Ingliz tilini dars qilmasdan o’rganish usuli – 1-qism
Fotolahvalar
Ingliz tili kafedrasi
1997-yili fakultetda ingliz tili kafedrasi tashkil etilib, unga dotsent Z.V.Sattarova mudirlik qila boshladi. Ingliz tilini o‘qitish ishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shgan S.G.Shodieva, M.T.Shahidova, T.T.Salimova va V.M.Rahimovalar nomzodlik dissertatsiyalarini yoqlab, dotsent lavozimiga ega bo‘ldilar. 1981 yildan boshlab kafedraga I.B.Martinovskiy mudirlik qila boshladi va bir yildan so‘ng Igor Borisovich pedagogika fanlari dotori, professor unvoniga ega bo‘ldi.
ToshDU tarkibidagi sharq fakulteti negizida 1991 yili mustaqil institut, ya’ni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tashkil etilganidan keyin uning tarkibida ingliz tili kafedrasi shakillantirildi. 1996 yili mazkur kafedradagi bir guruh o‘qituvchilar Xalqaro iqtisod va munosabatlar fakultetiga o‘tdilar. Kafedraga 1995-2009 yillarda filologiya fanlari nomzodi, dotsent V.M.Rahimova rahbarlik qildi. 2009 yildan boshlab kafedraga K.S.Rahmonberdieva mudirlik qilib kelgan.
2014-yildan to hozirgi kunga qadar U.A.Maksumova kafedra mudiri lavozimida o‘z faoliyatini olib bormoqda. 2015-2016 o‘quv yilida quyidagi o‘qituvchilardan: P.f.n, docent S.A.Karimbekov, S.S.Tursunova, A.S.Alimjanova, N.A.Yusupova, D.Sh.Maratova, F.F.Mahmudova, stajor-o‘qituvchilar: D.A.Salihova, Z.K.Jurayevalar instutut miqyosida ingliz tilini mukammal darajada o‘rganishni targ‘ib qilib kelishdi.
2016-2017 o‘quv yilida kafedra tarkibida bir qancha o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi. Jumladan, yangi pedagog-o‘qituvchilar Irgasheva Z.Sh., Fayzieva A.H., Hudayarova Z.S., Jabborova Z.T., Azodova M.N., Akbarova M.B., Panferova I.V. faoliyatlarini olib borishmoqda.
Kafedra bakalavriyat ta’lim yo‘nalishlari:
- 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (sharq tillari bo‘yicha);
- 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (xitoy filologiyasi);
- 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (mumtoz tillar bo‘yicha);
- 5120200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti (sharq tillari bo‘yicha);
- 5120300 – Tarix (Sharq mamlakatlari va mintaqalari bo‘yicha);
- 5120700 – Jahon siyosati (Xitoy Xalq Respublikasi);
- 5231000 – Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (Xitoy Xalq
Respublikasi).
Kafedra magistratura mutaxassisligi:
- 5A120101 – Adabiyotshunoslik (sharq tillari va tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha);
- 5A120102 – Lingvistika (sharq tillari bo‘yicha);
- 5A120103 – Mumtoz filologiya (turlari bo‘yicha);
- 5A120104 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik;
- 5A120201 – Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (sharq tillari
- 5A231000 – Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (mamlakatlar
va mintaqalar bo‘yicha).
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar
Bakalavriyat yo‘nalishi:
Magistratura mutaxassisligi:
Kafedra professor-o‘qituvchilari:
- Habibullayeva Mahliyo Erkinovna – o‘qituvchi
- Xudayarova Zamira Samadovna – o‘qituvchi
- Fayzieva Adiba Husnutdinovna – o‘qituvchi
- Yergeshova Nazira Turalbayevna – o’qituvchi
- Abduqahhorova Umida Mahmudovna – o’qituvchi
- Bahodirova Dildora Azodovna – o’qituvchi
- Ibratov Bahrom Bayzakovich – o’qituvchi
- Akbarova Malika Bahramovna – stajor o‘qituvchi
- Jabborova Zuhra Tursunaliyevna – stajor o‘qituvchi
Kafedraning hamkor tashkilotlari
- Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi Yunusobod akademik litsey.
Kafedra professor-o‘qituvchilarining nashrlari
- Maksumova U.A. Языковая картина Великого шелкового пути //Хитойшуносликнинг долзарб масалалари: филология, фалсафа, тарих, иқтисод ва маданият. – 2016 йил С. 63-71. The language picture of the silk road.
- Maksumova U.A. Преемственность управления подготовкой учителя в усповиях введения двух ступенчатого высшего образования: методологический аспект // Гармонично развитое поколение ‒ условие стабильного развития Республики Узбекистан. 2016. С. 319-321. Continuity in the management of teacher training in the context of the introduction of a two level higher education.
- Maksumova U.A. Виртуал таълим мухитида ўқув жараёнини ташкиллаштириш. // Ёш олимлар Республика илмий амалий конференцияси. 2017 – йил С. 288-289. Organizing educational process in virtual learning environment.
- Maksumova U.A. Метод проекта в организации самостоятельной работы студентов по анг. языку. // Хитойшунослик: кеча ва бугун. 2017 – йил С. 22-25. Method of the project in the organization of self-study of students in English language.
- Habibullayeva M.E. Шоира Зулфия ижодида она ва фарзанд образларининг акс эттирилиши // Аёл ва замон // 2017. Б. 146 – 149. Expression of mother and son’s heroism in Zulfia’s work.
- Fayziyeva A.K. Relationship between culture and language // Тил ва тафаккур: маданият фалсафасининг долзарб масалалари. 2017 – йил С. 147
- Fayziyeva A.K. Using information technologies in teaching a forein language ⁄⁄ Гармонично развитое поколение ‒ условие стабильного развития Республики Узбекистан. ‒2017-йил С. 435
- Akbarova M.B. Обучение странаведению и формерование иноязычной коммуникативной компетенции студентов языковых вузов ⁄⁄ Гармонично развитое поколение ‒ условие стабильного развития Республики Узбекистан ⁄⁄ ‒2016 С. 53-56. Educating and formulating communication competence students of foreign language universities.
- Xudayarova Z.S. Aspects of developing the communicative competence of students ⁄⁄ Young scholars’ Republican Scientific ‒ practical conference ⁄⁄ ‒ 2017 С. 287-289.
- Xudayarova Z.S. Evaluating student achievement in foreign language education. ⁄⁄ Научнопрактический семинар “Конституция Республики Узбекистан: Наука, образование и воспитание молодёжи “ ⁄⁄ 2016 С. 204 – 207.
- Jabborova Z.T. Маънавиятнинг янги куйчиси // Аёл ва замон // 2017 йил Б. 32 – 35. New volunteer of spiritual.
- Jabborova Z.T. Methods of making speech in Foreign languages // Хитойшунослик: кеча ва бугун. 2017 – йил. С. 18-21.
- Yergesheva N.T. Politeness category in the context of cross-cultural communication. Horijiy tillarni o’qitishda madaniyatlararo muloqotni shakllantirish masalalari. 62 bet 2017 yil
Kafedraning ilmiy yo‘nalishlari
- Ingliz tilini o‘qitishda integrativ darslarni ishlab chiqish
Fotolahvalar
If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.
© 2022 Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti. Barcha huquqlar himoyalangan. TDSHU saytidagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
100060, Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi 20
+998 71 233 34 24
+998 71 233 52 24
Matnda xatolikni ko‘rsangiz, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.
Ingliz tilini dars qilmasdan o’rganish usuli – 1-qism
Ingliz tilini o’rganish hozirda ancha ommalashib ketgani hech kimga sir emas. Ayniqsa tezroq til o’rganib, o’qishga kiraman yoki IELTS topshiraman, degan abituriyentlarga qiyin. Hamma shoshgan, uxlashga, ovqatlanishga vaqt yo’q, ko’ngilochar mashg’ulotlar haqida esa gap ham bo’lishi mumkin emas – oldin dars qilish kerak, bu dars esa tugamaydi. Boshlang’ich darajadan taxminan IELTS 7 darajasigacha ko’tarilish uchun ko’p hollarda kamida 1-2 yil vaqt ketadi. Bunda ham albatta har kuni til bilan soatlab shug’ullanish kerak. Agar o’quvchi tilga o’zi qiziqsa buning muammoli yeri yo’q albatta, lekin juda ko’p dars qilaverish odamni charchatib yuborishi ko’p uchraydi. Dars qilmasdan tilni o’rganib bo’larmidi? Lekin til o’rganish jarayonini shunday tashkillashtirish mumkinki, natijada til o’rganuvchi hech qachon “dars” qilmay turib tilni yaxshi o’rganishi va tildan ruhan bezib ketishining oldi olinishi mumkin. Qanday qilib, deysizmi? Ushbu maqola shu haqida.
Dars o’zi nima?
Dars – bu o’quvchi hayotidagi qandaydir maxsus mashg’ulot, qandaydir “majburiyat” va u shunday narsaki – uni qilishni xohlash-xohlamasligingiz bilan hisoblashilmaydi. Dars uchun qandaydir maxsus vaqt ajratilishi va bu vaqt ichida diqqatni mashg’ulotga jamlash kerak. Dars – har kunlik boshqa mashg’ulotlardan ajralib turadigan qandaydir alohida mashg’ulot. Darsda nimadir o’rganiladi va siz shu jarayonni – ya’ni, nimanidir o’rganayotganingiz va shuni qilish kerak ekanligini aniq bilib turasiz. Xayolingiz har yerlarda daydib yursa ham, boshqa nimalardir qilgingiz kelsa ham dars mavzusi qandaydir plastik qoplamaning ishlashi haqidagi matn bo’lsa, shu matnga tarqoq hayollarni sudrab kelib, diqqatni jamlashga majbursiz. Ana shu dars. Har holda ko’pchilik darsni shunday tushunadi (ularning miyalari ham). Dars qilishni har 10 o’quvchidan taxminan 5 tasi “maroqli” deb umuman hisoblamaydi, qolgan 3 tasiga unchalik farqi yo’q. Ayniqsa abituriyentlar ichida har o’ntadan bir yoki ikki o’rganuvchigina darsni qilish kerak ekani uchun emas, qilgisi kelgani uchun bajaradi.
Ongosti va ong olishuvi
Insonning “mind” deb umumlashtirib aytiladigan miyasining “consciousness” (ong) va “subconsciousness” (ongosti) qismlari haqida eshitganmisiz? Eshitmagan bo’lsangiz, o’qib oling: inson ongi chavandoz bo’lsa, ongosti bu otdir. Agar ong kema bo’lsa, ongosti bu shamoldir. Ilmiy izoh bilan boshimizni qotirish shart emas. Odatda ongosti insonning asl “men”i hisoblanib, o’zi bilgan va bilmagan barcha qarash va xohishlari shu ongosti qismda to’planadi. Ongosti aslida nima xohlashingizdir. Ong esa aql bilan yo’naltirib, dasturlab, o’zgartirib turiladigan qism. Unga buyruq berish mumkin, lekin har qanday buyruqni har doim ”ongosti” bajaradi.
Agar ongosti, ya’ni sizning ich-ichingizdagi xohishingiz bilan “aql”ga buyurilayotgan nimadir mos kelmasa, bu shunchaki oti yurmagach manzilga yetolmayotgan chavandoz yoki g’arbga suzishga urinsa ham shamol sharqqa qarab uchirib ketayotgan kemaning o’zi. Insonning “xohlayman”i bilan “kerak”i o’rtasidagi bu aloqani yaxshi tushunib olgan odamga hayotdagi barcha hodisalarning nega aynan shunday ekanini tushunish ancha osonlashadi. Shuning uchun ham uxlagisi kelayotgan vaqtda (uyquni “xohlayotgan” o’quvchi”) o’qigan matn ko’p hollarda yetarli darajada eslab qolinmaydi. Shuning uchun ham o’zingiz qilgingiz kelmagan ishni qilishga majbur bo’lsangiz unchalik yaxshi bajarolmaysiz. Albatta insonning irodasi degan tushuncha ham mavjud, shuning uchun chavandoz va kema ot va shamolga biroz qarshilik o’tkazib, xohlagan natijasiga ko’pincha erisha oladi. Lekin baribir natija buziladi: ko’p mehnat, kuch va vaqt ketganidan tashqari, jarayon o’ta yoqimsiz kechadi.
Ong va ongostining jangini tasavvur qiling: o’qishni xohlamayotganingizda aql o’qishga harakat qilavergach, ikkalasining aytgani ham bo’ladi: o’qiysiz, taxminan 40-60% qismi esdan chiqadi yoki bo’lishi mumkin eng mukammal natijadan bir necha barobar past natija olinadi. Shunchaki, “kerak” qism sodir bo’lsa ham, “bormayman” o’z ta’sirini ko’rsatadi: borasiz, lekin kech borasiz. Ish qilasiz, lekin sifatsiz qilasiz. O’qiysiz, lekin yaxshi o’qimaysiz. Va asosiy mavzu: dars qilasiz, lekin to’liq o’rganmaysiz. Iroda kuchi bilan o’zingizni azoblayverishdan olinadigan foyda shunchaki o’sha ot yoki shamol bilan kelishib olishdan keladigan foydaga hech qanaqasiga tenglasha olmaydi. O’z aqli va xohishi o’rtasida uyg’unlikka erishgan insonlar dunyoda kam, borlari esa eng baxtli insonlardir. Chunki hissiyotlar inson nima xohlashi va shunga erishishdan kelib chiqadi, baxt esa eng aziz hissiyotdir – demak shunchaki ich-ichidan xohlayotgan narsasini qilayotgan inson shuning uchun ham baxtlidir. Xohlagan ishingizni bajarish uchun bahona ham kerak emas: soatlab televizor ko’rsangiz ham uyqu kelmaydi, soatlab musiqa eshitsangiz charchamaysiz, hobbingiz bilan shug’ullanganda ham deyarli hech qachon zerikmaysiz. Agar inson o’z mashg’ulotlarini yetarli darajada kuzatsa bir narsaga amin bo’ladi: o’zi xohlagan narsalarni qilishga doim ko’proq vaqt sarflanadi (ayniqsa yoshlar misolida) va ish bajaruvchi buni deyarli sezmaydi. Bizga yoqqan ishlarni qilish malol kelmaydi, shu sabab majburlash, erinish, orqaga surish, kayfiyat buzilishi, norozilik va natijani kutib shoshilaverish kabi yoqimsiz hissiyotlarga sabab bo’luvchi holatlar ham bo’lmaydi. Har kuni baribir uxlaymiz, televizor ko’ramiz, ovqat pishiramiz, agar bularni bajarishda muammolar paydo bo’lsa, og’rinmay ularni bartaraf etaveramiz. “Kerak” va “xohlayman” birga ishlagan vaqt siz buni sezmaysiz ham, shunchaki nimanidir qilasiz – tamom. Bajarish jarayoni esa maroqli bo’ladi.
“Kerak” va “Xohlayman”ning til o’rganishga ta’siri va ulardan qanday foydalanish kerak
Til o’rganish aslida nisbatan oson jarayon, chunki til o’z-o’zidan mavjud bo’la olmaydi. Til doim nimalar uchundir vositachilik qiladi. Shuning uchun ham til o’rganish jarayonini turli mashg’ulotlar bilan uyg’unlashtirish mumkin. Inson chindan xohlab o’rganayotgan bo’lsa, nutq ancha tez rivojlanadi. Ingliz tili grammatikasi va so’zlarni talaffuz qilishni o’rganish ko’pchilik uchun maroqli yoki qiziq mashg’ulot emas, gaplarni qayta-qayta tuzaverish ham ancha zerikarli. Lekin agar til o’rganishni biror qiziqarli mashg’ulot asnosida qilsangiz, bu butun til o’rganish jarayonini o’zgartirib yuborishi mumkin. Til o’rganish “vaqtbay” emas, “ishbay” jarayondir. Tilni o’zlashtirish va qo’llay bilish darajasigacha yetish darsga qatnalgan umumiy yillar yoki oylar soni bilan erishilmaydi.
Til o’rganish jarayonida bilimni ko’nikma darajasigacha chuqur o’zlashtirish va “miyada ko’p o’ylamay” gap tuzaverish tezligiga yetishni tepalikka qaratib purkalayotgan suvga o’xshatish kerak. Har kuni 3 soat davomida suv sepilib, keyin bosim o’chirilsa, suv orqaga qaytib tushaveradi. Gap shu suvning qaytib tushishiga yo’l qo’ymaslikda. Har hafta yoki kun ma’lum vaqt davomida ingliz tilida gap tuzishni mashq qilish shu suvni purkash bo’lsa, “dars o’tilmayotgan” vaqtda baribir ona tilida gapirish, yozish va o’ylashda davom etish bosimni o’chirib qo’yishga tengdir. Shuning uchun ham “dars” tushunchasidan kamroq foydalanish, o’rganish jarayoniga nisbatan esa ancha ijobiy va sog’lom tasavvur hosil qilish kerak. Qisqa qilib aytganda, butun hayotingizdagi barcha mashg’ulotlar tilini ingliz tiliga o’girib qo’ymaguningizcha o’rganishning haqiqiy tezligini ko’rolmaysiz.
Keyingi maqolada dars jarayonini aynan qanday qilib qiziqarli mashg’ulotga aylantirish mumkin ekanligi haqida so’z boradi. Biz bilan bo’ling!