Ingliz tili alifbosi audio
2️⃣ Consonants (undoshlar) 21ta:
1-dars. Ingliz tili alifbosi
Ingliz tili grammatikasi biznikidan anchagina farq qiladi. Bu esa til o’rganishni biroz qiyinlashtiradi. Lekin, ingliz tili va o’zbek tili lotin alifbosiga asoslangan. Ya’ni, koreys, xitoy yoki rus tillaridek harflar bilan alohida tanishib chiqish shart emas. Shunday qilib, ingliz tili alifbosida 26ta harf bor. Ular:
E’tibor bering, o’zbek alifbosida esa 29 harf va bir tutuq belgisi mavjud.
Ingliz tilida harflar ikki turga: vowels(unli) va consonants(undosh)ga bo’linadi.
1️⃣ Vowels (unlilar) 5ta:
A, O, U, E, I.
Aa – ei (apple)
Oo -ou (orange)
Uu – yu (umbrella ☂️)
Ee – i (ear-)
Ii – ay (ice-cream )
2️⃣ Consonants (undoshlar) 21ta:
Bb – bi (banana )
Cc – si (cat – mushuk )
Dd – di (dog – it )
Ff – ef (frog – qurbaqa )
Gg – dji (glass – stakan )
Hh – eych (hat – shlyapa️♀️)
Jj – jey (juice-sharbat)
Kk – key (key-kalit)
Ll – el (lion – sher )
Mm – em (monkey – maymun )
Nn – en ( nose – burun )
Pp – pi (parrot – to’tiqush )
Qq – kyu (queen – qirolicha )
Rr – er (rabbit – quyon )
Ss – es(star – yulduz ⭐️)
Tt – ti (teacher – o’qituvchi )
Vv – vi (van – van )
Ww – dablyu (watch – qo’l soati )
Xx – eks (xerox-nusxa)
Yy – vay (yummy – mazzali )
Zz – zed (zebra – zebra )
Bundan tashqari, ingliz tilida harf birikmalar ya’ni ikki harf qo’shilgan holda bir tovushni beradigan harflar mavjud. Bular:
c va h qo’shilib ch (child [chayld]-bola)
s va h qo’shilib sh (sheep [shi:p]- qo’y)
ph=f (photo [foto] – foto)
th=z yoki s (z o’qilishi: they [zey]-ular, s o’qilishi: thank you [senk yu]-rahmat) Qachon z yoki s o’qilishi bo’yicha aniq qoida yo’q. Shuning uchun so’z yodlayotganda uning o’qilishiga e’tibor berib yodlashingiz kerak.
ee=i (sheep-[shi:p]-qo’y)
oo=u (book [buk]-kitob)
Shu bilan eng birinchi darsimiz yakunlanadi. Har bir uchragan yangi so’zni lug’at daftariga yozib yodlab borsangiz so’z boyligingiz yana ham ko’payadi. Quyida olgan bilimlaringizni tekshirish uchun test yechishingiz mumkin.
Ingliz tili alifbosi audio
1-DarS.IngLiZ Tili Alifbosi :
1 A (ei:)
2 B (bi:)
3 C (si:)
4 D (di:)
5 E (i:)
6 F (ef)
7 G (dji:)
8 H (eitch)
9 I (ai)
10 J (djey)
11 K (kei)
12 L (el)
13 M (em)
14 N (en)
15 O (ou)
16 P (pi:)
17 Q (kju:)
18 R (a:)
19 S (es)
20 T (ti:)
21 U (ju:)
22 V (vi:)
23 W (`dablju:)
24 X (eks)
25 Y (wai)
26 Z (zed)
Ingliz tilida nli harflarni urg`u
ostida o`qilishining to`rt usuli
1. a(ei) a) (ei) name;
b) (a) flat; c) (a:) large; d) (e) mary;
2. o(ou) a) (ou) note; b) (o) not ;
c) (o:) fork; d) (o:) more;
3. e(i:) a) (i:) be; b) (e) pen;
c) (o:) term; d) (io) here;
4. i(ai) a) (ai) fine; b) (i) sit;
c) (o:) firm; d) (aio)fire;
5. y(wai) a) (ai) My; b) (i) myth;
c) (o:) byrd; d) (aio)tyre;
6. u(ju:) a) (ju:) tune; b) (a) cup;
c) (o:) fur; d) (juo) during;
Unli harflarning urg`uli
birikmalarining o`qilishi
1. ai, ay (ei) Spain(ispaniya) , day(kun)
2. ea, ee (i:) sea(dengiz),meet(uchrashmoq)
3. ew (ju:) new(yangi)
4. oi;oy (oi) point(nuqta. );boy(o`g`il bola)
5. 00-k (u) book(kitob);
6. oo (u:) too (juda)
7. ou,ow (au) out(tashqari);brown(jigarrang)
8. ee+r (io) engineer(muhandis)
9. ou+r (auo) our(bizning)
10. oo-r (o:) door(eshik)
Ikki xil o`qiluvchi undoshlar
1. c(si:)
a)e,i,y dan oldin (s) deb o`qiladi
masalan: cent(dollarning yuzdan biri);
pencil(qalam); icy(sovuq);
b)a,o,u, barcha undoshlardan oldin va so`z
ohirida (k) deb o`qiladi
Masalan Cap(kepka); Come(kelmoq);
cup(chashka); black(qora)
2. g(dji:)
a) e,i,y dan oldin (dj)
M.n: page(bet); gin(jin); gypsy(lo`li)
b)a,o,u, barcha undoshlardan oldin va
so`z ohirida (g) deb o`qiladi
M.n: good(yaxshi); green(yashil); big(katta)
3.s(es)
a) So`z boshida, jarangsiz undoshlardan
oldin va so`z oxirida jarangsiz undoshlardan
keyin (s) deb o`qiladi
M.n sit(o`tirmoq); student(talaba);
lists(ro`yxatlar)
b)Unlilar o`rtasida, so`z oxirida unli va
jarangli undoshdan so`ng (z)deb o`qiladi
M.n please(iltimos); ties(galstuklar);
pens (ruchkalar)
4. x(eks)
a) Undoshlardan oldin va so`z
oxirida (ks) deb o`qiladi
M.n: text(matn); six(olti) ;
b) urg`uli unlidan oldin (gz)
M.n exam(imtihon)
Undosh harf birikmalarining o`qilishi
1. sh Har qanday holatda (sh) she;
2. ch Har qanday holatda (ch)chess;
3. tch Qisqa unlidan so`ng (ch) match;
4. ck qisqa unlidan so`ng (k) black;
5. th
a)asosiy so`zlar boshida va
so`z oxirida (s:) thick(qalin);
b)olmoshlar, ko`makci so`zlar
boshida va unlilar o`rtasida
(z:) deb o`qiladi this(bu,manabu);
bathe(suzmoq)
6.wh
a) so`z boshida o dan boshqa
barcha unlilar oldidan (w) what(nima)
b) o dan oldin (h) who(kim)
7. qu unlilardan oldin (kw) question(savol)
8. ng har qanday holatda (ng) long(uzun)
9. nk har qanday holatda
(ngk) thank(minnatdorchilik bildirmoq)
10. wr so`z boshida unlidan
oldin (r) write(yozmoq);
Unlilarnning undoshlar bilan
kelganda o`qilishi
1. al
a) urg`uli bo`g`inda k dan oldin (o:)
chalk(bo`r)
b) urg`uli bo`g`inda boshqa
undoshlardan oldin (o:l) wall(devor);
also(yana,ham)
2. wor urg`uli bo`g`inda undoshlardan
oldin (wo:) work(ish) word(so`z)
3. wa
a) r dan tashqari so`z oxiridagi undosh
yoki undosh birikmalaridan
oldin (wo) want(hohlamoq)
b) r dan oldin (wo:) warm(iliq)
4. igh har qnday holatda (ai)
light(yoqmoq,yoritmoq)
My first lesson has been finished.
Mening birinchi darsim o’z nihoyasiga yetdi !
Uyga Vazifa:Alifboni to’liq yodlash !