Iqtisodiyot nazariyasi
Maroq bilan oʻqiladigan ushbu kitob oʻquvchida iqtisodiy savodxonlik oshishiga xizmat qiladi. Kitobxonni fanning tub mohiyati bilan yuzlashtirib, kunning eng muhim iqtisodiy muammolarini tushunadigan oʻqimishli fuqaroga aylantiradi. Uilan iqtisodiyotni chizma, diagramma va tenglamalarsiz ham tushuntirib berish mumkinligini isbotlab beradi. U iqtisodiy tahlilni juda ham qiziqarli uslubda izohlaydi. Bu kitob kollej va institutlarning iqtisodiyot kurslari uchun ancha foydali qoʻshimcha darslik boʻla oladi. Eng muhimi ‒ iqtisodiyotni oʻta zerikarli va mijgʻov fan sifatida koʻrgan hamda uni oʻrganishdan bosh tortgan insonlarning qarashlarini oʻzgartirib yuborishga qodir.
Charlz Uilan: Yalang‘och iqtisodiyot. Murakkab sohaning sodda qiyofasi
Dunyo kitobxonlariga sevimli boʻlib ulgurgan “Yalangʻoch iqtisodiyot. Murakkab sohaning sodda qiyofasi” kitobi endi oʻzbek tilida!
Charlz Uilanning “Yalangʻoch iqtisodiyot” nomli kitobida iqtisodiyotning mohiyati hamda dolzarb masalalari sodda va tushunarli, barchamizga tanish hayotiy misollar bilan yoritilgan. Kitobda murakkab chizmalar yoki sirli formulalar yoʻq, balki moddiyat dunyosida qanday qonuniyatlar hukmronlik qilishi va davlatlar nimaning hisobiga boyishi tushuntirilgan. Asarni oʻqiy boshlaganimizda muallif ulkan iqtisodiyot olamidagi yoʻlboshchimizga aylanib, bu olamning eng chekka burchaklarigacha biz bilan sayohat qiladi. Uilan ‒ ishonchli yoʻlboshchi, uning biz bilan olib boradigan suhbati esa samimiy va doʻstona ruhda kechadi.
Maroq bilan oʻqiladigan ushbu kitob oʻquvchida iqtisodiy savodxonlik oshishiga xizmat qiladi. Kitobxonni fanning tub mohiyati bilan yuzlashtirib, kunning eng muhim iqtisodiy muammolarini tushunadigan oʻqimishli fuqaroga aylantiradi. Uilan iqtisodiyotni chizma, diagramma va tenglamalarsiz ham tushuntirib berish mumkinligini isbotlab beradi. U iqtisodiy tahlilni juda ham qiziqarli uslubda izohlaydi. Bu kitob kollej va institutlarning iqtisodiyot kurslari uchun ancha foydali qoʻshimcha darslik boʻla oladi. Eng muhimi ‒ iqtisodiyotni oʻta zerikarli va mijgʻov fan sifatida koʻrgan hamda uni oʻrganishdan bosh tortgan insonlarning qarashlarini oʻzgartirib yuborishga qodir.
Kitob haqida OAV va mashhurlar fikri:
“Bravo, Charlz Uilan, imkonsiz narsani: iqtisodni oʻrganishni qiziqarli, tushunarli va kulgili qilganingiz uchun.“
— Debora Kopaken Kogan, “Shutterbabe: Adventures in Love and War” muallifi
“Men ushbu kitobni ozgina ogʻriq va katta zavq bilan iqtisodiyotni tushunishni istagan har bir kishiga tavsiya qilaman.“
― Gari Bekker, 1992-yil iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori
“Aniq, qisqa, maʼlumotga boy va dono.“
— Chicago Tribune
Muallif haqida:
Charlz Uilan — amerikalik professor, jurnalist, maʼruzachi va “Unite America” tashkilotining asoschisi va hamraisi. Uilan “Yalangʻoch statistika”, “Yalangʻoch iqtisodiyot” va “Yalangʻoch pul” kabi bestseller kitoblarning muallifi.
Uilan 1988-yilda Dartmut kollejini tamomlagan; u Alpha Delta birodarligining aʼzosi boʻlgan. 1997-yildan 2002-yilgacha The Economist gazetasining Oʻrta Gʻarbdagi muxbiri boʻlgan. U shuningdek, Chicago Tribune, The New York Times, The Wall Street Journal va Yahoo!Finance uchun maqolalar yozgan.
Xususiyatlar
ISBN | 978-9943-23-222-8 |
Til | O’zbekcha |
Yozuv | Kirillcha |
Tarjimon | Rahimjon Qudratov |
Betlar soni | 540 |
Nashriyot | Ниҳол нашр |
Muqovasi | Qattiq |
Qog‘oz formati | A5 |
Chop etilgan yili | 2022 |
Kitoblar, mahsulotlar, jahon adabiyoti, o’zbek adabiyoti, biznes va psixologiya, rus tilida, zamonaviy o’zbek adabiyoti, bolalar adabiyoti, diniy adabiyotlar, fan va o’quv qo’llanmalari, abituriyentlar uchun eng yaxshi kitoblar, eng yaxshi 100 ta kitoblar, badiiy (biografik adabiyotlar), , ingliz tilida juda ko’p narsalar va tez yetkazib berish
Iqtisodiyot nazariyasi
Xozirgi zamon iqtisodiyoti bozor iqtisodiyotidir. yer yuzidagi ko‘pgina mamlakatlar xar-xil darajada va o‘ziga xos xususiyatlar bilan rivojlanib bormokda.
Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko‘plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, xozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko‘pgina mamlakatlarda xukmron iqtisodiy tizimga aylandi.
Bozor asosida tovar-pul munosabatlari yotadi.
Tovar-pul munosabatlari- tovar ishlab chiqarish, tovarlarni ayirboshlash va pul muammosiga xos munosabatlarning yaxlitligidir.
Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashqil etadi.
Xozirgi zamon nazariyalarida bozor iqtisodiyoti deganda iqtisodiy xatti-xarakatlarning erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning bozor mexanizmi orqali bir-biriga bog‘lanib muvofiklashuvi tasarruf qilinadi.
Bozor iqtisodiyoti erkin tovar-pul munosabatariga asoslangan, iqtisodiy monopolizmni inkor etuvchi, sotsial mo‘ljalga, axolini ijtimoiy muxofaza kiilsh yunalishiga ega bo‘lgan va boshqarilib (tartiblanib) turuvchi iqtisodiyotdir.
Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning xamma bosqichlarini ishlab chiqarish, ayirboshlash, taksimlash va iste’mol jarayonlari, xamda iqtisodiy munosabatlarning barcha subektlarni kamrab oladi.
Bozor iqtisodiyotining qo‘yidagi subektlari mavjud: