Onlayn testlar
21 August 2022
Ish reja ingliz tili 5 sinf
Pedagoglarga
O’qituvchilarga oson tutmang.
Har qanday fanni 3 bosqichda tez va oson .
Shovqinli sinf bilan ishlash
O‘quvchilarni darsga qiziqtira olmaslik sabablari
Lider insonlarning eng muhim sifatlari
O‘zingizga investitsiya qilish – bu nima?
Tavsiya
Sinf soati ish rejasi va yillik dars ishlanmalari 4-sinf 2022-2023 o’quv yili
21 August 2022
Sinf soati ish rejasi va yillik dars ishlanmalari 3-sinf 2022-2023 o’quv yili
21 August 2022
Sinf soati ish rejasi va yillik dars ishlanmalari 2-sinf 2022-2023 o’quv yili
21 August 2022
Sinf soati ish rejasi va yillik dars ishlanmalari 1-sinf 2022-2023 o’quv yili
21 August 2022
Kundalik com uchun ish rejalar to’plami, 1-2-3 chorak, barcha sinflar va fanlar 2022-2023
21 January 2023
8-Mart bayrami senariylari eng katta to’plami
27 February 2023
4-sinf Ona tili fanidan to’garak ishlanmalari 2022-2023
31 August 2022
4-sinf O’qish fanidan to’garak ishlanmalari 2022
27 August 2022
4-sinf Matematika fanidan to’garak ishlanmalari 2022-2023
31 August 2022
2-sinf Ona tili va O’qish Savodxonligi fanidan to’garak konspekt 2022-2023
4 September 2022
2-sinf Matematika fanidan to’garak konspekti 2022-2023
4 September 2022
1-sinf Ona tili va O’qish Savodxonligi fanidan to’garak konspekt 2022-2023
5 September 2022
1-sinf Matematika fanidan to’garak konspekt 2022-2023
5 September 2022
Packpdf.com © NVMe SSD Storage 2023
Onlayn testlar
Prezident va ixtisoslashtirilgan maktab imtihonlari uchun nazorat testi (3-6 sinf) #9
26-02-2023, 11:00 / 20 ta savol / 50.5%
3-6 sinf o’quvchilari uchun Ingliz tilidan 1-nazorat testi
25-02-2023, 11:00 / 20 ta savol / 55%
Prezident va ixtisoslashtirilgan maktab imtihonlari uchun nazorat testi (3-6 sinf) #8
24-02-2023, 11:00 / 20 ta savol / 43.7%
Prezident va ixtisoslashtirilgan maktab imtihonlari uchun nazorat testi (3-6 sinf) #7
19-02-2023, 11:00 / 20 ta savol / 48%
“Registon IELTS Granti” tanlovining 1-bosqichi
12-02-2023, 19:00 / 50 ta savol / 39.6%
Prezident va ixtisoslashtirilgan maktab imtihonlari uchun nazorat testi (3-6 sinf) #6
12-02-2023, 11:00 / 20 ta savol / 44.9%
Namangan viloyati maktablari uchun onlayn olimpiada
08-02-2023, 08:00 / 30 ta savol / 53.1%
Prezident va ixtisoslashtirilgan maktab imtihonlari uchun nazorat testi (3-6 sinf) #5
05-02-2023, 13:00 / 20 ta savol / 47.8%
Prezident va ixtisoslashtirilgan maktab imtihonlari uchun nazorat testi (3-6 sinf) #4
29-01-2023, 13:00 / 20 ta savol / 47.6%
Prezident va ixtisoslashtirilgan maktab imtihonlari uchun nazorat testi (3-6 sinf) #3
22-01-2023, 13:00 / 20 ta savol / 52.6%
Exclusive axborot hamkorimiz:
Ommabop teglar
Ijtimoiy tarmoqlarda
2023 © Oliygoh.uz, Barcha huquqlar himoyalangan
Eng muhim yangiliklar bizning rasmiy telegram kanalimizda.
Milliy oʻquv dasturi loyihasi taqdim etildi
Jumladan, maktablar xususida toʻxtalib, ularda bugun aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi murakkab tuzilgani, nazariy bilimlar amaliyot bilan bogʻlanmagani, oʻquv dasturlarida uzviylik yoʻqligi, darsliklarning mazmuni va sifati qoniqarsiz ekani haqli eʼtirozlarga sabab boʻlayotgani, amaldagi davlat taʼlim standartlari hamda oʻquv dasturlarida oʻquvchilarni taʼlimning navbatdagi bosqichiga tayyorlash, erkin fikrlash va mustaqil hayotga yoʻnaltirish masalasi eʼtibordan chetda qolayotganini tanqid qildi. Bunday holatlarga barham berish uchun xorijiy ekspertlar va tajribali oʻqituvchilarni keng jalb qilgan holda, umumiy taʼlimning Milliy oʻquv dasturi loyihasini ishlab chiqish va joriy oʻquv yili davomida uni ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalarida sinovdan oʻtkazish lozimligi taʼkidlandi.
Nazariy va amaliy bilimlar uygʻunligiga eʼtibor qaratiladi
Butun dunyo ogʻir sinovni boshidan kechirayotgan bir paytda farzandlarimiz bilimida boʻshliq paydo boʻlmasligi, mavzularni oʻz vaqtida samarali oʻzlashtirishi uchun “Onlayn maktab” loyihasi tashkil etildi. Unga Respublikamizning tajribali va mohir pedagoglari jalb qilingan. Oʻquvchilar oʻtgan oʻquv yilining bir choragini onlayn tarzda oʻzlashtirdi, ayni paytda ham ayrim bolalar taʼlimni masofadan turib davom ettirmoqda. Maktablarimizda oʻquv yili karantin qoidalariga amal qilgan holda boshlandi. Barcha oʻquvchilar darsliklar va mashq daftarlari bilan taʼminlandi. Baʼzi oʻquvchilar aka-opalari foydalangan kitoblarni ishlatayotgan boʻlsa, ayrim sinf oʻquvchilari qayta nashrdan chiqqan yoki yangi chop etilgan darsliklardan foydalanmoqda.
Yangi oʻquv yili oʻquvchilarni qanday darsliklar bilan qarshi oldi? Yangi darsliklarning avvalgilaridan farqi nimada? Prezidentimiz nutqida keltirilgan masalalar boʻyicha qanday vazifalar belgilanyapti? Ana shunday savollarga javob olish uchun Respublika taʼlim markazi mutaxassislariga murojaat qildik.
– Prezidentimiz maʼruzasida taʼlim, jumladan, darsliklar xususida shu kunning dolzarb masalalari koʻtarildi. Bu esa, ayniqsa, taʼlim markazi zimmasiga katta masʼuliyat yuklaydi, – deydi Respublika taʼlim markazi direktorining birinchi oʻrinbosari Aziz Ortiqov. – Yangi oʻquv yilida rejaga asosan 1-, 4-, 5-sinflarda jami 558 nomdagi darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmalar chop etildi, Ularning 346 nomdagisi umumtaʼlim maktablari,
160 nomdagisi imkoniyati cheklangan bolalar uchun boʻlsa, 52 nomdagi multimedia ilovalari esa oʻquvchilar bilimini mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Umumtaʼlim maktablari darsliklarining 118 nomdagisi asl nusxasi,
228 nomdagisi esa tarjima nusxalaridir.
Yangi oʻquv yilida oʻquvchilar foydalanishi uchun 1–9-sinflarda “Tarbiya”,
5-, 8-, 9-sinflarda “Informatika”, 4-, 5-sinlarda “Texnologiya”, 8-sinflarda “Ingliz tili”, “Nemis tili”, “Fransuz tili” darsliklari (majmua shaklida), 10-, 11-sinflarda esa “Ona tili”va “Oʻzbek tili” fanlaridan oʻquv-metodik qoʻllanmalar yangidan yaratildi. 4-, 5 –sinflar toʻliq toʻplamda, 1-sinflarda “Alifbe”, 2-, 3-sinflarda Chet tili mashq daftarlari qayta nashr etildi.
5-sinf uchun yaratilgan “Biologiya” darsligi avval “Botanika” nomi bilan chop etilgan. Eski darslikda faqat oʻsimliklar dunyosi oʻrganilgan, yangi darslikda esa biologiyaning barcha boʻlimlariga oid boshlangʻich tushunchalar berilgan. Avvalgi darslik 6 bob, 31 mavzudan iborat boʻlib, laboratoriya va amaliy mashgʻulotlar uchun alohida soat ajratilmagan edi, qayta nashrda esa oʻquvchilarning amaliy koʻnikmalarini rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilgan. Endilikda mazkur fanning 18 soati nazariy, 16 soati amaliy mashgʻulot tarzida oʻtiladi. Darslikda Oʻzbekistonda uchraydigan dorivor va zaharli oʻsimliklar, Oʻzbekiston qizil kitobi haqida ham maʼlumotlar keltirilgan.
Taʼlim qardosh tillarda olib boriladigan maktablar uchun 5-sinf adabiyot darsliklariga oʻzbek va jahon adiblari ijodidan namunalar kiritildi.
Prezidentimiz oʻz maʼruzasida darsliklar yaratishga jiddiy eʼtibor qaratish zarurligini taʼkidladi. Undan kelib chiqqan holda oʻzimizga kelajakda amalga oshirishimiz lozim boʻlgan bir qator vazifalarni belgilab oldik. Darhaqiqat, fanlarni oʻqitish metodikasi, nazariy va amaliy bilimlar muvofiqligi, dasturlar uzviyligi, darsliklar mazmuni va sifatida talay kamchilik va muammolarimiz bor. Darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni nashrga tayyorlashda ularni mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga qay darajada javob bera olishiga yana-da jiddiy eʼtibor qaratishimiz, amaliyotchi oʻqituvchilar, fan metodistlari hamda salohiyatli olimlar tomonidan chuqur ekspertizadan oʻtkazishimiz lozim. Darsliklar ekspertiza xulosalari asosida uning mualliflari, nashriyot xodimlari hamda fan metodistlari hamkorligida qayta ishlansa, mazmuni va illyustratsiyalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilsa yana-da mazmunli va sifatli boʻladi. Darsliklarni yana-da takomillashtirish uchun jahon tajribasini kengroq oʻrganish, loyihalarimizga Respublikamizdagi eng tajribali mutaxassislarni, xorijiy ekspertlarni keng jalb qilish maqsadga muvofiq.
Darsliklarni tayyorlashda oʻquvchilarning yoshi va psixo-fiziologik xususiyatlari alohida inobatga olinadi. Darslik mazmunida mavjud boʻlgan takrorlanishlar bartaraf etiladi, xalqaro tajribaga tayangan holda darslikning dizayni va foto-illyustratsiyalariga oʻzgartirish kiritiladi. Yana bir eʼtiborli holat shuki, fanlar kesimida fanlararo bogʻliqlik hamda sinflararo uzviylik taʼminlanishiga yana-da jiddiy eʼtibor qaratiladi. Darslik va oʻquv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini yaratishda ular mazmuniga xalqaro baholash dasturi —TIMSS, PIRLS talablari oʻquvchilar yoshiga mos tarzda yana-da chuqurroq singdiriladi. Shuningdek, mavzularni qoʻshimcha maʼlumotlar bilan boyitish maqsadida barcha darsliklarga QR kodlar oʻrnatiladi.
“Tarbiya” – yangi fan
– Davlatimiz rahbari nutqida umumtaʼlim maktablarida “Tarbiya” fani birinchi marta joriy etilayotgani alohida taʼkidlandi. Darhaqiqat, yangi oʻquv yilidan “Odobnoma”, “Vatan tuygʻusi”, “Milliy istiqlol gʻoyasi va maʼnaviyat asoslari” hamda “Dunyo dinlari tarixi” fanlari oʻrniga “Tarbiya” fani oʻtiladi, – deydi A.Ortiqov. – Mazkur fan darsliklarini tayyorlashda Yaponiyaning “Axloq taʼlimi”, Singapurning “Feʼl-atvor va fuqarolik taʼlimi”, Buyuk Britaniyaning “Tafakkur”, “Xulq taʼlimi” kabi fanlari va darsliklari yaqindan oʻrganildi. Darslikda ilk marotaba XXI asr koʻnikmalari deb nom olgan “yumshoq koʻnikmalar” joriy qilindi. U orqali oʻquvchida bilim berishdan tashqari muayyan koʻnikma ham shakllanadi. Yangi fan darsliklaridagi amaliyotga yoʻnaltirilgan mashgʻulotlar va mavzular oʻquvchida muvaffaqiyat motivlarini uygʻotadi, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantiradi. Shuningdek, oʻquv fani mohiyati 50 foiz nazariy, 50 foiz amaliy asosga qurilgan. “Tarbiya” darsliklarida “role-model”, yaʼni zamonaviy pedagogik metoddan unumli foydalanilgan. Unda milliy va xalqaro miqyosda yuksak natijaga erishgan insonlar yutuqlari tahlil qilinadi. 1–9- sinflar darsliklari ustida sinov tariqasidai jodiy jamoa ishladi. Bu har bir sinf darsligi oʻrtasidagi tafovut va takrorlanishning oldini olish va bir butun, izchillikdagi darslik yaratilishini taʼminlashga xizmat qiladi. Darslik yorqin, rangli illyustratsiyalarga boy va har bir boʻlimi oʻziga xos fon, milliy va umuminsoniy xulq, ijtimoiy malakani ifoda etgan rasmlar bilan berilgan.
Ayni paytda boshlangʻich sinf oʻquvchilari mazkur darsliklardan foydalanishyapti. Insonning kelajakda muvaffaqiyat qozonishi, eng avvalo, toʻgʻri qoʻyilgan maqsadga bogʻliq. “Tarbiya” fanining ahamiyatli jihati shuki, u bolada bosqichma-bosqich maqsad qoʻyish va unga intilish koʻnikmasini shakllantirib boradi. Tarbiya dasturiga eʼtibor qaratsak, oʻquvchi 1-sinfda dastlab orzularini aniqlay olishga oʻrgatiladi. 2-sinfda oʻz oldiga maqsad qoʻya olish koʻnikmasi shakllantiriladi. 3-sinfda oʻquvchida dasturni oʻzlashtirish natijasida maqsad va orzu-umidlarni amalga oshirishga harakat qilish koʻnikmasi paydo boʻladi. 4-sinfda esa atrofda boʻlayotgan voqea-hodisalarga sogʻlom munosabat bildira oladi, shaxs sifatida oʻzini anglaydi va oʻz xatti-harakatlarini tahlil qiladi. Yuqori sinflarda bu koʻnikmalar shakllanib, oʻquvchi oʻz oldiga maqsad qoʻya olish, mustaqil fikrlash, oʻz faoliyatini tahlil qilish, toʻgʻri qaror qabul qilish kabi koʻnikmalarga ega boʻladi.
Milliy oʻquv dasturi yaratiladi
Fan va texnologiyalar taraqqiyotining jadallik bilan amalga oshishi, raqamli iqtisodiyotga oʻtish bilan bogʻliq jarayonlar yangi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy oʻzgarishlarni keltirib chiqarmoqda. Bu esa, oʻz navbatida, globallashuv va integrallashuv sharoitida barcha sohalarda kuchli raqobat muhitini shakllantirib, pirovardida taʼlim sohasiga nisbatan yangi talablarni qoʻymoqda.
Prezidentimiz nutqida keltirilganidek, dunyo miqyosidagi keskin raqobatga bardosh bera oladigan Milliy taʼlim tizimini yaratish zarurati paydo boʻldi. Shuningdek, umumiy oʻrta taʼlimni yangi rivojlanish bosqichiga koʻtarish maqsadida ilgʻor milliy va xorijiy tajribalar, xalqaro baholash dasturlari talablarini inobatga olgan holda oʻquv dasturlari, oʻqitish metodikasi va taʼlim sifatini baholash tizimini takomillashtirish vazifalari belgilab berildi.
– Umumiy oʻrta taʼlimning Milliy oʻquv dasturi 6 komponent – umumiy oʻrta taʼlimning malaka talablari, umumtaʼlim fanlarining konsepsiyalari, oʻquv reja, fanlarning oʻquv dasturlari, oʻqitish metodologiyasi va baholash tizimidan iborat boʻladi, – deydi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori Mehriniso Pardayeva. – Mazkur dasturni ishlab chiqish, ekspertiza va tajriba-sinovdan oʻtkazish hamda bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish samaradorligini taʼminlash maqsadida yuqori salohiyatli milliy va xalqaro ekspertlar, jumladan, UNICEF, UCAID va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan xorijiy konsultantlar bilan tizimli ishlash tashkil etildi.
Ekspertiza xulosalariga koʻra ishchi guruh tomonidan Milliy oʻquv dasturining barcha komponentlari takomillashtiriladi va uning asosida 2021-yilning 1-choragidan boshlab 1-, 2-sinflar uchun toʻliq toʻplamda, yangidan joriy etiladigan fanlar boʻyicha 1–6-sinflar darsliklarining yangi avlodi yaratiladi. Milliy oʻquv dasturi 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich tajriba-sinovdan oʻtkazilib, 2026-2027 oʻquv yiliga qadar toʻliq amaliyotga joriy etilishi kutilmoqda.
Yoshlikda olingan bilim toshga oʻyilgan naqshga mengzaladi. Naqsh mahorat bilan ishlanishi yoki, aksincha, boʻlishi mumkin. Shu bois oilada farzand dunyoga kelishi hamonoq uning taʼlim-tarbiyasiga jiddiy eʼtibor qaratiladi. Dastlab ota-ona, mahalla-koʻy, maktabga chiqqach esa oʻqituvchilar zimmasiga jiddiy masʼuliyat yuklanadi. Mamlakat kelajagining bunyodkori sanalmish yoshlarning taʼlim olishida darsliklarning xizmati beqiyos. Oʻquvchilarning risoladagidek bilim olishi, ularni mustaqil hayotga tayyorlash, bilim samaradorligini oshirishda maktab darsliklari asosiy vositalardan biridir. Oʻquvchi darslikdan bilim oladi, tajriba toʻplaydi va uni oʻz hayotida qoʻllashni oʻrganadi. Shunday ekan, darsliklarning mukammalligi har makon va zamonda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Eʼtiborsizlik tufayli unda yoʻl qoʻyilgan birgina xato ulgʻayib kelayotgan oʻquvchi hayotini tamomila teskakri tomonga burib yuborishi hech gap emas. Yurtimizda taʼlim tizimi, xususan, darsliklarga Prezident darajasida diqqat-eʼtibor qaratilayotgani zamirida katta maqsad va maʼno mujassam.
Bashorat OTAJONOVA,
jurnalist.