Press "Enter" to skip to content

Поиск материала «Geometriya, 9 sinf, Xaydarov B. Q, Sariqov E. S, Qo‘chqorov A. Sh, 2019» для чтения, скачивания и покупки

3-qism

CEFR imtihoni: oʻtkazilish tartibi, toʻlov va Oʻzbekistonda qayerda topshiriladi?

CEFR — Common European Framework of Reference imtihoni Yevropa Ittifoqida foydalaniladigan chet tilini egallaganlik daraja tizimi (chet tilini egallanganlikning Umumevropa kompetensiyasi). Imtihon Yevropa Kengashi tomonidan “Language Learning for European Citizenship” loyihasi doirasida 1989-1996-yillarda ishlab chiqilgan. CEFRning asosiy maqsadi – umumiy Yevropa tillari uchun qabul qilinadigan baholash va oʻqitish usulini taqdim etish. 2001-yildan boshlab Yevropa Ittifoqi imtihondan til bilish kompetensiyasining milliy tizimini yaratishda CEFRdan foydalanishni taklif etdi. Bugungi kunda sinov sertifikati AQSH, Kanada, Avstraliya, Yevropa, Osiyo oliy oʻquv yurtlarida oʻqish uchun topshiriladi.

CEFR haqida qisqacha:

Til –ingliz, nemis, fransuz tili;
Tashkilotchi – Yevropa Kengashi (Council of Europe);
Rasmiy sayt – https://www.coe.int;
Imtihon haqi – 2018-yilning 1-noyabridan sertifikat – 304 095 soʻm;
Davomiyligi – 3 soat 5 daqiqa – 3 soat 50 daqiqa;
Baholanishi – 150 ballik tizim;
Qachon: 2019-yil muddatlari SHU YERDA eʼlon qilinadi;

Oʻzbekistonda qayerda topshirish mumkin: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat Test markazi, Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasida; Manzil: 100084, Toshkent shahri, Bogʻishamol koʻchasi, 12-uy; Telefon: (+998 71) 235-74-85; Faks: (+998 71) 234-71-84; elektron pochta: nafl@dtm.uz; Rasmiy sayt: https://nsfla.uz/.

CEFR imtihoni boʻlimlari

Chet tilini bilish darajasi testi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi 352-son qarori bilan tasdiqlangan “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikati berish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom asosida oʻtkaziladi.

CEFR taqdim etadigan imtiyozlar:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda chet tilini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini keng qoʻllagan holda 2018-yil 1-yanvardan boshlab malaka sertifikatiga ega boʻlgan talabgorlarga sertifikatni olgandan boshlab 3 yilgacha quyidagi imtiyozlar berish tartibini joriy etgan:

  • chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi davlat namunasidagi B1va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlarga oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining kirish test sinovlari majmuasiga chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fani kiritilgan yoʻnalishlarda chet tili fanidan belgilangan maksimal ball berish va ularni chet tili fanidan test sinovidan ozod etish;
  • chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi davlat namunasidagi B2 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlarga oliy taʼlim muassasalari magistraturasining kirish test sinovlari majmuasiga chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fani kiritilgan yoʻnalishlarda chet tili fanidan belgilangan maksimal ball berish va ularni chet tili fanidan test sinovidan ozod etish.

Test quyidagi boʻlimlardan iborat:

  • Tinglab tushunish boʻlimi: eshitilgan audiomatnlarning asosiy mazmunini va detallarini tushunish koʻnikmalarini tekshiradi;
  • Oʻqib tushunish boʻlimi: har xil janrlardagi autentik matnlarning asosiy mazmunini va detallarini tushunish koʻnikmalarini tekshiradi;
  • Leksik va grammatik kompetensiyalar boʻlimi: leksik va grammatik birliklarni kontekstda toʻgʻri qoʻllay olish koʻnikmalarini tekshiradi;
  • Yozish boʻlimi: berilgan vaziyat yoki mavzu asosida, topshirilayotgan darajaga mos leksika va grammatikani qoʻllagan holda yaxlit matn tuza olish koʻnikmalarini tekshiradi;
  • Gapirish boʻlimi: savollarga javob bera olish, ogʻzaki taqdimot qila olish, muammoga nisbatan oʻz fikrini bildirib asoslab bera olish koʻnikmalarini tekshiradi.

Testning yozma qismi (tinglab tushunish, oʻqib tushunish, leksik va grammatik kompetensiyalar, yozish boʻlimlari) bir kunda, gapirish boʻlimi alohida oʻtkaziladi.

Baholash

Har bir boʻlimda maksimal ball 30 ballni tashkil qiladi. Jami maksimal ball: 150 ball. Testdan muvaffaqiyatli oʻtish uchun maksimal ballga nisbatan 60% yoki undan yuqori yigʻish kerak.

Darajalari

Universitetga imtihon topshirish uchun odatda B1, B2, C1 darajalari yetarli hisoblanadi.

Roʻyxatdan oʻtish tartibi

Chet tilini bilish va egallash darajasi boʻyicha malaka sertifikati olish uchun imtihonga roʻyxatdan oʻtish tartibi:

  1. On-line arizani toʻldiring. Toʻldirigan arizangizning pdf formatdagi nusxasi arizada koʻrsatgan elektron pochtangizga yuboriladi.
  2. Elektron pochtangizdan pdf formatdagi arizangiz nusxasini yuklab oling va printerdan chiqaring.
  3. Istalgan bank boʻlimidan DTM hisob raqamiga eng kam ish haqining 1.5 baravari miqdorida toʻlovni toʻlang.
  4. Quyidagi hujjatlarni DTMga pochta orqali yuboring yoki shaxsan olib keling:
    – Toʻldirilgan ariza nusxasi (pdf formatda pochtangizga yuborilgan arizani chiqaring);
    – Eng kam ish haqining 1.5 baravari miqdorida toʻlovni toʻlaganligingiz haqida kvitansiya nusxasi yoki toʻlov topshiriqnomasi;
    – Pasportingiz nusxasi;
    – 3.5 * 4.5 oʻlchamdagi fotosuratingiz (1 dona). Rasm hujjat talablariga mos kelishi kerak;
    – 3.5 *4.5 oʻlchamdagi fotosuratingizning CD diskga yozilgan elektron nusxasi;
    hujjatlar uchun jild.

Test sinovlari formati

B1 darajasi

B1 darajadagi talabgor:

  • ommabop tanish mavzulardagi matnlarni muayyan maʻlumotlar olish uchun oʻqib, tushuna oladi;
  • shaxsiy hayot mavzularida qaydlar va xabarlarni yoza oladi;
  • shaxsiy qiziqishlar, kundalik hayot mavzularida suhbat qiladi;
  • ommabop masalalar boyicha maʻlumot bera oladi va fikrini bildiradi.

Vaqt: B1 daraja imtihoni 3 soat 5 daqiqa davom etadi va quyidagi boʻlimlardan iborat:

1-boʻlim: Tinglab tushunish ( 30-35 daqiqa/4 qism/30 savol)
2-boʻlim: Oʻqish (70 daqiqa/4 qism/30 savol)
3-boʻlim: Leksik va grammatik kompetensiyalar (30 daqiqa/3 qism/30 savol)
4-boʻlim: Yozish (45 daqiqa/2 topshiriq/ 30 ball)
5-boʻlim: Gapirish (15 daqiqa/3 qism/30 ball)

Tinglab tushunish. Tinglab tushunish boʻlimining maqsadi nomzodning chet tilidagi ommabop tanish mavzulardagi monologik va dialogik nutqning asosiy maʻnolarini tushuna olishini va soʻralgan maʻlumotni topa olish koʻnikmalarini tekshirishdir. Tinglab tushunish boʻlimi 4 qismdan iborat. Tinglab tushunish boʻlimi mazmuni quyidagicha tuziladi:

1-boʻlim: Tinglab tushunish (30-35 daqiqa/4 qism/30 savol)

Tinglab tushunish boʻlimida har bir matn ikki martadan eshittiriladi va matn eshittirilishidan oldin tinglab tushunish boʻlimi oʻyicha yoʻriqnoma va shundan soʻng har bir topshiriqni bajarishdan oldin matnga oid savollar bilan tanishib chiqish uchun 30 soniya vaqt beriladi.

1-qism (1-10 savollar)

Matn turi: ommabop tanish mavzularda 10 ta qisqa monologlar.
Tekshiriladigan koʻnikmalar: aniq normativ nutqning asosiy maʻnolarini tushunish.
Savollar turi: yopiq test.

2-qism (11-16 savollar)

Matn turi: ommabop tanish mavzularda dialog.
Tekshiriladigan koʻnikmalar: muayyan maʻlumotlar olish uchun tushunish va maʻlumotlarni toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanligini aniqlay olish.
Savollar turi: yopiq test.

3-qism (17-22 savollar)

Matn turi: shaxsiy qiziqish va kasb-hunarga oid intervyular.
Tekshiriladigan koʻnikmalar: muayyan maʻlumotlar olish uchun tushunish.
Savollar turi: yopiq test.

4-qism (23-30 savollar)

Matn turi: monolog-prezentatsiya, chiqish;
Tekshiriladigan koʻnikmalar: dolzarb mavzulardagi tele-radio yangiliklar, shaxsiy qiziqish va kasb-hunarga oid sodda dasturlar.
Savollar turi: yopiq test.

2-boʻlim: Oʻqish (70 daqiqa/ 4 qism/30 savol)

1-qism (1-5 savollar)

Matn turi: chet tili muhitida kundalik hayotda uchraydigan qisqa matnlar: eʻlon, reklama, asbob-uskunalar va qurilmalarni ishlatish boʻyicha yozma yoʻriqnomalardan parcha, xatlar, elektron xatlardan parcha, gazeta va internet matnlardan parcha.
Tekshiriladigan koʻnikmalar: chet tilidagi materiallarning umumiy mazmunini tushunish.
Savollar turi: yopiq test.

2-qism (6-12 savollar)

Matn turi: ommabop materiallar – gazeta, jurnal, internet maqolalari.
Tekshiriladigan koʻnikmalar: gazeta va internet matnlarida tegishli maʻlumotni va fikrlarni tushunish.
Savollar turi: yopiq test: toʻgʻri/notoʻgʻri/berilmagan.

3-qism (13-20 savollar)

Matn turi: ommabop materiallar – qisqa hikoya.
Tekshiriladigan koʻnikmalar: ommabop matnlar yoki badiiy asarlardagi asosiy fikrni tushunish.
Savollar turi: yopiq test (savol va 4 ta javob varianti).

4-qism (21-30 savollar)

Matn turi: ommabop materiallar – ensiklopediya yoki internet manbalaridan olingan matn.
Tekshiriladigan koʻnikmalar: matndagi asosiy fikrni tushunish.
Savollar turi: yopiq test

3-boʻlim: Leksik va grammatik kompetensiyalar (30 daqiqa/3 qism/30 savol)

1-qism (1-10 savollar)

Matn turi: ommabop matn.
Tekshiriladigan koʻnikmalar: leksik birliklarni berilgan kontekstda toʻgʻri ishlata olish matnda notoʻgʻri ishlatilgan leksik va/yoki grammatik birliklarni toʻgʻri qoʻllay olish.
Savollar turi: yopiq test (tushirilib qoldirilgan soʻzni berilgan 4 muqobil variantdan tanlash).

2-qism (11-20 savollar)

Matn turi: ommabop matn.
Tekshiriladigan koʻnikmalar: soʻz turkumlarning turli morfologik shakllarini toʻgʻri qoʻllay olish, leksik birliklarni berilgan kontekstda toʻgʻri ishlata olish.
Savollar turi: gapdagi xatoni topish (4 muqobil variantdan toʻgʻrisini tanlash, xato yoʻq boʻlgan taqdirda D tanlanadi)

3-qism (21-30 savollar)

Matn turi: ommabop matn.
Tekshiriladigan koʻnikmalar: oʻzakdosh soʻzlarning turli morfologik shakllarini toʻgʻri qoʻllay olish, leksik birliklarni berilgan kontekstda toʻgʻri ishlata olish.
Savollar turi: yopiq test (4 muqobil variantdan matn mazmuniga mos keluvchi oʻzakdosh soʻzni tanlash).

4-boʻlim: Yozish (45 daqiqa/2 topshiriq)

Yozma nutq boʻlimining maqsadi nomzodning fikrini chet tilida yozma ravishda toʻgʻri va ravon ifodalay olish qobiliyatini tekshirishdir.

1-topshiriq: shaxsiy yozishmalar. Nomzod berilgan mavzu va tayanch savollar asosida xat yozishi lozim (60-80 soʻz/10 ball). Mavzuda muammo koʻtariladi va xatda nomzodning ushbu muammo yuzasidan nuqtai nazarini bildirishi soʻraladi.

2-topshiriq: shaxsiy tajribaga asoslangan insho yozish (120-140 soʻz/20 ball). Nomzod tayanch savollar asosida berilgan mavzuda qisqa insho yozishi kerak.

5-boʻlim: Gapirish (15 daqiqa/3 qism/30 ball)

Ogʻzaki nutq boʻlimining maqsadi nomzodning fikrini chet tilida ogʻzaki tarzda B1 daraja talablariga mos tarzda toʻgʻri va ravon ifodalay olish qobiliyatini tekshirishdir.

1-qism

Suhbat tarzida talabgorga kundalik mavzularda, shaxsiy hayotiga oid savollar beriladi va talabgor berilgan savollarga tayyorgarliksiz javob bera olishi talab etiladi. Ushbu qism boʻyicha suhbat davomiyligi oʻrtacha 4 daqiqa.

2-qism

Talabgordan berilgan muammoli vaziyat asosida 2 daqiqali monolog tuzishi talab qilinadi. Talabgor nutqi davomida muammoga oʻz yondashuvi (muammoga yechim)ni ifodalashi kerak. Savollar nomzodning shaxsiy hayotiga oid mavzular doirasidan olinadi.

Talabgorga tayyorgarlik uchun 1 daqiqa vaqt beriladi.

3-qism

Talabgorga 2-qism (monolog) mavzusidan kelib chiqqan holda qoʻshimcha savollar beriladi. Talabgorga tayyorgarlik uchun vaqt berilmaydi.

B2 darajasi

B2 darajadagi nomzod:

  • mavhum va konkret mavzulardagi murakkab matnlarni, shu jumladan mutaxassislikka oid matnlarni tushuna oladi;
  • tayyorgarliksiz ravon gapira oladi;
  • xorijiylar bilan muloqot qilish jarayonida ikkala tomon uchun ham qiyinchilik tugʻdirmaydigan darajada tez gaplashadi;
  • turli mavzularda aniq, batafsil xabarlar tuza oladi;
  • muammoga oʻz fikrini bildirib, turli fikrlarning afzalliklari va kamchiliklarini koʻrsata oladi.

Vaqt: B2 daraja imtihoni 3 soat 35 daqiqa davom etadi va quyidagi boʻlimlardan iborat:

1-boʻlim: Tinglab tushunish (taxminan 35 daqiqa/4 qism/30 savol)

2-boʻlim: Oʻqish (1 soat/3 qism/30 savol)

3-boʻlim: Leksik va grammatik kompetensiyalar (40 daqiqa/3 qism/30 savol)

4-boʻlim: Yozish (1 soat/2 topshiriq)

5-boʻlim: Gapirish (15 daqiqa/3 qism/30 ball)

1-boʻlim: Tinglab tushunish (taxminan 35 daqiqa/4 qism/30 savol)

Tinglab tushunish boʻlimida har bir matn ikki martadan eshittiriladi va matn eshittirilishidan oldin matnga tegishli savollar bilan tanishib chiqish uchun 30 soniya vaqt beriladi.

1-qism (6 savol)

Matn turi: bir-biriga bogʻliq boʻlmagan qisqa dialoglar, eʻlon va xabarlar, radio va tele-reportajlardan parchalar.

Tekshiriladigan koʻnikmalar: umumiy mazmunni tushunish uchun tinglash.

Savollar turi: yopiq test.

2-qism (8 savol)

Matn turi: dialog(ijtimoiy mavzulrdagi muloqot)

Tekshiriladigan koʻnikmalar: ayrim maʻlumotlarni olish va tafsilotlarni tushunish uchun tinglash.

Savollar turi: yopiq test.

3-qism (8 savol)

Matn turi: radio- va tele – reportajlar, intervyular.

Tekshiriladigan koʻnikmalar: radio, internet va televideniye dasturlari, intervyularning aksariyat qismini tushunish.

Savollar turi: yopiq test.

4-qism (8 savol)

Matn turi: maʻruzalar, bayonotlar, taqdimotlar, munozaralar hamda ilmiy va ixtisoslikka oid boshqa turdagi nutqlar.

Tekshiriladigan koʻnikmalar: keng kolamli nutq va murakkab fikrlar bayonini kuzatib tushunish, ilmiy va ixtisoslik taqdimotlari mohiyatini tushunish.

Savollar turi: yopiq test.

2-boʻlim: Oʻqish (1 soat/3 qism/30 savol)

1-qism (10 savol)

Matn turi: zamonaviy badiiy matndan parcha (matn hajmi – taxminan 800 soʻz).

Tekshiriladigan koʻnikmalar: chet tilidagi autentik matnning tafsilotlarini tushunish.

Savollar turi: yopiq test.

2-qism (10 savol)

Matn turi: murakkab ommabop materiallar – gazeta, jurnal, Internet maqolalari (matn hajmi – taxminan 800 soʻz).

Tekshiriladigan koʻnikmalar: kattaroq hajmdagi maqolalardan tegishli maʻlumotlarni ajrata olish.

Savollar turi: yopiq test; gapni tugallash.

3-qism (10 savol)

Matn turi: murakkab ilmiy-ommabop materiallar – kasbiy sohalarga oid kattaroq hajmdagi maqola va maʻruzalar (matn hajmi – taxminan 800 soʻz).

Tekshiriladigan koʻnikmalar: chet tilidagi murakkab matnlarning tafsilotlarini tushunish va tegishli matnlarni ajrata olish, tanish va notanish mavzulardagi matnlarning ayrim jihatlarini tushunish.

Savollar turi: yopiq test (toʻgʻri/notoʻgʻri/berilmagan); moslashtirish.

3-boʻlim: Leksik va grammatik kompetensiyalar (40 daqiqa/3 qism/30 savol)

1-qism (10 savol)

Matn turi: ommabop matn (matn hajmi – taxminan 200 soʻz).

Tekshiriladigan koʻnikmalar: leksik birliklarni (polisemik soʻzlar va sinonimlarni) berilgan kontekstda toʻgʻri qoʻllay olish.

Savollar turi: yopiq test.

2-qism (10 savol)

Matn turi: ilmiy matn (matn hajmi – taxminan 100 soʻz).

Tekshiriladigan koʻnikmalar: murakkab sintaktik strukturalarni toʻgʻri qoʻllay olish.

Savollar turi: grammatik xatolarni topish.

3-qism (10 savol)

Matn turi: badiiy matn (matn hajmi – taxminan 150 soʻz).

Tekshiriladigan koʻnikmalar: soʻz turkumlarining turli morfologik shakllarini va leksik birliklarni berilgan kontekstda toʻgʻri ishlatish olish.

Savollar turi: yopiq test (tushirib qoldirilgan soʻzlarni qoʻyish.

4-boʻlim: Yozish (1 soat/2 topshiriq)

1-topshiriq: berilgan vaziyat va tayanch savollar asosida rasmiy xat yozish (150 soʻz/10 ball).

2-topshiriq: berilgan muammoli mavzu yuzasidan esse yozish (250 soʻz/20 ball).

5-boʻlim: Gapirish (15 daqiqa/3 qism/30 ball)

1-qism: kundalik va mavhum mavzularda savol-javob.

2-qism: berilgan mavzu boʻyicha taqdimot qilish, fikr bildirish va asoslash.

3-qism: maqolani umumlashtirish, xulosa qilish, berilgan mavzuga oid qarash yoki fikrlarni rivojhlantirish, misollar keltirish orqali dalillash. (Yuklab olish)

C1 darajasi

C1 darajadagi nomzod:

  • katta hajmdagi murakkab matnlarni ochiq aytilmagan maʻnolarigacha tushuna oladi.
  • tayyorgarliksiz tez gapira oladi va fikrini ifodalash uchun soʻz tanlashda qiyinchilik sezmaydi.
  • tilni ijtimoiy, ilmiy va professional muloqot uchun samarali ishlata oladi.
  • xorijiylar bilan muloqot qilish jarayonida ikkala tomon uchun ham qiyinchilik tugʻdirmaydigan darajada tez gaplashadi.
  • turli mavzularda aniq, batafsil xabarlar tuza oladi.
  • murakkab mavzularda aniq, yaxshi strukturalangan matnlar tuza oladi.

Vaqt: C1 daraja imtihoni 3 soat 50 daqiqa davom etadi va quyidagi boʻlimlardan iborat:

1-boʻlim: Tinglab tushunish (taxminan 30 daqiqa/3 qism/30 savol)

2-boʻlim: Oʻqish (1 soat/3 qism/30 savol)

3-boʻlim: Leksik va grammatik kompetensiyalar (40 daqiqa/2 qism/30 savol)

4-boʻlim: Yozish (1 soat 20 daqiqa/3 topshiriq)

5-boʻlim: Gapirish (20 daqiqa/3 qism/30 ball)

1-boʻlim: Tinglab tushunish (taxminan 30 daqiqa/3 qism/30 savol)

Tinglab tushunish boʻlimida har bir matn bir marta eshittiriladi va matn eshittirilishidan oldin matnga tegishli savollar bilan tanishib chiqish uchun 1 daqiqa vaqt beriladi.

1-qism (10 savol)

Matn turi: radio- va tele – reportajlar, intervyular.

Tekshiriladigan koʻnikmalar: keng qamrovli, tilning ayrim nostandart ishlatilish holatlarini ham oʻz ichiga olgan audio tasma va axborot materiallarini tushunish.

Savollar turi: yopiq test.

2-qism (10 savol)

Matn turi: audiokitoblar yoki asarlar radiopostanovkalaridan parchalar.

Tekshiriladigan koʻnikmalar: keng koʻlamli nutqlarni aniq tuzilmagan hollarida ham tushunish va ulardagi ochiq-oydin va yashirin fikrlarni ham yetarli darajada anglay olish.

Savollar turi: yopiq test.

3-qism (10 savol)

Matn turi: maʻruzalar, bayonotlar, taqdimotlar, munozaralar hamda ilmiy va ixtisoslikka oid boshqa turdagi nutqlar.

Tekshiriladigan koʻnikmalar: oʻz mutaxassislik sohalariga oid bolmagan abstrakt va murakkab mavzulardagi keng koʻlamli nutqlarni tushunish.

Savollar turi: yopiq test.

2-boʻlim: Oʻqish (1 soat/3 qism/30 savol)

1-qism (10 savol)

Matn turi: zamonaviy badiiy matndan parcha (matn hajmi – taxminan 1000 soʻz).

Tekshiriladigan koʻnikmalar: kichik detallarning ham muhim jihatlari, qarashlar, ochiq-oydin yoki birmuncha yashirin bayon etilgan fikrlarni tushuna olish.

Savollar turi: yopiq test.

2-qism (10 savol)

Matn turi: murakkab ommabop materiallar – gazeta, jurnal, Internet maqolalari (matn hajmi – taxminan 1000 soʻz).

Tekshiriladigan koʻnikmalar: oʻz mutaxassislik sohalariga oid yoki oid boʻlmagan keng koʻlamli birmuncha uzun va murakkab matnlarni tushuna olish.

Savollar turi: tushirib qoldirilgan gaplar bilan matnni toʻldirish.

3-qism (10 savol)

Matn turi: akademik matnlardan parcha (matn hajmi – taxminan 1000 soʻz).

Tekshiriladigan koʻnikmalar: oʻz mutaxassislik sohalariga oid yoki oid boʻlmagan keng koʻlamli birmuncha uzun va murakkab matnlarni tushuna olish.

Savollar turi: yopiq test (toʻgʻri/notoʻgʻri/berilmagan); moslashtirish.

3-boʻlim: Leksik va grammatik kompetensiyalar (40 daqiqa/3 qism/30 savol)

1-qism (15 savol)

Matn turi: ommabop matn (matn hajmi – taxminan 300 soʻz).

Tekshiriladigan koʻnikmalar: leksik birliklarni (polisemik soʻzlar va sinonimlarni) berilgan kontekstda toʻgʻri qoʻllay olish.

Savollar turi: yopiq test.

2-qism (10 savol)

Matn turi: ilmiy matn (matn hajmi – taxminan 250 soʻz).

Tekshiriladigan koʻnikmalar: murakkab sintaktik strukturalarni toʻgʻri qoʻllay olish.

Savollar turi: grammatik xatolar bor-yoʻqligini aniqlash.

4-boʻlim: Yozish (1 soat 30 daqiqa/3 topshiriq)

1-topshiriq: berilgan vaziyat va tayanch maʻlumotlar asosida rasmiy xat yozish (150 soʻz/10 ball).

2-topshiriq: berilgan mavzu yuzasidan esse yozish (250 soʻz/10 ball).

3-topshiriq: berilgan matnning qisqacha mazmunini yozish (100 soʻz/10 ball).

5-boʻlim: Gapirish (20 daqiqa/3 qism/30 ball)

1-qism: kundalik va mavhum mavzularda savol-javob.

2-qism: berilgan mavzu boʻyicha taqdimot qilish, fikr bildirish va asoslash.

3-qism: berilgan mavzu boʻyicha taqdimot qilish, fikr bildirish va misollar keltirish orqali dalillash.

Imtihon javoblari

Test sinovlari natijalari ular oʻtkazilgan kundan boshlab ikki haftadan kechikmay Davlat test markazi saytida eʼlon qilinadi.

  1. Test sinovi natijasida maksimal ballning 60% dan kam toʻplagan talabgorlarga malaka sertifikati berilmaydi va toʻlangan badal qaytarilmaydi.
  2. Test sinovi yakunlari boʻyicha eng yuqori ballning 60 foizidan kam ball olgan talabgor test sinovida qatnashish uchun, lekin test sinovi natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab kamida bir oydan keyin, chet tilini bilish darajasini aniqlash va Sertifikat berish uchun toʻlov toʻlangan taqdirda, hujjatlarni takroran taqdim etish huquqiga ega.
  3. Ijobiy baholangan talabgorlar malaka sertifikatini shaxsan yoki notarial tasdiqlangan ishonchnoma orqali Davlat test markazidan ish kunlari soat 9:00 dan 18:00 ga qadar olib ketishlari mumkin.

CEFR va boshqa til imtihon darajalarining mosligi

Imtihonga tayyorlanish uchun

  • Common European Framework of Reference for Languages: Teaching, Learning and Assessment. CambridgeUniversity Press. GRAMMAR AND VOCABULARY: Michael Swan. Practical English Usage. 3rd ed. OxfordUniversity Press, 2009. Luke Prodromou. Grammar and Vocabulary for First Certificate. Pearson Education Limited, 1999. Richard Side, Guy Wellman. Grammar and Vocabulary for Cambridge Advanced and Proficiency. Pearson Education Limited, 1999.

LISTENING:

  • Jack Richards. Expanding Tactics for Listening. 2nd ed. OxfordUniversity Press, 2005.
  • Steven Brown, Dorolyn Smith. Active Listening. CambridgeUniversity Press, 2005.

READING:

  • DʻArcy Adrian-Vallance, Lewis Lansford. Pearson Education, 2005.
  • Kent Richmond. Inside Reading: the Academic Word List in Context. OxfordUniversity Press, 2009.

WRITING:

  • Malcolm Mann, Steve Taylore-Knowles. Skills For First Certificate: Writing. Macmillan Education, 2005.
  • Richard Brown, Lewis Richards. IELTS Advantage: Writing Skills. Delta Publishing, 2005.
  • Alice Oshima, Ann Hogue. Introduction to Academic Writing. 3rd ed. Pearson Education, 2007.
  • Dorothy Zemach, Lisa Rumisek. Academic Writing: From Paragraph to Essay. Macmillan Education, 2005.

SPEAKING:

  • Cheryl Pelteret. Collins English for Life: Speaking. HarperCollins Publishers, 2009.
  • Karen Covacs. Collins English for Exams: Speaking for IELTS. HarperCollins Publishers, 2011.

Поиск материала «Geometriya, 9 sinf, Xaydarov B.Q., Sariqov E.S., Qo‘chqorov A.Sh., 2019» для чтения, скачивания и покупки

Найденные материалы, документы, бумажные и электронные книги и файлы:

Ниже показаны результаты поиска поисковой системы Яндекс. В результатах могут быть показаны как эта книга, так и похожие на нее по названию или автору.

Search results:

B.Haydarov, E. Sariqov , A. Qo ‘ chqorov . 9 GEOMETRIYA . O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining. U tafakkuringizni rivojlantirib, aqlingizni peshlaydi, mantiqiy fikrlash, topqirlik xislatlarini shakllantiradi va turli vaziyatlarda oqilona qaror qabul qilish, tahlil qilish hamda xulosa chiqarish ko‘nikmalarini tarbiyalaydi. Qo‘lingizdagi 9 – sinf “ Geometriya ” darsligining asosiy vazifasi — yassi geometrik shakllarning xossalarini o‘rgatish bilan bir qatorda sizda izchil mantiqiy fikrlash qobiliyatini o‘stirib borish natijasida aqlingizni charxlashdan iborat. n.ziyouz.com

B.Haydarov, E. Sariqov , A. Qo ‘ chqorov . 9 GEOMETRIYA . O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining. U tafakkuringizni rivojlantirib, aqlingizni peshlaydi, mantiqiy fikrlash, topqirlik xislatlarini shakllantiradi va turli vaziyatlarda oqilona qaror qabul qilish, tahlil qilish hamda xulosa chiqarish ko‘nikmalarini tarbiyalaydi. Qo‘lingizdagi 9 – sinf “ Geometriya ” darsligining asosiy vazifasi — yassi geometrik shakllarning xossalarini o‘rgatish bilan bir qatorda sizda izchil mantiqiy fikrlash qobiliyatini o‘stirib borish natijasida aqlingizni charxlashdan iborat. ziyouz.com

Канцтовары: бумага, ручки, карандаши, тетради. Ранцы, рюкзаки, сумки. И многое другое. my-shop.ru Купить

9 – sinfda geometriyaning planimetriya qismini — yassi geometrik shakllarning xossalarini o’rganish dayom ettiriladi. Unda siz geometrik shakllarning o’xshashligi, uchburchakning tomonlari vа burchaklari orasidagi munosabat1ar, aylana uzunligi Уа doira yuzi, uchburchak Уа aylanadagi metrik munosabatlar bilan tanishasiz. Ushbu ” Geometriya ” darsligining mazmuni qat’iy aksiomatik tizim asosiga qurilgan. b.eruditor.one

9 – sinfda geometriyaning planimetriya qismini — yassi geometrik shakllarning xossalarini o’rganish dayom ettiriladi. Unda siz geometrik shakllarning o’xshashligi, uchburchakning tomonlari vа burchaklari orasidagi munosabat1ar, aylana uzunligi Уа doira yuzi, uchburchak Уа aylanadagi metrik munosabatlar bilan tanishasiz. Ushbu ” Geometriya ” darsligining mazmuni qat’iy aksiomatik tizim asosiga qurilgan. eruditor.io

Geometriya 9 – sinf • Kutubxonachi.Uz. 11568 dona Yuklangan. 4.4 MB Hajmi. 20565 dona Ko’rilgan. Geometriya 9 – sinf . Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9 – sinfi uchun O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan darslik. Siz bu yerdan o’quvchilarni matematikadan fan olimpiadalariga tayyorlash uchun kerakli manbalardan A. Qo ’ chqorov va Sh .Ismoilovovning «Mantiqiy masalalar» nomli qo’llanmasini elektron variantini ko’chirib olishingiz mumkin. kutubxonachi.uz

Получите последнее обновление Geometriya 9 – sinf на Android. Скачать . Описание для Geometriya 9 – sinf . GEOMETRIYA 9 O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9 – sinfi uchun darslik sifatida tasdiqlagan B. Haydarov, E. Sariqov , A. Qo ‘ chqorov Toshkent — 2014. m.apkpure.com

Скачайте приложение APKPure, чтобы получить последнее обновление Geometriya 9 – sinf и любого приложения на Android. GEOMETRIYA 9 O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9 – sinfi uchun darslik sifatida tasdiqlagan B. Haydarov, E. Sariqov , A. Qo ‘ chqorov Toshkent — 2014. apkpure.com

Nuqta, to‘g‘ri chiziq, kesma, burchak, uch- burchak, kvadrat, aylana, kub, shar kabi qator geometrik shakllar bilan siz quyi sinflarda tanishgansiz (5 – 7-rasmlar). Yevklid (eramizdan avvalgi III asr) Q a d i m g i y u n o n o l i m i , geometriya fani shakllanishida katta o‘rin tutgan – “Negizlar” asari bilan mashhur. 8 Savol, masala va topshiriqlar 1. Geometriyaga oid dastlabki ma’lumotlar qayer- da va qanday paydo bo‘lgan? 2. Geometriya so‘zining ma’nosi nima va nima uchun u shu nom bilan atalgan? 3. Geometriyaga asos solgan va uning rivojiga his- sa qo ‘shgan qaysi olimlarni bilasiz? fayllar.org

9 – sinfda geometriyaning planimetriya qismini — yassi geometrik shakllarning xossalarini o’rganish dayom ettiriladi. Unda siz geometrik shakllarning o’xshashligi, uchburchakning tomonlari vа burchaklari orasidagi munosabat1ar, aylana uzunligi Уа doira yuzi, uchburchak Уа aylanadagi metrik munosabatlar bilan tanishasiz. Ushbu ” Geometriya ” darsligining mazmuni qat’iy aksiomatik tizim asosiga qurilgan. a.twirpx.one

Ushbu ” 9 – sinfda geometriya ” uslubiy qo ‘llanmasida umumiy o’rta ta’lim maktablarining 9 – sinfida o’quitiladigan geometriya fanining mazmuni, maqsadi, vazifalari, tashkiliy asoslariy va umumiy uslubiyoti masalalari yoritilgan. Shu bilan bir qatorda, davlat ta’lim standarti va yangi o’quv dasturi asosida yaratilgan 9 – sinf ” Geometriya ” darsligi bo’yicha o’qitishning uslubiy yo’l-yo’riqlari keltirilgan. Qo ‘llanmada o’quv dasturiga kiritilgan barcha mavzular bo’yicha dars ishlanmalari berilgan. a.twirpx.one

Siz bu sahifada O`zbekistonning (Toshkent) 9 sinf uchun Geometriya kitobini tekinga ko`chirishingiz mumkin. Bundan tashqari, kitob bilan tanishish uchun bu kitobga prevyu yuklab olish mumkin. Скачать . www.Test-uz.ru

Haydarov B., Sariqov E., Qo ‘ chqorov A ., Hamrojonov A. Geometriya . 9 sinf . Файл формата djvu. размером 1,78 МБ. Ushbu ” 9 – sinfda geometriya ” uslubiy qo’llanmasida umumiy o’rta ta’lim maktablarining 9 – sinfida o’quitiladigan geometriya fanining mazmuni, maqsadi, vazifalari, tashkiliy asoslariy va umumiy uslubiyoti masalalari yoritilgan. Shu bilan bir qatorda, davlat ta’lim standarti va yangi o’quv dasturi asosida yaratilgan 9 – sinf ” Geometriya ” darsligi bo’yicha o’qitishning uslubiy yo’l-yo’riqlari keltirilgan. eruditor.io

Геометрия Xaydarov B.электронный учебник читать on-line или скачать в формате PDF и EPUB. Авторы: Xaydarov B., Sariqov E., Qo ‘ chqorov A . Издательство: “Huquq va Jamiyat”. uzedu.online

Free. Android. GEOMETRIYA 9 O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9sinfi uchun darslik sifatida tasdiqlagan B. Haydarov, E. Sariqov, A. Qochqorov Toshkent — 2014. m.apkpure.com

Xalq ta`limi vazirligi tomonidan umumiy o`rta ta`limning 9 – sinfi uchun darslik sifatida tavsiya etilgan. B.Haydarov, E. Sariqov , A. Qo ` chqorov (ZiyoNet XTV). Geometriya 9 -nji synp (turkman tilida). www.uforum.uz

32763 dona Yuklangan. 4.6 MB Hajmi. 52692 dona Ko’rilgan. Geometriya 7 – sinf . Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7- sinfi uchun O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan darslik. Siz bu yerdan o’quvchilarni matematikadan fan olimpiadalariga tayyorlash uchun kerakli manbalardan A. Qo ’ chqorov va Sh .Ismoilovovning «Mantiqiy masalalar» nomli qo’llanmasini elektron variantini ko’chirib olishingiz mumkin. kutubxonachi.uz

9 – sinf “Algebra” (mualliflar SH .A. Alimov, O.R. Xolmuhamedov, M.A. Mirzahmedov) darsligining [2] II-bobida kvadrat tengsizlikni kvadrat funktsiya grafigi yordamida yechish mavzusidagi 80, 81, 82–masalalar, II-bobida butun ko‘rsatkichli daraja mavzusidagi 129, 130 –masalalar, “ Geometriya ” (mualliflar B. Haydarov, E. Sariqov , A. Qo ‘ chqorov ) darsligining [10] II-bobida uchburchaklarni yechishning amaliyotda qo‘llanishi mavzusidagi 4, 5, 6–masalalar. fayllar.org

ЛитРес – это самая большая библиотека электронных книг. Покупай, скачивай, читай и слушай лицензионные электронные книги и аудиокниги для компьютеров, телефонов и планшетов. На LitRes публикуются отзывы, рейтинги книг, рекомендации, рецензии, информация об авторах. www.litres.ru Купить

Интернет-магазин My-shop.ru – интернет магазин, где можно купить более 700 тысяч книг любого жанра, автора и тематики. Учебники по выгодным ценам с доставкой в Москве, Санкт-Петербурге и других городах России! Книги почтой с доставкой на дом и самовывозом. my-shop.ru Купить

Канцтовары. Низкие цены на любые канцтовары для детей и взрослых, для работы и учёбы. Письменные принадлежности. Карандаши, ручки, стержни, фломастеры, чернила, тушь, маркеры – любые письменные принадлежности. Бумажные канцтовары. Широкий выбор тетрадей, дневников, альбомов быстро и дёшево купить бумажные канцтовары. Ранцы, рюкзаки, сумки. Всевозможные сумки и косметички, ранцы с наполнением и без, рюкзаки со скидками и сумки для ноутбуков. Канцелярские мелочи. Ластики, ножницы, точилки, подставки и линейки, степлеры, дыроколы, корректоры, скотч и клей. my-shop.ru Купить

Лабиринт – это самый большой интернет магазин бумажных книг. Покупай и заказывай книги! Доставка почтой, курьером, через сеть пунктов самовывоза в Москве, Санкт-Петербурге и других 30 городах России. Доставляем также в другие страны СНГ и мира! На официальном сайте «Лабиринта» публикуются рейтинги книг, отзывы, рекомендации, рецензии и информация об авторах, издательствах, правообладателях, сериях книг. www.labirint.ru Купить

Интернет-магазин Читай-Город – Здесь вы можете купить книги всех жанров и направлений по самым выгодным ценам с бесплатной доставкой в Москве, Санкт-Петербурге и других городах России! www.chitai-gorod.ru Купить

На данной странице Вы можете найти лучшие результаты поиска для чтения, скачивания и покупки на интернет сайтах материалов, документов, бумажных и электронных книг и файлов похожих на материал «Geometriya, 9 sinf, Xaydarov B.Q., Sariqov E.S., Qo‘chqorov A.Sh., 2019»

Для формирования результатов поиска документов использован сервис Яндекс.XML.

Нашлось 2 млн ответов. Показаны первые 22 результата(ов).

Dars ishlanmasi

Dars maqsadi: O’quvchilarga O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tishning besh tamoyili va bozor islohatlari mazmunini mohiyatini va hozirgi kundagi ahamiyatini tushuntirish.

O’zbekistonda olib borilayotgan bozor islohotlarini bilish va baholay olish;

o’quvchilarda mustaqil mamlakatimiz qo’lga kiritayotgan ulkan yutuqlarga ishonch, mehnatsevarlik xususiyatlari ni shakllantirish.

Dars jarayonida egallashlari lozim bo`lgan asosiy atamalar:

Bozor iqtisodiyoti, o’zbek modelining besh tamoili, bozor islohatlari.

Darsga tayorgarlik va darsga kerakli bo’lgan vosutalar;

Vositalar; darslik, Prezident I.A.Karimov ishlab chiqqan bozor iqtisodiyotiga o’tishning besh tamoyili aks etgan slaydlar.(1-ilova).

Sinf tayorgarligi: Dars jarayoniga guruxni shakllantirish, sinf partalarini joylashtirish va stol ustiga bank, plastic kartochka, tadbirkor, fabrika,bozor rasmlari aks etgan kartochkalar qo’yiladi.

Darsning turi: yangi mavzuni bayon etish;

Darsda qollanilgan metodlar; Guruhlar bilan ishlash, Tushuncha tahlili ko’rsatish, suhbat; aqliy hujum

Ragbat kartochkalari

a) guruhda ishlash – 6 daqiqa

b) taqdimot – 15 daqiqa

I.Tashkiliy qism;

O’quvchilar sinfga kirishadi ularning har biriga stol ustidagi rasmlar aks etgan kartochkalar olish tavsiya etiladi va rasmlar bo’yicha stolga o’tirish kerakligi aytiladi

II. O’tilgan mavzu haqida suhbatlashish.

1. Bozor iqtisodiyoti deb nimaga aytiladi?

Javobi; (Bozor iqtisodiyoti sharoitida “Nima ishlab chiqarish kerak?”, “Qanday ishlab chiqarish kerak?”,”Kim uchun ishlab chiqarish kerak?”-degan savollarga, asosan, bozor javob beradi. Shu bois, bu tizimni bozor iqtisodiyoti deb ataladi.)

2.Bozor iqtisodiyotining asosiy xususiyatlari nechta turga bo’linadi? Javobi; (1.Erkin iqtisodiy faoliyat. 2. Xususiy mulkchilik. 3. Erkin narxlar. 4. Iqtisodiy manfaatdorlik va foyda olishga bo’lgan intilish.5. Monopoliyani rad etish.

3.Raqobat deganda nimani tushunasiz. Javobi; (bozor iqtisodiyotining eng muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Shunga ko’ra, bozor iqtisodiyoti monopoliyani rad etadi. Chunki monopoliya bor joyda erkin iqtisodiy faoliyat va raqobat bo’lmaydi.)

4. Aralash iqtisodiyot deganda nimani tushunasiz. Javob: (Aralash iiqtisodiyot jamiyat a’zolarining kam ta’minlangan qismini ijtimoiy himoya qilishga, ommaviy farovonlikni ta’minlashga yo’naltirilganligi bilan ajralib turadi. Mamlakatimizda kechayotgan bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayoni deganda, biz xuddi shu sifatlarga ega bo’lgan ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga, ya’ni aralash iqtisodiyotga o’tishni tushunamiz.)

. Sizlar bilan bozor iqtisodiyotining asosiy xususiyatlari, bozor iqtisodiyotining noqobilligi haqida bilimlarimizni eslab oldek.

III. Yangi mavzu: O’zbekiston bozor iqtisodiyoti sari

Mavzuning bayon qilish rejasi:

1).O`zbek modulining asosiy tamoillari

2). Bozor islohatlari

3)Mamlakatimizda amalga oshirilgan o`zgarishlar

4).Mamlakatimiz iqtisodoyotida kichik biznesning roli.

5).Bozor munosabatlarining asosi bo’lgan raqobatni rivojlantirishda monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarining ahamiyati.

Yangi mavzuni o`rganish guruxlardagi o’quvchilar tomonidan mavzuni mustaqil o’qish orqali amalga oshiriladi.

Guruxlarga: 1).O`zbek modulining asosiy tamoillari

2). Bozor islohatlari

3).Mamlakatimizda amalga oshirilgan o`zgarishlar

4).Mamlakatimiz iqtisodoyotida kichik biznesning roli.

5).Bozor munosabatlarining asosi bo’lgan raqobatni rivojlantirishda monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarining ahamiyati.

Mavzular yozilgan kartochkalar har bir guruxlarga tarqatiladi. Taqdimot tinglanadi yakun yasaladi

Guruxlarga quyidagi topshiriqlar beriladi ya’ni 2010 yil 13 noyabrda chop etilgan “Ma’rifat” gazetasi tarqatiladi: Gazetada O’zbekiston Respublikasi Prezindenti I.Karimovning ”Mamlakatimizda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi.

1.Ma’ruzani o’qib chiqing.

2.Ma’ruzani bir- biringizga so’zlab bering.

3. Ma’ruzadagi tayanch so’zlarni ajrating.

4. Sinfda taqdimot qilish tayorgarligi, gurux ishi uchun (6 daqiqa) vaqt ajratiladi.

Curuxlarning ishlash jarayonini o’quvchilarning ishtiroki kuzatib boriladi va kerak bo’lgan joylarga ko’rsatmalar beriladi.

. Curuxlarning taqdimoti. (5 daqiqa).

Curuxlarning taqdimot qilish jarayonida o’quvchilar tinglaydilar va savol berishi aytiladi.

O’qituvchi tomonidan mavzular umumlashtirilgan holda qisqacha bayon qilinadi.

  • Bozor iqtisodiyotiga o`tishning nechta tamoili bor?
  • “Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi ‘ tamoil ma’nosini tushuntirib bering
  • Ddavlat bosh islohatchi deganda nimani tushunasiz?
  • Qonunlarning ustuvorligi tamoili mazmunini tushuntirig.
  • Kuchli ijtimoiy siyosat deganda nimani tushunasiz?
  • Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o`tish tamoilini tushuntirib bering.

Bozor iqtisodiyotiga o`tish tamoillari
Jadvallarni to`ldiring.

O’quvchilarga o’tilgan mavzu bo’yicha qo’yidagi jadvalni to’ldirish topshiriladi.

V. O’quvchilar bilimini baholash.

Topshiriqlarning to’g’ri javoblari doskaga ilib qo’yilib, o’quvchilar nechta topshiriqni to’g’ri bajarganlarini so’rash va ularning dars jarayonidagi faoliyatini hisobga olgan holda baho e’lon qilinadi.

. VI. Uyga vazifa:

Bilimingizni sinab ko`ring bandidagi savollarga javob toppish

O`zbekistonning 2014 yilgi ijtimoiy-iqtisodiy yakunlari to`g`risida ma’ruza tayyorlash.

Foydalanish uchun matnlar..

Mamlakatimiz mustaqil taraqqiyotining dastlabki bosqichida, ya’ni 1991 yilda 2000 yilgacha bo’lgan davrda ulkan o’zgarishlarni amalga oshirishda asosiy e’tiborimiz markazlashtirilgan ma’muriy – buyruqbozlik tizimiga barham berish va bozor iqtisodiyotining asoslarini, avvalambor, qonunchilik bazasini shakllantirish uchun sharoit yaratishga qaratildi.

Shu borada qabul qilingan o’ta muhim qonun va normativ hujjatlar qatorida Fuqarolik, Yer, Soliq va Bojxona kodekslari, “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to`g’risida”, “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”, “Chet el investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risidagi”gi qonunlarni qayd etish mumkin.

Islohotlarimizning keyingi bosqichida “Tadbirkorlik faoliyati erkinliginining kafolatlari to’g’risida”, “Xususiy korxona to’g’risida”, “Valyutani tartibga solish to’g’risida”, “Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida”, “Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi qonunlar, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi va iqtisodiyotni isloh qilish bo’yicha umumiy hisobda 400 dan ziyod qonun hujjatlari ishlab chiqilib, qabul qilindi va joriy etildi. Ularning barchasi iqtisodiyotimizni yanada liberallashtirildi.

O’ZBEKISTON BOZOR IQTISODIYOTI SARI

O’zbek modelining asoslari

1991-yil respublikamiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritib, sobiq ittifoq istibdodidan xalos bo’ldi. Endi xalqimiz oldida mustqillik poydevorini mustahkamlash , hur ve erkin fuqarolik jamiyatini qurishdek o’ta ma’sulyatli vazifa turar edi. Bu vazifani bajarishning birdan bir yo’li bu bozor iqtisodiyotiga o’tish edi. Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan O’zbekistonning milliy , o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor iqtisodiyotiga o’tishning beshta tamoyili asos qilib olindi.

Bu tamoyillarning asosiy mohiyati Prazidentimiz I.A.Karimovning “ O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida “ kitobida ochib berilgan:

1.Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi.Bu tamoyiliga ko’ra ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlar mafkuradan xoli qilinadi. Qoloq iqtisodiyotning siyosiy mustaqillikka tayanch bo’la olmasligidan kelib, chiqib, iqtisodiyot siyosatdan ustun qo’yiladi.

2. Davlat- bosh islohotchi.Bu tamoyilga ko’ra davlat butun xalq manfaatlaridan kelib chiqib, islohot jarayonlarining tashabbuskori bo’ladi va ularni amalga oshirishga rahbarlik qiladi.

3. Qonunlar va ularga rioya qilishning ustuvorligi.Bu tamoyilga ko’ra islohot jarayonalri tartibli, sinalgan va amaliy kuchga ega bo’lgan qonunlar asosida ularga so’zsiz rioya qilish bilan amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyotining qonunchilikka tayanishi demokratik yo’l bilan qabul qilingan yangi Konsitutsiya va qonunlar oldida barchaning baravarligi, qonunlarga rioya etish hamma uchun ham qarz, ham farz ekanligini bildiradi.

4.Faol ijtimoiy siyosat yuritish.Bu tamoyilga ko’ra bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida jamiyatda ijtimoiy- siyosiya barqarorlik ta’minlanadi. Aholining turmush darajasidan kelib chiqib, ijtimoiy himoya chora-tadbirlari ko’riladi.

5. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish.Bu tamoyilga ko’ ra bozor iqtisodiyotiga o’tish islohotlari shoshilmasdan, har tomonlama puxta o’ylangan holda , bosqichma- bosqich iqtisodiy , siyosiy larzalarsiz amalgam oshiriladi.

Bozor islohotlari

Ushbu tamoyillardan kelib chiqib, respublikamizda shu o’tgan qisqa vaqt ichida olamshumul o’zgarishlar amalgam oshirildi. Respublikamizda bozor munosabatlariga asoslangan milliy iqtisodiyot asoslari yaratildi. Bunga misol qilib mulkchilik, qishloq xo’jaligi, moliya-kredit, tashqi iqtisodiy aloqalar va ijtimoiy sohadagi amalga oshirilgan islohotlarni keltirish mumkin.

Mulkchilikni isloh qillishi sohasida davlat mulki hisoblanmish zavod va fabrikalar , maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari , uy-joylar va boshqa davlat mulklari xususiylashtirilib, jamoa yoki xususiy mulkka aylantirildi..

Qishloq xojaligidagi islohotlar odamlarga yerdan bepul foydalanish huquqining berilishi, shaxsiy tomorqalar uchun yer maydonlarining kengaytirilishi , fermer va dehqon xo’jalilarining tuzilishi bilan amalga oshirilmoqda.

Moliyakredit sohasidagi islohotlar respublikamiz o’z valyutasini muomalaga kiritishi , qator tijorat banklarining ochilishi , qimmatbaho qog’ozlar bozorining tashkil qilinishi , yangicha soliq tizimining yaratilishi kabi qator bozor talabiga javob beruvchi moliya tizimini yaratish yordamida amalga oshirilmoqda.

Tashqi iqtisodiy aloqalardagi islohotlar respublikamizning tashqi iqtisodiy aloqalari erkinlashtirishga qaratilgan . Ko’plab xorijiy davlatlar bila qo’shma korxonalar tashkil qilinmoqda . Respublikamizning boshqa davlatlar bilan savdo-sotiq qilish imkoniyatlari kengaymoqda.

Ijtimoiy sohadagi islohotlar o’tish davrida vujudga keladigan turli noxush holatlardan aholini himoya qilishga qaratilgan Narx-navoning oshishiga mos ravishda maosh, stipendiya, pensiya va turli xil nafaqa pullari miqdori oshirib borilmoqda.

Iqtisodiy bilim asoslari “Tadbirkorliki” mavzusi buyicha dars ishlanmasi

  1. ta’limiy: tadbirkorlik va uning xususiyatlari, tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi roli, tadbirkorlik faoliyati turlari to’g’risiida tuhuncha berish;

c) rivojlantiruvchi: Dars jarayonida o’quvchilarning faolligini oshirish, og’zaki va yozma fikrlashni rivojlantirish, mavzu asosida bilim va ko’nikmalarini shakllantirish, mavzuga oid tarqatilgan materiallarni o’quvchilar guruh holida o’zlashtirib olishlari va suhbat- munozara orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada o’zlashtirilganligini nazorat qilish, ularning bilimini baholash.

Metod: guruhda o’qitish, tushunchalar tahlili

Vosita: tarqatma materiallar: matn va rasmlar, doska, test kartochkalari

Nazorat: og’zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish, o’z-o’zini nazorat qilish

O’quvchi: Matn bilan mustaqil ishlashni o’rganadi. O’z fikrini ravon bayon qila oladi, shu mavzu asosida qo’shimcha materiallar topadi, ularni o’rganadi. O’z fikri va guruh fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini oshiradi.

  • tadbirkorlik haqida tushunchaga ega bo’lish va uning xususiyatlarini sanay olish ;
  • tadbirkorlikning bozor iqtisodiyotidagi rolini anglash ;
  • biznes rejaning tadbirkorlik faoliyatidagi ahamiyatini tushunib yetish.
  • Tadbirkorlik faoliyati turlarina ayta olish
  • Iqtisodiy faoliyatning tadbirkorlikka xos turlarini bilish ;
  • har bir tadbirkorlik faoliyati turining afzallik va kamchiliklarini sanash;
  • tadbirkorlik
  • biznes reja
  • ishlab chiqarish
  • tijorat;
  • moliyaviy tadbirkorlik;
  • vositachilik;
  • sug’urta;

b) mustaqil ishlash;

d) tahlil qilish;

1.Tashkiliy qism.

O’quvchilar bilan salomlashib davomat tekshiriladi.

II.Yangi mavzuni boshlashga xozirlik.

Dars tadbirkorlikka ta’rif berish bilan boshlanadi:

Tadbirkorlik deganda,kishilarning foyda olish maqsadida,tavakkalchilik asosida,o’z mablag’I,mulki,bilimi va imkoniyatlarini ishga solib tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish faoliyati tushuniladi.

III. Yangi mavzuni yoritish.

Tadbirkorlikni ishbilarmonlik yoki biznes,deb ham atashadi.Bunday faoliyat bilan shug’ullanuvchilarni ishbilarmonlar,tadbirkorlar yoki biznesmenlar ham deb atashadi.So’ng o’quvchilar e’tibori darslikdagi rasmga qaratiladi.Rasmda berilgan tadbirkorlikka xos fazilatlar bilan tanishtiriladi va o’quvchilarga quyidagi savol beriladi:

Rasmdagi bo’sh kataklarga tadbirkorlikka xos yana qanday fazilatlarni yozgan bo’lar edingiz?Nega?

O’quvchilarga o’ylash va bo’sh kataklarni to’ldirish uchun vaqt ajratiladi,so’ng fikrlari tinglanadi.

  • Tashabbuskorlik
  • Barcha iqtisodiy mas’uliyatni zimmaga olib tavakkal qilish;
  • Halol ish yuritish va qonunlarga rioya qilish;
  • Halol raqobatda qatnashish.
  • Tadbirkor yuqoridagi tashabbuskorlikva barcha iqtisodiy mas’uliyatni zimmaga olib tavakkal qilish fazilatlariga ega bo’lmasa tadbirkor bo’la olmaydi.Tadbirkor halol ish yuritish va qonunlarga rioya qilish;halol raqobatda qatnashish kabi qo’shimcha fazilatlarga ega bo’lish,unga rioya qilish bilan davlat ,sheriklari hamda mijozlari oldidagi majburiyatlarini o’z vaqtida bajaradi,ular oldida hurmati,nufuzi oshadi.
  • Yuqorida keltirilgan tadbirkorlikka xos fazilatlarni muhimlik darajasiga qarab ketma-ket yozib chiqing va o]z yechimingizni sharhlang.

Tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi roli qanday?

Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik omili tabiiy,capital va mehnat omillari bilan bir qatorda ishlab chiqarishning asosiy omiliga aylanadi.

Tadbirkorlik jamiyat uchun kerak,chunki shu faoliyat tufayli yangi,qo’shimcha ish o’rinlari yaratiladi.Turli-tuman tovar va xizmatlar ishlab chiqarish ko’payadi.Natijada iste’molchi ehtiyojlari yanada to’laroq qondiriladi.Tadbirkorlik iste’molchi uchungina emas,davlat uchun ham foydali faoliyat bo’lib hisoblanadi.Davlat tadbirkorlikka keng yo’l ochib berish bilan,aholini ish bilan ta’minlash.keng iste’mol tovarlari va xizmatlar ishlab chiqarish kabi vazifalarni ma’lum ma’noda o’zidan soqit qiladi.Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan soliqlar hisobidan davlat xazinasi boyiydi.

Tadbirkorlikni nimadan boshlash kerak?

O’quvchilarga savol beriladi va javoblar eshitiladi.

Tadbirkorlik biznes g’oyadan boshlanadi.Biznes g’oya qanchalik to’g’ri tanlansa,muvaffaqiyatga erishish imkoniyati shuncha ko’p bo’ladi.Biznes g’oyani amalga oshirish uchun aniq hisob-kitoblarga asoslangan,puxta o’ylangan reja tuzilishi lizim.

Tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqib,u quyidagi turlarga bo’linadi:

1. Ishlab chiqarish. Ishlab chiqarish faoliyatiga asoslangan tadbirkorlikda,tadbirkor kapital,mehnat,tabiiy omillarni birgalikda harakatga keltiradi yoki ishlab chiqarish vositalari-yer,bino va inshoatlar,asbob-uskunalar,xom ashyo sotib oladi,ishchi xodimlarni ishga oladi,har xil tovarlar ishlab chiqaradi hamda sotadi.

2. Tijorat,savdo-sotiq Tadbirkorlikning bunday turi bilan shug’ullanuvchilar tovarlarni sotib olishadi va iste’molchi topib sotishadi.Albatta ,bu holatda tovarning sotish narxi,xarid narxidan yuqori bo’ladi.Natijada tadbirkor foyda ko’radi.Biznesning bu turi bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlar qayerda qaysi tovarlar arzon va sifatli ishlab chiqarilishini,bu holatda talabning ko’pligi,narxi balandligini yaxshi bilishlari shart.

3.Moliyaviy tadbirkorlik Tadbirkorlikning bu turi ham tijoratga o’xshaydi,ammo bunda tovarlar o’rniga pul va qimmatbaho qog’ozlar oldi-sotdisi bilan shug’ullanishadi.Pul mablag’lari qarzga beriladi,chet el valyutalari,aksiya,veksel va boshqa qimmatli qog’ozlar sotib olinadi.va sotiladi.

4. Vositachilik.Vositachilik faoliyati bilan shug’ullanuvchilar sotuvchi va xaridor o’rtasida vositachilik qilib,oldi-sotdi jarayonini tezlashtiradi,tovar egasini iste’molchi bilan uchrashtirish evaziga haq oladi.Vositachilar qayerda,qanday tovar,qanday narxda ishlab chiqarilishi va sotilishi,kimda shu tovarga zarurat borligini bilishi va bu ma’lumotni sharoitga qarab pullashi bilan boshqalardan ajralib turadi.

5.Sug’urta.Tadbirkorlikning bunday turi bilan shug’ullanuvchilar,turli xil kutilmagan voqealar natijasida ko’rilgan zararni qoplashga ma’lum badal evaziga kafolat beradi va bunday holatlar yuz berganda zararni qoplash bilan shug’ullanadi.Hozirgi vaqtda mulk sug’urtasi,hayot sug’urtasi,tibbiyot sug’urtasi kabi sug’urta shakllari bor.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Sinf 4 guruhga ajratiladi.Guruhlarga darslikdagi topshiriqlar beriladi.

Agar siz tadbirkor bo’lganingizda qanday Tovar ishlab chiqargan yoki qanday xizmat ko’rsatgan bo’lar edingiz?O’z biznes g’oyangizni asoslang va uni amalga oshirish bo’yicha bo’yicha biznes loyiha tuzing.

Guruhlarda ishlash uchun 3 daqiqa vaqt beriladi.Taqdimot uchun esa 2 daqiqa vaqt ajratiladi.

Tadbirkorlik faoliyati turlarining qanday o’ziga xos xususiyatlari bor?

Guruhlarga 2 daqiqa vaqt beriladi va fikrlar tinglanadi.

Qisqa javobli test topshiriqlarini otkazish orqali mavzu bo`yicha egallangan bilimlar nazorat qilinadi.

1. Tadbirkorlik nimadan boshlanadi? ( biznes g’oyadan)

2.Vositachilik faoliyati bilan shug’ullanuvchilar sotuvchi va xaridor o’rtasida vositachilik qilib,oldi-sotdi jarayonini tezlashtiradi,tovar egasini iste’molchi bilan uchrashtirish evaziga haq oladi (Vositachilik)

3. Turli xil kutilmagan voqealar natijasida ko’rilgan zararni qoplashga ma’lum badal evaziga kafolat beradi va bunday holatlar yuz berganda zararni qoplash bilan shug’ullanadigan tadbirkorlar qanday nomlanadi? (Sug’urta)

4. Kishilarning foyda olish maqsadida,tavakkalchilik asosida,o’z mablag’i,mulki,bilimi va imkoniyatlarini ishga solib tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish faoliyati nima deb ataladi.

5.Biznes g`oyani amalga oshirish maqsadida bajarish zarur bo`lgan, o`zaro muvofiqlashtirilgan hatti harakatlar dasturidan iborat hujjat qanday nomlanadi ? (biznes reja)

V. Dars mavzusini yakunlash va baholash.

Faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi va jurnalga qayd etiladi

VI. Uyga vazifa.

1.Mavzuning”Bilimingizni sinab ko’ring” bandidagi savollarga javob topish .

Korxonaning qisqacha tavsifi

Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish tamoillari

Xarajatlar,tushum, foyda

Tovar va xizmat bozori tahlili

Yakuniy xulosalar

Ishlab chiqaradigan Tovar yoki xizmat tavsifi

BIZNES REJA

Iqtisodiy bilim asoslari “Aksiyadorlik jamiyati” mavzusi buyicha dars ishlanmasi

  1. ta’limiy: Aksiya, dividend, oddiy va imtiyozli aksiya, oltin aksiya, ochiq va yopiq AJlarning atamalarining mohiyatini o’rgatish;

c) rivojlantiruvchi: Dars jarayonida o’quvchilarning faolligini oshirish, og’zaki va yozma fikrlashni rivojlantirish, mavzu asosida bilim va ko’nikmalarini shakllantirish, mavzuga oid tarqatilgan materiallarni o’quvchilar guruh holida o’zlashtirib olishlari va suhbat- munozara orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada o’zlashtirilganligini nazorat qilish, ularning bilimini baholash.

Shakl: suhbat- munozara, amaliy mashg’ulot, kichik guruh va jamoada ishlash.

Vosita: tarqatma materiallar: matn va rasmlar, doska

Nazorat: og’zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish, o’z-o’zini nazorat qilish

O’quvchi: Matn bilan mustaqil ishlashni o’rganadi. O’z fikrini ravon bayon qila oladi, shu mavzu asosida qo’shimcha materiallar topadi, ularni o’rganadi. O’z fikri va guruh fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini oshiradi.

1. Tashkiliy qism 2 daqiqa
2. Uy vazifasini so’rash 5 daqiqa
3.Guruhlarda ishlash, savol javob o’tkazish 10 daqiqa
4. Yangi mavzu bayoni 7 daqiqa
5. Yangi mavzuni mustahkamlash. Savollarga javob topish uchun 10 daqiqa
6. Iqtisodiy diktant 7 daqiqa
7. Guruhlarni baholash 2 daqiqa
8. Uyga vazifa berish 2 daqiqa

I. Tashkiliy qism. O’quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

Navbatchi hisoboti orqali sana va davomatni aniqlanadi.

Dars quyidagi reja asosida olib boriladi
Dars shiori: Buyuk kelajak sari.

O’qituvchi: Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on,

Shunda bilursanki ilm bepoyon!

O’quvchilar: Dam olamiz , o’ylaymiz,

1-o’quvchi: Bizning quvnoq davraga,

Xush kelibsiz , marhabo!

Iqtisod fani biz bilan

Hamroh bo’lsin doimo.

2-o’quvchi: Bu fan bizning do’stimiz,

Inoq bo’lib o’ssa kim,

Ortar ilmi, imkoni.

O’qituvchi: Biz bugun ”Iqtisodiy bilim asoslari” fanidan “Kim g’olib?” musobaqa darsini o’tkazamiz. Sinf o’quvchilarini 3 guruhga bo’lamiz va ularga nom beramiz.

Guruhlar amal qilishi kerak bo’lgan “Oltin qoidalar” :

Intizom, faollik , vaqtga rioya qilish , “Ong qo’l” qoidasi.

II. O’tilgan darsni mustahkamlash.

”Aksiyadorlik jamiyatlari” mavzusi mustaqil o’qish uchun vazifa sifatida berilgan. Uyga vazifani auksion uslubida tekshiramiz. Buning uchun ishtrokchilarni aniqlashimiz kerak. 15ta bolaga auksionda ishtrok etish uchun ularning hisob raqamlari yozilgan kartochkalar tarqatiladi. Auksion ishtrokchisi savollarga javob berib, ball yig’ish uchun faqat bir marta kartochkani ko’tarish imkoni bor. Beriladigan savollar 1, 2, 3, 4, 5 ball bilan baholanadi.

  1. guruh savollari. a. Aksiya nima va uni qanday turlarini bilasiz? b.”Oltin aksiya” nima? Davlat aksiyadorlik jamiyatlarining ta’sischilaridan biri bo’lishi kerakmi? c. Mas’uliyati cheklangan jamiyat va mas’uliyati cheklanmagan jamiyatning farqli tomoni.
  2. guruh savollari. a. Oddiy va imtiyozli aksiyalarning egalari aksiyadorlarning umumiy yig’ilishida qanday tartibda ishtrok etadi? b. Aksiyadorlik jamiyatining nizomi nima? c. Jamiyatning ta’sischilari deganda kimlarni tushunasiz?

Uyga berilgan topshiriq ”Firma va uning turlari” mavzusiga doir darslikdagi 1-7 savollarga javoblar hamda slayd namoyishi. Slaydlar o’quvchilar tomonidan namoyish etiladi. O’quvchilar darslikdagi mavzu va Internet ma’lumotlari va boshqa manbalardan foydalangan bo’lishlari mumkin.

III. Yangi mavzuni tushuntiriladi.

“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarni huquqlarini himoya qilish to’g’risida” gi qonunnining 5- moddasiga asosan aksiyadorlik jamiyatlari ochiq yoki yopiq turda bo’lishi mumkin. Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarining ta’sischilari cheklanmagan, yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati ta’sischilari 3 kishidan iborat bo’lishi kerak. Ta’sischilarning har biri aksiyador bo’lishi shart.

Ochiq aksiyadorlik jamiyatlari

(26.12.1997 y. N 549-I O’z. R. qonunchiligiga asosan) O’ziga tegishli asksiyalarni boshqa aksiyadorlar roziligisiz sotishi mumkin bo’lgan jamiyat ochiq turdagi aksyadorlik jamiyati deyiladi. Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari chiqarilayotgan aksiyalarini qonun doirasida sotuvga chiqarish huquqiga ega. Agar jamiyatning nizomida ko’rsatilgan bo’lsa, aksiya sotuvlarini yopiq turda o’tkazishi mumkin.

Ochiq turdagi jamiyatda aksiyadorlarning soni cheklanmagan bo’ladi (O’z. R. Qonuni 26.12.1997y. N 549-I) 6- modda.
Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari 7- modda

(26.12.1997 y. N 549-I O’z. R. qonunchiligiga asosan) Aksiyalari faqat ta’sischilari yoki oldindan belgilangan shaxslar guruhiga tegishli bo’lgan jamiyat, yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati deyiladi. Bunday jamiyatning ochiq holda aksiyalarini sotishi yoki taklif qilishi mumkin emas. Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatining aksidorlarining soni elliktadan oshmasligi kerak. Agar belgilangan sondan aksiyadorlar oshib ketsa, ular ro’yxatga olingan kundan boshlab olti oy davomida ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilishi shart.

Jamiyat ta’sis etish yo’li bilan yangitdan tuzilishi yoki faoliyat ko’rsatayotgan yuridik shaxsni qayta tashkil etish (qo’shilish, bo’linish, ajralib chiqish) orqali tuzilishi mumkin.

Jamiyatni ta’sis etish. Ta’sis etish to’g’risidagi qaror ta’sischilar yig’ilishida hal etiladi. Agar jamiyat bir kishi tomonidan tuzilayotgan bo’lsa, ta’sis etish to’g’risidagi qarorni o’zi hal qiladi. Jamiyat ta’sischilari o’rtasida aksiyadorlik jamiyatini tuzish, birgalikda olib boriladigan faoliyatning tartibi, ustav fondining miqdori, aksiyaning turi, ta’sischilar o’rtasida taqsimlanishi, to’lov tartibi va miqdori, ta’sischilarni jamiyatni tashkil etishdagi huquq va majburiyatlari to’g’risida shartnoma tuziladi. (26.09.2008y. N 3PУ-183) 11- modda
IV. Aqliy hujum uslubidan foydalanib, yangi mavzu mustahkamlanadi.
O’qituvchi: 1-shartimizga ko’ra mustaqil ish beriladi. Bu diqqatimizni jamlash uchun yordam beradi.

1. Quyidagi jumlalardan tushirib qoldirilgan so’zlarning to’g’risini topib o’rniga qo’ying.

a. Davlat va xususiy mulkka asoslangan . turdagi korxonalar bo’lishi mumkin.

b. Ikki va undan ortiq shaxslarning mablag’lari asosida tashkil qilingan firma bu. firmasi

c. Yakka tartibdagi firma. mulki asosida tashkil qilinadigan firma.

d. Aksiyadorlik jamiyati – nizom jamg’armasi. sotishdan shakllanadigan mas’uliyati cheklangan firma.

e. Aksiyalari istalgan shaxsga sotiladigan jamiyat . turdagi aksiyadorlik jamiyati deyiladi.

2-shart Quyidagi savollarga javob topishga urinib ko’ring.

a. Fermer xo’jaligi 10 gektar yerda dehqonchilik qildi va 5 mln so’m foyda ko’rdi.Yer egasi fermerdan 1,5 mln so’m ijara haqi oldi. Bu yerda kim tadbirkorlik qildi?

b. Siz aksiyadorlik jamiyatiga qiziqib qoldingiz, uni o’rganish uchun tanishingizdan jamiyatning yillik hisobotini – kirim- chiqim, foyda- zarar qanday bo’lishini bilish uchun berib turishini so’radingiz, lekin u rad javobini berdi. Nega u shunday qildi?

c. Siz bo’sh vaqtingizda uyingiz oldidagi magazinda ishlab pul topasiz. Sizning akangiz doimo ulgurji bozordan tovar olib, shu magazinda chakanaga sotib yuradi.. Bu yerda kim tadbirkorlik qiladi, kim yollanib ishlaydi?

Savollar javobini guruhlar taqdim etishadi.

V. Rag’batlantirish.Guruhlar javobi tinglanib , o’quvchilarga ball e’lon qilinadi va g’olib guruh aniqlanadi.

VI. Uyga vazifa : O’quv darsligidagi BSK 1- 9, 17- bet. SWOT- analizni (Aksiyadorlik jamiyatining kuchli va kuchsiz tomonlari, imkoniyatlari va tahdid soluvchi omillari) to’ldirish.

Aksiyadorlik jamiyati turlari

Ochiq aksiyadorlik jamiyati

Yopiq aksiyadorlik jamiyati

Iqtisodiy bilim asoslari “Firma ochish” mavzusi buyicha dars ishlanmasi

  1. ta’limiy: firma ochish, firma nizomi, ta’sis shartnomasi
  2. taniqliik belgilari atamalarining mohiyatini o’rgatish;

c) rivojlantiruvchi: Dars jarayonida o’quvchilarning faolligini oshirish, og’zaki va yozma fikrlashni rivojlantirish, mavzu asosida bilim va ko’nikmalarini shakllantirish, mavzuga oid tarqatilgan materiallarni o’quvchilar guruh holida o’zlashtirib olishlari va suhbat- munozara orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada o’zlashtirilganligini nazorat qilish, ularning bilimini baholash.

Metod: guruhlarda ishlash;

Vosita: tarqatma materiallar: matn va rasmlar, doska, test kartochkalari

Nazorat: og’zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish, o’z-o’zini nazorat qilish

O’quvchi: Matn bilan mustaqil ishlashni o’rganadi. O’z fikrini ravon bayon qila oladi, shu mavzu asosida qo’shimcha materiallar topadi, ularni o’rganadi. O’z fikri va guruh fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini oshiradi.

1.Dars maqsadi :

– firmaning asosiy hujjatlari haqida malimotga ega bo’lish.

– firmani ochish bilan bog’liq amaliy ko’nikmalarga ega bo’lish

  • firmaning nizomi ;
  • firmaning tasis shartnomasi

9- sinf darsligi

IV.Darsning bosqichlari va vaqt taqsimoti:

b) guruhlarda ishlash;

1.Tashkiliy qism.

O’quvchilar bilan salomlashib davomat tekshiriladi.

O’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilar bilimlarini mustahkamlash

2.Yangi mavzuni yoritish

Firmaning nizomi- firmaning ichki va tashqi faoliyatini tartibga solib turuvchi xuquqiy kuchga ega meyoriy xujat. Firmaning nizomida firma nomi, manzili, kimlar tomonidan tasis qilinayotganligi, firmani tashkil qilishdan maqsad, shakli, firma faoliyatini yuritish uchun qancha boshlang’ich mablag’- nizom jamg’armasi safarbar qilinishi, firma tasischilarining qo’shgan hissasi, firma mol mulkining tarkibi, uni hosil qilsh tartibi, mehnatga haq to’lash va dam olish, firmaning tugatilish tartibi haqidagi ma’lumotlar bo’ladi.

Firmaning nizomida ko’zda tutilgan har bir bank tadbirkorlik faoliyati to’g’risidagi qonunga zid bo’lmasligi kerak.

Tasis shartnomasi-firma ta’sischilari o’rtasida tuziladigan o’zaro faoliyat yuritish bo’yicha kelishuv hujjati.Tasis shartnomasi firmani tashkil qilish, faoliyat yuritish, boshqarish tamoyillari va mexanzmi, nizom jamg’armasining tarkibi va unga qo’shiladigon tasischilar ulushlari, foydani tasischilar o’rtasida qanday taqsimlash qoidalari, firmaning ichki boshqaruv tizimlari firma maqomini o’zgartirish va tugatish bilan bog’liq yo’l-yo’riqlar va kelishuvlar o’z aksini topgan bo’ladi.

Firma nizomi va ta’sis shartnomasi tayyorlangandan so’ng ta’sischilar o’rtasida nizom va ta’sis shartnomasi ko’rib chiqiladi hamda imzolanadi. Firmaning tashkil qilish bo’yicha qaror qabul qilinib, bu qarorda tuman hokimligidan firmani ro’yxatdan o’tkzish so’raladi. Bu hujjatlar

ni tuman (shahar) hokimligi firmani ro’yhatdan o’ykazish so’raladi. Bu hujjatlarni tuman (shaxar) hokimligi belgilangan ma’lum vaqt davomida ko’rib chiqadi va qonunga zid bo’lgan holatlar bo’lmasa firma ro’yhatga olingaligi to’g’risida qaror qabul qilinadi, maxsus guvohnoma beriladi . Bu qaror firmaning ochilganligidan va faoliyat yuritishi mumkinligidan dalolat beradi. Bu qaror ostida 30 kun ichida biror bankda hisob raqami ochiladi, nizom jamg’armasida ko’zda tutilgan mablag’ ushbu hisob raqamiga qo’yiladi, va firmaning iqtisodiy faoliyati boshlanadi.

Bundan tashqari firmaning nomi tushirilgan dumaloq va uchburchak muhrlar tayorlanadi, soliq inspeksiyasi, boshqa tashkilotlarda tuman (shaxar) statistika bolimlari, tuman tadbirkorlar palatasidan ham ro’yxatdan o’tiladi.

Yuqorida keltirilgan asosiy nazariy material tushuntirilgandan so’ng, faollashtiruvchi savol va topshiriqlarga o’tiladi. Sinf 4 guruhga ajratiladi. 10 daqiqa davomida har bir guruhga o’z firmasini ochish, unga nom qo’yish, uning nizomi, ta’sis shartnomasini tuzish, firma belgisini chizish topshiriladi. So’ng guruhlar javobi baholanadi.

5. Yangi mavzuni mustahkamlash.

> bandidagi 2-,4-,6-,7 savollar tahlil qilinadi.

Mavzu bo`yicha qisqa javobli test o`tkaziladi:

1. Firmaning ichki va tashqi faoliyatini tartibga solib turuvchi xuquqiy kuchga ega meyoriy xujjat nomi qanday ataladi? (Firma nizomi)

2. Firma ta’sischilari o’rtasida tuziladigan o’zaro faoliyat yuritish bo’yicha kelishuv hujjati (Tasis shartnomasi)

3. Firma qayerda ro`yxatdan o`tkaziladi? (Tuman hokimiyatidan)

4. Firmaning o`z nomi, muhri va belgilari bo`lib, ular davlat ro`yxatidan o`tkaziladi va firmaga iqtisodiy faoliyat qatnashchisi sifatida ……………..shaxs maqomi beriladi (yuridik)

5. Firmaning pul bilan bog`liq barcha ishlari ………. Orqali amalga oshiriladi. (bank)
6. Dars mavzusini yakunlash va baholash.

Faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi, va jurnalga rasmiylashtiriladi.

7. Uyga vazifa.

1.”Bilimingizni sinab ko’ring” dagi savollarga javob.

2. 20 sahifada berilgan topshiriqni bajarish

  1. ta’limiy: Ekologiya tushunchasi, ekologik muammolar, atrof –muhitni muhofaza qilish, Orol muammosi to’g’risida tuhuncha berish;

c) rivojlantiruvchi: Dars jarayonida o’quvchilarning faolligini oshirish, og’zaki va yozma fikrlashni rivojlantirish, mavzu asosida bilim va ko’nikmalarini shakllantirish, mavzuga oid tarqatilgan materiallarni o’quvchilar guruh holida o’zlashtirib olishlari va suhbat- munozara orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada o’zlashtirilganligini nazorat qilish, ularning bilimini baholash.

Metod: Aqliy hujum

Vosita: Tarqatma materiallar: matn va rasmlar, doska.

Nazorat: og’zakinazorat, savol-javoblar, kuzatish, o’z-o’zininazoratqilish

O’quvchi: Matnbilanmustaqilishlashnio’rganadi. O’zfikriniravonbayonqilaoladi, shumavzuasosidaqo’shimchamateriallartopadi, ularnio’rganadi. O’zfikrivaguruhfikrinitahlilqilib, biryechimgakelishmalakasinioshiradi.

  1. Ekologiya tushunchasi
  2. Ekologik muammolar.
  3. Atrof –muhitni muhofaza qilish
  4. Orol muammosi
  5. .

“Oltin qoidalar”:Intizom, faollik , vaqtga rioya qilish , “Ong qo’l” qoidasi.

II. Uy vazifasini tekshirish

”Marketing” mavzusi uy vazifasi sifatida berilgan. Uyga vazifani aqliy hujum uslubida tekshiramiz. O’quvchilar darslikdagi mavzu va Internet ma’lumotlari va boshqa manbalardan foydalangan bo’lishlari mumkin O’quvchilar savollarga javob berib, ball yig’ish imkonlari bor.

III. Yangi mavzuni tushuntiriladi.

Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar beriladi

ISHLAB CHIQARISH VA EKOLOGIYA

Ekologiya insoniyatning uni o’rab turgan tashqi muhit bilan o’zaro munosabatlari haqidagi fandir. U tabiatdagi resurslardan tejab-tergab oqilona foydalanish, ularni avaylab asrash, qayta tiklash muammolarini o’rganadi. Ma’lumki, insoniyatning ehtiyojlari cheksiz bo’lib, odamlar ularni qondirish jarayonida tabiiy resurslardan foydalanadilar. Dastlab, odamlarni tabiatning o’zi boqqan bo’lsa, keyinchalik ahtiyojlarning ko’payishi natijasida odamlar tabiat in’omalri bilan kifoyalanmasdan, kerakli narsalarni tabiatdan o’zlari olishga, tabiiiy resurslardan turli xil mahsulotlarni o’zlari ishlab chiqarishga o’tdilar. Bu bilan tabiatdagi muvozanatga sezilarli ta’sir ko’rsata boshladilar. Shu tariqa ekologik muammolar paydo bo’la boshladi.

EKOLOGIK MUAMMOLAR

Dastlabki paytlarda odamlarning bunday faoliyati natijasida tabiatdagi muvozanatning buzilishi, unga yetkazilgan ziyonni tabiat qoplashga , o’rnini qaytadan tiklashga asosan muvaffaq bo’lgan.

  • havoning zaharlanishi;
  • daryo va suv havzalarining ofloslanishi;
  • tuproq tarkibining o’zgarihsi va yerlarning sho’rlanib borishi;
  • ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlari miqdorining kamayib borishi;
  • atmosferadagi ozon qatlamining yemirilishi;
  • inson salomatligiga zarar yetkazadigan shovqinli texnika moslamalarining ko’plab ishlatilishi.

Atrof muhitning ifloslanishida tabiiy va antropogen omillar asosiy pol o‘ynaydi.Tabiiy omillar asosida atrof- muhitning ifloslanishi, avvalo tabiiy yo‘l bilan-chaqmoq chaqishi, o‘t o‘lanlar va o‘rmonlarning yonishi, vulqonlar otilishi,shamol harakati biosferada uzluksiz boradigan chirish ( o‘simlik va hayvonot qoldiqlari ) va boshqa jarayonlar natijasida yuz beradi.Ular yiliga millionlab tonna chang-to‘zonlarni havoga chiqarib yuboradi.

Ammo hozirgi vaqtda tabiatning ifloslanishiga sun’iy omillar ( antropogen jarayon) eng ko‘p qatnashmoqda.Atmosferaga chiqarilayotgan iflosliklarning 2/3 qismi uning hissasiga to‘g‘ri keladi.

Atrof muhitning ifloslanishi natijasida yer yuzasining o‘simlik va hayvonot dunyosi ko‘p asrlik tarixiy yodgorliklar va inshoatlar birdek zarar ko‘rmoqda Xalqimiz orasida “Suv yetti yumalab toza bo‘ladi” degan tushunchalar bor. Darhaqiqat, tabiat me’yorida bo‘lsa, turli oqava , chiqindilarni zararsizlantirish, tozalab olishdek noyob noyob xususiyatga ega. Biz atmosferaga chiqarayotgan is( SO) gazi fotosintez jarayoni orqali osimliklar tomonidan uzliksiz qayta ishlanib, kislorodga aylantirilib tabiatga yana qaytarilishini bilamiz. Ammo tabiatga chiqarilib tashlanayotgan chiqindilar so‘nggi davrlarda shu darajada me’yoridan oshib ketayapdiki, oqibatda tabiat o`z-o`zini tiklash, tozalash xususiyatidan tobora mahrum bo‘lib bormoqda.

Atrof muhitning ifloslanishi barcha geografik qobiqlarda kuchayib bormoqda. Quruqlikning ( Litosfera) ifloslanishi yer osti boyliklarini o‘zlashtirish, ayniqsa, sanoat va qishloq xo‘jaligi chiqindilari bilan ifloslanmoqda.Bunda asosiy ifloslovchi unsurlar turli metallar va ularning birikmalari, mineral o‘gitlar, kimyoviy zaharli vositalar, radioaktiv maddalardir.Maishiy xizmat va chorvachilik chiqindilari tufayli paydo bo‘lgan axlat uyumlari gigiena- sanitariya holatining yomonlashuviga olib kelmoqda.

Kosmik kuzatishlar natijasida hozirgi vaqtda Dunyo okeani yuzasining 1/3 qismi naft pardasi bilan qoplanganligini ko‘rsatadi. Bu jahondagi eng katta ekologik muammolardan biri demakdir. Atmosfera elektr energetika, metallurgiya, kimyo, kabi sanoat tarmoqlari, transport vositalari, fazoga kosmik kemalarni uchirich yoki turli xil yong‘inlar tufayli ifloslanmoqda.

Atmosferaning ifloslana borishi insoniyat oldida yana bir murakkab muammoni qo‘ymoqda. Keyingi yillarda havoga ftor-xlorli birikmalarning toboro ko‘p chiqarib yuborilishi natijasida yerdagi hayotning qalqoni hisoblangan ozon qoplamining toboro yupqalashib borishi kuzatilmoqda.”Ozon tuynugi” deb nomlangan ana shu holat dastlab Janubiy Amerikaning Antarktidaga tutash hududlari, so‘nggi yillarda esa Yevrosiyoning shimoliy kengliklari ustida ham kuzatila boshladi.

Bunday muammolarning kelib chiqishining asosiy sababi jamiyat bilan tabiat o‘rtasidagi munosabatlarning buzila borishi, atrof- muhitning ifloslanib borishi bilan bog‘liq.

Atrof muhitning ifloslanib borishi tabiatni muhofaza qilish yo‘llarini izlash va bu murakkab muammolarni hal qilishga undaydi.

Atrof –muhitni himoya qilishning qator samarali yo‘llari ishlab chiqilgan.Ulardan birinchisi atrof- muhitni ifloslaydigan korxonalarda shunga yo‘l bermaslik choralarini ko‘rishdir.Buning uchun turli chiqindilarni tozalovchi tizimlarni barpo etish, iflos yoqilg‘ilarni ishlatishdan voz kechish, axlatlarni qayta ishlash korxonalarini barpo etish, ishdan chiqqan yerlarni rekultivatsiya qilish kabi yo‘llaridan foydalanish lozim.

ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH

Tabiatni muhofaza qilish ishlari bilan asosan davlat nazorat organlari shug’ullanadi. Har bir davlatda atrof- muhitni muhofaza qilish yuzasidan turli xil chora- tadbirlar ko’riladi, qonunlar qabul qilinadi. Masalan, zavod va fabrika mo’rilariga turli xil zaxarli moddalarni ushlab qoladigan , havoni tozalaydigan moslamalar o’rnatish, oqova suvlarni daryolarga oqizishni taqiqlash kabi chora tadbirlar amalga oshiriladi. Davlat tahskilotlari bilan bir qatorda , nodavlat, jamoat tashkilotlari ham borki, ular nafaqat bir mamlakat hududida , balki butun dunyoda atrof- muhit muhofazasi muammolari bilan shug’ullanadi. Masalan, “Green peace” xalqaro jamiyati, “ Ekosan” xalqaro ekologiya va salomatlik jamg’armasi shular jumlasidandir. “ Ekosan” jamg’armasi respublikamiz va umuman butun Markaziy Osiyo mintaqasida ekologik holatni sog’lomlashtirishga , atrof-muhitni muhofaza qilishga, aholining salomatligini himoya qilishga qaratilgan qator amaliy ishlarni bajarib kelmoqda.

Shu bilan birgalikda, atrof- muhitni muhofazasi- har bir fuqaroning burchi hisoblanadi. Buning uchun har birimiz kundalik turmushimizda orasta yurish, o’zimiz yashayotgan atrofni ozoda tutish kabi oddiy qoidalarga rioya qilishimiz zarur.

Iqtisodiy bilim asoslari “Inflatsiya va uning turlarii” mavzusi buyicha dars ishlanmasi

Metod: Aqliy hujum, Suhbat, “ Tushuncha tahlili”

Vosita: Tarqatma materiallar: matn va rasmlar, doska.

Nazorat: Og’zakinazorat, savol-javoblar, kuzatish, o’z-o’zini nazorat qilish.

Baholash. Rag’batlantirish 5 balli tizim asosida baholash.

– O’quchilarning qisqa vaqt ichida mavzu bo’yicha ma’lumotlarni o’zlashtirib, olish faolligini oshirish.

– O’quvchilarda darsga nisbatan qiziqishini uyg’otish.

– Mustaqil o’z fikrini bayon qila oladi.

– O’zini –o’zi nazorat qila oladi.

– O’z bilimini oshirish maqsadida ko’proq gazeta va jurnallardan tizimli foydalanishi lozim.

– O’qituvchi o’z bilimini mustahkamlash maqsadida “Ko’rik tanlovlarda” ishtirok etishi.

– Yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish.

– Pedagogik mahoratini yanada oshirish.

  • Mustaqil ishlashni o’rganadi.
  • Mustaqil Internetdan materiallar oladi.

Iqtisodiy 9 sinf darslik javoblari

11 Sinf Imtihon Javoblari

Адихай Братишка А Я За Тебя Отомщу

Коммуникативная Игра Ходим Кругом Друг За Другом

Песни Их Фильма Линия Жизни

Laila Main Laila Raees Shah Rukh Khan Sunny Leone

Анастасия Сотникова Все Альбомы

День За Днем Безмолвно Цепь Сплетая

Песя Про Воинов

Виктор Рыжков Песни

Музыка Для Спектакля Федорено Горе

Крутые Бобры Заставка

Общий Танец Насекомых Для Сказки Муха Цокотуха

Bocil Sd Ngentot

Deadpool Funny Minions

Монашеское Пение Алилуйя

Русский Ниндзя Заставка К Программе

О Как Ты Могла Меня Променять Slowed Reverb

Радий Погодин Кирпичные Острова

Oliver Michael Spectre

Керт Я Тебя Люблю Ремикс

Путь К Истокам 5 Неизведанные Гати Судьбы Часть 1 Александр Хиневич

Стоп Колеса Паровоз Постойка Пролетели Годы Очень Бойко Ну А Мы По

Аудио Учебник История России 7 Класс

Музыка Для Магазина 10 Часов

Elektron kitoblar, qog‘ozli kitoblar va audiokitoblar

Hurmatli kitobsevarlar, Kitobxon.com – elektron kitoblar kutubxonasiga xush kelibsiz! Mazkur sayt orqali Siz elektron va audio kitoblarni yuklab olishingiz hamda pochta orqali etkaziladigan qog‘ozli kitoblarga buyurtma berishingiz mumkin.

Elektron kitoblar kutubxonasida adib va mualliflarning o‘zbek va rus tillarida nasriy va nazmiy asarlari – badiiy, ilmiy-tarixiy, huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy, monografiya va boshqa yo‘nalishdagi, bolalar va o‘quvchi yoshlar, talabalar va o‘qituvchilar uchun darslik, qo‘llanma, lug‘at va metodik tavsiyalar janrlar, toifalar va mualliflar bo‘yicha joylashtirilgan.

Elektron kitoblar bazamiz doimiy ravishda o‘zbek va jahon adabiyoti mualliflarining yangi badiiy, ilmiy va o‘quv adabiyotlari, ma’lumotnoma, o‘quv qo‘llanma va hujjatli asarlari bilan to‘ldirilib borilmoqda.

Sayt orqali Siz bugungi kunda:

  • elektron kitoblarni sotib olish va o‘qish (saytdagi onlayn-o‘qish, Android yoki Windows ilovalari orqali);
  • MP3 formatida audio kitoblarni sotib olish va yuklab olish;
  • O‘zbekiston bo‘yicha pochta orqali etkazib beriladigan qog‘ozli kitoblarga buyurtma berish imkoniyatlaridan foydalanishingiz mumkin.

Saytda o‘zingiz uchun sevimli, zarur va foydali bo‘lgan asarlarni albatta topa olasiz. Kitobxon.com – bu Sizning elektron kutubxonangizdir!

Noshir tashkilotlarni va barcha ijodkorlarni hamkorlikka chorlaymiz!
Hamkor mualliflar va nashriyotlarga minnatdorlik bildiramiz!

Janr va bo‘limlar

Badiiy adabiyot
  • Bolalar adabiyoti
  • Detektivlar
  • Sarguzashtlar
  • Fantastika, mistika, fentezi
  • Romanlar, hikoyalar
  • Ertaklar
  • Drama va Tragediya
  • She`rlar, nazm
  • Klassika
  • Qo´rqinch va Trillerlar
  • Komediya, yumor va satira
  • Qissalar, dostonlar
  • boshqalar
Ma`lumotga oid adabiyot
  • Yo´lko´rsatkichlar
  • Lug´atlar
  • Ensiklopediyalar
  • Yo´riqnomalar
  • Ma`lumotnomalar
  • Aforizmlar, hikmatlar, taqdirlar
  • boshqalar
Uy va oila
  • Sihat-salomatlik
  • Sport, fitnes
  • Ro´zg´orshunoslik
  • Ishtiyoq-qiziquv
  • Bolalar tarbiyasi
  • Pazandalik
  • boshqalar
Fan va ta`lim
  • Qishloq xo’jaligi
  • Irrigatsiya, suv ta’minoti
  • Energetika
  • Elektrotexnika
  • Monografiya
  • Arxitektura, qurilish, chizmalar
  • G’oya, mafkura
  • Jurnalistika, ommaviy axborot vositalari
  • Din asoslari
  • Biologiya
  • Botanika
  • Ximiya
  • Fizika
  • Geografiya, geologiya
  • Matematika, geometriya
  • Til va lingvistika
  • Tarix
  • Huquqshunoslik
  • Falsafa
  • Sport va fizkultura
  • Astronomiya, astrologiya
  • Tibbiyot
  • Psixologiya
  • Zoologiya
  • Jamiyatshunoslik
  • Filologiya
  • Ekologiya
  • Informatika, kompyuter, internet, aloqa
  • O´quv va metodik qo´llanmalar
  • Pedagogika
  • Buxgalteriya, moliya
  • Iqtisod
  • Darsliklar
  • Biznes
  • Ma`naviyat va ma`rifat
  • boshqalar
  • Maktab kutubxonasi
  • Maktabgacha ta’lim
San`at
Xujjatli adabiyot
  • Biografiya, Memuarlar, esse
  • Geografiya, Yo´l xotiralari
  • Xarbiy mavzu
  • Tanqid
  • Publisistika
  • boshqalar
  • Yoshlar ittifoqi
Gazeta va jurnallar
  • Pedagog minbari
  • Fantik – журнал современной фантастики
  • Sharq tabobati
  • Mushtum
  • Gazeta “Kitob dunyosi”
  • Turon tarixi
  • Infolib
  • O’zbekiston armiyasi
  • Vatanparvar
  • Inter futbol
  • Guliston
  • O’zbekiston adabiyoti va san’ati
  • boshqalar