Islom dini qachon eng yirik dinga aylanadi
2016 yil bahorida Ovro‘poning 10 mamlakatida musulmonlarga nisbatan munosabat qandayligi o‘rganilgan.
Islom dini qachon eng yirik dinga aylanadi?
AQShda joylashgan Pew Tadqiqot Markaziga ko‘ra, 2070 yilgacha Islom dunyoning eng yirik dini bo‘lishi mumkin. Pew markazi Islomni dunyodagi eng tez rivojlanayotgan din deb hisoblaydi.
Demografik o‘sish hozirgi holatda davom etadigan bo‘lsa, bugungi kunda dunyoning ikkinchi yirik dini hisoblanib turgan Islom XXI asr oxiriga borib birinchi dinga aylanishi, jahon musulmonlarining soni nasroniylarnikidan ortib ketishi mumkin.
Pew tadqiqotida dunyodagi musulmonlarning jami soni 1 milliard 600 million, nasroniylarning soni esa 2,17 milliard ekani aytiladi.
Aholi o‘sishini bashorat qilish modellashtirishiga ko‘ra, 2050 yilga borib nasroniylarning soni 2,92 milliardga, musulmonlarning nufusi 2,76 milliardni tashkil etadi deb ko‘rilmoqda.
2070 yilga borib musulmonlarning soni dunyo aholisi orasida eng ko‘p bo‘ladi.
Islom tez o‘sib borayotgani sababi nimada?
Pew tadqiqoti natijalariga ko‘ra, boshqa dinlarga e‘tiqod qiladiganlarga solishtirganda musulmonlar oilalarida ko‘p bola tug‘ilmoqda.
Musulmon ayollar orasida tug‘ish ko‘rsatkichi, 3,1 deb, qolgan boshqa hamma dindagi ayollar orasida ko‘z yorishi 2,3 raqamni tashkil etayapti, degan xulosaga kelgan AQShdagi tadqiqot markazi.
Ikkinchi sababi, Islom barcha dinlar orasida eng yosh aholiga ega din ekanligidadir.
2010 yili jahon musulmonlarining o‘rtacha yoshi 23 ga teng deb ko‘rilgan, bu boshqa dinlarga nisbatan 7 yosh kichik deganini anglatadi.
Yaʼni, butun dunyo aholisi orasida oilasida voyaga yetmaganlarning eng ko‘pini musulmonlar tashkil qiladi.
Pew hisobotiga ko‘ra, aholi orasida musulmonlar ulushining kattaligi va bunga tug‘ilish surʼatining o‘sishi qo‘shilgani musulmonlarning soni yanada ortishiga olib keladi.
AQSh va Ovro‘poda musulmonlarga nisbatan munosabat qanday?
Pew markazi AQShda 2017 yili so‘rov o‘tkazgan va 0-100 ball bilan so‘rov ishtirokchilaridan diniy guruhlarga nisbatan o‘z hislarini ifodalab berishni so‘ragan.
0 ball juda sovuq, o‘ta yomon munosabatni, 100 esa juda iliq, yaxshi munosabatni anglatishi lozim edi.
To‘qqiz diniy guruh a‘zolari orasida musulmonlarga 48 ball berilgan, ateistlar esa 50 ballni olganlar.
2016 yil bahorida Ovro‘poning 10 mamlakatida musulmonlarga nisbatan munosabat qandayligi o‘rganilgan.
Maʼlum bo‘lishicha, Ovro‘podagi musulmonlarga munosabat eng yomon bo‘lgan uch mamlakat Vengriya, Italiya va Polsha ekan.
Musulmonlarga nisbatan toqatlilik eng yaxshi deb Buyuk Britaniya, Frantsiya va Germaniyada topilgan.
Pew markazi «mamlakatingizda shariat qonunlari joriy etilishini qo‘llab-quvvatlaysizmi» degan savol bilan Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham so‘rov o‘tkazgan.
Tadqiqot markaziga ko‘ra, Rossiyada so‘rovda ishtirok etgan musulmonlarning 42 foizi, Qirg‘izistonda 35 foiz, Tojikistonda 27 foiz, Qozog‘istonda 10 foizi o‘zi yashab turgan mamlakatda shariat qonunlari yo‘lga qo‘yilishini istar ekanlar.
Sizni ushbu maqola ham qiziqtirishi mumkin
Mashaalloh ko’z tegmasin juda zo’r ma’lumotlarni bilib oldim, ijodlaringizga omad tilayman.
So‘nggi yuklangan mavzular
Ko‘p o‘qilgan mavzular
Bo‘limlardan birini tanlang
Islom dini qachon eng yirik dinga aylanadi?
AQShda joylashgan Pew Tadqiqot Markaziga ko‘ra, 2070 yilgacha Islom dunyoning eng yirik dini bo‘lishi mumkin. Pew markazi Islomni dunyodagi eng tez rivojlanayotgan din deb hisoblaydi.
Demografik o‘sish hozirgi holatda davom etadigan bo‘lsa, bugungi kunda dunyoning ikkinchi yirik dini hisoblanib turgan. Islom XXI asr oxiriga borib birinchi dinga aylanishi, jahon musulmonlarining soni nasroniylarnikidan ortib ketishi mumkin.
Pew tadqiqotida dunyodagi musulmonlarning jami soni 1 milliard 600 million, nasroniylarning soni esa 2,17 milliard ekani aytiladi.
Aholi o‘sishini bashorat qilish modellashtirishiga ko‘ra, 2050 yilga borib nasroniylarning soni 2,92 milliardga, musulmonlarning nufusi 2,76 milliardni tashkil etadi deb ko‘rilmoqda.
2070 yilga borib musulmonlarning soni dunyo aholisi orasida eng ko‘p bo‘ladi.
Islom tez o‘sib borayotgani sababi nimada?
Pew tadqiqoti natijalariga ko‘ra, boshqa dinlarga e‘tiqod qiladiganlarga solishtirganda musulmonlar oilalarida ko‘p bola tug‘ilmoqda.
Musulmon ayollar orasida tug‘ish ko‘rsatkichi, 3,1 deb, qolgan boshqa hamma dindagi ayollar orasida ko‘z yorishi 2,3 raqamni tashkil etayapti, degan xulosaga kelgan AQShdagi tadqiqot markazi.
Ikkinchi sababi, Islom barcha dinlar orasida eng yosh aholiga ega din ekanligidadir.
2010 yili jahon musulmonlarining o‘rtacha yoshi 23 ga teng deb ko‘rilgan. Bu boshqa dinlarga nisbatan 7 yosh kichik deganini anglatadi.
Yaʼni, butun dunyo aholisi orasida oilasida voyaga yetmaganlarning eng ko‘pini musulmonlar tashkil qiladi.
Pew hisobotiga ko‘ra. Aholi orasida musulmonlar ulushining kattaligi va bunga tug‘ilish surʼatining o‘sishi qo‘shilgani musulmonlarning soni yanada ortishiga olib keladi.
AQSh va Ovro‘poda musulmonlarga nisbatan munosabat qanday?
Pew markazi AQShda 2017 yili so‘rov o‘tkazgan va 0-100 ball bilan so‘rov ishtirokchilaridan diniy guruhlarga nisbatan o‘z hislarini ifodalab berishni so‘ragan.
0 ball juda sovuq, o‘ta yomon munosabatni, 100 esa juda iliq, yaxshi munosabatni anglatishi lozim edi.
To‘qqiz diniy guruh a‘zolari orasida musulmonlarga 48 ball berilgan, ateistlar esa 50 ballni olganlar.
2016 yil bahorida Ovro‘poning 10 mamlakatida musulmonlarga nisbatan munosabat qandayligi o‘rganilgan.
Maʼlum bo‘lishicha, Ovro‘podagi musulmonlarga munosabat eng yomon bo‘lgan uch mamlakat Vengriya, Italiya va Polsha ekan.
Pew markazi «mamlakatingizda shariat qonunlari joriy etilishini qo‘llab-quvvatlaysizmi» degan savol bilan. Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham so‘rov o‘tkazgan.
Tadqiqot markaziga ko‘ra. Rossiyada so‘rovda ishtirok etgan musulmonlarning 42 foizi, Qirg‘izistonda 35 foiz, Tojikistonda 27 foiz. Qozog‘istonda 10 foizi o‘zi yashab turgan mamlakatda shariat qonunlari yo‘lga qo‘yilishini istar ekanlar.
Sizni ushbu maqola ham qiziqtirishi mumkin
2070-yilga borib islom dunyodagi eng yirik din bo’ladi
AQShning nufuzli tadqiqot markazi o’tkazgan izlanishga ko’ra, XXI asr tugamay turib musulmonlar soni nasroniylardan oshib ketadi va islom eng yirik dinga aylanadi.
“Hisoblarimizga ko’ra, 2070-yilga borib, yer aholisi orasida musulmonlar soni narsoniylar bilan teng bo’ladi”, – deydi tadqiqot mualliflaridan biri.
Izlanishni o’tkazgan “Pew” tadqiqotlar markazi xodimi Konrad Hakettga ko’ra, islom eng katta sur’atlar bilan o’sayotgan din.
Sabab, deydi u, boshqalarning islomni qabul qilishi emas, balki tug’ilishning ko’pligidir.
Ekspertlarning aytishicha, izlanish xulosalarida raqamlardan boshqa ma’lumotlarni ham ko’rish mumkin.
Global aholiga oid o’zgarishlar, asosan, Afrikada yuz bermoqda. Asr o’rtalariga borib qit’ada butun dunyo nasroniylarning 40 foizi istiqomat qiladi.
Hakettga ko’ra, yer yuzidagi umumiy aholi orasida ham xristianlar soni oshib boradi.
“Buni ham musulmonlar, ham nasroniylar uchun xush xabar deyish mumkin”, – deydi u.
Lekin buddistlarga emas. Ular soni yarim million atrofida qoladi, ya’ni o’zgarmaydi.
“Aholiga oid global manzara esa o’zgaradi”, – deydi yana bir tadqiqotchi.
Britaniyalik aholishunos Deyvid Voasga ko’ra, sonning ko’pligi qudratli bo’lish degani emas.
“Aslida iqtisodiy va madaniy mahsuldorlik muhim rol o’ynaydi. Mamlakat katta aholini iqtisodiy sohada hamda boshqa jabhalarda o’z foydasiga ishlatib, qudratini oshira oladimi? Bu ma’noda G’arb hamon yetakchi, deb hisoblayman”, – deydi u.
Shu bilan birga diniy o’zlik aniq fan emas, demografik jarayonlar esa kutilmaganida o’zgarishi mumkin, deydi olimlar.
Amerika Ovozi
“Amerika Ovozi” – Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O’zbek tilidagi ko’rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o’zgarishlar va masalalar yoritiladi. O’zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo’ylab jamoatchi muxbirlarga ega.