Press "Enter" to skip to content

Ingliz tili javoblari 11 sinf

Vocabulary from the programme

Ona tili, 11 sinf, Mengliyev B., Toshmirzayeva S., Atoyeva S., Majidova S., 2020

Ona tili, 11 sinf, Mengliyev B., Toshmirzayeva S., Atoyeva S., Majidova S., 2020.

Учебник по родному языку для 11 класса на узбекском языке.

Фрагмент из книги:
Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, Alisher Navoiy istiqomat qilgan uy „Unsiya“ deb atalib, o‘z davrida chin do‘stlar, ijod ahli, ustoz va shogirdlar uchun dilbar suhbatlar oshyoni, ezgulik, xayr-u ehson hamda ilm-ma’rifat maskani bo‘lgan. Ahli toliblar kamoloti uchun u zot bunyod etgan madrasalardan biri „Ixlosiya“ deb yuritilgan. Hazrat mangu qo‘nim topgan „Musallo“ maydoni esa ezgu niyatlar, xayrli duolar qilinadigan pok ko‘ngillar sajdagohi sifatida ma’lum va mashhurdir.

URG‘U TALAFFUZI.
Juftliklardagi urg‘u ta’sirida sodir bo‘ladigan ma’no o‘zgarishini aniqlang.
1. O‘zlarimi? Qaysi shamol uchirdi? – Bugungi ishni qizlar o‘zlari bitirib qo‘yishar ekan. 2. Uzoqdagi nishonni ko‘zlar ekanman, o‘qim bexato ketsa, snayper safdoshlarimni yer tishlatishini yaxshi bilar edim. – Jimgina boqib turgan bu ko‘zlar juda tanish, qiziq, qayerda ko‘rganman? 3. Ma, yuvib ye, yangi uzilgan. O‘zimizning tomorqadan! – Kasallikka qarshi yangi usulni qo‘llash, yangi preparatlarni sinovdan o‘tkazish talab etilmoqda. 4. Heech shu shaharcha odatlaring qolmadi-qolmadi-da, Orziqulov. – Qurilajak bu shaharcha harbiylarning oilalariga munosib sovg‘a bo‘ladi. 5. Osma ko‘prikdan o‘tib, buloq bo‘yiga tushib bordim. – Behuda safsatalar bilan yelkangga gunoh xaltasini osma, savobingni ko‘paytir.

Gaplarni o‘qing. Urg‘u ta’sirida talaffuzda sodir bo‘ladigan tovush o‘zgarishlarini aniqlang.
1. Barakalla, boplabsan, xo‘o‘p yaxshi ish qilibsan. 2. Bu – biznes, unga tasavvur qilganingdan ham aancha katta pul tikkanman. 3. Bilasanmi, uzoooq o‘yladim, oxiri qayerda xato qilganimni topgandek bo‘ldim. 4. Muncha shiriiin bu tabassum? 5. Senga nima? O‘o‘o‘tiribman katta idoraga xo‘jayin bo‘lib! 6. Vey, bu bola uchchiga chiqqan ayyor, jaa muttaham ekan-ku! 7. Yashshamagur, nimalar qilib qo‘ydiiing, qara, boyaqish yumm-yumm yig‘layapti! 8. Xo‘o‘sh, shu gaplarni o‘ylab gapiryapsanmi? Uyalmaysanmi?

MUNDARIJA.
I FASL. TALAFFUZ VA IMLO ME’YORLARI.
1-mavzu. Talaffuz va imlo.
2-mavzu. Nutqda o‘zgaruvchi unlilar.
3-mavzu. Nutqda o‘zgaruvchi undoshlar.
4-mavzu. Matn va lug‘at bilan ishlash.
5-mavzu. Urg‘u talaffuzi.
6-mavzu. Qo‘shib yoziladimi, ajratib?.
7-mavzu. Matn va lug‘at bilan ishlash.
II FASL. SO‘Z QO‘LLASH ME’YORLARI.
8-mavzu. Nutqda o‘rinli va noo‘rin so‘zlar.
9-mavzu. Nutqdagi taqiqlar.
10-mavzu. Evfemizm va disfemizmlar.
11-mavzu. Olmoshlar uslubiyati.
Mustahkamlash darsi.
12-mavzu. Matn va lug‘at bilan ishlash.
III FASL. BARQAROR BIRIKMALAR – NUTQIMIZ KO‘RKI.
13-mavzu. So‘z va ibora teng emas.
14-мavzu. Maqolni o‘rinli qo‘llash.
15-mavzu. Tasviriy ifoda – ko‘tarinki nutq vositasi.
IV FASL. MADANIY NUTQNING GRAMMATIK VA PUNKTUATSION ME’YORLARI.
16-mavzu. Ortiqcha qo‘shimchalar.
17-mavzu. Qo‘shimchalar tanlovi.
18-mavzu. Nutqda shakl va mazmun mosligi.
19-mavzu. Tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llash.
20-mavzu. Matn va lug‘at bilan ishlash.
Mustahkamlash darsi.
21-mavzu. Ish qog‘ozlari bilan ishlash.
YIL DAVOMIDA O‘TILGANLARNI TAKRORLASH.

Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Ona tili, 11 sinf, Mengliyev B., Toshmirzayeva S., Atoyeva S., Majidova S., 2020 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу

Ingliz tili javoblari 11 sinf

Ingliz tili o’qituvchilari va o’rganuvchilar uchun maxsus kanal
“HR Edu-Servis” MCHJ
GUVOHNOMA: №865873
Sayt: www.hasanboy.uz

REKLAMA XIZMATI YO’Q!

About
Blog
Apps
Platform

School English Teachers
57.4K subscribers
100805_6min_book.pdf
BBC 6 Minute English Extra – What would they write about you? transcript
25.8K views 15:07

Vocabulary from the programme

���� spills the beans
���� sirlarini ochmoq
tells or reveals all the secrets

���� the title
���� sarlavha
the name of a book, what it is known as

���� to criticise
���� tanqid qilmoq
to make known that we don’t like or approve of something

���� delivery
���� bu yerda “so’zlangan nutq” ma’nosida
the way or style in which something is done; here, the way a speech is given

���� fashion sense
���� modadan xabari bor
a way of dressing which shows that someone is aware of the latest styles available, what suits them and what is most appropriate for each occasion

���� image
���� imidj, tashqi ko’rinish
the way someone looks and presents themselves to other people

���� to spar
���� tajavuzkorliksiz, oliyjanob usulda baxslashmoq yoki urushmoq
to fight or argue in a gentle, playful and unaggressive way

���� keeps him on his toes
���� o’zini yaxshi tutishini va gapirishini ta’minlamoq
helps to make him behave and speak in the best way possible

���� published
���� nashr etilgan
made available to the public, available to buy

���� PR
���� Inglizcha “ijtimoiy musobatlar” so’zining bosh harflari
abbreviation for ‘public relations’ – the work of creating and keeping a good relationship between an organisation and the general public
#vocabulary

33.5K views 15:07

Sog’liqni saqlash vaziri oddiy shifokorga aytyapti: 5.5 mln oylik olsangiz va bemorlariz ko’ngildan chiqarib pul berib ketishsa, shu ikkisi yetmaydimi bir oy uchun?

Men aytaman: sizlarda oylik yaxshi ekan. Uni ustiga bemorlar ham kunlik “rozi” qilib turishar ekan. O’qituvchilarchi? 2-3 million oylik oladigan holatiga ularni “левый”si ham yo’q. Ota-ona yaxshi o’qityapsiz deb rozi qilib ham ketmaydi. Ular nima qilsin?
Oylikni oshirishni jiddiy o’ylab ko’rish kerak. 1-2tasi 9-10 million olyapti degani hammasi ham shunday degani emas.

34.0K views 16:05

❗️ DIQQAT! Bizda BAHORGI ATTESTATSIYA imtihoniga tayyorlanish uchun YANGI FORMATdagi yana bir kurs!

Darslarimiz Chorshanba 8-fevral kuni boshlanadi va 4ta ko’nikma bo’yicha olib boriladi.

Davomiyligi 2 oy, haftada 4 kun:

Dushanba – Listening ��
Chorshanba – Reading ��
Juma – Writing✍️
Yakshanba – Speaking��

Darslar yopiq kanal va discussion groupda olib boriladi.
Kunning ma’lum bir qismida darslar va vazifalar kanalga joylanadi, siz o’zingizga ma’qul vaqtda kirib o’zlashtirsangiz bo’ladi.
Vazifalarni bajarib borishingiz nazorat qilib boriladi. Speaking/Writing vazifalariga feedback beriladi!

Kurs narxi 1 oy uchun 200 ming.

Quyidagi link orqali namuna bilan tashib ko’ring��
https://t.me/AttestatsiyaINFO

Murojaat uchun ➡️ @writing_admin ga yozing. Qabul so’nggi kuni 7-fevral, 23:59!

27.7K views 04:52

⚡️ 2023-yil 1-sentabrdan boshlab har bir tuman (shahar)ning bittadan umumiy oʻrta ta’lim muassasasida oʻquvchilarni ikkita xorijiy til va bitta kasb-hunarga oʻrgatish amaliyoti bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyiladi.

Natijada, 76 ta maktabda fransuz tili, 76 tasida nemis, 37 tasida ingliz, 10 tasida koreys, 6 tasida xitoy va 3 tasida yapon tillari ikkinchi xorijiy til sifatida oʻqitiladi.

Shuningdek, oʻquvchilar 10-sinfdan boshlab 64 ta ishchi kasblar, 21 ta sohada tadbirkorlikka, 10 ta IT va “kreativ industriya” yoʻnalishidagi kasblarga oʻrgatiladi.

Ushbu jarayonga yoshlar yetakchilari va hududdagi taniqli tadbirkorlar jalb qilinadi.- farmon loyihasi

36.7K views edited 13:37

Maktab oʻqituvchilarining attestatsiyasi bekor qilinmagan — vazirlik

Pedagoglar attestatsiyasiga masʼul tashkilot – Taʼlim inspeksiyasi tugatilgani bois bahorgi attestatsiya uchun arizalar qabuli hali boshlanmadi. Bu oʻqituvchilar orasida attestatsiya oʻtkazilmasligi mumkin degan xabarlar tarqalishiga sabab boʻlyapti. Kun.uz Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan holat haqida izoh oldi.

Oʻzbekistonda ijro hokimiyatining tashkiliy tuzilmasini yangilashga oid prezident farmoni bilan Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tugatilib, uning funksiyalari qisman Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga oʻtkazildi.

Taʼlim inspeksiyasining tugatilishi va pedagoglar attestatsiyasi muddatlari yaqinlashgani, biroq hali attestatsiya uchun arizalar qabuli boshlanmagani oʻqituvchilar oʻrtasida tushunmovchiliklarga sabab boʻlmoqda.

Masalan, oʻtgan yili ayni shu paytda mart-iyun oyida oʻtadigan attestatsiya uchun qabul boshlangan edi. Lekin inspeksiya tugatilgani va taʼlim vazirliklarida ham qisqarishlar boʻlgani uchun attestatsiya haqida rasmiy xabar berilmadi. Shuning uchun ham taʼlimga oid turli norasmiy kanallar pedagoglar attestatsiyasi bekor boʻlishi kutilyapti degan mazmunda xabarlar berishni boshladi. Yilda ikki marta boʻladigan attestatsiya oʻqituvchilarning toifasini oshirib olishlari va shuning bilan oylik maoshlari koʻtarilishiga ham yordam beradi. Shuning uchun oʻqituvchilar oʻrtasida unga qiziqish baland. Masalan, oʻtgan yili bahorgi attestatsiya uchun 280 ming oʻqituvchi ariza topshirgan.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Kun.uz’ga maʼlum qilishicha, attestatsiya jarayonlariga masʼul boʻlgan tashkilot – Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi yopilgani sabab hozir vazifalar taqsimoti ishlari amalga oshirilyapti. Ishlar toʻliq yoʻlga qoʻyilgach, barchasi oʻrnatilgan tartibda davom ettiriladi. Attestatsiya bekor qilingani haqidagi xabarlar esa asossiz.

31.8K views 14:27
Forwarded from Hasanboy Rasulov’s Blog

Stresslarga to’la mamlakat

Chet eldagi soki hayotga o’rgangan odamlae yurtimizga qaytishsa juda ham qiynalishadi. Bu yerdagi kunlik hayoti stresslarga to’la o’tadi. Shu sababdan ham yana chet davlatga qaytib ketgisi kelib qoladi. Nafaqat chet eldan kelgan, balkim hech ham chetga chiqmagan, o’z fikriga ega, o’zining haq-huquqlarini poymol bo’lishiga indamay qarab tura olmaydigan har qanday odam uchun ham shunday deb bilaman. Fikrimni bir misol bilan dalillamoqchiman.
Bugun tuman markazidagi shifoxonadan dorixonaga borib kelishimga to’g’ri keldi. Dorixona ham uncha uzoq emas. 200-300 metr chiqadi. Faqat u dorixonaga svetoforli chorahhadan “г” shaklida o’tib boriladi. O’sha birinchi peshexoddan o’tayotsam bir Cobalt mashinasi telefon kavlab kelib, qizil yonganini ko’rib qoldi shekilli peshexodning yo’lini to’sib to’xtadi. Mashinasini aylanib o’tishimga to’g’ri keldi. Keyin dorixonadan dorilarni olib qaytishimda yashil chiroqda peshexoddan o’tyapman, Kaptiva mashina juda tez kelib yaqinimda tormoz berdi. Peshexodning qolgan yarmida Neksiya 1 avtomashinasi ham peshexod yo’lini to’liq to’sib qo’ygan holda turardi. Uni aylanib o’tish davomida oynasini taqillatib tanbeh bersam, zarda qilib mashinasini chiyillatib oldidagi Damasni urib olishiga sal qoldi. 5 daqiqa piyoda sifatida ko’chada bo’ldim shuncha madaniyatsizlikka guvoh bo’ldim. Mashinaga haydasangiz boshqa mashinalarning manyovrlari, befarosatligi, noto’g’ri parkovka qilishlari, mashinangizni chiqib ketolmaydigan qilib yo’lini to’sib qo’yishlari, burilish chiroqlarini yoqmay burilishi, tinmay orqadan “margat” qilishi asabingizni buzsa peshexodlarning ham ularga qizil chiroqda o’tib kelishi, o’tish mumkin bo’lmagan joylarda yo’ldan chiqib kelishlari sizni stressga soladi.
Piyoda rolida bo’lsangiz ham huddi shunday stresslarga to’la bo’ladi.
Ehh qachon shu oddiygina 2-3tagina rangdan iborat svetoforni ranglarni ajratishni boshlar ekanmiz. Qachon do’konlarda navbat turishni o’rganar ekan. Qachon madaniyatimiz ustida ishlab, bir-birimizga hurmatda bo’lishni o’rganar ekanmiz?
Svetoforda yashil yonishini kutib turgan, shuncha joy tursa ham uzoqdan kelib peshexoddan o’tib ketayotgan itlarni (bunisini hayotda ham ko’rganman) videolarini ko’rsam, hayvonlarga mehrim oshadi. Shu xayvonlar bizdan aqlli.
Bu narsalarni bilmaymizmi? O’rgatilmaganmi? Unday emas, bog’cha paytida svetoforni o’rgatadi. Bizda “nigilizm” juda kuchli. Ya’ni nagliy mensimaslik.
Bilamiz, amal qilmaymiz, qilishni xohlamaymiz! Xudbinmiz! O’zimizdan ozganing hayoti – hayot emas. Shu yomon illatlarni yo’qotishimiz kerak.
Shu oddiy qoidalarni xalqimizga o’rgata olmayapmiz, renesans-penesans degan narsalarni biror 50 yilga surib tursak ham bo’laveradi.

�� @hrasulov – Hasanboy Rasulov blogi