Ilm kitobi
Hasan Basriy aytadi: “Olimlar bo`lmaganida insonlar chorva mollari kabi bo`lib qolardilar”. YA`ni, olimlar insonlarni ilm o`rgatish yo`li bilan hayvonlik darajasidan insonlik martabasiga ko`taradi. 54
Ilm kitobi
11 мая 2014
В группе 43 участника
IX – XII asrlarda yurtimiz ilm – fani, madaniyatining yuksalishi va jahon miqyosiga yoyilishi. A) Xorazmda Ma’mun akademiyasi. Ma’lumki, uzoq o’tmishga ega bo’lgan O’rta Osiyo xalqlari taraqqiyoti tarixi o’z boshidan turli voqealarni, yuksalish va orqaga ketish davrlarini boshdan kechirdi. Shubhasiz,bu davrlarning barchasi tarixda o’zining ma’lum izini qoldirdi. Xususan ilm-fan madaniyatimiz taraqqiyotida IX—XP asrlar davrining o’rni beqiyosdir. Shuni alohida ta’kidlash joizki, Shax Ma’mun ibn Muhammad X asr oxirlarida janubiy va shimoliy qismlarga bo’lingan Xorazmni yagona bir markazga birlashtirdi. Ma’mun ayniqsa poytaxt Gurganchni Sharqning eng yirik ilmiy-madaniy markazlaridan biriga aylantirdi. Ma’mun Gurganchda «Baytul xikma» (Donishmandlar uyini) tashkil qildi. U Ma’mun akademiyasi deb ham ataldi. Bu maskanda ulug’ mutafakkirlar Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Ibn al Hammar, Abu Saxl Masixiy, Ibn Irok, Ahmad Farg’oniylar ijod qildilar. Shuningdek ular orasida Sharqning ko’pgina mamlakatlaridan kelgan ulug’ allomalar ham bor edi. Mustaqillik sharofati bilan O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning Xorazm akademiyasini tiklash va uni rivojlantirish haqidagi 1997 yilda e’lon qilgan maxsus Farmoni o’sha davr ilm-fan taraqqiyotini tan olinishining yana bir timsolidir. Bu davr O’rta Osiyo xalqlarini dunyo miqyosida mashhur qildi. Chunki O’rta Osiyo xalqlarining bu davrda qo’lga kiritgan madaniy yutuqlari, ilm-fan sohasidagi yangiliklari dunyo madaniyati, ilm-fan rivojining ajralmas xalqasini tashkil etadi. Shuning uchun ham bu davr O’rta Osiyo xalqlari tarixida uyg’onish (renessans) davri deb qabul qilindi. IX – XII asrlar davri xususida gap ketar ekan, bu vaqtga kelib Markaziy Osiyo hududlarida arab halifaligining ta’siri bir muncha pasayib, bu hududlarda birin-ketin mustaqil turkiy davlatlar tashkil topa boshlagandi. Ular Tohiriylar, Somoniylar, g’aznaviylar, Qoraxoniylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar davlatlaridir. Biz quyida yana shu yuksalish davrining buyuk vakillari, ijodkorlari hamda ular yaratgan ilmiy-madaniy meros haqida to’xtalib o’tamiz. B) O’rta Osiyolik mutafakkar olimlar haqida ma’lumotlar. Abu Abdullo Muhammad Ibn Muso al – Xorazmiy.(783-850yy) Buyuk mutafakkir va olim al-Xorazmiy Xivada tavallud topgan. Yoshligidan ilm-fanga, ayniqsa tabiiy fanlarni o’rganishga qiziqdi. Arab, fors, hind, yunon tillarini mukammal o’rgandi. O’qigan, o’rganganlari asosida, tabiatning bergan buyuk iqtidori bilan bir necha fanlarga doyr yirik, qimmatli asarlar yaratdi. Uning arifmetika va algebraga doir «Kitob al-jabr val mukobala» (To’ldirish va qarama-qarshi qo’yish haqida kitob) asari matematika fanida yangi davrni boshlab beribgina qolmay, balki uning keyingi asrlardagi taraqqiyotiga ham katta asos bo’ldi. Al -Xorazmiyning ikkinchi matematikaga oid asari «Hind arifmetikasi haqida kitob» bo’lib, bu asar tufayli avval Sharq xalqlari, so’ngra esa Yevropa xalqlari ham Qadimiy Hindistonning katta yutug’i-o’nli pozitsisi hisoblash sistemasi bilan tanishdilar. (XII asrda lotin tiliga o’girilgan). Al-Xorazmiyning «Kitob surat al-ard» (erning surati) asari geografiyaga, «Astronomik jadvallari» astronomiyaga oid bo’lib, ular muallifning nomini jahonga yoydi. Shuningdek, «Kuyosh soatlari to’g’risida risola», «Tarix risolasi», «Usturlab haqida risola», «Musiqa risolasi» singari ajoyib asarlari olimga katta shuxrat keltirdi, uning nomini abadiylashtirdi. Al-Xorazmiyning «Al-jabr val muqobala» asari keyinchalik Yevropada «Algebra» deb yuritila boshlandi. Uning astronomiyaga oid asari esa faqat Sharqda emas, balki g’arbda ham asronomiya fani rivojida katta rolь o’ynadi. 1983 yilda xalqimiz buyuk allomaning 1200 yillik to’yini katta tantana bilan nishonladi. Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad Al-Farg’oniy. Al-Farg’oniyning tarjimai holiga doir ma’lumotlar tarixda kam saqlanib qolgan. 861 yilda vafot etgan. Astronomiya, matematika, geodeziya, gidrologiya fanlarining bilimdoni Farg’ona zaminida tug’ilib o’z ilmiy-madaniy zakovati bilan Bag’doddagi birinchi Ma’mun akademiyasigacha borgan (ikkinchi Ma’mun akademiyasi Xorazmshox Ma’mun akademiyasi edi). (Al-Farg’oniy, Muhammad Muso Al-Xorazmiy bilan birga bu akademiyadagi olimlarga rahbarlik qilishgan. Farg’oniy arab ilmiy atamashunosligini vujudga kelishiga va rivojiga katta hissa qo’shdi. Bag’dod va Damashqdagi rasadxona qurilishlarida faol qatnashdi va u yerda Ptolemeyning «Yulduzlar jadvalidagi» ma’lumotlarni tekshirish ishlarini olib bordi. Al-Farg’oniy astronomiyaga oid «Astronomiya negizlari» asarida astronomiyaga oid bilimlarni tartibga soldi, o’zining yangi natijalari bilan boyitdi. O’sha davr an’anasiga muvofiq mamlakatlarni yetti iqlimga bo’lib urgandi. Kuyosh soatlarini. bayonini berdi, astronomik asboblari yaratdi. Farg’oniyning bu asari N.Kopernik davriga qadar Yevropada astronomiya fanidan asosiy qo’llanma sifatida foydalanildi. Al-Farg’oniy 25 yoshidan Ma’mun akademiyasiga borib, u yerda salkam 50 yil halol mehnat qildi. Ma’mun davrida Bag’dodda tashkil etilgan kutubxonada 400 ming jild kitob mavjud edi. Bag’dod akademiyasida Al-Farg’oniy bilan birgalikda xorazmlik Muso ibn Shokirning o’g’illari Ahmad, Muhammad va Xasan ibn Muso aka ukalar nomlarini va ularning ilmiy natijalarini ham keyinchalik Beruniy o’z asrlarida hurmat bilan tilga oladi. Faribdan Bag’dod akademiyasiga borib astronomiya va matematika fanlari bo’yicha tadqiqotlar olib borgan Al-Javhariy ham alohida o’ringa egadir. Ahmad Farg’oniyga arab ilmiy dunyosida «Xosib» laqabi berilgan ya’ni, uni matematika sohasida tengi yo’qligi tan olingan. Yevropada Farg’oniyni Alfraganus deb ataganlar. Shuni ta’kidlash kerakki, 828 yilda Bag’dodda 1-chi rasadxona ishga tushirilganda, uni marvlik falakshunos olim Yaxyo ibn Abu Mansur boshqargan. 3 yil o’tgach Damashqda ana shunday ikkinchi rasadxona barpo qilindi va unga Markaziy Osiyolik alloma Xolid ibn Abdumalik Marvarudiy rahbarlik qildi. Qizig’i shundaki har ikkala-rasadxonani ham Al-Ma’mun iltimosiga ko’ra loyihasini va barcha andozalarini qog’ozga tushirish Ahmad Farg’oniyga yuklatilgan bo’lib, ushbu rasadxonalarning vazifalari, ishlari, rejalari hamda ilmiy natijalarini tekshirib fanga kiritish ham ilmiy rahbar Ahmad Farg’oniyning zimmasiga tushdi. Xalifa Mutavakkil (847-861) tomonidan 861 yili Al- Farg’oniy Qoxira yaqinidagi Fustat shahriga Nil daryosi suvi satxini o’lchash uchun yuboriladi. Farg’oniyning bu sohada yasagan kilometr asbobi hozirgacha saqlanmoqda. Farg’oniyning boy merosi, asarlari hozir Koxira, London, Parij, Berlin kutubxonalarida saqlanmoqda. Shuni ta’kidlash lozimki, Farg’oniy asarlarining bilgan ko’p qismi hali to’liq o’rganilmagan va o’z tadqiqotchilarini kutmoqda. 1998 yil kuzida mutafakkir qomusiy olim, yurtdoshimiz, xalqaro miqyosdagi yetuk olim Ahmad al-Farg’oniyning 1200 yillik ulkan to’yi mamlakatimizda, xususan, u tug’ilib o’sgan Farg’ona vodiysi diyorida keng nishonlandi, ajoyib ziyoratgoh tashkil etildi va olimga muhtasham haykal yodgorlik o’rnatildi. Imom Ismoil al-Buxoriy (810-869 yy.) Buyuk hadisshunos olim Buxoroda tavallud topgan bo’lib, bolalikdanoq bilimga intilib, arab tili va hadis kitoblarini o’qish va ularni yodlashga qunt bilan kirishgan. Keyinchalik Buxorolik muxaddislar Muhammad al-Poykandiy, Abdullox al-Masnadiylardan xadis ilmini chuqur o’rganib ko’p hadislarni yod olgan. 16 yoshlarida onasi va akasi bilan safarga otlanib Balx, Basra, Kufa, Bog’dod, Xums, Damashq, Misr, Makka, Madina shaharlarida bo’lishib mashhur hadis olimlaridan ilm olgan. Ma’lumki, «hadis» muqaddas «Kur’on» kitobidan so’ng ikkinchi o’rinda turadi. Imom Buxoriy hayoti davomida 600 ming hadis to’plab, ulardan 7275 hadisni o’zining 4 jildlik «Ishonarli to’plam»iga kiritdi. To’plam Misr va boshqa ko’p mamlakatlarda chop etilgan. Nihoyat bu to’plam 1991-1992 yillarda o’zbek tiliga tarjima qilinib, kitobxonlarga taqdim qilindi. Al-Buxoriy hadislari islom dunyosidagi yuzlab hadischi olimlarnikidan alohida farq qiladi va shuning uchun ham «Ishonarli» to’plam deyiladi. Al-Buxoriyning islom dinshunosligiga oid 20ga yaqin katta hajmdagi asarlar yozgani ma’lum. Uning hadislari va asarlarining diqqat markazida dinning inson uchun tarbiyaviy ahamiyati, uning ma’naviy yuksalishi, tozaligi, donoligi, yaxshi va yomonni bir-biridan ajrata bilishi kabi hislatlari turadi. Islom dunyosining yirik olimi, hadisshunoslikda eng yuqori pog’onaga chiqqan Imom Ismoil al-Buxoriyning 1205 yilligi 1998 yil xalqaro miqyosda tantanali nishonlandi va u vafot etgan Samarqand atrofidagi Chelak shahrida nihoyatda xashamatli ziyoratgoh qurildi. Bu yerga jahonning turli joylaridan minglab odamlar ziyoratga kelmoqdalar. Abu Iso Muhammad at-Termiziy (824-894yy) Islom dunyosida mashhur bo’lgan hadischi olim Imom at-Termiziy Termiz yaqinidagi Bug qishlog’ida tug’ilgan. 26 yoshidan boshlab Samarqand, Buxoro, Xijoz, Iroq, Nishopur shaharlarida mashhur muxaddis olimlar bilan uchrasha boshladi. Uning buyuk hadischi olim bo’lib, yetishishida Imom Ismoil al-Buxoriy ustozligi katta o’rin tutadi. Umrini hadislar to’plashga bag’ishlagan At-Termiziydan katta ilmiy meros, jumladan: «Kitobi al-Jom’e as-saxix», «Kitob ul ilm», «Kitobi at-Tamoyili an-Nabaviy», «Kitobi az-zuxl», «Kitobul ismi val xuna» kabi asarlar qolgan. 1990 yil settyabrь oyida Toshkentda at-Termiziy tavalludining 1200 yilligiga bag’ishlangan xalqaro ilmiy anjuman bo’lib o’tdi. Ismoil al-Buxoriy hadislari kabi At-Termiziy to’plagan hadislarda ham tarbiya, ahloq odob, ota-ona, va farzand haq-huquqlar, halollik, poklik, kabi umuminsoniy qadriyatlar va ahloq mezonlari asosiy o’rin tutadi. Abu Abdurahmon an-Nasoiy (830-915 yy) Movaraunnahrlik hadischilardan an-Nasoiy ham Islom dunyosida mashhur bo’lib Niso (Hozirgi Turkmaniston) shahrida tug’ilgan. Uzoq vaqtlar Misrda yashagan. Hadislar to’plagan. U «At-sunan al-Kubro», «Al-Mujtaba», «Al-Sunan» nomli hadis kitoblarini yozib qoldirgan. Bu kitoblar islom dinshunoslar orasida o’ziga xos obruga egadir. Abu Nasr al-Forobiy (873-950 yy). O’trorda tug’ilgan, boshlangich ma’lumotni Shoh, Buxoro, Samarqandda olgan so’ng Bag’dodda uzoq yashab, zamonasining olimlari bilan ilmiy muloqotda bo’lgan. Ilmning turli sohalariga oid 160 dan ortiq risolalar yozgan. Yunon ilmini, xususan Aristotel merosini chuqur bilgani va ularni Sharqda rivojlantirgani uchun Aristoteldan so’ng uni «Ikkinchi muallim» deb atashgan. Uning risolalari riyoziyot, falakiyot, tibbiyot, axloqshunoslik, musiqashunoslik, davlatni boshqarish, ayniqsa falsafa va mantiq ilmi masalalariga bag’ishlangan. Aristotelning barcha falsafiy asarlariga sharx yozgan. Musiqa nazariyasiga bag’ishlangan «Musiqa xaqida katta kitob» nomli mashhur asari bu soha tarixiga bag’ishlangan eng dastlabki tarixiy manbalardan biridir. U serqirra, qomusiy olimdir. Abu Rayxon Beruniy (973-1048 yy). Xorazmda tavallud topgan bu mutafakkir, serqirra olim astronomiya, tarix, tibbiyot, riyoziyot, jug’rofiya, geodeziya, meteorologiya, etnografiya, falsafa, filologiyaga oid 150 ga yaqin asarlar yaratgan. Bu asarlar Beruniy nomini jahonga taratdi. Shuningdek, uning xikoyalar, she’rlar bitganligi xam ma’lum. Beruniy O’rta asrda birinchi bo’lib globus yaratdi. U arab, fors, hind turkiy tillarni mukammal bilgan. Uning «Farmokanaziya», «Geodeziya», «Hindiston», «Minerologiya», «Ma’sud qonuni», «qadimgixalqlardan qolgan yodgorliklar» asarlari o’zbek va rus tillariga tarjima qilingan. Maxmud g’aznaviy saroyda ham xizmatda bo’lgan. U Ibn Sino bilan ham zamondosh edi. Abu Ali Ibn Sino (980-1037 yil) Buxoroning Afshona qishlog’ida tug’ilib o’sgan Abu Ali jahon madaniyati, ilm-fani xazinasiga bebaho hissa qo’shgan buyuk siymolardan biridir. U falsafa, mantiq ruxshunoslik, adabiyotshunoslik, she’riyat, musiqa, geologiya, minerologiya, fizika, matematika, tibbiyot, astronomiyaga oid yuzlab asarlar yaratdi. Abu Alining ilmiy qiziqishlari doirasi shu qadar keng bo’lganki, uning 40 dan ziyod tibbiyotga, 30 ga yaqin astronomiya va tabiatshunoslik fanlariga, 185 ta falsafa, mantiq va ilohiyotga bag’ishlangan asarlar yaratgani ma’lum. («Istoriografiya obhestvenno’x nauk v Uzbekistane». «Bibliograficheskie ocherki» T. «Fan» 1974 g. str. 30 ) Qoxiralik arab olimi Shox ota Kanavotiyning «Ibn Sino ta’riflari» asarida esa Ibn Sinoning 876 ta qo’lyozma asarlari ro’yxati keltirilgan. (A.Irisov. «hakim Ibn Sino» T. «O’zbekiston» 1992 yil 82 bet). U o’zining ko’p jildlik «Tib qonunlari» nomli geniral asarida Movaraunnahrda rivojlangan amaliy va nazariy tibbiyot natijalarini umumlashtirgan, uni qo’shni Sharq mamlakatlari tibbiyoti bilan boyitib, bir butun tizimga keltirgan. Abu Ali 800 ga yaqin dorini sinchiklab o’rganib chiqqan va ulardan unumli foydalanish tavsiyalarini bergan. U ishlatgan 396 xil o’simlikdan 165 tasi hozirgi zamon tibbiyotida qo’llanilmoqda. 100 tasi esa Sobiq Ittifoq farmonologiyasiga kiritilgan. (A.A.Qodirov «O’rta Osiyoda meditsinaning paydo bo’lishi» T. «Ibn Sino» nashriyoti. 1990 yil 58 bet). Ibn Sino qomusiy olim bo’lishi bilan birga, iqtidorli shoir va adib ham bo’lgan. «Qush risolasi», «Salomon, va Ibsol», «Yusuf qissasi» asarlari hamda ko’plab g’azal, ruboiy va she’riy dostonlari adabiyotimizda alohida o’ringa egadir. U musiqaga bag’ishlangan 3 ta alohida risola yaratib, musiqaning inson salomatligini tiklashdagi ta’sirini asoslab bergan va musiqaterapiya yo’nalishiga asos solgan. Abubakr Rubobiy. IX asr ohiri X asr boshlarida Buxoro shahrida tug’ilgan. O’z davrining moxir va maikur sozanda va xonandasi. Buxoroda musiqa maktabi ochgan, ushbu sohada qo’llanmalar yaratgan. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra shu maktabda Rudakiy ham taxsil olgan. O’sha davrlarda Xorazmshox saroyida yashab ijod etgan, hamda Mavorounnaxr va Xurosonning xalq qo’shiqlarini zo’r mahorat bilan ijro etganlarga «Mutribi Mavorounnaxr» unvoni ta’sis etilgan. Bu unvonga eng birinchi Abubakr Rubobiy sazovor bo’lgan. Abu Nasr (X asr) Buxorolik xonanda va sozanda Mavorounnaxrning barcha hududlarida mashhur bo’lgan «Mavorounnaxr yo’llari» deb atalgan qo’shiqlar turkumida o’z davri shoirlarining asarlarini moxirona ijro etgan. Alibergan Tanburiy. (X asr). Dostonchilikning asoschilaridan biri hisoblanadi. Doston va kasidalar ijrochisi sifatida shuxrat qozongan. U Xuroson va Mavorounnaxr usullarini o’zida mujassamlashtirgan qushiqlar yaratdi va o’zi ularning moxir ijrochisi, hamda tanbur chalishda benazir edi. Abul fazil Bayhaqiy. (995-1077 yil). g’aznaviylar davrining yirik tarixchi olimi. Mahmud Gaznaviy saroyida kotiblik ham yushgan. «Ziynat ul kuttob» (Kotiblar ziynati), «Tarixi oli Mahmud» ( Mahmud xonadoni tarixi) asarlari hamda 30 jilddan iborat «Jom’e ut – tavorix» (Tarixlar tuplami) tarixiy asarini yaratgan. Tarixlar to’plami asari g’aznaviy shoxlaridan Sabuktegin (977-997) davridan boshlanib, 80 yillik tarixni o’z ichiga oladi. Abu Mansur al-Kumriy (999 yilda vafot qilgan). Buxoroda tug’ilgan Ibn Sinoning tabobat bo’yicha ustozlaridan biri. O’z davrining tengsiz moxdo tabibi bo’lgan. Yordami kerak bo’lganda hatto podsho Mansur ibn Nux (961-976 yil) haramiga ham kirish huquqiga ega bo’lgan. Bizgacha 2 ta tibbiy asari yetib kelgan. 1) «Kitob al-gino va al – muno» (etarli va orzu qilingan kitob). 2) «Kitob at-tanvir fil – istiloxot at – tibbiya» (tibbiy istiloxotlarni yoritish kitobi) Ibn Sino o’zining «Tib qonunlari» ni yaratishda ushbu asarlaridan keng foydalangan. Abu Saxl Saxixiy Jurjoniy (970-1010 y) Ibn Sino bilan hamasr bo’lib, zamonasining yirik tabibi, tabiatshunosi, astronomi va faylasufi edi. Jurjoniy tomonidan matematikaga astronomiyaga va ikdimshunoslikka oid asarlar yaratilgan. Uning 8 ta tibbiy asari bizgacha yetib kelgan. Jurjoniyning ayniqsa, «Tabobat san’ati bo’yicha 100 kitob» asari Sharqda mashhur bo’lgan. Abu Abdullox AN – Notiliy As -Samarqandiy. (X-XI asrlar). Bu olim Ibn Sinoning uyida unga dars bergan uy o’qituvchisi sifatida mashhur. Ibn Sinoga mantiq geometriya, astronomiya va falsafadan dars bergan va undagi cheksiz iqtidorni ko’rib uning otasiga o’g’lini ilmdan boshqa narsa bilan shug’ullantirmasligini qayta-qayta ta’kidlagan. Notiliy grek dorishunosi va tabibi Dioskuridus (I asr) ning mashhur «Dorivorlar haqida» asarini arabcha tarjimasini yangi taxririni bajargan. Bu taxrir bizgacha 4 ta qo’lyozma nusxada yetib kelgan. Uning bu asari sharyu-podshoxlarinig saroy kutubxonalarida mavjud bo’lgan. Abu Abdullox Al-Iyloxiy. (1067 yilda vafot etgan). Toshkent yaqinida Iylok degan qishloqda tug’ilgan bo’lib, Ibn Sinoning shogirdi, hamda uning «Tib qonunlari» ni sinchiklab o’rganib, uning birinchi kitobiga «Muxtasar al-Iylokiy» (Iylokiy qisqartmasi) nomli qisqartma tuzgan tabibdir. Uning bu asari keyingi asrlar Sharq, tabiblari orasida sevib o’qilgan va keng tarqalgan. Xatto «qisqartma» ga bir qancha sharxlar ham yozilgan. Burxoniddin Marganoniy. (1197 yilda vafot qilgan). To’liq ismi Burxoniddin Marginoniy Ibn Abu Bakr al -Farg’oniy al- Rishtoniy. Burxoniddin fiqx ilmiga (din, shariat haqidagi fan) oid bir nechta risolalarni «Bidoyatul mubtadiy» (ilmga-kirishuvchi dastlabki asos) «Al mazid» (ziyoda qilish) «Kitobul faroiz» (farzlar haqida kitob) va boshqa asarlarni yozib qoldirgan. Burxoniddin Marginoniyning «Xidoya fi furu’ al-fukx» (Fikx sohalari bo’yicha qo’llanma) asari 56 kitobdan iborat bo’lib, bu asar shariat kodeksi deb ataladi, Marginoniyning islom dunyosida obro’si o’ziga xosdir. Asarda Qipchoq, ugo’z, yamak, boshkird, bismil, yaboku, kay, tatar, qirg’iz, chig’il, tuxsi, yagmo, igrok, jaru, jamil, uyg’ur, tangut, tabgoch singari turli turk qavmlari haqida ko’plab ashyoviy dalillar keltiriladi. Uning bu yetuk asari xalqaro ahamiyatga ham egadir. Yusuf Xos Hojib (XI asr) Bolasogumda tug’ilgan yirik adib Yusuf Xos Hojibning mashhur «Qudadg’u bilig»(Saodatga yo’llovchi bilim) asari turkiy xalqlarning bizgacha yetib kelgan birinchi badiiy asari ekanligi bilan ham qimmatlidir. Muallif 6407 bayt orqali markazlashgan feodal davlatni idora qilish yo’llari, siyosati hamda xalqlarning rasm-rusumlari va ahloq qonun-qoidalarini ushbu asarda mujassamlashtirgan. «Qutadg’u biligda» sog’likni saqlash, dorishunoslik va umuman tabobatga oid baytlar ham ko’p uchraydi. Ahmad Yugnakiy (XPasr II yarmi-XSH asr boshlari) Samarqand yaqinidagi Yugnak qishlog’ida tug’ilgan Yugnakiyning ayniqsa «Xibbat ul- haqoyik»( haqiqatlar hadisi) asari juda mashhur bo’lib, muallifga shon-shuhrat keltirgan. Asarda asosan insonga xos bo’lgan fazilatlar bayon etilgan. Abu Abdullo Rudakiy (884-954 yillar) Fors tojik adabiyotining buyuk ustozi. Samarqandga yaqin Rudek qishlog’ida tug’ilgan. Uning she’riy merosi nihoyatda boy va rang barang. Uning qalamiga mansub «Kalila va Dimna», «Davroni oftob», «Sindbodnoma» kabi poemalardan parchalar saqlanib qolgan. U o’z she’rlarini kuyga solib qo’shiq qilib aytish, barbat sozida moxirona chalish qobiliyatiga ega bo’lgan. Rudakiy fors tilida devon (she’rlar to’plami) qoldirgan birinchi shoir hisoblanadi. Shoir bir necha yil Somoniylar saroyida xizmatda bo’lgan. Lekin umrining so’nngi yillarida o’z g’oyalariga sodiq bo’lganligi tufayli uning mol-mulkini tortib olib ko’zini ko’r qilib saroydan quvlaganlar. Uning vafoti munosabati bilan O’rta Osiyo va Xurosonlik o’nlab adiblar marsiyalar va tarixlar bitganlar. Dakikiy va Firdavsiydan boshlab Xofizgacha, Jomiydan Sadriddin Ayniygacha Rudakiy nomini xurmat bilan tilga olib, uni butun fors-tojik adabiyoti uchun ustoz deb bilganlar. Abu Mansur Muhammad Dakikiy (942-1020 yillar) X asrning Rudakiydan keyingi eng mashhur shoirlaridan manbalarga qaraganda Samarqandda tug’ilgan. Somoniylar saroyida yashagan. Birinchi bo’lib «Shoxnoma» yozishni boshlagan. Lekin faqat ma’lum bir qismini yozishga ulgurgan va tasodifiy voqea bilan vafot etgan. Undan 1209 bayt saqlanib qolgan. Dakikiy musiqa ilmini rivojiga ham katta hissa qo’shganligi haqidagi manbalar ham mavjud. Abulkosim Firdavsiy (942-1020 yillar). Eronning Tue shahrida tug’ilgan. Arab va fors adabiyotini yaxshi bilgan. Butun umrini Eron shoxlarining afsonaviy qahramonlariga bag’ishlangan katta epik asar «Shoxnoma» ni yaratishga sarflagan. Asar dunyoni ko’pgina tillarida nashr qilingan. Firdavsiy o’z «Shoxnoma» si bilan o’ziga abadiy haykal yaratib ketgan va avlodlar tashakkuriga sazovor bo’lgan. Asar g’aznaviylar shoxi Mahmud g’aznaviy tomonidan munosib taqdirlanmagan. Firdavsiy umrining oxirigacha faqirlikda yashab o’tgan buyuk siymodir. IX-XII asrlar Markaziy Osiyo madaniyati rivojiga nazar tashlar ekanmiz, bu davrda tasavvuf (sofizm) ta’limotlari madaniyatning, ma’naviyatning barcha tomonlariga kirib borganligini kuzatish mumkin. So’fizm shaxsiy erkinlik, o’z hohishi bilan tozalanib Olloxga ruhiy ma’naviylikka singish orqali erishishga asoslanadi. Tasavvufda ruxni kamolotga va uni so’nggi maqsadi – Olloxga erishuv yo’llari 4 bosqichdan iboratdir: 1) Shariat. 2) Tariqat. 3) Ma’rifat. 4) Haqiqat. So’fizm nazariyotchilari, olimlari o’z davrining bilimini puxta eg’allagan, ilmlardan xabardor, bilimdon-mutafakkirlar bo’lgan. X asrdan boshlab sufizm g’oyalari O’rta Osiyo shaharlarida ham tarqala boshlagan. Viz quyida ushbu yo’nalishga sodiq qolgan holda o’z ijodlari bilan dunyoga tanilgan ba’zi mutafakkirlar haqida fikr yuritamiz. Ahmad Yassaviy (1105-1165 yillar) Yassi (Turkiston shahrida ruhoniy shahrida tug’ilgan.) Otasi Ibroxim Sa’y Rom shahrida ko’p yillar shayxlik qilgan. Ahmad Yassaviy asli kelib chiqishi Toshkentdan bo’lgan mashhur turk mashoyixi Arslonbob Toshkandiydan taxsil olgan. Uning vafotidan so’ng Yusuf Hamadoniydan ilm o’rgangan. Yassaviydan bizgacha yetib kelgan yagona meros – bu uning «Devoni xikmat» idir. Unda Yassaviyning sermazmun xikmatlari, munojatnomasi, «Faqrnoma». risolasi o’z aksini topgan. Ahmad Yassaviy tasavvufda Yassaviya tarikatiga asos soldi. Sulaymon Bakirgoniy (1186 yilda vafot qilgan). Ahmad Yassaviyning munosib shogirdi, uning ishini davomchilaridan biridir. Xorazmning Bakirgon degan joyida tug’ilgan. Turkiy xalqlar orasida hakim ota laqabi bilan ham mashhur bo’lgan. Uning din va tasavvuf, ishq va ahloqdan saboq, beruvchi asarlari butun Turkiston hududlarida sevib o’qilgan. Uning «Bakirg’on kitob» nomli yirik asari keyingi yillarda o’zbek kitobxonlariga ham yetib keldi. Najmiddin Kubro (1145-1221 yillar). Shoir va olim. O’rta Osiyodagi yirik sufiylik oqimi – Kubraviyaning asoschisi. Xivada tug’ilgan. O’rta va yaqin Sharq o’lkalariga, O’rta Osiyo, Hindiston, Eron, Afg’oniston hududlariga keng tarqalgan oqimdir. U o’zining qator risolalarida Kubraviya birodarligi qoidalarini ishlab chiqargan Najmiddin Kubro 76 yoshida Urganchga hujum qilgan Mo’g’ullarga qarshi lashkar to’plab chiqibxalqni hujumga boshlab borgan. Navoiyning «Nasaiul-muhabbat» asarida yozilishicha, raqiblar Kubroning qo’lidan dushman tomondan tortib olingan bayroqni chiqara olmay, uning barmoqlarini bittalab kesishgan ekan. Shu tariqa markaziy Osiyo xalqlari hayotidagi ulug’ burilish, ya’ni uyg’onish-davri (IX-XII asrlar) ushbu zamin dunyo xalqlari taraqqiyotiga juda ulkan hissa qo’shgan turli soha mutafakkirlarini, olimlarni, donishmandlarni yetkazib berdiki, ular yaratgan ilmiy, madaniy, ma’naviy meros keyingi avlodlar taraqqiyotiga ham ulkan poydevor bo’lib xizmat qilib kelmoqda. #salom
Комментарии 0
Новые комментарии
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
добавлена 11 мая 2014 в 01:04
IX – XII asrlarda yurtimiz ilm – fani, madaniyatining yuksalishi va jahon miqyosiga yoyilishi. A) Xorazmda Ma’mun akademiyasi. Ma’lumki, uzoq o’tmishga ega bo’lgan O’rta Osiyo xalqlari taraqqiyoti tarixi o’z boshidan turli voqealarni, yuksalish va orqaga ketish davrlarini boshdan kechirdi. Shubhasiz,bu davrlarning barchasi tarixda o’zining ma’lum izini qoldirdi. Xususan ilm-fan madaniyatimiz taraqqiyotida IX—XP asrlar davrining o’rni beqiyosdir. Shuni alohida ta’kidlash joizki, Shax Ma’mun ibn Muhammad X asr oxirlarida janubiy va shimoliy qismlarga bo’lingan Xorazmni yagona bir markazga birlashtirdi. Ma’mun ayniqsa poytaxt Gurganchni Sharqning eng yirik ilmiy-madaniy markazlaridan b #salom
Ilm kitobi
“To’tinchi sanoat inqilobi” deb nomlagan ushbu kitobda insoniyat boshidan kechirgan xech bir jarayonga o’xshamaydi. “To’tinchi sanoat inqilobi” kitobini mutolaa qilish orqali nafaqat sizni o’ylantirayotgan savollarga javob olasiz, balki global o’zgarishlar haqida kengroq tushunchaga ham ega bo’lishingiz mumkin.
Mukammal dasturlash: HTML va CSS (1-kitob)
«Mukammal dasturlash: 1-qism» HTML va CSS Veb-dizaynerlikni noldan mukammallik darajasigacha batafsil o‘rgatuvchi qo‘llanma. Ma’lumotlar o‘n yildan ortiq amaliy ish jarayonlaridan orttirilgan tajribalar asosida sodda va tushunarli bayon etilgan. Kitob dasturlash sohasi ostonasida turgan yoshlarga mustaqil o‘rganishdagi dastlabki eng kerakli bilim va ko‘nikmalarni ulashadi.
Mukammal dasturlash: JavaScript (2-kitob)
Mukammal dasturlash: JavaScript (2-kitob) Tavsifi Izohlar (0) 2020 yil ortda qoldi. Karantin, pandemiya, cheklovlar, bedavo dard yaxshigina saboq boʼldi. Uyda oʼtirib, ishlash, oʼqish, rivojlanish mumkinligini bildik. Qaysi kasb-hunar, sohaga talab yuqoriligi ham yaqqol sezildi. Dizayner, dasturchi, hisobchi, frilanser va hkz.ga ishimiz chandon tushsa tushdiki, kamaymadi. Demak, zamonga moslashish shart! Tez orada chop etilajak “Mukammal dasturlash: JavaScript” esa: • yangi qirralaringizni kashf etishga; • uyda oʼtirib, qoʼshimcha daromad topishga; • malakali veb-dizaynerlikdan tashqari; • “front-end” dasturlovchi, yana toʼlaqonli dasturiy taʼminot yaratish borasida yetuk bilimlarga ega boʼlishga koʼmaklashadi. Kitobda ortiqcha maʼlumotlar oʼrniga oʼn yillab yigʼilgan tajribalardan foydalanib, aniq koʼrsatmalar keltirilgan. Dasturchilik – serdaromad soha. Oʼzingiz tanlang – boʼsh vaqtda telefon titib, boshqalarning tanloviga boʼysungan afzalmi yoki oʼsha tanlov egasi boʼlish?! Ushbu kitob zamonaviy dasturlashni oʼrganmoqchi boʼlganlar, dasturlash bilan shugʼullanadiganlar va hatto dasturiy taʼminot varatish boʼyicha yetuk mutaxassislarga ham moʼljallangan boʼlib, ilm olish va uni mustahkamlash uchun eng kerakli boʼladigan zaruriy bilimlarni oʼzida jamlagan hamda sodda tushunarli tilda bayon etilgan. Ortiqcha maʼlumotlar oʼrniga oʼn yillab yigʼilgan tajribalardan foydalanib aniq koʼrsatmalar keltirilgan. Kitobdagi maʼlumotlarni oʼzlashtirgan oʼquvchi malakali vebdizayner sifatida keng faoliyat yuritshdan tashqari, nafaqat «front-end» (timusti) dasturlovchi boʼlishi mumkin, balki toʼlaqonli veb-dasturiy taʼminot yaratish borasida yetuk bilimlarga ham ega boʼladi. Kitobda yoritilgan mavzular boʼyicha fikr-mulohazalar, takliflar, savollar hamda oʼz amaliy dasturlash faoliyatingizda muammolar yuzaga kelsa, ilm.yurt.uz sayti orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Namangan davlat universiteti milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari
Islom dini ta`limoti shakllanishi va halq e`tiqodiga aylanishi jarayonida ilm va ma`rifatga undash bu ta`limotning asosiy mazmunini tashkil etdi. Barcha ilmlarni biluvchi, barcha hikmatlar sohabi Alloh Taolo hisoblanadi.
Payg`ambarimiz Muhammad (s.a.v.) bobosi kabi Jabal an-Nur (Nur tog`i)dagi Hiro g`origa borib, ibodat qilar va xayolatga berilar edi. SHunday sharoitda, Ramazon oyi oxirlab qolganida, Payg`ambarimiz (s.a.v.) 40 yoshga etganlarida farishta Jabroil orqali kelgan dastlabki vahiy mazmuni shunday edi:
Mehribon va rahmdil Alloh nomi bilan.
“(Ey, Muhammad, butun borliqni) yaratgan zot bo`lmish Robbingiz nomi bilan o`qing! U insonni laxta qondan yaratdi. O`qing! Robbingiz esa karamli zotdir. U insonga qalam bilan (yozishni) o`rgatgan zotdir. U insonga bilmagan narsalarini o`rgatdi.” (Alaq surasi. 96 : 1-5)
Mazkur oyatlardan ko`rinadiki, avvalo islom dinining muqaddas kitobi nozil bo`la boshlagan dastlabki so`zdanoq o`qimoq uchun undov mavjud edi. Dinimiz ma`naviyati rivojida ajdodolarimiz hissasi beqiyosligi, mamlakatimizda qurilgan qator ma`naviy obidalar ahamiyati jahon jamoatchiligi e`tirofiga sazovar bo`ldi va 2007-yil ta`lim, fan va madaniyat masalalari bo`yicha islom tashkiloti – AYSESKO (ISESCO) tomonidan Toshkent shahri “Islom madaniyati poytaxti” deb e`lon qilindi. Prezidentimiz I.A. Karimov bu voqeaga o`z munosabatini bildirib, “agarki tariximizga nazar tashlaydigan bo`lsak xoki-poklari O`zbekiston tuprog`ida yotgan ulug` ajdodlarimiz, ne-ne mutafakkir zotlar asrlar mobaynida dunyoviy va diniy ilmlar sahasida qanday buyuk kashfiyotlar yaratgan, buning uchun qancha zaxmat va mashaqqatlar chekkanini ko`ramiz. Bugun biz guvoh bo`lib turgan yuksak e`tirof, avvalo, ana shunday ajdodlarimizning tabarruk nomlari va qoldirgan merosiga, o`zbek halqining islom madaniyati rivojiga qo`shgan beqiyos hissasiga berilgan munosib baho” 34 , deb aytishi ayni haqiqatdir.
Inson uchun yoshlik davridagi vaqt shunday nozik va bebaho kapitalki, undan o`z vaqtida foydalanib, hayot uchun foydali bo`lgan xayrli amallar uchun sarf etmagan inson butun hayoti davomida nadomat bilan o`tishi shubhasizdir. Islomiy amallar ichida esa eng diqqatga sazovar va hurmat—ehtiromga loyiq bo`lgan hol – diniy va dunyoviy ilmlarni egalash va umri davomida shu ilmi asosida hayot tarzini yo`lga qo`yishdir. Omi, qo`liga kitob ushlamagan , hatto ziyolilar suhbatidan bebaxra bo`lgan millionlab odamlar bu dunyodan o`tdilar va hech bir keyingi avlod ularni yod etmadilar. Sababi, ular o`zlaridan keyin, faqat farzandlarini hisobga olmaganda, arzirlik iz qoldirmadilar va 1-2 avloddan keyin unutildilar. Lekin, mustaqilligimiz yillarida muqaddas ziyoratgohlar atrofida olib borilgan obodanlashtirish va ta`mirlash ishlari, halqimizning olim ajdodlar ma`naviy merosini faqatgina e`zozlash bilan cheklanib qolmay, ularga munosib vorislar bo`lib, ezgu amallarini davom ettirayotganligidan “. yurtimiz zaminida yashab o`tgan mutafakkir bobolarimiz, ulug` allomalar va aziz zotlarning muborak ruhlari shod” 35 bo`layotganligi hammamizni quvontiradi va ma`naviy kamolot sari yanada ilhomlantiradi.
YUqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda islom dinida ilmga baho va ilmning o`rni qanday ekanligi masalasiga e`tibor berib ko`raylik.
Imom SHofe`iy rahmatullohi alayh har bir ilmning o`ziga yarasha fazilati borligi haqida shunday deydi: “Qur`onni o`rgangan kimsaning qiymati yuksalur, fiqhni o`rgangan kimsaning qadri oliy, hadis jamlaganning hujjati quvvatli, hisob o`rgangan kishining fikri go`zal, lug`at o`rgangan kishining tabiati daqiq bo`lur. Nafsining yomonligidan himoyalanmagan kimsaning ilmi unga foyda bermas” 36
Ilm avvalo insonni saxovatga o`rgatadi. Xususan, Imom Ismoil al-Buxoriydan shunday hadis keltiriladi : “ Hazrati Umar raziallohu anhu bunday deganlar: “Boshliq bo`lmasingizdan avval ilmni chuqur o`rganing! Rasululloh (s.a.v): “ikki narsadan o`zgasiga hasad qilmoq joiz emas, biri—kishiga Alloh taolo halol mol-dunyo bersa-yu, uni haq yo`lida sarflayotgan bo`lsa, ikkinchisi – kishiga Alloh Taolo ilmu hikmat ato etsa – yu, u shu tufayli oliy maqomga erishib, hukm surayotgan, odamlarga bilganini o`rgatayotgan bo`lsa”,– deganlar” 37
Imom Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-G`azzoliy “Ihyou ulumid-din (din ilmlarini jonlantirish)” nomli kitobida Qur`oni Karimdan shunday oyat keltiradi : “Alloh, farishtilar va ilm ahllari – adolat bilan hukm qiluvchi yolg`iz Allohdan o`zga hech qanday tangri yo`q, faqat uning o`zi borligiga guvohlik berdilar.” 38 (3 :18)
Imom G`azzoliy aytadi: “Bu oyatda Alloh taolo avval o`zini, keyin farishtalarni, so`ngra ilm ahlini zikr etdi. Mana shuning o`zi ilmning sharafli, fazilatli va ulug` ekanini anglash uchun kifoya qiladi.” 39
Qur`onda ilm fazilatlari haqida ko`plab ibratli oyatlar keltirilgan. Toha surasining 114 – oyatida shunday deyiladi: “(Ey Muhammad) ayting: “Parvardigorim, ilmimni yanada ziyoda qil!” YOki, Zumar surasining 9-oyatida: “Ayting: Biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar bo`lurmi ?!”. Mujodala surasining 11-oyatida: “Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja – martabalarga ko`tarur.” Imom G`azzoliy ushbu oyat mazmuni yuzasidan Ibn Abbos (r.a)dan iqtibos keltiradi. Ibn Abbos (r.a) aytadilar: “Olimlarning darajasi ilm olmagan mo`minlarning darajasidan etti yuz daraja yuqoridir. Har darajaning orasi besh yuz yillik yo`lga teng” 40 .
Ilm fazilatlari haqida Qur`on suralaridan tashqari, hadislarda ham qator ko`rsatmalar mavjuddir. Diqqatga sazovar hadislardan birida: “Olimlar payg`ambarlarning vorislaridir” 41 ,–deyiladi. YAna, “Hikmat sharafli kishining sharafini ziyoda etadi va qulni podshohlar darajasiga ko`taradi.” 42 Islom ta`limotida o`z bilimlari bilan o`zgaga va o`ziga foydasi tegadigan shaxslar yuksak baholanadi. “Odamlarning afzali hojat tushsa, foyda beradigan, behojat bo`linsa, o`ziga foyda beradigan iymonli olimdir”. 43
Mavjud diniy adabiyotlarda, xususan Qur`oni Karimda ilm o`rganish fazilatlari haqida shunday deyiladi: “Axir ulardan har bir guruhdan bir toifa odamlar (jang uchun) chiqmaydilarmi?! (Qolganlari esa Madinada) dinni o`rganib, (jangga ketgan) qavmlari ularning oldilariga qaytgan vaqtlarida, u qavmlar Allohning azobidan saqlanishlari uchun ularni ogohlantirgani (qolmaydilarmi)?!” (Tavba surasi, 122-oyat). Demak , har qanday jangu jadallar vaqtida ham bir guruh odamlar jang qilganlari holda, boshqa guruh ilm bilan shug`ullanib, olgan ilmlari mazmuni bilan o`zgalarni ogoh qilishlari shart. Nahl surasi, 43-oyatida “Agar bilmaydigan bo`lsangizlar, ahli ilmlardan so`ranglar”, – deyilgan.
Abu Zarr rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi: Nabiy (s.a.v.): “Olimning majlisida hozir bo`lish ming rakat namozdan, mingta kasalni borib ko`rishdan afzaldir”, dedilar. SHunda: “YO Rasululloh, Qur`on tilovatidan ham yaxshiroqmi?”- deb so`rashdi. Payg`ambarimiz (s.a.v.) aytadilar: “Ilm bo`lmasa, Qur`on tilovati foyda beradimi?” 44
Ibn Abbos (r.a) aytadilar: “Ilm olishda (qiynaldim), bir oz xorlandim, tilagim hosil bo`lgach, azizu mukarrram bo`ldim”. 45
Hakimlardan biri aytadi :“Men ikki kishiga achinganimchalik boshqa hech kimga achinmayman: ilmni tushunmasdan turib o`rgangan kishiga, ilmning muhimligini tushinib, uni o`rganmagan kishiga”. 46
Inson bilim olsa-yu, uning fazilatlari va hayotga tadbiq etilishini bilmasa, bu zoe ketgan vaqt va zoe ilmdir. Ammo ilmni tushuna olish salohiyatiga ega bo`lgan holda, turli bahonalar bilan ilmni o`rganmasa, unday kimsa o`ziga jabr qiladi.
Umar (r.a) aytadilar: “Kunduzlari ro`zador, kechalari qoyim—bedor bo`lgan mingta obidning o`limi halol haromni ajrata oluvchi bir olimning o`limidan engilroqdir”. 47 Ko`r—ko`rona , kimlargadir taqlid qilib, kecha-kunduz ibodatda bo`lgan obidlar mingtasidan bir olim e`tibori va martabasi ulug`roqdir.
Ilm olmoq, ilm uchun zahmat chekmoq jihoddir. SHuning uchun jihod deyilganda faqat muqadddas, yoki din uchun olib borilgan janglarni tushunmaslik kerak. Abu Dardo (r.a) aytadilar: “Kim ilm o`rganishga chiqish jihod emas desa, uning aqli va fikrida noqislik bor ekan” 48 .
Islom dini ta`limotiga ko`ra ilm olgan kishi o`z ilmidan o`zgalarni ham habardor qilib, ta`lim berish bilan ham shug`ullanishi kerak.
Qur`onda shunday deyiladi: “Eslang (Ey Muhammmad), Alloh kitob berilgan kimsalardan “Albatta, u Kitobni odamlarga ochiq bayon qilursizlar va yashirmaysizlar !”, deb ahd-paymon olgan edi”. (Oli Imron surasi, 187-oyat). Bu oyat ta`lim berish vojibligidan dalolat beradi.
Oldingi mavzularda aytib o`tganimizdek, Alloh tomonidan kitob ato etilgan payg`ambarlar yahudiylik, xristianlik va islom dini vakillari edilar. Qur`onning “Baqara ” surasida shunday deyiladi: “Biz Kitob ato etgan kimsalar (yahudiy va nasroniylar) uni (Muhammmad payg`ambarni) o`z farzandlari kabi taniydilar. Va ulardan bir guruhi bilganlari holda haqiqatni berkitadilar (Baqara surasi , 146-oyat). Demak ilmni boshqalardan yashirish, haqiqatni aytmaslik horomligiga ishora qilingan. Din yo`lida Kitobiy haqiqatga to`g`ri keladigan bilim—ilmdir .
Guvohlik hukmi bayon qilingan oyatda ham ilmni berkitishdan ogohlantiriladi: “Kim (guvohlikdan bosh tortish bilan) uni yashirsa, bas, uning qalbi osiy – gunohkordir”. (Baqara surasi, 283-oyat).
Odamlarga to`g`ri yo`l ko`rsatish savobi haqida gapirib, Payg`ambarimiz (s.a.v.) Muoz ibn Jabalni YAmanga valiy qilib jo`natayotib: “Alloh taolo sen tufayli bir insonni hidoyat qilishi dunyo va undagi bircha narsalar seniki bo`lishidan yaxshiroqdir”,- degan ekan. 49
Xuddi shuningdek, “Kim insonlarga ta`lim berish maqsadida bir bob ilm o`rgansa, unga etmish siddiqning savobi beriladi”, 50 –deydi Rasululloh (s.a.v.).
YAna bir diqqatga sazovar jumla Iso (a.s.)dan rivoyat qilinadi: “Kim ilm o`rganib, unga amal qilsa va uni boshqalarga o`rgatsa, butun osmon farishtalari orasida “Buyuk” deb chaqiriladi”,–degan. 51
Biz yuqorida ilm berish vojibligi, ilmni boshqalardan yashirish haromligi haqida to`xtalgan edik. Ammo kishi bor ilmini boshqalardan yashirmasligi farz ekanligiga dalolat ham mavjud. Payg`ambarimiz (s.a.v.) marhamat qiladilar: “Ilm o`rganib, uni boshqalardan yashirgan kishini Alloh taolo qiyomat kuni olovli yugan bilan yuganlab qo`yadi”. 52
Ulug` zotlardan biri aytadi: “Olimlar zamona chiroqlaridir. Har bir olim zamonasining chirog`i bo`lib, o`sha zamonasidagi kishilar ularning nuridan foydalanadi.” 53
Hasan Basriy aytadi: “Olimlar bo`lmaganida insonlar chorva mollari kabi bo`lib qolardilar”. YA`ni, olimlar insonlarni ilm o`rgatish yo`li bilan hayvonlik darajasidan insonlik martabasiga ko`taradi. 54
YAhyo ibn Muoz: “Olimlar Muhammad (s.a.v.) ummatiga ota-onalaridan ham mehribondirlar”, – dedilar. “Nima uchun ?”—deb so`rashdi.
“Ota – onalar farzandlarini dunyo otashidan himoya qiladi, olimlar esa ularni oxirat olovi – do`zaxdan muhofaza etadi” 55 , – deb javob berdilar. “Ustoz otangdan ulug`”,–iborasining ma`nosi shu bo`lsa kerak.
Muoz ibn Jabal ilm o`rganish va o`rgatish haqida aytadilar: “Ilm o`rganinglar, zero uni o`rganish–Allohdan qo`rqish, uni talab qilish – ibodat, muzokarasi—tasbih , uni izlash—jihod , bilmaganga o`rgatish—sadaqa, uni o`z ahliga bildirish—Allohga qurbatdir. Ilm tanholikda hamroh, xilvatda do`st, to`g`ri yo`l ko`rsatuvchi dalil, xursandligu xafalik paytida ko`makchi, do`stlar oldida vazir, begonalar oldida yaqin do`st va jannat yo`lining minorasidir. Alloh ilm bilan qavmlarini yuksaltirib, etakchi qilib qo`yadi. Ular odamlarni yaxshilikka etaklaydi, boshqalar ularning izidan yuradi, qilgan ishlari e`tiborli bo`ladi. Har bir quruq va ho`l narsalar, hattoki dengizdagi baliqlaru hashoratlar, yovvoyi va barcha hayvonlar, osmon va undagi yulduzlar ularning haqiga istig`for aytadi” 56 .
Imom G`azzoliy o`zining “Iyohu ulumid-din” asarida inson uchun “nafis marg`ub narsa”, ya`ni inson erishmoq uchun intiluvchi narsalari uchga bo`linadi, deydi. Bular, boshqasiga u orqali etishiladigan, aynan o`zi istaladigan, aynan o`zi va boshqasi uchun barobar istaladigan narsalar.
Uning talqiniga ko`ra, “aynan o`zi istaladigan narsa”—oxirat saodatiga erishish va Allohning jamolini ko`rish lazzatidir.
“Aynan o`zi va boshqalar uchun barobar istaladigan narsa”—badan salomatligi. Inson o`z maqsadiga salomat bo`lsagina erisha oladi.
Tani sog` va “aynan o`zi istalgan narsa”ga esa faqat ilm bilan erishiladi. Saodati abadiyaga ilm va amalsiz hargiz erishish mumkin emas. Amalga qanday amal qilish ilmini bilmasdan erishish mahol..
Ilmning samarasi olamlar Parvardigoriga qurbat hosil qilish va farishtalar darajasiga erishish. Bu narsalar oxiratga oid ilmning foydalaridir.
Ilmning dunyodagi manfaatlari azizlik, viqor , hukmdorlarga so`zi ta`sir qilishi , boshqalar tarafidan hurmatga sazovar bo`lish kabilar.
Insonlarning g`oyasi, maqsadi din va dunyoga aloqadordir. Diniy nizom dunyoviy nizomsiz vujudga kelmaydi. Dunyoni vatan va doimiy qarorgoh deb tushinmasdan, uni vosita sifatida bilganlar uchun dunyo Allohga eltuvchi yo`ldir. Dunyoning tartib – nizomi odamlarning amallariga bog`liq.
Imom G`azzoliy dunyo ishlarini uchga bo`ladi:
1. Odam oyoqda turishi uchun kerak bo`lgan asoslar. Imom Abu Homid G`azzoliy bu bo`limda moddiy ne`matlar ishlab chiqarishni nazarda tutadi.
2. Bularning har birini yuzaga keltirishga ko`mak bo`ladigan omillar. Olim bu bo`limda ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarishni tushunadi.
3. Mazkur asoslarni mukammallashtiruvchi va ziynat beruvchi ishlar. Mutafakkir bu erda ko`proq xizmat ko`rsatish sohalariga e`tibor beradi.
Imom G`azzoliy inson a`zolarini ham uchga bo`lib tushuntiradi. Bular :
1. Qalb, jigar, miya kabi asl a`zolar.
2. Asl a`zolarga xizmatchi bo`lgan a`zolar: oshqozon, tomirlar , asab tolalari, arteriya va vena qon tomirlari kabi.
3. Asl a`zolarni to`ldiruvchi va ularga ziynat beruvchi a`zolar: tirnoq, barmoq, qosh va boshqa a`zolar. Insoniyat hayotida muhim rol’ o`ynovchi omillar orasida kishilar munosabatida isloh va ulfatni joriy qiluvchi siyosatdir. Dunyo va oxiratdagi najot yo`lini ko`rsatuvchi murshidlar ahvolini isloh qiluvchi siyosat to`rt darajadan iborat.
1. eng oliy siyosat. Bu payg`ambarlar siyosati bo`lib, zohiri botinda xosu omga qilgan hukmlaridir.
2. Xalifalar, podshohlar va boshqa xokimlarning xosu omga yuritgan siyosati. Bu faqat zohirga oid hukmlar bo`lib, botinga tegishli emas.
3. Alloh taoloni tanib, uning dinini bilgan va payg`ambarlar vorisi bo`lgan olimlarning siyosati. Bularning hukmlari faqat xoslarning botiniga doir bo`lib, ommaning fahmi ulardan istifoda qilishga etmaydi. Ular insonlarga man` qilish, buyurish va majburlash siyosatini yuritmaydilar.
4. Voizlar siyosati. Bu siyosat avomning botinini isloh qilishda ularning hukmlaridan iborat.
Imom G`azzoliy nazarda tutgan 3-turga mansub siyosat aynan muallimlar faoliyatidir.
G`azzoliy aytishicha, ilmning ulug`ligi hech kimga maxfiy emas, chunki muallim kishilarning qalbi va ruhiga ta`sir o`tqazib, ularni boshqaradi. Er yuzidagi mavjudotlarning eng sharaflisi inson bo`lsa, undagi eng ulug` va javhar qalbdir. Muallim shu qalbni kamolga etkazish , unga jilo berish, uni poklash va Allohga yaqin bo`lishga chorlash bilan mashg`uldir.
Imom G`azzoliy ta`limotiga ko`ra, ilm o`rgatish bir jihatdan Allohga ibodat bo`lsa, ikinchi jihatdan Allohga xalifa – vakil bo`lishdir. Alloh xalifasi bo`lgani uchun olimlarning qalbiga o`zining xos sifati bo`lmish ilmni beradi. Olim Allohning eng qimmat baho xazinasiga xazinachi demakdir. Bu xazinaga muxtoj bo`lgan har qanday kishiga undan ulashish, ehson qilish huquqi muallimga berilgan.
Alloh taologa yaqinlik hosil qilishda va jannatga etaklashda banda bilan Allohning orasida vositachi bo`lishdan-da ulug` martaba (yo`q!).
Alloh taolo fazlu karami bilan bizni shunday ulug` vositachilar jumlasidan aylasin. 57
Endi bevosita talaba odoblari va ustoz vazifalariga e`tibor beraylik. Tolibi ilm odoblari bir qancha. Biz ayrimlari xususida to`xtalib o`tamiz.
Birinchi odob talabi: talaba qalbi jirkanch xulqlardan, yomon sifatlardan pok bo`lishi kerak. Payg`ambrimiz (s.a.v.) “Bu din poklik ustiga barpo bo`lgan” ,–deydi. Inson qalbi farishtalar qo`nadigan makon. Agar bu qalb g`azab, shahvat, gina, hasad, kibr kabi razil sifatlardan holi bo`lmasa, u erga farishtalar, demakki ilm ham kira olmaydi. Zero, Alloh Taolo ilm nurini qalbga farishtalar orqali yuboradi: «Inson bilan Alloh (bevosita) so`zlashishi mumkin emas. Faqat vahiy orqali yo parda ortidan yoki elchi (farishta) yuborib, (Allohning) izni bilan u xohlagan narsani vahiy qilishi mumkin». (SHo`ro surasi, 51-oyat).
Ikkinchi odob talabi: Ilm tolibi dunyoviy mashg`ulotlarni ozaytirmog`i, ahli va vatanidan yiroqda bo`lmog`i lozim. Ular bilan aloqa talabani maqsadidan chalg`itadi.
Qur`oni Karimda: «Alloh bir kishining ichida ikki qalb qilgan emasdir»,– deyiladi. (Ashab surasi, 4-oyat).
Uchinchi talab: Talaba ilmiga kibrlanmasligi, ustoziga qarshi chiqmasligi shart. Barcha ishda butunlay ishning jilovini muallimiga topshirmog`i, johil kasalning mehribon va hoziq tabibga quloq tutganidek, uning nasixatiga quloq solmog`i, unga tavoze` ko`rsatmog`i, xizmatini qilish bilan savob va sharaf talab etmog`i lozim. Tavoze` hamda ustozini jon qulog`i ila tinglash bilangina ilmga etishish mumkin. Qur`onda shunday deyiladi: “Albatta, uyg`oq qalb egasi bo`lgan yoki o`zi hozir bo`lib , quloq tutgan kishi uchun eslatma bordir”. (Qof surasi, 37-oyat).
To`rtinchi talab: ilm olishni ilk boshlagan kishi xoh dunyo, xoh oxirat masalalarida bo`lsin, odamlarning ixtiloflariga quloq solishdan saqlanishi lozim.
Dinda quvvatli kishining kofirlar bilan mujodala qilishiga ruxsat berilgani kabi, ilmi kuchli talabalarning ham ixtilofli masalalarga kirishishiga monelik qilinmaydi.
Beshinchi talab: Tolibi ilm barcha maxmud ilmlarni, ularning biror turini qoldirmasdan o`rganmog`i va oldiga qo`ygan maqsadiga erishmog`i lozim. Ilmlarni o`rganib bo`lgach, umr sarmoyasi etsa, ularni chuqurlashtirish kerak. Bilmaslik tufayli dushman bo`lib qolmaslik uchun, oz bo`lsa-da boshqa ilmlarni ham o`rganmog`i lozim. Inson o`zi bilmaydigan narsalarning dushmani. Qur`oni karimda shunday deyiladi: “Ular o`zlari u (Qur`on) bilan hidoyat topishmagach, “Bu eski uydirmadir”, derlar”, (Ahqof surasi, 11-oyat).
Oltinchi talab: Ilm olishda shogird turli ilmlarga kirishib ketmasligi, barcha tartiblarga rioya qilishi va muhimrog`idan boshlashi lozim. Inson umri barcha ilmlarni o`rganish uchun etmaydi. Bas, shunday ekan, har bir ilmning chiroyli taraflarini o`rganib, o`sha ilmlarning ozi bilan kifoyalanish kerak. Qolgan bor quvvatini esa, eng sharafli hisoblanmish oxirat ilmi tomon yo`naltirishi lozim.
Oxirat ilmi muomala va mukoshafadir.
Muomala ilmining g`oyasi mukoshafa, mukoshafaning g`oyasi esa Allohni topishdir.
Ettinchi talab. Boshlang`ich fanni mukammal o`rganmay turib, navbatdagisiga o`tmaslik kerak. Har bir ilm zaruriyatiga ko`ra ma`lum tartibi bor. Bir ilm boshqasiga yo`l, ko`prik vazifasini bajaradi. Qur`onda “Biz kitob bergan kishilar (mo`minlar) uni to`g`ri (buzmay) tilovat qiladilar”. (Baqara surasi, 121-oyat) deyilgan. Oyatning mazmuni shundaki, inson boshlang`ich ilmni mukammal bilmay turib, yanada murakkabroq bosqichdagi ilmlarni egallay olmaydi. Har bir ilm chegarasi odamlar uni o`rgangan darajasidan ko`ra kengroqdir. Hazrati Ali (r.a) shunday deydi : “Haqiqatni odamlarga qarab tanima, balki avval haqni tani, keyin ahlini tanib olasan!” 58
Sakkizinchi talab. SHarafli ilmlarga olib boradigan sabablarni ham bilish lozim. Bular:
1). Natijaning sharafli bo`lishi, bunga din va tib ilmlari misol bo`ladi.
2). Dalilning quvvatli va ishonchli bo`lishi. Bunga hisob-kitob, nujum ilmlari misol bo`ladi.
To`qqizinchi talab. Talabaning maqsadi bu dunyoda botinini ziynatlab, fazilat ila go`zallashtirish, oxiratda esa Allohga yaqinlik hosil qilish, u dunyo soadatiga erishish bo`lishi kerak.
Mansab, mol-dunyo, obro` qozonish, nodonlarcha tortishish va yaqinlari bilan faxrlanishni g`oya qilib olish noto`g`ri bo`ladi. Ilm ahli qalbi ezgulik bilan to`liq bo`lishi kerak. «Bas kim zarra misqolcha yaxshilik qilsa, o`shani ko`rur va kim zarra misqolcha yomonlik qilsa, o`ni ham ko`rur». (Zalzala surasi, 7-8- oyat)
Ilmning qaysi turi bo`lmasin, agar Alloh uchun ta`lim olinsa, shubhasiz, uning foydasi bo`ladi va sohibini oliy maqomlarga ko`taradi.
O`ninchi talab. Tolibi ilm ilmlarning maqsadga etkazuvchi nisbatini yaxshi bilishi lozim.
Har qanday ilm, agar uning maqsadi jasad salomatligi bo`lsa, demak u “ulov” manfaatlari jumlasidan.
Imom G`azzoliy ilmlarni uchga bo`lib, maqsadga yaqini, maqsad yo`lidagi, tayyorgarlik qismlariga bo`lib hajga izn olgan qul misolida tushintiradi, ya`ni oziq—ovqat va zarur anjomlarni tayyorlash, yo`lga chiqish va bevosita haj amallarini bajarishga o`tish.
Ilm sohasida talabaga qo`yilgan talablar bilan tanishgan holda, murshid—muallimlar vazifalari haqida yana imom G`azzoliy asariga murojaat qilamiz.
Olimlarning fikricha, mol—dunyo to`plashda to`rt holat mavjuddir. Birinchi kasb egallash ; ikkinchi, kasb qilib mol jamg`arish, u bilan tilanchilik qilishdan qutiladi ; uchinchi, ehtiyojiga qarab molidan foydalanadi; to`rtinchi, molini boshqalarga sarflash, bu bilan saxiy va fazilatli bo`ladi.
Ilmda ham shu holat:
2).So`rashdan holi bo`lar miqdorda ilm yig`iladi ;
3). Hosil bo`lgan ilmni tafakkur qilib undan foydalaniladi;
4). Boshqalarga yo`l—yo`riq ko`rsatiladi.
Mol yig`ishda to`rtinchisi boshqalari orasida eng ulug`i bo`lgani kabi, ilmda ham to`rtinchisi eng ulug`idir. O`zgalarga o`z ilmini o`rgatuvchi quyosh kabidir. Boshqalar uchun ziyo tarqatadi va o`zi ham ziyolidir.
Ilm beruvchi muallimning vazifa va odoblari quyidagicha:
Birinchidan, muallim ta`lim oluvchilarga o`z bolalaridek muomilada bo`lishi kerak. Muallim shogirdlarini oxirat azoblaridan saqlash maqsadini o`z oldiga qo`yadi. SHuning uchun muallimning haqi ota-ona haqidan ustun qo`yiladi. Muallim sabog`ini olayotgan shogird maqsadi oxirat bo`lsa, oralarida samimiy muhabbat uyg`onadi. Agar maqsad dunyo bo`lsa, o`rtada hasad va adovat shakllanadi.
Ilm orqali amal – rahbarlikka erishishni o`ylagan kishi Alloh taoloning «Albatta, mo`minlar og`a-inidirlar» (Xujurat surasi, 10-oyat) degan kalomidan chetga chiqadi va «U kunda taqvolilardan boshqa do`stlar bir—birlariga dushmandirlar.»(Zuxruf surasi, 67-oyat) degan kalomidagilarga aylanadi.
Ikkinchidan, shariat sohibi bo`lagan Rasululloh (s.a.v.)ga ergashishi kerak. Muallim bergan ilmi uchun mukofat, tashakkur eshitishni maqsad qilmaydi. U Alloh taologa yaqin bo`lish, uning roziligiga erishishni istab ta`lim beradi.
Muallim tolibi ilmlari bo`lgani tufayli savobga erishadi. SHuning uchun “Ey qavmim! Sizlardan u (xizmat) uchun mol—dunyo so`ramayman. Mening mukofatim faqat Allohning zimmasidadir”. (Xud surasi, 29-oyat) degan oyat mazmunini uqib olmoq kerak.
Mol – mulk va dunyodagi narsalar vujud xizmatkori. Vujud nafsning ulovi. Unga xizmat qiluvchi mahdum – ilmdir. Nafsning sharafi ilm bilan.
Uchinchidan, talabaga qilinishi lozim bo`lgan nasihatlardan hech birini qoldirmaslik. Masalan, uni loyiq bo`lmagan martabaga chiqishdan qaytarish, ochiq ravshan ilmlarni tugatmay turib, maxfiy ilmlar bilan mashg`ul bo`lishini man’ qilmoq. Ilm o`rganishdan maqsad Allohga yaqin bo`lish ekanini, martaba, obro` va kimo`zdilikni maqsad qilish mumkin emasligini uqtirish kerak. Alloh uchun o`rganiladigan ilmlar tafsir, hadis va avvalgilar mashg`ul bo`lgan oxirat ilmi, nafs axloqini o`rganish va uni poklash kayfiyati haqidagi ilmlardir.
To`rtinchidan, ta`lim san`atning nozik jihatlaridan biridirki, muallim talabaning yomon axloqini oshkora emas, balki imkoni boricha ta`riz — o`ziga ko`rsatish yo`li bilan, qattiq so`zlar bilan emas, shafqat yo`li bilan qaytarishi lozim. Oshkora tanbeh hurmat pardasini yirtadi, qaysarlikka bo`lgan maylni qo`zg`atadi. Masalan, Odam bilan Havo va ularga man’ qilingan narsa haqidagi qissa ibrat.
Beshinchidan, ilmlardan ba`zilarini o`rganayotgan talabaga boshqa ilmlarni yomon ko`rsatmaslik lozim. O`zaro shaxsiyatga teguvchi gap – so`zlar chiqishiga yo`l qo`yib bo`lmaydi.
Oltinchidan, talabaga ilmni uning faxm – farosati ko`tarishiga qarab berish lozim. Payg`ambarimiz (s.a.v.) ham “Biz payg`ambarlar jamoasi odamlarni o`z o`rinlariga qo`yishga va ularning aqllari etadigan miqdorda gapirishga buyurilganmiz” 59 —deydilar.
YAna, Rasululloh (s.a.v.): “Bir qavmga ularning aqllari etmagan biror so`zni gapirgan kishi ularning ba`zilari uchun fitnaga sabab bo`ladi” 60 ,—deganlar.
Hazrati Ali (r.a) ko`ksiga ishora qilaturib, aytganlar: «Albatta, mana bu erda juda ko`p ilm bor, koshkiydi unga munosib tolib topa olsam» 61 .
YAxshining qalbi sirlarning qabri !
Olim barchaga bilgan narsasini oshkor qilavermasligi lozim.
Iso (a.s.) shunday deganlar: “Gavharlarni to`ng`izlarning bo`yniga osmanglar”. Albatta, hikmat (ilm) gavhardan yaxshiroqdir. Kim uni yomon ko`rsa, to`ng`izdan ham yomonroqdir. SHuning uchun «Har bir bandaga aqlining me`yoriga ko`ra o`lchab va fahmining mezoniga ko`ra tortib ber. Toki sen uning yomonligidan salomat bo`lasan va u ham sendan foyda oladi. Aks holda me`yorlar turlicha bo`lgani uchun inkor paydo bo`ladi»,—deyilgan.
Bir odamdan bir narsa haqida so`rashganida, javob bermadi. SHunda so`rovchi : «Siz Rasululloh (s.a.v.)ning “Kimki foydali bir ilmni yashirsa, qiyomat kunida olovdan bo`lgan yugan bilan yuganlanadi», deganlarini eshitmaganmisiz?” dedi. Olim: “YUganini qo`yaver va (yo`lingdan qolmay) ketaver. Agar (so`zimni) anglaydigan bir odam kelsa va undan ilmni yashirsam, o`shanda meni yuganlayversin”, – deb javob qildi. Zero, ilmni buzadigan va unga zarar beradigan kishidan ehtiyot qilish lozimligini bildirib, Alloh taolo: “Aqlsizlarga mollaringizni berib qo`ymangiz”, (Niso surasi, 4-oyat) deya marhamat qilgan.
Ettinchidan, zehni past talabaga o`ziga munosib bo`lgan ochiq ilmlarni o`rgatish lozim. Ilmning nozik jihatlarini berkitganini unga aytmaslik kerak. Aks holda u o`ziga nisbatan baxillik qilingan, degan gumonga boradi. CHunki, hamma odam ham o`zini daqiq ilmlarni olishga loyiq, deb o`ylaydi. eng ahmoq va aqli zaif kishi o`z aqlini mukammal deb xursand bo`lgan kishidir. Din va e`tiqod masalsida avom uchun bahs eshigini ochmaslik darkor. Ularning qalbini jannatga rag`bat va jahannamga qurquv hissi bilan to`ldirish kifoya.
Sakizinchidan, amal ilmga xilof bo`lsa, rushdu hidoyatga mone`lik qiladi. Ilm qalb ko`zi bilan ko`radi, amal esa oddiy ko`z bilan ko`radi. Muallim so`zini amali inkor qilmasligi lozim. O`zi bir narsani eb turib, o`zgalarga, buni emanglar, desa, boshqalar uni masxaralab kuladilar, ta`qiqlangan narsaga ko`proq intila boshlaydilar. Loy qolipsiz g`isht bo`lmaganidek, egri daraxtning soyasi to`g`ri bo`lmaydi. Murshid muallimning shogirdlari oldidagi mavqei shundaydir.
Alloh taolo marhamat qilib: «Odamlarni yaxshilikka buyurasizlar-u, o`zlaringizni unitasizlarmi ?» (Baqara surasi, 44-oyat) deydi.
Olimning qilgan gunohi yuki johilnikidan og`irroq bo`ladi. SHuning uchun muallim faqat so`z bilan emas, amaliy xatti – harakatlar bilan ham ta`lim – tarbiya beradi.
Islom dini ta`limotiga ko`ra ilm ilm uchun emas , ilm hayot uchun bo`lmog`i kerak. Ilmli kishi avvalo o`z hatti – harakati, qolaversa atrofidagilarga ham ma`lum ma`noda mas`ul bo`ladi. Bu mas`uliyat nimalarda ko`rinadi ?
Похожие:
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi Namangan Davlat Universiteti «Milliy istiqlol g’oyasi va huquq ma`naviyat asoslari» yo’nalishi zaruriy mazmuni va bakalavrlarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan. |
268-maktabning “Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari”, “Vatan tuyg’usi” fani |
Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari fanidan 8 – sinflar uchun iv-chorak Nazorat test savollari | Milliy g’oya IX sinf milliy g`oya va ma`naviyat asoslari fani qachon mustaqil fan sifatida joriy qilindi? |
Toshkent Davlat Texnika Universiteti Fan: Valilogiya asoslari | Документы 1. /Milliy istiqlol asoslari BMT.doc |
Kengashda Toshkent Davlat pedagogika universiteti professori A. T. Gafurovning “Biologiya darsligiga kiritilgan yangi mavzularni o`qitish metodikasi” mavzusida, Toshkent Davlat pedagogika universiteti professori J. O | Документы 1. /Yangi tahrirdagi Davlat Ta’lim Standartlarini ko’chirib olish(doc)/1 sinf .doc |
Разместите кнопку на своём сайте:
Документы
База данных защищена авторским правом ©uz.denemetr.com 2000-2015
При копировании материала укажите ссылку.
обратиться к администрации