2022 yildan barcha maktablarda ingliz tili va IT bo‘yicha xorijiy darsliklar ijara asosida beriladi
4. Memrise
Ingliz tilini o‘rganish uchun 15 ta eng yaxshi ilova
Hozirda ingliz tilini o‘rganish keng ommalashgan, bu borada texnologik yechimlar ham talaygina. Quyida xalqaro tilni o‘rganishda eng qulay va foydali bo‘lgan 15 ta ilovani e’tiboringizga havola etamiz.
Ushbu dasturlarni iOS yoki Android smartfoningizga o‘rnating va istalgan vaqtda, istalgan joyda yangi tilni bemalol o‘rganish imkoniga ega bo‘ling.
Quyida keltirilgan barcha ilovalar o‘rganuvchining ingliz tilini bilish darajasiga qarab mo‘ljallangan. Qiyinlik darajasini belgilashingiz, shuningdek, o‘zingiz uchun qulay bo‘lgan rejimni bo‘sh vaqtingizga qarab moslashingiz mumkin. Bitta dasturni tanlash va u bilan har kuni shug‘ullanish siz uchun yetarli.
Ilovalarni lug‘at boyligini oshirish va grammatikani takrorlash vositasi sifatida mustaqil yoki ingliz tili kurslariga qo‘shimcha element sifatida ishlatilishingiz mumkin.
1. Lingualeo
Ilova ommabop xizmatni turli xil mashg‘ulotlar bilan birgalikda taklif qiladi. Bu mashqlar so‘z boyligini kengaytirishga, shuningdek, o‘qish, yozish va tinglash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Mashqlar gamifikatsiyaga asoslangan bo‘lib, ingliz tiliga qiziqishni yo‘qotmasdan, doimo intilishga undaydi.
2. Duolingo
Ilova kuniga bir necha daqiqa sarflash orqali ingliz tilini o‘yin shaklida o‘rgatadi. Oldin oddiy fe’llar va iboralardan boshlaysiz, sekinlik bilan mashqlar grammatikaga asoslanib boradi.
3. Poliglot 16
Ushbu ilova xuddi shu nomdagi kurs muallifi, taniqli poliglot Dmitriy Petrovga tegishli. Uning so‘zlariga ko‘ra, dastur atigi 16 ta darsda ingliz tilini bazaviy darajada o‘zlashtirishga imkon beradi. Kuniga kamida 15 daqiqa ajratish orqali, siz grammatika qoidalarini o‘rganasiz, kerakli so‘zlarni eslab qolasiz va erkin muloqot uchun iboralar tuzishni o‘rganasiz.
4. Memrise
Memrise – ingliz tilini zavqlantiruvchi mashg‘ulotga aylantiruvchi va yangi so‘zlarni yodlashni osonlashtiradigan o‘yin ko‘rinishidagi yana bir dastur. Memrise sarguzasht olamining kuratori sizni sirlarga boy olam bo‘ylab sayohatga chorlaydi. Bu sayohat davomida sizni sirli topshiriqlar va dushman agentlari kutib turadi. Bu yo‘lda sizga ajoyib yordamchilar ko‘maklashib boradi.
5. BBC Learning English
Ushbu dastur BBC’ning rasmiy ilovasi bo‘lib, unda ingliz tilini o‘rganish uchun radio va turli eshittirish korporatsiyalarining teledasturlarida chiqqan materiallar yig‘ilgan. Audiokontentdan tashqari, grammatikani o‘rganish, iboralar tuzish va yangi so‘zlarni o‘zlashtirish imkonini beruvchi turli xil mashqlar mavjud.
6. easy ten
Ushbu dastur yordamida siz har kuni berilgan leksik mashqni bajarish orqali 10 ta yangi so‘z yodlaysiz. Ilova ko‘p vaqtni talab qilmaydi: kuniga 20 daqiqa vaqt ajratish kifoya. Dastur 20 mingdan ortiq so‘zlarni o‘z ichiga oladi, shuningdek, talaffuzni yaxshilashga ko‘maklashuvchi maxsus mashqlar ham mavjud. Bundan tashqari, yangi so‘zlarni tematik ro‘yxatlarga ajratishingiz va qo‘shimcha motivatsiya uchun progressingizni kuzatib borishingiz mumkin.
7. Words
Ushbu ilova App Store’ning “Ta’lim” sohasidagi eng yaxshi dasturlar kategoriyasiga tasodifan tushib qolmagan. Dasturning ma’lumotlar bazasida 8 mingdan ortiq so‘z mavjud va undan oflayn rejimda foydalanish mumkin. Asosiy afzalligi: ilova foydalanuvchi darajasiga moslashadi va vazifalarda ilgari qiyinchilik tug‘dirgan so‘zlarni aniqlaydi, keyingi mashqlarda o‘sha so‘zlar siz eslab qolmaguncha berib boriladi.
8. LearnEnglish Grammar
Bu ingliz tilini takomillashtirishni istaganlar uchun Britaniya Konsulligi tomonidan taklif qilingan ilovadir. Nomidan ham ko‘rinib turibdiki, u grammatikani o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, istalgan darajaga erishishda yordam beradi. Mashq qilasiz, test savollariga javob berasiz va turli mavzulardagi iboralar tuzilishini kuzatib borish orqali boy tajribaga ega bo‘lasiz.
9. Rosetta Stone
Ushbu ilova, asosan, yangi so‘zlarni yodlashga e’tibor qaratadi. Shu bilan borga, talaffuzni baholash dasturi o‘rganilgan so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga yordam beradi. Ilova bepul taqdim etiladi, ammo pullik materiallar ham mavjud.
10. Voxy
Ushbu ilovaning boshqalaridan asosiy farqi shundaki, u real vaqtda sizning ehtiyojlaringiz va xohishlaringizga moslashadi. TOEFL’ga tayyorlanishni xohlaysizmi? Yoki sayohat paytida kerak bo‘ladigan iboralarni o‘rganib olmoqchimisiz? Balkim, ingliz tilidagi suhbatga tayyorgarlik ko‘rayotgandirsiz? Marhamat! Bunda ingliz tilida so‘zlashadigan malakali murabbiylar sizga yordam berishadi.
11. Rememba
Yangi iboralarni yodlash va so‘z boyligini kengaytirish uchun maxsus yaratilgan oddiy va qulay dastur. O‘qish jarayoni kartochka usuliga asoslanadi, ular o‘zlashtirishga qarab kamroq yoki tez-tez namoyish etiladi. So‘zlarni o‘zingiz qo‘shishingiz yoki tayyor lug‘at to‘plamidan foydalanishingiz mumkin.
12. English Grammar in Use
Cambridge University Press’dan grammatikani rivojlantirishga qaratilgan ilova. English Grammar in Use yordamida yordamida siz artikllar, noto‘g‘ri fe’llar va otlarni avtomatik ravishda ishlatishingiz mumkin bo‘ladi.
13. 15 000 Useful Phrases
Muloqot jarayonida ko‘p ishlatiladigan 15,500 dan ortiq qiziqarli iboralarni o‘z ichiga olgan ilova-lug‘at. Shuningdek, bu ibora va so‘zlarni professional ish muhitida ham bemalol qo‘llashingiz mumkin.
14. WordBook
Dastur shunchaki lug‘at emas, haqiqiy xazina endi sizning smartfoningizda: 150 ming so‘z, imlo tekshiruvi va anagramlarni yaratish uchun so‘zlarni qidirish imkoniyati. Bundan tashqari, ilova har kuni sizga taqdim etadigan so‘zlarini yodlab borasiz. Lug‘at oflayn rejimda ishlaydi.
15. Puzzle English
Mavjud ko‘nikmalarga qaramasdan, ingliz tilini o‘rganish uchun video va audio jumboqlar, shuningdek, boshqa qiziqarli topshiriqlarni taklif qiluvchi qiziqarli dastur. O‘quv dasturi foydalanuvchi maqsadiga qarab individual ravishda tuziladi.
Ingliz tili 10 sinf o’qituvchi kitobi
Foto: Abdullo Yodgorov / «Gazeta.uz»
AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi Namangan va Sirdaryo viloyatlarining 208 ta maktabiga 385 ming dona darslik va o‘qituvchilar uchun qo‘llanmalarni taqdim etdi. Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovning so‘zlariga ko‘ra, 2022 yildan Cambridge University Press tomonidan chop etilgan ushbu darsliklar O‘zbekistonning barcha maktablarida ijara asosida berila boshlanadi.
На русском языке Кириллчада 3 noyabr 2021, 10:58 Jamiyat
Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov Cambridge University Press tomonidan o‘zbek maktablari uchun chop etilgan xalqaro darajadagi darsliklarni kelgusi yildan hamyonbop narhda ijara tizimi orqali olish imkoniyati yaratilishi ma’lum qildi.
Avgust boshida AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekistondagi maktablar uchun informatika va ingliz tili darsliklarini sotib olgani ma’lum qilingandi.
10 mln AQSh dollari qiymatiga teng turkum 5−11-sinflar uchun «Informatika va axborot texnologiyalari» fani bo‘yicha darslik va o‘qituvchilar uchun qo‘llanmalar, shuningdek, 1−11-sinflar uchun «Xorijiy til — ingliz tili» fanidan darsliklar, ish daftarlari va o‘qituvchilar uchun qo‘llanmalardan iborat.
USAID`ning «Gazeta.uz»ga xabar qilishicha, 3 noyabr Namangan va Sirdaryo viloyatlarining 208 ta umumta’lim maktablariga 385 ming dona darslik va o‘qituvchilar uchun qo‘llanmalar taqdim etilgan.
2021−2022 o‘quv yilida mamlakatning 200 ta maktabida sinovdan o‘tkazilishi va yakunda kitoblarni chop etish huquqi O‘zbekistonga taqdim etilishi rejalashtirilgan.
1 noyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida 2022 yil uchun budjet parametrlari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda kelgusi yili ta’lim va tibbiyot tizimiga 58 trln so‘mga qo‘shimcha ravishda 12 trln so‘m ajratishni taklif qilgandi.
Xalq ta’limi vaziri yozishicha, «kelgusi yil davlat budjetida darsliklarni chop etish uchun mustaqillik yillaridagi eng katta miqdordagi mablag‘larni nazarda tutish topshirilgan».
Uning so‘zlariga ko‘ra, Amazon kabi internet do‘konlaridan bunday kitoblarni sotib olmoqchi bo‘lsangiz, 1 donadan o‘quvchi kitobi va mashq daftari 30−60 dollar atrofida, o‘qituvchi kitobi esa 50−100 dollar atrofida turadi.
«Albatta, bunday narhlar 6,3 milliondan ortiq o‘quvchilarimiz oilalari uchun juda qimmatlik qiladi. Shu sababli, prezidentimizning kechagi topshiriqlari barcha maktablarimizda xalqaro darajadagi darsliklarni kelgusi yilda hamyonbop narhda ijara tizimi orqali olinishiga imkoniyat beradi», — dedi Sherzod Shermatov.
Vazir avvalroq, tez rivojlanayotgan dunyoda bolalarni ingliz tili va informatsion texnologiyalar ko‘nikmalariga ommaviy ravishda o‘rgatishga e’tibor qaratilayotganini aytgandi.
«Ishonchim komilki, hamkorlarimiz yordamida biz farzandlarimizga zamonaviy dunyoda intilish va o‘z salohiyatini to‘liq ochib berishga imkoniyat yaratib beramiz», — degan edi u.
Avvalroq, ushbu darsliklarning respublika bo‘yicha 6,5 milliondan ortiq o‘quvchi o‘rtasida taqsimlanishi 2022−2023-o‘quv yilidan boshlanishi ma’lum qilingandi.
«Газета.uz» 3 068
- # sherzod shermatov
- # usaid
- # xalq ta’limi vaziri