni o‘rganish maqsadida o‘tkazilgan suhbat davomida fuqaro yuqorida keltirilgan do‘kondagi reklama bannerlariga nisbatan munosabatini o‘zining diniy qarashlaridan kelib chiqqan holda bildirganini ma’lum qildi.

Shuningdek, SH.A. turli diniy mavzudagi materiallarni amaldagi qonunchilikka zid ravishda ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali tarqatib kelayotgani aniqlandi.

“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonunga asosan o‘tkazilgan profilaktik suhbat davomida mazkur fuqaroga qonunchilik hujjatlari talablari tushuntirib o‘tildi.

Xususan, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunning 18-moddasida tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari huquqlarining kafolatlari belgilangan. Jumladan, tadbirkorlik sub’ekti mulk huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkka o‘z xohishiga ko‘ra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.

Qayd etilishicha, mazkur qonunning 35-moddasiga binoan, tadbirkorlik faoliyati sub’ekti o‘z ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan ma’lumotlarga raddiya berilishini sud tartibida talab qilishga haqli. Bunday ma’lumotlarga raddiya berilishi bilan bir qatorda ularning tarqatilishi oqibatida yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishini va ma’naviy zarar kompensasiya qilinishini talab etishga haqli.

“Turmushda va jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalariga rioya etishda insonlar o‘zlarining shaxsiy diniy va axloqiy qarashlari orqali boshqalarga baho berishi yoki boshqacha ko‘rinishda aralashishi mumkin emas. Ushbu tartibga qarshi har qanday insonlarning harakati qonun asosida qat’iy ta’qib qilinadi.

Shuningdek, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunining 10-moddasiga binoan, mamlakat hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash va tarqatish dinshunoslik ekspertizasining ijobiy xulosasi olinganidan keyin amalga oshiriladi”, deyiladi xabarda.

Shu munosabat bilan, fuqaro SH.A.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 184-2-moddasiga (Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish) asosan, bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Ichki kiyimlar narxlari

Ichki kiyimlar libos javonining ajralmas va eng muhim elementlaridan hisoblanadi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur sohaning yillik aylanmasi 30 millird dollardan oshadi. Aytish joizki, ichki kiyimlar inson hayotida muhim rol o‘ynaydi. Biroq shunga qaramasdan, ular bilan bog‘liq shunday savollar borki, ochiqchasi muhokama qilinmaydi. Deylik, ularni kechasi yechib yotsa yoki mutlaqo kiymasa nima bo‘ladi? Sport bilan shug‘ullanayotganda qanday turdagi ichki libos kiygan ma’qul va hokazo. Quyida trusik (kalta ishton) haqida ochiqchasiga berishga iymaniladigan beshta savolga javoblarni keltirib o‘tamiz.

  1. Bitta trusikni bir necha kun ketma-ket kiysa bo‘ladimi?

Amaliy jihatdan kecha kiyilgan trusiklarni bugun ham kiyishda davom etishning salomatlikka hech qanday salbiy ta’siri yo‘q. Ya’ni, ichki kiyim toza ko‘rinayotgan bo‘lsa (hech qanday ajratmalar asorati bo‘lmasa), uni kiyishda davom etish mumkin.

Biroq ushbu maslahatda bir qancha istisnolar bor. Trusiklar jinsiy a’zolarga taalluqli teri sohasida yaralar, toshmalar, tirnalgan joylar bo‘lsa yoki siz kuchli terlagan bo‘lsangiz, infeksiya tushish xavfini kamaytirish uchun tez-tez almashtirib turilishi kerak.

Ikkinchi maslahat ko‘proq ayollarga tegishli. Chunki ortiqcha namlik kandidoz deb nomlanuvchi zamburug‘li kasalliklar rivojlanishi uchun qulay muhit hisoblanadi. Bu hol erkaklarni ham chetlab o‘tmaydi. Kuchli terlash bo‘lgan zahoti trusiklar almashtirilishi lozim.

  1. Ichki kiyimning qanday materialdan tayyorlangani muhimmi?

Salomatlik bilan bog‘liq savolga qisqa qilib javob bersak, haqiqatdan ham ichki kiyim, jumladan trusiklarning matosi muhim! Ichki kiyimlar o‘zidan havo va namlik o‘tkazadigan tabiiy matolardan tayyorlangani maqsadga muvofiq.

Jinsiy a’zolar hududida infeksiya va qichishlar rivojlanishining oldini olish uchun tabiiy xom ashyo (paxta, bambuk va hokazo) tayyorlangan toza va erkin trusiklarni kiyish qat’iy tavsiya qilinadi. Bu paytda terining nafas olishiga imkon berish kerak.

Sun’iy tolali matodan tayyorlangan trusiklar nafaqat jinsiy a’zolar sohasidagi terining nafas olishiga to‘sqinlik qiladi, balki orqa chiqish yo‘lidagi zararli mikroblarning jinsiy a’zolarga tushishi va u yerda turli infeksion, zamburug‘li kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

  1. Trusiklar turi jinsiy qobiliyatga ta’sir ko‘rsatadimi?

Ilmiy tadqiqotlarda erkak urug‘larining ishlab chiqarilishiga issiqlik ta’sir ko‘rsatishi o‘z tasdig‘ini topgan. Moyaklar sohasida haroratning ortishi urug‘lik ishlab chiqarilishini qiyinlashtiradi. Tuxumlar harorati va qulayligiga asosiy nima ta’sir ko‘rsatadi? Albatta, birinchi navbatda ichki kiyim.

Shu boisdan erkaklar o‘ta tor va siqib turuvchi trusiklarni kiymasliklari maqsadga muvofiq. Eng yaxshisi, erkinroq turuvchi boshqa trusiklarlan foydalangan ma’qul.

Bu yerda plavka turiga mansub trusiklar haqida alohida to‘xtalish lozim. Bu turdagi trusiklarni doimiy ravishda kiyib yurish jinsiy a’zolar sohasida qon aylanishini qiyinlashtirib, turli patologik muammolarni keltirib chiqarish ehtimolini oshiradi. Bundan ehtiyot bo‘lish va barcha jinsiy a’zolar terisining erkin nafas olishi va qon aylanishda muammolar bo‘lmasligiga qat’iy e’tibor qaratish lozim.

  1. Trusiklarsiz yursa ham bo‘ladimi?

Mumkin! Buning uchun bir qancha shartlar bor.

Ayniqsa jismoniy tarbiya va jinsiy a’zo qo‘zg‘algan vaqtda ularni kiymagan ma’qul. Bu teriga salbiy ta’sir ko‘rsatib, yallig‘lanish va qichishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Biroq bu terida hech qanday muammo bo‘lmasa va ustki kiyim pishiq va namlik o‘tkazsagina tavsiya etiradi.

Umuman olganda esa trusiklarga ehtiyoj borligi sababli ham ommaviy foydalaniladigan libos hisoblanadi. Birinchidan, ichki kiyim shaxsiy gigiyena uchun zarur. Turli infeksiyalarning jinsiy a’zolarga yaqin yo‘lamasligi uchun toza va tabiiy matodan tayyorlangan trusiklarning o‘rni beqiyos.

  1. Ichki kiyimlarni qanday yuvish kerak?

Ichki kiyimlarni imkon qadar tabiiy kir yuvish vositasi – kir sovun bilan qo‘lda yuvgan ma’qul. Trusiklarni alohida, boshqa ichki kiyimlarni alohida, ularni paypoq yoki turli xil kiyimlar bilan aralashtirib yuvmaslik kerak.

Kir yuvish kukuni tarkibidagi natriy silikati, fosfonatlar, polikarboksilatlar, seolit, enzima, noinogenli surfaktantlar, yuqori faol moddalar kationlari va boshqa ko‘plab kimyoviy moddalar qo‘shiladi. Kir yuvish kukunida ichki kiyimlar yuvilgan taqdirda ular matosida kam miqdorda kimyoviy moddalarning saqlanib qolishi, ular yillar davomida teri orqali qon tomirlariga tushib, a’zolarda to‘planishi mumkin. Kimyoviy moddalarning organizmda me’yoridan ortiq to‘planishi esa kelgusida xavfli xastaliklar, jumladan, saratonni keltirib chiqarishi ehtimoldan yiroq emas.

Xulosa

Eng muhim maslahat — o‘z ichki kiyimingizni toza, quruq va yangi holatda saqlang. Agarda jinsiy a’zolar sohasida biror muammo bo‘lsa, ichki kiyimlarning tozaligiga qat’iy rioya qiling va kerak bo‘lsa kuniga ikki marotaba bo‘lsa ham almashtiring. Agarda terlamagan bo‘lsangiz va hech qanday ajratmalar bo‘lmasa, ularni bir necha kun kiyishning zarari yo‘q.