Ishlarni kechiktirish odatidan qanday qutulish mumkin?
Kechiktirish psixologik kasallik bo'lishiga qaramay, u bilan kurashishning deyarli barcha usullari motivatsiyani kuchaytirish bilan bog'liq. Agar biror kishi maqsadni ko'ra boshlasa, o'ziga o'ziga xos muammolarni hal qilish uchun o'zida kuch topish osonroq bo'ladi.
Ishlarni kechiktirish odatidan qanday qutulish mumkin?
Bajarilishi zarur bo’lgan ishlarni keyinroqqa qoldirish va biz kutgan «keyinroq» kelganda ishni yana kechiktiraverish odati hammaga tanish.
Oddiy dangasalikdan farqli ravishda ishlarni kechiktirish odati faoliyatingizga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Chunki, dangasalik o’z tabiatiga ko’ra keng qamrovli bo’ladi va uni payqach ancha oson. Ammo aynan ishlarni kechiktirish zararli odatini ilg’ash har doim ham oson bo’lavermaydi.
Muammo borligini sezmasangiz, tabiiyki, uni bartafar etish haqida deyarli o’ylamaysiz. Bu esa zararli odatning avj olishiga, uni to’xtatish uchun hech qanday chora ko’rilmasligiga olib kelishi mumkin.
Ishlarni kechiktirish odati qanday kelib chiqadi?
Bir qarashda ishni kechiktirish kayfiyatga bog’liqdek tuyuladi. Qachondir nimanidir bajarishingiz kerak bo’lsa, har doim shu holatda ishni bajarishga mos kayfiyat topilmayotgandek tuyuladi. “Bir uxlab olay, keyin bajaraman”, “Shu o’yinni o’ynab tugatay, keyin qilaman”, “Ko’chaga chiqib kelganimdan keyin albatta boshlayman”, kabi bahonalar bilan ishlarni kechiktiraverasiz. Barcha holatlarda bunga bir xil sabab ko’rsatasiz – ishni aynan hozir boshlab, aynan hozir bajarish uchun Sizda yetarlicha kayfiyat yo’q.
Qaysidir ishni bajarishingiz uchun kayfiyat kerak emas. Agar Siz ishlarni harakat qilish uchun kayfiyatingiz bo’lmayotganligi sababli kechiktirayotgan bo’lsangiz, biling-ki adashayapsiz. Kishini nimanidir bajarish uchun kayfiyat emas, zarurat undaydi.
Ishlarni rejalashtirish, muvaffaqiyatga intilish, vaziyatni o’nglashga harakat qilishni boshlash yoki boshqa samarali harakatlarning birortasi uchun kayfiyat kerak emas.
Agar Sizda ishlarni kechiktirish zararli odati bo’lsa, kelajakdagi maqsadlaringizga erishishga to’sqinlik qilayotgan bu odatdan qutulmoqchi bo’lsangiz, quyidagi maslahatlarga amal qilishga intiling.
Eslatmalarni kechroq vaqtga belgilang
Ko’pchilik, shu jumladan o’zim ham, ishlarini rejalashtirishda telefonidagi kalendar eslatmalaridan, turli xil rejalashtirish-eslatma dasturlaridan foydalanadi. Odatda bajarilishi kerak bo’lgan ishning vaqtini eslatmada ish vaqtidan oldinroqqa yoki ish boshlanish vaqtiga belgilaymiz.
Qoidalarga qarama-qarshi tarzda eslatmani kechroq vaqtga belgilang. Ishni soat 9:00 da bajarishingiz kerak bo’lsa, eslatmani 9:20 da ishga tushadigan qilib qo’ying. Eslatmani ko’rganingizda nafaqat ishni bajarish vaqti ancha kechikkanini ko’rib mas’uliyatingiz oshadi, balki tezroq harakat qilishga ham majbur bo’lasiz.
Bu usulda o’zingizni o’zingiz majburlashingiz va eslatmani o’chirib qo’yib bajarilishi kerak bo’lgan ish haqida unutib qo’yish, har doimgidek ishni yana kechiktirish odatiga qaytishingizning oldini olishingiz mumkin.
Muhlat asosida harakat qiling
Ishni bajarish muddati belgilanmagan bo’lsa, bajaruvchining harakat qilishi sustlashadi. Qaysidir sanada ish tugatilishi kerakligini his qilib tursangiz, muhlat yaqinlashga sari mas’uliyatning ortishi Sizda samaradorlikni kuchaytirishi mumkin.
Rejalar tuzing. Har bir rejaning muhlatini belgilang. O’z qoidalaringizga amal qilgan holda belgilangan muhlatni xurmat qiling va ishni belgilangan muddatda tugating.
Har doim ham o’zingiz belgilagan muhlatlar samara beravermasligi mumkin. Agar muhlat kimdir tomonidan belgilanishi Siz uchun foydaliroq bo’lsa, do’stingiz, hamkasbingiz, o’qituvchingiz yoki kimdir siz uchun muhlat belgilashda yordam berishi mumkin.
Ba’zilar nazorat ostida yaxshiroq ishlaydi va bu to’liq normal holat. O’zingiz uchun qaysi usulda harakat qilish samaraliroq bo’lsa, shu yo’lni tanlang.
Har qanday ishdan boshlang
Muhimi – bo’sh qolmaslik. Imkon boricha ko’proq faoliyat bilan band bo’lishga harakat qiling. Ishdan bo’sh vaqtingizda yana ishlashni xohlasangiz-u, reja bo’yicha hali hech bir ishning vaqti kelmagan bo’lsa, o’zingiz istagan har qanday ishni boshlashga urinib ko’ring.
Ba’zan ishni tanlash, holatimizga mos bo’lgan ishni izlash masalasi ham samarali faoliyatni kechiktirish odatini keltirib chiqarishi mumkin. To’liq qulay sharoit hech qachon kelmaydi. Ishni istalgan vaqtda, istalgan joyidan boshlab tugatish esa kechiktirish odatingizni buzishda yana bir qadam bo’ladi.
Muammo faqat ishni kechiktirish odatingizda emas. Siz ishni hozir boshlash qanday hissiyot berishini yaxshi tushunib olishingiz kerak. Ishni hozir qilgingiz kelmasa, o’zingizni bir necha marta majburlab boshlab olsangiz, ish jarayonida uni bajarish uchun kayfiyat ham paydo bo’lishini sezasiz. Bu Siz uchun butunlay yangi bir dunyoni ochib berishi mumkin.
Hozir Sizga o’zingizni majburlab ishlash fikri yoqmayotgan bo’lishi mumkin. O’z bahonalaringizdan g’olib bo’la olgan vaqtingizda vaziyatni to’laligicha faqat o’zingiz boshqarishingiz hissi hayotingizni dangasalik, kayfiyatlar, bahonalar emas aynan o’zingiz boshqarayotganinigizni sezdiradi. Qachondir bu hissiyot o’zingizni majburlab bo’lsa ham yo’lga tushib olganingizga arzishini tushunasiz.
Sizni ushbu maqola ham qiziqtirishi mumkin
Menga juda yoqdi, men anchaa vaqtdan beri bu odatdan qutula olmayapman. Umid qilamanki bu malumotlar menga yordam beradi..
So‘nggi yuklangan mavzular
Ko‘p o‘qilgan mavzular
Bo‘limlardan birini tanlang
Ishlarni kechiktirish odatidan qanday qutulish mumkin?
Ishlarni kechiktirish odatidan qanday qutulish mumkin?
Bajarilishi zarur bo’lgan ishlarni keyinroqqa oldirish va biz kutgan “keyinroq” kelganda ishni yana kechiktiraverish odati hammaga tanish.
Oddiy dangasalikdan farqli ravishda ishlarni kechiktirish odati faoliyatingizga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Chunki, dangasalik o’z tabiatiga ko’ra keng qamrovli bo’ladi va uni payqach ancha oson. Ammo aynan ishlarni kechiktirish zararli odatini ilg’ash har doim ham oson bo’lavermaydi. Muammo borligini sezmasangiz, tabiiyki, uni bartafar etish haqida deyarli o’ylamaysiz. Bu esa zararli odatning avj olishiga, uni to’xtatish uchun hech qanday chora ko’rilmasligiga olib kelishi mumkin.
Bir qarashda ishni kechiktirish kayfiyatga bog’liqdek tuyuladi. Qachondir nimanidir bajarishingiz kerak bo’lsa, har doim shu holatda ishni bajarishga mos kayfiyat topilmayotgandek tuyuladi. “Bir uxlab olay, keyin bajaraman”, “Shu o’yinni o’ynab tugatay, keyin qilaman”, “Ko’chaga chiqib kelganimdan keyin albatta boshlayman”, kabi bahonalar bilan ishlarni kechiktiraverasiz. Barcha holatlarda bunga bir xil sabab ko’rsatasiz – ishni aynan hozir boshlab, aynan hozir bajarish uchun Sizda yetarlicha kayfiyat yo’q.
Qaysidir ishni bajarishingiz uchun kayfiyat kerak emas. Agar Siz ishlarni harakat qilish uchun kayfiyatingiz bo’lmayotganligi sababli kechiktirayotgan bo’lsangiz, biling-ki adashayapsiz. Kishini nimanidir bajarish uchun kayfiyat emas, zarurat undaydi. Ishlarni rejalashtirish, muvaffaqiyatga intilish, vaziyatni o’nglashga harakat qilishni boshlash yoki boshqa samarali harakatlarning birortasi uchun kayfiyat kerak emas.
Agar Sizda ishlarni kechiktirish zararli odati bo’lsa, kelajakdagi maqsadlaringizga erishishga to’sqinlik qilayotgan bu odatdan qutulmoqchi bo’lsangiz, quyidagi maslahatlarga amal qilishga intiling.
Ishni bajarish muddati belgilanmagan bo’lsa, bajaruvchining harakat qilishi sustlashadi. Qaysidir sanada ish tugatilishi kerakligini his qilib tursangiz, muhlat yaqinlashga sari mas’uliyatning ortishi Sizda samaradorlikni kuchaytirishi mumkin.
Rejalar tuzing. Har bir rejaning muhlatini belgilang. O’z qoidalaringizga amal qilgan holda belgilangan muhlatni xurmat qiling va ishni belgilangan muddatda tugating.
Har doim ham o’zingiz belgilagan muhlatlar samara beravermasligi mumkin. Agar muhlat kimdir tomonidan belgilanishi Siz uchun foydaliroq bo’lsa, do’stingiz, hamkasbingiz, o’qituvchingiz yoki kimdir Siz uchun muhlat belgilashda yordam berishi mumkin. Ba’zilar nazorat ostida yaxshiroq ishlaydi va bu to’liq normal holat. O’zingiz uchun qaysi usulda harakat qilish samaraliroq bo’lsa, shu yo’lni tanlang.
Ko’pchilik, shu jumladan o’zim ham, ishlarini rejalashtirishda telefonidagi kalendar eslatmalaridan, turli xil rejalashtirish-eslatma dasturlaridan foydalanadi. Odatda bajarilishi kerak bo’lgan ishning vaqtini eslatmada ish vaqtidan oldinroqqa yoki ish boshlanish vaqtiga belgilaymiz. Qoidalarga qarama-qarshi tarzda eslatmani kechroq vaqtga belgilang. Ishni soat 9:00 da bajarishingiz kerak bo’lsa, eslatmani 9:20 da ishga tushadigan qilib qo’ying. Eslatmani ko’rganingizda nafaqat ishni bajarish vaqti ancha kechikkanini ko’rib mas’uliyatingiz oshadi, balki tezroq harakat qilishga ham majbur bo’lasiz.
Bu usulda o’zingizni o’zingiz majburlashingiz va eslatmani o’chirib qo’yib bajarilishi kerak bo’lgan ish haqida unutib qo’yish, har doimgidek ishni yana kechiktirish odatiga qaytishingizning oldini olishingiz mumkin.
Muhimi – bo’sh qolmaslik. Imkon boricha ko’proq faoliyat bilan band bo’lishga harakat qiling. Ishdan bo’sh vaqtingizda yana ishlashni xohlasangiz-u, reja bo’yicha hali hech bir ishning vaqti kelmagan bo’lsa, o’zingiz istagan har qanday ishni boshlashga urinib ko’ring.
Ba’zan ishni tanlash, holatimizga mos bo’lgan ishni izlash masalasi ham samarali faoliyatni kechiktirish odatini keltirib chiqarishi mumkin. To’liq qulay sharoit hech qachon kelmaydi. Ishni istalgan vaqtda, istalgan joyidan boshlab tugatish esa kechiktirish odatingizni buzishda yana bir qadam bo’ladi.
Muammo faqat ishni kechiktirish odatingizda emas. Siz ishni hozir boshlash qanday hissiyot berishini yaxshi tushunib olishingiz kerak. Ishni hozir qilgingiz kelmasa, o’zingizni bir necha marta majburlab boshlab olsangiz, ish jarayonida uni bajarish uchun kayfiyat ham paydo bo’lishini sezasiz. Bu Siz uchun butunlay yangi bir dunyoni ochib berishi mumkin.
Hozir Sizga o’zingizni majburlab ishlash fikri yoqmayotgan bo’lishi mumkin. O’z bahonalaringizdan g’olib bo’la olgan vaqtingizda vaziyatni to’laligicha faqat o’zingiz boshqarishingiz hissi hayotingizni dangasalik, kayfiyatlar, bahonalar emas aynan o’zingiz boshqarayotganinigizni sezdiradi. Qachondir bu hissiyot o’zingizni majburlab bo’lsa ham yo’lga tushib olganingizga arzishini tushunasiz.
Kechiktirish Nima
O'z-o'zini past baholash kechiktirishning eng keng tarqalgan sababi hisoblanadi. Vazifani bajara olmaslik qo'rquvidan kelib chiqqan holda, odam ishning qo'rqinchli jabhasini iloji boricha uzoq vaqtga qoldirib, sustkashlik holatiga tushadi. Natijada, ichki qo'rquv natijalarning etishmasligi va vazifaning bajarilmasligiga sabab bo'ladi.
Yaxshilikka intilish ham harakatsizlikka tushib qolish uchun sababdir. Bunday hollarda kechiktiruvchi vazifaning nomukammalligi yoki hamma narsani eng yaxshi usulda bajarishni istamasligi bilan to'xtatiladi.
Muvaffaqiyatdan qo'rqish, shuningdek, kechikishni keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari, bu holda, odam hamkasblaridan balandroq bo'lishdan, boshqalarning diqqat markazida bo'lish yoki xayrixohlarni to'g'ridan-to'g'ri tanqid qilishdan qo'rqadi.
Hech bo'lmaganda, kechiktirish tayinlangan vazifalar oldida odamning noroziligi ko'rinishida sodir bo'ladi. Tanqidiy variant – bu "tizim" ga taalluqli bo'lgan barcha narsalardan voz kechishdir, uning ostida kechiktiruvchi nazarida butun tashqi dunyo o'zining asoslari va an'analari bilan tushadi.
Kechiktirishga qarshi usullar
Kechiktirish psixologik kasallik bo'lishiga qaramay, u bilan kurashishning deyarli barcha usullari motivatsiyani kuchaytirish bilan bog'liq. Agar biror kishi maqsadni ko'ra boshlasa, o'ziga o'ziga xos muammolarni hal qilish uchun o'zida kuch topish osonroq bo'ladi.
Psixologlar, shuningdek, erishilgan natijalarni kichik mukofotlar bilan muntazam ravishda mustahkamlashni maslahat berishadi: dam olish, yoqimli bo'sh vaqt yoki shunchaki o'zini maqtash.
Ko'p narsa rejalashtirishga ham bog'liq. Shunday qilib, ko'pincha kechiktirish, ishi aniq tsikl bo'lgan odamlarda uchraydi, bu erda oldingi vazifani bajarmasdan keyingi vazifaga o'tish mumkin emas. Psixologlar metodologiyani bir vaqtning o'zida turli xil vazifalar bo'yicha bir nechta ishlarni bajarish imkoniyati mavjudligini o'zgartirishni tavsiya etadilar.