Press "Enter" to skip to content

Abituriyentlar uchun yilning eng og‘riqli savoli: “B1 yoki B2? ”

Uchinchidan, O‘zbekistonda chet tilini B2 darajada biladigan va o‘rgata oladigan o‘qituvchilar kam va buni yashirmaslik kerak. Bu muammo markazdan uzoq, chekka hududlar uchun ayniqsa dolzarb. Ko‘p maktablarda chet tili o‘qituvchisi yetishmaydi. Vaziyat yaxshilanmay turib B2 daraja talab qilish aqlga to‘g‘ri kelmaydigan bir ish.

Xalqaro (TOEFL, IELTS, CEFR, SAT General, SAT Subject va boshqa) sertifikatlariga ega bo‘lgan abituriyentlar uchun qanday imtiyozlar bor?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 13-maydagi 395-son qaroriga muvofiq, test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili (ingliz, nemis, fransuz, ispan, turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur, italyan, yapon tillari) (keyingi o‘rinlarda chet tili deb ataladi) birinchi (asosiy) fan sifatida kiritilgan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan, TOEFL, IELTS, CEFR, SAT General, SAT Subject va hokazo xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili fani kiritilgan barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan va milliy yoki xalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega bo‘lgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi:

– ingliz tili uchun — milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 5,5 (bunda Toshkent davlat yuridik universiteti uchun writing modulidan 5,5 ball)), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
– yapon tili uchun — milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
– nemis tili uchun — milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
– fransuz tili uchun — milliy sertifikat yoki Diplôme d’Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Française (TCF4) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
– boshqa tillar uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori.

  • 2019 yilga qadar Davlat test markazi tomonidan berilgan milliy sertifikatning imtiyozi ushbu sertifikatlarning amal qilish muddati davrida saqlanishi belgilangan.

Abituriyent tomonidan taqdim etilgan (topshirilgan) sertifikatlarning qalbakiligi aniqlansa, u holda abituriyent kirish imtihonlaridan (talabalikka qabul qilingan bo‘lsa, oliy ta’lim muassasasi talabalari safidan) chetlashtiriladi hamda bu haqda belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga xabar qilinadi.

Abituriyentlar uchun yilning eng og‘riqli savoli: “B1 yoki B2?”

O‘zbekiston prezidentining 2018-yil 5-iyundagi 3775-qarorida 2019-yil 1-yanvarga qadar Davlat test markaziga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda ilg‘or xalqaro imtihon tizimlari (TOEFL, IELTS, CEFR, SAT General, SAT Subject va h.) sertifikatlariga ega bo‘lgan abituriyentlarga tegishli fanlardan belgilangan eng yuqori ball berish va ushbu fan test sinovidan ozod qilish tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish buyurilgan edi. Ushbu qarordan yoshlar, ziyolilar va el-yurt kelajagi uchun befarq bo‘lmagan millionlab odamlar mamnun bo‘ldi. Chunki yer yuzidagi deyarli barcha nufuzli universitetlar tan oladigan mashhur sertifikatlarning bizda tan olinmasligi juda g‘alati hol edi.

Tayyorlangan qaror loyihasi 2018-yilning noyabr-dekabr oylarida Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga (regulation.gov.uz) joylashtirildi. Loyihada yuqorida tilga olingan sertifikatlarning tan olinishi aytilgan. Biroq loyihaning bir nechta bandi ko‘pchilik mutaxassislar va yoshlarning keskin e’tiroziga sabab bo‘ldi.

Qaror loyihasida aytilishicha, agar chet tili bakalavriat bosqichiga kirish imtihonlarining 1-blok fani bo‘lsa, DTM tomonidan beriladigan chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikatning B2 darajasi talab qilinishi kerak. Milliy sertifikatning B1 darajasi talabi endigina yo‘lga qo‘yilayotgan, shu daraja sertifikatini qo‘lga kiritish ham mamlakatimizdagi yoshlarning kamdan-kamiga nasib qilayotgan bir paytda talabning ko‘tarilishi sababini tushunib bo‘lmaydi.

Sohaga aloqasi bo‘lmagan odamning nigohi bilan qaralganda talabning ko‘tarilishi ijobiy narsadek ko‘rinadi, lekin tajribali mutaxassislarning fikricha unday emas.

Amaldagi Davlat ta’lim standartlariga ko‘ra litsey va kollejlar bitiruvchilari chet tili chuqurlashtirib o‘tiladigan yo‘nalishni bitirayotgan bo‘lsa chet tilini B1+, boshqa yo‘nalishni bitirayotgan bo‘lsa B1 darajada bilishi talab qilinadi. Demak, chet tilidan B1, nari borsa B1+ darajani o‘rgatadigan ta’lim dasturlari, darsliklar va o‘qituvchilardan ta’lim olgan bitiruvchilarga o‘zlari egallagan bilimdan yuqori talab qo‘yishni “gummaga pul berib, shashlik olib kelishni buyurish”ga o‘xshatish mumkin.

Bundan tashqari, masalaning boshqa muhim jihatlari bor.

Birinchidan, chet tili bilimlarini DTMning oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida foydalaniladigan, asosan grammatik savollardan iborat bo‘lgan testlar yordamida “aniqlash”, afsuski, hali ham davom etmoqda. Bu ko‘pchilik mutaxassislarning fikriga ko‘ra hozirgi zamonga mutlaqo mos kelmaydigan usul. Chunki til grammatikadangina iborat emas va til bilimini qog‘ozda aks etadigan test savollari bilangina baholab bo‘lmaydi, u eshitiladi, yoziladi va gapiriladi. Grammatikani yaxshi bilish tilni yaxshi biladi, undan foydalana oladi degani emas. Chet tilini bilish darajasini aniqlash, baholash va sertifikat berish amaliyotining yo‘lga qo‘yilishi yuqorida aytilgan muammoni hal qilish yo‘lidagi dadil qadamlardan biridir. Ammo abituriyent uchun qarorda aytilgan B2 darajadan ko‘ra 30 talik “eskicha” testlarga tayyorlanish osonroq, shuning uchun ham zamon talabiga anchagina mos bo‘lgan CEFR testidan ko‘ra o‘sha testlarga tayyorlanishni istovchilar ko‘payadi. Bu esa – orqaga qadamdir.

Ikkinchidan, dunyoning ko‘pgina nufuzli universitetlari ham chet tili talabini nari borsa B2 qilib qo‘yadi, vaholanki, ularda ta’lim aynan shu tilda olib boriladi. Bizning universitetlarimiz bunday nufuzga ega bo‘lmasdan turib ularga kirish uchun talabning qiyinlashtirilishi yoshlarimizning kattagina qismida o‘zimizning universitetlardan ko‘ra talabi osonroq, diplomi esa nufuzliroq bo‘lgan chet el universitetlarini tanlash istagini rag‘batlantiradi. Ular chetda ta’lim olib, yaxshi mutaxassis bo‘lib qaytsa nur ustiga nur, ammo bizdagi mehnat muhiti bilan ularning diplomlari o‘tadigan ilg‘or mamlakatlardagi mehnat muhiti o‘rtasida farq borligi uchun ularning qancha-qanchasi boshqa yurtlarda qolib ketadi.

Uchinchidan, O‘zbekistonda chet tilini B2 darajada biladigan va o‘rgata oladigan o‘qituvchilar kam va buni yashirmaslik kerak. Bu muammo markazdan uzoq, chekka hududlar uchun ayniqsa dolzarb. Ko‘p maktablarda chet tili o‘qituvchisi yetishmaydi. Vaziyat yaxshilanmay turib B2 daraja talab qilish aqlga to‘g‘ri kelmaydigan bir ish.

Qaror loyihasining milliy sertifikatimizga oid bandlari bo‘yichaham muammolar yuzaga keldi. Masalan, shu paytgacha olingan B1 sertifikatlarining taqdiri nima bo‘ladi? Ularning egalari imtiyoz berilgani uchun ham pul to‘lab, o‘qishini rejalashtirib sertifikatga erishgan. Ammo yangi beriladigan B1 sertifikatlariga imtiyoz bermaslik ham adolatdan bo‘lmaydi. Tasavvur qiling, bilimi siznikidan pastroq sherigingiz sertifikat imtiyozi tufayli universitetga kiradi, siz esa yo‘q. Chunki u B1 sertifikatini oldinroq olgan, siz esa keyinroq. Bu sizga qanday ta’sir qilgan bo‘lar edi?

Yuqoridagi muammolarga yechim sifatida quyidagilarni taklif qilaman:

  • ilg‘or xorijiy sertifikatlarga qo‘yiladigan talabni pasaytirish;
  • B1 sertifikati imtiyozini o‘z kuchida qoldirish. Turli bloklar uchun B1 daraja ballarini tabaqalashtirish (masalan, 1-blok 100 ball, 2-blok 90 ball, 3-blok 80 ball);
  • avval olingan B1 sertifikatlari uchun ham ushbu tabaqalashtirishni joriy qilish;
  • universitetlar reytingi va nufuziga ko‘ra chet tili sertifikati darajasi talabini mustaqil belgilash mexanizmini yo‘lga qo‘yish;
  • milliy sertifikat bilan bog‘liq barcha o‘zgarishlarni kelgusi yildan jori etish;
  • DTM CEFR testlarining murakkablik darajasi va sifatini xalqaro CEFR normalaridan oshirib yubormaslik.

Qolaversa, milliy sertifikat tizimiga chet tili bilimlarini baholashning kelajagi sifatida qaralishini xohlayman, eskicha, samarasi past usullarni bosqichma-bosqich zamonaviy usullarga almashtirish, yaqin kelajakda an’anaviy grammatika testlarini qo‘llashga chek qo‘yish kerak deb hisoblayman.

Chet tili fani asosiy fan bo‘lgan yuz minglab yoshlar, o‘qituvchilar, hatto ota-onalar uchun ham shu mashmasha vajidan bu yil juda og‘ir bo‘ldi. Umid qilamanki, mas’ullar aytib o‘tilgan muammolarni hal qilib, bolalarimizning qalbidagi adolatga, kelajakka bo‘lgan ishonchni tiklaydilar.

Alisher Sotivoldiyev,
ingliz tili o‘qituvchisi

EF ingliz tilini bilish darajasi – EF English Proficiency Index

The EF ingliz tilini bilish darajasi (EF EPI) qabul qilgan kattalar orasida mamlakatlarni ingliz tilini bilish darajasining o’rtacha darajasi bo’yicha baholashga urinishlar EF testi. [1] Bu mahsulot EF Education First, xalqaro ta’lim kompaniyasi va Internet orqali bepul mavjud bo’lgan ingliz tili testlari orqali to’plangan ma’lumotlarga asoslanib xulosalar chiqaradi. [2] [3] Indeks 2011 yilda birinchi marta nashr etilgan onlayn so’rovnomadir [4] 1,7 million test qatnashchilarining test ma’lumotlari asosida. [5] Eng so’nggi, o’ninchi nashr 2020 yil noyabrda chiqdi. [6] [7]

Mundarija

  • 1 Metodika
  • 2 Hisobot
    • 2.1 Birlamchi xulosalar

    Metodika

    EF EPI sakkizinchi nashri 2017 yilda 1,3 million test topshiruvchilarning test ma’lumotlari yordamida hisoblab chiqilgan. Test topshiruvchilar o’zlari tanlangan va ular bo’yicha demografik ma’lumotlar yig’ilmagan. Sinovlar kompaniya tomonidan marketing va joylashtirish maqsadida foydalaniladi. Indeksning sakkizinchi nashrida 85 ta mamlakat va 3 ta hudud paydo bo’ldi. Kiritish uchun bir mamlakatda kamida 400 nafar test topshiruvchisi bo’lishi kerak edi. [8]

    Hisobot

    Hisobot mamlakatlarning reyting jadvalidan, ingliz tilini biladigan boshqa iqtisodiy va ijtimoiy omillarni o’zaro bog’laydigan grafikalar bilan bir necha sahifa tahlillardan va har bir mintaqa yoki qit’aning tahlilidan iborat. 2018 yilgi hisobot va unga qo’shib berilgan mamlakatlar ma’lumot jadvallarida ingliz tilini jinsi, yosh guruhi va mintaqasi bo’yicha, mamlakatlar bo’yicha va shaharlar bo’yicha ba’zi ingliz tilini bilish ballari ko’rsatilgan. Veb-sayt hisobotning ayrim qismlarini aks ettiradi va ko’plab mamlakatlar va hududlarda ingliz tilini bilish darajasini tahlil qiladi. [8]

    Birlamchi xulosalar

    1. Eksport Aholi jon boshiga, Yalpi milliy daromad jon boshiga va innovatsiyalarning barchasi ingliz tilini bilish bilan ijobiy bog’liqdir. [9]
    2. Ingliz tilini bilish darajalari turli mamlakatlarda, shu jumladan ingliz tilini pasayadigan bir necha mamlakatlarda har xil darajada o’zgarib bormoqda. [10]
    3. Evropa umuman olganda eng yaxshi ingliz tilida gaplashadi, ammo Yaqin Sharq eng yomoni. [11]
    4. Ayollar ingliz tilida erkaklarnikidan yaxshiroq gaplashadi. [12]

    2019 reytingi

    Quyida 2019 yilda e’lon qilingan mamlakatlarning so’nggi ballari, malaka darajasi va reytinglari keltirilgan. [13]

    2019 darajasi Mamlakat 2019 bal 2019 malakaviy guruh
    1 Gollandiya 70.27 Juda yuqori malaka
    2 Shvetsiya 68.74 Juda yuqori malaka
    3 Norvegiya 67.93 Juda yuqori malaka
    4 Daniya 67.87 Juda yuqori malaka
    5 Singapur 66.82 Juda yuqori malaka
    6 Janubiy Afrika 65.38 Juda yuqori malaka
    7 Finlyandiya 65.34 Juda yuqori malaka
    8 Avstriya 64.11 Juda yuqori malaka
    9 Lyuksemburg 64.03 Juda yuqori malaka
    10 Germaniya 63.77 Juda yuqori malaka
    11 Polsha 63.76 Juda yuqori malaka
    12 Portugaliya 63.14 Juda yuqori malaka
    13 Belgiya 63.09 Juda yuqori malaka
    14 Xorvatiya 63.07 Juda yuqori malaka
    15 Vengriya 61.86 Yuqori malaka
    16 Ruminiya 61.36 Yuqori malaka
    17 Serbiya 61.30 Yuqori malaka
    18 Keniya 60.51 Yuqori malaka
    19 Shveytsariya 60.23 Yuqori malaka
    20 Filippinlar 60.14 Yuqori malaka
    21 Litva 60.11 Yuqori malaka
    22 Gretsiya 59.87 Yuqori malaka
    23 Chex Respublikasi 59.30 Yuqori malaka
    24 Bolgariya 58.97 Yuqori malaka
    25 Slovakiya 58.82 Yuqori malaka
    26 Malayziya 58.55 Yuqori malaka
    27 Argentina 58.38 Yuqori malaka
    28 Estoniya 58.29 Yuqori malaka
    29 Nigeriya 58.26 Yuqori malaka
    30 Kosta-Rika 57.38 O’rtacha malaka
    31 Frantsiya 57.25 O’rtacha malaka
    32 Latviya 56.85 O’rtacha malaka
    33 Gonkong 55.63 O’rtacha malaka
    34 Hindiston 55.49 O’rtacha malaka
    35 Ispaniya 55.46 O’rtacha malaka
    36 Italiya 55.31 O’rtacha malaka
    37 Janubiy Koreya 55.04 O’rtacha malaka
    38 Tayvan 54.18 O’rtacha malaka
    39 Urugvay 54.08 O’rtacha malaka
    40 Xitoy Xalq Respublikasi 53.44 O’rtacha malaka
    41 Makao 53.34 O’rtacha malaka
    42 Chili 52.89 O’rtacha malaka
    43 Kuba 52.70 O’rtacha malaka
    44 Dominika Respublikasi 52.58 O’rtacha malaka
    45 Paragvay 52.51 O’rtacha malaka
    46 Gvatemala 52.50 O’rtacha malaka
    47 Belorussiya 52.39 Kam malaka
    48 Rossiya 52.14 Kam malaka
    49 Ukraina 52.13 Kam malaka
    50 Albaniya 51.99 Kam malaka
    51 Boliviya 51.64 Kam malaka
    52 Vetnam 51.57 Kam malaka
    53 Yaponiya 51.51 Kam malaka
    54 Pokiston 51.41 Kam malaka
    55 Bahrayn 50.92 Kam malaka
    56 Gruziya 50.62 Kam malaka
    57 Gonduras 50.53 Kam malaka
    58 Peru 50.22 Kam malaka
    59 Braziliya 50.10 Kam malaka
    60 Salvador 50.09 Kam malaka
    61 Indoneziya 50.06 Kam malaka
    62 Nikaragua 49.89 Kam malaka
    63 Efiopiya 49.64 Kam malaka
    64 Panama 49.60 Kam malaka
    65 Tunis 49.04 Kam malaka
    66 Nepal 49.00 Kam malaka
    67 Meksika 48.99 Kam malaka
    68 Kolumbiya 48.75 Kam malaka
    69 Eron 48.69 Kam malaka
    70 Birlashgan Arab Amirliklari 48.19 Juda past darajadagi malaka
    71 Bangladesh 48.11 Juda past darajadagi malaka
    72 Maldiv orollari 48.02 Juda past darajadagi malaka
    73 Venesuela 47.81 Juda past darajadagi malaka
    74 Tailand 47.61 Juda past darajadagi malaka
    75 Iordaniya 47.21 Juda past darajadagi malaka
    76 Marokash 47.19 Juda past darajadagi malaka
    77 Misr 47.11 Juda past darajadagi malaka
    78 Shri-Lanka 47.10 Juda past darajadagi malaka
    79 kurka 46.81 Juda past darajadagi malaka
    80 Qatar 46.79 Juda past darajadagi malaka
    81 Ekvador 46.57 Juda past darajadagi malaka
    82 Suriya 46.36 Juda past darajadagi malaka
    83 Kamerun 46.28 Juda past darajadagi malaka
    84 Quvayt 46.22 Juda past darajadagi malaka
    85 Ozarbayjon 46.13 Juda past darajadagi malaka
    86 Myanma 46.00 Juda past darajadagi malaka
    87 Sudan 45.94 Juda past darajadagi malaka
    88 Mo’g’uliston 45.56 Juda past darajadagi malaka
    89 Afg’oniston 45.36 Juda past darajadagi malaka
    90 Jazoir 45.28 Juda past darajadagi malaka
    91 Angola 44.54 Juda past darajadagi malaka
    92 Ummon 44.39 Juda past darajadagi malaka
    93 Qozog’iston 43.83 Juda past darajadagi malaka
    94 Kambodja 43.78 Juda past darajadagi malaka
    95 O’zbekiston 43.18 Juda past darajadagi malaka
    96 Fil suyagi qirg’og’i 42.41 Juda past darajadagi malaka
    97 Iroq 42.39 Juda past darajadagi malaka
    98 Saudiya Arabistoni 41.60 Juda past darajadagi malaka
    99 Qirg’iziston 41.51 Juda past darajadagi malaka
    100 Liviya 40.87 Juda past darajadagi malaka

    Shunga o’xshash hisobotlar

    The Evropa komissiyasi til tadqiqotini o’tkazdi, So’rovnoma, bu 15 yoshli evropalik talabalarning vakillik namunalarini chet tillarini bilish darajalari bo’yicha sinovdan o’tkazdi. Hisobot va ma’lumotlar to’plami 2012 yil iyun oyida Evropaning 13 mamlakati uchun e’lon qilindi. [14]

    Ingliz tili b2 darajasi

    Yurtimizda pandemiya munosabati bilan cheklovlar davom etayotgan bo‘lsa-da, fuqarolarimizning chet tillari bo‘yicha milliy sertifikat olish tartibi, shakl va usullari haqidagi axborot va ma’lumotlarga qiziqishlari oshib bormoqda.

    Fuqarolarimizning bilimga intilishlarini rag‘batlantirish maqsadida Davlat test markazining Chet tilini bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi tomonidan chet (ingliz, nemis, fransuz) tillaridan milliy sertifikat olish uchun sinovlardan qanday o‘tish to‘g‘risida vebinar muloqotlar tashkil etishni davom ettiradi.

    Navbatdagi shunday vebinar muloqotni 30-aprel kuni soat 15:00 da “Ingliz tili B2 darajasi imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tish bo‘yicha maslahatlar” mavzuida tashkil etish belgilandi.

    Unda Siz Ingliz tilini B2 darajasida bilishingizni qanday aniqlash mumkin?”, “Buni qanday qilib muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirish mumkin?” kabi savollarga javob topasiz va sinovni “a’lo darajada” topshirishingiz uchun tayyorgarlikning batafsil tahliliga hamda samarali tavsiyalarga ega bo‘lasiz.

    Vebinar muloqotda https://us02web.zoom.us/j/85032683125 havolasini bosish orqali ishtirok eting. Faol bo‘ling va bilimingizni muntazam oshirib boring.

    O‘zingizni asrang. Yaqinlaringizning salomatligiga befarq bo‘lmang. #Uyda qoling. Biz hamisha Siz bilanmiz!

    Davlat test markazi matbuot xizmati

    “IELTS qiyinlik qilsa, undan boshqa variantlar ham bor” – ingliz tili o‘qituvchisi Sojida Karimova O‘zbekistonda ayltsmaniya keng tarqalgani haqida

    Dunyoda ingliz tilini bilish darajasini aniqlovchi bir necha dasturlar mavjud bo‘lsa-da, O‘zbekistonda asosan IELTS natijasiga qaraladi. Bu haqda ingliz tili o‘qituvchisi Sojida Karimova Telegram’dagi kanalida fikr bildirdi.

    Sojida Karimova Foto: Sojida Karimova arxividan

    Mutaxassisning yozishicha, aksariyat davlatlarda IELTS (International English Language Testing System) uncha mashhur emas.

    O‘zbekistonda ayltsmaniya kasalligi juda keng tarqalgan. Ingliz tilidan bilim IELTS natijasiga qarab baholanadi. Ustozlar IELTS balliga qarab tanlanadi. Shuning uchun ham yuqoriroq ball olish uchun kurashish kuchli. Ammo dunyoning ko‘p davlatlarida IELTS uncha mashhur emas.

    Chunki til bilish darajasini aniqlovchi boshqa testlar ham mavjud. IELTS asosan Avstraliya, Yangi Zelandiya va Kanadada ko‘p uchraydi. Yaponiya, Xitoy, Koreya va aksariyat Yevropa davlatlarida TOEIC, Amerikada TOEFL mashhur. Ya’ni IELTS hamma joyda o‘tadi, lekin uni bizda bilganchalik bilishmaydi, “nima u?” deb ham qolishlari mumkin ekan.

    Sojida Karimovaning qo‘shimcha qilishicha, IELTS ingliz tilining boshqa dasturlariga qaraganda murakkab.

    • TOEFL PBT 530 (max: 677);
    • CBT 197 (max:300);
    • iBT 71 (max: 120);
    • IELTS 5.5 (max: 9);
    • CEFR B2 (max C2);
    • TEPS 600 (max: idk);
    • TOEIC 700 (990).

    Ma’lumot uchun, 2021-yil 1-maydan 5 ta xalqaro imtihon tizimi (IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT), 2022-yil 1-yanvardan yana 13 ta xalqaro imtihon tizimlarida (arab, xitoy, fransuz, rus, ispan, koreys, yapon, italyan, turk va nemis tillari) yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlari davlat tomonidan qoplab berilmoqda. Xarajatlarni qoplash uchun faqat imtihon topshirish paytida 31 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston fuqarolari va O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal orqali murojaat qilishlari kerak bo‘ladi.