Press "Enter" to skip to content

Ingliz tili fanidan 2019-2020 o quv yili uchun yillik ish rejalar

Tarbiyachi: Good evening, good evening, good evening, my doll,

O‘zbekistonda bandlik – ingliz tili

Siz ushbu toifaga kiruvchi o‘xshash e‘lonlarni topishingiz mumkin.

  • OLX asosiy bo‘limlari
  • Bo‘limda bo‘linmlar “Ish”

OLX asosiy bo‘limlari :

Bo‘limda bo‘linmlar “Ish” :

  • Toshkent viloyati (62)
  • Farg‘ona viloyati (2)
  • Buxoro viloyati (5)
  • Xorazm viloyati (2)
  • Navoiy viloyati (5)
  • Namangan viloyati (1)
  • Samarqand viloyati (5)
  • Sirdaryo viloyati (2)

Ish qidirish — bu murakkab va juda uzoq davom etadigan jarayon bo’lishi mumkin. Ammo, O’zbekiston davlat va tijorat kompaniyalari hanuz malakali va mas’uliyatli mutaxassislarga muhtoj.

OLX da yangi vakansiyalar

OLX e’lonlar xizmatida turli korxonalar va tadbirkorlar vakansiyalar taklif qilishadi. Bularga:

  • – o’zbekistonning taniqli kompaniyalarida bo’sh ish o’rinlari;
  • – ishlab chiqarish korxonalarida mutaxassislar uchun bo’sh ish o’rinlari;
  • – restoranlar va go’zallik salonlarining vakansiyalari;
  • – transport sohasida, shu jumladan, haydovchi va logistik sohada ishlash;
  • – supermarketlardan ish taklifi va boshqa ko’p yo’nalishlar.

Ishni hali tajribaga ega bo’lmagan kishilar ham topishlari mumkin.

Hamma uchun bandlik

Bitiruvchilarga ishga joylashish juda qiyin – har bir ikkinchi ish e’loni tajribani talab qilishadi. Biroq, ko’plab kompaniyalar ishchilarni tajribasiz ishga yollamoqchi. Masalan, turli yo’nalishdagi do’konlarda savdo maslahatchilarining vakansiyalari. Bu ishning katta afzalligi shundaki, u ko’pincha o’rganish bilan birlashtirilishi mumkin.

OLX – tez ishga joylashish garovi!

Ingliz tili fanidan 2019-2020 o’quv yili uchun yillik ish rejalar

2019-2020 o’quv yili uchun rejalarni o’zingizga yuklab olishingiz mumkin. Ayrim yillik ish rejalarni yaratgan Andijon viloyati, Buloqboshi xtb tasarrufidagi 21- maktab oʻqituvchisi E.Sultonovga o’z minnatdorchiligimni bildiraman. Mazkur ish rejalarni uning ruxsatisiz chop etganim uchun uzr so’rayman.

Attachment:

Mavzuga oid

Ginnes

Facebook guruh:

При публикации информации из моего веб сайта на другие сайты обязательно указывать адрес сайта www.sadikov. © Sadikov

Аудио, видео и документальная информация в моем сайте принадлежат своим владельцам. Они сохраняют свои авторские права. Информация размещена на сайте с целью ознакомления. Пожалуйста, уважайте работу авторов. Если Вы являетесь автором материала или обладателем авторских прав на него и против его использования или Ваше авторство не было указано на сайте, пожалуйста свяжитесь с по адресу uzbeknasim@yahoo

Предложения рекламы или обмен баннеров: @sadikov_uz

Для контактов: uzbeknasim@yahoo

Telegram: @sadikovuz

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun ingliz tilidan yillik

6) [ou], [p], [t], [d], [ɔ] tovushlarini o’rganadilar.

Ushbu dars uchun sizga kerak bo’ladi:

1) qo’lga kiyish mumkin bo’lgan qog’irchoq maymun;

2) Mikki-Maus, Piggy, Stepashki, Fili, Vinni-pux, Zumrad va Qimmat, kenguru tasvirli rasmlar;

3) ko’k fonda jigarrang qit’alarning taxminiy tasavvurlaridagi katta “xarita”;

4) kiyimlarida [ou], [p], [t], [d], [ɔ] tovushlari tasvirlangan kartondan kesib olingan kulguli odamchalar;

5) sexrli qopcha.

Faoliyatning borishi

Tarbiyachi: Salom kichkintoylar! Mening ismim….! Siz bilan ingliz tilini birgalikda o’rganamiz. Keling oldin tanishib olamiz? Ismingiz nima?

Bolalar ismlarini aytishadi.

Tarbiyachi: Bu qanday til bo’ldi ingliz tili? Aytinglarchi menga, hozir qaysi tilda gaplashyapmiz? Ingliz tilidami?

Bolalar: Yo’q! Uzbek tilida!

Tarbiyachi: (Zumrad va Qimmat rasmini ko’satadi): Do’stlarimiz qaysi tilda gaplashadilar?

Tarbiyachi: To’g’ri, uzbek tilida, chunki Zumrad va Qimmat qahramonlarini O’zbekistonda yaratishkan. Mamlakatimizda odamlar uzbek tilida gaplashadilar. Lekin dunyoda boshqa mamlakatlar ham bor. Men sizlarga olib kelgan ajoyib xaritamga qarang. This is a map. Bu xarita. Bu erda turli mamlakatlar chizilgan, ko’k rangdagisi – okean, juda ko’p suv bor! Odamlar esa quruqlikda yashaydilar. Mana, turli mamlakatlar: Amerika, Angliya, Avstraliya. Ushbu mamlakatlarda bolalar va kattalar ingliz tilida gaplashadilar. Ammo bizning mamlakatimiz – Uzbekiston! Uzbekistonda odamlar uzbek tilida gaplashadilar.

Bolalar xaritani ko’rishadi.

Tarbiyachi: (Mikki-Maus rasmini ko’rsatadi): Bu kim bolalar?

Bolalar: Mikki Maus!

Tarbiyachi: Good! (Bu “yaxshi!” degani). Mikki-Maus haqidagi Multfilmlarni qaysi mamlakatda yaratishkan bilasizmi? Amerikada! Mikki-Maus aslida faqat ingliz tilida gapiradi. Bu kim?

Tarbiyachi Vinni-puxni rasmini ko’rsatadi

Bolalar: Vinni-pux

Tarbiyachi: Good for you! Vinni-Pux Angliyada yashaydi, Vinni-Pux do’stlari bilan qaysi tilda gaplashadi? uzbek tilidami ingliz tilidami?

Bolalar: Ingliz tilida!

Tarbiyachi: Very good! Juda yahshi!

Kenguru rasmini ko’rsatadi.

Tarbiyachi: Bilamanki, sizlar menga darhol bu hayvonni qanday nomlanishini aytasizlar. Kim biladi?

Bolalar: Kenguru!

Tarbiyachi: Very good! It’s a kangaroo! Kenguru Avstraliyada yashaydi. U yerda ham ingliz tilida gaplashadilar.

Bizni mashg’ulotlarimizga kulguli odamchalar tashrif buyurdi ular ingliz tovushlari. Ularning hammasini familyasi bir hil English sounds (ingliz tovushlari), ismlari esa turli hil.

Mana birinchi odamcha ([p] tovushli odamchani ko’rsatiladi).

Bu kichkina odam, [p] – chunki har doim puf-puf etib puflaydi, u doimo biror narsadan norozi. Mendan keyin qaytaring [p]. Say after me [p]-[p]-[p]- [p].

Ikkinchi odamcha [t] ([t] tovushli odamcha ko’rsatiladi), u shodlanishni yaxshi ko’radi – uning tili yuqori va old tishlarga sakraydi va [t]-[t]-[t]-[t]deb aytadi. Keling shodlanamiz. Say after me [t]-[t]-[t]-[t].

Uchinchi odamni ismi – [d], chunki u tez-tez o’yinchoq mashinasini o’ynaydi, bunda ham tilini tepaga qo’yib, aytiladi [d]-[d]-[d]-[d]. Say after me [d]-[d]-[d]-[d]. ([d], tovushli odamcha ko’rsatiladi).

To’rtinchi odamchamiz hammani zeriktirib yuradi [ɔ]-[ɔ]-[ɔ]-[ɔ]. Say after me [ɔ]-[ɔ]-[ɔ]-[ɔ].

Beshinchi odamcha har doim hayratlanadi, har bir narsa unga qiziqarli ko’rinadi: [ou]-[ou]-[ou]. Keling biz ham hayratlanaylik [ou]-[ou]-[ou].

Bolajonlar qarang menda nima bor, bu sexrli qopcha, It’s the magic sack. Ushbu sexrli qopcha ichida dugonam yashaydi. U yonimga Angliyadan kelgan va faqat ingliz tilida gaplasha oladi. Sizlarning yonizga bormoqchi bo’lib turganimda men bilan borishni iltimos qildi. Faqat u juda uyalyapti. Keling ko’zlarimizni yumamiz, keyin u paydo bo’ladi, faqat sizlar ingliz tilida uchgacha sanashingiz kerak: one, two, three! Demak, close your eyes! (ko’zlarimizni yumamiz).

Bolalar ko’zlarini yumadi va uchgacha sanashadi.

Tarbiyachi (tezda maymunni qoliga kiyib oladi:) One, two, three! Open your eyes!

Bolalar ko’zlarini ochishadi.

Maymuncha: Hello!

Tarbiyachi: Bolajonlar bu kim? It’s a Monkey. Bu maymuncha. Oh, hello, Monkey, good to see you! (buni men aytdim: “Salom, maymun, seni ko’rganimdan xursandman!”). Kelinglar maymuncha bilan ingliz tilida salomlashamiz «Hello, Monkey!»

Bolalar: Hello, Monkey!

Tarbiyachi: Maymuncha sizlar bilan tanishishni xohlayapti. Ahir u sizlarning ismlaringizni bilmaydiku. U sizlardan ismlaringizni so’raydi. What’s your name? (Ismingiz nima?) sizlar esa ismlaringizni aytasizlar, shunday qilib tanishib olasizlar.

Tarbiyachi va maymuncha har bir bolani yoniga borib kichik suxbat o’tkazadi.

Maymuncha: Hello! My name is Monkey. What is your name?

Bolalar: My name is…

Bolalar maymuncha bilan tanishadilar.

Tarbiyachi: Bolalar, maymuncha menga nimadir aytishni xohlayapti (maymuncha Tarbiyachining qulog’iga shivirlaydi) A tushunarli. Maymuncha sizlarga ingliz mashqlarini namoyish etishni istayapti. Hohlaysizlarmi?

Bolalar: Ha!

Tarbiyachi: Bolajonlar, maymuncha tushunmadi, mashqlarini ko’rishni xohlaysizmi yo’qmi. Kelinglar inglizchada aytamiz «Yes!» («Ha!»)

Bolalar: Yes!

Tarbiyachi: Kel, maymuncha men senga ingliz mashqlarini aytaman, sen esa bajarasan.

Hands up! Hands down!

One, two, three, hop! (Ushbu so’zlar davomida bir oyoqda sakrash kerak.)

One, two, three, stop!

Tarbiyachi: Ushbu mashqlar yoqtimi? Keling, buni birgalikda bajarishga harakat qilamiz. Faqat maymunchamiz charchab qolipti. Ahir u uzoq yo’l bosib Angliyadan keldiku. Maymuncha, yotib uhla, dam ol. Biz esa bolalar bilan asta-sekin ingliz mashqlarini bajaramiz. Har ehtimolga qarshi bolalarga «Ko’rishkuncha» deb ayt («Good-bye!»).

Maymuncha: Good-bye, kids!

Tarbiyachi: Va sizlar, faqat ingliz tilida maymunchamiz bilan xayrlashinglar.

Bolalar: Good-bye, Monkey!

Tarbiyachi maymunni qopchaga solib qoyadi

Tarbiyachi: Shunday qilib, maymuncha uyg’onmasligi uchun, keling, ingliz mashqlarini ohistalik bilan qanday bajarish kerakligini bilib olamiz va kelgusi safar bizga Maymuncha tashrif buyurganda, u qanday qilib buni bilib olganimizdan hayratda qoladi.

Bolalar mashqlarni bajarishadi «Hands up! Hands down. »

Tarbiyachi: Ana endi bolajonlar bu mashqlarni mensiz bajarishka harakat qilib ko’ringlar.

Bolalarning o’zlari mashqlarni bajarishadi Tarbiyachi esa ingliz tili so’zlarini aytadi, agar bironta bola unutib qo’ysa, Tarbiyachi unga qanday bajarish kerakligini ko’rsatib beradi.

Tarbiyachi: Good for you! («Barakalla»). Bugun ko’p qiziqarli narsalani bilib oldik. Maymuncha qayerdan keldi? U qaysi tilda gapiradi? Va yana qaysi davlatlar ingliz tilida so’zlashadilar? Ingliz tilida qanday salomlashib hayrlashadilar? Good-bye!

2 – Faoliyat

Ushbu darsda bolalar:

1) 4 ga qadar ingliz tilida sanashni;

2) «Glad to see you!» so’z birikmasini;

3) suhbatdoshning ismini so’rashni «What’s your name?»;

4) savolga javob berishni: «What’s your name?», «Who are you?»,

«I’m … (Sanjar).» tuzilishidan foydalanishni;

5) nima qilishlari haqida xabar berishni;

6) “What can you do?”, “Сan you …(run)?”; so’roqlariga javob berishni

8) Tarbiyachini turli buyruqlarini bajarishni: “Clap your hands!”, “Stamp your feet!”, “Touch your ears!”, “Touch your cheeks!”, “Shake your hands!”, “Smile!”, ”Run!”, “Go!”, “Jump!”, “Hop!”

9) [r], [dʒ], [ai], [h] tovushlarni o’rganadilar.

Ushbu dars uchun sizga kerak bo’ladi:

1) qog’irchoq maymuncha;

2) «Clap your hands» qoshig’i yoki bironta harakatli qoshiq;

3) bir oyoqda sakrayotkan, yugurayotkan, sakrayotkan bolalarni yoki xayvonlarning suratlari;

4) tovushli kulguli odamchalar.

Faoliyatning borishi

Tarbiyachi: Hello, everybody! Hello, kids! Salom Bolajonlar! I’m very glad to see you! Sizlarni ko’rganimdan juda hursandman! Let’s begin our English lesson. Keling ingliz tili darsimizni boshlimiz. Oh, but where’s Monkey?

Aytkancha, Maymunchamiz qayerda ekana? Balki usiz boshlarmiz. Esladim, bugun ertalab sizlarni yoningizga chiqishka uyalayotkanini aytkandi. Kelinglar u qo’rqmasligi uchun ko’zlarimizni yumib 4 gacha sanaymiz. Close your eyes and count: one, two, three, four!

Bolalar (ko’zlarini yumishadi): One, two, three, four!

Tarbiyachi tezda maymunni qoliga kiyib oladi

Maymuncha: Hello, kids!

Bolalar: Hello, Monkey!

Maymuncha: Glad to see you.

Tarbiyachi: Bolajonlar Maymuncha sizlarni ko’rganidan hursand ekanligini aytyapti, glad to see you. Maymuncha, bolalarning ismlarini unutmadingmi? Do you remember the kids’ names, Monkey? Hozir tekshiramiz.

Maymuncha bolalarning yonlariga borib avval ismlarini no’tog’ri aytadi, keyin eslaydi.

Maymuncha: Are you Ahror?

Tarbiyachi: Sen ahir Ahror emassanku, unga: «No, I’m not». deb ayt.

Bola: No, I’m not.

Maymuncha: Are you Sarvar?

Tarbiyachi: Sen Sarvarsan unga: «Yes, I am» (Ha, Sarvarman). deb ayt

Bola: Yes, I am.

Qolgan bolalar bilan ham huddi shunday suhbatlashadi.

Tarbiyachi: Bolajonlar kelinglar Maymunchaga ismlarimizni aytamiz. Har birimiz

«I am …..». so’ziga ismlarimizni qo’yib aytamiz.

Bolalar ismlarini aytishadi.

Tarbiyachi: Ana endi Maymuncha ismlarimizni bilib oldi. Birgalikda «Hello!» o’yinini o’ynaymiz. Let’s play!

Bolalar Tarbiyachi va maymuncha «Hello!» o’yinini o’ynashadi.

Tarbiyachi: Ajoyib, juda yahshi o’ynadinglar kelinglar qarsak chalamiz. Clap your hands!

Tarbiyachi: Bolajonlar hushchaqchaq Englishsounds odamchalar yana shu yerda. Jim! Tovushlarni eshiting?

Bu odamcha Ko’zgu va oynalar yonida shunday nafas oladi [h] – [h] – [h] – [h] va barmoqlari bilan harflarni yozadi. Uni shunday nomlashadi [h], uni ismi shunchaki yengil nafas. Tasavvur qilyapsizlarmi shunday qiyin ismni. Kelinglar birgalikda talafuz qilamiz. Say after me [h] – [h] – [h] – [h]. Keyingi Englishsound odamchamiz hammadan qo’rqadi. Eshik ochilsayam, it hursayam odamcha baqiraveradi [ai]. Say after me [ai] – [ai] – [ai] – [ai]. А bu Englishsound odamchamiz esa boshqalarni qo’rqitishni yahshi ko’radi, u o’rmondagi ayiqqa o’hshab tovush chiqaradi [r] – [r] – [r] – [r].

Tarbiyachi: Bolajonlar, Maymuncha menga nimadir demoqchi.

Maymuncha Tarbiyachini qulog’iga shivirlaydi. А, tushunarli, I see. Maymuncha sizlarga do’stlarini rasmlarini ko’rsatmoqchi ekan.

Maymuncha yugurayotkan, sakrayotkan bolalarni va hayvonlarni suratlarini oladi

Tarbiyachi (rasmlarni ko’rsatadi): Well, Monkey, let’s see your pictures. Ho’sh, Maymuncha, qani rasmlarini ko’raylikchi. O’-o’ do’stlaring juda tez yugurishar ekan!

Maymuncha: They can run, and run, and run.

Tarbiyachi: Ular sakray olishadiyam.

Maymuncha: They can jump, and jump, and jump.

Tarbiyachi: Va yura olishadi.

Maymuncha: They can go, and go, and go.

Tarbiyachi: Bir oyoqda sakray olishadi!

Maymuncha: They can hop, and hop, and hop.

Tarbiyachi: Hato kulishadi!

Maymuncha: They can smile, and smile, and smile. I can do it all, too!

Tarbiyachi: Maymuncha bularni men ham bajara olaman deyapti. Qani bizga ko’rsatsinchi, qanday baja olishini. Ok, Monkey, what can you do?

Maymuncha (yuguradi, sakraydi, yuradi va x.k.): I can run. I can jump. I can go. I can clap my hands. I can touch my ears. I can touch my cheeks.

Tarbiyachi: Great! ajoyib Maymuncha, qani qanday bajara olarkansan. Bolajonlar kelinglar Maymuncha bilan o’yin o’ynaymiz. Unga aytamiz u esa bajaradi. Maymuncha, will you?

Maymuncha: OK.

Tarbiyachi: Monkey, run!

Maymun qimirlamaydi.

Tarbiyachi: Qiziq, ahir unga: «Monkey, run!», «Maymuncha, yugur!» dedimku u esa yugurmayapti. Bolajonlar sizlar bilmaysizlarmi? Аaa, toptim ahir unga iltimos qilmapmanku. Unga iltimos maymuncha yugur deyishimiz kerak ekan. Inglizchasini aytamiz. Monkey, run please.

Maymuncha stol atrofida yuguradi.

Tarbiyachi: Monkey, jump, please. Monkey, hop, please. Monkey, turn around, please. Monkey, please, clap your hands. Monkey, please, stamp your feet. Monkey, hands up, please. (Maymuncha buyruqlarini bajaradi.)

Bolajonlar kim Maymunchaga yana mashqlarni bajartirishni hohlaydi?

Bolalar Maymunchaga buyruq berishadi.

Tarbiyachi: Good for you, kids. Barakalla bolalar hozir siz qanday qilib maymunlarni o’qitishni o’rgandingiz. Siz ularni chopish, sakrash va aylantirish, qo’llarini ko’tarish va tushirishga o’rgatishingiz mumkin, bir oyog’ida sakrash. Maymuncha bilan birgalikda mashq bajaramiz va barcha harakatlarni takrorlaymiz. Hands up, hands down

One, two, three, Hop!

One, two, three, Stop!

Bolajonlar, o’ynashni yoqtirasizlarmi? Hohlasangiz birgalikda o’ynaymiz, together. Menda bir quvnoq qo’shiq bor kelinglar uni tinglaymiz va men sizlarga qanday o’ynash kerakligini ko’rsataman. Maymuncha esa shu yerda o’tirib bizni tomosha qiladi. Tarbiyachi „Clap your hands“, qoshig’ini qo’yadi va qo’shiq so’zlariga mos holda oddiy harakatlarni bajaradi.

Tarbiyachi: Ana endi bolajonlar, birgalikda bajaramiz, let’s dance together. Kelinglar birgalikda o’ynaymiz! Stand up! Look at me and do the same:

Clap, clap, clap your hands,

Clap, clap, clap your hands,

Clap your hands together.

Stamp, stamp, stamp your feet,

Stamp your feet together,

Stamp, stamp, stamp your feet,

Stamp your feet together.

Touch, touch, touch your ears,

Touch, touch, touch your ears,

Touch, touch, touch your ears,

Touch your ears together.

Touch, touch, touch your cheeks,

Touch, touch, touch your cheeks,

Touch, touch, touch your cheeks,

Touch your cheeks together.

Shake, shake, shake your hands,

Shake, shake, shake your hands,

Shake, shake, shake your hands,

Shake your hands together.

Smile. Smile at your friends

Let you smile together!

Tarbiyachi: Well-done, kids. Juda yahshi, Bolajonlar buni yahshi o’zlashtirdingiz. Did you like this song? Qoshiq yoqdimi sizlarga? Did you like to dance? Raqsga tushishchi? Keyingi darsimizda biz yana raqsga tushamiz. Hozir esa darsimizni yakunllaymiz! It’s time to say: “Good-bye”.

Maymuncha: Good-bye, kids!

Tarbiyachi: Good-bye!

Bolalar: Good-bye!

3 – Faoliyat

Ushbu darsda bolalar:

1)5 ga qadar ingliz tilida sanashni;

2) «Good morning!», « Good day!», « Good evening!», « Good night!»; so’zlarini talafuzini

3) «I am a girl/boy» gap tuzilishini ishlatishni;

4) «Yes!», «No!» so’zlari orqali savollarga javob berishni;

5) [d], [f], [ɛə] tovushlarini o’rganadi.

Ushbu dars uchun sizga kerak bo’ladi:

2) «Clap your hands» qoshig’i yoki bironta harakatli qoshiq;

3) kun vaqtlari rasmlari (tong, kun, kecha, tun);

5) tovushli odamchalar.

Faoliyatning borishi

Tarbiyachi: Hello, everybody! Hello, kids! Salom Bolajonlar! I’m so glad to see you! Sizlarni ko’rganimdan juda hursandman! Let’s begin our English lesson. Kelinglar ingliz tili darsimizni boshlimiz! Oh, but where’s Monkey? In the magic sack! Ahir usiz darsimizni boshlolmaymizku, ko’zlarimizni yumib uni chaqiramiz. Lekin bugun 4 gacha emas 5 gacha sanaymiz. Say after me! One, two, three, four, five.

Bolalar sanashadi.

Tarbiyachi: Well-done. Close your eyes and count: one, two, three, four, five!

Bolalar (ko’zlarini yumishadi): One, two, three, four, five!

Tarbiyachi tezda maymunni qoliga kiyib oladi!

Maymuncha: Hello, kids!

Bolalar: Hello, Monkey!

Maymuncha: Hello, girls! Hello, boys! Glad to see you!

Tarbiyachi: Bolajonlar Maymuncha sizlarni ko’rganidan hursand ekanligini aytyapti. U qizlarni (girls), va bolalarni (boys) ko’rishdan hursand. Kelinglar avval qizlar bilan keyin og’il bolalar bilan salomlashtiraylik.

Qizlar: Hello, Monkey!

Bolalar: Hello, Monkey!

Tarbiyachi: Bolajonlar Maymuncha kim qiz bola kim og’il bola ekanligini so’ramoqchi.

Maymuncha (bolalar yoniga borib): Are you a girl/Are you a boy?

Bolalar: Yes, I am a girl/boy.

Tarbiyachi: Good for you, kids! Maymuncha sizlar bilan o’ynashni hohlayapti? O’ynashni yoqtirasizlarmi? Let’s play together.

Tarbiyachi va Maymuncha «Hello!» o’ynini o’ynashadi. Bolalar ham o’ynashadi.

Tarbiyachi: Juda yahshi, good for you, hamma yahshi o’ynadi, kelinglar qarsak chalamiz olqishlaymiz! Clap your hands!

Bolalar qarsak chalishadi.

Tarbiyachi: Bolajonlar bugun nima bo’lganini bilasizlarmi? Ertalab bu yerga kelayotsam Englishsounds odamchalari hursandchilik qilishayotkan ekan. Biri stolga sakrab chiqib baqirgan [ɛə] – [ɛə] – [ɛə] – [ɛə]. Say after me [ɛə – [ɛə] – [ɛə] – [ɛə] – [bɛə]. Yana biri o’yinchoq mashina o’ynayotkan va [d] – [d] – [d] – [d] deyayotkan. Say after me [d] – [d] – [d] – [d].

boshqasi esa tipratikan maskasini kiyib olib yugurayotkan, fuflayotkan [f] – [f] – [f] – [f]. Say after me [f] – [f] – [f] – [f].

Odamchalar meni ko’rib qolib qutichasiga berkinib oldi.

Tarbiyachi: Bolajonlar Maymuncha menga nimadir demoqchi.

Maymuncha Tarbiyachini qulog’iga shivirlaydii.

Tarbiyachi: Ha, tushunarli, I see. Maymuncha bugun yolg’iz kelmapti dugonasini ham olib kelipti. Lekin u sexirli qopchadan chiqishga uyalyapti, kelinglar uni chaqiramiz. Ko’zlarimizni yumamiz va 5 gacha sanaymiz: Close your eyes and count: one, two, three, four, five!

Bolalar: one, two, three, four, five!

Tarbiyachi qopchadan qo’g’irchoqni oladi.

Barbi: Good day, kids! I am a doll. My name is Barbi

Tarbiyachi: Bolajonlar qo’g’irchoq barbi biz bilan boshqacha salomlashdiya, u bizga «Good day!» (Xayirli kun!) dedi. Kelinglar unga do’stona javob qaytaramiz «Good day, Barbi»

Bolalar: Good day, Barbi

Barbi: (tongni, kunduzni kecha va tunni rasmlarini oladi): I have some pictures. It’s the morning. Say after me: Morning! Good morning!

Bolalar: Morning! Good morning!

Tarbiyachi: Kelinglar Barbiga inglizchada hayirli tong deymiz:

Good morning, good morning, good morning my doll,

Good morning, good morning, good morning you all!

Bolalar takrorlashadi.

Barbi: It’s the day! Say after me: “Good day!”. Kunni rasmini ko’rsatadi.

Tarbiyachi: Kunduzi biz nima qilamiz? Yuguramiz (run), sakraymiz(jump), yuramiz (go), bir oyoqda sakraymiz (Hop!).

Tarbiyachi bolalarga buyruq beradi, bolalar bajarishadi.

Barbi: (kechqurunni rasmini ko’rsatadi): It’s the evening! Say after me: “Good evening!”

Tarbiyachi: Good evening, good evening, good evening, my doll,

Good evening good evening, good evening, you all!

Bolalar takrorlashadi.

Tarbiyachi. Kechqurun esa raqsga tushish mumkin. Let’s dance together!

Tarbiyachi «Clap your hands». qo’shig’ini qo’yadi, Bolalar raqsga tushishadi va qo’shiq aytishadi (2-darsni ko’ring)

Tarbiyachi: Well-done, kids! Kechqurundan keyin tun keladi. Uxlash vaqti bo’ladi. It’s time to go to bed. Barbi biz qanday aytamiz: «Xayirli tunni!»

Barbi: (tunni rasmini ko’rsatadi): Good night!

Bolalar takrorlashadi.

Tarbiyachi: Bolajonlar Kelinglar bir birimizga xayirli tun tilaymiz.

Good night, good night, good night, my doll,

Good night, good night, good night, you all!

Tarbiyachi Maymuncha va Barbini qopchaga solib qo’yadi.

Tarbiyachi: Good, kids. Our lesson is over. Good-bye!

2-MAVZU: «HAYVONLAR»

Mavzu bo’yicha lug’at.

Ingliz tili kursiga bormay IELTSdan yuqori natija olish mumkinmi?

Navbatdagi maslahatimni chet tilini mustaqil o’rganish mumkinmi, degan mavzuga qaratmoqchiman. Undagi fikrlar o’zimning shaxsiy tajribam va kuzatishlarimga asoslangan va hammaga ham to’g’ri kelmasligi mumkin.

Xullas, savol quyidagicha: ingliz tilini har xil o’quv kurslariga bormasdan turib a’lo darajada o’rganish mumkinmi? Bu savolning qisqa javobi shuki, albatta, mumkin. Batafsil javobni sharhlashdan olidin shuni ham aytib qo’yishim kerak: mustaqil o’rganish usuli hammaga ham emas. Ya’ni, siz mustaqil o’qib-o’rganishdan rohatlanadigan va reja asosida o’z ustingizda ishlay oladigan odamlar toifasidan bo’lsangiz, sizga ustozning keragi yo’q. Lekin shunday odamlar ham borki, ular doim kimningdir yo’l-yo’rig’iga, ko’rsatmasiga ehtiyoj sezadi va undaylar uchun chet tilini o’rganishda o’qituvchi bilan birga ishlash samaraliroq bo’lishi mumkin.

Men bu yerda ingliz tilidan boshlang’ch ma’lumotga ega, ozmi-ko’pmi oddiy matnlarni o’qib tushunadigan va o’zi haqida bir-ikki og’iz ingliz tilida gapirib bera oladigan darajadagi talabalar haqida gapiryapman.

Agar ingliz tili siz uchun yangi olam bo’lsa, ya’ni hammasini boshidan boshlamoqchi bo’lsangiz, unda, albatta, bitta oqituvchining etagidan tutib o’rganganingiz ma’qul. Hozir maktablarda, kollej-litsey va oliy o’quv yurtlarida aksariyatimiz allaqachon ingliz yoki boshqa chet tilini boshlang’ich darajada o’rganib bo’lganmiz. Endigi maqsadingiz uni mukammallashtirib, IELTSdan kamida 6 yoki 7 bal olish, shunday emasmi?

Misolni o’z tajribamdan boshlasam. Men ingliz tilini o’rganishni 9-sinfdan boshlaganman. Ungacha maktabda nemis tili o’qiganmiz. Xullas, nemis tilidan imtihon topshirib litseyga kirganimdan keyin ingliz tilini boshidan boshlab o’rganishga to’g’ri keldi. Chunki bu litseyda faqat ingliz tili o’qitilar ekan. Litseyimizda yangi qabul qilinganlarni ikkita sinfga bo’lishgan: shu paytgacha ingliz tilini maktabda o’rganib kelgan o’quvchilar sinfi va menga o’xshab ingliz tilini o’rganishni endi alifbodan boshlayotgan, ya’ni bu til haqida hech vaqo bilmaydiganlar sinfi.

Xullas, ingliz tilini 9-sinfda alifboni o’rganishdan boshladim. Qizig’i, oradan bir yil o’tib bizning sinfimiz ingliz tilini o’rganish ko’rsatkichlari bo’yicha litseyga ingliz tilini allaqachon o’rganib kelgan talabalar sinfidan o’zib ketdi.

Mavzu aslida bu haqda emas. Savol ingliz tilini mustaqil o’rganish haqida. Demak, shu haqda yozaman endi. Litseyni bitirish arafasida men ham abiturientlik deb atalgan ajoyib bir davrni boshdan kechirganman. Jahon tillari universitetiga tayyorlanayotgan edim. Shuning uchun bor kuchimni ingliz tilini yaxshilashga qaratdim.

Tumanimizda ingliz tili repetitorlari orasida obro’si eng yuqori bo’lgan bir o’qituvchi ayol bo’lardi. Shu odamning kursiga yozilishga qaror qildim. O’sha paytlarda ham yosh bo’lishimga qaramay, o’qishga repetitorsiz tayyorlanib kirish mumkin, degan fikrda bo’lganman. Shuning uchun ona tili va tarix fanlaridan hech qachon repetitorga bormaganman. Lekin ingliz tili chet tili bo’lgani uchun unga repetitor olishga qaror qildim. Buning sabablaridan yana bir shu ediki, o’sha paytlar (2000-2001-yillar haqida gapiryapman) maktab darsliklari va axborotnomadan tashqari ingliz tilida hech qanday o’qitish materiallari yo’q edi. O’qishga kirgunimcha hatto bitta lug’atim ham bo’lmagan. Shuning uchun ingliz tilidan kursga borishga qaror qildim.

Borib xato qilmagan ekanman. Chunki u o’qituvchi bizga «English Grammar in Use» kabi biz u paytlar hali ko’rmagan, xorijda chop etilgan kitoblar asosida dars o’tardi. Har bir darsdan so’ng beradigan testlari ham axborotnomadan emas, balki chet elda chiqqan test kitoblaridan bo’lardi va ular juda murakkab edi.

Shu o’qituvchim kurs oxirida sening o’qishga kirishingga garantiya beraman, lekin bu gapni uncha-munchasiga aytmayman, degan edi. Odatda, u kimga bu gapni aytsa, o’sha abiturient o’qishga kirar ekan. Xullas, juda xursand bo’ldim va uning aytganlari to’g’ri chiqdi: 2001-yil ingliz tilidan 32 ta test yechib, Jahon tillari universitetiga byudjetga o’qishga kirdim.

Albatta, bunda menga dars bergan o’qituvchimning xizmati katta. Chunki u menda mavjud bo’lmagan darsliklar va manbalar orqali dars o’tgan va shu orqali muvaffaqiyat qozonishimni ta’minlagan. Hozir esa shu darslik va qo’llanmalarning hammasini topa olasiz. Hatto internetdan ko’plab kitoblarni va testlarni bepul yuklab olishingiz mumkin. Testlarni javoblari bilan va nega bu javob to’g’ri ekani haqidagi tushuntirishlari bilan topish mumkin. Xullas, bugun eng yaxshi ustozingiz «Google» desam, balki sal mubolag’a bo’lar, lekin xato emas.

Ingliz tilini yaxshi o’rganishda o’qituvchining roli qancha deb so’rasangiz, men muvaffaqiyat qozonish 90 foiz o’zingizning mehnatingizga bog’liq, deb aytgan bo’lardim. O’qituvchining sizga yo’l-yo’riq ko’rsatishi muvaffaqiyatingizning 10 foizini ta’minlashi mumkin. O’zi mustaqil dars qilib o’zlashtira olmaydigan talaba eng yaxshi repetitorga yillab qatnasa ham, ahvoli o’zgarmaydi. Bunga misollar juda ko’p. Litseydagi sinfdoshlarim orasida har uchala fandan eng qimmat va eng obro’li domlalarga repetitorga borib, bir necha yil davomida o’qishga kira olmagan, kontraktga ham ilinmagan do’stlarim bo’lgan. Ularni qoralash yoki kamsitish niyatim yo’q. Aytmoqchi bo’lganim, 99 foiz mehnat sizdan talab qilinadi. O’qituvchi sizga yo’lni ko’rsatib berishi mumkin, xolos. Bu yo’ldan esa siz o’zingiz yurib o’tishingiz kerak…

Keyinroq xorijda o’qish ham nasib etdi. Buning uchun Toshkentda TOEFL testini topshirdim. Shunda ham maxsus kursga qatnashni lozim topmadim. Bu paytga kelib, TOEFLga tayyorlovchi kitoblar va testlarni topish ancha osonlashgan edi. Demak, kerakli hamma resurslar bor, ularni o’qishim kerak, xolos, deb o’ylaganman.

2009-yil AQShda magistratura darajasida o’qish imkoniyatini beradigan grantga hujjat topshirdim. Hujjatlarim birinchi bosqichdan o’tishi bilan suhbatga chaqirishdi. Suhbatdan ham muvaffaqiyatli o’tdim va kutilmaganda 10-15 kun ichida TOEFL testini topshirishim uchun kunini va vaqtini belgilab qo’yishdi. Shu paytgacha ham TOEL kitobini o’qib tayyorlanib yurgandim, lekin bu grant uchun test topshirishga va tayyorlanishga bir-ikki oy vaqtim bo’lsa kerak, deb o’ylagandim.

Buning ustiga «Paper-based TOEFL» topshirishimiz kerak ekan. Bu testda hamma testlarning javobini qog’ozga belgilaysiz, inshoni ham qo’lda yozish kerak. Eng qiyini, imtihonning audio qismida audiosuhbatlarni xonadagi magnitafon orqali qo’yib berishadi. Agar magnitafonning kolonkasi sifatli bo’lmasa yoki xonaning uzoq bir burchagida bo’lsangiz va ovozni yaxshi eshitmasangiz, ahvolingiz voy degani. Men, yaxshiyamki, magnitafonning oldida, birinchi qatorda o’tirdim. Shunda ham, men uchun eng qiyini imtihonning «Listening Comprehension» qismi bo’ldi.

Testga o’zim mustaqil tayyorlandim. Internetdan «Paper-based TOEFL»ga tayyorlanish materiallarini topib, printerdan chiqarib oldim va shular asosida tayyorlandim.

Imtihonni yaxshi topshirdim: balim 600 chiqdi. Bu IELTS bo’yicha 7 yoki 7,5 ga to’g’ri keladi. Oradan bir necha kun o’tib GRE uchun imtihonni belgilashdi. GRE juda-juda qiyin imtihon. Hali ham eslasam, yuragim uvushadi. Undan necha bal olganimni aytmay qo’ya qolay. �� Chunki yaxshi chiqmagan. Ammo GREdan juda baland bal olishingiz shart emas. AQSh universitetlari xorijliklar uchun GREni topshirish qiyin ekanini yaxshi bilishadi va anketangizning boshqa jihatlari yaxshi bo’lsa, pastroq GRE bali bilan ham o’qishga olishlari mumkin. Meni ham o’qishga olishdi va AQShda to’liq grant asosida magistratura darajasida tahsil olish imkoniyatini qo’lga kiritdim. Bu haqda avvlagi blogpostimda ham yozgandim.

Mavzudan biroz uzoqlashdik. Aytmoqchi bo’lganim, tilni boshlang’ich darajada bilsangiz, IELTSga ham, boshqa imtihonlarga ham o’zingiz mustaqil tayyorlana olasiz. Ayniqsa, hozir ingliz tilini o’rganish resurslari juda ko’p. Lug’atlar ham, kitoblar ham. Internetda esa hamma narsani topish mumkin. Siz faqat yaxshi reja asosida o’zingizning ustingizda muntazam ishlashingiz kerak, xolos.

Bu gaplarim bilan til kursida o’qiyotgan yoki repetitorga borishni rejalayotgan talabalarni fikridan qaytarish niyatim yo’q. Mustaqil ingliz tilini yaxshi o’rganayotgan talaba, agar o’qituvchidan qo’shimcha dars olsa, o’rganish tezligi yanada oshishi tabiiy, albatta. Lekin moddiy imkoniyati yo’q yoki domlaga qatnab dars olishga sharoiti bo’lmagan talabalar bo’lsa, aslo o’kinmang va siz ham mustaqil ingliz tilini a’lo darajada o’rgana olasiz, demoqchiman, xolos. Bunga tirik misol o’zim. ��

Yaxshi niyat yarim mol, deganlaridek, avvalo, oldingizga maqsadni to’g’ri qo’yishingiz va shu maqsadga erishish uchun nimalar qilish lozimligi haqida yaxshi reja tuzib olishingiz kerak. Shu rejaga og’ishmay rioya qilsangiz, maqsadingizga, albatta, erishasiz.

Bilim olish uchun ikkita narsani bilishingiz kerak: nimani o’qishni va o’sha narsani qanday o’qishni. Chunki o’qiyman desangiz, axborot hozir juda ko’p. Ular orasidan o’zingizga mos va eng keraklisini topishingiz lozim va o’qigan narsangizdan foyda olishingiz uchun uni qanday o’qishni ham bilishingiz kerak. Vaqtdan samarali foydalanish va qanday unumli dars qilish haqida ham alohida yozish niyatim bor. Bu haqda endi kelgusida gaplashamiz.

Agar til o’rganishga oid zarur kitoblarni xorijdan sotib olishni istasangiz, Grantlar bu borada sizga yordam berishi mumkin. Saytimizda kitoblar va boshqa ta’lim olishga oid mahsulotlar sotiladigan do’kon ochish niyatimiz bor. Buning uchun, avvalo, talab bo’lishi kerak. Agar sizda bunga qiziqish bo’lsa, bizga xabar bering.

Behzod