Press "Enter" to skip to content

Ingliz tili fanidan imtihon javoblari

Hurmatli abituriyentlar va ularning ota-onalari, endi sizlar bizning UzStudy o‘quv markazimizda o‘zingiz tanlagan oliy o‘quv yurtiga kirish imtihonlariga puxta tayyorgarlik ko‘ribgina qolmay, turli chegirmalarga ham ega bo‘ling.

Abituriyentlar uchun muhim yangilik! Test imtihonlari 5 ta fandan qay tarzda o‘tishini bilasizmi?

Hurmatli abituriyentlar, har doim iyul—avgust oylarida o‘tkaziladigan OTM imtihonlari, 2020-yil 5 ta fandan bo‘lishi rostmi? Agar shunday bo‘lsa, bu imtihon jarayoni qanday bo‘ladi, degan gap-so‘zlar abituriyentlar orasida muhokamaga sabab bo‘lmoqda.

Avvalo shuni bilish kerakki, bu imtihon jarayonida o‘tkaziladigan sinovlar majburiy fan va ixtiyoriy fanlarga bo‘linadi. Masalan, tabiiy fanlar yo‘nalishida tarix (faqat O‘zbekiston tarixi), ona tili (adabiyot yo‘q) va matematika majburiy fan bo‘lsa, kimyo, biologiya ixtiyoriy fan hisoblanadi.

DTMdagi ishchi guruhning aytishicha, bu jarayonda ixtiyoriy tanlangan ikkita fandan 60 ta test, majburiy fandan 10—15 tadan, jami: 30—45 ta test bo‘lishi ma’lum bo‘ldi. Bunday jarayon abituriyentlar va ota-onalar o‘rtasida: “5 ta fanga pul to‘lab o‘qiymizmi?”, — degan savollarni paydo qilmoqda. Biz bunga javoban “yo‘q!” deymiz.

Biz buni uchta fan hisobida o‘qitamiz, buning uchun maxsus dastur ham ishlab chiqilgan. Shuning uchun bizning o‘quv markazimizga tashrif buyuring va tajribali o‘qituvchilar darsini tinglab saralash oyida ishtirok eting.

Bizning 10 yillik tajribaga ega UzStudy jamoasida yetishib chiqqan minglab shogirdlar davlatimizning turli sohalarida, asosan, organ va meditsina sohalarida faoliyat yuritmoqda.

OTM imtihonlaridagi o‘zgarishlar natijasida va talabchan ustozlarimiz ko‘magida yillik natijalarimiz 80 foizdan tushmay kelmoqda. Bir necha yillardan buyon omadi chopmayotgan va haqiqiy bilimli yigit-qizlar uchun biz omad kaliti bo‘lmoqdamiz, desak yanglishmaymiz.

Siz-chi? Aziz abituriyent, siz tinimsiz mehnat va shuncha tayyorgarlikdan so‘ng ham talaba bo‘la olmadingizmi? Balki sizning bilim darajangiz shunday imkoniyatlardan ham foydalanish uchun yetarli bo‘lmagandir?

Sababini bizdan topasiz. Bizning pedagoglar har bir abituriyent bilan individual yondashib, zamonaviy metodlarni qo‘llagan holda darslarni puxta olib borishadi.

Eng asosiysi, bizda o‘qituvchilar belgilangan ikki soatda darsni tugatmaydi. O‘zlashtirishda qiyinchilikka duch kelayotgan abituriyentlar uchun qo‘shimcha darslar qo‘yiladi. Ayniqsa, imtihonga ikki oy qolganda darslar nihoyatda kuchaytirilib bir yillik dasturni ikki oy ichida qaytarib chiqishga erishasiz.

Sentabr saralash oyida ishtirok eting va siz ham talabalikka haqiqiy da’vogar bo‘ling!

O‘qituvchilarimizning yana bir ustun tomoni ota-onalar bilan hamkorlikda darslarni olib borilishi va farzandlarining o‘zlashtirish holatidan xabardor qilib borilishidir.

Xullas, bizdagi tezkor o‘qish dangasa abituriyentlar uchun emas! Buning uchun sizda ishtiyoq bo‘lishi yetarli.Mana shunday usulda tayyorlanish natijasida har yili 87 foiz abituriyentlarimiz talaba bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lishadi.

Bundan tashqari, shu yil 60 foiz abituriyentlar ba’zi fanlardan 100 foizli natijaga erishgan.

Hurmatli abituriyentlar va ularning ota-onalari, endi sizlar bizning UzStudy o‘quv markazimizda o‘zingiz tanlagan oliy o‘quv yurtiga kirish imtihonlariga puxta tayyorgarlik ko‘ribgina qolmay, turli chegirmalarga ham ega bo‘ling.

Shuningdek, talabalar va abituriyentlarga ingliz tili kurslari va IELTS sertifikatini olishning samarali va kafolatli tizimini taklif qilamiz (3—6 oy ichida 6—7 ball). Siz uchun IELTS darslarini 8 ballga ega IELTS o‘qituvchimiz Khusan Davlatov olib boradi.

IELTS uchun 1-oktabrgacha chegirmali aksiyani e’lon qilamiz.

Yana bir muhim yangilik — IELTS, nemis va ingliz tili kursini tamomlagan bitiruvchilarni Koreya, Xitoy va Germaniya davlatlariga bakalavr va magistratura bosqichiga consulting firmamiz orqali shartnoma asosida imtiyozli joylashtiramiz. Shu yil o‘zimizda o‘qigan 100 ga yaqin bolani chet el oliy o‘quv yurtlariga joyladik.

Bundan tashqari, Allamurotov G‘afur rahbarligidagi rus tili kursimizga taklif qilamiz, bu ustozimiz 13 yillik tajribaga ega bo‘lib, uning darsiga qatnashganlar 3 oyda rus tilida bemalol gaplasha olishadi, o‘ta tajribali ustoz darsiga bir marta qatnashib ko‘ring.

Men Rahimov Sobir, birinchi harakatda UzStudyda o‘qib IIV akademiyasi kursanti bo‘lib abituriyentlikni tark etdim.

UzStudy’da mening juda ko‘p yaqinlarim va o‘rtoqlarim o‘qib talaba bo‘lgan, bu yerda o‘qigan barcha guruhdoshlarim talabaga aylandi. Barchaga omad!

Hurmatli abituriyentlar va ota-onalar! Bizning UzStudy abituriyentlar maktabida yuqori tajribaga ega malakali mutaxassislar faoliyat yuritadi. Siz o‘quv jarayoni davomida nafaqat nazariy bilim, balki ruhiy va ma’naviy saboqlardan ham xabardor bo‘lib borasiz. Bu 1-avgust test sinovlarida sizga asqatadi.

Tabiiy fanlar: Aniq fanlar:

— Kimyo (o‘zbek, rus) — Matematika (o‘zbek, rus)

— Biologiya (o‘zbek, rus) — Fizika (o‘zbek, rus)

— Ona tili va adabiyot. — Ona tili va adabiyot (rus tili va adabiyoti)

Ijtimoiy-gumanitar fanlar: Iqtisod yo‘nalishi:

— Ona tili va adabiyot — Matematika

— Ingliz tili (o‘zbek, rus) — Ingliz tili

— Tarix (o‘zbek, rus) — Ona tili va adabiyot

  • Koreys tili
  • Xitoy tili
  • Rus tili
  • Ingliz tili
  • Nemis tili

Nima uchun UzStudy o‘quv markazini tanlaymiz?

1. Bu markazda samaradorlik yuqori bo‘lib, tahsil olgan o‘quvchilarning 80-90 foizi oliy o‘quv yurtlarining talabasiga aylanadi;

2. O‘qituvchilar ishga chin ko‘ngildan yondashadi;

3. O‘quvchilar oylik test sinovi asosida o‘qitiladi. Sinovda maksimal ballning 55 foizidan kam to‘plagan o‘quvchilar o‘qitilmaydi;

4. Har bir sinflardagi o‘quvchilar o‘z bilim va darajalariga ko‘ra taqsimlanadi;

5. Har bir kurs uchun belgilangan narxlar hamyonbop;

6. Darslarimizni ota-onalar ham kuzatishi mumkin.

Biz haqimizda batafsil bilmoqchi bo‘lsangiz, o‘quv maskaniga tashrif buyurib, bir marta barcha darslarimizga qatnashib ko‘ring.

Tanlovda adashmang. Kelajagingizni, baxtingizni UzStudy orqali quring! Kelajak sizniki, marra sizniki!

Bu ayni haqiqat, aziz abituriyentlar va ularning ota-onalari! Buning uchun farzandingiz UzStudy abituriyentlar maktabida tahsil olsa kifoya.

Birinchi manzil: Toshkent shahri,Olmozor tumani, Beruniy ko‘chasi, 83-uy

Mo‘ljal: “Tinchlik” metro bekati yonida (G‘uncha tomon), “O‘zgazloyiha” binosining 4-qavati

Murojaat uchun tel:

Ikkinchi manzil: Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 15-uy.

Mo‘ljal: “Minor” metrosi yonida, Yunusobod xalq qabulxonasi ro‘parasida

Murojaat uchun tel:

Reklama huquqi asosida.

Ingliz tili fanidan imtihon javoblari

2022–2023 o‘quv yili qabulidan boshlab xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan

  • O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
  • Samarqand davlat chet tillar instituti;
  • Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining

fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda

  • Toshkent davlat pedagogika universiteti;
  • Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
  • Nukus davlat pedagogika institutining xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida chet tili fanidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.

DTMning xabar berishicha, ijodiy imtihon uchun jami 2 soat 45 daqiqa vaqt ajratiladi. Lekin aprobatsiyalar natijasiga ko‘ra o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.

1-bo‘lim: Tinglab tushunish (45 daqiqa / 5 qism / 30 savol/ 30 ball)

2-bo‘lim: O‘qish (60 daqiqa / 5 qism / 30 savol/ 30 ball)

3-bo‘lim: Yozish (45 daqiqa / 2 topshiriq / 30 ball)

4-bo‘lim: Gapirish (15 daqiqa / 3 qism / 30 ball)

Jami to‘planishi mumkin bo‘lgan ball: 120 ball

Hozircha faqat ingliz tilidan savollar namunalari e’lon qilindi. Savollar B1 darajada, boshqa OTMlarning chet tili savollari bilan bir xil darajada bo‘ladi.