Ingliz tili: grammatikani oson o’rganish
Keywords: methodology, innovation, foreign language, communication, skills, competencies, didactics, intercultural communication.
CHET TIL O’QITISH METODIKASIDA ZAMONAVIY METODLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»
metodika / innovatsiya / chet tili / kommunikatsiya / ko‟nikma / malaka / didaktika / madaniyatlararo muloqot / methodology / innovation / foreign language / communication / skills / competencies / didactics / intercultural communication
Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Zayniddin Sanaqulov, Baxromjon Joraboyev
Ushbu maqolada chet til o‟qitish metodikasi haqida, uning fan sifatida rivojlanish tarixi, chet til o‟qitish metodikasida qo‟llanilayotgan zamonaviy metod turlari va ulardan foydalanish xususida so‟z boradi.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Похожие темы научных работ по языкознанию и литературоведению , автор научной работы — Zayniddin Sanaqulov, Baxromjon Joraboyev
O’ZBEK AUDITORIYASI TALABALARIGA INGLIZ TILI FE’L SO’Z TURKUMI GRAMMATIK HUSUSIYATLARINI O’RGATISHDA KOMMUNIKATIV MASHQLAR TO’PLAMINI YARATISH ASOSLARI
Mutaxassisligi chet tili bo`lmagan OTM talabalariga ingliz tilini o`rgatishda yangi pedagogoik texnologiyalar
BOSHLANG’ICH SINFLARNI O’QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH
UMUMTA’LIM MAKTABLARINING INGLIZ TILI DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANIB DARSLARNI TASHKIL ETISHNING SAMARALARI
Podkastlarning didaktik va metodik funksiyalari
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
MODERN METHODS IN FOREIGN LANGUAGE TEACHING METHODOLOGY
This article discusses the methodology of foreign language teaching, the history of its development as a science, the types of modern methods used in foreign language teaching methods and their use
Текст научной работы на тему «CHET TIL O’QITISH METODIKASIDA ZAMONAVIY METODLAR»
CHET TIL O’QITISH METODIKASIDA ZAMONAVIY METODLAR
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti katta o’qituvchisi
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi
Ushbu maqolada chet til o’qitish metodikasi haqida, uning fan sifatida rivojlanish tarixi, chet til o’qitish metodikasida qo’llanilayotgan zamonaviy metod turlari va ulardan foydalanish xususida so’z boradi.
Kalit so’zlar: metodika, innovatsiya, chet tili, kommunikatsiya, ko’nikma, malaka, didaktika, madaniyatlararo muloqot.
MODERN METHODS IN FOREIGN LANGUAGE TEACHING
Senior teacher of Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region
Student of Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region
This article discusses the methodology of foreign language teaching, the history of its development as a science, the types of modern methods used in foreign language teaching methods and their use.
Keywords: methodology, innovation, foreign language, communication, skills, competencies, didactics, intercultural communication.
Hozirgi davr ta’lim taraqqiyoti yangi yo’nalish innovatsion pedagogikani keltirib chiqardi. Innovatsion – inglizcha “yangilikni kiritish (tarqatish)” ma’nolarini anglatadi. Yangilik kiritishning ijtimoiy-psixologik aspekti Amerika tadqiqotchisi E.Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish jarayoni
qatnashchilarining tasnifi, ularning yangilikka bo’lgan munosabati va boshqalarni o’rgangan. Ilmiy yo’nalishlarda yangilik va innovatsiya tushunchalari o’zaro farqalanadi. “Yangilik”- bu vosita, yangi metod, metodika, texnologiya ma’nosini anglatadi. “Innovatsiya”- bu ta’lim, ma’lum bosqichlari bo’yicha rivojlanadigan jarayon hisoblanadi. Jahon ilm-fan taraqqiyoti kundan kunga gurkirab, rivojlananib bormoqda. Aynan bu ijobiy rivojlanish bizning diyorimizga ham o’z ta’sirini o’tkazdi. Ilm dunyomizga ilg’or innovatsion texnologiyalar tatbiq etilmoqda. Buning ijrosi sifatida, Yurtboshimiz tomonidan joriy yilni “Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligi yili” deb nomlashi ham mamlakatimiz yoshlarinining ma’suliyatini yanada oshirdi. Ta’lim sohalariga ilg’or, zamonaviy innovatsion texnologiyalarning keng tatbiq etilishi ham chet til o’rganayotgan yoshlar uchun keng imkoniyatlar, marralar eshigini ochdi, desak xato bo’lmaydi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Til o’rganish kishilik jamiyatida bag’oyat muhim sohalardan biri hisoblanadi. Muloqot vositasi bo’lmish tilni tabiiy muhitda ya’ni oilada, jamoatchilik orasida yoki uyushgan holda amaliy egallash mumkin. Til hodisalariga oid bilimlar esa nazariy jihatdan o’rgatiladi. Xalqaro munosabatlar avj olgan zamonamizda tillarni bilish, ayniqsa ko’p tillilik ulkan ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda tahsil oladigan o’quvchi va talabalar odatda uch tilni o’rganadilar. Ushbu tillar maxsus nomlar bilan yuritiladi. Bular quyidagilar: ona tili, ikkinchi til, va chet til. Ona tili tafakkur shakllanishida alohida xizmat o’taydigan birinchi til hisoblanadi. Ikkinchi til haqida so’z yuritilganda, unga boshqa millat vakillaridan iborat qardoshlar, qo’shnilar tili sifatida qaraladi.
Chet til – bu xorijiy mamlakat tilidir. Respublikamizda G’arbiy Yevropa (ingliz, ispan, nemis, faransuz) tillari va Sharq (arab, turk, fors, xitoy, hind) tillari o’qitilib kelinmoqda. Bu tillar ta’lim muassalarining o’quv rejalaridan o’rin olgan. Uchala tilni o’qitish jarayoni turlicha kechadi. Ona tili va ikkinchi til tabiiy vaziyatda, chet til esa sun’iy muhitda o’rganiladi. Chet tildagi muloqot, asosan, darsda muallim rahbarligida kechadi. Uchala til orasida chet tilni o’rganish va o’rgatish muayyan jihatlari bilan keskin farq qiladi. Bu esa, o’z navbatida, tegishli chet til o’qitish texnologiyasini qo’llashni taqozo etadi. Chet til muallimi metodika fani yutuqlarini puxta o’zlashtirish orqali o’quvchi-talabaning to’plagan til tajribasi me’yorini aniq bilishga va uni yanada takomillashtrishga erishadi. Chet tillarni samarali o’rgatish uning metodikasini bilishni taqozo etadi. Chet tillarni o’rganish va o’rgatish ko’p jihatdan chet til o’qitsih metodikasi masalalarini nazariy tomondan
ishlab chiqilishiga va nazariyaning amalda ijodiy qo’llanilishiga bog’liqdir.
Metodikaning predmeti – chet til predmeti orqali ta’lim-tarbiya berish jarayoni va usullari, chet til o’rgatish ilmi, muallim va o’quvchi faoliyatini o’rganish metodikaning predmeti sanaladi.
Metodikaning asosiy tushunchalari – metod, usul, prinsip. Didaktika- nimani o’rgatamiz? o’qitish mazmuni hisoblanadi. Metodika – qanday o’rgatamiz? ta’lim usullari va metodlari demakdir. Metod – metodika tushunchasi grek-lotincha “metodos-“metodus” so’zidan olingan bo’lib, ma’lum maqsadga eltuvchi yo’llar, usul ma’nosini anglatadi. Turli adabiyotlarda atamaning tor va keng ma’nosini uchratish mumkin. “Metodika” atamasi tor ma’noda ta’limning konkret dars jarayoni bilan bog’liq tushunchani anglatadi. Mashg’ulotlarni rejalashtirish va o’quv materiallarini tayyorlash bilan bog’liq bo’lgan ko’rsatmalarni qamrab oluvchi boshqariladigan dars jarayoni sifatida talqin etiladi. “Metod” atamasi keng ma’noda o’quv materialini tanlash, tabaqalash va taqsimlanishni nazarda tutadi. Germaniya Federativ Respublikasida 60-yillardan boshlab “didaktika” va “metodika” tor ma’noda qo’llanilib kelinmoqda. Shunga ko’ra didaktika ta’lim mazmuni nima o’rgatiladi? Metodika esa ta’lim usullari qanday o’rgatiladi? Masalalari bilan shug’ullanadi. Chet tillarini o’rganish faqat aqliy tarbiya vositasi emas, balki o’zga madaniyat ta’limiy boyliklari va qadriyatlari bilan tanishish va ularni o’z madaniy hayotiga tadbiq qilish orqali kishi shaxsining shakllanish jarayoni hisoblanadi. Yevropada chet tillarni o’rganish uzoq vaqt yuqori darajadagi ta’lim olishda imtiyoz sanaladi va jamoat maktablarida imtiyozga ega bo’lgan kishilarni tarbiyalash deb qaraladi.
Chet til o’qitish metodikasi fan sifatida 200 yildan ortiq tarixga ega. Bu davr ichida chet til o’qitish metodikasiga turlicha munosabatlar bildirilganini kuzatish mumkin. Bunday qarashlardan biri akademik L.V.Shcherbaga mansub hisoblanadi. Uning fikricha, har qanday fanni o’qitish metodikasi fan bo’lishiga qaramasdan, nazariy fan hisoblanmaydi. U amaliy masalalarni hal qiladi.Jumladan, chet til o’qitish metodikasi ham faqat psixologiya dalillariga tayanmaydi, balki umumiy va xususiy tilshunoslik tadqiqotlariga asoslanadi. Agar tilshunoslik til hodisalarining kelib chiqishi va harakatlanish qonuniyatlari bilan shug’ullansa, metodika bu qonuniyatlarga asoslanib zarur til hodisasidan amalda foydalanish uchun nima qilish kerak degan savolga javob beradi. Metodikaga oid kitoblarning eng qimmatlilari ham tilshunoslar tomonidan yozilgan. Bular jumladan XIX asr fonetistlaridan biri va buyuk ingliz tilshunosi G.Suit, XIX asr oxiri va XX asr boshida Angliyada eng original fonetist va nazariyotchi tilshunos hisoblangan O.Yesperson, XIX asrning
oxiri va XX asr boshlarida eng ko’zga ko’ringan fransuz lingvistlaridan F.Bryuns va Brealya, ko’zga ko’ringan anglist va taniqli fonetist V.Fiyotor va boshqalar kiradi. Rossiyada til o’qitish metodikasi masalasi bilan akademik L.V.Shcherba va uning ustozi buyuk tilshunos olim I.A.Boduen-de-Kurtone va ularning shogirdlari shug’ullanganlar. Chet til o’qitish metodikasiga psixologlar o’zgacha munosabatda bo’ldilar. Metodika va psixologiya fanlarning o’zaro munosabatlari haqida professor V.A.Artemov qimmatli fikr bildirgan. Uning fikricha, psixologiya metodika uchun material beradi. Metodika o’qituvchining qanday dars o’tishini o’rganadi. Psixologiya esa, o’quvchilarning bu predmetni qanday o’zlashtirib olayotganliklari bilan shug’ullanadi. Lekin, bu fikrga to’la qo’shilib bo’lmaydi. Chunki o’qituvchi dars berish jarayonida, o’quvchi esa o’zlashtirish davrida ma’lum ruhiy jarayon va holatlarni boshdan kechiradilar, ular xohlaydilarmi, yo’qmi psixologiyaning qonunlariga ro’baro bo’ladilar va ta’sirlanadilar.
Metodika tarixga oid adabiyotlarni chuqurroq o’rganish shuni ko’rsatadiki, ayrim tadqiqotchilar metodikani san’at deydilar. Ular odatda fransuz metodisti Penlash fikriga ishora qiladilar, ya’ni “yaxshi” yoki “yomon” metod yo’q “yaxshi” yoki “yomon” o’qituvchilar bor. Bunday fikrdagi kishilarga nemis metodisti E.Ottoning 1924-yilda bayon qilingan fikrlari bilan javob berishi mumkin. U jumladan shunday deydi: “Agar kimki metodikani san’at deb hisoblar ekan, u fan nazariyasini uning amalda qo’llanishi bilan qorishtirib yuboradi”.
Har bir fanda o’z tushunchalar yig’indisi mavjud. Chet til o’qitish metodikasida qabul qilingan asosiy tushunchalar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: ta’lim sistemasi, ta’lim metodi, ta’lim prinsipi, ta’lim vositasi, metodik usul.
Chet til o’qitish metodi – deyilganda chet til o’rgatishning amaliy, umumta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlariga erishuvni ta’minlovchi muallim va o’quvchi faoliyatining majmuasi tushuniladi. Metod atamasi “ta’lim usullari yig’indisi” va “ta’limning yo’nalishi” ma’nolarida qo’llanadi. Birinchisi ta’lim nazariyasida jarayon metodlar ma’nosida ishlatilsa,ikkinchi ma’noda uni o’qitish metodikasi tarixiga oid asarlarda uchratishimiz mumkin. Masalan, chet til o’qitishning tarjima metodi, tog’ri metod, ongli- qiyosiy metod, an’anaviy metod, intensiv metod va boshqalar hisoblanadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Tabiat va jamiyat hodisalari o’zaro bog’langan va uzluksiz aloqada rivojlanadi. Fanlar obyektiv voqelikning inikosi ekanligi uchun ularning hech biri
boshqalaridan ajralgan holda mavjud emas. Hodisa va predmet ayni zamonda bir talay fanlarning tadqiqot manbai bo’la oladi, misol uchun, “til” ijtimoiy hodisasini o’z nuqtai nazaridan tilshunoslik (lingvistika), ruxshunoslik (psixologiya), ta’limshunoslik (didaktika) o’rganadi. “Chet til metodikasi” atamasi kishi ongida quyidagicha ya’ni assotsatsiya “bog’lanish” uyg’otadi:avvalambor, tilni o’rgatishga qaratilgan metod va metodik usullar yig’indisi tushuniladi yoki o’qitish metodlari haqidagi ilmiy bilimlar va nihoyat, mustaqil pedagogik fan ko’z oldimizga keladi. Chet til o’qitish metodikasi didaktika bilan uyg’un, o’zaro bog’langan holda rivojlanib kelgan. Barcha o’quv fanlarining o’qitish nazariyalari didaktika faniga asoslanishi, undan ilmiy ozuqa olishi shubhasiz barchamizga ma’lum. Chet til o’qitish ham didaktikaga asoslanadi. Didaktika ta’limining umumiy nazariyasi, metodika muayyan o’quv predmetini o’qitish ilmi, lingvodidaktika tillarni o’qitish umumiy nazariyasi, lingvometodika aniq bir tilni o’qitish ilmi sifatida qaraladi. “Metod” atamasi bilim, malaka, ko’nikmani egallash, o’quvchilarda dunyoqarashni shakllantirish va bilish imkoniyatlarini yaratish yo’lidagi o’qituvchi-pedagog va talabaning ish usuli ma’nolarini bildiradi. Ushbu tushuncha son -sanoqsiz ta’riflarga ega. Chet tillar o’qitilishida metodlarni tatbiq etish uzoq davrlardan boshlangan, prinsiplar esa nisbatan yangiroq metodik atamalardir. Tarixan metodlar to’rt guruhga birlashtirilib, ularning nomlariga “tarjima”, “tog’ri”, “qiyosiy”, “aralash” deb atash qabul qilingan.
Metodlar tarixi atoqli metodist prof. I.V.Raxmanov tomonidan chuqur o’rganilgan. Tarjima metodi asosan ikki ko’rinishda bo’lib, grammatika-tarjima va matn-tarjima metodlari nomi bilan yuritiladi. Grammatika-tarjima metodi nuqtayi nazaridan chet til umumta’limiy maqsadda o’rganilgan. Grammatik mashqlar til o’rganuvchining mantiqiy tafakkurini o’stirish maqsadida bajarilgan. Grammatik bilimlarni bayon etish talimning asosiy maqsadi deb qabul qilingan. Bu metodning asosiy prinsiplari quyidagilar:
1. Til o’rganish yozma nutqqa asoslangan.
2. O’rganish predmeti qilib grammatika olingan, leksika ham unga tobe ravishda tanlangan. Grammatik mashqlar bajarish asosiy ish usuli bo’lgan.
3. Oldin, grammatik qoida yod olingan, so’ng esa qoidalar asosida gaplar tuzish tavsiya qilingan.
4. Grammatik shakl va so’zlarning ma’nosi so’zma-so’z tarjima vositasida ochib berilgan.
5. So’zma-so’z tarjima va quruq yodlash yo’li bilan til materiali o’zlashtirilgan.
6. So’zlarni kontekstdan tashqarida, yakka yodlash bilan chegaralanilgan.
Tarjimasiz metod. Mazkur metodning turli ko’rinishlari tarixan ma’lum. Ularni ikki yirik guruhga ajratish mumkin: tabiiy va tog’ri metodlar. Tabiiy metodda chet tilni o’rganish ona tilini egallash sharoitiga monand bo’lishi kerak. Metodning bosh maqsadi chet tilida gapirishni o’rganish orqali o’qish va yozishni o’rganib olishga imkoniyat yaratiladi, degan g’oya amaliy maqsadtarzida shakllangan. Tabiiy metod tarkibiga kiritilgan prinsiplardan eng muhimi- til muhitini yaratishdir. Olg’a surilgan metodik prinsiplarni amalda qo’llash bobida turli yondashuvlar paydo bo’lgan. Metod namoyondalarining ijodiy faoliyatida buni yaqqol sezish mumkin.
Chet til ta’limidan ko’zlangan maqsadning yangicha talqinida, asosan, pragmatik tilshunoslik tadqiqotlari natijalariga tayanildi.Tilshunoslikning bu sohasi tilni tilga oid shakl tizimi emas, balki inson faoliyati sohasi deb talqin qiladi. Chet til ta’lim sohasida 70-yillarning boshidan beri to’plana boshlangan yangi xulosalar majmui ta’lim maqsadini belgilash sohasida qizg’in munozaralariga olib keldi. Chet til ta’limining asosiy yo’nalishlarini belgilovchi maqsadi o’quvchilarga “muomala qilishni o’rgatish”, “Befaeigung zur Kommunikatsion” (kommunikative Kompetenz) bo’lgan yangi o’quv rejalari qabul qilindi. 70-yillarda “kommunikativ metod” bir qator urinishlardan so’ng bir necha bosqichda o’z isbotini topdi. Shunday asnoda metodika fani rivojlanib bordi. Hech qaysi chet tilni biz uning metodikasini chuqur o’rganmasdan egallay olmaymiz. Chet til o’qitish metodikasida “kommunikativ didaktika” metodi ham ahamiyatga molik sanaladi. Kommunikativ didaktika quyidagilarni o ‘zida mujassamlashtiradi.
– Ochiq va moslashuvchan dars konsepsiyasi;
– mavzu va mazmun muhim;
– darsdagi asosiy ish shakli: suhbatlashish va guruh bo’lib ishlash;
– o ‘quvchilarni faollashtirish va tildan ijodiy va erkin foydalanishga e’tibor katta bo’lishi zarur;
– Tushunishdan fikrni izhor qilishga prinsipi asosida mashqqa kuchli e’tibor berish;
– Ma’noni ochishda, harakat ko’lamini belgilashda va mashqni tashkil qilishda vizualizatsiya (ko’rish tayanchi) muhim ro’l o’ynaydi;
– Kundalik nutqiy muloqotni hayotiy vaziyatda o’rganish (dialogni mashq qilish);
– Tildan og’zaki foydalanish va shu bilan birga asliy matnlarni tushunish muhim hisoblanadi.
Kommunikativ didaktika tinglab tushunish materiali sifatida tabiiy nutqiy vaziyatdan foydalanishni birinchi o’ringa qo’ydi, ya’ni, transportdagi, vokzaldagi
e’lonlar, radio va televideniyedagi reklamalar, telefondagi suhbatlar va shu kabilarni misol keltirishiiz mumkin. Axborotni tinglab tushunish qabul qilish bo’yicha qo’yilgan maqsadlar o’zgardi. Tinglaganini hikoya qilish va nazorat qilish ham boshqacha tus oldi. Mazkur metod maqsaddan kelib chiqqan holda tinglovchiga tinlab tushunishning quyidagi turlarini ajratib berdi:
■ Keng ma’noda matnning ba’zi bir detallariga ahamiyat bermay, uning asosiy mazmunini tushunish;
■ Aniq informatsiya muhim bo’lganda, masalan, ma’lum bir joy uchun ob-havoning zarurligi, poyezdning kelishi-ketishi tog’risidagi e’lon va boshqalar shu metod jumlasidandir.
Aynan bu bilimlarni ongimizda saqlab qolishimiz, kommunikativ didaktikaga oid ma’lumotlarni o’rganishimiz, “kommunikatsiya” tushunchasidan kelib chiqqan holda, “madaniyatlararo muloqot” terminiga o’zaro mazmuniy jihatdan bog’lanadi.
Chet til o’qitish metodikasida hozirda madaniyatalararo muloqot iborasi keng qo’llanib kelmoqda. Aynan bu tushunchani biz turli xildagi kontekstlarda qo’llashimiz mumkin. Aslida esa: Madaniyatlararo muloqot – turli madaniyat vakillarining ijtimoiy kelib chiqishi, mentaliteti, milliy xarakteri, hayot tarzi, urf-odatlari, qadriyatlari sistemasi va boshqalar tog’risidagi muloqoti-ma’lumotidir. Mazkur jarayonda o’quvchi-talabalarni o’rganilayotgan mamlakat madaniyatiga nisbatan hurmat, sabr-toqat qilish va o’zga mamlakat madaniyatini tog’ri tushunish ruhida tarbiyalab, rivojlantirib borish lozim.
Har bir chet tili darsi madaniyat chorrahasi, madaniyatlararo muloqot amaliyoti hisoblanadi. Chunki mazkur jarayondagi har bir chet tilidagi so’z chet el hayotini va madaniyatini o’zida aks ettiradi. O’qituvchilar oldidagi vazifa o’quvchi va talabalarning kommunikativlik, muloqotga kirisha olish qobilyatini o’stirishdan iborat. Buning uchun kishilarni samarali muloqot qilishiga o’rgatuvchi o’quv qo’llanmalar va chet tildagi to’rtta nutq faoliyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’limning yangi metodlarini o’zlashtirish zarurdir.
Madaniyatlararo muloqot formulasi sabrlilik, bag’rikenglik hisoblanadi. Madaniyatlararo muloqotda ijtimoiy-madaniy xatolarga yo’l qo’ymaslik talab etiladi. Masalan, nemis xalqida, “Tee oder Kaffee?” ya’ni “choymi yoki kofemi” degan savolga ona tilimizda,- ” Tee”, “choy”- deb javob beramiz, lekin nemis tilida esa bunday javob tog’ri kelmaydi. Nemis tilida, “Bitte, Tee” ya’ni, “Marhamat, choy” deb javob beriladi. So’z kishilarni muloqot orqali bir-biriga bog’laydi. Yangi materialni bir vaqtning o’zida barcha nutq faoliyati turlarida qo’llash natijasida
malaka va ko’nikma hosil qilinadi. Bu jarayonda kommunikativ vositalar, ko’rgazmalilik, zamonaviy texnologiya turlari, usullari, izchillik prinsipi ta’minlansa, ta’limning sifati va samaradorligi oshib boraveradi.
O’qituvchi-muallimning muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatish uchun nafaqat predmetli, pedagogik va psixologik bilimlar, balki yana boshqa alohida xususiyat-muloqot qila olish ko’nikma va malakalari ham, albatta, zarur hisoblanadi.
Inson go’dakligidan boshlab muloqot malakalarini egallay boshlaydi. Ammo katta bo’lganidan keyin hamma ham kerakli darajada muloqot o’rnata olmaydi. Pedagoglik kasbi o’z xususiyatiga ko’ra „inson-inson” tipidagi kasblarsirasiga kiradi va shuning uchun ham muloqot qila olish ko’nikmasi pedagog uchun yetakchi, kasbiy muhim ko’nikmalardan sanaladi. Pedagogning o’quvchilar bilan olib boradigan muloqot va muomalasiga qarab bolalarning o’quv predmetiga qiziqishi, demakki, o’quv motivlari shakllanadi. Pedagogik muloqot usuli o’quvchilar tomonidan predmetli bilim, ko’nikmalarning natijaviyligi, shaxslararo munosabat madaniyatiga ta’sir ko’rsatadi, ta’lim jarayonida o’ziga xos axloqiy-psixologik iqlimni vujudga keltiradi. Muloqot shaxs ijtimoiylashuvining muhim sharti hisoblanadi. Shu o’rinda pedagogik muloqot aslida nima ekanligini bilish zarur hisoblanadi.
Pedagogik muloqot – bu o’qituvchi va tarbiyalanuvchining o’zaro hamkorligi bo’lib, u o’zaro axborot, eng avvalo o’quv axboroti, almashinishiga asoslanadi, pedagogik muloqot sherigini anglashga, shuningdek, o’zaro hamkorlik faoliyatini amalga oshirishga yordam beradi. Bunda axborot ham verbal ya’ni, nutq orqali, ham noverbal – vositalar orqali yetkaziladi. Pedagogik muloqot jarayonida o’qituvchi asosiy rolni o’ynashi va o’quvchilar uchun namuna bo’lishi lozim. Bu uning kommunikativ madaniyati bilan baholanadi.
O’qituvchining kommunikativ madaniyati – bu uning o’quv-tarbiya jarayoni subyektlari bilan professional-pedagogik muloqotdir.Kommunikativ madaniyatning zaruriy darajasi sifatida shuni belgilash mumkinki, bunda o’qituvchi o’z tarbiyalanuvchilari va hamkasblarini ijobiy qabul qila oladi hamda ta’lim va tarbiya maqsadlariga erishishni so’zsiz ta’minlay oladi. Kommunikativ madaniyatning ijtimoiy ahamiyati shundaki, uni egallagan o’qituvchi ta’lim jarayoni barcha subyektlari o’zaro munosabatlarida ijobiy psixologik iqlimni yarata oladi, ta’limni modernizatsiayalashning muhim prinsiplari
bo’lmish – insonparvarlik va demokratlashtirishni amalga oshiradi. Shaxsiy ahamiyati shundaki, kommunikativ madaniyatga ega bo’lgan pedagogning o’ziga ishonchi yuqori bo’ladi, tarbiyalanuvchisi bilan qurilgan muloqotdan zavqlanadi,
tanlangan ish faoliyatida o’zini erkin his etadi. O’qituvchi kommunikativ madaniyati tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Kommunikativ ko’nikmalar.
2. Pedagogning muloqotga kirishuvchanligi.
3. Pedagogning muloqot madaniyati.
4. Pedagogik muloqot metodlari.
Kommunkiativ ko’nikmalarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1. Ijtimoiy-psixologik ko’nikmalar. Ular o’quvchilarni muloqotga kirishish uchun tayyorlaydi, ijobiy taassurot uyg’otadi, har bir o’quvchi shaxsini, uning mavqei darajasini qabul qilishiga, shaxslararo munosabat rivojini bashorat qilishga yordam beradi, psixologik ta’sir vositalarini qo’llashga, ishontirish, singdira olish, identifikatsiya qilishga imkon yaratadi.
2. Axloqiy-estetik ko’nikmalar. Bu muloqotni insonparvar, demokratik asosda ko’ra olish, kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya qilish, har bir o’quvchining shaxs sifatidagi qadr-qimmatini o’rniga qo’yish, o’quvchilar jamoasi va har bir o’quvchi bilan ijodiy hamkorlikni o’rnata olish ko’nikmalari sanaladi.
3. Estetik ko’nikmalar. Bu ichki va tashqi holatlarni uyg’unlashtira olish, artistlik qobilyatiga ega bo’lish, estetik ifodalanganlik, o’smirlarni muloqotning yuqori madaniyatliliga jalb qilish, ularning emotsional kayfiyatini, optimistik idrokini faollashtrish bilan belgilanadi.
4. Texnologik ko’nikmalar. Bu o’quv-tarbiya vositalari, metodlar, usullar o’zaro hamkorligining turli shakllarini tanlay olish, muloqotni boshqarishning optimal metodini tanlash, pedagogik nazokatga rioya qilish, uning tarbiyaviy samaradorligini oshirish bilan belgilanadi.
Pedagogik muloqot madaniyati uchun zarur bo’lgan qator shaxsiy sifatlar-haqqoniylik, ochiqlik, o’z-o’zini boshqara olish, talabchanlik, samimiylik, sabr-
toqatlilik, chidamlilik, taktika kabilarni o’z ichiga oladi. O’qituvchi faqat o’z kommunikativ mahoratini emas, balki o’quvchilarning ham madaniyatlararo muloqotini shakllantirishi lozim. O’qituvchi o’quvchi-yoshlar psixologiyasini yaxshi bilishi, ularning ijtimoiy qarashlarini, ijtimoiylashuv jarayonlarini puxta bilishi talab etiladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, pedagogik, madaniyatlararo muloqot yakuniy natijaga ko’ra muaffaqiyatga erishishi yoki muaffaqiyatsizlikka uchrashi bu pedagog-muallimning qanday muomala metodini tanlashi va uni qanday amalda qo’llay olishiga bog’liqdir. Pedagog dars mobaynida nafaqat o’zi ishlashi balki o’quvchilarni ham dars jarayoniga qiziqtira olishi, o’z fikrini erkin bayon etishga o’rgatishi lozim. Albatta, bu natijaga faqatgina, darsni tog’ri tashkil etish, ilg’or,
zamonaviy innovatsion texnologiyalardan keng amalda foydalanish orqaligina erishish mumkin. Pedagogning innovatsion faoliyati o’z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konsepsiyasini shakllantirish, amalga oshirish va tahlil qilish, samaradorlikka baho berishni ham qamrab oladi. Yuqoridagi barcha fikr va mulohazalardan ko’rinib turibdiki, bunday ijobiy natijalarga erishish uchun pedagog chet til o’qitishda keyingi qadam, ya’ni “mashq texnologiyasi”ga murojat etishi lozim va uni amalda qo’llash bilim olishdagi ko’nikma va malaka sari yetaklaydi.
Chet til o’rganish ko’p qirrali ta’limot bo’lib, bu jarayonda inson murakkab psixologik o’zgarishlarni boshdan kechiradi. Jumladan ona tili bilan chet tilini taqqoslash jarayoni yuzaga keladi. Bu jarayonda o’rgatishning turli metod va texnologiyalaridan foydalaniladi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida chet til bilan ona tilini taqqoslab o’rgatish samarali natija beradi. Chet til o’rgatish uning metodikasiga oid bilimlarga ega bo’lishni taqozo etadi. Metodika va texnologiyalar chet til o’rganish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Darsni tashkil qilishda metodika fanining turli usullari mavjud. Chet til o’qitish metodikasida keng qo’llaniladigan metodlar: kommunikativ didaktika metodi, madaniyatlararo muloqotni tashkil qilish metodi va mashqni tashkil qilish metodi hisoblanadi. Uchala metod bir biri bilan chambarchas bog’liq va bir-birini to’ldiradi. Metodika fani didaktika fani bilan bog’liq bo’lganligi sababli, chet til o’rganish mobaynida kommunikativlikka asoslaniladi va kommunikativ didaktika metodi yuzaga keladi.
Kommunukativ didaktika metodinini qo’llash jarayonida pedagogning madaniyatlararo muloqotni shakllantirish metodi ham shakllanadi. Chet til o’rganish natijasida o’zga mamlakat madaniyati ham o’zlashtiriladi. Chet til ta’limida kerakli bilimlarni egallash uchun “mashqni tashkil qilish texnologiyasi” muhim ahamiyat kasb etadi.
Barcha bilimlarni o’zlashtirish uchun mashq eng yaxshi usul hisoblanadi. Mashq nafaqat chet til ta’limida balki barcha soha bilimlarini o’zlashtirishda ham ijobiy natija beradi. Darsni samarali tashkil etish, unda pedagog faoliyati va zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o’rni beqiyosdir. Chet til o’rganish jarayonini kommunikativlikka yondashgan holda tashkil qilish, keyingi bosqich madaniyatlararo muloqot darajasiga yetkazish, bunday natijalarga erishish uchunesa, so’ngi qadam, “mashq texnologiyasi”ga e’tibor qaratish muhim. Chet til o’rgatish
jarayonini natijaviy tashkil etish uchun zamonaviy pedagogik axborot kommunikatsiya texnologiyalariga oid bilimlar egallash lozim.
1. Maxmudov, Q. S. O. G. L., Shayxislamov, N. Z. O. G. L., & Jo, B. B. O. G. L. (2020). O ‘zbek va xorijiy tillarda antonimlar tavsifi, o ‘mi va ularnig turli jihatdan tasniflanishi. Science and Education, 1(Special Issue 3).
2. Juraboyev, В. B. (2020). Nemis tilini o’qitishda kommunikativ yondashuv. Science and Education, 7(7), 215-220.
3. Joraboyev, B. B. O. (2021). Using authentic materials on english lessons. Academic research in educational sciences, 2(2).
4. Joraboyev, B. (2020). Nemis tilida juft otlar va ularning o’ zbek tilida ifodalanishi. Science and Education, 1(Special Issue 4).
5. Журабоев, Б. (2020). Мотивированные люди для удовлетворения своих собственных потребностей. Academic research in educational sciences, (3).
6. Juraboyev, B. B. U. (2021). Problems and solutions for online teaching and learning of foreign languages. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 2).
7. Samarova, S. (2018). Forming Creative Vision of Person as Universal Method Enhancing Creativity. Eastern European Scientific Journal, (6).
8. Samarova, S. R. (2019). Methods and technologies for the development of creative thinking of pupils. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 7(10), 37-43.
9. Samarova, S. R., & Mirzayeva, M. M. (2020). The problem of the formation of creative abilities of students in foreign psychology. An International Multidisciplinary Research Journal, 10(5), 1937-1943.
10. Рахманова, М. К. (2019). Ёшларнинг маънавий тарбиясида кддимги Урта Осиё маънавий-маданий меросининг ах,амияти. “Глобаллашув шароитида ватанпарварлик тарбиясининг маънавий-маърифий технологиялари” республика илмий-амалий конференцияси, 206-209.
11. Рахманова, М. К. (2019). Изучение стратегии обучения. Приориоритетные векторы развития промышленности и сельскогохозяйства материалы II международной научно-практической конференции, 7, 95-101.
12. Рахманова, М. К. (2019). Талабаларда ижтимоий фаолликни ривожлантиришнинг назарий методологик асослари. Халк таълими, (1), 24-29.
13. Рахманова, М. К. (2019). Таълим технологиялари оркали касб танлашда онгли муносабатни шакллантириш. Халцаро илмий-амалий конференцияси, 323-326.
14. Рахманова, М. (2020). Таълим жараёнида укув мунозараларини ташкил этишда укитувчининг педагогик махррати, ижодкорлиги ва фаоллиги. “Oriental Art and Culture” Scientific-Methodical Journal, 4(4), 68-73.
15. Rajabova, I. T. (2020). Лингводидактические аспекты глаголов, выражающие перемещения, на уроках русского языка с учащимися с узбекским языком обучения. Academic research in educational sciences, (4).
16. Абдуллаевна, Ш. К., & Фагимовна, Ш. Н. (2020). Нетрадиционные методы обучения русского языка и литературы. Суз санъати,(3).
17. Shokarimova, K. A. (2020). Pedagogik qobiliyat va pedagogik mahoratning talimtarbiya berishdagi ahamiyati. Science and Education, ^(Special Issue 2).
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
18. Shokarimova, K. A. (2021). The way of improving reading and writing skills during the lessons. Academic research in educational sciences, 2(2).
19. Ражапова, И. Т. (2019). Методика обучения видам русского глаголав. Илм сарчашмалари.
Ingliz tili: grammatikani oson o’rganish
Ingliz tili grammatikasi bir qarashda o’rganish uchun eng qiyin bo’lgan qoidalar jamlanmasiga o’xshab ko’rinishi mumkin. Ammo, ishoning, asl haqiqat bunday emas! Ingliz tili grammatikasi har qancha qiyin, chalkash va zerikarli ko’rinmasin, u bir necha soniyalar ichida Sizning o’rganishingiz uchun dunyodagi eng oddiy va oson narsalardan biriga aylanishi mumkin. Bu uchun faqatgina Sizdagi xohishning o’zi yetarli!
Ingliz tili grammatikasini oson o’rganishni xohlaysizmi? Ingliz tilida gapirish jarayonida kamroq grammatik xatolarga yo’l qo’yish istagidamisiz? Kirish imtihonlaridagi ingliz tili grammatikasiga oid testlarni bajarish uchun xorijiy til grammatikasini puxta egallamoqchimisiz? Unda o’qishda davom eting.
Yaqinda o’z qiziqishlarimdan kelib chiqqan holda Google qidiruvi orqali O’zbekiston yoshlarining ingliz tilini o’rganish maqsadida Internetda amalga oshirgan qidiruvlari tarixi statistikasini ko’rib chiqdim. Rosti, bu ishni amalga oshirishda avval O’zbekistonda ingliz tili grammatikasini o’rganishga bunchalik katta qiziqish mavjudligini, to’g’rirog’i Internetda ingliz tili grammatikasiga oid mavzularni o’zbek tilida bunchalik ko’p foydalanuvchilar izlashini bilmagan edim. Natijalar ingliz tilini o’rganishga bo’lgan qiziqishning o’zbek tilida so’zlashuvchi foydalanuvchilar orasida qanchalik yuqori ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Yaqin o’tgan vaqt oralig’idagi Google orqali qidirilgan so’rovlar kalit so’zlari quyidagilarni o’z ichiga olgan edi: ingliz tili grammatikasi, ingliz tili grammatikasini o’rganish, grammatika qoidalari, ingliz tili grammar, english grammatikasi, english grammar, grammatika darslar, ingliz tilida gapirishni o’rganish, ingliz tilida gaplashishni o’rganish, ingliz tili video darslar, ingliz tili online, ingliz tili darslari o’zbek tilida, ingliz tili kurslari, ingliz tili repetitorlari, ingliz tili IELTS, ingliz tili testlar, ingliz tili dars ishlanmalari, ingliz tilini oson o’rganish, ingliz tili o’rganish… Ehhe, qidirilgan bu kalit so’zlar hilma-hilligini davom ettiraversak maqolamiz o’n ming so’zdan ham oshib ketadi. Ammo muhimi kuzatish shuni tasdiqlaydiki, ingliz tilini yoki ingliz tili grammatikasini o’rganishga bo’lgan talab so’nggi bir necha oy ichida bir necha o’n baravarga oshib ketdi. Bu ko’rsatkich saytimizda yangi grammatik manbaalarning ko’paytirilishiga turtki bo’lishi bilan bir qatorda ingliz tili grammatikasini osonroq o’rgatish usullari haqida bosh qotirishga ham undaydi. Yuqoridagi talabdan kelib chiqqan holda ingliz tili grammatikasini oson o’rganish yuzasidan o’z bilim va tajribamga tayangan holda quyidagi tavsiyalarni berishga qaror qildim. Ular ingliz tili grammatikasini o’rganishni endi boshlagan, grammatikani o’rganishni davom ettirayotgan yoki ingliz tili grammatikasini kimgadir o’rgatishga harakat qilayotgan vatandoshlarimizga kerakli bo’ladi degan umiddaman.
Ingliz tili grammatikasini bir necha oylar davomida to’liq va eng muhimi oson o’rganish uchun quyidagi sinovdan o’tgan, ishonchli hamda to’liq yaxshi natija beradigan oddiy ko’rsatmalarga amal qilgan holda o’rganishga kirishign:
1. Ingliz tili grammatikasini o’rganishdan avval o’zbek tili grammatikasini yaxshi tushunib oling.
O’z ona tilini bilmagan kishi xorijiy tilni mukammal darajada o’rgana olmaydi. Ingliz tili grammatikasini o’rganishga kirishganingiz juda yaxshi, ammo bundan oldin o’zbek tili grammatikasini o’rgansangiz yoki mavjud bilimlaringizni takrorlasangiz, xorijiy til grammatikasini o’rganishingiz oson kechadi. O’zbek tili va ingliz tili grammatikalari tuzilish, kelib chiqish va o’rganilish jihatidan ancha farqli bo’lishiga qaramasdan tilni o’rganishda ishlatiladigan asosiy grammatika tushunchalar bu ikki tilda bir xildir. Shu sababli ularni qiyoshlash, taqqoslash hamda umumiy tushunchalarni birlashtirish orqali ingliz tili grammatikasini yaxshiroq tushunish mumkin. O’z ona tilingizni qancha yaxshi bilsangiz, uning grammatika qoidalarini qancha yaxshi tushunsangiz, ingliz tili grammatikasini ham shunchalik oson o’rganasiz.
2. Ingliz tilini o’rganmang. Ingliz tilini yashang!
Tilni shunchaki o’rganish orqali uning grammatikasini yaxshi tushunib olish juda qiyin. Ingliz tili grammatikasini oson o’rganish uchun grammatik qoidalarni yodlash, grammatikaga oid kitoblar o’qish yoki zerikarli grammatika darslariga qayta-qayta qatnashaverishning o’zi yetarli emas. Grammatikani o’rganishni osonlashtirishdagi birinchi qadam – bu til grammatikasi qurilishini butun vujudingiz bilan his qilgan holda uning har bir qoidasi mazmunini tushunib olishingiz hisoblanadi. Bir so’z bilan aytganda, grammatikani o’rganish uchun Siz uni butun vujudingiz bilan his qila olish darajasida tushunishingiz, shu tushunchani aqliy hayotingizga kirita olishingiz kerak. Buni qanday amalga oshirsa bo’ladi? Tasavvur qiling, Siz ingliz tili grammatikasida son (the numeral) mavzusini o’rganmoqchisiz. Buning uchun Siz faqatgina son haqidagi qoidalarni o’qish bilan cheklanib qolmang. Qo’lingizga ruchka va yangi varaq oling-da, mavzu haqidagi Siz tasavvur qilgan eng sodda, eng tushunarli, eng qiziqarli bo’lgan qoidani o’zingiz uchun yarating. Agar zarur bo’lsa qo’shimcha tushunchalarni yozing. Mayli, bu yozganlaringiz kitoblardagidek murakkab bo’lmasin, muhimi u Sizning qarashlaringizga uyg’un holda tabiiy bo’lsin! Qarabsizki, son mavzusining Sizga mos, tushunarli va muhimi o’rganishingiz uchun qulay bo’lgan tushunchalari paydo bo’la boshlaydi. Shu tariqa har bir mavzuni o’zingizga moslagan holda ingliz tili grammatikasini o’z xohishlaringiz, uslubingiz, qarashlaringizdan kelib chiqqan holda oson o’rganishni boshlaysiz. Muhimi tashqi muhit emas. Eng muhimi – bajarayotgan ishingizga nisbatan munosabatingiz!
3. O’rganishingizni o’rganing.
Siz qaysi usulda dars qilsangiz yaxshiroq o’rganasiz? Mana shu narsani yaxshi tushunib oling. Kimlardir eshitish orqali, kimlardir ko’rish yoki bajarish orqali yaxshi o’rganadi. Agar Sizda eshitish orqali o’rganish oson bo’lsa grammatik qoidalarni o’zingiz telefoningiz diktofoniga o’qishingiz ovozini yozib olib, keyin uni kun bo’yi tinglab yurishingiz mumkin. Ko’rish orqali yaxshi o’rgansangiz ingliz tili grammatikasiga oid slaydlar va video darslar yordamida bilim oling. Bajarish orqali o’rganishingiz osonroq kechsa mavzuga doir mashqlarni odatdagidan ko’proq bajarishga va o’rganilgan grammatik qoidani ko’proq amalda qo’llashga harakat qiling.
4. Mavjud bilimlaringizdan unumli foydalaning.
Rus tilini yaxshi bilasizmi? Agar bilsangiz, ingliz tilini o’rganish jarayonida bu bilimingizdan unumli foydalanishingiz mumkin! Rus tili grammatikasi ingliz tili grammatikasiga qanchalar yaqin ekanligini juda yaxshi bilasiz. Bu mutanosiblikdan ikki tilni solishtirgan holda yangi bilimlarni egallashda foydalanishingiz mumkin. Ingliz tili va rus tili grammatikasi o’rtasidagi o’xshashlik yoki farqli jihatlarni sinchiklab o’rganib chiqish jarayonining o’zida ham qanchadan-qancha yangi tushunchalarni o’zlashtirib olish mumkin!
5. Do’stingiz bilan birga o’rganing.
Yolg’iz o’rganishga nisbatan kim bilandir raqobatlashib, yoki fikrni o’rtoqlashga yolda o’rganish ancha samaralidir. Imkon qadar ingliz tili grammatikasini o’rganayotgan do’stingiz bilan ko’proq aloqada bo’lib turing. U bilan grammatik mavzu yuzasidan tez-tez savol-javoblar o’tkazib turing. Agar ingliz tili grammatikasini birga o’rganish uchun yaqin tanishingiz yoki do’stingiz bo’lmasa, bunday sherikni mahalliy til markazlarida o’qiyotgan tengdoshlaringiz, Siz o’qiyotgan ilm dargohidagi talabalar, eng qiyin hollarda esa internet orqali ingliz tilini o’rganish saytlari foydlanuvchilari, masalan odnoklassniki saytidagi ingliz tilini o’rganish guruhlari a’zolari orasidan tilni birga o’rganish uchun sherik topishingiz mumkin. Izlangan har doim imkon topadi!
6. Xato qilishdan qo’rqmang!
Grammatikani o’rganish doimiy xatolar qilib, ularni tuzatish orqali tushuncha olishdan iborat ekanligini bilasizmi? Agar bilmasangiz, grammatikani o’rganish davrida u yoki bu mavzu yuzasidan mashq bajarganda xatolarga yo’l qo’yishingiz natijasida o’zingizni yomon his qilishingiz, o’rganishga bo’lgan shijoatingiz tushib ketishi va natijada ko’proq kuchingizni o’rganishga emas, xatolaringizdan hafa bo’lishga sarflab qo’yishingiz mumkin. Xatolar qilish orqali o’rganish qiziq, foydali va esda qolarli ekanligini bilganingizda esa yuqoridagi yomon hissiyotlar Sizni hech qachon to’xtatib qola olmaydi! Hech qachon ingliz tili grammatikasini o’rganishda xato qilishdan qo’rqmang. Xato bo’lishi mumkin bo’lsa ham mavzuga oid fikringizni aytishga harakat qiling.
7. O’rganganlaringizni tez-tez takrorlab turing.
Bir marta o’rgangan grammatik qoidangizni bir haftada bir marta 3 soat vaqt sarflab takrorlashga nisbatan har kuni 3 minutdan vaqt sarflab takrorlab turishingiz yaxshiroq samara beradi. Takrorlash jarayonini qanchalik uzoq vaqt davom etishiga emas, balki takrorlashingizning qanchalik tez-tez amalga oshirilib turishiga asosiy e’tiboringizni qarating! O’rgangan bilimingizni takrorlamay qo’ysangiz tez fursat ichida bu bilimingizdan ajralib qolishingiz mumkinligini unutmang! Faqat takrorlab tursangizgina bilimingiz mustahkamlanadi. Sizda mavjud bilimlarni takrorlab turishni ingliz tili grammatikasida oid mashqlar to’plamidagi grammatik mashqlarni bajarish, grammatika qoidalarni o’qish yoki do’stingiz bilan grammatikaga oid savol-javoblar o’tkazib turish orqali amalga oshirishingiz mumkin.
8. O’rgatish orqali o’rganing.
Balki Siz hali ingliz tili grammatikasini to’liq o’zlashtirmagandirsiz, ammo undagi eng kichik, sodda tushunchalarni yaxshi yodlab olgan bo’lishingiz mumkin. Bu holda ingliz tilini o’rganishga qiziqayotgan Sizdan kichik ukangiz, tanishingiz yoki butunlab begona biror kishiga Siz yaxshi bilgan grammatik qoidani yaxshilab tushuntirib berishingiz, boshqa kishiga o’rgatishingiz o’zingizning o’rganishingizda juda katta ahamiyatga ega. Kimgadir biror narsani o’rgatish uchun mazkur bilimni qayta-qayta takrorlash, izlanish va yaxshiroq tushuntirishning osonroq yo’llarini izlashga to’g’ri keladi. Bu esa o’z-o’zidan mavzuni takrolashingiz hamda mustahkam o’rganishingizni anglatadi. Kimgadir ingliz tilini o’rgatish uchun katta o’qituvchi bo’lishingiz, ingliz tilini professional darajada bilishingiz umuman shart emas. Sizda bor bilimlarni bugundan boshlab yana kimgadir o’rgatishga kirishing!
Ingliz tilini o’rganishga doir yuqoridagi tavsiyalar o’rganishning minglab usullaridan ba’zilari xolos. Bulardan tashqari ingliz tilini oson o’rganishning juda ko’p usullari mavjud. Ularni topish Sizdan izlanish, sabr va harakat talab etadi.
Ingliz tilini o’rganish juda oson. Siz o’ylaganingizdan ham osonroq! Sizga aytishganidan ham osonroq! Muhimi bunga Siz ishoning. Siz ingliz tilini to’liq o’rganishni uddalaysiz. Azamat.uz sayti Sizga ishonadi!