Press "Enter" to skip to content

Hikmatli so zlar hazinasidan

1-farq:

SO'ZLARNING SHAKL VA MA'NO MUNOSABATIGA KO'RA TURLARI. SHAKLDOSH SO’ZLAR

Omonimlar (shakldosh so’zlar) – aytilishi va yozilishi bir xil, ammo atash (leksik) ma’nosi har xil bo’lgan so’zlar.

Misollar: aralash –1) fe`l ,qorishmoq

2) sifat, qorishiq

ari – 1) ot , hasharot

istak – 1) ot, xohish

2) ot, tok novdalarini bog`lash uchun chiviq

ich – 1) ot, ora, ichkari

Omonimlar bir yoki bir nechta so’z turkumi doirasida yuz berishi mumkin. Bir turkum doirasidagi omonimlik, asosan, ot va fe’llarda ro’y beradi. Bunday omonimlarga garmmatik qo’shimchalar qo'shilganda ham o’z omonimligini saqlab qoladi.

M: yosh – ko’z yoshi (ot)

yosh – umr o’lchovi (ot) bir turkum doirasidagi omonimlik

och – sifat

och – fe’l ikki xil so’z turkumi doirasidagi omonimlik

oshiq – ot

oshiq – fe’l

oshiq – sifat uch xil so’z turkumi doirasidagi omonimlik

Eslab qoling. Omonimlar va ko’p ma’noli so’zlarni o’zaro farqlash lozim:

1-farq:

Ko’p ma’noli so’zlar qancha ma’noga ega bo’lmasin, bu ma’nolar o’zaro bog’langan bo’ladi. M: odamning beli – uyquning beli. Ikkinchi birikmada bel ko’chma ma’noda. Odatda, xalqimizda uyqu o’rtasidan bo’linsa, “uyquning beliga tepdi” iborasi qo’llaniladi. Demak, bu yerda ma’no ko’chishi sodir bo’ldi va bel so’zi ko’p ma’noli so’zga aylandi. Bu ikkita birikmadagi bel so’zlarining ma’nosida bog’liklik bor ekan.

Omonimlar boshqa-boshqa so’zlar bo’lganligi uchun ular o’rtasida ma’no

M: I. bel –inson tana a’zosi

II. bel – xo’jalik buyumi (belkurak)

2-farq: ko’p ma’noli so’zlar hamisha bir turkumda bo’ladi, ya’ni birorta

so’zning asosiy, bosh ma’nosi bilan ko’chma ma’nodagisi bir tukumga mansub. Chunki,

ko’p ma’noli so’zlarda so’z bitta, uning ma’nosi bir nechta bo’ladi. Omonimlar esa bir turkumda bo’lishi ham mumkin, boshqa-boshqa turkumlarda bo’lishi ham mumkin. Chunki ular shakli o’xshash ikki va undan ortiq so’zlardir.

M: soch (ot) – soch (fe’l) ma’no bog’likligi yo’q (omonim)

yoqa (ot) – ko’ylak yoqasi; yoqa(ot) – yo’l yoqasi – umumiy ma’no bo’glikligi mavjud (ko’p ma’noli)

Eslatama: Ko’p ma’noli so’zlar ma’nolari o’rtasida aloqa uzilsa, omonimlik vujudga keladi. Shu sababli ba’zi ko’p ma’noli so’zlar vaqt o’tishi bilan omonimga aylangan.

M: vip, kompyuter, gap

Omonim vositasida adabiyotda tajnis san'ati yaratiladi.

 

Hikmatli so'zlar hazinasidan.

– Baxtli sevgi o'n kun davom etadi, o'n birinchi kun ko'zingiz ochiladi.

– Dard kuchli irodaga ega insonlarni o'ldirishi mumkin, ammo sindirolmaydi.

– Men tildan qolgan emasman, biroq hech o'zim istagan gaplarimni gapira olmayman.

– G'azab vaqti qabul qilingan qarorlar vaziyatni faqatgina yomonlashtiradi.

– Hamma ayb tarbiyada emas, inson aqlini tanigach har qanday holatda ham o'z-o'zini qayta tarbiyalab olishi mumkin.

– Bugun bajarmaslik ertangi huzur-halovatni yo'qqa chiqarishdir.

– Maqsadga yarasha intilish ham bo'lishi zarur.

– Inson ongli mavjudod, chegara esa hayvonlarga kerak.

– O'zingizni ko'p qiynamang, ba'zi bir odamlar hech qachon o'zgarmaydi, ularni o'zgartirish uchun qalbini almashtirish kerak.

– Hayotda pessimist emas optimist bo'ling, zero, siz ko'zguga qanday boqsangiz u ham sizga shunday boqadi. Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo, g'urbat izlaganga g'urbatdir dunyo!

– Ilmli kishining hayot tashvishlaridan holi bo'lgan holda yagona maqsadi bo'ladi u ham bo'lsa ko'proq ilm olish!

– Fursat borida ilm o'rgan! Ilm kerak bo'lganda fursat bo'lmasligi mumkin!

– Sening yolg'onlaring hayotingga shunchalik chuqur kirib bordiki, hatto o'zing haqiqatni aslida qanday ekanligini ajrata olmay qolding.

– Kechagi o'tgan kuningni sarhisobini bugun qilasan! Baxt bu doim ham xursandchilik yoki farovonlik degani emas. Bazida baxt sen baxtsizlik deb ataydigan muhitda tug'iladi. Hayotning har bir daqiqasi sen uchun bir imtihon ekanligini unutma.

– Kechagi kun o'tmish, bugungi kun sir, ertangi kun esa sovg'a.

– G'oya izlang! uni hayotingiz mazmuniga aylantiring, u haqida o'ylang, u haqida orzu qiling, uni ichida yashang. Sizni aqlingiz, muskullaringiz, asablaringiz va tanangizni har bir a'zosi ushbu birgina g'oya bilan to'lib toshsin. Mana shu muvaffaqiyat yo'lidir!

– Vaqt – bu insoniyat boyligidir. Faqat uning moddiy boylikdan yagona farqi shundaki, hisobingda qancha qolganini nazorat qila olmaysan.

– Har birimiz xato qilishdan xoli emasmiz. Ammo shunday insonlar borki, ular bir xatoni qayta-qayta takrorlayveradilar. Michigan universitetining klinik psixofiziologiya kafedrasi olimlari xato qilish borasida odamlar ikki toifaga bo'linishlarini aniqlashdi. Birinchi toifadagilar ruhan "Men bu borada hech qachon zo'r bo'la olmayman" qabilida ish tutishadi. Ikkinchi toifadagilar esa quyidagicha fikr yuritishadi: "Negadir o'xshamadi. Balki men xatoga yo'l qo'ygandirman? Qayerda xato qilganimni aniqlashim kerak".
– Aqlli, omadli odamlar xatoga yo'l qo'ymaslikdan kafolatlanmagan, faqat ular o'z xatolaridan xulosa chiqarishadi. Aqlli odamlar quyidagi xatolarni hech qachon takrorlamaydilar.

– Hech narsa qilmay qo'l qovushtirib o'tirgandan ko'ra 100 martalab xato qilib biror natijaga erishgan afzalroqdir.
– Boshqa natijani kutib bir ishni qayta-qayta qilish
Albert Enshteyn faqat ahmoqlargina boshqa natija bo'lishiga ishonib bir ishni qayta-qayta qilishlarini ta'kidlagan. Oqibati qanday bo'lishi aniq bo'lsa ham ayrimlar ikkini ikkiga qayta-qayta ko'paytiraversa besh chiqadi, deb o'ylashadi. Aqlli insonlar esa bilishadi: boshqa natijaga erishish uchun bu ishga boshqacha yo'l bilan yondashish kerak.

– Yaxshilik qilaylik zero bizdan yaxshilik qolsin yaxshilar.

– Yosh o'tib borgan sayin ongli ravishda muayyan pog'onada tura bilmoq kerak.

– Insonning narsalarga va boshqa odamlarga nisbatan munosabati o'zgarganida, ularning ham odamga munosabati o'zgarib qolishini odamzot anglab olgan. Shuning uchun odam qat'iy ravishda o'z fikrlarini o'zgartirishi shart, ana o'shanda u hayrat ichida o'z hayotidagi maishiy sharoitlar tezlik bilan qanday o'zgarayotganini ko'radi. Odamlarni ular xohlagan narsalar emas, balki xudo ato etgan taqdir, o'z – o'zimizda mavjud bo'lgan narsalar belgilab bergan. Bu bizning to'laqonli mohiyatimizdir. Inson qo'lga kiritganlarining bari – uning shaxsiy fikrlarining to'g'ridan-to'g'ri mahsulidir. Inson o'z fikrlarini yuksaltirgan holdagina balandlikka ko'tariladi, g'alaba va yutuqqa erishadi. Aksincha, o'z fikrlarini yuksaklikka ko'tarishni xohlamas ekan, u zaif, bechora va baxtsiz bo'lib qolaveradi.

– Inson dunyoga kelishini o'zi belgilamagan. Shunday ekan bu dunyodan ketishni ham belgilashga haqqi yo'q.

Ibratli Hikoya Albatta O'qin.

Bir kambag'al bechora yo'lda ketayotsa oldidan bir xamyon chiqibdi ichini ochib qarasa, bir tiyin tanga bor ekan, kambag'al ota onam anchadan beri sut ichmagandi bu pulga ularga sut olib boraman deb o'ylab, turgan ekan xamyon og'irlashibdi..

Ichini ochib qarasa xamyonda o'n tanga turganmish.

Kambag'al:-« yo Xudo qudratingdan » deb hayron qolibdida, undan ko'ra bu pulga bitta sigir olaman, shunda ota onam farzandlarim ham, har kuni tongda sut ichadigan bo'lishadi. deb o'ylagan ekan xamyon yana og'irlashibdi.

Bu safar uni ichida anchagina pul turgan ekan kambag'al o'tgan qish ota onam rosa qiynalishgandi, sovuq xonada endi. bu pulga uyni tamirlayman degandi, xamyon yanayam og'irlashibdi.

O'shanda. kambag'al, xotinim anchadan beri bu uyda yashamayman. deb aytayotgandi, undan ko'ra, eski uyni ota onamga qoldirib. yangi uy olib ko'chib ketamiz, deb o'ylagan ekan, hamyon avvalgi xolatiga qaytib qolibdi.. ?!

Ya'ni, ichidagi xamma pul yo'qolib o'sha bir tiyin qolibdi.

Aziz OQ-AYIQ.net foydalanuvchilari bizning sizlarga atalgan hikmatli so'zlar va hikoyalar manzur bo'ldi degan umiddamiz, yoqgan bo'lsa fikrlaringiz bilan bo'lishing.

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

So’z qudrati cheksiz. Shunday so’zlar borki, kishi qalbida o’chmas iz qoldiradi. Ba’zilari bizni xafa qiladi, hayotdan ko’nglimizni qoldiradi. Shunday kuchga ega so’zlar ham borki, ular insonlarni kurashga, rivojlanishga undaydi. Quyida turli internet saytlaridan o’qigan, o’zimga juda yoqqan 30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlarni Siz bilan baham ko’rmoqchiman.

1. «Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson

2. «Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang».— Coco Chanel

3. «Yaratuvchanlik – bu aqlning vaqtichog’lik qilishidir».— Albert Einshtein*

4. «Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har qanday sifatdan yaqinroq turadi». — Brian Tracy

5. «Har doim ko’zingizni ochib yuring. Kuzating. Chunki Siz ko’radigan har qanday narsa Sizni ruhlantirishi mumkin». — **Grace Coddington

6. «Maqsadga erishib oladigan narsangizdan maqsadga erishib yetishadigan darajangiz muhimroqdir».— Henry David Thoreau

7. «Agar reja ish bermasa, rejani o’zgartiring. Ammo maqsadni o’zgartirmang». — Muallifi Noma’lum

8. «Men dushmanlarimni do’stlarimga aylantirish orqali xonavayron qilaman». — Abraham Lincoln

9. «Bir xil yilni 75 marta yashab qo’yib uni umr deb atamang». — Robin Sharma

10. «Siz odamlarni qutqara olmaysiz. Siz ularni faqat sevishingiz mumkin». — Anaïs Nin

11. «Nuh kema qurayotganda yomg’ir yog’mayotgan edi». — Howard Ruff

12. «Orzularingizga jiddiy qarang». — Muallifi Noma’lum

13. «Baxt sari yo’l yo’q. Baxtni o’zi yo’ldir». — Thich Nhat Hanh

14. «Jahlni ichga yutish zahar ichib olib boshqa kishining o’lishini kutish bilan tengdir». — Budda

15. «Chempionlar g’olib bo’lishmagunicha o’ynashni davom ettirishadi». — Billie Jean King

16. «Siz ko’pchilik odamlar dangasa bo’lganligi sababli muvaffaqiyatga erishasiz». — Shahir Zag

17. «Donishmandlik 1% ilhomlanish va 99% harakatga bog’liq». — Thomas Edison

18. «Qulay hududingiz juda yaxshi, ammo u yerdan hech qanday hosil ola olmaysiz». — Muallifi Noma’lum

19. «Siz o’zingiz dunyoda ko’rishni istagan o’zgarish bo’la olishingiz kerak». — Mahatma Gandhi

20. «Og’riqni vaqtincha karaxt qilib qo’yish oxirida baribir his qiladigan haqiqiy og’rig’ingizni kuchaytiradi». — Albus Dumbledore

21. «Ishni jo’shqinlik bilan bajaring, yoki umuman bajarmang». — Rosa Nouchette Carey

22. «Agar baxtli yashashni istasangiz baxtni maqsadga bog’lang, odamlar yoki narsalarga emas». — Albert Einstein

23. «Siz ko’proq suv quyadigan joyda maysa yashilroq bo’lib o’sadi». — Neil Barringham

24. «Hech qachon orzuingizdan unga erishish uchun ko’p vaqt ketishi sababli voz kechmang. Vaqt shunday ham o’tadi». — Earl Nightingale

25. «Balki keyingi boradigan joyingiz qayerligi haqida o’ylashdan ko’ra o’zingiz ketishni istamaydigan joyni yaratarsiz». — Seth Godin

26. «Agar bajarishdan qo’rqsangiz, demak bu ishni bajarishga albatta urinib ko’rishingiz kerak!» — Seth Godin

27. «Ba’zan g’alaba qozonasiz, ba’zan esa saboq olasiz». — John Maxwell

28. «Talablaringiz juda yuqori ekanligidan afsuslanman. Siz bilan bo’lishni chindan xohlagan kishilar albatta bu talablarni qanoatlantirishadi». — Ziad K. Abdelnour

29. «Men hech qachon muvaffaqiyatni orzu qilmadim. Men unga erishish uchun mehnat qildim». — Estee Lauder

30. «Xatoliklardan qo’rqish rivojlanishdan qo’rqish demakdir» — **Estee Lauder

Telegram kanallaridan olindi. Kanalga a’zo bo’lish.