Elektron kitoblar, qog‘ozli kitoblar va audiokitoblar
Saytda o‘zingiz uchun sevimli, zarur va foydali bo‘lgan asarlarni albatta topa olasiz. Kitobxon.com – bu Sizning elektron kutubxonangizdir!
IT sohasiga oid o‘zbekcha tarjimalar xususida
Izoh: IT (“Ay-ti” deb talaffuz qilinadi) – bu, inglizcha “information technologies” – axborot texnologiyalari iborasining qisqartmasidir. Bu qisqartma ko’plab tillarda shundayligicha qabul qilingan. Xususan, men ham uni o’zbek tilida shundayligicha qo’llashni ma’qul ko’raman.
Tan olish kerakki, bundan 5-6 yil oldin biror mobil telefonda yoki kompyuter uchun ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotda o’zbek tilini ko’rish amri mahol edi. Biroq, bugungi kunga kelib bu holat ancha yaxshi tomonga o’zgardi. To’g’ri-da, 31 million aholisi bor O’zbekistonning 80-85 foizi o’zbek tilida so’zlaganidan keyin, bu raqam ko’pchilik xorijiy kompaniyalar uchun ulkan yangi bozor demakdir.
Xo’sh, hozirda aynan qanday dasturiy mahsulotlar, qanday hujjatlar o’zbek tiliga o’girilmoqda?
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq mamlakat ichkarisida ishlab chiqarilgan hamda chet ellardan kirib kelayotgan har qanday dori mahsulotlaridan foydalanish ko’rsatmasi hamda yorliqlari o’zbek tilida ham bo’lishi shart qilib belgilangan. Shuning uchun bo’lsa kerak, bu sohaga oid tarjimalar ancha oldin boshlangan va unga ixtisoslashgan tarjimonlarda yaxshigina tajriba ham yig’ilgan. Shuni ham aytib o’tish joizki, tibbiyot sohasiga oid atamalar ko’pincha xalqaro atamalar bo’lgani bois, ularni to’liq o’zbekchalashtirish ko’p ham ma’qullanavermaydi. Shuning uchun biznikilar qiynalib o’tirmay shunday ruscha talaffuz qilinishini “o’zbekchalashtirishadi” qo’yadi.
Adashmasam, o’tgan yildan boshlab xorijdan kirib kelayotgan elektrotexnika jihozlarining foydalanuvchi qo’llanmalari ham o’zbek tilida bo’lishi shart qilib qo’yildi. Bu borada shaxsan o’zim ham ko’plab tarjimalarda ishtirok etganman. Xususan, Samsung, LG kabi kompaniyalar o’zlarining mobil telefonlari, smartfon va planshetlari, televizorlari, maishiy texnika jihozlarining foydalanuvchi qo’llanmalarini, kafolat talonlarini iste’molchilarga ikki tilda – rus va o’zbek tillarida taqdim etishmoqda. Lekin, bir qiziq holat, Samsung kompaniyasining qaysidir bir mahsuloti kafolat talonida “Agar bahsli holatlar kelib chiqadigan bo’lsa, ruscha matn asos sifatida olinadi” degan joyini ko’rgandim.
O’tgan yili men deyarli bir oy davomida Bosch-Siemens kompaniyasi kir yuvish mashinalarining foydalanuvchi qo’llanmalarini o’zbek tiliga tarjima qilish loyihasida ishtirok etdim. O’shanda bir qiziq holat yuz bergandi. Qo’llanmalarda “Washing Machine” – “Kir yuvish mashinasi” deb tarjima qilsak, mijoz “mashina” asli ruscha so’z, iltimos, uni o’zbekchalashtiring deb turib oldi. Shundan so’ng, uni “Kir yuvish jihozi” deb ishlatdik. O’sha bir oy davomida kir yuvish jihoziga oid ko’plab ajoyib tarjimalarga guvoh bo’ldik, xususan: wash – yuvish, rinse – chayish, spin – siqish, detergent – kir yuvish vositasi, detergent drawer – kir yuvish vositasi tortmasi, compartment – bo’lma, softener – mato yumshatkich, dryer – quritkich, bleacher – oqartirgich, starching – ohorlash, kraxmallash va h.k.
Mobil telefonlarning interfeysida o’zbek tilining paydo bo’lishida Nokia kompaniyasi eng birinchilardan bo’lib qadam tashlagan. Uning O’zbekiston bozorida sotiladigan ba’zi modellarida o’zbekcha menyu o’rnatilgandi. Bu narsa ancha oldin, taxminan 2005-yillarda yuz bergani uchun Nokia o’z mobil telefonlarida o’zbek kirill yozuvidan foydalangan. Tarjimalar haqiqatan ham yaxshi qilingan bo’lib, bu ish yaqin kunlargacha ham davom etdi. Nokia’ning oddiy telefonlari uchun interfeysni o’zbekchaga tarjima qilishda so’nggi bir yildan beri o’zim ishtirok etyapman. Biroq, Nokia’ni Microsoft sotib olganidan keyin uning oddiy telefonlarini ishlab chiqarish to’xtatildi. Shu bilan bu boradagi o’zbekcha tarjimalar ham o’z nihoyasiga yetdi. Biroq, uning smartfonlari – Windows Phone asosida ishlovchi Lumia smartfonlarida o’zbekcha interfeys mavjud. Bu safar o’zbek lotin yozuvidan foydalanildi. Kompaniya Microsoft tomonidan sotib olinganidan keyin ham bu tarjimalar davom etmoqda. Microsoft o’zining Windows Phone platformasi interfeysini ham o’zbek tiliga tarjima qilishni boshlagan edi. Endi bu ikki loyiha birlashtirilsa kerak, menimcha.
O’z smartfonlariga o’zbekcha interfeysni olib kirgan kompaniyalardan yana biri bu – Samsung. Bu yo’nalish bo’yicha kompaniya katta ishlarni amalga oshirmoqda. Lekin, uning o’zbekcha tarjimalari sifati unchalik maqtagulik emas. Yaqinda ushbu o’zbekcha tarjimalarning tahriri ustida ishlaydigan Samsung xodimi bilan muloqot qilgandim. Xudo xohlasa Samsung mahsulotlaridagi o’zbekcha tarjimalarda ham oldinga siljish albatta bo’ladi. Lekin, oldindan aytib qo’yay, bu loyihada mening ishtirokim hozircha yo’q.
Aytgancha, LG ham o’z mobil qurilmalariga o’zbekcha interfeysni qo’shishni boshlagan. Buni LG G2 smartfoni misolida o’zim guvohi bo’lganman. Tarjimalar sifati o’rtacha.
Softver giganti hisoblangan Microsoft ham o’zining bir nechta dasturiy mahsulotlarini o’zbekchalashtirishga ulgurgan. Uning o’zbekcha tarjimalari bilan tanishmoqchi bo’lsangiz ushbu havola orqali Microsoft Language Portal portaliga o’ting. Bir narsani ochiq aytaman, Microsoft tomonidan qilingan o’zbekcha tarjimalarning aksariyati menga yoqmaydi. Buning ustida aynan qaysi tarjimonlar ishlayotganini ham bilmayman. Ularning kulgili o’zbekcha tarjimalari haqida Facebook’dagi Professional va havaskor tarjimonlar guruhida ham ko’plab muhokamalar bo’lgan.
Microsoft o’z dasturiy mahsulotlariga o’zbek tilini kiritishni 5-6 yil oldin boshlagan. Xususan, uning asosiy mahsulotlaridan biri – Microsoft Office 2007 (2010 va 2013) ofis dasturlari paketi ham o’zbekchalashtirilgan. Lekin, bilishimcha uning o’zbekcha versiyasidan hech kim foydalanmaydi. Bir paytlar, adashmasam, Windows Vista operatsion tizimining ma’lum qismi ham o’zbekchalashtirilgandi. Lekin, u ham muvaffaqiyatsiz tarjimalardan bo’lgan.
Menimcha, Microsoft qilgan tarjimalar haqida dastlabki tasavvurga ega bo’lish uchun quyidagi rasmning o’zi kifoya qilsa kerak :). Skype ham Microsoft korporatsiyasiga tegishli.
Shu o’rinda Microsoft tarjimonlari qo’llayotgan va menimcha, xato hisoblangan usul va tarjimalar haqida ikki og’iz to’xtalib o’tsam. Ulardan biri – biror amal bajarilishini bildiruvchi tugma nomlarini o’zbek tilida infinitiv shaklda (-moq shaklida) tarjima qilishadi: Delete – Yo’q qilmoq, Add – Qo’shmoq, Cancel – Bekor qilmoq va h.k.
Ikkinchidan, ular ingliz tilidagi kompaniya yoki mahsulot, brend nomlariga o’zbek tilidagi egalik va kelishik qo’shimchalarini qo’shishda o’sha nomlardan keyin chiziqcha (-) qo’shishadi: Microsoft-ning, Microsoft Office-dan va h.k. Bir tomondan ularni tushunishga harakat qilaman, chunki o’zbek tilimizda xorijiy kompaniya va mahsulot, brend nomlarini yozishda qo’shtirnoq ichiga olish kerak degan qoida bor. Biroq, bu qoida ishlab chiqilganiga qancha vaqt bo’ldi?! Axborot texnologiyalari tinmay rivojlanib bormoqda, bizning o’zbek tilimiz qoidalari esa 20 yil oldingi holatda turibdi. Xudo xohlasa, blogerlar chempionati finaliga chiqsam, shu muammolar haqida katta maqola yozmoqchiman.
Mavzuga qaytsam, xorijiy kompaniya va mahsulot, brend nomlarini qo’shtirnoq ichiga olish masalasida. Shaxsan men bugungi kunda bu narsani ma’qullamayman. Qo’shtirnoq interfeysni xunuk qilib tashlaydi, bitta gapning ichida 2-3 talab qo’shtirnoq bo’lib ketadi. Ayniqsa, bu mobil qurilma ekranida bo’ladigan bo’lsa, interfeys lolazorga aylanib ketadi. Uzoqqa bormaylik, ruslar ham bundan o’ziga yarasha xulosa chiqarib, bunday nomlarni qo’shtirnoqsiz yozishga o’tgan.
IT sohasiga oid o’zbekcha tarjimalarning rivojlanishiga eng katta qadamlardan birini, shubhasiz, internet giganti Google qo’ydi deb o’ylayman. Google o’zining asosiy mahsulotlaridan biri – Google Veb-qidiruv (Google Web Search) xizmatini ko’ngilli tarjimonlar yordamida o’zbekchalashtirishni bundan 7-8 yil oldin boshlagandi. Biroq, 2014-yilga kelib Google O’zbekistonni ham ehtimoliy bozor sifatida qarab, o’zbek tilini ham rivojlanayotgan mamlakatlar tillari qatoriga qo’shdi va asosiy mahsulotlarini o’zbekchalashtirishni rasman boshladi. Bu, albatta, biz uchun juda katta yutuq bo’ldi!
Ayni vaqtda o’zbek tilida to’liq yoki qisman ishga tushirilgan mahsulotlar sirasiga uning Google Veb-qidiruv (Google Web Search), Google Xaritalar (Google Maps) va Google Tarjimon (Google Tarjimon) kabi xizmatlari kiradi. Boshqa mashhur mahsulotlarni ham o’zbekchalashtirish bo’yicha ish avjida, biroq ular haqida hozircha hech qanday ma’lumotni oshkor qila olmayman. Shuni aytishim mumkinki, tez orada, Xudo xohlasa, Google’ning yana bir ommabop mahsuloti o’zbek tilida ishga tushiriladi.
Google Tarjimon borasida ikki og’iz so’z aytmoqchiman. Bu xizmatga o’zbek tili qo’shilganiga endi 5-6 oy bo’ldi xolos. U hali juda yosh, shuning uchun u qilayotgan tarjimalarni ayblamang. Hozirgi bosqichda unga o’zbek tili qo’shilganining o’zi biz uchun katta yutuq. Uning tarjimalarini ayblayvermasdan, agar qo’lingizdan kelsa,Google Tarjimonlar hamjamiyatiga qo’shilib, o’zbekcha tarjimalarni yaxshilashga yordam bering.
Yuqorida tilga olingan mahsulotlarning o’zbekcha versiyasidan foydalanmoqchi bo’lsangiz, interfeys tilini o’zbek tiliga o’tkazish uchun quyidagi kichik bir amalni bajarishingiz lozim. Buning uchun o’sha xizmat veb-sayti nomidan so’ng /?hl=uzelementini qo’shib kiriting. Bu amal sayt interfeysini o’zbek tiliga o’rnatib, keyingi safar buni bajarish shart emas, bir marta kiritilsa kifoya.
Masalan, Google Qidiruv xizmatidan o’zbek tilida foydalanish uchun brauzerning manzil qatoriga bir marta google.com/?hl=uz deb kiritsangiz kifoya. Keyingi safar Google Qidiruv interfeysi avtomatik tarzda o’zbek tilida ko’rinadi.
Xulosa o’rnida shuni aytishni xohlardimki, IT sohasidagi o’zbekcha tarjimalar endi-endi paydo bo’lmoqda. Shuning uchun boshida turli tushunmovchiliklar bo’lishi tabiiy. Hatto, inglizlar ham internet yangi paydo bo’lgan vaqtlarda “Sign in” (Kirish, tizimga kirish), “Sign up” (Ro’yxatdan o’tish) degan narsalarni yaxshi tushunmagan ekan.
Hozirda, bizda IT sohasidagi atamalarni qo’llashda rus tilining o’rni nisbatan yuqori. So’nggi 1-2 yildan beri inglizcha atamalar ham ko’p qo’llanilmoqda – login, market, app, sheyr (share), layk (like) va h.k.. Biz, IT sohasi tarjimonlari ham bunaqa so’zlarning barchasini o’zbekchalashtirish tarafdori emasmiz. Lekin, biror atamaning aynan o’zbekchasi bo’laturib, uning ruscha yoki inglizchasini ishlatishga esa qarshimiz.
Inson o’rganishga moyil. Maktabga yangi kirgan vaqtimizda ayol o’qituvchilarni “aya”, erkak o’qituvchilarni esa “domla” deb chaqirardik. Bugungi kunda yosh bolakaylarga o’qituvchilarni “ustoz” deb chaqirish o’rgatilmoqda. Farzandingiz yoki mahallangizdagi maktab bolalaridan bu so’zni siz ham eshitgan bo’lsangiz kerak. Bu bilan nima demoqchiman? Biror inglizcha atamani o’zbek tiliga tarjima qilib, uni bugun muomalaga kiritsak, uni odamlar albatta o’zlashtiradi. Muvaffaqiyatsiz qilingan tarjimalarni esa xalq ham qabul qilmaydi va ular o’z-o’zidan muomaladan chiqib ketadi.
P.S. Google’ning turli mahsulotlari va xizmatlarini o’zbekchalashtirishda biror shaxsning ismidan foydalanish kerak bo’lgan o’rinlarda Alisher, Bobur va Temur ismlaridan foydalanyapmiz. Bu ham bir milliy o’zlikni anglash, milliy g’urur demakdir!
Elektron kitoblar, qog‘ozli kitoblar va audiokitoblar
Hurmatli kitobsevarlar, Kitobxon.com – elektron kitoblar kutubxonasiga xush kelibsiz! Mazkur sayt orqali Siz elektron va audio kitoblarni yuklab olishingiz hamda pochta orqali etkaziladigan qog‘ozli kitoblarga buyurtma berishingiz mumkin.
Elektron kitoblar kutubxonasida adib va mualliflarning o‘zbek va rus tillarida nasriy va nazmiy asarlari – badiiy, ilmiy-tarixiy, huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy, monografiya va boshqa yo‘nalishdagi, bolalar va o‘quvchi yoshlar, talabalar va o‘qituvchilar uchun darslik, qo‘llanma, lug‘at va metodik tavsiyalar janrlar, toifalar va mualliflar bo‘yicha joylashtirilgan.
Elektron kitoblar bazamiz doimiy ravishda o‘zbek va jahon adabiyoti mualliflarining yangi badiiy, ilmiy va o‘quv adabiyotlari, ma’lumotnoma, o‘quv qo‘llanma va hujjatli asarlari bilan to‘ldirilib borilmoqda.
Sayt orqali Siz bugungi kunda:
- elektron kitoblarni sotib olish va o‘qish (saytdagi onlayn-o‘qish, Android yoki Windows ilovalari orqali);
- MP3 formatida audio kitoblarni sotib olish va yuklab olish;
- O‘zbekiston bo‘yicha pochta orqali etkazib beriladigan qog‘ozli kitoblarga buyurtma berish imkoniyatlaridan foydalanishingiz mumkin.
Saytda o‘zingiz uchun sevimli, zarur va foydali bo‘lgan asarlarni albatta topa olasiz. Kitobxon.com – bu Sizning elektron kutubxonangizdir!
Noshir tashkilotlarni va barcha ijodkorlarni hamkorlikka chorlaymiz!
Hamkor mualliflar va nashriyotlarga minnatdorlik bildiramiz!
Janr va bo‘limlar
Badiiy adabiyot
- Bolalar adabiyoti
- Detektivlar
- Sarguzashtlar
- Fantastika, mistika, fentezi
- Romanlar, hikoyalar
- Ertaklar
- Drama va Tragediya
- She`rlar, nazm
- Klassika
- Qo´rqinch va Trillerlar
- Komediya, yumor va satira
- Qissalar, dostonlar
- boshqalar
Ma`lumotga oid adabiyot
- Yo´lko´rsatkichlar
- Lug´atlar
- Ensiklopediyalar
- Yo´riqnomalar
- Ma`lumotnomalar
- Aforizmlar, hikmatlar, taqdirlar
- boshqalar
Uy va oila
- Sihat-salomatlik
- Sport, fitnes
- Ro´zg´orshunoslik
- Ishtiyoq-qiziquv
- Bolalar tarbiyasi
- Pazandalik
- boshqalar
Fan va ta`lim
- Qishloq xo’jaligi
- Irrigatsiya, suv ta’minoti
- Energetika
- Elektrotexnika
- Monografiya
- Arxitektura, qurilish, chizmalar
- G’oya, mafkura
- Jurnalistika, ommaviy axborot vositalari
- Din asoslari
- Biologiya
- Botanika
- Ximiya
- Fizika
- Geografiya, geologiya
- Matematika, geometriya
- Til va lingvistika
- Tarix
- Huquqshunoslik
- Falsafa
- Sport va fizkultura
- Astronomiya, astrologiya
- Tibbiyot
- Psixologiya
- Zoologiya
- Jamiyatshunoslik
- Filologiya
- Ekologiya
- Informatika, kompyuter, internet, aloqa
- O´quv va metodik qo´llanmalar
- Pedagogika
- Buxgalteriya, moliya
- Iqtisod
- Darsliklar
- Biznes
- Ma`naviyat va ma`rifat
- boshqalar
- Maktab kutubxonasi
- Maktabgacha ta’lim
San`at
Xujjatli adabiyot
- Biografiya, Memuarlar, esse
- Geografiya, Yo´l xotiralari
- Xarbiy mavzu
- Tanqid
- Publisistika
- boshqalar
- Yoshlar ittifoqi
Gazeta va jurnallar
- Pedagog minbari
- Fantik – журнал современной фантастики
- Sharq tabobati
- Mushtum
- Gazeta “Kitob dunyosi”
- Turon tarixi
- Infolib
- O’zbekiston armiyasi
- Vatanparvar
- Inter futbol
- Guliston
- O’zbekiston adabiyoti va san’ati
- boshqalar
It sohasiga oid kitoblar
“To’tinchi sanoat inqilobi” deb nomlagan ushbu kitobda insoniyat boshidan kechirgan xech bir jarayonga o’xshamaydi. “To’tinchi sanoat inqilobi” kitobini mutolaa qilish orqali nafaqat sizni o’ylantirayotgan savollarga javob olasiz, balki global o’zgarishlar haqida kengroq tushunchaga ham ega bo’lishingiz mumkin.
Mukammal dasturlash: HTML va CSS (1-kitob)
«Mukammal dasturlash: 1-qism» HTML va CSS Veb-dizaynerlikni noldan mukammallik darajasigacha batafsil o‘rgatuvchi qo‘llanma. Ma’lumotlar o‘n yildan ortiq amaliy ish jarayonlaridan orttirilgan tajribalar asosida sodda va tushunarli bayon etilgan. Kitob dasturlash sohasi ostonasida turgan yoshlarga mustaqil o‘rganishdagi dastlabki eng kerakli bilim va ko‘nikmalarni ulashadi.
Mukammal dasturlash: JavaScript (2-kitob)
Mukammal dasturlash: JavaScript (2-kitob) Tavsifi Izohlar (0) 2020 yil ortda qoldi. Karantin, pandemiya, cheklovlar, bedavo dard yaxshigina saboq boʼldi. Uyda oʼtirib, ishlash, oʼqish, rivojlanish mumkinligini bildik. Qaysi kasb-hunar, sohaga talab yuqoriligi ham yaqqol sezildi. Dizayner, dasturchi, hisobchi, frilanser va hkz.ga ishimiz chandon tushsa tushdiki, kamaymadi. Demak, zamonga moslashish shart! Tez orada chop etilajak “Mukammal dasturlash: JavaScript” esa: • yangi qirralaringizni kashf etishga; • uyda oʼtirib, qoʼshimcha daromad topishga; • malakali veb-dizaynerlikdan tashqari; • “front-end” dasturlovchi, yana toʼlaqonli dasturiy taʼminot yaratish borasida yetuk bilimlarga ega boʼlishga koʼmaklashadi. Kitobda ortiqcha maʼlumotlar oʼrniga oʼn yillab yigʼilgan tajribalardan foydalanib, aniq koʼrsatmalar keltirilgan. Dasturchilik – serdaromad soha. Oʼzingiz tanlang – boʼsh vaqtda telefon titib, boshqalarning tanloviga boʼysungan afzalmi yoki oʼsha tanlov egasi boʼlish?! Ushbu kitob zamonaviy dasturlashni oʼrganmoqchi boʼlganlar, dasturlash bilan shugʼullanadiganlar va hatto dasturiy taʼminot varatish boʼyicha yetuk mutaxassislarga ham moʼljallangan boʼlib, ilm olish va uni mustahkamlash uchun eng kerakli boʼladigan zaruriy bilimlarni oʼzida jamlagan hamda sodda tushunarli tilda bayon etilgan. Ortiqcha maʼlumotlar oʼrniga oʼn yillab yigʼilgan tajribalardan foydalanib aniq koʼrsatmalar keltirilgan. Kitobdagi maʼlumotlarni oʼzlashtirgan oʼquvchi malakali vebdizayner sifatida keng faoliyat yuritshdan tashqari, nafaqat «front-end» (timusti) dasturlovchi boʼlishi mumkin, balki toʼlaqonli veb-dasturiy taʼminot yaratish borasida yetuk bilimlarga ham ega boʼladi. Kitobda yoritilgan mavzular boʼyicha fikr-mulohazalar, takliflar, savollar hamda oʼz amaliy dasturlash faoliyatingizda muammolar yuzaga kelsa, ilm.yurt.uz sayti orqali murojaat qilishingiz mumkin.