Press "Enter" to skip to content

Ingliz tili fanidan imtihon javoblari 2022

#6
⁉️Savol: Assalomu alaykum! Turk tilidan milliy sertifikatga imtixonlar sanasi e’lon qilindimi yoki keyingi imtixonlar qachonga rejalashtirilgan?
‼️ Javob: Turk tilidan sertifikat imtihonlari 5-mart (roʻyxatdan oʻtish oxirgi kuni 19-fevral) va 7-may (21-aprel) kunlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Imtihon fanlar ro’yxati

* Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 34-son qarori bilan 6 ta oliy ta’lim muassasasiga kirishda chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkazilishi belgilangan.

Unga ko‘ra 2022-2023-o‘quv yili qabulidan boshlab xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan

– O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;

– Samarqand davlat chet tillar instituti;

– Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining

fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda

– Toshkent davlat pedagogika universiteti;

– Qo‘qon davlat pedagogika instituti;

– Nukus davlat pedagogika institutining

xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida chet tili fanidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.

CHET TILIDAN KASBIY (IJODIY) IMTIHONLARNI O’TKAZISH TARTIBI (VIDEO)

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.

© 2022 Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti. Barcha huquqlar himoyalangan. TDSHU saytidagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.

100060, Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi 20

+998 71 233 34 24

+998 71 233 52 24

Matnda xatolikni ko‘rsangiz, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

Ingliz tili fanidan imtihon javoblari 2022

Milliy sertifikatlar haqida blog!
Davlat test markaziga aloqamiz yoʻq)

About
Blog
Apps
Platform

MILLIY SERTIFIKAT
24K subscribers

⁉️Savol. Assalomu alaykum! Savolim bor edi. Men dekabr oyida o’tkaziladigan imtihonga to’lov qildim 450min so’m lekin ba’zi sabablarga ko’ra(sog’ligim yuzasidan) testga bora olmadim. Pulimni qaytarib olsam bo’ladimi? Yoki menga tayyorlangan testni qanday olsam bo’ladi? Kimga murojaat qilay?

‼️Javob. Talabgor test sinoviga kechikkan yoki sababsiz kelmagan hollarda, uning arizasiga binoan talabgor tomonidan amalga oshirilgan to‘lovning 50 foiz miqdori qaytariladi.

Uzrli sababga ko‘ra (kasalligi yoki oila a’zolarining vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganda) test sinovlarida qatnasha olmagan talabgor test sinovi boshlangan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatlarni Bilim va malakalarni baholash agentligiga bevosita yoki elektron tarzda taqdim etishi lozim.
Bunda talabgorning arizasiga muvofiq navbatdagi test sinovlariga kiritilishi ta’minlanadi yoki to‘langan to‘lov to‘liq miqdorda talabgorga qaytariladi.

Turli sabablarga ko‘ra test sinovlarida ishtirok eta olmaydigan bo‘lsa, agentlikka test sinovlari o‘tkaziladigan kundan kamida uch kun oldin yozma va elektron shaklda murojaat etishi lozim.

Hozirgi vaziyatda sizda uzrli sabab boʻlishiga qaramasdan, uni 5 kun mobaynida xabar bermaganingiz tufayli kechikkan va sababsiz kelmagan tarzida ariza yozib berasiz va toʻlovning 50% ini qaytarib olasiz. Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan bogʻlaning.

13.5K views 08:49

��12-fevral kuni ytest.uz saytida milliy sertifikat standartidagi diagnostika testlari boʻlib oʻtadi

��Fanlar: Matematika, Fizika, Kimyo, Biologiya, Ona tili va adabiyoti
��Savollar soni: 45 ta
��Savollar turi: ochiq va yopiq turdagi
��Ajratilgan vaqt: 2 soat 30 daqiqa
�� Baholash mezoni: Xuddi haqiqiy milliy sertifikat imtihondek (savollarga qarab 1.3, 1.5, 1.7, 2.2, 1.1, 1.7, 2.5 ballar)
�� Natijalar yopiq turdagi savollar test yakunlanishi bilan, ochiq turdagi savollar maʼlum muddatdan soʻng eʼlon qilinadi!
�� Testlar boʻlib oʻtadigan platforma: ytest.uz
�� Roʻyxatdan oʻtish va toʻlov (25 ming soʻm) oxirgi muddati 12-fevral 9:00.
�� Test boshlanish vaqti: 12-fevral 9:00 dan 23:00 oraligʻida istalgan vaqt.

Yong’oq platformasida (ytest.uz) ro’yxatdan o’tish, hisobni to’ldirish va testlarda ishtirok etish bo’yicha yo’riqnoma!

Ytest.uz saytiga tashrif buyuring va Kirish tugmasini bosing.
13.8K views 04:30

14-fevral kunidan boshlab my.dtm.uz sayti (“Milliy sertifikat” bo‘limi) orqali talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘ladi.

2023-yil 19-fevral (yakshanba) kuni barcha hududlarda matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkaziladi.

�� Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) asosida:

1️⃣-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da);
2️⃣-smenada 12:30 dan boshlab (test sinovi 14:00 da) kiritiladi.

13.3K views 13:37

MILLIY SERTIFIKAT pinned « ��12-fevral kuni ytest.uz saytida milliy sertifikat standartidagi diagnostika testlari boʻlib oʻtadi ��Fanlar: Matematika, Fizika, Kimyo, Biologiya, Ona tili va adabiyoti ��Savollar soni: 45 ta ��Savollar turi: ochiq va yopiq turdagi ��Ajratilgan vaqt: 2 soat… »

Ertaga navbatdagi tayyorgarlik testlari (milliy sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik) boʻlib oʻtadi

��Test formati spetsifikatsiya boʻyicha, xuddi namuna testlaridek, savollar kuchli mutaxassislar tomonidan tuzilgan boʻlib, ytest.uz platformasida boʻlib oʻtadi.

Fanlar:
�� MATEMATIKA (45 ta savol, 2.5 soat vaqt, maksimal 100 ball, ochiq va yopiq turdagi savollar)
�� FIZIKA (45 ta savol, 2.5 soat vaqt, maksimal 100 ball, ochiq, yopiq va yozma ish turidagi savollar)
�� BIOLOGIYA (45 ta savol, 2.5 soat vaqt, maksimal 100 ball, ochiq va yopiq turdagi savollar)
�� KIMYO (45 ta savol, 2.5 soat vaqt, maksimal 100 ball, ochiq va yopiq turdagi savollar)
�� ONA TILI VA ADABIYOTI (45 ta savol, 3 soat vaqt, maksimal 100 ball, ochiq va yopiq turdagi savollar)

Yong’oq platformasida (ytest.uz) ro’yxatdan o’tish, hisobni to’ldirish va testlarda ishtirok etish bo’yicha yo’riqnoma!

Ytest.uz saytiga tashrif buyuring va Kirish tugmasini bosing.
11.5K views edited 11:57

Soʻrovnoma: Ertaga ytest.uz saytida boʻlib oʻtadigan (diagnostika) testlarda qaysi fandan ishtirok etmoqchisiz!?

Anonymous Poll
Matematika
Ona tili va adabiyoti
Boshqa safar ishtirok etaman!
3.3K voters 11.2K views 12:00

Matematika va Biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari boshlanishiga 7 kun qoldi! (19-fevral)

Roʻyxatdan oʻtish 8-fevral kuni yakunlandi

Ruxsatnomani my.dtm.uz saytidan yuklab olish 14-fevral kunidan boshlanadi

10.9K views 14:49

Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash standartidagi diagnostik testlar boshlandi!

Yongʻoq platformasiga kirib (ytest.uz) Matematika, Fizika, Kimyo, Biologiya, Ona tili va adabiyoti fanlaridan milliy sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik (diagnostika) test topshiriqlarini bajarishingiz mumkin.

Eslatma❗️ Eslatma❗️Eslatma❗️

��Kun davomida oʻzingizga qulay boʻlgan istalgan bir vaqtda kirib (9:00 dan boshlab) test topshiriqlarini bajaring.

�� Bitta akkauntdan faqatgina bir kishi foydalanishi mumkin.

�� Test topshiriqlarini bajarish uchun faqatgina bir marotaba imkoniyat beriladi. Boshlash tugmasini bosganingizdan soʻng, testlarni oxirigacha tugatishingiz talab etiladi. 2-marta boshlash imkoniyati taqdim etilmaydi (oʻrniga Imtihon yakunlandi yozuvi chiqadi). (Muvaffaqiyatli testni yakunlasangiz, ushbu boʻlimda test yakunlandi yozuvi paydo boʻladi) Shuning uchun test topshiriqlarini bajarish uchun bir vaqtni tanlab, qogʻoz ruchkalarni tayyorlab, yaxshilab joylashib olib, soʻng boshlash tugmasini bosing.

�� Yopiq turdagi test topshiriqlari natijalari tugatish tugmasini bosishingiz bilan ekranda koʻrinadi. Ochiq turdagi test natijalari va umumiy ball maʼlum muddatdan soʻng saytdagi test natijalari qismida koʻrinadi.

10.5K views 04:02
Forwarded from YONGʻOQ

Shuningdek, bugun kun davomida Yongʻoq platformasida (ytest.uz) roʻyxatdan oʻtib, toʻlovni amalga oshirgan holda testlarda ishtirok etishingiz mumkin boʻladi. 23:00 ga qadar testlarni sotib olib, unda ishtirok etish imkoniyatiga egasiz.

Kanalimiz mavzusi Milliy sertifikatlarga oid sizni qiziqtirgan yoki javobini topa olmayotgan savollaringiz, taklif yoki mulohazalaringiz boʻlsa, bizga joʻnatishingiz mumkin. Qoʻldan kelgancha javob berishga harakat qilamiz!
Savollaringizni bugun soat 20:40 dan ertaga 16:00 ga qadar @ms_adminn ga yuboring.
Barchani savoliga albatta, javob beramiz. Umumiy javoblar posti ertaga 16:00 dan soʻng @milliy_sertifikat kanalimizda eʼlon qilinadi! Bizni kuzatishda davom eting!

Assalomu alaykum !
Savollarga javoblar (1-qism)

#1
⁉️Savol: Men matematikadan milliy sertifikatga topshirgan edim. Lekin 18 19 fevral kuni xalqaro saralashning fizika olimpiadasi ham qo‘yilibdi.
Men milliy sertifikat uchun Qashqadaryo viloyatidan ro‘yxatdan o‘tganman lekin xalqaro olimpiada Toshkentda bo‘ladi. Endi men DTMga xalqaro olimpiada tufayli milliy sertifikatga topshira olmasligim haqida ariza bersam qondiriladimi? Pullarimni to‘liq qaytarib olamanmi
‼️ Javob: Nizom boʻyicha imtihonlar boshlanishidan kamida 3 kun oldin Davlat test markaziga yozma yoki elektron shaklda ariza qoldirishingiz mumkin. Pulingiz toʻliq qaytariladi yoki navbatdagi sanaga imtihon qoʻyib beriladi.

#2
⁉️Savol: Sertifikat haqida savolim bor edi
2 ta oʻzini spes fanidan sertifikat olsa majburiy fanlar di ham balini qoʻyib beriladimi yoki yoʻqmi.
‼️ Javob: Milliy sertifikat fan doirasida asosiy fanlarga ham, majburiy fanlarga ham ball taqdim etadi. Majburiy faningiz milliy sertifikat faniningiz bilan bir xil boʻlishi kerak. Hamma majburiy fandan birdek ozod boʻlmaysiz.

#3
⁉️Savol: Assalomu alaykum sertifkatda ososan qaysi kitoblardan tushadi savollar
‼️ Javob: Har bir fan boʻyicha test tafsilotlari ishlab chiqilgan. U yerda barchasi haqida batafsil maʼlumot berilgan. Quyidagi link orqali ushbu tafsilotlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin: https://dtm.uz/page/fanlar

#4
⁉️Savol: 1.Milliy sertifikat imtihonini necha marotaba topshirish mumkin.
2.Bu sertifikat muddati necha yil
‼️ Javob: Har 2 oyda bir marotaba. Yil davomida kamida 2 marotaba. Sertifkat amal qilish muddati 3 yil.

#5
⁉️Savol: Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat olish uchun qacon ruyhatdan o’tish bowlanadi.
‼️ Javob: Bu haqida aniq maʼlumot yoʻq. Har 2 oyda bir marotaba va OTM kirish imtihonlarigacha kamida 2 marotaba test tashkil qilinishi rejalashtirilgan. 29-yanvarda bu yil hisobidan birinchi imtihonlar boʻlib oʻtdi. Navbatdagi imtihonlar katta ehtimol bilan aprel-may oylarida tashkil qilinsa kerak.

#6
⁉️Savol: Assalomu alaykum! Turk tilidan milliy sertifikatga imtixonlar sanasi e’lon qilindimi yoki keyingi imtixonlar qachonga rejalashtirilgan?
‼️ Javob: Turk tilidan sertifikat imtihonlari 5-mart (roʻyxatdan oʻtish oxirgi kuni 19-fevral) va 7-may (21-aprel) kunlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

#7
⁉️Savol: Men rus tilidan milliy sertifikat test sinoviga qatnashmoqchi edim keyingisi mart oyining qaysi sanasida boladi aniq javob aytolasizmi
‼️ Javob: Milliy sertifikat imtihon kunlari haqida maʼlumot yoʻq. Imtihon sanalari kamida 20-25 kun oldin eʼlon qilinadi

#8
⁉️Savol: Milliy sertifikatdan necha ball olsa o’qituvchilarni ustama beriladi?
‼️ Javob: 80 va undan yuqori ball.

#9
⁉️Savol: Matematikadan milliy sertifikatga topshirmoqchiydim , savollarni qiyinlik darajasi qanday ? Uzi 86 foizdan yuqori olgan o’quvchilar bormi ? Shu yil bo’yicha qancha odam 86 %dan yuqori ballni qo’lga kiritgan ?
‼️ Javob: Savollar oʻrta darajadan qiyinroq shaklda taqdim etilmoqda. 86% dan yuqori natija koʻrsatgan nomzodlar statistikasi sobiq Davlat test markazi tomonidan jamoatchilikka ochiqlanmadi.

#10
⁉️Savol: Pedagog xodimlar milliy sertifikat imtihonida qatnashib, 60% natija qayd qilsalar, 20%li ustama qo’shiladigan sertifikat beriladi deb eshitgandim. Ammo endilikda 80% natija qayd etlsa deyilyapti.
‼️ Javob: Sertifkat imtihonida 60% dan yuqori ball toʻplagan ishtirokchilar sertifikatga ega boʻladi, 80% dan yuqori toʻplagan taqdirda imtiyozli (ustamali) sertifkatga ega boʻladi.

#11
⁉️Savol: Multilevel сертификати бойича саволим бор еди
Имтихонда speaking болими шу йил хам компьютерда боляптими?
‼️ Javob: Multilevel imtihonlari gapirish qismi oʻtgan yildagi kabi kompyuter orqali masofaviy tarzda olinadi.

#12
⁉️Savol: Agar birorta abiturent 1 ta fandan 86 foizdan yuqori foizli sertifikat olsa davlat imtihoni vaqtidan qancha vaqti kesib tashlanadi?
‼️ Javob: Sertifkat olingan fan uchun ajratilgan toʻliq vaqt ayriladi. Yaʼni ushbu abituriyentga qolgan abituriyentlardan 1 soat kam vaqt beriladi.

14.4K views 21:11

Assalomu alaykum !
Savollarga javoblar (2-qism)

#13
⁉️Savol: 29- январда миллий сертификат учун она ТИЛИ фанидан ўтказилган тестнинг натижалари қачон эълон қилинади?
Жавоб учун олдиндан раҳмат!
‼️ Javob: Nizom boʻyicha , test sinovlari natijalari ular yakunlangan kundan boshlab yigirma ish kunidan kechikmay Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Demak, natijalar 24-fevral kuniga qadar eʼlon qilinishi kerak.

#14
⁉️Savol: Ona tilidan milliy sertifikatga olinadigan imtihon kunlari qachon
‼️Javob: Bu haqida aniq maʼlumot yoʻq. Har 2 oyda bir marotaba va OTM kirish imtihonlarigacha kamida 2 marotaba test tashkil qilinishi rejalashtirilgan. 29-yanvarda bu yil hisobidan birinchi imtihonlar boʻlib oʻtdi. Navbatdagi imtihonlar katta ehtimol bilan aprel-may oylarida tashkil qilinsa kerak.

#15
⁉️Savol: Assalomu alaykum. Xayrli oqshom! O’zbek tili va adaboyotidan milliy sertifikat olish uchun imtihonda Buxoro viloyatidan qatnashgandim.
Men ochiq testlarning javobini yozma harflarda yozib to’ldirgandim. Keyin eshitsam Toshkentdagi imtihon oluvchilar qatnashchilarga javoblarni bosma katta harflarda yozish kerakligini aytishgan ekan. Bizga esa aytilmadi. Men va atrofimdagilar ham yozma to’ldirdik. Endi javoblarimiz qanday tekshiriladi?
‼️ Javob: Tushunarli boʻlgan boʻlsa boʻldi, yozma yoki bosma degan gap yoʻq.

#16
⁉️Savol: Agar milliy sertifikat testlariga qatnasha olmasa qilingan to’lov kuyadimi
‼️Javob: Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok eta olmagan ishtirokchilar toʻlov taqdiri haqida bu postda batafsil maʼlumot berilgan: https://t.me/milliy_sertifikat/5540

#17
⁉️Savol: Men bugun 14:00 dagi yozma imtihonga taksi yoʻlda avarinni boʻlganligi sababli 14:20 da kech qolib bordim, ammo shuncha iltimos va tushuntirishimga qaramasdan nazoratchilar meni imtihonga kiritmadilar ��
Ishsizman 4 ta yosh bolalarim bor imtihon uchun toʻlovni ham birovdan qarz olib qilgandim
Qanchadan beri qiyinchilikda mehnat qilib tayyorlanib borgandim.
Sizlardan iltimos qilaman oʻsha qilgan toʻlov pulimni mart oyidagi roʻyxatga oʻtazib beringlar menda bugungi boʻlgan ogʻir vaziyatimni tushuninglar sizlardan judayam qattiq iltimos
‼️Javob: Nizom boʻyicha, imtihonlar boshlangan kundan boshlab 5 kun mobaynida davlat test markaziga ariza topshirishingiz talab etiladi. Uzrli sabablarga koʻra, testlarda ishtirok etmagan nomzodlar toʻlagan puli toʻliq qaytariladi yoki navbatdagi imtihonlarda qatnashish imkoniyatini saqlab qoladi. (Sabab uzrli ekanligini biror bir shaklda tasdiqlab, isbotlab berishingiz kerak)

#18
⁉️Savol: Kimyodan yana qachon test boʻlib oʻtadimi
‼️Javob: Milliy sertifikat imtihonlari har 2 oyda bir va kirish imtihonlarigacha kamida 2 marotaba tashkil etilishi rejalashtirilgan. Tez orada kimyo fanidan imtihonlarga start berilsa kerak.

#19
⁉️Savol: Assalomu alaykum mening savolim shuki ona tili fanidan milliy sertifikat imtihonining ikkinchisi qachon utkaziladi va roʻyxatga olish qachon boshlanadi
‼️Javob: Katta ehtimollar bilan aprel oyida boʻlib oʻtsa kerak.

#20
⁉️Savol: Namangandanman imtihon joyini bilmayabman matematikadan boraman
‼️Javob: 14-fevral kunidan boshlab my.dtm.uz saytida imtihon ruxsatnomasini yuklab olishingiz mumkin boʻladi. Ushbu ruxsatnomanda barcha kerakli maʼlumotlar yozilgan boʻladi.

#21
⁉️Savol: Assalomu alaykum meni bitta savolim bor edi bu yilda tarixdan milliy sertifikat bo’ladimi
Ovozli chatda bu yil chiqarish rejamiz bor degandi.
‼️Javob: Aniq maʼlumot yoʻq. Lekin qarorda 2022-2024 yillar davomida fizika, geografiya va tarix fanlaridan milliy sertifikat tizimi joriy etilishi belgilangan. Fizika joriy etildi. Navbat tarix va geografiyaga.

#22
⁉️Savol: Men milliy sertifikat Biologiya fanidan yana qachon bo’lishini bilmoqchi edim
Har 2 oyda deb eshitgandim shu qanchalik rost
‼️Javob: Har 2 oyda bir va yil davomida kamida 2 marotaba. Katta ehtimol bilan mart va may-iyun oylarida Biologiya fanidan milliy sertifikat imtihonlari tashkil qilinadi.

MILLIY SERTIFIKAT

⁉️Savol. Assalomu alaykum! Savolim bor edi. Men dekabr oyida o’tkaziladigan imtihonga to’lov qildim 450min so’m lekin ba’zi sabablarga ko’ra(sog’ligim yuzasidan) testga bora olmadim. Pulimni qaytarib olsam bo’ladimi? Yoki menga tayyorlangan testni qanday…