Press "Enter" to skip to content

Ingliz tilini to‘g‘ri o‘rganish bo‘yicha 12ta ko‘nikma

Xorijiy til o‘rganishning oltin qoidasi – ko‘p o‘qishdir. Unutmang: bu ko‘nikmaga ega bo‘lmay turib, og‘zaki va yozma sinovlarda yetarli darajada muvaffaqiyatga erisha olmaysiz. Modomiki, til o‘rganish masalasida qat’iy fikrda ekansiz, internetdan o‘zingizni qiziqtirgan mavzudagi biron kitob, jurnal, gazetani topib, muntazam o‘qib boring.

Ingliz tili grammatikasi (m.gapporov, r.qosimova)

O‘zbekiston Respublikasining xorijiy filologiya, huquqshunoslik, sharq tillari, iqtisod yo‘nalishlarida ta’lim beruvchi akademik litseylari o‘quvchilariga mo‘ljallangan mazkur «Ingliz tili grammatikasi» qo‘llanmasi hozirgi zamon Buyuk Britaniya, AQSH, Rossiya va
O‘z bekiston olimlarining tajribalaridan keng foydalanib yaratilgan. Qo‘llanmadan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilaridan tashqari ingliz tilini mustaqil o‘rganuvchilar, oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishga tayyorgarlik ko‘rayotganlar va hatto oliy o‘quv yurtlarining talabalari ham unumli foydalanishlari mumkin.

Specifications

Search

Buxoro davlat universiteti Axborot texnologiyalar markazi © 2019

Powered by ATM

  • Bosh sahifa
    • Yangiliklar
    • Markaz rahbari
    • ARM haqida
    • Foto lavhalar
    • Sayt xaritasi
    • Blog Featured
    • About
    • Features
    • Services
    • O`zbek tilidagi adabiyotlar
    • Rus tilidagi adabiyotlar
    • Xorijiy tildagi adabiyotlar
    • Elektron talim vositalari
    • Ingliz tilidan topiklar
    • Fan dasturi
    • Malaka talablar

    Ingliz tilini to‘g‘ri o‘rganish bo‘yicha 12ta ko‘nikma

    O‘qish mahoratini rivojlantirish, grammatika va til qurilishini anglash, so‘zlarni yodda saqlash, ularning ifoda hamda talaffuzini o‘rganish muhim ahmiyatga ega. Bu ko‘nikmani egallash uchun quyidagi usullardan foydalanishingiz mumkin.

    1) Inglizcha kitob, jurnal, gazeta o‘qing

    Xorijiy til o‘rganishning oltin qoidasi – ko‘p o‘qishdir. Unutmang: bu ko‘nikmaga ega bo‘lmay turib, og‘zaki va yozma sinovlarda yetarli darajada muvaffaqiyatga erisha olmaysiz. Modomiki, til o‘rganish masalasida qat’iy fikrda ekansiz, internetdan o‘zingizni qiziqtirgan mavzudagi biron kitob, jurnal, gazetani topib, muntazam o‘qib boring.

    • onlinenewspapers.com
    • gutenberg.org

    2) Qo‘l telefoningiz va kompyuteringizning tilini inglizchaga o‘tkazing

    Telefoningiz, kompyuteringiz dasturini inglizchaga o‘zgartirish, bajaradigan amalingizni ma’lum bir so‘z bilan bog‘lash va buni har kuni bajarish so‘z boyligingizni orttiradi. Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlar tilini ham o‘zgartirish yangi bilimlar o‘rganishingizda yordam beradi.

    3) Mobil ilovalardan foydalaning

    Mobil jihozlar va ilovalar ingliz tilini o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun cheksiz imkondir. Texnika taraqqiyoti yashin tezligida ildamlab borayotgan bir vaqtda bu imkondan foydalanish tamoman sizning ixtiyoringizda. O‘qishdan yoki ishdan uyga qaytar ekansiz, telefonga yuklangan bir qancha bepul ilovalar yordamida so‘z yodlashingiz o‘qish va anglash ko‘nikmangizni orttiradi.

    • learnenglishbritishcouncil.org
    • duolingo.com
    • busuu.com

    YoZISh

    Inglizcha yozish o‘zlashtirilishi eng qiyin malakalardan biridir. Odatda, xorijiy oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan abituriyentlardan esse, motivatsion maktub yozish talab qilinadi. Yozish davomida qisqa ifodalar o‘rniga bog‘lovchilar va yordamchi jumlalarni qo‘llash, fikrni kengaytirilgan holda ifodalay olish juda muhimdir.

    4) Blog yozing

    Bugungi kunda blog yozish, fikrlar, qiziqishlar, biror mavzu yuzasidan mulohazalarni bildirish keng tarqalgan. O‘zingiz uchun inglizcha bir blog oching. Boshida qiynalishingiz tabiiy, ammo xotirangizdagi so‘zlarni «uyg‘otish» uchun bu usul juda katta yordam beradi.

    5) Yangi so‘zlarni e’tiborda tuting

    Bu sizga anchayin tanish usul. Yangi so‘zlarni yozilgan qog‘oz parchalarini tez-tez ko‘zingiz tushadigan yerga yopishtiring va ularni har kuni o‘qib boring. Buning natijasini esa bir necha kunda o‘zingiz ko‘rasiz!

    6) Forumlardagi bahslarda ishtirok eting

    Tasviriy san’at, musiqa, teatr, adabiyot kabi san’at turlari, shuningdek, siyosat, texnologiya, moda olami, pazandachilik kabi mavzularga qiziqishingiz bo‘lsa, demakki, forumlar aynan siz uchun. Qiziqishlari sizga yaqin bo‘lgan insonlar bilan bu mavzular haqida fikr almashish, bahslashish yangi so‘zlar va iboralarni qo‘llashingizga turtki beradi.

    TINGLASh

    Bu ko‘nikmani rivojlantirib borish muhim hamiyatga ega. Ayniqsa, xorijda ta’lim olish istagida bo‘lgan yoshlar borgan mamlakatlarida qiynalmasliklari, darslar, seminarlar yoki bahslarda faol qatnashishlari uchun bu ko‘nikmani rivojlantirishlari lozim.

    7) Inglizcha qo‘shiq tinglang

    Xorijiy tilini rivojlantirmoqchi bo‘lganlarga ilk tavsiyalardan biri o‘rganayotgan tillarida ko‘p qo‘shiq eshitishdir. Bu esa ham so‘zlarni, ham ularning talaffuzini o‘rganishingizda, shuningdek, qulog‘ingiz notanish so‘zlarga moslashishida asqotadi. Qo‘shiqni tinglar ekansiz, uning turiga, oson tushunilishiga, qo‘shiq matnining qancha qismini qog‘ozga tushira olishingizga ham diqqat qilib boring.

    8) Inglizcha TV-kanallarini tomosha qiling

    Amerika va Angliya TV kanallarida efirga uzatiladigan seriallarni, shoularni, xabarlarni, filmlarni ko‘rish eng foydali usullardan biridir. Dastlabki bosqichda subtitr bilan tomosha qilib, keyin yozuvsiz holda anglashga urinib ko‘ring.

    9) Musobaqalarda qatnashing

    Turli millatga mansub nomzodlar qatnashuvchi simpozium va musobaqalarda ishtirok etib, tajriba orttiring. Talaffuzingiz tozalanib borishiga e’tibor qarating.

    10) Podkast tinglang

    Podkastlar muayyan bir mavzudagi ovozli yoki tasvirli materiallardir. Internet – podkastlariga osonlik bilan yetishishda asosiy vosita. Sevgan mavzularingizdagi efirlarni tinglash asta-sekin bu boradagi mahoratingizni oshiradi, sizga motivatsiya beradi.

    • librivox.org
    • audible.com

    MULOQOT

    «Tushunaman, ammo gapira olmayman» degan gaplar bot-bot qulog‘imizga chalinadi. Xorijdagi ish beruvchi tashkilotlar ham TOYeFL yoki IYeLTS kabi sinovlardan olgan sertifikatlaringizga emas, nutq mahoratini qay darajada egallaganingizga e’tibor qaratadi. Demak, bu muhim.

    11) O‘zingiz gaplashing va yozing

    Muloqot qilish mahoratini rivojlantirish uchun eng samarali usullardan biri so‘nggi paytlarda mashhur bo‘lgan onlayn va bepul ovoz yozish dasturlaridir. Nutqingizni yozib olib, ona tili inglizcha bo‘lgan do‘stingizga tinglatishingiz, xatolaringiz bo‘lsa, ulardan yordam so‘rashingiz mumkin.

    • Online Voice Recorder
    • Voice Spice Recorder

    12) Inglizzabon do‘stlar orttiring

    Muloqot qila olish mahoratingizni rivojlantirish uchun inglizzabon do‘stlar orttiring. Internetdagi ko‘plab saytlar madaniyatlar bilan tanishuv, xorijiy til o‘rganish, dunyoning turli mamlakatlaridan do‘st orttirish uchun mo‘ljallangan platformalardir. Shuningdek, Telegram, WhatsApp, Skype kabi ilovalar yordamida o‘rtoqlaringiz bilan jonli suhbat qurish imkoningiz bor.

    Otabek Tillayev tayyorladi