Таълим / Образование
1.”Insight into IELTS”, Vanessa Jakeman and Clare McDowell.
IELTS – mustaqil tayyorlanish uchun kitoblar.
IELTS imtihonini topshirish uchun, Ingliz tilini uzoq vaqt davomida o’rganish talab etiladi. Imtihonning tashkiliy qismi va test savollari yetarlicha murakkab. Aynan shuning uchun, IELTSga tayyorlov kurslari keng ommalashgan, bu kurslarda siz tilni o’rganish bilan birgalikda, imtihonni borishi va kerakli malakalarga ega bo’lasiz.
Hozirgi kunda aksariyat nashriyotlar IELTS imtihonlariga tayyorlanish uchun ihtisoslashgan kitoblarni chop etmoqda. Shunday ekan to’g’ri tanlangan kitob, imtihonga tayyorlanishning garovidir.
Ammo bunday kurslarga borish uchun hammaning ham imkoniyati yetarli emas, shuning uchun ko’pchilik IELTS imtihonlariga mustaqil tayyorlanishni maqul ko’rishadi. Agar siz IELTS imtihoniga mustaqil tayyorlanishni istasangiz, Uz-test da imtihonning har bir qismi uchun alohida tayyorlagan maslahatlar bilan tanishib oling.
Mustaqil tayyorlanish uchun siz mahsus kitoblardan foydalanishningiz kerak bo’ladi.
1.”Insight into IELTS”, Vanessa Jakeman and Clare McDowell.
Insight into IELTS – bu “Cambridge University Press”ning kitoblar seriyasi bo’lib imtihonlariga mustaqil tayyorlanish uchun yaxshi kitob sifatida tan olingan. Kitoblarda imtihonning hamma bosqichlari uchun yetarlicha ma’lumotlar, javoblari ko’rsatilgan mashg’ulot va savollar, hamda eshtib tushunish qobiliyatini rivojlantirish uchun CD disklar bilan birgalikda foydalaniladi.
2. “Как сдать IELTS”, Е.П. Протасеня
Bu kitob IELTS imtihoniga tayyorlanishning birinchi bosqichi uchun mos keladi. Kitobni o’qigach, imtihonning borishi, eng ko’p beriladigan vazifalar va imtihonni yaxshi topshirish uchun qanday strategiyadan foydalanish kerakligi haqida tushunchaga ega bo’lib olasiz. Bundan tashqari kitob, kichkina, lekin IELTS imtihonida uchraydigan noyob so’zlardan tuzulgan foydali lug’ati bilan ham foydali. Ayniqsa READING qismini ko’pchilik mutaxassislar tavsiya qilishadi.
3. “101 Helpful Hints for IELTS”, Garry Adams
Bu qo’llanma IELTSga tayyorlanish uchun eng yaxshilaridan sanaladi. Kitob yaxshi tizimlangan va imtihonni yaxshi topshirish uchun foydalanish mumkin bo’lgan “ayyorlik”lar haqida ham ma’lumot beradi. Kitobda o’z bilimlarini tekshirib borish uchun topshiriqlar bor va ular qiyinlashi boradi
4. “Longman Exams Dicti onary “
Bu kitob IELTS imtihonlarida eng ko’p qo’llanilgan atama va so’zlardan tashkil topgan lug’atga ega. Kitob ingliz tilidagi og’zaki va yozma nutqdagi farqlarni tushunib olishga yordam beradi. Shuningdek qo’llanmada quyidagi bo’limlar bor: Writing Guide (Ingliz tili topshiriqlaridagi Britaniya standartlari haqida tushunchalar), Topic Activator (IELTSda eng ko’p uchraydiga mavzulardan so’z boyligini oshirish),Essay Activator (Ingliz tilida Essay yozish uslublari). Eng asosiysi kitob, insonlar ishlatishda eng ko’p xato qiladigan so’zlar haqida ham tushunchalar berib boradi.
5. “Cambridge IELTS Practice Tests 1-9”
Bu seriyadagi kitoblardan foydalanish test topshiriqlarini yechish uchun kerakli ma’lumotlarni beradi. Bu qo’llanmalarning foydali jihatlaridan biri, bu IELTS imtihonlarida avval ishlatilgan ma’lumotlardan tashkil topganligidir.To’g’ri ularni imtihonda uchratmaysiz, lekin, bu qo’llanmadan foydalangach sizda imtihonda beriladigan topshiriqlar haqida tushuncha paydo bo’ladi.
6. “IELTS Practice Tests”, Pearson Longman to’plami.
Ikkta kitobdan tashkil topgan kitovlar seriyasidan, imtihonda haqiqatdanham yuqori ball olishni istaganlar foydalanishadi. Qo’llanmaning bajarish juda qiyin bo’lgan test topshiriqlaridan tashkil topganligi uni boshqalaridan ajratib turadi.Shunday ekan agar siz ushbu kitobdagi topshirilarni 5,5 ballga bajargan bo’lsangiz, haqiqiy IELTS imtihonida yuqoriroq ballga umid qilsangiz bo’ladi.
7. “IELTS Preparation and Practice”, Oxford to’plami
Bu kitoblar to’plami IELTS imtihonidan oldin ko’proq amaliy bilimlarni egallashni istaganlar uchun juda foydali. Kitobda imtihonning barcha bosqichlaridan topshiriqlar va ma’lumotlar berilgan.
8. “Cambridge Grammar for IELTS with answers”
Bu kitob boshqa qo’llanmalardan, aynan imtihonning aynan bir turiga qaratilgani bilan ajralib turadi. Bu IELTS haqida kitob emas, balki Inliz tili qo’llanmasi. Bu kitob sizning Ingliz tili grammatikasi borasidagi bilimlaringizni oshiradi.
9. “Cambridge Vocabulary for IELTS with answers”
Bu kitob sizning so’z boyligingiz, imtihonda foydalaniladigan atama va iboralarni o’rganishingiz uchun foydalidir.
10. “Cambridge Common mistakes at IELTS intermediate”
IELST imtihoniga tayyorlanish davomida, sizdan faqatgina ingliz tilini o’rganish emas, imtihonning qanday borishi va bosqichlari haqida ham bilib olishingiz zarur. Bu kitob IELST imtihonini topshiruvchilar orasida eng ko’p uchraydigan xatolar haqida so’z yuritadi.
Таълим / Образование
Ўқитувчи болага таълим бериш жараёнида ҳар бир фаннинг оддийликдан мураккаблик сари изчил давом этган асосларига таянади. Бу асослар эса ўқув адабиётлари – дарсликларда муфассал акс эттирилади. Таъкидлаш ўринлики, истиқлол йилларида умумий ўрта таълим мактаблари учун дарсликларнинг янги авлодини яратиш давлат миқёсидаги вазифага айланди. Чиндан ҳам ҳар бир ўқувчининг дарсликлар билан тўлиқ таъминланиши таълим сифатини оширишда муҳим аҳамият касб этади. Ушбу саҳифа ёрдамида 10-синф ўқувчиларига мўлжалланган дарсликларнинг электрон нусхасини кўчириб олишингиз мумкин.
Сўнгги йилларда нашр қилинган дарсликлар
Ўзбек тилида | На русском |
---|---|
Адабиёт 1 қисм (2017) Адабиёт 2 қисм (2017) Адабиёт (2022) |
Литература 1 часть (2017) Литература 2 часть (2017) Литература (2022) |
Алгебра ва анализ асослари Геометрия. 1 қисм (2017) Геометрия (2022) |
Алгебра и начала анализа Геометрия. 1 часть (2017) Геометрия (2022) |
Алгебра ва анализ асослари Геометрия. 2 қисм (2017) Алгебра (2022) |
Алгебра и начала анализа Геометрия. 2 часть (2017) Алгебра (2022) |
Биология (2017) Биология (2022) |
Биология (2017) Биология (2022) |
Чақирувга қадар бошланғич тайёргарлик (2017) Чақирувга қадар бошланғич тайёргарлик (2022) |
Начальная допризывная подготовка (2017) |
Давлат ва ҳуқуқ асослари (2017) | Основы государства и право (2017) |
Дунё динлари тарихи (2017) | История религий мира (2017) |
Француз тили (2017) | Французский язык (2017) |
География (2017) География (2022) |
География (2017) География (2022) |
Физика (2017) Физика (2022) |
Физика (2017) Физика (2022) |
Информатика (2017) Информатика (2021) |
Информатика (2017) |
Инглиз тили (2017) Инглиз тили (2022) |
Английский язык (2017) Английский язык (2022) |
Жаҳон тарихи (2017) Жаҳон тарихи (2022) |
Всемирная история (2017) Всемирная история (2022) |
Маънавият асослари (2018) | Основы духовности (2017) |
Немис тили (2017) | Немецкий язык (2017) |
Она тили (2020) Она тили (2022) |
Русский язык (2017) Русский язык (2022) |
Кимё (2017) Кимё (2022) |
Химия (2017) Химия (2022) |
Рус тили (2017) Рус тили (2022) |
Узбекский язык (2017) Узбекский язык (2022) |
Ўзбекистон тарихи (2017) Ўзбекистон тарихи (2022) |
История Узбекистана (2017) История Узбекистана (2022) |
Тарбия (2021) | Воспитание (2021) |
Ўхшаш мавзулар
«Дарс – муқаддас» услубий тавсия
Мактаб дарсликлари ижараси кейинги йилларда ҳам бепул бўладими?
Дарс тахлили қандай олиб борилади? (Cўровнома, дарс тахлили дафтари намунаси)
7-синф учун дарслик ва ўқув қўлланмалар
И. А. Каримов асарлари
8 синф учун дарслик ва ўқув қўлланмалар
0.3 M марта кўрилди
Ижтимоий тармоқларда улашиш:
- ← Ўзбек тили фанидан тақдимотлар тўплами (2 синф)
- «Ипак йўли» туризм халқаро университети →
39 thoughts on “ 10 синф учун дарслик ва ўқув қўлланмалар ”
- Мила Payshanba Avgust 31st, 2017 at 07:57 Здравствуйте, спасибо за вашу работу. А учебники по другим предметам для 10 будут? Когда? И методички тоже. .
- admin Payshanba Avgust 31st, 2017 at 20:45 Здравствуйте, рад что вам хоть чем-то помог. Учебники пока есть только эти, как будут ещё добавлю здесь же.
- КамронбекDushanba Sentyabr 11th, 2017 at 17:56 admin….
Iltimos, agar iloji bo’lsa darsliklarning qaysilariga yillik dars ishlanmalar bo’lsa dr.k1998@mail.ru elektron manziliga jo’natvoring….
Agar buning uchun bowqa web-sahifani tavsiya etsangiz ham mamnun bo’lardim, agar rus tilida bo’lsa ham yana yaxshi….