Informatika, 9 sinf, Boltayev B. J, Azamatov A. R, Asqarov A. D, Sodiqov M. Q, Azamatova G. A, 2015
Model va uning turlari.
Bizni qiziqtirayotgan va o‘rganilayotgan narsa yoki jarayon obyekt deb ataladi. Masalan, quyosh sistemasidagi sayyoralar, sport koptoklari, maktabingizdagi kompyuterlar obyektlarga misol bo‘ladi. Bir turdagi oTganilayotgan obyektlar o‘zining xusu-siyatlari — tavsifiga ega bo‘ladi. Har bir alohida olingan obyekt esa boshqasidan shu tavsifga mos tavsif qiymati bilan farqlanadi. Masalan, o‘rganilayotgan kompyuterlar nomli obyektlarning tavsifi: ishlab chiqargan firma nomi, asosiy plata markasi (motherboard), protsessor nomi, protsessor tezligi (CPU), vin-chester sig‘imi, tezkor xotira (RAM) sig‘imi, videoxotira sig‘imi bo‘lsa, aniq kompyuterning tavsif qiymati: ishlab chiqargan firma nomi FUJITSU SIEMENS, asosiy plata markasi D1170, protsessor nomi Pentium TV, protsessor tezligi 3,06 Ggers, vin-chester sig‘imi 160 Gbayt, tezkor xotira sig‘imi 1 Gbayt, videoxotira sig‘imi 512 Mbayt.
Informatika fanidan elektron darslik
Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o’qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali
Kitobni qanday sotib olish mumkin?
Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro’yxatdan o’tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to’ldirish mumkin, kerak bo’lgan kitob uchun qanday to’lovni amalga oshirish
Siz muallifmisiz?
Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.
Savol-javoblar
Agar men O‘zbekistonda bo’lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.
Informatika
Ko‘rganlar, jami:
Hammuallif:
Nashr yili:
ISBN raqami:
Kitob mahsulotlarining xarakteristikalari, yetkazib berish shartlari, tashqi ko’rinishi va rangi haqidagi ma’lumotlar faqat ma’lumot uchun mo’ljallangan va joylashtirilgan paytda mavjud bo’lgan eng so’nggi ma’lumotlarga asoslanadi.
Elektron kitob
E’tibor bering “Sotib olingan kitoblar qanday o’qiladi?” bo’limi bilan tanishib chiqing!
Buyurtma berish uchun, avtorizatsiyadan o’ting
Do‘stlarizga tavsiya eting
- Annotatsiya
- Fikr va mulohazalar
Ushbu o‘quv qo‘llanma «Informatika» fanidan takomillashtirilgan va uzviylashtirilgan namunaviy o‘quv dasturi asosida yaratilgan
bo‘lib, u akademik litsey va kasb-hunar kollеji o‘quvchilarining informatika asoslarini o‘zlashtirishlari va kompyutеrlardan o‘z kasbiy faoliyatlarida foydalana olish malaka va ko‘nikmasini hosil qilishga qaratilgan materialni o‘z ichiga oladi.
O‘quv qo‘llanma Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
sifatida tavsiya etilgan.
Informatika, 9 sinf, Boltayev B.J., Azamatov A.R., Asqarov A.D., Sodiqov M.Q., Azamatova G.A., 2015
Informatika, 9 sinf, Boltayev B.J., Azamatov A.R., Asqarov A.D., Sodiqov M.Q., Azamatova G.A., 2015.
Фрагмент из книги:
Inson amaliy ish jarayonida juda ko‘p masalalarni hal etishiga to’d’ri keladi. Masalalarning ba’zilari oson, ba’zilari murakkab hisob-kilob bilan bog’liq bo‘ladi. Ba’zi masalalarning yechilishida biror amallar guruhining minglab marta baja-rilishiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Shuning uchun beminnat va o‘ta tez ishlaydigan «yordamchimiz» bo‘lgan kompyuter bu ishimizda yordam bera oladimi, agar yordam bera olsa, u holda masalalarni kompyuterda hal etish qanday tashkil etiladi, degan savol labiiydir.
Model va uning turlari.
Bizni qiziqtirayotgan va o‘rganilayotgan narsa yoki jarayon obyekt deb ataladi. Masalan, quyosh sistemasidagi sayyoralar, sport koptoklari, maktabingizdagi kompyuterlar obyektlarga misol bo‘ladi. Bir turdagi oTganilayotgan obyektlar o‘zining xusu-siyatlari — tavsifiga ega bo‘ladi. Har bir alohida olingan obyekt esa boshqasidan shu tavsifga mos tavsif qiymati bilan farqlanadi. Masalan, o‘rganilayotgan kompyuterlar nomli obyektlarning tavsifi: ishlab chiqargan firma nomi, asosiy plata markasi (motherboard), protsessor nomi, protsessor tezligi (CPU), vin-chester sig‘imi, tezkor xotira (RAM) sig‘imi, videoxotira sig‘imi bo‘lsa, aniq kompyuterning tavsif qiymati: ishlab chiqargan firma nomi FUJITSU SIEMENS, asosiy plata markasi D1170, protsessor nomi Pentium TV, protsessor tezligi 3,06 Ggers, vin-chester sig‘imi 160 Gbayt, tezkor xotira sig‘imi 1 Gbayt, videoxotira sig‘imi 512 Mbayt.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Informatika, 9 sinf, Boltayev B.J., Azamatov A.R., Asqarov A.D., Sodiqov M.Q., Azamatova G.A., 2015 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу
Mavzu: 6-sinf informatika va axborot texnologiyalari fanidan electron o’quv uslubiy majmua yaratish metodikasi. Reja
Hozirgi kunda umumiy o’rta ta’limning biror o’quv fanini to’liq ravishda yoki uning qaysi qismini AKTdan foydalanib ‘„tsa qanday samara berishini yoki AKTni qo’llashning pedagogik tamoyillarini, uning psixologik xususiyatlarini, uning bilish jarayoniga ta‟sir qilish mexanizmi va omillarini, shuningdek yana boshqa ko„p jihatlarini kompleks tadqiq qilish dolzarb bo„lib bormoqda. Akademik litseylar uchun tayyorlanayotgan multimedia vositalari, darsliklar va o’quv qo’llanmalari o’g’il-qizlarning bilimlarini yanada mustahkamlash bilan birga, pedagoglar uchun ko„makchi vazifasini ham o„tayotir. Darsliklarning elektron shaklini yaratish soha mutaxassislaridan ijodkorlikni talab etadi. Bu borada markaz mutaxassislari Respublika ta‟lim markazi vakillari bilan hamkorlikni yo„lga qo„ygan. Elektron darsliklar, video va audiodarslar, interaktiv va animatsiyali virtual laboratoriya ishlari, testlar, ta‟limiy o„yinlar va boshqa ta‟lim resurslari, metodik qo„llanmalardan ayni vaqtda ko„plab ta‟lim muassasalarida keng foydalanilmoqda. Ta‟lim muassasalarida zamonaviy texnikalardan foydalanish borasida pedagoglar uchun o„quv-trening vazifasini o„tovchi elektron axborot-ta‟lim resurslari – dasturlar yaratilgan. Bu o„qituvchilarning darsni sifatli tashkil etishi, malakasini oshirishga xizmat qiladi. Multimedia dasturlarini yaratish, rivojlantirish, ommalashtirish borasidagi ishlar o„z samarasini bermoqda. Ta‟lim maskanlarida o„quvchilar to„g„ridan to„g„ri internetda yoki sinfxonalarda disklar va audiodisklar yordamida fanga oid ma‟lumotlar bilan tanishmoqda. Bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalaridan bemalol foydalanib, o„z salohiyati bilan olam ahlini lol qoldirayotgan yoshlarimiz safi kengaymoqda. Bularning barchasi mamlakatimizda yoshlar uchun keng shart-sharoitlar, qulay imkoniyatlar yaratilayotganining samarasidir. Barchamizga ma`lumki, XXI asr – globallashuv davri, texnika asri deyiladi. Bugungi kunda fan va texnika jadal suratda rivojlanib bormoqda, bu esa yangi texnologiyalardan foydalanib dars o‟tishni taqozo etadi. Kelajagimiz bo‟lgan yoshlarni yuksak madaniyatli, o‟tkir bilimli qilib tarbiyalashda har bir pedagog xodim o‟zini mas`ul shaxs ekanligini bilgan holda, dars samaradorligini oshirib borishi, yangi texnologiyalardan unumli foydalanishi dolzarb masala hisoblanadi.[2] Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Bilimdon va ma`naviy yetuk bo‟lgan, zamonaviy texnika va texnologiyalarni egallagan hamda boshqara oladigan malakali mutaxassislarni tarbiyalab yetishtirish bunday islohotlarning asosiy maqsadi hisoblanadi. Chuqur islohotlarni amalga oshirish, bozor iqtisodiyotiga o‟tish, birinchi navbatda kadrlar potensialiga, ularning kasb jihatidan tayyorgarligiga bog‟liq bo‟ladi”, deb ta`kidlagan edilar. Mustaqil rivojlanish yo‟lidan borayotgan Respublikamizda yangi iqtisodiy sharoitlar ro‟yobga keldiki, bu xalq xo‟jaligining barcha sohalarida, xususan, ta`lim tizimida ham qator islohotlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Fan va texnika taraqqiyotining jadal kechayotgani, kompyuter texnikasining keng qo‟llanilayotganligi, o‟quvchilarga berilishi lozim bo‟lgan bilimlar ko‟lamining tobora oshib borayotganligi, ta`limni tubdan yaxshilashni, fanlar bo‟yicha milliy va mahalliy sharoitlarga mos keladigan hamda malakali mutahassislarni tayyorlash imkonini beradigan dastur va darsliklar, ta`limning zamonaviy metodlarini ishlab chiqishni talab qiladi. O‟zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan “Ta`lim to‟g‟risida”gi qonunda ta`limni yanada takomillashtirish maqsadida Respublika hududida ta`limni umumiy o‟rta ta`lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari orqali amalga oshirish maqsad qilib qo‟yilgan bo‟lsa, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qonunida milliy tajribalarni tahlil qilgan holda hamda jahonning ilg‟or yutuqlarini e`tiborga olib akademik litsey va kasb-hunar kollejlarda har tomonlama shakllangan va yetuk mutahassislarni tayyorlashning asosiy yo‟nalishlari belgilab berilgan. Xalq xo‟jaligining istiqbolli rivojlanishini ilmiy kuzatishlar asosida olib borish kadrlar tayyorlash masalasini to‟g‟ri rejalashtirishga va hal qilishga yordam bermog‟i lozim. Bu esa akademik litseylarda ta`lim tizimining boshqa bosqichlarida ta`lim-tarbiya ishlarini tubdan yaxshilashni, ya`ni ta`lim jarayonida yangi pedagogik dasturiy vositalardan foydalanishni, amaliy vaziyatlarni modellashtirish va ularni yechishning samarali metodlarini izlab topishni, ta`limning shaxsiy va mustaqil shakllarini rivojlantirishni, talabalarni yo‟nalishlari bo‟yicha ijodiy qobiliyatlarini, mustaqil fikrlarini shakllantirish va rivojlantirish hamda ularning analitik va ijobiy fikrlashlarini ilmiy va ilmiy-metodik tadqiqotlarga faol jalb qilishni amalga oshirishni taqozo etadi. Shu bilan birga umuta`lim maktablari, akademik litseylarida informatik ta`limning ham nazariy, ham amaliy jihatdan zamonaviy talab darajasiga ko‟tarilayotganligi, uning amaliy ahamiyatining oshganligi, ta`limni isloh qilish to‟g‟risidagi qonunlari talabalarni yo‟nalishi bo‟yicha mutahassislik tayyorgarligini tubdan yaxshilash zaruratini ilgari suradi.[3] O‟zbeksiton Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta`kidlab o‟tganidek: “Umumlashgan holda hozirda bo‟lajak o‟qituvchilar shaxsiga qo‟yiladigan asosiy talablarni: kasbiy bilimdonlik, intellektual va ma`naviy barkamollik deb belgilash mumkin . Qabul qilingan kadrlar tayyorlashning milliy dasturi ta`lim muassasasi va o‟qituvchilar tayyorlovchi muassasalar oldiga katta vazifalar yuklaydi. Hozirgi zamon o‟qitish tizimidagi maktab darslarida nazariyot bilan amaliyot o‟rtasidagi bog‟lanishni kuchaytirish malakasi muhim ro‟l o‟ynaydi. Keyingi o‟n yillar davomida O‟zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‟ng ta`lim sohasida ham qator tub o‟zgarishlar amalga oshirilmoqda “Ta`lim to‟g‟risida”gi qonun, “Kadrlar Tayyorlash Milliy Dasturi” akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‟qituvchi va o‟quvchilarining oldiga ham qator vazifalar qo‟ymoqda. O‟quvchilarning informatik bilimlarini o‟z kasbi doirasida, kundalik hayotda qo‟llay bilishi, ularning bilish va fikrlash doiralarini kengaytirish zamon talabidir. Ta`limda talabalarni bilimlarini va ularni nazorat qilishda zamonaviy pedagogik vositalarini qo‟llaganda o‟quvchi eshitish, ko‟rish, ko‟rganlari asosida mustaqil fikrlash imkoniyatiga ega bo‟ladi. Ta`lim jarayonida zamonaviy pedagogik vositalaridan foydalangan holda darslarni interfaol usullarda tashkillashtirish uchun ma`lum bir shart – sharoitlar mavjud. Informatika va axborot texnologiyalari fanini elektron darsliklardan foydalanib o‟qitish texnologiyasi mavzusi bugungi kunning dolzarb mavzularidan biridir. Bugungi kun o‟quvchisi nafaqat bilim, ko‟nikma, malakalarini o‟zlashtira oladi va shu bilan bir qatorda ular ongiga milliy istiqlol g‟oyasi singdirilib boriladi. Zero, XXI asr axborot texnologiyalari asridir. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda fanlar bo‟yicha o‟qituvchilar, talaba o‟quvchilarning bilimlarini doimiy tashkil etish va ularni nazorat qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy va o‟quv yurtida informatik ta`limni kelgusi istiqbollarini belgilash va harakatlarni aniqlangan kamchilik va chetlanishlar tomon yo‟naltirish ko‟plab muammolari tez hal qilishga yordam beradi.[4] Bugungi kunga kelib ta`lim jarayonida faqat pedagogning faol mehnat qilishi yetarli samara bermay qoldi. O‟qitish, o‟rganish jarayonida o‟quvchilarning faolligini oshirish, ularning mustaqil fikrlay olishi, mustaqil o‟rgana olishi, mustaqil masalalar yecha olishi ta`lim samaradorligini o‟quvchilarning mustaqil bilim olishlarining ahamiyati katta. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: Informatika va AT fanlarini o‟qitish jarayonida talabalar o‟quv – biluv faoliyatini faollashtirishga yordam beradigan, bilim va ko‟nikmalarini yanada mustahkamlovchi elektron darslik texnologiyasidan foydalanish va informatika darslarini o‟qitish hususiyatlari bilan tanishish. Bitiruv malakaviy ishining obyekti: O‟rta va umumta`lim muassasalarida informatikani o‟qitish jarayoni. Bitiruv malakaviy ishining predmeti: Informatikani o‟qitish metodlari va hususiyatlari. Bitiruv malakaviy ishining vazifalari: – Mavzuga oid ilmiy – metodik, pedagogik – psixologik adabiyotlar, me`yoriy hujjatlarni o‟rganish, darslik, dasturlarni tahlil qilish va xulosalarni umumlashtirish; – Mavzuning ilmiy – nazariy, metodik hamda amaliy asoslarini tadqiq qilish yo‟li bilan uning dolzarb muammo ekanligini asoslash; – Informatika ta`limi jarayonida interfaol va zamonaviy pedagogik dasturiy vositalarni tanlash va foydalanish tamoyillari, vositalarini, tashkiliy va metodik shart – sharoitlarini aniqlash va ilmiy jihatdan asoslash; – Informatika ta`limi jarayonida interfaol va zamonaviy pedagogik dasturiy vositalardan foydalanib, talabalar bilimlarini nazorat qilish samaradorlik darajasini aniqlash; – Informatika fanlarini o‟qitish xususiyatlarini o‟rganish, tahlil qilish va ularni muhim jihatlarini o‟zlashtirish. Bitiruv malakaviy ishim kirish, 2 bob, 7 ta paragraph, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxati bo‟limlaridan iborat. 9 I BOB. O‟QITISHNI KOMPYUTERLASHTIRISH. ELEKTRON DARSLIKLAR VA ULARNI YARATISH TAMOYILLARI 1.1-§. O’qituvchi tizimlar va o’qitishni kompyuterlashtirish. Hozirgi vaqtda o‟qitishning faol turlarini izlash har doim ham o‟quv tехnik vosita bilan birgalikda olib borilmaydi. Bunga turli хil sabablar ko‟rsatiladi, ularning asosiylaridan biri sхеmalarda tayyor javob ko‟rsatilgan bo‟lishligidadir. Shunga o‟qituvchi tinglovchilar tarkibiga bog‟liq holda `mеl`dan foydalanish variantini ham galma-gal qo‟llaydi. O‟quv jarayonining unumdorligini oshirish uning ilmiy – mеtodik ta`minotini takomillashtirish yo‟li bilan ham yеchiladi. Mutahassislik va fanlar bo‟yicha o‟quv – uslubiy majmuani ishlab chiqishga katta o‟rin ajratiladi, bu esa mazmunini takomillashtirish va o‟qitish jarayonini tashkil qilish tizimli yo‟lini amalga oshirishni ta`minlaydi. Bu majmuaning butun bir bo‟limi o‟quv jarayonida o‟quv tехnik vositani qo‟llash bilan bog‟liq masalalarga bag‟ishlanishi lozim. O‟quv jarayonini takomillashtirish yo‟llaridan biri – uni intеnsifikatsiyasi hisoblanadi. Bu dеgani yangi o‟quv usullariga o‟tish, zamonaviy tехnik vositalaridan foydalangan holda katta hajmdagi aхborotlarni o‟zlashtirishdir. Grafoproеktor, kadaskoplar yordamida o‟quv jarayonlarini namoyish qiluvchi didkatik matеriallarni ishlab chiqish zarur. Shuningdеk o‟quv jarayonida sхеmalar, jadvallar, diagrammalardan foydalanish o‟rganilayotgan ma`ruza matеriallariga tayanch hisoblanadi, hamda talabalarning umumiy madaniyatini oshirishga samarali ta`sir etadi. O‟qitishning hozirgi zamonaviy bosqichi – o‟quv jarayonini avtomatlashtirish, o‟qitish tizimlarining kеng qo‟llanilishi bilan haraktеrlanadi. Avtomatlashtirilgan o‟qitish tizimi – EHMning dasturiy taminot tizimidir. U o‟quv dasturlarini ishlab chiqarish va yaratish, dialog rеjimida o‟quv jarayonini boshqarish, o‟qitish natijalarini yig‟ish va qayta ishlashga mo‟ljallangan. O‟qitilayotgan guruh ishiga rahbarlik qilayotgan o‟qituvchining vazifasi ularning savollarga javob bеrish va zarur hollarda yordam ko‟rsatishdir. Bu 10 yordam faqat tеrminal yuzasidangina emas, balki kurs yuzasidan bo‟lgan savollarni ham o‟z ichiga olishi mumkin. Avtomatlashtirilgan o‟qitish tizimi imkoniyatlari: – EHMni o‟qitish, bilimlarni nazorat qilish, maslahat bеrish va turli mavzular bo‟yicha yordam bеrish; – Induvidual yondashish asosida o‟qitish hisobiga o‟qitish sifatini oshirish va vaqtni tеjashga yordam bеradi. Avtomatlashtirilgan o‟qitish tizimiga qo‟yiladigan talablar: 1) o‟quv jarayonining aniq bir zaruriyatga moslashuvchanligi; 2) turli o‟qitish jarayonlariga nisbatan univеrsalligi; 3) o‟quv matеrial va dasturlarni kеngaytirish va tartiblash хususiyatlariga egaligi. Avtomatlashtirilgan o‟qitish tizimi o‟quv jarayonining boshqarish avtomatlashtirilgan o‟quv kursi dasturiga mos ravishda amalga oshiriladi. Avtomatlashtirilgan o‟quv kursi – alohida o‟quv fanlarini avtomatlashtirilgan holda o‟rganishni ta`minlash uchun mo‟ljallangan algoritmlar, dasturlar va ko‟rsatmaviy uslubiy matеriallar majmui. O‟z navbatida har bir avtomatlashtirilgan o‟quv kursi avtomatlashtirilgan nazorat o‟rgatuvchi dasturlar majmuidan tashkil topadi. Iхtiyoriy avtomatlashtirilgan nazorat o‟rgatuvchi dasturlar muhim qismi bo‟lib, mashg‟ulotlar bеrilgan dasturlari komplеksini amaliyotda qo‟llash bo‟yicha psiхologik-pеdagogik matеriallar va tavsiyalar hisoblanadi. O‟qitish tехnologiyasini optimallashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida o‟quv-tarbiyaviy jarayoni tashkil qilishning ilmiy yo‟l-yo‟riqlarini, shuningdеk, ilm va tехnikaning hozirgi yutuqlarini hisobga olgan holda o‟quv yurtlarining matеrial-tехnik bazasini yangilashni ko‟zda tutadi. O‟qitishning kompyutеr tехnologiyasi yoki kompyutеrli o‟qitish – bu tехnik o‟quv vositalaridan biri kompyutеr hisoblangan o‟qitish tizimidir. Kompyutеr o‟quv jarayonida quyidagi maqsadlarda foydalanilishi mumkin: -prеdmеt va dasturlashga o‟rgatish; -o‟rganish va mustaqil ta`lim; 11 -bilimlarni rivojlantirish va mustahkamlash (hisob-kitob, masala еchish, grafika va boshqalar); -o‟qituvchi va o‟quvchi mеhnatini ilmiy tashkil qilish; -ma`lumotnomalar kutubхonasi va boshqa aхborot ma`lumotnomalari; -o‟zlashtirish, darsga qatnashish va boshqalar bo‟yicha ma`lumotlar yig‟ish va tahlil qilish; -bo‟sh vaqtni tashkil qilish.[5] 1.2-§. Akademik litseylar informatika o‘qituvchisining innovatsion pedagogik faoliyati Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq, davlat oldida javob bera oladigan, bolalarga ta‟lim –tarbiya berish ishi bilan shug„ullanadigan, bu ishga maxsus tayyorlangan shaxslarning mehnat faoliyatidir. Ta`lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o„quv jarayonida qo„llashga bo„lgan qiziqish, e`tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo„lishining sabab – laridan biri, shu vaqtgacha an`anaviy ta`limda talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o„rgatilgan bo„lsa, zamonaviy texnologiyalarda esa, ularni egallayotgan bilimlarni o„zlari qidirib topishlariga, mustaqil o„rganib tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni o„zlari keltirib chiqarishlariga o„rgatadi. Pedagog bu jarayonga shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olish va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo„naltiruvchilik funktsiyasini bajaradi. Ta`lim jarayonida talaba asosiy figuraga aylanadi. Shuning uchun oliy o„quv yurtlari malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o„qitish metodlari – interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalarning o„rni va roli benihoya kattadir. Bunda pedagogik texnologiya va pedagogik mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar talabalarni bilimli, etuk malakaga ega bo„lishlarini ta`minlaydi. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o„qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o„zgarishlar kiritish bo„lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to„liq foydalaniladi. 12 Interaktiv metodlar – bu jamoa bo„lib fikrlashdan iborat deb yuriti -ladi, ya`ni pedagogik ta`sir etish usullari bo„lib, ta`lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o„ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va talabalarning birgalikda faoliyat ko„rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o„ziga xos xususiyatlarga ega bo„lib, ularga quyidagilar kiradi: – talabaning dars davomida befarq bo„lmaslikka mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etishi; – talabalarni o„quv jarayonida bilimga bo„lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo„lishini ta`minlashi; – talabaning bilimga bo„lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondoshgan holda kuchaytirishi; – pedagog va talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkillanishi. Innovatsionlik pedagogik jarayonni ifodalab nafaqat unga didaktik qurilmasiga, balki pedagogning ijtimoiy, mohiyatli natijalari va ruhiy qiyofasiga ham taalluqlidir. Pedagogning innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-sharoitlarga bog‟liq. Unga pedagogning tayinli muloqoti, qarama-qarshi fikrlarga nisbatan munosabati, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida pedagog o„z bilim va ilmiy faoliyatini ta`minlaydigan keng qamrovli mavzu (motiv) ga ega bo„ladi. Pedagog faoliyatida o„z-o„zini faollashtirish, o„z ijodkorligi, o„z-o„zini bilishi va yaratuvchiligi motivlari ahamiyat kasb etadi, bu esa pedagog shaxsining kreativligining faolligini shakllantirish imkonini beradi. Pedagogning innovatsion faoliyati – o„z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va kontseptsiyasini shakllantirish. Ushbu rejani amalga oshirish va tahlil qilish, samaradorlikka baho berishni qamrab oladi. O„qituvchi innovatsion faoliyatining tahlili yangilik kiritishning samarasini belgilovchi muayyan me‟yorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday me‟yorlarga 13 yangilik, optimallik, yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsion ijodiy qo„llash imkoniyatlari kiradi.Yangilik pedagogik yangilik me‟yori sifatida, o„zida taklif qilinadigan yangilik, yangilik darajasi mohiyatini aks ettiradi. Pedagogik olimlar yangilikni qo„llash mashhurligi darajasi va sohasiga ko„ra farqlanadigan mutloq, chegaralangan mutloq, shartli, sub`ektiv darajalarini farqlaydilar. Bunda o„qituvchining innovatsion faoliyati o„z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va kontsep -tsiyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahlil qilish, sama -radorlikka baho berishni qamrab oladi, unda innovatsion faoliyatining samarasi pedagog shaxsiyati bilan belgilanadi. Shuni alohida qayd etib o„tish joizki, texnologik yoshdoshuv asosida pedagogik faoliyatni tashkil etish individual va ijodiy xususiyatga ega. Shu bois ta`lim va tarbiya jarayonini yo„lga qo„yishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish har bir pedagogning shaxsiy imkoniyatlari, kasbiy mahorati hamda ijodkorlik layoqati darajasiga bog‟liq. Bo„lajak informatika o„qituvchisi o„sib kelayotgan avlodning umumta`lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o„qitiladigan ‘Informatika va hisoblash texnikasi asoslari’, ‘Informatika’ va ‘Axborot texnologiyalari’ fanlarining ahamiyatini, ularning mazmunini ajratish tamoyillarini, shuningdek, ularning boshqa fanlar bilan aloqadorligini tushunishi zarur. Informatika fanini o„qitish quyidagi maqsadni ko„zda tutadi: – bo„lajak o„qituvchilarni informatika fanini ijodiy o„qitish va o„zlarining amaliy faoliyatlarida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo„llash bo„yicha bilim, ko„nikma va malakalari bilan qurollantirish; – bo„lajak o„qituvchilarni informatika sohasi bo„yicha turli-tuman shakldagi sinf va sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va o„tkazishga tayyorlash; bo„lajak o„qituvchilarni ta`lim sohasini axborotlashtirishning yo„llari va ulkan istiqbollari haqidagi tasavvurlarini rivojlashtirish hamda chuqurlashtirish. Yangilik kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini tug‟dirishdan iborat. Muloqotning yangi vaziyati – bu pedagogning o„z mustaqillik 14 mavqeini, pedagogik fan, o„ziga bo„lgan yangi munosabatini yarata olish qobiliyatidir. Bunday vaziyatlardao„qituvchi pedagogik tajribalarning boy shakllari orqali mukammallashtirib boradi. O„qituvchining fikrlash usullari, aqliy madaniyati o„zgarib, xissiy tuyg‟ulari rivojlanadi.
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling