Press "Enter" to skip to content

Ingliz tili grammatikasi audio

4
She lives in London.
U Londonda yashaydi.
He is working in the library.
U kutubxonada ishlayapti .
They were invited to the concert.
Ular konsertga taklif qilinishdi.
My sister was here in the morning.
Mening opam ertalab shu yerda edi.
Buyruq maylidagi fe’llar ham fe’lning shaxsi ma’lum shakliga kiradi,
chunki u gapda tushirib qoldirilayotgan ega you ning kesimidir:
Close the window, please.
2. Fe’lning shaxsi noma’lum shakliga — infi nitiv (the Infi nitive) hara-
kat nomi, gerund (the Gerund) va sifatdosh (the Participle) kiradi. Ularda
shaxs, son va mayl yo‘q va ular gapda mustaqil ravishda kesim bo‘lib kela
olmaydi:
I have come here to speak to you
(infi nitiv gapda maqsad holi).
Men bu yerga siz bilan gaplash-
gani keldim.
We discussed different methods
of teaching foreign languages
(gerund aniqlovchi).
Biz xorijiy tillarni o‘qitishning tur-
li uslublarini muhokama qildik.
The book lying on the table belongs
to Mr. A. (aniqlovchi).
Stol ustida yotgan kitob Mr. A.ga
qarashli.
Fe’lning asosiy shakllari
Ingliz tilida fe’lning uchta asosiy shakli bor: infi nitiv (the Infi nitive),
oddiy o‘tgan zamondagi shakli (Simple Past) va o‘tgan zamon sifatdoshi
shakli (Past Participle). Ular barcha zamon shakllarini yasashda ishla-
tiladi.
To‘g‘ri va noto‘g‘ri fe’llar
1. Fe’llar oddiy o‘tgan zamon (Simple Past) va o‘tgan zamon sifat-
dosh (Past Participle) shakllarining yasalishiga qarab togri va notogri
fe’llarga bo‘linadi.
2. To‘g‘ri fe’llarning Simple Past va Past Participle shakllari fe’l o‘za-
giga -ed qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasaladi.
Infi nitive
Simple Past
Past Participle
to open
to work
to expect
opened
worked
expected
opened
worked
expected

Ingliz tilini dars qilmasdan o’rganish usuli – 1-qism

Ingliz tilini o’rganish hozirda ancha ommalashib ketgani hech kimga sir emas. Ayniqsa tezroq til o’rganib, o’qishga kiraman yoki IELTS topshiraman, degan abituriyentlarga qiyin. Hamma shoshgan, uxlashga, ovqatlanishga vaqt yo’q, ko’ngilochar mashg’ulotlar haqida esa gap ham bo’lishi mumkin emas – oldin dars qilish kerak, bu dars esa tugamaydi. Boshlang’ich darajadan taxminan IELTS 7 darajasigacha ko’tarilish uchun ko’p hollarda kamida 1-2 yil vaqt ketadi. Bunda ham albatta har kuni til bilan soatlab shug’ullanish kerak. Agar o’quvchi tilga o’zi qiziqsa buning muammoli yeri yo’q albatta, lekin juda ko’p dars qilaverish odamni charchatib yuborishi ko’p uchraydi. Dars qilmasdan tilni o’rganib bo’larmidi? Lekin til o’rganish jarayonini shunday tashkillashtirish mumkinki, natijada til o’rganuvchi hech qachon “dars” qilmay turib tilni yaxshi o’rganishi va tildan ruhan bezib ketishining oldi olinishi mumkin. Qanday qilib, deysizmi? Ushbu maqola shu haqida.

Dars o’zi nima?

Dars – bu o’quvchi hayotidagi qandaydir maxsus mashg’ulot, qandaydir “majburiyat” va u shunday narsaki – uni qilishni xohlash-xohlamasligingiz bilan hisoblashilmaydi. Dars uchun qandaydir maxsus vaqt ajratilishi va bu vaqt ichida diqqatni mashg’ulotga jamlash kerak. Dars – har kunlik boshqa mashg’ulotlardan ajralib turadigan qandaydir alohida mashg’ulot. Darsda nimadir o’rganiladi va siz shu jarayonni – ya’ni, nimanidir o’rganayotganingiz va shuni qilish kerak ekanligini aniq bilib turasiz. Xayolingiz har yerlarda daydib yursa ham, boshqa nimalardir qilgingiz kelsa ham dars mavzusi qandaydir plastik qoplamaning ishlashi haqidagi matn bo’lsa, shu matnga tarqoq hayollarni sudrab kelib, diqqatni jamlashga majbursiz. Ana shu dars. Har holda ko’pchilik darsni shunday tushunadi (ularning miyalari ham). Dars qilishni har 10 o’quvchidan taxminan 5 tasi “maroqli” deb umuman hisoblamaydi, qolgan 3 tasiga unchalik farqi yo’q. Ayniqsa abituriyentlar ichida har o’ntadan bir yoki ikki o’rganuvchigina darsni qilish kerak ekani uchun emas, qilgisi kelgani uchun bajaradi.

Ongosti va ong olishuvi

Insonning “mind” deb umumlashtirib aytiladigan miyasining “consciousness” (ong) va “subconsciousness” (ongosti) qismlari haqida eshitganmisiz? Eshitmagan bo’lsangiz, o’qib oling: inson ongi chavandoz bo’lsa, ongosti bu otdir. Agar ong kema bo’lsa, ongosti bu shamoldir. Ilmiy izoh bilan boshimizni qotirish shart emas. Odatda ongosti insonning asl “men”i hisoblanib, o’zi bilgan va bilmagan barcha qarash va xohishlari shu ongosti qismda to’planadi. Ongosti aslida nima xohlashingizdir. Ong esa aql bilan yo’naltirib, dasturlab, o’zgartirib turiladigan qism. Unga buyruq berish mumkin, lekin har qanday buyruqni har doim ”ongosti” bajaradi.

Agar ongosti, ya’ni sizning ich-ichingizdagi xohishingiz bilan “aql”ga buyurilayotgan nimadir mos kelmasa, bu shunchaki oti yurmagach manzilga yetolmayotgan chavandoz yoki g’arbga suzishga urinsa ham shamol sharqqa qarab uchirib ketayotgan kemaning o’zi. Insonning “xohlayman”i bilan “kerak”i o’rtasidagi bu aloqani yaxshi tushunib olgan odamga hayotdagi barcha hodisalarning nega aynan shunday ekanini tushunish ancha osonlashadi. Shuning uchun ham uxlagisi kelayotgan vaqtda (uyquni “xohlayotgan” o’quvchi”) o’qigan matn ko’p hollarda yetarli darajada eslab qolinmaydi. Shuning uchun ham o’zingiz qilgingiz kelmagan ishni qilishga majbur bo’lsangiz unchalik yaxshi bajarolmaysiz. Albatta insonning irodasi degan tushuncha ham mavjud, shuning uchun chavandoz va kema ot va shamolga biroz qarshilik o’tkazib, xohlagan natijasiga ko’pincha erisha oladi. Lekin baribir natija buziladi: ko’p mehnat, kuch va vaqt ketganidan tashqari, jarayon o’ta yoqimsiz kechadi.

Ong va ongostining jangini tasavvur qiling: o’qishni xohlamayotganingizda aql o’qishga harakat qilavergach, ikkalasining aytgani ham bo’ladi: o’qiysiz, taxminan 40-60% qismi esdan chiqadi yoki bo’lishi mumkin eng mukammal natijadan bir necha barobar past natija olinadi. Shunchaki, “kerak” qism sodir bo’lsa ham, “bormayman” o’z ta’sirini ko’rsatadi: borasiz, lekin kech borasiz. Ish qilasiz, lekin sifatsiz qilasiz. O’qiysiz, lekin yaxshi o’qimaysiz. Va asosiy mavzu: dars qilasiz, lekin to’liq o’rganmaysiz. Iroda kuchi bilan o’zingizni azoblayverishdan olinadigan foyda shunchaki o’sha ot yoki shamol bilan kelishib olishdan keladigan foydaga hech qanaqasiga tenglasha olmaydi. O’z aqli va xohishi o’rtasida uyg’unlikka erishgan insonlar dunyoda kam, borlari esa eng baxtli insonlardir. Chunki hissiyotlar inson nima xohlashi va shunga erishishdan kelib chiqadi, baxt esa eng aziz hissiyotdir – demak shunchaki ich-ichidan xohlayotgan narsasini qilayotgan inson shuning uchun ham baxtlidir. Xohlagan ishingizni bajarish uchun bahona ham kerak emas: soatlab televizor ko’rsangiz ham uyqu kelmaydi, soatlab musiqa eshitsangiz charchamaysiz, hobbingiz bilan shug’ullanganda ham deyarli hech qachon zerikmaysiz. Agar inson o’z mashg’ulotlarini yetarli darajada kuzatsa bir narsaga amin bo’ladi: o’zi xohlagan narsalarni qilishga doim ko’proq vaqt sarflanadi (ayniqsa yoshlar misolida) va ish bajaruvchi buni deyarli sezmaydi. Bizga yoqqan ishlarni qilish malol kelmaydi, shu sabab majburlash, erinish, orqaga surish, kayfiyat buzilishi, norozilik va natijani kutib shoshilaverish kabi yoqimsiz hissiyotlarga sabab bo’luvchi holatlar ham bo’lmaydi. Har kuni baribir uxlaymiz, televizor ko’ramiz, ovqat pishiramiz, agar bularni bajarishda muammolar paydo bo’lsa, og’rinmay ularni bartaraf etaveramiz. “Kerak” va “xohlayman” birga ishlagan vaqt siz buni sezmaysiz ham, shunchaki nimanidir qilasiz – tamom. Bajarish jarayoni esa maroqli bo’ladi.

“Kerak” va “Xohlayman”ning til o’rganishga ta’siri va ulardan qanday foydalanish kerak

Til o’rganish aslida nisbatan oson jarayon, chunki til o’z-o’zidan mavjud bo’la olmaydi. Til doim nimalar uchundir vositachilik qiladi. Shuning uchun ham til o’rganish jarayonini turli mashg’ulotlar bilan uyg’unlashtirish mumkin. Inson chindan xohlab o’rganayotgan bo’lsa, nutq ancha tez rivojlanadi. Ingliz tili grammatikasi va so’zlarni talaffuz qilishni o’rganish ko’pchilik uchun maroqli yoki qiziq mashg’ulot emas, gaplarni qayta-qayta tuzaverish ham ancha zerikarli. Lekin agar til o’rganishni biror qiziqarli mashg’ulot asnosida qilsangiz, bu butun til o’rganish jarayonini o’zgartirib yuborishi mumkin. Til o’rganish “vaqtbay” emas, “ishbay” jarayondir. Tilni o’zlashtirish va qo’llay bilish darajasigacha yetish darsga qatnalgan umumiy yillar yoki oylar soni bilan erishilmaydi.

Til o’rganish jarayonida bilimni ko’nikma darajasigacha chuqur o’zlashtirish va “miyada ko’p o’ylamay” gap tuzaverish tezligiga yetishni tepalikka qaratib purkalayotgan suvga o’xshatish kerak. Har kuni 3 soat davomida suv sepilib, keyin bosim o’chirilsa, suv orqaga qaytib tushaveradi. Gap shu suvning qaytib tushishiga yo’l qo’ymaslikda. Har hafta yoki kun ma’lum vaqt davomida ingliz tilida gap tuzishni mashq qilish shu suvni purkash bo’lsa, “dars o’tilmayotgan” vaqtda baribir ona tilida gapirish, yozish va o’ylashda davom etish bosimni o’chirib qo’yishga tengdir. Shuning uchun ham “dars” tushunchasidan kamroq foydalanish, o’rganish jarayoniga nisbatan esa ancha ijobiy va sog’lom tasavvur hosil qilish kerak. Qisqa qilib aytganda, butun hayotingizdagi barcha mashg’ulotlar tilini ingliz tiliga o’girib qo’ymaguningizcha o’rganishning haqiqiy tezligini ko’rolmaysiz.

Keyingi maqolada dars jarayonini aynan qanday qilib qiziqarli mashg’ulotga aylantirish mumkin ekanligi haqida so’z boradi. Biz bilan bo’ling!

Ingliz tili grammatikasi

2
TA Q R I Z C H I L A R :
I. Ibragimxo‘jayev
— TDIU 2-son chet tillari kafedrasi mudiri.
Sh. Oripov
— Toshkent sh., xorijiy tillar litseyi direktori.
R. Qiyomov
— Qarshi Davlat universiteti ingliz tili leksikasi va gram-
matikasi kafedrasi mudiri, dotsent.
G‘apporov M.
Ingliz tili grammatikasi. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari
uchun o‘quv qo‘llanma / M. G‘apporov; O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, O‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limini rivojlantirish in-ti. – T.: «Turon-Iqbol» nashriyoti, 2010 – 336 b.
I. Qosimova, Robiya.
BBK 81.2 Angl-2
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy fi lologiya, huquqshunoslik, sharq tillari, iqti sod
yo‘nalishlarida ta’lim beruvchi akademik litseylari o‘quvchilariga mo‘ljallangan maz
kur
«Ingliz tili grammatikasi» qo‘llanmasi hozirgi zamon Buyuk Britaniya, AQSH, Rossiya va
O‘z bekiston olimlarining tajribalaridan keng foydalanib yaratilgan.
Qo‘llanmadan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilaridan tashqari ingliz tilini
mustaqil o‘rganuvchilar, oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishga tayyorgarlik ko‘rayotganlar
va hatto oliy o‘quv yurtlarining talabalari ham unumli foydalanishlari mum kin.

© «TURON-IQBOL» nashriyoti, 2006-y.
© «TURON-IQBOL» nashriyoti, 2010-y.
81.2 Angl-2
G‘22
ISBN 978-9943-14-097-4

3
FE’L (THE VERB)
Umumiy ma’lumotlar
Shaxs yoki narsaning harakati yoki holatini ifodalovchi so‘zlar fe’l
deyiladi.

1. Fe’llar sodda, yasama va qo‘shma bo‘ladi:
a) sodda fe’llar tarkibida qo‘shimcha yoki old qo‘shimcha bo‘l-
maydi;
b) yasama fe’llarning qo‘shimchasi yoki old qo‘shimchasi bo‘ladi:
-en: to widen — kengaytirmoq
to strengthen — kuchaytirmoq
-fy: to simplify — sod dalashtir moq
to signify — ifodalamoq, bil dir moq
-ize: to mobilize — jalb qilmoq
to organize — tashkil qilmoq
-ate: to demonstrate — namo yish
qilmoq
un-: to unload — yukni tushirmoq
to untie — yechmoq
re-: to resell — qayta sotmoq
to disappear — g‘oyib bo‘lmoq
to separate — ajratmoq
dis-: to disarm — qurol sizlantir moq
c) Qoshma fe’llar ikki so‘zdan yasaladi:
to whitewash — oqlamoq
to broadcast — radioda eshi

Eng keng tarqalgan qo‘shma fe’llar: fe’l + ravish
to come in — kirmoq
to take off — yechmoq
to go on — davom ettirmoq.
Fe’lning shaxsi ma’lum va shaxsi noma’lum shakllari
(Finite and non-fi nite forms of the verb)
Fe’lning shaxsi ma’lum ( Finite Forms), shaxsi noma’lum (Non- Finite
forms or Verbals) shakllari bor.
1. Fe’lning shaxsi ma’lum shakllari shaxs, son, mayl, zamon, nisbatni
ifodalaydi. Ular gapda doimo yakka o‘zi kesim bo‘lib keladi:

4
She lives in London.
U Londonda yashaydi.
He is working in the library.
U kutubxonada ishlayapti .
They were invited to the concert.
Ular konsertga taklif qilinishdi.
My sister was here in the morning.
Mening opam ertalab shu yerda edi.
Buyruq maylidagi fe’llar ham fe’lning shaxsi ma’lum shakliga kiradi,
chunki u gapda tushirib qoldirilayotgan ega you ning kesimidir:
Close the window, please.
2. Fe’lning shaxsi noma’lum shakliga — infi nitiv (the Infi nitive) hara-
kat nomi, gerund (the Gerund) va sifatdosh (the Participle) kiradi. Ularda
shaxs, son va mayl yo‘q va ular gapda mustaqil ravishda kesim bo‘lib kela
olmaydi:
I have come here to speak to you
(infi nitiv gapda maqsad holi).
Men bu yerga siz bilan gaplash-
gani keldim.
We discussed different methods
of teaching foreign languages
(gerund aniqlovchi).
Biz xorijiy tillarni o‘qitishning tur-
li uslublarini muhokama qildik.
The book lying on the table belongs
to Mr. A. (aniqlovchi).
Stol ustida yotgan kitob Mr. A.ga
qarashli.
Fe’lning asosiy shakllari
Ingliz tilida fe’lning uchta asosiy shakli bor: infi nitiv (the Infi nitive),
oddiy o‘tgan zamondagi shakli (Simple Past) va o‘tgan zamon sifatdoshi
shakli (Past Participle). Ular barcha zamon shakllarini yasashda ishla-
tiladi.
To‘g‘ri va noto‘g‘ri fe’llar
1. Fe’llar oddiy o‘tgan zamon (Simple Past) va o‘tgan zamon sifat-
dosh (Past Participle) shakllarining yasalishiga qarab togri va notogri
fe’llarga bo‘linadi.
2. To‘g‘ri fe’llarning Simple Past va Past Participle shakllari fe’l o‘za-
giga -ed qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasaladi.
Infi nitive
Simple Past
Past Participle
to open
to work
to expect
opened
worked
expected
opened
worked
expected

3. Simple Past va Past Participle shakllari -ed qo‘shimchasini qo‘sh masdan,
turli yo‘llar bilan yasaladigan fe’llar notogri fe’llar deyiladi. Noto‘g‘ri

5
fe’llarning o‘tgan zamon va o‘tgan zamon sifatdoshi shakllarini biz darsliklardagi
maxsus jadvallardan yoki lug‘atdan o‘rganamiz.
Jadvaldagi fe’lning ikkinchi shakli Simple Past shakli, uchinchi shakli
esa Past Participle shaklidir.
Lug‘atlarda esa noto‘g‘ri fe’llarning Simple Past va Past Participle
shakllari fe’lning asosiy shakli va o‘qilishidan keyin kichik qavs ( ) ichida
berilgan bo‘ladi. Kichik qavs ichidagi birinchi shakl fe’lning Simple Past
shakli, ikkinchi shakl esa fe’lning Past Participle shaklidir. Agar kichik qavs
ichida faqat bitta shakl berilgan bo‘lsa, shu bitta shakl ham Simple Past uchun,
ham Past Participle uchun ishlatiladi:
go [gou] 1. v (went; gone) 1) bormoq
send [send] 1. v (sent) 1) jo‘natmoq.
FE’L TURLARI
1. Ma’nosiga va gapdagi vazifasiga ko‘ra fe’llar quyidagi turlarga
bo‘ linadi: asosiy fe’llar, yordamchi fe’llar, bog‘lovchi fe’llar va modal
fe’llar.
2. Asosiy fe’llar (Notional Verbs) mustaqil ma’noga ega bo‘lib, gapda
yakka o‘zi sodda kesim bo‘lib keladi:
He speaks French.
U fransuzcha gapiradi.
They returned yesterday.
Ular kecha qaytib kelishdi.

3. Yordamchi fe’llar (Auxilliary Verbs) mustaqil ma’noga ega bo‘l-
masdan, fe’lning murakkab shakllarini yasashda yordam beradi. Ular-
ga quyidagi fe’llar kiradi: to be, to have, to do, shall (should), will
(would):
She is working in the garden.
U bog‘da ishlayapti.
I have read the book.
Men kitobni o‘qib chiqdim.
I do not know it.
Men buni bilmayman.
He will speak to his friend.
U do‘sti bilan gaplashadi.
4. Bog‘lovchi fe’llar (Link Verbs) ot-kesim yasashda bog‘lovchi bo‘lib
keladi. Eng ko‘p ishlatiladigan bog‘lovchi fe’l to be fe’lidir:
He is an engineer.
U — muhandis.
The box was heavy.
Quti og‘ir edi.
5. Modal fe’llar (Modal Verbs) fe’lning asosiy shakli (infi nitive) bi-
lan birga keladi va asosiy fe’l ifodalagan ish-harakatning sodir bo‘lish im-
koniyatini, ehtimolligini, zaruratini, xohishni bildiradi. Ularga can, may,
must, ought to, need kiradi. Modal fe’llar fe’lning asosiy shakli bilan gap-
da qo‘shma fe’l-kesim bo‘lib keladi:

6
He can read German.
U nemischa o‘qiy oladi.
I must do it at once.
Men buni zudlik bilan qilishim
kerak.
You may come soon.
Siz tezda kelishingiz mumkin.
You ought to help him.
Siz unga yordam berishingiz kerak.
You needn’t go there.
Siz u yerga bormasangiz ham bo‘-
ladi.
Yordamchi fe’llar (Auxiliary verbs)
Umumiy ma’lumotlar
1. To be, to have, to do, shall (should), will (would) fe’llari yordam-
chi (Auxiliary Verbs) fe’llar deyiladi, chunki ular yordamida fe’lning turli
murakkab shakllari yasaladi. Yuqoridagi fe’llar Simple Present va Sim ple
Past zamonlarining bo‘lishli shaklidan tashqari barcha fe’l zamonlarini
yasashda ishlatiladi. Yordamchi fe’llarning mustaqil ma’nosi bo‘lmaydi,
ma’noni ular bilan birga kelgan asosiy fe’llar beradi. Ular zamonni, shaxsni,
sonni, nisbatni va boshqalarni ifodalashda ishlatiladi:
I am reading. Men
o‘qiyapman.
They have come. Ular
kelishdi.
Do you speak English?
Siz inglizcha gapirasizmi?
He will return soon.
U tezda qaytadi.
2. Ba’zan to be, to have, shall (should), will (would) fe’llari modal fe’l
ma’nosida kelib zaruratni, istakni, niyatni ifodalaydi.
3. Ba’zan to be bo‘lmoq, to have ega bo‘lmoq, to do qilmoq fe’lla ri
ma’nosida asosiy fe’l bo‘lib ham keladi.
TO BE FE’LI
1. Boshqa fe’llardan farq qilib to be fe’lining Simple Presentda 1-shaxs
birlikda, 3-shaxs birlikda va ko‘plikda alohida-alohida shakllari mav jud: I
am, he (she, it) is, we (you, they) are.
2. To be fe’lining Simple Past zamonda birlik va ko‘plik uchun alohida
shakllari mavjud: I (he, she, it) was, we (you, they) were.
3. Bo‘lishsiz gaplar yasashda to be fe’lining tegishli shaklidan keyin not
inkor yuklamasi qo‘yiladi: I am not, I was not.
4. So‘roq gaplar yasashda to be fe’lining shakli egadan oldinga o‘tka-
ziladi: Am I? Was I?

7
5. To be fe’li faqat ikkita davom zamonda ishlatiladi: Present Continuous
va Past Continuousda va asosan majhul nisbatda: I am being invited, I was
being invited.
6. To be fe’li Perfect Continuous zamonlarida ishlatilmaydi.
7. To be fe’lining bo‘lishsiz buyruq shakli umumiy qoidaga asosan, uning
oldiga do not (don’t)ni qo‘yish bilan yasaladi:
Don’t be angry.
Achchig‘ingiz kelmasin.
Don’t be late.
Kechikmang.
8. Og‘zaki nutqda Simple Presentning bo‘lishli shaklida odatda quyidagi
qisqartirmalar yuz beradi:
I am =I’m
We are = we’re
you are = you’re
You are = you’re
He is =he’s
She is = she’s
It is = it’s
They are = they’re
Simple Present va Simple Past zamonlarda quyidagi qisqartirishlar yuz
beradi:
I am not = I’m not
He is not = he’s not yoki he isn’t
She is not = she’s not yoki she isn’t
It is not = it’s not yoki it isn’t
We are not = we’re not yoki we aren’t
You are not = you’re not yoki you aren’t
They are not = they’re not yoki they aren’t
I (he, she, it) was not = I (he, she, it) wasn’t
We (you, they) were not = we(you, they) weren’t
9. To be fe’li yordamchi fe’l bo‘lib keladi:
a) Hozirgi zamon sifatdoshi (Present Participle) bilan birga kelib bar-
cha davom (Continuous va Perfect Continuous) zamonlarni yasashda ish-
latiladi:
I am writing a letter.
Men xat yozyapman.
She was doing her lessons at fi ve.
U soat beshda darslarini qila-
yotgan edi.
I shall be working at three
o’clock.
Men soat uchda ishlayotgan bo‘-
laman.
It has been raining since mor ning.
Ertalabdan buyon yomg‘ir yog‘-
yapti.
b) O‘tgan zamon sifatdoshi (Past Participle) bilan birga kelib majhul
nisbatning barcha zamonlarini yasaydi:

8
He is often invited there.
Uni u yerga tez-tez taklif qili-
shadi.
He was asked a diffi cult question.
Undan qiyin savol so‘rashdi.
The translation will be fi nished to-
morrow.
Tarjima ertaga tamom qilinadi.
10. To be fe’li ot-kesimlarda bog‘lovchi bo‘lib keladi va -dir, edi, bo‘-
ladi deb tarjima qilinadi. O‘zbek tilida hozirgi zamonda ko‘pincha tu shib
qoladi:
He is an engineer.
U — muhandis.
He is the best student in the fi rst
course.
U birinchi kursda eng yaxshi ta-
laba.
The story was interesting.
Hikoya qiziq edi.
She will be a teacher next year.
U kelasi yili o‘qituvchi bo‘ladi.
The task of our representatives was
to ship the goods immediately.
Vakillarimizning vazifasi mollarni
zudlik bilan yuklash edi.
1. To be fe’li asosiy fe’l bo‘lib keladi va bo‘lmoq, joylashmoq ma’nosini
beradi:
He is at the Institute now.
U hozir institutda.
She was in Samarkand during
the summer.
U yozda Samarqandda edi.
I shall be at home tonight.
Men bu oqshom uyda bo‘laman.
Hozirgi zamon bo‘lishsiz shaklda to be fe’li emas deb tarjima qili nadi:
He isn’t at home.
U uyda emas.
They are not in London.
Ular Londonda emas.
2. To be fe’li asosiy fe’lning to yuklamasi bilan kelgan shakli bilan
kelib modallashadi va oldindan kelishilgan yoki rejalashtirilgan zaruratni
ifodalaydi:
am
is
are + to + V
was
were
Bu yerda: V = fe’lning asosiy shakli.
To bening hozirgi zamondagi shakllari am, is, are kerak deb tarjima
qilinadi va hozirgi yoki kelasi zamondagi zaruratni ifodalaydi:
They are to begin this work at
once.
Ular bu ishni darhol boshlashlari
kerak.
He is to come here tomorrow.
U bu yerga ertaga kelishi kerak.

9
To bening o‘tgan zamondagi shakllari was, were Simple Infi nitive bilan
kelganda kerak edi deb tarjima qilinadi va ish-harakatni o‘tgan zamonda
bajarish zaruratini ifodalaydi. Bu birikma shu ish-harakatning bajarilgan-
bajarilmaganligiga aniqlik kiritmaydi va bu butun gapdan ma’lum bo‘lishi
mumkin:
I was to send him a telegram,
but I forgot.
Men unga telegramma yubo ri shim
kerak edi, lekin unutibman.
The goods were to be delivered
at the end of the month.
Mollar oyning oxirida yetkazib be-
rilishi kerak edi.
Was, were Perfect Infi nitive bilan kelganda o‘tgan zamonda bajarili shi
kerak bo‘lgan, lekin bajarilmagan ish-harakatni ifodalaydi:

Was
+ to + have + P.P.

Were
Bu yerda:
P. P. = Past Particiciple = O‘tgan
zamon sifatdoshi.
I was to have fi nished my
work yesterday.
Men ishimni kecha tugatishim kerak
edi.
Kelasi zamonda to be zaruratni ifodalash uchun ishlatilmaydi.
Izoh: To bedan keyin majhul nisbatning infi nitivi kelib, zaruratdan tashqari ehtimol likni
ham ifodalashi mumkin.
Such books are to be found in all
libraries.
Bunday kitoblar barcha kutubxonalardan
topilishi mumkin.
Many new beautiful buildings are to be
seen in the streets of our town.
Shahrimiz ko‘chalarida ko‘p yangi
chiroyli binolarni ko‘rish mum kin.
TO HAVE FE’LI
1. To have fe’lining Simple Presentda ikkita shakli bor: 3-shaxs bir-
likda has — he (she, it) has va qolganlar uchun have — I (we, you, they)
have.
2. To have fe’li faqat to have dinner, to have a talk kabi birikmalar da
kelganda davom zamonlarda ishlatiladi:
He was having dinner when I ca-
me.
Men kelganimda u ovqatlana yot-
gan edi.
He is having a talk with his father
in the garden.
U bog‘da otasi bilan suhbat-
lashayapti.
3. To have fe’li yordamchi fe’l bo‘lib keladi va o‘tgan zamon sifatdo shi
(Past Partisiple) bilan birga kelib Perfect zamonlarni yasaydi.

10
Have
Has

+ P. P.
Had
Shall (will) have
I have seen the new fi lm.
Men yangi fi lmni ko‘rdim.
I had fi nished my work by fi ve
o’clock.
Men ishimni beshgacha tugatgan
edim.
I shall have translated the article
by ten o’clock.
Men soat o‘ngacha maqolani tar-
jima qilib bo‘laman.
Present Perfect va Past Perfectda quyidagi qisqartirmalar ishla-
tiladi:
I have written = I’ve written; I have not written = I’ve not written = I
haven’t written; He has written = he’s written; he has not written = he’s
not written = he hasn’t written; I had written = I’d written; I had not writ-
ten = I’d not written = I hadn’t written va hok.
4. To have fe’li bor bo‘lmoq, ega bo‘lmoq ma‘nosida asosiy fe’l bo‘lib
keladi:
I have a good watch.
Mening yaxshi soatim bor.
He had a large library.
Uning katta kutubxonasi bor edi.
We shall soon have a new radio
set.
Bizda yaqinda yangi radiopriyom –
nik bo‘ladi.
5. So‘roq shaklni yasashda Simple Present va Simple Pastda to have
fe’lining tegishli shakli eganing oldiga o‘tadi:
Have you a good watch?
Yaxshi soatingiz bormi?
Had he a large library?
Uning katta kutubxonasi bor edi –
mi?
Ammo Simple Pastning so‘roq shakli ko‘pincha to do yordamchi fe’li
yordamida ham yasaladi:
Did he have a large library?
Uning katta kutubxonasi bor edi

mi?
6. To have fe’lining bo‘lishsiz shakli uning sahkllaridan keyin not
yukla masini qo‘yib qisqartirish orqali yasaladi. Simple Present va Simp-
le Pastda qisqartmalar haven’t, hasn’t, hadn’t bo‘ladi. Ulardan keyin
dona lab sanaladigan birlikdagi ot noaniq artikl bilan, ko‘plikdagi dona-
lab sanaladigan ot va donalab sanalmaydigan ot any olmoshi bilan ish-
latiladi:

11
I haven’t a watch.
Mening soatim yo‘q.
He hasn’t any books on this sub-
ject.
Unda bu sohada kitoblar yo‘q.
I hadn’t any time to go there.
Mening u yerga borishga vaqtim
yo‘q.
Barcha murakkab shakllarda bo‘lishsizlik not birinchi yordamchi
fe’ldan keyin qo‘yiladi:
I shall not (shan’t) have any time to go there tomorrow.
I have not (haven’t) had any time to go there today.
Bo‘lishsiz gaplar no olmoshi yordamida ham yasalishi mumkin. Bun-
da no otdan oldin qo‘yiladi va otning oldida artikl ham, any olmoshi
ham qo‘yilmaydi:
I have no watch.
He has no books on this subject.
I had no time to go there.
I’ll have no time to go there tomorrow.
I’ve had no time to go there today.
Bo‘lishsizlikning have (has, had) no shakli ko‘proq ishlatiladi.
Fe’lning bo‘lishsiz shakli esa gapning bo‘lishsizlik ma’nosini oshirishda
ishla tiladi.
Qisqa javob faqat not yuklamasi bilan yasaladi:
Have you a dictionary? – No, I haven’t (have not).
7. Og‘zaki nutqda to have fe’li o‘rnida hozirgi zamonda have (has) got
ishlatiladi: I have = I have got = I’ve got, he (she) has = he (she) has got
= he’s got, she’s got:
I’ve got a large library = I have a
large library.
Menda katta kutubxona bor.
Has he got a good dictionary? = Has
he a good dictionary?
Uning yaxshi lug‘ati bormi?
I haven’t got an English dictionary.
= I have no English dictionary.
Menda inglizcha lug‘at yo‘q.
Agar to‘ldiruvchi kishilik olmoshidan yasalgan bo‘lsa, bo‘lishsiz gap-

larda haven’t, hasn’t emas faqat haven’t got va hasn’t got ishlatiladi.
I haven’t got it.
Undan menda yo‘q.
He hasn’t got them.
Ulardan unda yo‘q.
8. To have fe’li qator otlar bilan birikib keladi va o‘zining dastlabki bor
(ega) bo‘lmoq ma’nosini yo‘qotadi:

12
to have dinner – ovqatlanmoq
to have a rest – dam olmoq
to have breakfast – nonushta qil-
moq
to have a walk – sayr qilmoq
to have supper – kechki ovqatni
yemoq
to have a smoke – chekmoq
to have a talk – gaplashmoq, muzo-
kara olib bormoq
to have a quarrel – janjallash-
moq
to have a good time – vaqtni yaxshi o‘tkazmoq
9. Yuqoridagi iboralarning so‘roq va bo‘lishsiz shakllari Simple Pre-