Inglizcha she’rlar to’plami bolalar uchun (2023)
Tekshiriladigan koʻnikmalar: keng kolamli nutq va murakkab fikrlar bayonini kuzatib tushunish, ilmiy va ixtisoslik taqdimotlari mohiyatini tushunish.
CEFR imtihoni: oʻtkazilish tartibi, toʻlov va Oʻzbekistonda qayerda topshiriladi?
CEFR — Common European Framework of Reference imtihoni Yevropa Ittifoqida foydalaniladigan chet tilini egallaganlik daraja tizimi (chet tilini egallanganlikning Umumevropa kompetensiyasi). Imtihon Yevropa Kengashi tomonidan “Language Learning for European Citizenship” loyihasi doirasida 1989-1996-yillarda ishlab chiqilgan. CEFRning asosiy maqsadi – umumiy Yevropa tillari uchun qabul qilinadigan baholash va oʻqitish usulini taqdim etish. 2001-yildan boshlab Yevropa Ittifoqi imtihondan til bilish kompetensiyasining milliy tizimini yaratishda CEFRdan foydalanishni taklif etdi. Bugungi kunda sinov sertifikati AQSH, Kanada, Avstraliya, Yevropa, Osiyo oliy oʻquv yurtlarida oʻqish uchun topshiriladi.
CEFR haqida qisqacha:
Til –ingliz, nemis, fransuz tili;
Tashkilotchi – Yevropa Kengashi (Council of Europe);
Rasmiy sayt – https://www.coe.int;
Imtihon haqi – 2018-yilning 1-noyabridan sertifikat – 304 095 soʻm;
Davomiyligi – 3 soat 5 daqiqa – 3 soat 50 daqiqa;
Baholanishi – 150 ballik tizim;
Qachon: 2019-yil muddatlari SHU YERDA eʼlon qilinadi;
Oʻzbekistonda qayerda topshirish mumkin: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat Test markazi, Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasida; Manzil: 100084, Toshkent shahri, Bogʻishamol koʻchasi, 12-uy; Telefon: (+998 71) 235-74-85; Faks: (+998 71) 234-71-84; elektron pochta: nafl@dtm.uz; Rasmiy sayt: https://nsfla.uz/.
CEFR imtihoni boʻlimlari
Chet tilini bilish darajasi testi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi 352-son qarori bilan tasdiqlangan “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikati berish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom asosida oʻtkaziladi.
CEFR taqdim etadigan imtiyozlar:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda chet tilini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini keng qoʻllagan holda 2018-yil 1-yanvardan boshlab malaka sertifikatiga ega boʻlgan talabgorlarga sertifikatni olgandan boshlab 3 yilgacha quyidagi imtiyozlar berish tartibini joriy etgan:
- chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi davlat namunasidagi B1va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlarga oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining kirish test sinovlari majmuasiga chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fani kiritilgan yoʻnalishlarda chet tili fanidan belgilangan maksimal ball berish va ularni chet tili fanidan test sinovidan ozod etish;
- chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi davlat namunasidagi B2 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlarga oliy taʼlim muassasalari magistraturasining kirish test sinovlari majmuasiga chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fani kiritilgan yoʻnalishlarda chet tili fanidan belgilangan maksimal ball berish va ularni chet tili fanidan test sinovidan ozod etish.
Test quyidagi boʻlimlardan iborat:
- Tinglab tushunish boʻlimi: eshitilgan audiomatnlarning asosiy mazmunini va detallarini tushunish koʻnikmalarini tekshiradi;
- Oʻqib tushunish boʻlimi: har xil janrlardagi autentik matnlarning asosiy mazmunini va detallarini tushunish koʻnikmalarini tekshiradi;
- Leksik va grammatik kompetensiyalar boʻlimi: leksik va grammatik birliklarni kontekstda toʻgʻri qoʻllay olish koʻnikmalarini tekshiradi;
- Yozish boʻlimi: berilgan vaziyat yoki mavzu asosida, topshirilayotgan darajaga mos leksika va grammatikani qoʻllagan holda yaxlit matn tuza olish koʻnikmalarini tekshiradi;
- Gapirish boʻlimi: savollarga javob bera olish, ogʻzaki taqdimot qila olish, muammoga nisbatan oʻz fikrini bildirib asoslab bera olish koʻnikmalarini tekshiradi.
Testning yozma qismi (tinglab tushunish, oʻqib tushunish, leksik va grammatik kompetensiyalar, yozish boʻlimlari) bir kunda, gapirish boʻlimi alohida oʻtkaziladi.
Baholash
Har bir boʻlimda maksimal ball 30 ballni tashkil qiladi. Jami maksimal ball: 150 ball. Testdan muvaffaqiyatli oʻtish uchun maksimal ballga nisbatan 60% yoki undan yuqori yigʻish kerak.
Darajalari
Universitetga imtihon topshirish uchun odatda B1, B2, C1 darajalari yetarli hisoblanadi.
Roʻyxatdan oʻtish tartibi
Chet tilini bilish va egallash darajasi boʻyicha malaka sertifikati olish uchun imtihonga roʻyxatdan oʻtish tartibi:
- On-line arizani toʻldiring. Toʻldirigan arizangizning pdf formatdagi nusxasi arizada koʻrsatgan elektron pochtangizga yuboriladi.
- Elektron pochtangizdan pdf formatdagi arizangiz nusxasini yuklab oling va printerdan chiqaring.
- Istalgan bank boʻlimidan DTM hisob raqamiga eng kam ish haqining 1.5 baravari miqdorida toʻlovni toʻlang.
- Quyidagi hujjatlarni DTMga pochta orqali yuboring yoki shaxsan olib keling:
– Toʻldirilgan ariza nusxasi (pdf formatda pochtangizga yuborilgan arizani chiqaring);
– Eng kam ish haqining 1.5 baravari miqdorida toʻlovni toʻlaganligingiz haqida kvitansiya nusxasi yoki toʻlov topshiriqnomasi;
– Pasportingiz nusxasi;
– 3.5 * 4.5 oʻlchamdagi fotosuratingiz (1 dona). Rasm hujjat talablariga mos kelishi kerak;
– 3.5 *4.5 oʻlchamdagi fotosuratingizning CD diskga yozilgan elektron nusxasi;
hujjatlar uchun jild.
Test sinovlari formati
B1 darajasi
B1 darajadagi talabgor:
- ommabop tanish mavzulardagi matnlarni muayyan maʻlumotlar olish uchun oʻqib, tushuna oladi;
- shaxsiy hayot mavzularida qaydlar va xabarlarni yoza oladi;
- shaxsiy qiziqishlar, kundalik hayot mavzularida suhbat qiladi;
- ommabop masalalar boyicha maʻlumot bera oladi va fikrini bildiradi.
Vaqt: B1 daraja imtihoni 3 soat 5 daqiqa davom etadi va quyidagi boʻlimlardan iborat:
1-boʻlim: Tinglab tushunish ( 30-35 daqiqa/4 qism/30 savol)
2-boʻlim: Oʻqish (70 daqiqa/4 qism/30 savol)
3-boʻlim: Leksik va grammatik kompetensiyalar (30 daqiqa/3 qism/30 savol)
4-boʻlim: Yozish (45 daqiqa/2 topshiriq/ 30 ball)
5-boʻlim: Gapirish (15 daqiqa/3 qism/30 ball)
Tinglab tushunish. Tinglab tushunish boʻlimining maqsadi nomzodning chet tilidagi ommabop tanish mavzulardagi monologik va dialogik nutqning asosiy maʻnolarini tushuna olishini va soʻralgan maʻlumotni topa olish koʻnikmalarini tekshirishdir. Tinglab tushunish boʻlimi 4 qismdan iborat. Tinglab tushunish boʻlimi mazmuni quyidagicha tuziladi:
1-boʻlim: Tinglab tushunish (30-35 daqiqa/4 qism/30 savol)
Tinglab tushunish boʻlimida har bir matn ikki martadan eshittiriladi va matn eshittirilishidan oldin tinglab tushunish boʻlimi oʻyicha yoʻriqnoma va shundan soʻng har bir topshiriqni bajarishdan oldin matnga oid savollar bilan tanishib chiqish uchun 30 soniya vaqt beriladi.
1-qism (1-10 savollar)
Matn turi: ommabop tanish mavzularda 10 ta qisqa monologlar.
Tekshiriladigan koʻnikmalar: aniq normativ nutqning asosiy maʻnolarini tushunish.
Savollar turi: yopiq test.
2-qism (11-16 savollar)
Matn turi: ommabop tanish mavzularda dialog.
Tekshiriladigan koʻnikmalar: muayyan maʻlumotlar olish uchun tushunish va maʻlumotlarni toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanligini aniqlay olish.
Savollar turi: yopiq test.
3-qism (17-22 savollar)
Matn turi: shaxsiy qiziqish va kasb-hunarga oid intervyular.
Tekshiriladigan koʻnikmalar: muayyan maʻlumotlar olish uchun tushunish.
Savollar turi: yopiq test.
4-qism (23-30 savollar)
Matn turi: monolog-prezentatsiya, chiqish;
Tekshiriladigan koʻnikmalar: dolzarb mavzulardagi tele-radio yangiliklar, shaxsiy qiziqish va kasb-hunarga oid sodda dasturlar.
Savollar turi: yopiq test.
2-boʻlim: Oʻqish (70 daqiqa/ 4 qism/30 savol)
1-qism (1-5 savollar)
Matn turi: chet tili muhitida kundalik hayotda uchraydigan qisqa matnlar: eʻlon, reklama, asbob-uskunalar va qurilmalarni ishlatish boʻyicha yozma yoʻriqnomalardan parcha, xatlar, elektron xatlardan parcha, gazeta va internet matnlardan parcha.
Tekshiriladigan koʻnikmalar: chet tilidagi materiallarning umumiy mazmunini tushunish.
Savollar turi: yopiq test.
2-qism (6-12 savollar)
Matn turi: ommabop materiallar – gazeta, jurnal, internet maqolalari.
Tekshiriladigan koʻnikmalar: gazeta va internet matnlarida tegishli maʻlumotni va fikrlarni tushunish.
Savollar turi: yopiq test: toʻgʻri/notoʻgʻri/berilmagan.
3-qism (13-20 savollar)
Matn turi: ommabop materiallar – qisqa hikoya.
Tekshiriladigan koʻnikmalar: ommabop matnlar yoki badiiy asarlardagi asosiy fikrni tushunish.
Savollar turi: yopiq test (savol va 4 ta javob varianti).
4-qism (21-30 savollar)
Matn turi: ommabop materiallar – ensiklopediya yoki internet manbalaridan olingan matn.
Tekshiriladigan koʻnikmalar: matndagi asosiy fikrni tushunish.
Savollar turi: yopiq test
3-boʻlim: Leksik va grammatik kompetensiyalar (30 daqiqa/3 qism/30 savol)
1-qism (1-10 savollar)
Matn turi: ommabop matn.
Tekshiriladigan koʻnikmalar: leksik birliklarni berilgan kontekstda toʻgʻri ishlata olish matnda notoʻgʻri ishlatilgan leksik va/yoki grammatik birliklarni toʻgʻri qoʻllay olish.
Savollar turi: yopiq test (tushirilib qoldirilgan soʻzni berilgan 4 muqobil variantdan tanlash).
2-qism (11-20 savollar)
Matn turi: ommabop matn.
Tekshiriladigan koʻnikmalar: soʻz turkumlarning turli morfologik shakllarini toʻgʻri qoʻllay olish, leksik birliklarni berilgan kontekstda toʻgʻri ishlata olish.
Savollar turi: gapdagi xatoni topish (4 muqobil variantdan toʻgʻrisini tanlash, xato yoʻq boʻlgan taqdirda D tanlanadi)
3-qism (21-30 savollar)
Matn turi: ommabop matn.
Tekshiriladigan koʻnikmalar: oʻzakdosh soʻzlarning turli morfologik shakllarini toʻgʻri qoʻllay olish, leksik birliklarni berilgan kontekstda toʻgʻri ishlata olish.
Savollar turi: yopiq test (4 muqobil variantdan matn mazmuniga mos keluvchi oʻzakdosh soʻzni tanlash).
4-boʻlim: Yozish (45 daqiqa/2 topshiriq)
Yozma nutq boʻlimining maqsadi nomzodning fikrini chet tilida yozma ravishda toʻgʻri va ravon ifodalay olish qobiliyatini tekshirishdir.
1-topshiriq: shaxsiy yozishmalar. Nomzod berilgan mavzu va tayanch savollar asosida xat yozishi lozim (60-80 soʻz/10 ball). Mavzuda muammo koʻtariladi va xatda nomzodning ushbu muammo yuzasidan nuqtai nazarini bildirishi soʻraladi.
2-topshiriq: shaxsiy tajribaga asoslangan insho yozish (120-140 soʻz/20 ball). Nomzod tayanch savollar asosida berilgan mavzuda qisqa insho yozishi kerak.
5-boʻlim: Gapirish (15 daqiqa/3 qism/30 ball)
Ogʻzaki nutq boʻlimining maqsadi nomzodning fikrini chet tilida ogʻzaki tarzda B1 daraja talablariga mos tarzda toʻgʻri va ravon ifodalay olish qobiliyatini tekshirishdir.
1-qism
Suhbat tarzida talabgorga kundalik mavzularda, shaxsiy hayotiga oid savollar beriladi va talabgor berilgan savollarga tayyorgarliksiz javob bera olishi talab etiladi. Ushbu qism boʻyicha suhbat davomiyligi oʻrtacha 4 daqiqa.
2-qism
Talabgordan berilgan muammoli vaziyat asosida 2 daqiqali monolog tuzishi talab qilinadi. Talabgor nutqi davomida muammoga oʻz yondashuvi (muammoga yechim)ni ifodalashi kerak. Savollar nomzodning shaxsiy hayotiga oid mavzular doirasidan olinadi.
Talabgorga tayyorgarlik uchun 1 daqiqa vaqt beriladi.
3-qism
Talabgorga 2-qism (monolog) mavzusidan kelib chiqqan holda qoʻshimcha savollar beriladi. Talabgorga tayyorgarlik uchun vaqt berilmaydi.
B2 darajasi
B2 darajadagi nomzod:
- mavhum va konkret mavzulardagi murakkab matnlarni, shu jumladan mutaxassislikka oid matnlarni tushuna oladi;
- tayyorgarliksiz ravon gapira oladi;
- xorijiylar bilan muloqot qilish jarayonida ikkala tomon uchun ham qiyinchilik tugʻdirmaydigan darajada tez gaplashadi;
- turli mavzularda aniq, batafsil xabarlar tuza oladi;
- muammoga oʻz fikrini bildirib, turli fikrlarning afzalliklari va kamchiliklarini koʻrsata oladi.
Vaqt: B2 daraja imtihoni 3 soat 35 daqiqa davom etadi va quyidagi boʻlimlardan iborat:
1-boʻlim: Tinglab tushunish (taxminan 35 daqiqa/4 qism/30 savol)
2-boʻlim: Oʻqish (1 soat/3 qism/30 savol)
3-boʻlim: Leksik va grammatik kompetensiyalar (40 daqiqa/3 qism/30 savol)
4-boʻlim: Yozish (1 soat/2 topshiriq)
5-boʻlim: Gapirish (15 daqiqa/3 qism/30 ball)
1-boʻlim: Tinglab tushunish (taxminan 35 daqiqa/4 qism/30 savol)
Tinglab tushunish boʻlimida har bir matn ikki martadan eshittiriladi va matn eshittirilishidan oldin matnga tegishli savollar bilan tanishib chiqish uchun 30 soniya vaqt beriladi.
1-qism (6 savol)
Matn turi: bir-biriga bogʻliq boʻlmagan qisqa dialoglar, eʻlon va xabarlar, radio va tele-reportajlardan parchalar.
Tekshiriladigan koʻnikmalar: umumiy mazmunni tushunish uchun tinglash.
Savollar turi: yopiq test.
2-qism (8 savol)
Matn turi: dialog(ijtimoiy mavzulrdagi muloqot)
Tekshiriladigan koʻnikmalar: ayrim maʻlumotlarni olish va tafsilotlarni tushunish uchun tinglash.
Savollar turi: yopiq test.
3-qism (8 savol)
Matn turi: radio- va tele – reportajlar, intervyular.
Tekshiriladigan koʻnikmalar: radio, internet va televideniye dasturlari, intervyularning aksariyat qismini tushunish.
Savollar turi: yopiq test.
4-qism (8 savol)
Matn turi: maʻruzalar, bayonotlar, taqdimotlar, munozaralar hamda ilmiy va ixtisoslikka oid boshqa turdagi nutqlar.
Tekshiriladigan koʻnikmalar: keng kolamli nutq va murakkab fikrlar bayonini kuzatib tushunish, ilmiy va ixtisoslik taqdimotlari mohiyatini tushunish.
Savollar turi: yopiq test.
2-boʻlim: Oʻqish (1 soat/3 qism/30 savol)
1-qism (10 savol)
Matn turi: zamonaviy badiiy matndan parcha (matn hajmi – taxminan 800 soʻz).
Tekshiriladigan koʻnikmalar: chet tilidagi autentik matnning tafsilotlarini tushunish.
Savollar turi: yopiq test.
2-qism (10 savol)
Matn turi: murakkab ommabop materiallar – gazeta, jurnal, Internet maqolalari (matn hajmi – taxminan 800 soʻz).
Tekshiriladigan koʻnikmalar: kattaroq hajmdagi maqolalardan tegishli maʻlumotlarni ajrata olish.
Savollar turi: yopiq test; gapni tugallash.
3-qism (10 savol)
Matn turi: murakkab ilmiy-ommabop materiallar – kasbiy sohalarga oid kattaroq hajmdagi maqola va maʻruzalar (matn hajmi – taxminan 800 soʻz).
Tekshiriladigan koʻnikmalar: chet tilidagi murakkab matnlarning tafsilotlarini tushunish va tegishli matnlarni ajrata olish, tanish va notanish mavzulardagi matnlarning ayrim jihatlarini tushunish.
Savollar turi: yopiq test (toʻgʻri/notoʻgʻri/berilmagan); moslashtirish.
3-boʻlim: Leksik va grammatik kompetensiyalar (40 daqiqa/3 qism/30 savol)
1-qism (10 savol)
Matn turi: ommabop matn (matn hajmi – taxminan 200 soʻz).
Tekshiriladigan koʻnikmalar: leksik birliklarni (polisemik soʻzlar va sinonimlarni) berilgan kontekstda toʻgʻri qoʻllay olish.
Savollar turi: yopiq test.
2-qism (10 savol)
Matn turi: ilmiy matn (matn hajmi – taxminan 100 soʻz).
Tekshiriladigan koʻnikmalar: murakkab sintaktik strukturalarni toʻgʻri qoʻllay olish.
Savollar turi: grammatik xatolarni topish.
3-qism (10 savol)
Matn turi: badiiy matn (matn hajmi – taxminan 150 soʻz).
Tekshiriladigan koʻnikmalar: soʻz turkumlarining turli morfologik shakllarini va leksik birliklarni berilgan kontekstda toʻgʻri ishlatish olish.
Savollar turi: yopiq test (tushirib qoldirilgan soʻzlarni qoʻyish.
4-boʻlim: Yozish (1 soat/2 topshiriq)
1-topshiriq: berilgan vaziyat va tayanch savollar asosida rasmiy xat yozish (150 soʻz/10 ball).
2-topshiriq: berilgan muammoli mavzu yuzasidan esse yozish (250 soʻz/20 ball).
5-boʻlim: Gapirish (15 daqiqa/3 qism/30 ball)
1-qism: kundalik va mavhum mavzularda savol-javob.
2-qism: berilgan mavzu boʻyicha taqdimot qilish, fikr bildirish va asoslash.
3-qism: maqolani umumlashtirish, xulosa qilish, berilgan mavzuga oid qarash yoki fikrlarni rivojhlantirish, misollar keltirish orqali dalillash. (Yuklab olish)
C1 darajasi
C1 darajadagi nomzod:
- katta hajmdagi murakkab matnlarni ochiq aytilmagan maʻnolarigacha tushuna oladi.
- tayyorgarliksiz tez gapira oladi va fikrini ifodalash uchun soʻz tanlashda qiyinchilik sezmaydi.
- tilni ijtimoiy, ilmiy va professional muloqot uchun samarali ishlata oladi.
- xorijiylar bilan muloqot qilish jarayonida ikkala tomon uchun ham qiyinchilik tugʻdirmaydigan darajada tez gaplashadi.
- turli mavzularda aniq, batafsil xabarlar tuza oladi.
- murakkab mavzularda aniq, yaxshi strukturalangan matnlar tuza oladi.
Vaqt: C1 daraja imtihoni 3 soat 50 daqiqa davom etadi va quyidagi boʻlimlardan iborat:
1-boʻlim: Tinglab tushunish (taxminan 30 daqiqa/3 qism/30 savol)
2-boʻlim: Oʻqish (1 soat/3 qism/30 savol)
3-boʻlim: Leksik va grammatik kompetensiyalar (40 daqiqa/2 qism/30 savol)
4-boʻlim: Yozish (1 soat 20 daqiqa/3 topshiriq)
5-boʻlim: Gapirish (20 daqiqa/3 qism/30 ball)
1-boʻlim: Tinglab tushunish (taxminan 30 daqiqa/3 qism/30 savol)
Tinglab tushunish boʻlimida har bir matn bir marta eshittiriladi va matn eshittirilishidan oldin matnga tegishli savollar bilan tanishib chiqish uchun 1 daqiqa vaqt beriladi.
1-qism (10 savol)
Matn turi: radio- va tele – reportajlar, intervyular.
Tekshiriladigan koʻnikmalar: keng qamrovli, tilning ayrim nostandart ishlatilish holatlarini ham oʻz ichiga olgan audio tasma va axborot materiallarini tushunish.
Savollar turi: yopiq test.
2-qism (10 savol)
Matn turi: audiokitoblar yoki asarlar radiopostanovkalaridan parchalar.
Tekshiriladigan koʻnikmalar: keng koʻlamli nutqlarni aniq tuzilmagan hollarida ham tushunish va ulardagi ochiq-oydin va yashirin fikrlarni ham yetarli darajada anglay olish.
Savollar turi: yopiq test.
3-qism (10 savol)
Matn turi: maʻruzalar, bayonotlar, taqdimotlar, munozaralar hamda ilmiy va ixtisoslikka oid boshqa turdagi nutqlar.
Tekshiriladigan koʻnikmalar: oʻz mutaxassislik sohalariga oid bolmagan abstrakt va murakkab mavzulardagi keng koʻlamli nutqlarni tushunish.
Savollar turi: yopiq test.
2-boʻlim: Oʻqish (1 soat/3 qism/30 savol)
1-qism (10 savol)
Matn turi: zamonaviy badiiy matndan parcha (matn hajmi – taxminan 1000 soʻz).
Tekshiriladigan koʻnikmalar: kichik detallarning ham muhim jihatlari, qarashlar, ochiq-oydin yoki birmuncha yashirin bayon etilgan fikrlarni tushuna olish.
Savollar turi: yopiq test.
2-qism (10 savol)
Matn turi: murakkab ommabop materiallar – gazeta, jurnal, Internet maqolalari (matn hajmi – taxminan 1000 soʻz).
Tekshiriladigan koʻnikmalar: oʻz mutaxassislik sohalariga oid yoki oid boʻlmagan keng koʻlamli birmuncha uzun va murakkab matnlarni tushuna olish.
Savollar turi: tushirib qoldirilgan gaplar bilan matnni toʻldirish.
3-qism (10 savol)
Matn turi: akademik matnlardan parcha (matn hajmi – taxminan 1000 soʻz).
Tekshiriladigan koʻnikmalar: oʻz mutaxassislik sohalariga oid yoki oid boʻlmagan keng koʻlamli birmuncha uzun va murakkab matnlarni tushuna olish.
Savollar turi: yopiq test (toʻgʻri/notoʻgʻri/berilmagan); moslashtirish.
3-boʻlim: Leksik va grammatik kompetensiyalar (40 daqiqa/3 qism/30 savol)
1-qism (15 savol)
Matn turi: ommabop matn (matn hajmi – taxminan 300 soʻz).
Tekshiriladigan koʻnikmalar: leksik birliklarni (polisemik soʻzlar va sinonimlarni) berilgan kontekstda toʻgʻri qoʻllay olish.
Savollar turi: yopiq test.
2-qism (10 savol)
Matn turi: ilmiy matn (matn hajmi – taxminan 250 soʻz).
Tekshiriladigan koʻnikmalar: murakkab sintaktik strukturalarni toʻgʻri qoʻllay olish.
Savollar turi: grammatik xatolar bor-yoʻqligini aniqlash.
4-boʻlim: Yozish (1 soat 30 daqiqa/3 topshiriq)
1-topshiriq: berilgan vaziyat va tayanch maʻlumotlar asosida rasmiy xat yozish (150 soʻz/10 ball).
2-topshiriq: berilgan mavzu yuzasidan esse yozish (250 soʻz/10 ball).
3-topshiriq: berilgan matnning qisqacha mazmunini yozish (100 soʻz/10 ball).
5-boʻlim: Gapirish (20 daqiqa/3 qism/30 ball)
1-qism: kundalik va mavhum mavzularda savol-javob.
2-qism: berilgan mavzu boʻyicha taqdimot qilish, fikr bildirish va asoslash.
3-qism: berilgan mavzu boʻyicha taqdimot qilish, fikr bildirish va misollar keltirish orqali dalillash.
Imtihon javoblari
Test sinovlari natijalari ular oʻtkazilgan kundan boshlab ikki haftadan kechikmay Davlat test markazi saytida eʼlon qilinadi.
- Test sinovi natijasida maksimal ballning 60% dan kam toʻplagan talabgorlarga malaka sertifikati berilmaydi va toʻlangan badal qaytarilmaydi.
- Test sinovi yakunlari boʻyicha eng yuqori ballning 60 foizidan kam ball olgan talabgor test sinovida qatnashish uchun, lekin test sinovi natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab kamida bir oydan keyin, chet tilini bilish darajasini aniqlash va Sertifikat berish uchun toʻlov toʻlangan taqdirda, hujjatlarni takroran taqdim etish huquqiga ega.
- Ijobiy baholangan talabgorlar malaka sertifikatini shaxsan yoki notarial tasdiqlangan ishonchnoma orqali Davlat test markazidan ish kunlari soat 9:00 dan 18:00 ga qadar olib ketishlari mumkin.
CEFR va boshqa til imtihon darajalarining mosligi
Imtihonga tayyorlanish uchun
- Common European Framework of Reference for Languages: Teaching, Learning and Assessment. CambridgeUniversity Press. GRAMMAR AND VOCABULARY: Michael Swan. Practical English Usage. 3rd ed. OxfordUniversity Press, 2009. Luke Prodromou. Grammar and Vocabulary for First Certificate. Pearson Education Limited, 1999. Richard Side, Guy Wellman. Grammar and Vocabulary for Cambridge Advanced and Proficiency. Pearson Education Limited, 1999.
LISTENING:
- Jack Richards. Expanding Tactics for Listening. 2nd ed. OxfordUniversity Press, 2005.
- Steven Brown, Dorolyn Smith. Active Listening. CambridgeUniversity Press, 2005.
READING:
- DʻArcy Adrian-Vallance, Lewis Lansford. Pearson Education, 2005.
- Kent Richmond. Inside Reading: the Academic Word List in Context. OxfordUniversity Press, 2009.
WRITING:
- Malcolm Mann, Steve Taylore-Knowles. Skills For First Certificate: Writing. Macmillan Education, 2005.
- Richard Brown, Lewis Richards. IELTS Advantage: Writing Skills. Delta Publishing, 2005.
- Alice Oshima, Ann Hogue. Introduction to Academic Writing. 3rd ed. Pearson Education, 2007.
- Dorothy Zemach, Lisa Rumisek. Academic Writing: From Paragraph to Essay. Macmillan Education, 2005.
SPEAKING:
- Cheryl Pelteret. Collins English for Life: Speaking. HarperCollins Publishers, 2009.
- Karen Covacs. Collins English for Exams: Speaking for IELTS. HarperCollins Publishers, 2011.
Inglizcha she’rlar to’plami bolalar uchun (2023)
Ushbu sahifada bolalar uchun inglizcha she’rlar to’plami joylashtirilgan. Ingliz tilida sher yodlayotgan bolajonlarga oson bo’lishi uchun qisqa 4 qator sherlar topishga harakat qildik. She’rlar umumiy hisobda 27 mavzularga bo’lingan bo’lib ular bog’cha bolalari, 1-sinflar va yuqori yoshdagi bolalarga ham to’g’ri keladi. Umid qilamizki farzandingizga kerak bo’lgan inglizcha (english, englishcha) she’r albatta topiladi. Marhamat!
Aytgancha, agar birorta she’r tarjimasi bilan kerak bo’lib qolsa mana bu > Google Tarjimon dan foydalaning, biroz kulguli tarjima qilishi mumkin, ammo ma’nosini tushunib olsa bo’ladi.
Agar qanday aytilishi kerak bo’lsa mana bu > TTSReader dan foydalaning.
Hozir esa davraga reklamani chaqiramiz:
SONLAR / RAQAMLAR haqida ingliz tilida she’rlar
«Sonlar / raqamlar haqida inglizcha she’r: 0 (zero)»
Round and round
Just like a O
Look, now
You’ve made a 0!
«Sonlar / raqamlar haqida inglizcha she’r: 1 (one)»
Straight line down
And then we are done
That’s the way
To make the one!
«Sonlar / raqamlar haqida inglizcha she’r: 2 (two)»
Round the track and back
Two, two, two.
«Sonlar / raqamlar haqida inglizcha she’r: 3 (three)»
Around a tree
Around a tree
That’s the way
To make a three!
«Sonlar / raqamlar haqida inglizcha she’r: 4 (four)»
Down and over
And down some more
That’s the way
We make a four!
«Sonlar / raqamlar haqida inglizcha she’r: 5 (five)»
The bee goes down
Around the hive
Go back up
To make a five!
«Sonlar / raqamlar haqida inglizcha she’r: 6 (six)»
Make a C
Then in you go
Now you’ve made
A six you know!
«Sonlar / raqamlar haqida inglizcha she’r: 7 (seven)»
Across the sky
Then slant the line
Makes a seven
Every time!
«Sonlar / raqamlar haqida inglizcha she’r: 8 (eight)»
Make an S
And do not wait
Go back up
To make an 8!
«Sonlar / raqamlar haqida inglizcha she’r: 9 (nine)»
First a circle
Then a line
That’s the way
To make a 9!
FASL / FASLLAR haqida ingliz tilida she’rlar
«BAHOR fasli haqida inglizcha she’r»
The fields are rich with daffodils,
A coat of clover cloaks the hills,
And I must dance, and I must sing
To see the beauty of the spring.
(Muallif: Cecil Frances Alexander)
«YOZ fasli haqida inglizcha she’r»
The earth is warm, the sun’s ablaze,
It is a time of carefree days;
And bees abuzz that chance to pass
May see me snoozing in the grass.
(Muallif: Cecil Frances Alexander)
«KUZ fasli haqida inglizcha she’r»
The leaves are yellow, red, and brown,
A shower sprinkles softly down;
The air is fragrant, crisp, and cool,
And once again I’m stuck in school.
(Muallif: Cecil Frances Alexander)
«QISH fasli haqida inglizcha she’r»
The birds are gone, the world is white,
The winds are wild, they chill and bite;
The ground is thick with slush and sleet,
And I can barely feel my feet.
(Muallif: Cecil Frances Alexander)
«Fasllar haqida yuqoridagi she’rlar aslida bir butun yozilgan ekan va mana uning oxirgi 4 qatori»
The birds are gone, the world is white,
The winds are wild, they chill and bite;
The ground is thick with slush and sleet,
And I can barely feel my feet.
(Muallif: Cecil Frances Alexander)
Meva / Mevalar haqida ingliz tilida she’rlar
«Meva / mevalar haqida inglizcha she’r: OLMA (apple)»
Two big apples
Under a tree.
One is for you
And one’s for me.
«Meva / mevalar haqida inglizcha she’r: OLCHA / GILOS (cherry)»
Cherries, cherries,
Ruby red,
Want to try one?
Go ahead!
«Meva / mevalar haqida inglizcha she’r: APELSIN (orange)»
First you have to peel the skin.
Throw it all in the garbage bin.
Then you take a juicy slice
Of your orange — very nice!
«Meva / mevalar haqida inglizcha she’r: UZUM (grapes)»
Lots of little balls to munch,
Grow together in a bunch.
Carefully picked from the tree,
Tasty grapes for you and me!
«Meva / mevalar haqida inglizcha she’r: NOK (pear)»
Soft and sweet and almost round.
Color is a greeny-brown.
Eat it with the skin or bare.
It’s a juicy pear!
Sabzavot haqida ingliz tilida she’rlar
«Sabzavot haqida inglizcha she’r: Kartoshka va pomidor»
My name is potato
I have a friend tomato
Please, keep us together
We are friends forever!
«Sabzavot haqida inglizcha she’r: Bodring»
Teacher and farmer
Doctor and plumber
Everybody likes you
Dear cucumber!
«Sabzavot haqida inglizcha she’r: Sabzi»
There is a saying
By my parrot
Kids have to eat
A lot of carrot!
«Sabzavot haqida inglizcha she’r: Piyoz»
He is white
And he is round
He grows under
And above the ground
He makes cry everyone
He is a famous onion!
Hayvonlar haqida ingliz tilida she’rlar
«Hayvonlar haqida inglizcha she’r: MUSHUK (cat)»
I love my cat.
It is warm and fat.
My cat is grey.
It likes to play.
«Hayvonlar haqida inglizcha she’r: TOSHBAQA (turtle)»
I have a little turtle,
He lives in a box.
He swims in the water
And he climbs on the rocks.
«Hayvonlar haqida inglizcha she’r: KUCHUK / IT (dog)»
My dog can’t talk
But he can bark!
I take my dog
And go to the park!
«Hayvonlar haqida inglizcha she’r: MAYMUN (monkey)»
Look up there,
And you will see
The monkeys swinging
From the tree.
I like the way
They jump and flee.
Now, do they want
Some nuts from me?
Ranglar haqida ingliz tilida she’rlar
«Ranglar haqida inglizcha she’r: SIYOHRANG (purple)»
Purple is a grape.
Purple is a plum.
Purple is my favorite juice.
Shall I get you some?
«Ranglar haqida inglizcha she’r: OQ (white)»
Milk is white and so is glue,
Chickens are white and they say
Ku-ka-re-ku!
«Ranglar haqida inglizcha she’r: JIGARRANG (brown)»
Brown is the mud.
Brown is the bear.
Brown is the color
Of my brother’s hair.
«Ranglar haqida inglizcha she’r: PUSHTI (pink)»
Let’s make the color pink.
Let’s make the color pink.
Mixing red and white, I think,
We’ll make the color pink.
«Ranglar haqida inglizcha she’r: QORA (black)»
Black is the night.
Black is a bat.
Black is a big scary
Halloween cat!
«Ranglar haqida inglizcha she’r: YASHIL (green)»
Green is the grass,
Under both my feet.
And green is the cucumber,
My mother makes me eat!
«Ranglar haqida inglizcha she’r: KO’K (blue)»
Blue is the ocean.
Blue is the sky.
Blue are the blueberries
I put into the pie.
«Ranglar haqida inglizcha she’r: QIZIL (red)»
Red is an apple
Red is a rose
Red is the color of
My frozen, icy nose!
Tabiat va Fasllar haqida ingliz tilida she’rlar
«Tabiat va Fasllar haqida inglizcha she’r: UMUMIY»
Spring is green.
Summer is brigth,
Autumn is yellow,
Winter is white.
«Tabiat va Fasllar haqida inglizcha she’r: BAHOR fasli (spring)»
During the Spring, it often showers.
Or the sun shines for many hours.
Both are good for the flowers!
«Tabiat va Fasllar haqida inglizcha she’r: YOZ fasli (summer)»
A summer day
Has rain or sun,
But either way
I find it fun.
To stand in rain
That’s pouring down
Or lie in sun
That paints me brown.
«Tabiat va Fasllar haqida inglizcha she’r: KUZ fasli (autumn)»
Down, down
Yellow and brown
The leaves are falling
Over the town.
«Tabiat va Fasllar haqida inglizcha she’r: QISH fasli (winter)»
The snow is falling,
The wind is blowing,
The ground is white
All day and night.
Yangi yil haqida ingliz tilida she’rlar
«Yangi yil haqida inglizcha she’r: 1»
New Year’s Day, a happy day!
We are glad and want to play.
We all dance and sing and say:
“Welcome! Welcome! New Year’s Day!”
«Yangi yil haqida inglizcha she’r: 2»
New things to see,
New things to hear,
New things to do
In this glad New Year!
«Yangi yil haqida inglizcha she’r: 3»
A happy New Year!
The day is so clear,
The snow is so white,
The sky is so bright,
We shout with all our might:
«A happy New Year!»
«Yangi yil haqida inglizcha she’r: 4»
If something is wrong,
This year will fix it all.
You need to be strong
And you’ll get what you want!
Happy New Year!
Archa haqida ingliz tilida she’rlar
«Archa haqida inglizcha she’r: 1»
There is a tall tree in the forest
I love it so much to be honest
It brings presents for free
It is a New Year Tree!
«Archa haqida inglizcha she’r: 2»
Hello-hello New Year Tree!
You are tall and you are green
For you there are lot’s of toys
Brought by funny girls and boys!
«Archa haqida inglizcha she’r: 3»
Hang up the lights
Hang up the garlands
Now, let’s count
One two three
Sparkle and Shine
New year tree!
8-mart haqida ingliz tilida she’rlar
«8-mart haqida inglizcha she’r: 1»
We celebrate today
International Women’s Day
I would like to say
Be happy everyday!
«8-mart haqida inglizcha she’r: 2»
There is one holiday in March
Girls love it so much
Many gifts they get
For example — a cute pet!
«8-mart haqida inglizcha she’r: 3»
Dear sisters and mothers
Aunts and grandmothers
Happy women’s day!
Be healthy everyday!
«8-mart haqida inglizcha she’r: 4»
Welcome March Eight!
We don’t want to wait
Let’s celebrate today
International Women’s Day!