OZBEK TILI FANIDAN BIR SOATLI DARS ISHLANMASI MAVZU
Quyida keltirilgan barcha ilovalar o‘rganuvchining ingliz tilini bilish darajasiga qarab mo‘ljallangan. Qiyinlik darajasini belgilashingiz, shuningdek, o‘zingiz uchun qulay bo‘lgan rejimni bo‘sh vaqtingizga qarab moslashingiz mumkin. Bitta dasturni tanlash va u bilan har kuni shug‘ullanish siz uchun yetarli.
Ingliz tilini o‘rganish uchun 15 ta eng yaxshi ilova
Hozirda ingliz tilini o‘rganish keng ommalashgan, bu borada texnologik yechimlar ham talaygina. Quyida xalqaro tilni o‘rganishda eng qulay va foydali bo‘lgan 15 ta ilovani e’tiboringizga havola etamiz.
Ushbu dasturlarni iOS yoki Android smartfoningizga o‘rnating va istalgan vaqtda, istalgan joyda yangi tilni bemalol o‘rganish imkoniga ega bo‘ling.
Quyida keltirilgan barcha ilovalar o‘rganuvchining ingliz tilini bilish darajasiga qarab mo‘ljallangan. Qiyinlik darajasini belgilashingiz, shuningdek, o‘zingiz uchun qulay bo‘lgan rejimni bo‘sh vaqtingizga qarab moslashingiz mumkin. Bitta dasturni tanlash va u bilan har kuni shug‘ullanish siz uchun yetarli.
Ilovalarni lug‘at boyligini oshirish va grammatikani takrorlash vositasi sifatida mustaqil yoki ingliz tili kurslariga qo‘shimcha element sifatida ishlatilishingiz mumkin.
1. Lingualeo
Ilova ommabop xizmatni turli xil mashg‘ulotlar bilan birgalikda taklif qiladi. Bu mashqlar so‘z boyligini kengaytirishga, shuningdek, o‘qish, yozish va tinglash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Mashqlar gamifikatsiyaga asoslangan bo‘lib, ingliz tiliga qiziqishni yo‘qotmasdan, doimo intilishga undaydi.
2. Duolingo
Ilova kuniga bir necha daqiqa sarflash orqali ingliz tilini o‘yin shaklida o‘rgatadi. Oldin oddiy fe’llar va iboralardan boshlaysiz, sekinlik bilan mashqlar grammatikaga asoslanib boradi.
3. Poliglot 16
Ushbu ilova xuddi shu nomdagi kurs muallifi, taniqli poliglot Dmitriy Petrovga tegishli. Uning so‘zlariga ko‘ra, dastur atigi 16 ta darsda ingliz tilini bazaviy darajada o‘zlashtirishga imkon beradi. Kuniga kamida 15 daqiqa ajratish orqali, siz grammatika qoidalarini o‘rganasiz, kerakli so‘zlarni eslab qolasiz va erkin muloqot uchun iboralar tuzishni o‘rganasiz.
4. Memrise
Memrise – ingliz tilini zavqlantiruvchi mashg‘ulotga aylantiruvchi va yangi so‘zlarni yodlashni osonlashtiradigan o‘yin ko‘rinishidagi yana bir dastur. Memrise sarguzasht olamining kuratori sizni sirlarga boy olam bo‘ylab sayohatga chorlaydi. Bu sayohat davomida sizni sirli topshiriqlar va dushman agentlari kutib turadi. Bu yo‘lda sizga ajoyib yordamchilar ko‘maklashib boradi.
5. BBC Learning English
Ushbu dastur BBC’ning rasmiy ilovasi bo‘lib, unda ingliz tilini o‘rganish uchun radio va turli eshittirish korporatsiyalarining teledasturlarida chiqqan materiallar yig‘ilgan. Audiokontentdan tashqari, grammatikani o‘rganish, iboralar tuzish va yangi so‘zlarni o‘zlashtirish imkonini beruvchi turli xil mashqlar mavjud.
6. easy ten
Ushbu dastur yordamida siz har kuni berilgan leksik mashqni bajarish orqali 10 ta yangi so‘z yodlaysiz. Ilova ko‘p vaqtni talab qilmaydi: kuniga 20 daqiqa vaqt ajratish kifoya. Dastur 20 mingdan ortiq so‘zlarni o‘z ichiga oladi, shuningdek, talaffuzni yaxshilashga ko‘maklashuvchi maxsus mashqlar ham mavjud. Bundan tashqari, yangi so‘zlarni tematik ro‘yxatlarga ajratishingiz va qo‘shimcha motivatsiya uchun progressingizni kuzatib borishingiz mumkin.
7. Words
Ushbu ilova App Store’ning “Ta’lim” sohasidagi eng yaxshi dasturlar kategoriyasiga tasodifan tushib qolmagan. Dasturning ma’lumotlar bazasida 8 mingdan ortiq so‘z mavjud va undan oflayn rejimda foydalanish mumkin. Asosiy afzalligi: ilova foydalanuvchi darajasiga moslashadi va vazifalarda ilgari qiyinchilik tug‘dirgan so‘zlarni aniqlaydi, keyingi mashqlarda o‘sha so‘zlar siz eslab qolmaguncha berib boriladi.
8. LearnEnglish Grammar
Bu ingliz tilini takomillashtirishni istaganlar uchun Britaniya Konsulligi tomonidan taklif qilingan ilovadir. Nomidan ham ko‘rinib turibdiki, u grammatikani o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, istalgan darajaga erishishda yordam beradi. Mashq qilasiz, test savollariga javob berasiz va turli mavzulardagi iboralar tuzilishini kuzatib borish orqali boy tajribaga ega bo‘lasiz.
9. Rosetta Stone
Ushbu ilova, asosan, yangi so‘zlarni yodlashga e’tibor qaratadi. Shu bilan borga, talaffuzni baholash dasturi o‘rganilgan so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga yordam beradi. Ilova bepul taqdim etiladi, ammo pullik materiallar ham mavjud.
10. Voxy
Ushbu ilovaning boshqalaridan asosiy farqi shundaki, u real vaqtda sizning ehtiyojlaringiz va xohishlaringizga moslashadi. TOEFL’ga tayyorlanishni xohlaysizmi? Yoki sayohat paytida kerak bo‘ladigan iboralarni o‘rganib olmoqchimisiz? Balkim, ingliz tilidagi suhbatga tayyorgarlik ko‘rayotgandirsiz? Marhamat! Bunda ingliz tilida so‘zlashadigan malakali murabbiylar sizga yordam berishadi.
11. Rememba
Yangi iboralarni yodlash va so‘z boyligini kengaytirish uchun maxsus yaratilgan oddiy va qulay dastur. O‘qish jarayoni kartochka usuliga asoslanadi, ular o‘zlashtirishga qarab kamroq yoki tez-tez namoyish etiladi. So‘zlarni o‘zingiz qo‘shishingiz yoki tayyor lug‘at to‘plamidan foydalanishingiz mumkin.
12. English Grammar in Use
Cambridge University Press’dan grammatikani rivojlantirishga qaratilgan ilova. English Grammar in Use yordamida yordamida siz artikllar, noto‘g‘ri fe’llar va otlarni avtomatik ravishda ishlatishingiz mumkin bo‘ladi.
13. 15 000 Useful Phrases
Muloqot jarayonida ko‘p ishlatiladigan 15,500 dan ortiq qiziqarli iboralarni o‘z ichiga olgan ilova-lug‘at. Shuningdek, bu ibora va so‘zlarni professional ish muhitida ham bemalol qo‘llashingiz mumkin.
14. WordBook
Dastur shunchaki lug‘at emas, haqiqiy xazina endi sizning smartfoningizda: 150 ming so‘z, imlo tekshiruvi va anagramlarni yaratish uchun so‘zlarni qidirish imkoniyati. Bundan tashqari, ilova har kuni sizga taqdim etadigan so‘zlarini yodlab borasiz. Lug‘at oflayn rejimda ishlaydi.
15. Puzzle English
Mavjud ko‘nikmalarga qaramasdan, ingliz tilini o‘rganish uchun video va audio jumboqlar, shuningdek, boshqa qiziqarli topshiriqlarni taklif qiluvchi qiziqarli dastur. O‘quv dasturi foydalanuvchi maqsadiga qarab individual ravishda tuziladi.
OZBEK TILI FANIDAN BIR SOATLI DARS ISHLANMASI MAVZU
O’ZBEK TILI FANIDAN BIR SOATLI DARS ISHLANMASI MAVZU: SALOMATLIK – TUMAN BOYLIK ( 6 – SINF) CHirchiq shahar 9 – umumta’lim maktabining Davlat tili o’qituvchisi Yuldasheva M. K.
DARSNING MAQSADLARI • Ta’limiy maqsad. O’quvchilarga haqida, to’g’risida ko’makchilari haqida ma’lumot berish, ularni nutqda qo’llash ko’makchilarini hosil qilish. • Tarbiyaviy maqsad. O’quvchilarga salomatliktuman boylik ekanligini uqtirish, sog’lom turmush tarzi kechirishga undash. • Rivojlantiruvchi maqsad. O’quvchilar og’zaki va yozma nutqini, o’z fikrini turli nutqiy vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish
SAVOL-JAVOB MASHQI • Siz sportning qaysi turi bilan shug’ullanasiz? • Respublikamizda sportga qanday e’tibor qaratilgan? • Yoshlar o’rtasida qanday sport bellashuvlari o’tkaziladi? • Siz qaysi bellashuvlarda ishtirok etgansiz?
2016 -yil Sog’lom ona, sog’lom bola yili • “ Oila sog’lom ekan- jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan – mamlakat barqarordir” ( I. A. Karimov “ Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch “asaridan. )
“ Haqida, to’g’risida ko’makchilarining qo’llanishi”. • Yangi axborot berishda haqida, to’g’risida yordamchi so’zlaridan foydalaniladi. Bunday so’zlar ko’makchilar deb atalib, ular o’zi bog’langan so’z bilan birga bitta savolga javob beradi. • Masalan: Salomatlik haqida so’zlashmoq – nima haqida so’zlashmoq? • Kitob to’g’risida gapirmoq – nima to’g’risida gapirmoq?
Lug’at ishini bajarish. • • Qaddi- qomat- телосложен Semirmoq – полнеть, толстеть Xushbichim – стройный Bukchaymoq – гнуться ravon – ровный yugurish – буг piyoda – пешком muntazam- постоянно
Salomatlik haqida maqollar. • Sihat tilasang, ko’p yema, izzat tilasang, ko’p dema. • Salomatlik – tuman boylik. • Sarimsoq, sarimsoq yeganning tani sog’. • Boylikning boshi – sog’lik. • Tozalik – sog’lik garovi. • El sog’ligi – yurt boyligi.
. Mashq va topshiriq bajarish. • 1. Sog’lom bo’lish uchun shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish kerak. • 2. Ayniqsa, qollarning toza bo’lishiga ahamiyat berish kerak. • 3. ovqatdan oldin , uy hayvonlariga qaragandan so’ng qo’llarni sovunlab yuvish lozim. • 4. Tirnoqlarni olish va ularni aslo kemirmaslik kerak.
TEST SAVOLLARI • • • 1. Vatan himoyachilari kuni qachon nishonlanadi? A) 1 – yanvar B) 14 -yanvar C) 9 – fevral D) 9 -mayda 2. Birinchi Olimpiya o’yinlari qayerda bo’lib o’tgan? A) Italiyada B) Ispaniyada C) Germaniyada D) Yunonistonda 3. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’ying. Sport……. . garovi. A) Ozodalik B) Tinchlik C) Salomatlik D) Ozodlik 4. Daraja – miqdor ravishlarini aniqlang. A) Unda – bunda B) Birma – bir C) Hali –beri D) Nihoyatda, sal 5. Ko’makchilarni toping? A) Juda , ko’p B) haqida, to’g’risida C) birma-bir D) undabunda
Uyga vazifa • 3 – topshiriq “ Ibn Sino bobo – ulashar davo” she’rini yod olish.