Ixtisoslashtirilgan boshlang’ich sinflarda matematikani o’qitish
Ixtisoslashtirilgan sinflarda matematika mashg’ulotlar boshlang’ich sinf o’quvchilarini tarbiyalashda, ularga kasb-hunar tanlashga oid bilim berishda yuqori natijalar beradi. Ayniqsa, iqtidorli o’quvchilarda fanga qiziqishi, dunyoqarashi, zehni namoyon bo’ladi. Bu esa boshlang’ich sinf o’quvchilariga to’la- to’kis bilim berishda har bir o’quvchining shaxsiy xususiyatlarini o’rganishda o’quvchining qobiliyati namoyon bo’ladi. SHu o’rinda o’qituvchi birinchi bosqichda o’quvchilarga matematikaga qiziqishi va iqtidorini aniqlashga imkon berib, ular bilan til topa oladi.
DARSLIK
DARSLIK — muayyan fanga doir bilim asoslarini ma’lum tartibda bayon etadigan va yuqori ma’naviy-g’oyaviy, ilmiy uslubiy saviyada yozilgan kitob; o’quv adabiyotining asosiy va yetakchi turi. Darsliklar 2 asosiy guruhga bo’linadi: o’quvchilar uchun Darsliklar va talabalar uchun Darsliklar. O’zbekistonda o’quvchilar uchun mo’ljallangan Darsliklardan umumiy o’rta ta’lim maktabi, ixtisoslashtirilgan maktab, akademik litsey, kasb-hunar kolleji, maxsus ta’lim maktablari va maxsus internat maktablarning o’quvchilari; talabalar uchun nashr etilgan Darsliklardan oliy o’quv yurtlari talabalari mustaqil hamda o’qituvchilar rahbarligida foydalanadilar. Darsliklar muayyan fanga oid asosiy fakt, ilmiy tushuncha, qonun va nazariyalar mazmunini tegishli o’quv yurtining dasturi hajmida ta’lim vazifalari hamda o’quvchi (talaba)larga mos tarzda ochib beradi. Darsliklar ta’lim-tarbiya vazifalarining imkoni bor darajada hal etilishiga, ya’ni bilimning muntazam, mustahkam va ongli o’zlashtirilishiga, o’quvchi (talaba)larda fanning muayyan sohasiga qiziqish uyg’otishga, ularda ilmiy tafakkurning tarkib to-pishiga yordam beradi. Darslikning tili ravon va tushunarli bo’lishi, o’quvchilar nutqining o’sishiga yordam berishi lozim. Darsliklar tarixi qadim zamonlardan boshlanadi. Sharqda, xususan Furot va Dajla daryolari oralig’ida yashagan qadimgi shumerlar davrida sopol taxtachalarga bitilgan matnlar miloddan avvalgi 2-ming yillikka oid bo’lib, ular “qo’llanma” va “daryoliklar” vazifasini o’tagan. Keyinchalik boshqa Sharq xalqlarida, ulardan keyin esa qadimgi dunyoda papirus yoki pergamentga bitilgan qo’lyozma o’quv kitoblari vujudga kela boshlagan va ular ma’lum bir sohaga, kasbga o’rgatish uchun asosiy manba vazifasini o’tagan. Kitob nashr etish ishi yuzaga kelgach, Darsliklar hammabop bo’la boshladi. Pedagogika va psixologiya fanlarining taraqqiyoti bilan Darsliklarning mazmuni va metodik tuzilishi tobora mukammallashib bordi. O’rta Osiyoni Rossiya bosib olgunga qadar bu yerda mavjud bo’lgan maktab va madrasalardagi ta’limtarbiyaning asosiy mazmuni Islom ta’limotini o’rgatishdan iborat bo’lgan va ularda Arab, fors, eski turk tillarida yozilgan diniy kitoblar Darslik vazifasini o’tagan. Bu Darsliklar Qur’on oyat va suralaridan, boshqa diniy kitoblarning turli qism va parchalaridan iborat bo’lgan. Maktabxonalarda “Haftiyak”, “Chor kitob” va boshqa kitoblar o’qitilgan. Madrasalarda ham musulmon diniy qoidalari to’plami — “avvali ilm” (fors tilida savol-javob tarzida tuzilgan), Arab tili grammatikasiga oid “Bidon”, “qofiya” kabi qo’llanmalardan foydalanilgan. Ba’zi madrasalarda talabalar qadimgi kitoblarni mustaqil o’qib o’rganishi natijasida geografiya, astronomiya, tibbiyot va boshqa fanlarga oid ayrim ma’lumotlardan xabardor bo’la borganlar, mumtoz shoirlarning asarlari bilan tanishganlar. O’rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin rus metodistlari ta’sirida maxalliy tillarda maktab Darsliklari yaratila boshlandi. 19-asrning 70-yillaridan Toshkentda rus va rus-tuzem maktablari uchun ayrim Darsliklar nashr etildi. 1875 yil A. A. Terentevning “Russkaya Azbuka dlya shkol Sredney Azii” (“O’rta Osiyo maktablari uchun rus alifbosi”), 1885 yil V. P. Nalivkinning “Azbuka dlya russko-musulmanskix shkol osedlogo naseleniya Turkestanskogo kraya” (“Turkiston o’lkasidagi o’troq aholiga mo’ljallangan rus-musulmon maktablari uchun alifbo”) Darsliklari paydo bo’ldi. 1887 yil V. P. Nalivkinning “terma kitob” nomi bilan O’zbekcha-tojikcha xrestomatiyasi, 1896 yil uning “Turkiston viloyatining Toshkand shahridagi seminariya degan madrasada o’qiydurgan terma kitob” asari nashr qilindi. 1898 yildan S. M. Grameniskiyning 3 qismdan iborat “Kniga dlya chteniya” (“o’qish kitobi”) kitobi qo’llanila boshlandi. 20-asrning boshlarida yangi usul maktablarining ayrim muallimlari ham o’z ish tajribalarini umumlashtirib, o’quv kitoblari tuza boshlashdi. Masalan, 1902 yil Toshkentda Saidrasul Saidazizovning “Ustodi avval” alifbesi, 1903 yil Aliasqar Kalininning “Muallimi soniy” xrestomiyasi, Rustambek Yusufbek o’g’lining “Ta’limi avval” va “Ta’limi soniy”, Abdulla Avloniyning “Birinchi muallim”, Hamza va boshqalarning o’quv qo’llanmalari bosilib chiqdi. Lekin fizika, geometriya singari ko’pgina fanlardan o’zbek tilida Darsliklar yo’q edi. Oktabr to’ntarishidan keyin barcha fanlar yuzasidan Darsliklar tuzish ishiga jadal kirishildi. Masalan, Shokirjon Rahimiyning 1919 yilda chiqarilgan “sovg’a” alifbesi, M. Qodirov va boshqalarning 1920 yilda katta yoshli kishilar uchun chiqarilgan “kattalarga o’qish” alifbesi, I. Husanxo’jayev va F. Erg’oziyevning maktab yoshidan o’tgan o’smirlar uchun chiqarilgan “o’smir” alifbesi, Ozarbayjon tilidan o’zbekchaga tarjima qilingan “handasa”, “Fizika” kitoblari, V. Flerovning 1918 yilda “Yasnoe utro” (“Musaffo tong”) nomi bilan chiqarilgan ikki o’qish kitobi, E. D. Polivanov va L. I. Palminning “Mak” (“Lolaqizg’aldoq”) nomli o’qish kitobi, K. A. Voskresenskaya, N. P. Arxangelskiy, O. F. Topolskayalarning O’rta Osiyodagi ruscha bo’lmagan maktablar uchun “MAK” nomi bilan chiqarilgan birinchi ruscha alifbesi, shuningdek, mazkur mualliflarning O’rta Osiyodagi 1-bosqich maktablar uchun chiqarilgan “malenkiy turkestanes” (“yosh turkistonlik”) o’qish kitobi Oktabr to’ntarishidan keyingi dastlabki davrlarda chiqarilgan Darsliklar va o’quv qo’llanmalari jumlasidandir. O. Sharafiddinov yozgan “Alifbe” 1938 yildan 1970 yilgacha 1-sinf o’quvchilarining asosiy o’quv qo’llanmasi bo’lib keldi. 1970/71 o’quv yilidan mazkur muallifning Q. Abdullayeva bilan yozgan yangi “Alifbe” kitobi qo’llanila boshladi. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, ta’lim muassasalarida qo’llanilayotgan Darsliklarni qayta ishlash borasida katta ishlar olib borildi. 1997 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil yanvarda qabul qilingan “Uzluksiz ta’lim tizimini darsliklar va o’quv adabiyotlari bilan ta’minlashni takomillashtirish to’g’risida”gi qarori muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Yetuk mutaxassislar tomonidan bir qator Darsliklar mazmunan qayta ishlandi. Jumladan, tarix, adabiyot, geografiya, matematikadan yangi mazmundagi Darsliklar joriy etildi. Shu davrgacha umumiy o’rta ta’lim tizimining o’quv rejasida bo’lmagan o’quv fanlari (tabiiyot, Odobnoma) dan original Darsliklar yaratildi. Ta’lim amaliyotiga “Alifbo”, “Tabiatshunoslik”dan muqobil Darsliklar tatbiq etildi. O’zbekistonda Darsliklar nashr etish ishi keng yo’lga qo’yilgan. Darslik tayyorlashga ixtisoslashgan “o’qituvchi”, “O’zbekistan”, “Mehnat”, Ibn Sino nomidagi nashriyotlar, “Sharq” nashriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi va boshqa nashriyotlar Darsliklar nashr etadi. 2000 yil O’zbekistonda 375 nomda 14 million 406,6 ming nusxada Darslik nashr etildi. Asqarali Sulaymonov.
Ixtisoslashtirilgan boshlang’ich sinflarda matematikani o’qitish
Ixtisoslashtirilgan sinflarda matematika mashg’ulotlar boshlang’ich sinf o’quvchilarini tarbiyalashda, ularga kasb-hunar tanlashga oid bilim berishda yuqori natijalar beradi. Ayniqsa, iqtidorli o’quvchilarda fanga qiziqishi, dunyoqarashi, zehni namoyon bo’ladi. Bu esa boshlang’ich sinf o’quvchilariga to’la- to’kis bilim berishda har bir o’quvchining shaxsiy xususiyatlarini o’rganishda o’quvchining qobiliyati namoyon bo’ladi. SHu o’rinda o’qituvchi birinchi bosqichda o’quvchilarga matematikaga qiziqishi va iqtidorini aniqlashga imkon berib, ular bilan til topa oladi.
Boshlang’ich sinflarda mashg’ulotlar didaktik o’yinlar, olimpiadalar, kechalar, viktorinalar o’tkazishga yordam beradi. Ilmiy texnik taraqqiyot matematikaga bog’langanligi sababli asta-sekin murakkabroq masalalar yechimini o’rganishga imkoniyat beradi.
Boshlang’ich sinflarda bunday mashg’ulotlarda o’quvchilarning matematik tafakkuri, fikrlash qobiliyati rivojlanadi.
Ixtisoslashtirilgan boshlang’ich sinflarda matematika darsini o’quvchilarning matematikaga bo’lgan qiziqishini har tomonlama hisobga olgan holda olib borish lozim.
Ixtisoslashtirilgan sinflarda matematika mashg’ulotlar haftasiga 5+2 bo’lib, dastur mazmuniga 2 soat qo’shimcha o’tiladi. Bunda o’qituvchi o’quvchilarni qiziqishi va o’zlashtirishiga qarab fanlararo aloqadorlikni hisobga olgan holda olib boradi.
III — IV sinflarda ko’pincha murakkab masalalar ustida ishlash uchun ko’proq vaqt ajratiladi.
Boshlang’ich sinflarda mashg’ulotlarni tashkil etish mohiyati juda katta ahamiyat kasb etadi. Matematikaga ixtisoslashtirilgan boshlang’ich sinflarda o’qitish- darslik materiallarini takrorlamaydigan lekin uni mustahkamlashga xizmat qiladigan (murakkab) o’quv materiallar o’rganilib, boshlang’ich sinf o’quvchilarining darsdan olgan bilimini mustahkamlash va chuqurlashtirishga qaratilishi lozim.
Ayniqsa, sharq mutafakkirlari ijodini o’rganish, matematika darslari samaradorligini oshirishda tarixiy materiallardan foydalanish har bir mashg’ulotlarda tavsiya etiladi.
Boshlang’ich matematika o’qitish jarayonida o’quvchilarning mantiqiy fikrni o’stirish.
Boshlang’ich matematika o’qitishda o’quvchilarning mantiqiy fikrini o’stirish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Eng avvalo, matematik bilimlarni bolalar aniq tushunishi uchun moslashtirilgan narsalarni o’zaro bog’liqlikda, biridan ikkinchisini hosil qilish tartibida keltirib chiqaradilar.
Narsalar va atrofdagi haqiqatning mavjudligini bila borish bilan biz narsalarni qismlarga ajratish va bir qancha elementlardan bir butun narsalarni tuzishni tushuntira boramiz. Butun bir narsani qismlarga ajratib fikrlashni «tahlil» deb ataymiz. Predmet va hodisalarni o’zaro bog’lab o’rganishni esa «sintez» deb ataymiz. Bu ikki fikrlash operatsiyasi o’zaro bir- biri bilan bog’liqdir.
Tahlil va sintez o’zaro bog’langan bo’lib, arifmetik qonuniyatlarni o’qitishda qanday qo’llansa, misol va masalalar yechishda ham shunday qo’llaniladi.
O’qitishning birinchi qadamidayoq, ya’ni, birinchi o’nlikni o’qitishda o’quvchilar ko’rgazmali qurol yordamida predmetlar to’plamini ularni elementlarga ajratib tahlil qiladi va ko’rgazma asosida elementlarni sintez (birlashtirib) qilib to’plam hosil qiladi.
Shunga o’xshash ko’rgazmali tahlil va sintezlar natijasida o’quvchilar ichki nutq yordamida fikrlab, ongli tahlil va sintez qilishga erishadilar.
Masalan, o’quvchi o’qituvchi yordamida “1- qatorga 5 marka, 2- qatorga 4 marka yopishtirildi. Ikki qatorga necha marka yopishtirildi” – degan masalani yechishi kerak.
Oldin o’quvchi o’qituvchi yordamida masala mazmunini tahlil qiladi. Masalada berilgan sonlarni (5 va 4) alohida markalarga ajratib, masalani shart va savol qismini aniqlaydi. O’quvchi ikki qatordagi markalarni fikran o’zaro birlashtirib sintez qiladi va masalaga javob topadi.
Bu yerda o’quvchi eng avval masalani tahlil qildi, masalada sonli berilganlarni va talab qilinganlarni aniqladi va sintez qilib javab topdi.
Boshlang’ich matematika o’qitishda taqqoslashdan ham keng foydalaniladi. Taqqoslash yordamida son, misol va masaladagi narsalarning bir xil va farq qiluvchi tomonlari aniqlaniladi.
Masalan, o’quvchiga sonni bir necha birlikka orttirish va bir necha marta orttirish to’g’risida taqqoslash berilgan bo’lsin:
O’qituvchi rahbarligida o’quvchi masalani taqqoslaydi va bir xil tomonlarni: ikkala masalada ham berilgan sonlar bir xil, ikkala masalada ham ikki qutidagi qalamlar haqida gapirilgan, savollar ham bir xil. Farqi: 1- masalada 2- qutida uch qalam ortiq, 2-masalada 2- qutida 3 marta ortiq qalam bor deyiladi.
Masala yechilgandan keyin o’quvchilar qaysi masala qaysi amal bilan yechilganini taqqoslaydi. 1-si qo’shish, 2- ko’paytirish bilan bajarildi. SHundan keyin masala sharti bilan masalani yechish usulini moslashtiradi.
Natijada o’quvchi nechta ortiq yoki kam degan shartda qaysi amallar ishlatilishini va necha marta ortiq yoki necha marta kam deganda qaysi amallar ishlatilishini fikrlab oladi.
Ba’zan ko’p qiymatli sonlar bilan masalalar yechishda analogiya usulini ham qo’llaydilar. Masalan: III- sinfda shunday masala yechiladi: ikkita meva saqlagichda 1568 kg olma bor edi. Birinchi meva saqlagichdan 240 kg, ikkinchisidan 364 kg olingandan keyin ikkalasida ham bir xil miqdorda olma qoldi. Har qaysi meva saqlagichda qancha olma bo’lgan?
Masalani yechishdan oldin o’qituvchi quyidagi masalani yechishni tavsiya qildi: ikki bolada 90 so’m bor edi. Ulardan birinchisi 45 so’m, ikkinchisi 35 so’m sarf qilganidan keyin ikkalasida baravar pul qoldi. Har bir bolada qanchadan pul bo’lgan?
O’quvchilar bu masalani hatto og’zaki ham yechishi mumkin. Bu masalani yechish rejasi va yo’llarini aniqlagandan keyin oldingi masalani shunga o’xshash yo’l bilan yechadi.
Ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun yangi darsliklar nashr etiladi
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi mamlakatimizdagi adabiyotshunos olimlarni jalb qilgan holda ijod maktablari uchun yangi darsliklar yaratish ustida ish olib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-martdagi tegishli qaroriga ko‘ra, ijod maktablarining 7-11-sinflari uchun ixtisoslik fanlariga haftasiga qo‘shimcha 20 soat (har bir sinfga 5 soatdan) ajratish rejalashtirilgan.
Mazkur qaror ijod maktablari o‘quvchilari ona tili va adabiyot fanlari bo‘yicha davlat ta’lim standartlarida belgilangan bilimdan tashqari notiqlik san’ati va adabiyot sirlarini chuqurlashtirilgan tarzda o‘qitishga qaratilgan.
7-11-sinflar uchun tayyorlanayotgan ixtisoslik adabiyoti darsligida xalq og‘zaki ijodi, adabiy jarayon, adabiyot qoidalari, publitsistika, matnshunoslik, dramaturgiya fanlarining elementlari o‘quvchilarning yosh xususiyatiga mos ravishda singdirilmoqda. Shuningdek, ixtisoslik adabiyoti darsligi mazmunan umumiy o‘rta ta’limning adabiyot fani va oliy ta’limning adabiyot yo‘nalishi fanlari bilan uzviyligi ta’minlanmoqda.
Shu bilan bir qatorda, mutaxassislar tomonidan notiqlik san’ati va nutq madaniyati fani bo‘yicha ijod maktablari o‘quvchilari uchun 7-11-sinflarga mo‘ljallangan alohida darslik tayyorlanmoqda.
Ushbu darsliklarni tayyorlash Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Yangidan tayyorlangan darsliklar universitetning ilmiy-metodik kengashida muhokamadan o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Tayyorlangan o‘quv dasturi va darsliklar 2020/2021-o‘quv yilida ijod maktablarida tajriba sinovdan o‘tkaziladi. O‘quv yili yakunida aniqlangan kamchiliklar va kelib tushgan takliflar asosida darsliklarni takomillashtirish va qayta chop etish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, ijod maktablarida chet tillarini o‘qitishni zamonaviy metodlar asosida tashkil etish maqsadida ingliz, nemis va fransuz tili fanlari bo‘yicha ilg‘or xorijiy mamlakatlarning e’tirof etilgan darsliklarini xarid qilish bo‘yicha xorijiy nashriyotlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimida to‘qqizta ijod maktabi faoliyat yuritmoqda.