Press "Enter" to skip to content

Ixtisoslashgan maktab darsliklari

► tarbiyalanuvchilarni shaxsiy tekshiruvdan oʻtkazish, ularning buyumlarini, shuningdek ular olayotgan va yuborayotgan posilka va boshqa pochta joʻnatmalarini tekshiruvdan oʻtkazish.

Ixtisoslashgan maktab darsliklari

Ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarda bolalar ta’minoti uchun to‘lov eng kam oylik ish haqining bir baravarini tashkil etadi.

Foto: Eldos Fazilbekov / Spot

Ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali xabar berdi.

Qaror bilan quyidagi nizomlar tasdiqlandi:

  • Madaniyat vazirligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlar to‘g‘risidagi;
  • Madaniyat vazirligi tizimidagi akademik litseylar to‘g‘risidagi;
  • Badiiy akademiya tizimidagi ixtisoslashtirilgan san’at maktablari hamda maktab-internatlar to‘g‘risidagi.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul kvotalarijoylardagi ish beruvchi tashkilotlar tomonidan mavjud kasblarga bo‘lgan ehtiyoj va talablar asosida, shuningdek, o‘quvchilarning va ota-onalarning xohish va istaklarini inobatga olgan holda Madaniyat vazirligi tomonidan belgilanadi.

Mazkur ta’lim muassasalarida o‘qish o‘zbek, qoraqalpoq va rus tilida olib boriladi.

Sinflardagi o‘quvchilar soni 25−30 nafarni tashkil qilib, mutaxassislik fanlardan amaliy mashg‘ulotlari kichik guruhlarga bo‘lingan holda hamda yakka (individual) tartibda tashkil etiladi.

Nizom bilan ushbu ta’lim muassasalariga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi. Shunga ko‘ra, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarga kirish uchun hujjatlar har yili 1−30 iyun kunlari qabul qilinadi.

Ijodiy sinovlar esa har yili 15−30 iyul kunlari oralig‘ida o‘tkaziladi.

Nufuzli xalqaro (I, II, III o‘rinlar) va respublika (I o‘rin) miqyosidagi tanlovlar g‘oliblari belgilangan kvota doirasida imtiyozli ravishda o‘qishga qabul qilinadi.

Mazkur o‘quv dargohlari bitiruvchilariga o‘rta maxsus ma’lumot to‘g‘risida diplom beriladi va ushbu hujjat bitiruvchilarga mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradi.

Nizomga muvofiq, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi eng kam oylik ish haqining bir baravarini tashkil etadi.

Ixtisoslashgan maktab darsliklari

Yulduzchalar soni

0 2023

0 Jami

Yulduzchalarni yig’ish uchun o‘yinlarni o‘ynang va yulduzachalar sonini oshiring!

Ishtirokchilar reytingi

Maktab ta’limi

Umumtaʼlim maktabiga bolani qabul qilish

Maktab yoshidagi bolalarni taʼlimga qamrab olish tuman (shahar) hokimlarining qarori bilan maktablarga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) doirasida maktab pedagog xodimlari tomonidan bolalarni birma-bir (uyma-uy) roʻyxatga olish orqali amalga oshiriladi.

Maktab rahbariyati mazkur muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni oʻz vaqtida umumtaʼlim muassasasiga oʻqishga jalb qilish uchun masʼul hisoblanadi.

Maktablarning I sinfiga 6-7 yoshli bolalar qabul qilinadi.

Bolalarni maktablarning I sinfiga qabul qilish uchun ularning ota-onalari tomonidan maktabga quyidagi hujjatlar topshiriladi:

► ota-onalar tomonidan maktab direktori nomiga ariza;

► ota-onalarning fuqarolik pasporti (fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekistonda yashash guvohnomasi) nusxasi (doimiy propiskasi yoki turgan joyi boʻyicha hisobga olinganligi haqidagi qayd yozuvi koʻrsatilgan holda);

► bolaning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi;

► bolaning sogʻligʻi toʻgʻrisida tibbiy maʼlumotnoma;

► bolaning 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 4 dona rangli fotosurati.

Ota-onaning boshqa hududda yashashi (propiskaning yoʻqligi) bolani maktabga qabul qilishni rad etish uchun asos boʻlmaydi.

Bolalar umumiy maktablarning I sinfiga tayyorgarlik darajasidan qatʼi nazar, tanlovsiz qabul qilinadi.

Ta’lim jarayoni

Oʻquv yili umumtaʼlim muassasalarida 2-sentyabrdan kelgusi yilning 25-mayiga qadar davom etadi va toʻrtta chorakka boʻlinadi.

Oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishda quyidagi muddatlarga amal qilinadi:

► oʻquv yilining davomiyligi — 34 hafta (I sinflar uchun 33 hafta);

► oʻquv haftasining davomiyligi — 6 kun (pedagogik kengashning qaroriga koʻra I sinflar uchun 5 kun);

► dars mashgʻulotining davomiyligi — 45 daqiqa;

► dars mashgʻulotlari oraligʻidagi tanaffusning davomiyligi — 5 — 10 daqiqa (oʻquv kuni oʻrtasidagi tanaffusning davomiyligi — 15 — 30 daqiqa).

Mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida bayram (ishlanmaydigan) kuni deb belgilangan kunlarda dars mashgʻulotlari oʻtkazilmaydi.

Bayram (ishlanmaydigan) kunlariga toʻgʻri kelib qolgan dars mashgʻulotlarining mavzulari oʻquv dasturlarini ixchamlashtirgan holda keyingi dars mashgʻulotlarida oʻtkaziladi.

Sinflardagi bolalar soni

Maktabda sinflardagi bolalar soni 35 nafardan ortib ketishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Namunaviy loyihalar boʻyicha qurilmagan, moslashtirilgan binolarda joylashgan, oʻquvchilar soni yetarli boʻlmagan maktablarda, olis (togʻli, choʻlli) aholi punktlarida joylashgan maktablarda, shuningdek oʻzbek tilida oʻqitilmaydigan umumtaʼlim muassasalarida oʻquvchilar soni sinflarni toʻldirishning oʻziga xos shart-sharoitlaridan kelib chiqib, hududiy xalq taʼlimi boshqaruv organlari va tuman (shahar) hokimliklarining moliya boʻlimlari bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Kam komplektli umumtaʼlim muassasalarida (filiallarda) boshlangʻich sinf oʻquvchilari quyidagi hollarda bitta sinfga birlashtirilishi mumkin:

► oʻquvchilar soni 8 nafargacha boʻlgan I — IV sinflar;

► oʻquvchilar soni 12 nafargacha boʻlgan uchta boshlangʻich sinf;

► oʻquvchilar soni 24 nafargacha boʻlgan ikkita boshlangʻich sinf (I va III, II va IV sinflar).

Ta’tillar

Oʻquv yili davomidagi taʼtillarning muddatlari quyidagicha belgilanadi:

kuzgi taʼtil — 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;

qishki taʼtil — 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;

bahorgi taʼtil — 21 martdan boshlab 7 kalendar kun;

yozgi taʼtil — oxirgi bosqichli nazorat sinovi oʻtkazilgan kundan (bosqichli nazorat oʻtkazilmaydigan sinflar uchun oʻquv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1-sentyabrgacha.

Taʼtilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga toʻgʻri kelib qolgan taqdirda, dars mashgʻulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.

I sinf oʻquvchilari uchun fevral oyi davomida qoʻshimcha bir haftalik taʼtil belgilanadi.

Oʻquvchilarga tibbiy xizmat koʻrsatish

Oʻquvchilarga tibbiy xizmat koʻrsatish maktablarga tibbiyot muassasalari tomonidan biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

Tibbiyot xodimlari maktab rahbariyati va pedagog xodimlar bilan bir qatorda davolash-profilaktika tadbirlarini tashkil etish, sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya qilish, ovqatlanish rejimi va sifatiga, oʻquvchilarni tibbiy koʻrikni oʻtkazish va sogʻlomlashtirish uchun masʼuldirlar.

Maktab rahbariyati tomonidan tibbiyot xodimlarining faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar (maxsus joy, mebel va tibbiy jihozlar, birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun zarur boʻlgan dori-darmonlar) yaratib beriladi.

Bolani boshqa maktabga koʻchirish

Ota-onalar oʻquv yili davomida yoki u tugaganidan soʻng farzandini bir maktabdan boshqasiga oʻtkazish huquqiga ega.

Buning uchun quyidagi harakatlarni amalga oshirish lozim.

1. Farzand taʼlim olayotgan maktab direktori nomiga ariza beriladi. Arizada farzandini boshqa maktabga oʻtkazish sabablari koʻrsatiladi.

Mazkur ariza bir ish kuni ichida koʻrib chiqilib, oʻqish koʻchirilayotgan maktabga taqdim etish uchun tegishli shaklda maktabdan ketish taloni beriladi.

2. Oʻqish koʻchirilayotgan maktab direktoriga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qiladi.

Arizaga maktabdan ketish taloni va yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan berilgan maʼlumotnoma ilova qilinadi.

Oʻqish koʻchirilayotgan maktab direktori ariza va maktabdan ketish talonini qabul qilib olingan kunning oʻzida ota-onalarga oʻquvchi taʼlim olayotgan maktabga taqdim etish uchun maktabga kelish talonini berishi lozim.

3. Farzand oʻqiyotgan maktab direktoriga maktabga kelish talonini berish lozim.

Bunda shu kunning oʻzida oʻquvchini maktab oʻquvchilari safidan chiqarish toʻgʻrisida buyruq qabul qilinadi. Mazkur buyruq bilan ota-onalar tanishtirilib, quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

► oʻquvchining maktab oʻquvchilari safidan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma;

► oʻquvchining baholar (oʻzlashtirish) tabeli;

► oʻquvchining tibbiy kartasi.

4. Hujjatlarni oʻqish koʻchirilayotgan maktab direktoriga topshirish lozim. Bunda shu kunning oʻzida oʻquvchini maktab oʻquvchilari safiga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq chiqariladi.

Oʻquvchini maktab oʻquvchilari safiga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq chiqarilgach, uch kun muddatda sinf jurnali va oʻquvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.

Ota-onalar farzandini sinfdan sinfga oʻtkazish uchun uning sabablarini koʻrsatgan holda maktab direktori nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Ariza bir ish kuni ichida koʻrib chiqiladi va oʻquvchini sinfdan sinfga oʻtkazish toʻgʻrisida buyruq qabul qiladi.

Sinfdagi oʻquvchilar soni belgilangan meʼyordan ortiq boʻlgan taqdirda, maktab direktori oʻquvchini sinfdan sinfga oʻtkazishni rad qilinishi mumkin.

Sinfdan sinfga oʻtkazish rad etilganligi haqida maktab direktori tomonidan uch kun ichida ota-onalarga yozma ravishda maʼlum qilinadi.

Ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablar va ularda tanlovni tashkil etish

Oʻquvchilarni maʼlum fanga boʻlgan iqtidor va isteʼdodini rivojlantirish maqsadida ixtisoslashtirilgan sinflar, maktablar (maktab-internat) tashkil etilishi mumkin.

Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar shaharda kamida 250 oʻquvchi kontingenti va qishloq tumanlarida kamida 150 oʻquvchi kontingenti bilan tashkil etiladi.

Ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab maʼmuriyati oʻquvchilar tanlovining sifatli va raqobatli oʻtkazishga erishish maqsadida tanlov boshlanishidan kamida 2 oy oldin tanlov haqida ommaviy axborot vositalarida eʼlon berishi lozim.

Ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar 2-sinflar uchun 1-apreldan 20-maygacha, 5-sinflar uchun 25-maydan 20-iyungacha (shu kun ham) qabul qilinadi.

Ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabga joriy oʻquv yilida 1-sinfini tugatgan oʻquvchilar 2-sinfga tanlov asosida qabul qilinadi.

Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktab-internatiga joriy oʻquv yilida 4-sinfni tugatgan oʻquvchilar 5-sinfga tanlov asosida qabul qilinadi.

Ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

► ixtisoslashtirilgan maktabi direktori nomiga ariza;

► tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;

► №086-U shakl boʻyicha tibbiy maʼlumotnoma;

► 3×4 hajmdagi 6 ta fotosurat;

► psixologik-pedagogik tashxis daftari asosida oʻquvchining qiziqishlari, oʻquv fanlarini oʻzlashtirishi haqida tasdiqlangan tavsifnoma;

► turar joyidan maʼlumotnoma;

► isteʼdod va iqtidorini koʻrsatuvchi ishlaridan namunalar taʼlim sohasi boʻyicha (nashr etilgan yoki qoʻlyozma sifatida yozilgan sheʼrlar, hikoyalar, rasmlar va shu kabilar).

Ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablarda imtihonlar

Ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan sinflar va maktablarga oʻquvchilar Davlat test markazi tomonidan tegishli fanlar boʻyicha oʻtkaziladigan test natijalariga hamda psixologik-pedagogik diagnostika xulosalari asosida tanlab olinadi.

Test sinovlari 2-sinfda 40 minut, 5-sinfda 60 minut davom etadi.

Test sinovlari boshlanishiga qadar 20 daqiqagacha tushuntirish ishlari oʻtkaziladi, bu vaqt test oʻtkazish uchun ajratilgan vaqt meʼyoriga kirmaydi.

2-sinf qabuli uchun taʼlim sohalari boʻyicha Davlat test markazi tomonidan quyidagi fanlardan test sinovlari oʻtkaziladi:

► filologiya: ona tili va oʻqishdan 15 ta, matematikadan 5 ta, jami 20 ta test savoli;

► matematika: matematikadan 15 ta, ona tili va oʻqishdan 5 ta, jami 20 ta test savoli;

► inson va jamiyat: ona tili va oʻqishdan 15 ta, matematikadan 5 ta, jami 20 ta test savoli.

5-sinf qabuli uchun taʼlim sohalari boʻyicha Davlat test markazi tomonidan quyidagi fanlardan test sinovlari oʻtkaziladi:

► filologiya: ona tili va adabiyotdan 20 ta, matematikadan 10 ta, jami 30 ta test savoli;

► ijtimoiy bilimlar: ona tili va adabiyotdan 20 ta, matematikadan 10 ta, jami 30 ta test savoli;

► matematika: matematikadan 20 ta, ona tili va adabiyotidan 10 ta, jami 30 ta test savoli;

► tabiiy bilimlar: matematikadan 20 ta, ona tili va adabiyotdan 10 ta, jami 30 ta test savoli;

► maʼnaviyat: ona tili va adabiyotdan 20 ta, matematikadan 10 ta, jami 30 ta test savoli;

► sanʼat: ona tili va adabiyotdan 20 ta, matematikadan 10 ta, jami 30 ta test savoli;

► texnologiya: matematikadan 20 ta, ona tili va adabiyotidan 10 ta, jami 30 ta test savoli;

► sogʻlomlashtirish mashgʻulotlari: matematikadan 20 ta, ona tili va adabiyotdan 10 ta, jami 30 ta test savoli.

Ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan sinf va maktablarga oʻquvchilarni sinov (fanlardan test va psixologik test)dan oʻtkazish va tanlash 2-sinflar uchun 5 iyundan 20 iyungacha, 5-sinflar uchun 5-avgustdan 20-avgustgacha oʻtkaziladi.

Test sinovlari ertalab soat 9.00 da yoki 14.00 dan boshlab oʻtkaziladi.

Test sinovlariga kelmagan oʻquvchilar uchun qoʻshimcha sinovlar oʻtkazilmaydi.

Test sinovlarining (taʼlim sohalari boʻyicha fanlardan test sinovlari hamda psixologik-pedagogik diagnostikasi) har biridan alohida 70 foizdan kam boʻlmagan natija koʻrsatgan oʻquvchilar belgilangan kvotaga muvofiq qabul qilinadi.

Ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablarlarda imtiyozlar va o‘quv jarayoni

Ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga test sinovlarida ular toʻplagan ballning 10 foizi miqdorida qoʻshimcha ball imtiyoz sifatida qoʻshib beriladi.

Oʻquvchilarning test sinovlaridagi koʻrsatkichlari teng boʻlib qolgan hollarda quyidagilar imtiyozga ega boʻladi:

► ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar;

► koʻp bolali, kam taʼminlangan oilalarning farzandlari.

Tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilar 2-sinflar uchun 1 iyulga, 5-sinflar uchun 25 avgustga qadar ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi yoki umumtaʼlim maktabi direktori buyrugʻi asosida oʻquvchilar safiga kiritiladi.

Ixtisoslashtirilgan sinf yoki ixtisoslashtirilgan maktablarga boʻshab qolgan oʻrinlarga tanlovda ishtirok etib, taʼlim sohalari boʻyicha tegishli fanlardan 70 foizdan ortiq natija koʻrsatgan, lekin oʻtish bali yuqori boʻlganligi sababli qabul qilinmay qolgan oʻquvchilar qabul qilinadi.

Oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish, oʻqitishning qancha davom etishi va muddatlari oʻquv rejalari, dasturlar, kalendar oʻquv jadvali va maktab ustavi bilan tartibga solinadi.

Taʼlim jarayoni ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablarda 2—11-sinflarning maxsus oʻquv rejalari va dasturlari boʻyicha tashkil etiladi.

Oʻquvchilarni 1-sinfdan boshlab oʻqishga qabul qiladigan umumtaʼlim muassasalarida fanlarni chuqur oʻrganish 2-sinfdan boshlanadi.

Ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda oʻquv-tarbiya jarayoni 5—11-sinflar doirasida maxsus oʻquv rejalari va dasturlar boʻyicha tashkil etiladi.

Ixtisoslashtirilgan sinflarda oʻquvchilar soni 30 kishidan ortiq boʻlmasligi kerak.

Laboratoriya ishlari va amaliy ishlarni bajarish, shuningdek ayrim fanlarni chuqur oʻrganish uchun sinflarni ixtisoslashtirilgan fanlar boʻyicha oʻquvchilarni ikki guruhga boʻlishga yoʻl qoʻyiladi.

Maxsus maktablar

Maxsus maktab alohida sharoitlarda taʼminlash, tarbiyalash va taʼlim berishga muhtoj bolalarga (tarbiyasi ogʻir bolalar) taʼlim berishni, ularning kasb-hunar tayyorgarligi va ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiyasini amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasi hisoblanadi.

Maxsus maktab oʻgʻil bolalar uchun alohida, qiz bolalar uchun alohida tashkil etiladi.

Maxsus maktabga joylashtirish

Maxsus maktabga 11 yoshdan 16 yoshgacha (umumiy oʻrta maʼlumot olishni tugallamagan) voyaga yetmaganlar quyidagi hollarda joylashtirilishi mumkin, agar ular:

► ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan, lekin jinoiy javobgarlikka tortish mumkin boʻlgan yoshga toʻlmagan boʻlsa;

► muntazam ravishda huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir qilayotgan boʻlsa.

Sud ajrimi maxsus maktabga joylashtirish uchun asos hisoblanadi.

Maxsus maktabning guruh va sinfidagi bolalar soni 25 nafardan oshmasligi lozim.

Ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) hech bir cheklovsiz tarbiyalanuvchilardan xabar olish, Maxsus maktabning oʻquv-tarbiyaviy faoliyati, bolalarining ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiyasi jarayoni bilan tanishish huquqiga ega.

Maxsus maktabga farzandi joylashtirish uchun taqdim etiladigan hujjatlar

Tarbiyasi ogʻir har bir bola bolalar uchun ichki ishlar organlari shaxsiy hujjatlar yigʻmajildi rasmiylashtiriladi.

Voyaga yetmaganning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildida quyidagi hujjatlar mavjud boʻladi:

► jinoiy ishlar boʻyicha tuman (shahar) sudining voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan maktabga joylashtirish haqidagi ajrimi;

► tugʻilganligi haqidagi guvohnoma;

► maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatlar (mavjud boʻlsa);

► oʻqish joyidan maʼlumotnoma va tavsifnoma;

► yashash joyidan maʼlumotnoma va tavsifnoma;

► voyaga yetmaganning yashash va tarbiyalanish sharoitlarini tekshirish dalolatnomasi;

► tegishli maʼlumotnomalar bilan birga tibbiy karta;

► sogʻliqni saqlash muassasasining voyaga yetmagan shaxsning sogʻligʻi va uni ixtisoslashtirilgan maktabga joylashtirish mumkinligi toʻgʻrisidagi xulosasi.

Maxsus maktabda boʻlish muddati

Maxsus maktabda tarbiyalanuvchilar 16 yoshga toʻlgunlariga qadar saqlanishi mumkin.

Istisno hollarda tarbiyalanuvchilarning ixtisoslashtirilgan maktabda boʻlishi ular 17 yoshga toʻlgunlariga qadar uzaytirilishi mumkin.

Maxsus maktabda umumiy oʻrta maʼlumot olishni tugallagan, biroq oʻz xulqini tuzatmagan tarbiyalanuvchilar voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasi tomonidan maxsus kasb-hunar kollejlariga yuborilishi mumkin.

Tarbiyalanuvchining maxsus maktabda boʻlishi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha tuman (shahar) idoralararo komissiyasining qaroriga koʻra toʻxtatiladi, bu haqda tarbiyalanuvchi kamida bir oy oldin xabardor qilinadi.

Tarbiyalanuvchi Maxsus maktabdan chiqarilgan taqdirda u tarbiyalanishi va taʼlim olishi davrida foydalangan kiyim-bosh va poyabzal komplekti bepul beriladi.

Maxsus maktabdan chiqarilayotgan vaqtda, yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtgan tarbiyalanuvchilarga belgilangan namunadagi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlar beriladi.

Taʼlimni yakunlamagan tarbiyalanuvchilarga belgilangan namunadagi maʼlumotnoma beriladi.

Oʻn olti yoshgacha boʻlgan tarbiyalanuvchilar maxsus maktabdan chiqarilayotgan vaqtda doimiy yashash joylariga maxsus maktab xodimlari yoki ota-onasi kuzatuvida yuboriladilar.

Maxsus maktabda taʼlim-tarbiya jarayoni

Maxsus maktab rejimi

Maxsus maktabda quyidagilar maxsus shart-sharoitlar taʼminlanadi:

► maxsus maktab hududini qoʻriqlash;

► tarbiyalanuvchilarning shaxsiy xavfsizligini va salbiy taʼsirlardan yuqori darajada himoya qilish;

► maxsus maktab hududiga begona shaxslarning erkin kirishini cheklash;

► maxsus maktabda tarbiyalanayotganlarning uning hududidan erkin chiqishini cheklash;

► tarbiyalanuvchilarni kecha-kunduz, shu jumladan uyqu uchun ajratilgan vaqt davomida nazorat qilish;

► tarbiyalanuvchilarni shaxsiy tekshiruvdan oʻtkazish, ularning buyumlarini, shuningdek ular olayotgan va yuborayotgan posilka va boshqa pochta joʻnatmalarini tekshiruvdan oʻtkazish.

Maxsus maktabda taʼlim berish

Maxsus maktabda taʼlim berish umumiy oʻrta taʼlim oʻquv rejalari va taʼlim dasturlari asosida olib boriladi, taʼtillar, attestatsiya, taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlar umumiy asoslarda beriladi.

Tarbiya, taʼlim, mehnat va dam olishning asoslangan holda uygʻunlashtirilishini taʼminlovchi kun tartibi tarbiyalanuvchilarning Maxsus maktabda boʻlish muddatlari davomiyligini hisobga olgan holda tuziladi.

Maxsus maktab tarbiyalanuvchilarining huquqlari

Maxsus maktab tarbiyalanuvchilari belgilangan tartibda quyidagi huquqlar bilan taʼminlanadi:

► ota-onasini maxsus maktabga olib kelinganligi yoki joylashtirilganligi toʻgʻrisida xabardor qilish;

► voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalarga, prokuratura organlariga yoki sudga shikoyat qilish;

► odamning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitmaydigan insoniy muomalada boʻlish;

► cheklanmagan miqdorda telefonda soʻzlashuvlar, boshqa aloqa vositalari orqali muloqotlar hamda uchrashuvlar vositasida oilasi bilan aloqada boʻlish, posilkalar, banderollar, yoʻqlovlar olish, xat va telegrammalar olish hamda joʻnatish;

► tasdiqlangan normalar boʻyicha bepul ovqat, kiyim-kechak, poyabzal va boshqa ashyoviy taʼminot buyumlarini olish.

Maxsus maktab tarbiyalanuvchilarning majburiyatlari

Tarbiyalanuvchining Maxsus maktab hududidan tashqariga chiqishi Maxsus maktab rahbariyatining yozma ruxsatnomasiga koʻra faqat Maxsus maktab xodimlari yoxud ota-onasi yoki ota-onasi oʻrnini bosuvchi shaxslar kuzatuvida amalga oshirilishi mumkin.

Tarbiyalanuvchi Maxsus maktabni oʻzboshimchalik bilan tark etgan taqdirda maʼmuriyat bu haqda ota-onasini va mazkur maktab joylashgan joydagi va tarbiyalanuvchining yashash joyidagi yoki turgan joyidagi ichki ishlar organlarini xabardor qiladi hamda ichki ishlar organlari bilan birgalikda uni topish va Maxsus maktabga qaytarish chora-tadbirlarini koʻradi.

Gʻayrihuquqiy xatti-harakatlar sodir etgan tarbiyalanuvchilarga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari qoʻllanilishi mumkin:

► hayfsan eʼlon qilish;

► tarbiyalanuvchilar majlisida, Maxsus maktab pedagogik kengashida muhokama qilish;

► dam olish va bayram kunlarida, taʼtil vaqtida Maxsus maktab hududidan tashqariga chiqish huquqidan mahrum etish;

► ota-onasi yoki ota-onasi oʻrnini bosuvchi shaxslarga qoidabuzarlik haqida xabar qilish.

► jismoniy va ruhiy taʼsir koʻrsatish usullarini, odamning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitadigan taʼsir choralarini qoʻllashga;

► tarbiyalanuvchilarni ota-onasi bilan aloqalarini cheklash yoki taqiqlashga;

► ovqatlanish meʼyorlarini kamaytirishga, tarbiyalanuvchilarni sayr qilishdan mahrum etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Maxsus maktab tarbiyalanuvchilarini rag‘banlantirish

Taʼlim olishdagi yutuqlari, jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun Maxsus maktab tarbiyalanuvchilari uchun quyidagi ragʻbatlantirish choralari belgilanadi:

► tashakkurnoma eʼlon qilish;

► faxriy yorliq, qimmatbaho sovgʻa bilan taqdirlash;

► ilgari qoʻllanilgan jazoni bekor qilish;

► ota-onasi yoki ota-onasi oʻrnini bosuvchi shaxslarga namunali xulq-atvori va taʼlim olishdagi yutuqlari haqida xabar berish;

► taʼtil vaqtida ota-onasi yoki ota-onasi oʻrnini bosuvchi shaxslar huzuriga yuborish;

Maxsus maktab xodimlari kuzatuvida Maxsus maktab hududidan tashqariga chiqish huquqini berish.

Imkoniyati cheklangan bolalarga moʻljallangan maktablar va ularning turlari

Imkoniyati cheklangan bolalarga moʻljallangan maktablar Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan mintaqadagi jismoniy va psixik rivojlanishda imkoniyati cheklangan, maxsus sharoitlarda taʼlim-tarbiya olishga muhtoj bolalarning mavjud kontingentini birgalikda oʻrganib chiqish yakunlari boʻyicha viloyat hokimligi tashkil etiladi.

Ushbu maktablarni tashkil etish tegishli hududda oxirgi 5 yilda 3 yoshdan 16 yoshgacha bolalar oʻrtasida tegishli kasalliklarning koʻpayganligini koʻrsatadigan rasmiy statistika maʼlumotlari bilan asoslanishi kerak.

Imkoniyati cheklangan bolalarga moʻljallangan maktablar oʻquvchilar soni 250 nafardan oshmasligi kerak.

Bolalarni ikoniyati cheklangan bolalarga moʻljallangan maktablarga yuborish xalq taʼlimi boshqarmalari tomonidan, xalq taʼlimi boshqarmalari huzurida tashkil etilgan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasiga koʻra, ota-onalar roziligiga koʻra amalga oshiriladi. Imkoniyati cheklangan bolalarga moʻljallangan maktablar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Imkoniyati cheklangan bolalarga moʻljallangan maktablar quyidagi (I—VIII) turlarga boʻlinadi:

I — kar (eshitmaydigan) bolalar uchun maktab-internatlar;

II — zaif eshitadigan va keyinchalik kar boʻlgan bolalar uchun maktab-internatlar (1, 2-boʻlim);

III — koʻzi ojiz (koʻr) bolalar uchun maktab-internatlar;

IV — zaif koʻradigan va keyinchalik koʻr boʻlgan bolalar uchun maktab-internatlar;

V — nutqida ogʻir nuqsonlar boʻlgan bolalar uchun maktab-internatlar;

VI — tayanch-harakat apparatida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun maktab-internatlar;

VII — psixik rivojlanishi sust boʻlgan bolalar uchun maktab-internatlar;

VIII — aqli zaif bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlar.

Imkoniyati cheklangan bolalarga moʻljallangan maktablarga qabul qilish

Imkoniyati cheklangan bolalarga moʻljallangan maktablar 7 yoshdan boshlab, tayyorlov guruhlariga esa — 5—7 yoshdagilar qabul qilinadi.

Imkoniyati cheklangan bolalarning taʼlim olish huquqini taʼminlash maqsadida umumtaʼlim maktablari uchun belgilangan yosh meʼyoridan 2 yilga oshgan bolalarni qabul qilishga ruxsat etiladi.

Imkoniyati cheklangan bolalarga moʻljallangan maktabga yoʻllangan har bir bolaga ota-onalari (chin yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun – vasiylik va homiylik organlari) tomonidan shaxsiy hujjatlar yigʻmajildi rasmiylashtiriladi va taqdim etiladi.

Bolaning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildida quyidagi hujjatlar boʻladi:

► ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning arizasi;

► psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosalarining ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga yoʻllangan bola bilan olib boriladigan taʼlim-tarbiyaviy va davolash-tuzatish boʻyicha tavsiyalari aks etgan bayoni;

► tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;

► taʼlim olganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar;

► oʻqish joyidan taʼlimning muddati, oʻquv fanlarini oʻzlashtirishi va xulq-atvori, bolaga yakka tartibda koʻmak berish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarning batafsil tahlili aks ettirilgan maʼlumotnoma va tavsifnoma;

► bolaning yashash joyidagi shifoxona bosh vrachi tomonidan imzolangan, uning rivojlanishi tarixidan mufassal koʻchirma:

► pediatrning bolaning umumiy rivojlanishi holati toʻgʻrisidagi xulosasi;

► psixonevrologning tibbiy tashxisi va bolaning aqliy rivojlanishiga tavsifi;

► otorinolaringologning quloq, tomoq, burun va talaffuz artikulyatsiyasida ishtirok etuvchi organlarning holatiga tavsifi (eshitishda nuqsoni boʻlgan bolalar uchun — soʻzlashuv nutq va shivirlab aytilgan soʻzlarni idrok etish holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlari, audiogramma maʼlumotlari);

► oftalmologning koʻrish organiga tavsifi (koʻrishda nuqsoni boʻlgan bolalar uchun- batafsil tashxisi);

► ortoped vrachning xulosasi (tayanch-harakatlanish apparatida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun).

Imkoniyati cheklangan bolalarga moʻljallangan maktablarga qabul qilinadigan bolalar toifalari

Imkoniyati cheklangan bolalarga moʻljallangan maktablarga maktabgacha yoshdagi va maktab yoshidagi quyidagi toifadagi bolalar qabul qilinadi:

► eshitishda nuqsoni boʻlgan bolalar (karlar, zaif eshituvchilar, keyinchalik kar boʻlgan bolalar);

► koʻrishda nuqsoni boʻlgan bolalar (koʻrlar, zaif koʻruvchilar, keyinchalik koʻr boʻlgan bolalar);

► nutqida ogʻir nuqsonlar boʻlgan bolalar (alaliya, dislaliya, afaziya, rinolaliya, dizartriya, psixik-nutqiy rivojidagi sustlik, duduqlanish);

► tayanch-harakat apparatida nuqsoni boʻlgan bolalar (bolalar serebral falaji, skolioz, poliomiyelit, miopatiya, osteomiyelit, amputatsiya, boʻy oʻsishining yetishmovchiligi — pakanalik);

► psixik rivojlanishi sust bolalar;

► aqli zaif bolalar;

► murakkab nuqsonli bolalar (rivojlanishida 2 ta va undan koʻp yetishmovchilik boʻlgan bolalar).

Imkoniyati cheklangan bolalarga moʻljallangan maktablarga qabul qilinmaydigan bolalar toifalari

Imkoniyati cheklangan bolalarga moʻljallangan maktablarga quyidagilar qabul qilinmaydi:

► aqli oʻta zaif bolalar (imbitsil, idiotiya darajasidagi oligofreniya);

► xulq-atvorida ogʻir buzilishlar, hissiy-irodaviy sohasida (organik) nuqsonlari boʻlgan bolalar;

► tayanch-harakat apparatida nuqsoni boʻlgan, mustaqil ravishda harakatlana olmaydigan va oʻz-oʻziga xizmat koʻrsata olmaydigan bolalar;

► tez-tez takrorlanadigan epileptik tutqanoqdan aziyat chekadigan (epileptik demensiya, kunduzgi va tungi vaqtlarda tutqanogʻi tez-tez takrorlanadigan) bolalar;

► markaziy asab tizimiga shikast yetganligi tufayli siydik va najasini ushlab turolmaydigan bolalar.

Ushbu toifadagi bolalar Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli muassasalariga yoʻllanadi yoki ularga yakka tartibda uyida oʻqitish tashkil etiladi.

Imkoniyati cheklangan bolalarni oʻqitish

Imkoniyati cheklangan bolalarga moʻljallangan maktabda oʻqitish va tarbiyalash jarayoni oʻquvchilarning alohida xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi. Oʻquvchilarning bilimlari ulardagi nuqsonlarning oʻziga xosligini hisobga olgan holda, belgilangan tartibda baholanadi.

Taʼlim-tarbiya jarayoni umumiy oʻrta taʼlimning davlat standartiga muvofiq holda belgilanadi. Taʼlim-tarbiya jarayoni oʻquv rejalari va dasturlari asosida, maxsus korreksion tuzatish uslublaridan foydalanilgan holda olib boriladi.

Oʻqish, ixtiyoriy ravishda ijtimoiy foydali mehnat va dam olishni ilmiy asoslangan holda uygʻunlashtirishni taʼminlovchi kun tartibi bolalarning imkoniyati cheklangan bolalarga moʻljallangan maktabda yashashini hisobga olgan holda tashkil etiladi.

Imkoniyati cheklangan bolalarga moʻljallangan maktabda oʻquvchilarning aqliy, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun turli toʻgaraklar, klublar, studiyalar, seksiyalar tashkil etiladi.

Imkoniyati cheklangan bolalarga moʻljallangan maktabda eshitishida, koʻrishda nuqsoni boʻlgan va maktab taʼlimiga yetarlicha tayyorgarlikka ega boʻlmagan bolalar uchun tegishli tayyorlov sinflari tashkil etiladi.

Imkoniyati cheklangan bolalarga moʻljallangan maktabda rivojlanishida murakkab nuqsonli (2 ta va undan koʻp nuqsoni bor boʻlgan) bolalar uchun maxsus tuzatuvchi (korreksion) guruhlar (sinflar) ochilishi mumkin. Ushbu guruhlarga taʼlim oluvchilar psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasi va bolaning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar roziligi bilan joylashtiriladi.

Imkoniyati cheklangan bolalarga moʻljallangan maktabda sinflardagi bolalar soni

Taʼlim yoʻnalishi turlari va sinflardagi bolalar toifalari

Sinflarning oʻquvchilar bilan minimal toʻldirilishi

Boshlangʻich sinflarda bolalar soni

Yuqori sinflarda bolalar soni

1. I-II turlar:

Kar (eshitmaydigan) bolalar uchun

Zaif eshituvchilar va keyinchalik kar boʻlgan (1, 2-boʻlimlar) bolalar uchun

2. III-IV turlar:

Koʻr(koʻzi ojiz) bolalar uchun

Zaif koʻruvchilar va keyinchalik koʻr boʻlgan bolalar uchun

3. V tur:

Nutqida ogʻir nuqsoni boʻlgan bolalar uchun

4. VI tur:

Poliomiyelit xastaligi oqibatlari boʻlgan bolalar uchun

Serebral falaji oqibatlari boʻlgan bolalar uchun

5.VII tur:

Psixik rivojlanishi sust bolalar uchun

6. VIII tur:

Yengil darajadagi aqli zaif bolalar uchun

Oʻrta va ogʻir darajadagi aqli zaif bolalar uchun

*Barcha turdagi ixtisoslashtirilgan muassasalarda taʼlim olayotgan murakkab nuqsonli (rivojlanishida 2 ta va undan koʻp nuqson boʻlgan) bolalar uchun

Imkoniyati cheklangan bolalarga moʻljallangan maktabda jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqson boʻlgan bolalar sogʻligʻi va intellektining holati haqidagi maʼlumotlar hisobga olingan holda, 9 yillik umumiy taʼlim dasturini quyida belgilangan davrlar davomida oʻzlashtirishadi.

Belgilangan davrlar davomiyligi

Taʼlim yoʻnalishlari turlari va bolalar toifalari

Tayyorlov guruhlari

Boshlangʻich sinflar

Yuqori sinflar

Jami (yil)

I-II turlar:

Kar bolalarning umumiy oʻrta taʼlimi

Zaif eshituvchi va keyinchalik kar boʻlgan 1-boʻlim bolalarining umumiy oʻrta taʼlimi

Zaif eshituvchi 2-boʻlim bolalarining umumiy oʻrta taʼlimi

III-IV turlar:

Koʻzi ojiz bolalarning umumiy oʻrta taʼlimi

Zaif koʻruvchi bolalarning umumiy oʻrta taʼlimi

Nutqida ogʻir nuqsoni boʻlgan bolalarning umumiy oʻrta taʼlimi

Tayanch-harakat apparatida nuqsonlari boʻlgan bolalarning umumiy oʻrta taʼlimi

VII tur:

Psixik rivojlanishi sust bolalarning boshlangʻich taʼlimi (tenglash sinflari)

Aqli zaif bolalar uchun toʻliqsiz umumiy oʻrta maʼlumot

* Barcha turdagi Imkoniyati cheklangan bolalarga moʻljallangan maktabda taʼlim olayotgan murakkab nuqsonli (rivojlanishida 2 ta va undan koʻp nuqsoni boʻlgan) bolalar toifasi uchun

Murakkab nuqsonlari boʻlgan bolalarning (rivojlanishida 2 ta va undan koʻp nuqsoni boʻlgan) toʻliqsiz umumiy oʻrta taʼlimi

Imkoniyati cheklangan bolalarni ko‘chirish

Imkoniyati cheklangan bolalar sinfdan sinfga, bir maktab-internatdan boshqa maktab-internatga va maktab-internatdan maktabga oʻtkazilishi mumkin. Oʻtkazish bepul amalga oshiriladi.

Sinfdan sinfga koʻchirish

Oʻquvchining ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar oʻz xohishiga koʻra oʻquv yili davomida yoki u tugaganidan soʻng farzandini sinfdan sinfga oʻtkazish huquqiga ega.

Sinfdagi oʻquvchilar soni belgilangan meʼyordan ortiq boʻlgan taqdirda, maktab-internat direktori oʻquvchini sinfdan sinfga oʻtkazishni rad qilishi mumkin.

Sinfdan sinfga oʻtkazish rad etilganligi haqida maktab-internat direktori tomonidan uch kun ichida ota-onalarga yozma ravishda maʼlum qilinadi.

Oʻz sinfdoshlariga nisbatan uch va undan ortiq katta yosh farqi boʻlgan psixik rivojlanishi sust yoki aqli zaif bolalar bir sinfda kamida ikki chorak taʼlim olgach, ularning bilim, koʻnikma va malaka darajasini inobatga olgan holda maktab-internatning tibbiy va pedagog xodimlari xulosasi asosida pedagogik kengash qarori bilan faqat bir sinf yuqoriga koʻchirilishi mumkin.

Maktabdan maktabga koʻchirish

Ota-onalar oʻz xohishiga koʻra oʻquv yili davomida yoki u tugaganidan soʻng farzandini bir maktab-internatdan bir xil turdagi boshqa maktab-internatga, yoki boshqa turdagi maktab-internatga oʻtkazish huquqiga ega.

Bunda boshqa turdagi kasalliklarga ixtisoslashgan maktabga koʻchirishda psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning ijobiy xulosasini zarur boʻladi.

Sanatoriy turidagi maktab-internatlar

Sanatoriy turidagi maktab-internatlar oxirgi 5 yilda 3 yoshdan 16 yoshgacha bolalar oʻrtasida tegishli kasalliklarning koʻpayganligini koʻrsatadigan rasmiy statistika maʼlumotlariga asosan xalq taʼlimi va sogʻliqni saqlash boshqarmalari taqdimnomasiga moliya boshqarmalarining ijobiy xulosasi berilgan taqdirda viloyatlar va Toshkent shahar hokimi tomonidan tashkil etiladi.

Sanatoriy turidagi maktab-internatlarda oʻquvchilar bepul umumiy oʻrta taʼlim, bepul tibbiy xizmat hamda bepul oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.

Sanatoriy turidagi maktab-internatga bolalar 7 yoshdan boshlab qabul qilinadi. Sanotoriy turidagi maktab internatlar roʻyxati bilan ushbu havola orqali tanishi mumkin.

Sanatoriy turidagi maktab-internatlar turlari

Sanatoriy turidagi maktab-internatlari quyidagi turlarga boʻlinadi:

► skolioz bilan kasallangan bolalar uchun sanatoriy turidagi maktab-internatlar;

► sil va nafas olish organlarining surunkali kasalliklari xavfi boʻlgan guruh bolalari uchun sanatoriy turidagi maktab-internatlar.

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga ularning turiga muvofiq holda:

► I—IV daraja skolioz bilan kasallangan;

► sil va nafas olish organlarining surunkali kasalliklariga chalingan, alohida shart-sharoitlarda davolash va sogʻlomlashtirishga muhtoj boʻlgan maktab yoshidagi bolalar qabul qilinadi.

Sanatoriy turidagi maktab-internatlarga quyidagilar qabul qilinmaydi:

► aqli zaif bolalar;

► xulq-atvorida ogʻir buzilishlar, hissiy-irodaviy sohasida (organik) nuqsonlari boʻlgan bolalar;

► yurak-qon tomiri kasalliklari bor bolalar;

► tayanch-harakat apparatida nuqsoni boʻlgan, mustaqil ravishda harakatlana olmaydigan va oʻz-oʻziga xizmat koʻrsata olmaydigan bolalar;

► tez-tez takrorlanadigan epileptik tutqanoqdan aziyat chekadigan (epileptik demensiya, kunduzgi va tungi vaqtlarda tutqanogʻi tez-tez takrorlanadigan) bolalar;

► markaziy asab tizimiga shikast yetganligi tufayli siydik va najasini ushlab turolmaydigan bolalar.

Sanatoriy turidagi maktab-internatlarga joylashtirish

Bolalarni sanatoriy turidagi maktab-internatlar yuborish xalq taʼlimi boshqarmalari tomonidan, boshqarmalar huzurida tashkil etilgan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasiga koʻra, ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar roziligi bilan amalga oshiriladi.

Sanatoriy turidagi maktab-internatlarga yoʻllangan har bir bolaga ota-onalari (chin yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun — vasiylik va homiylik organlari) tomonidan shaxsiy hujjatlar yigʻmajildi rasmiylashtiriladi va taqdim etiladi.

Bolaning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildida quyidagi hujjatlar boʻladi:

► ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning arizasi;

► psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosalarining ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga yoʻllangan bola bilan olib boriladigan taʼlim-tarbiyaviy va davolash-tuzatish boʻyicha tavsiyalari aks etgan bayoni;

► tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;

► maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatlar;

► oʻqish joyidan taʼlimning muddati, oʻquv fanlarini oʻzlashtirishi va xulq-atvori, bolaga yakka tartibda koʻmak berish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarning batafsil tahlili aks ettirilgan maʼlumotnoma va tavsifnoma;

► bolaning yashash joyidagi shifoxona bosh vrachi tomonidan imzolangan, uning rivojlanishi tarixidan mufassal koʻchirma:

► pediatrning bolaning umumiy rivojlanishi holati toʻgʻrisidagi xulosasi;

► psixonevrologning tibbiy tashxis bilan asoslangan va bolaning aqliy rivojlanishiga tavsifi bilan xulosasi;

► otorinolaringologning quloq, tomoq, burun va talaffuz artikulyatsiyasida ishtirok etuvchi organlarning holatiga tavsifi bilan xulosasi;

► oftalmologning koʻrish organiga tavsifi bilan xulosasi;

► ortoped vrachning xulosasi (tayanch-harakatlanish apparatida nuqsoni boʻlgan, skoliozga chalingan bolalar uchun);

► vrach-ftiziatrning xulosasi (tuberkulez va nafas olish organlarining surunkali kasallanishi xavfi ostidagi bolalar guruhlari uchun).

Sanatoriy tipidagi maktab-internatlarda taʼlim jarayoni

Sanatoriy tipidagi maktab-internatlarda oʻqitish umumiy oʻrta taʼlim oʻquv rejalari va taʼlim dasturlari asosida olib boriladi.

Sanatoriy tipidagi maktab-internatlarda bolalar 3 yildan koʻp boʻlmagan muddat boʻlishi mumkin.

Sanatoriy tipidagi maktab-internatlarda sil va nafas olish organlarining surunkali kasalliklari rivojlanishi xavfi mavjud guruhdagi bolalar uchun sinflar va tarbiyalanuvchilar guruhi toʻldirilishi kamida 25 nafarni, skolioz bilan kasallangan bolalar uchun sinflar va tarbiyalanuvchilar guruhi toʻldirilishi esa — kamida 20 nafarni tashkil qiladi.

Birinchi yarim yillikda I sinfda darsning davomiyligi — 35 daqiqa, ikkinchi yarim yillikda I sinfda va boshlangʻich taʼlim (maktab)ning II — IV sinflarida-40 daqiqa, V va keyingi sinflarda — 45 daqiqa boʻladi.

Sanatoriy tipidagi maktab-internatlarda oʻquvchilar uchun turli toʻgaraklar, qiziqishlariga koʻra klublar, seksiyalar (jumladan, shifokorlar tavsiyalariga koʻra sport seksiyalari) va bolalarning intellektual hamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga moʻljallangan studiyalar tashkil etiladi.

Sanatoriy tipidagi maktab-internatlarda taʼlim jarayonining psixologik taʼminotini muassasa shtatidagi psixolog amalga oshiradi.

Bolalarni sogʻlomlashtirishga yoʻnaltirilgan davolash-sogʻlomlashtirish, reabilitatsiya, sanitariya-gigiyena va profilaktika chora-tadbirlari maktab-internatlarning shtatdagi tibbiy va pedagog xodimlari hamda taʼlim muassasasiga biriktirilgan sogʻliqni saqlash muassasasining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

Maktabda 1-sinfga qabul qilingan oʻquvchilariga quyidagi oʻquv qurollari beriladi

1-sinfga qabul qilingan oʻquvchilariga quyidagi oʻquv qurollari toʻplamiga tekin beriladi:

► Oddiy va rangli qalamlar

► Rangli qogʻozlar toʻplami

► Rasm chiziladigan albom