Press "Enter" to skip to content

Informatika, Xorijiy (ingliz, nemis, fransuz) tillar

Writeln(Son); sanagichga 1 qo‘shamiz.

Endi qabul imtihonlarida informatika fanidan ham 30 talik test topshiriladi!

Davlat test markazi tomonidan abituriyentlarga tavsiya qilingan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi. Bloger Javohirbek Abdullayev o‘zining telegram kanalida yangi o‘quv yilidan informatika fani alohida blok sifatida umumta’lim fanlariga qo‘shilganiga e’tibor qaratgan. Ya’ni, endi informatikaga aloqasi bor yo‘nalishlarda informatikadan blok qo‘shiladi.

Masalan, 5110700 – Informatika o‘qitish metodikasi yo‘nalishiga hujjat topshirgan abituriyent taxminan quyidagi fanlardan imtihon topshiradi:

Majburiy fanlar bloki (barcha yo‘nalishlar uchun nazarda tutilgan):

Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) – 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan;
Matematika – 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan;
O‘zbekiston tarixi – 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan.

Ta’lim yo‘nalishiga mos asosiy blokdagi fanlar:

Informatika (3,1 ball)
Matematika (3,1 ball)

Informatika alohida blok bo‘lganligi rasman tasdiqlanganligini inobatga olsak, yakunda yuqoridagi fikrimiz to‘g‘ri bo‘lib chiqishi ehtimoli yuqori. Endi DTM tomonidan ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar majmuasi e’lon qilinishini kutib qolamiz.

Informatika, Xorijiy (ingliz, nemis, fransuz) tillar

Informatika fanini o‘qitishni takomillashtirish uchun 2014-2015-o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlarga nazar solib, erishilgan yutuq va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni sarhisob qilish kelgusidagi faoliyatni to‘g‘ri o‘zanda davom ettirishga asos bo‘ladi. Fanni o‘qitishda o‘qituvchilarning o‘quvchilarni fan va texnika olamida ro‘y berayotgan eng oxirgi yangiliklar bilan tanishtirishga e’tibor qaratishi avgust kengashlarining sho‘ba yig‘ilishlarida asosiy masala sifatida ko‘rib chiqilishi zarur.

Ta’kidlash joizki, umumta’lim maktab­larini zamonaviy kompyuter, elektron darslik, qo‘llanma va dars ishlanmalari bilan ta’minlash hamda ulardan samarali foydalanish va jarayonga oqilona joriy etishni yo‘lga qo‘yishimiz zarur. Buning uchun o‘qituvchilar, mutaxassislar AKT­dan foydalanishni mukammal bilishlari va o‘quvchilarni AKT imkoniyati bilan yaqin­dan tanishtirishlari kerak.

Informatika o‘qituvchilari tugallangan o‘quv yilida duch kelgan muammolarni tahlil etib, ularni hal etish choralarini muhokama qilishi uchun sho‘balarda faol muhit yaratish muhim. Informatika fanining istiqboli va rivojlanishi bilan bog‘liq yangiliklarni yetkazish bilan bir qatorda o‘qitish talablarini mazmunan hamda shaklan o‘zgartirishda o‘qituvchidan ijodkorlik talab etiladi.

Masalan, 5-sinfda “Grafik muharriri yordamida rasmlarni qayta ishlash” mavzusini o‘tish jarayonida turli rasmlar (shu jumladan, shaffof fonli rasmlar) jamlamasini avvaldan tayyorlab, o‘quvchilar kompyuterlariga joylab qo‘yish darsning samaraliroq o‘tishiga asos bo‘ladi. 6-sinfda “Word dasturida formulalar yozish” mavzusini o‘tishda tarqatma materiallar sifatida radikallar, integrallar, matritsalar, mantiqiy amal belgilari kabilar ishtirok etgan murakkab formulalardan foydalaniladi. Bu esa yuqori sinflarda yoki ta’limning keyingi bosqichlarida zarur bo‘ladigan AKTga doir kompetensiyalarning shakllanishiga zamin bo‘ladi. 7-sinfda “Elektron pochta” mavzusi o‘tilganda o‘quvchi internetning asosiy xizmatlaridan biri bilan tanishadi. Masalan, axborotni elektron vositalar orqali uzatish, axborot xavfsizligini ta’minlash, elektron pochta bilan ishlash, bunda huquqiy va axloqiy me’yorlarni, mualliflik huquqlarini bilish, erkin foydalaniladigan va tijorat dastur­lari, dasturlar litsenziyalarini farqlash tushun­chalarini o‘quvchilar o‘rganadi. Ularning tushunchalari aniq va to‘laqonli bo‘lishi uchun avvaldan pochta serveridan pochta qutisi tayyorlab qo‘yilishi zarur. Natijada o‘quvchilar “jonli tarzda” bir-biriga xabar jo‘natish, kelgan axborotni o‘qish, xabarga fayl biriktirib jo‘natish imkoniga ega bo‘ladi. Bu esa dars davomida olgan bilim, ko‘nikma va malakalarni amaliyotda qo‘llay olish qobiliyatini shakllantiradi.

Avgust kengashlari sho‘ba yig‘ilishlari bahs-munozara, seminar-trening tarzida o‘tkazilib, unda informatika darslarini zamonaviy texnologiyalardan foyda­langan holda tashkil etish, amaldagi 5—9-sinf “Informatika” darsliklarining yutuq va kamchiliklari, o‘quvchilarni fanga qiziqtirish usullarini o‘rtaga tashlash samarali bo‘ladi. Informatika ta’limidagi muammolar va ularning yechimlari, 2014-2015-o‘quv yilida o‘tkazilgan ta’lim sifati monitoringi natijalari, 8-sinflarda o‘tkazilgan bilimlar bellashuvi, 9-sinflarda tashkil etilgan olimpiada natijalarini tahlil etish muhimdir. O‘zlashtirilishi qiyin mavzular va olimpiada masalalarini yechishda yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni muhokama qilish tavsiya etiladi.

Elektron axborot resurslaridan foydalanishga oid mashg‘ulotlarni o‘tkazish orqali o‘quvchilarda nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash malakasini hosil qilish yo‘llarini yosh o‘qituvchilarga mahorat darslari tarzida yetkazishi zarur. Masalan, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Eng yaxshi elektron axborot ta’lim re­surslari- 2015” ko‘rik-tanlovining mo­hiya­tini, ishtirokchi o‘quvchi va o‘qituv­chilarning yutuqlari bilan tanishtirish lozim. O‘quvchi-yoshlarda axborotdan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan “Global­lashuv sharoitida yoshlarning media- savodxonligini oshirish” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi haqida ma’lumot berish bilan birga, ommaviy axborot vositalari orqali va www. eduportal.uz, www.uzedu.uz, www. rtm.uz manbalarida bu bo‘yicha materiallar mavjudligini namoyish etish, Respublika ta’lim markazi sayti- (www.rtm.uz)da o‘tgan o‘quv yili davomida informatika fanidan o‘quvchilarning bilim samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha metodik materiallar berib kelinayot­ganini ta’kidlash maqsadga muvofiqdir.

Shuningdek, maktablarda tashkil etilgan “Dasturlash” to‘garaklarida o‘quvchilarning imkoniyatini hisobga olgan holda topshiriq berish zarur. O‘quvchilar e’tiboriga havola etiladigan chiziqli, tarmoqlanuvchi va takror­lanuvchi tarkibli sodda masalalar “Dasturlash” to‘garagi a’zolarining algoritmik fikrlashi rivojlanishiga yordam berish o‘rniga bir qolipga tushib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu sababli to‘garakdagi o‘quvchilar imkoniyatini hisobga olgan holda vazifalarning 10 foizini algoritmlashda qiziqarli va nisbatan murakkabroq hisoblangan masalalar bilan boyitish maqsadga muvofiq. Bu o‘quvchilarga algoritmlashning keyingi bosqichi uchun yo‘l ochib beradi, ularni intilishga, fikrlashga undaydi.

O‘ylashga, masalani turli tomondan tahlil etishga majbur qiladigan algoritmlardan biri bu — tanlama algoritmidir . Bu algoritmni o‘rganishga yo‘naltirish uchun quyidagi sodda masalani qaraylik:

Mashq . Beshta elementli A= to‘plam berilgan. Shu to‘plam elemetlaridan yig‘indisi 7 ga teng bo‘lgan va elementlari o‘sish tartibida joylashgan to‘plamlar sonini aniqlang.

Tahlil . Oddiy usulda yig‘indini hisoblash orqali quyidagilar aniqlanadi: 1+2+4=7; 2+5=7; 3+4=7. Bu esa vazifa shartiga mos 3 ta , va to‘plam borligini ko‘rsatadi.

Masala yechishda binar tan­lamadan foydalanish. Tanlama dasturini ko‘rib chiqib, uni biror ma­salaga tatbiq etganda massivni ekranga chiqarish qismi o‘zgartirilishi kerakligini tushunish mumkin. Binar tanlamani 1-mashqdagi to‘plamlarni aniqlashga qo‘llaymiz.

Buning uchun massivning har bir B[k] elementiga A to‘plamning A[k]=k elementini mos qo‘yamiz. Agar B[k]=1 bo‘lsa, u holda A[k] element tanlovda ishtirok etadi.

Y:=0; Y – A to‘plam elementlaridan tashkil etiladigan

For k:=1 to 5 do Binar massiv elementlarini birma-bir qaraymiz va

If B[k]=1 Then Y:= Y+A[k]; agar massiv elementi tanlansa, uni yig‘indiga

If Y=7 then Son:=Son+1; qo‘shamiz.

Goto 1; End; Agar yig‘indi qiymati 7ga teng bo‘lsa, u holda

Writeln(Son); sanagichga 1 qo‘shamiz.

Izlanayotgan to‘plamlar sonini chop etamiz.

Qaralayotgan 1-mashqning yechimini beruvchi dasturning to‘liq matni quyidagicha:

Informatika va axborot texnologiyalari fani OCHIQ DARS ISHLANMASI

KOPYUTER TARMOQLARI BU • Kоmpyutеrlаrning o’zаrо turli mа`lumоtlаr, dаsturlаr аlmаshish mаqsаdidа biriktirilishi «KОMPYUTЕR TАRMОQLАRI» dеyilаdi.

KOMPYUTER TARMOQLARINING PAYDO BO’LISH SABABLARI • Kompyuter tarmoqlarining paydo bo’lish sabablaridan biri resurslaridan hamkorlikda foydalanish, alohida kompyuter imkoniyatini kengaytirishdir. Dаstlаbki mа`lumоtlаrni kоmp`yutеr оrqаli uzаtish vа qаbul qilish • XX аsrning 50 -yillаridа bоshlаnib, lаbоrаtоriyalаrdа tаjribа sifаtidа оlib bоrilаr edi. 60 – yillаrning оxirigа kеlib АQShning «Istiqbоlni bеlgilоvchi аgеntligi» ning (DARPA- Defense Advansed Research Project Agency) mаblаg’i hisоbidаn birinchi milliy tаrmоq yarаtildi.

• Bu tаrmоq аgеntlik nоmi bilаn yuritilа bоshlаndi vа u ARPANET dеb nоm оldi. ARPANET (1969 yil-Advanced Research Projects Agency Net. Work) АQShning mudоfаа vаzirligi tоmоnidаn tаshkil qilingаn eng eski kоmp`yutеr tаrmоg’i hisоblаnаdi. Uning аfzаlligi, tаrkibidа turli turdаgi kоmp`yutеrlаr bоr tаrmоq bilаn ishlаsh qоbiliyatigа egаlidаdir. Tаrmоq 80 -yillаrgа kеlib bоshqа kоmp`yutеr tаrmоqlаri bilаn birlаshtirilib, Internet qismi sifаtidа ishlаtilа bоshlаndi.

LAKAL TARMOQ • “Lokal tarmoqlar” (LAN, Local Area Network) deganda aynan shunday tarmoqlarni tushiniladiki, u o`lchamlari katta bo`lmagan bir-biriga yaqin joylashgan kompyuterlarni birlashtiradi. Bunday izohlarni aniq emasligini tushunish uchun ayrim lokal tarmoqlarni xarakteristikalarini ko`rish yetarli bo`ladi. Masalan, ayrim lokal tarmoqlar bir necha kilometr yoki o`nlab kilometrlar masofadagi aloqani oson ta’minlaydi. Bu esa xona, bino, bir-biriga yaqin joylashgan binolarni birlashtirish mumkin. Unda o`lchamlari butun shaharga teng tarmoqni birlashtirish mumkin.

MINTAQAVY TARMOQ • Ko`pincha kompyuter tarmoqlarining yana bir sinfini ajratishadi – shaxar tarmoqlari (MAN, Metropolitan Area Network). Ular global tarmoqlarga yaqinroq bo`ladi, lekin ba’zan lokal tarmoq xususiyatiga ega bo`lishadi, masalan yuqori sifatli aloqa kanallari va nisbatan uzatishni yuqori tezligi. • Shahar tarmog`i o`zining hamma afzalliklari bilan haqiqatan ham lokal bo`lishi mumkin. To`g`risi xozir lokal va global tarmoqlari orasida ma’lum bir aniq chegarani o`tkazish mumkin emas.

GLABAL TARMOQ • Boshqa tomondan, global tarmoqlar bo`yicha (WAN, Wide Area Network yoki GAN, Global Area Network) bir xonadagi qo`shni stollarda joylashgan kompyuterlar birlashishi mumkin, buni esa negadir hech kim lokal tarmoq deb atamaydi. Shuningdek, bir-biriga yaqin joylashgan kompyuterlar kabel orqali interfeyslarning (RS 232 -C, Centronis) tashqi razyomlariga yoki kabelsiz infraqizil kanali bo`yicha ulanadi. Bunday aloqa ham lokal tarmoq deyilmaydi. Bir nechta kompyuterlarni birlashtirgan kichik tarmoqni lokal tarmoq deb atash noto`g`ri.

• Shina (bus), • bunda hamma kompyuterlar bir aloqa liniyasiga parallel ulanadi va har bir kompyuterdan axborot bir vaqtda hamma qolgan kompyuterlarga uzatiladi

Yulduz (star), • bunda bitta markaziy kompyuterga chetda qolgan kompyuterlar ulanadi, shu bilan birga har biri o‘zining alohida aloqa liniyalaridan foydalanadi

Halqa (ring) • bunda har bir kompyuter axborotni har doim faqat bitta zanjirda kelayotgan kompyuterga uzatadi, axborotni esa faqat zanjirdagi oldinda kelayotgan kompyuterdan oladi, va bu zanjir “halqa” bo‘lib birlashgan