Zamonaviy dasturlash tili
Buning uchun menyudagi kerakli bo’limni tanlaymiz:
Java dasturlash tili qo llanma
Barcha fanlardan slaydlar to’plami
Java Script dasturlash tili haqida kurs ishi
Подробности Автор: Dilmurod Kholmurzaev Родительская категория: Презентации Категория: Информатика (Презентации) Опубликовано: 14 Ноябрь 2019 Просмотров: 1086
5 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 Rating 5.00 (2 Votes)
JavaScript Nima? JavaScript bu “Client side programming” yani kimki sahifangizni ochsa shu odamning tomonida ishlaydi. PHP, Perl, CGI, JSP lar kabi serverda ishlamaydi. JavaScript 1995 yili ishlatilishi boshladi, ammo 1998 yilga kelib keng qo’llanishga kirdi. JavaScriptda siz DHTML yani Dynamic HTML sahifalari yoza olasiz. Bu degani sizning qandaydir harakatingizga qarab ish qilishi, va boshqalardir.
Скачать Файл:
Ushbu ma’lumotni yuklab olish uchun ro’yxatdan o’ting. Ma’lumotlar mutlaqo bepul. Чтобы скачать этот файл зарегистрируйтесь или войдите на сайт.
Please register or login to download this file.
Zamonaviy dasturlash tili
dasturlash tili haqida bo’lib, o’rta mahsus kasb-hunar kollejlari uchun mo’ljallangan.
Qo’llanmada Java dasturlash tili, dasturlash muhiti, Java dasturlash tilining asosiy strukturasi,
obyektga ihtisoslashgan dasturlash, obyektlar, klasslar, klasslararo bog’lanish,
foydalanuvchining grafik interfeysi, istisno va xatoliklar haqida batavsil ma’lumot berib o’tilgan.
Qo’llanmaning xar bir bo’limi misollar bilan boyitilgan.
1.1. Algoritm tushunchasi
1.2. Java dasturlash tili va Java dasturining ishlash printsipi
1.3. Javaning qisqacha tarixi
2. JAVA DASTURLASH MUHITI
3.1. Java dasturlash vositasini o’rnatish
3.2. Dasturlash muhitini tanlash
3.3. Sodda Java dasturi
3.4. Java birlamchi kod strukturasi va main() metodi
3.8. Qiymat berish operatori
3.9. Arifmetik operatorlar
3.10. Bajarilish ketma-ketligini boshqarish
4.1. Obyektlarga ihtisoslashgan dasturlashga kirish
4.4. Obyekt konstruktsiyasi
4.5. Obyekt destruktsiyasi
5. KLASSLARARO BOG’LANISH
5.1. Ostki klasslar va irsiyat
5.3. Ichki klasslar
5.5. Klass a’zolari va metodlarni ko’rinilishi
5.6. Obyekt klassi
6. GRAFIK DASTURLASH
6.2. Frame yaratish va joylashtirish
6.3. Ma’lumotlarni Panelda ko’rsatish
6.4. Xodisa va amal
6.7. Checkbox va Radio tugmalar
6.8. Ro’yxat va Combobox
6.9. Slayder va Spinner
6.10. Matn kiritish
6.12. Qurollar paneli
6.13. Kontekst menyu
6.14. Dialog oynalar
6.15. Joylashuv menedjerlari
7. ISTISNO VA XATOLAR
7.1. Xatolik va istisnolar
7.2. Istisnolar bilan ishlash
Algoritm tushunchasi
Algoritm bu ma’lum vaqt ichida berilgan masalani bajarish uchun ketma-ket bajarilishi
kerak bo’ladigan aniq ko’rsatmalar to’plamidir.
Algoritm so’zi buyuk olim, yurtdoshimiz Abu Abdulloh Muhammad ibn Musa al-Xorazmiy
nomidan kelib chiqgan. 825 yilda al-Xorazmiy o’z risolasida birinchi bo’lib Xindistonda kashf
qilingan o’nlik sanoq sistemasi haqida ma’lumot bergan. Al-Xorazmiy ushbu yangi sanoq
sistemasida xisob ishlarini bajarishni qoidalarini ifoda etgan. XII asrning birinchi yarmida Al-
Xorazmiy asarining lotin tilidagi tarjimasi Yevropaga kirib bordi. Tarjima lotincha “Algoritmi de
numero Indorum” deb nomlandi. Ushbu nom “Algoritmi Xind sonlari” degan ma’noni bildirardi
va bundagi “Algoritmi” so’zi Al-Xorazmiyning ismini lotinlashishini bildirar edi. Ushbu risola
yordamida “algoritm” so’zi yevropa tillariga kirib bordi.
Xar qanday algoritm quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1. Diskretlik – algoritm masalani bajarish jarayonini ma’lum bir qadamlar ketma-ketligi
sifatida ko’rsatishi kerak;
2. Aniqlik – xar bir vaqt qiymati uchun keyingi bajariladigan qadam tizim xolati bilan
3. Tushunarlilik – algoritm faqatgina bajaruvchiga ma’lum komandalarni o’z ichiga olishi
4. Yakunlilik – birlamchi ma’lumotlar berilganda algoritm o’z ishini chekli sondagi
qadamlarda tugatishi kerak;
5. Universallik – algoritm xar xil to’plamdagi birlamchi ma’lumotlarga qo’llanishi kerak;
6. Natijalilik – algoritmni ma’lum natija bilan tugatilishi;
Algoritmni so’zlar yoki sxemalar yordamida ifoda qilish mumkin. Odatda, biron bir
masalani algoritmini tuzish uchun birinchi uning algoritmi so’zlar bilan ifodalanadi.
Keyinchalik, masalani amalda bajarishga yaqinlashganda algoritmni bajaruvchisiga tushunarli
tilda tuziladi (masalan, mashina kodida). Algoritmni ko’rgazmali ifoda etish uchun blok-
sxemalardan foydalaniladi. Algoritmni bajaruvchisi tiliga bog’liq bo’lmagan ifoda qilish usuli
Java dasturlash tili va Java dasturining ishlash printsipi
Java dasturlash tili paydo bo’lishidan oldin dasturlar aniq bir operatsion tizim boshqaruvi
ostida ishlaydigan qilib yaratilgan. Ma’lum bir operatsion tizim uchun yaratilgan dastur boshqa
operatsion tizimida ishlay olmagan. Java dasturlash tili ushbu tushunchani o’zgartirib operatsion
tizimga bog’liq bo’lmagan dasturlashni kiritdi. Java dasturlash tili zamonaviy dasturlash tili
taminlab berishi kerak bo’lgan barcha funktsiyalarni o’z ichiga olganligi uchun qisqa vaqt ichida
dasturchilar orasida keng tarqaldi. Jumladan, Java dasturlash tili quyidagi xususiyatlarga ega:
• Ob’ektlarga ixtisoslashish xususiyatlari
• Avtomatik xotira menejmenti (keraksiz ob’ektlarni yig’ishtirish)
• Platformaga bog’liq emaslik
Java dasturlash tili nisbatan yangi dasturlash tili xisoblansada ayni vaqtda boshqa dasturlash
tillari singari mavjud imkoniyatlari bilan bir o’rinda turadi.
Java dasturlash tili kompilyatsiya va interpretatsiya qilinuvchi til xisoblanadi. Java birlamchi
kodi avval kompilyator yordamida sodda ikkilik instruktsi, bayt-kodga o’giriladi. Ushbu bayt-
kod Java virtual mashinasi uchun dastur amallarini bajarish uchun ko’rsatma bo’lib xizmat
qiladi. Bayt-kod universal bo’lib turli platformalar uchun maxsus yaratilgan barcha Java virtual
mashinalari yordamida bajarilishi mumkin. Bu o’z navbatida Java dasturini platformaga bog’liq
Aksariyat zamonaviy dasturlash tillari inson uchun unda dastur yozishi va tushinishini
osonlashtirib tuzilgan. Bunday dasturlar yuqori-darajali dasturlash tillari deb ataladi. Kompyuter
tushunadigan tilni mashina tili deb ataladi va ular past-darajali tillar deb ataladi.Yuqori-darajali
dasturlash tilida yozilgan dasturni kompyuterda ishga tushirishdan oldin uni mashina tiliga
o’girib olish kerak. Bunday o’giruvchi dasturni kompilyator va o’girish jarayonini kompilyatsiya
Aksariyat dasturlash tillarining bitta kamchiligi bu ularning kompilyatorlari yuqori-darajali
dasturlash tilida yozilgan dasturni to’g’tidan-to’g’ri mashina tiliga o’giradi. Xar-hil kompyuterlar
xar-hil mashina tilini ishlatishi sababli xar-bir kompyuter turi uchun o’zining maxsus
kompilyatori zarur bo’ladi. Java dasturlash tili kompilyatsiyaga boshqacha yondashadi.
Java kompilyatori dasturni aniq bir kompyuterning mashina kodiga tarjima qilmaydi. Buni
o’rniga kompilyator dasturni bayt-kod deb nomlanuvchi tilga o’giradi. Bayt-kod aniq bir
kompyuterning mashina kodi xisoblanmaydi. Bayt-kod Java virtual mashinasining mashina kodi
xisoblanadi. Java virtual mashinasi o’z navbatida bayt-kodni o’zi joylashgan kompyuterning
mashina kodiga o’girib amalga oshiradi.
Java dasturini bajarish uchun quyidagilarni bajarish kerak bo’ladi. Dasturchi birlamchi kodni
java kengaytmali faylga saqlaydi. So’ng, Java kompilyatori yordamida birlamchi kodni
kompilyatsiya qilib class kengaytmali fayl xosil qiladi. Xosil bo’lgan faylni Java interpretatori
Java dasturlash tilida dastur tuzish va uni ishga tushirish jarayonini quyidagi misol
yordamida ko’rib o’tamiz. Ushbu misolda keltirilgan kod sintaksisi va operatorlariga emas, balki
dastur tuzish va ishga tushirish jarayoniga e’tibor qilamiz. Shartli ravishda dasturlash jarayonini
3 boshqichga bo’lib olamiz:
1-bosqich. Dasturchi dastur birlamchi kodini tuzib Hello.java fayliga saqlaydi. Birlamchi
kodni odatda biron-bir sodda matn muharriri yordamida kiritiladi, masalan Windo ws operatsion
2-bosqich. Hello.java faylini javac Java kompilyatori yordamida bayt-kodga o’giriladi.
3-bosqich. Hello.class bayt-kodni interpretator, Java virtual mashinasi yordamida ishga
Javaning qisqacha tarixi
Java dasturlash tilining trarixi 1991 yilga boradi. Sun Microsystems kompaniyasining
muhandislari, Patrick Naughton va James Gosling, kabel televideniyasi qurilmalarida ishlatish
uchun kichik dasturlash tilini yaratmoqchi qo’lishadi. Ushbu qurilmalarning hisoblash quvvati va
xotirasi kichik bo’lgani uchun ularga mo’ljallangan dastur ihcham bo’lishi kerak bo’lgan.
Bundan tashqari turli ishlab-chiqaruvchilarning qurilmalari har-xil protsessor ishlatishi mumkin
bo’lganligi uchun dasturlash tili bir qurilma arxitekturasiga bog’liq bo’lib qolmasligi ham kerak
edi. Proyekt “Green” deb nom oldi.
Paskal dasturlash tilining asoschisi Niklaus Wirth birinchi bor portativ dasturlash tilini
yaratish g’oyasi bilan chiqqan. Ushbu dasturlash tilida abstrakt mashina (ko’p xollarda bular
virtual mashina deb ataladi) uchun dastur kodi generatsiya qilinib, keyin esa ushbu dastur kodi
o’ziga mos interpretatori mavjud barcha mashinada ishlatilishi mumkin edi. “Green” proyekt
muhandislari yaratayotgan dasturlash tilida virtual mashina va Paskal dasturlash tilidan farqli
o’laroq obyektlarga ihtisoslashish printsiplarini qo’llab yangidasturlash tilini yaratdilar.
Yaratilgan dasturlash tili Java deb nomlandi.
1996 yilda Sun kompaniyasi Java dasturlash tilining birinchi versiyasini chiqardi. Java 1.0
versiyasi imkoniyatlari unchalik ko’p bo’lmasada, 1998 yilda keyingi Java 1.2 versiyasida
oldingi kamchiliklar to’ldirilib qo’shimcha imkoniyatlar qo’shildi. Ushbu versiyadan boshlab
Java dasturlash tillari qatorida barqarorlashdi va rasman Java 2 deya nomlana boshlandi. Java 1.3
va 1.4 versiyalarida muhim o’zgarishlar bo’lmasada Java 2 imkoniyatlari yaxshilandi va standart
kutubxona kengaytirildi. 2004 yilda e’lon qilingan Java 1.5 versiyasida dasturlash tiliga ko’pgina
kontseptual o’zgarishlar qo’shildi va rasman Java 5.0 deb nomlandi. Bundan tashqari Java
dasturlash tilining shaxsiy kompyuterlar uchun “Standart versiyasi”, mobil va kichik qurilmalar
public class Hello
public static void main(String[] args)
Java dasturlash tili qo llanma
turli tillarda dasturiy ta’minotni ishlab chiqish uchun ishlatiladigan ramka deb ataladi. U tillarning o’zaro ishlashini ta’minlaydi, chunki har bir til boshqa tillarda ishlatilishi mumkin. Nuqtali tarmoq ramkasi Framework Class Library (FCL) deb nomlangan sinf kutubxonasidan iborat. NET Framework dasturiy ta’minotni yaratish uchun platformadir. Bu tilning o’zi emas. NET Frameworkda dasturiy ta’minotni yaratish uchun ishlab chiquvchilarning asosiy (lekin yagona emas) tillari C# va Visual Basic hisoblanadi.
Anvar Narzullayev
Anvar Narzullayev kurslari, Python kurslari, Algoritmlarni o’rganish
Backend dasturlash
Kompyuter dunyosida “backend” veb-sayt yoki dasturiy ta’minot dasturining foydalanuvchilar ko’rmaydigan har qanday qismiga ishora qiladi. . Backend jarayonlariga misollar: kiruvchi veb-sahifa so’rovini qayta ishlash. HTML yaratish uchun skriptni ishga tushirish (PHP, ASP, JSP va boshqalar). SQL so’rovlari yordamida ma’lumotlar bazasidan maqola kabi ma’lumotlarga kirish. Backend Development, shuningdek, server-side development sifatida ham tanilgan. . Backend ishlab chiquvchilari tomonidan yozilgan kod brauzerlarga ma’lumotlar bazalari bilan aloqa qilishda va ma’lumotlarni ma’lumotlar bazasida saqlashda, ma’lumotlar bazasidan ma’lumotlarni o’qishda, ma’lumotlarni yangilashda va ma’lumotlar bazasidan datalarni yoki ma’lumotlarni o’chirishda yordam beradi.
Bepul kurslar
Data Science
Data science – bu ko’rinmas naqshlarni topish, mazmunli ma’lumotlarni olish va biznes qarorlarini qabul qilish uchun zamonaviy vositalar va usullardan foydalangan holda katta hajmdagi ma’lumotlar bilan shug’ullanadigan tadqiqot sohasi. Data science bashoratli modellarni yaratish uchun murakkab mashinani o’rganish algoritmlaridan foydalanadi. Tahlil uchun ishlatiladigan ma’lumotlar turli xil manbalardan olinishi va turli formatlarda taqdim etilishi mumkin.
Database
Database – bu odatda kompyuter tizimida elektron shaklda saqlanadigan tuzilgan ma’lumotlar yoki ma’lumotlarning uyushgan to’plami. Database odatda ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (DBMS) tomonidan boshqariladi. . Aksariyat maʼlumotlar bazalari maʼlumotlarni yozish va soʻrov qilish uchun tuzilgan soʻrovlar tilidan (SQL) foydalanadi.
DevOps
DevOps – bu tashkilotning ilovalar va xizmatlarni yuqori tezlikda yetkazib berish qobiliyatini oshiradigan madaniy falsafalar, amaliyotlar va vositalarning kombinatsiyasi: mahsulotlarni an’anaviy dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va infratuzilmani boshqarish jarayonlaridan foydalanadigan tashkilotlarga qaraganda tezroq rivojlanish va takomillashtirish.
Farhod Dadajanov
Farhod Dadajanov
Qaysi dasturlash tilidan boshlashim kerak?
Sentabr 8, 2021
Har bir dasturlashni o’rganishni boshlayotgan inson ushbu savolga javob qidiradi. Ular notog’ri tanlov qilib qo’yishdan havotir olishadi. Bu maqolada men sizga shu qarorni qabul qilishda bir nechta amaliy mulohazalar orqali ko’maklashishga harakat qilib ko’raman.
Ingliz Tili
Ingliz tilisiz iloji yo’q. Juda ham qiyin bo’ladi.
Dasturlash Tilini Esa Farqi Yo’q
Yanada tushinarliroq bo’lishi uchun yana bir bor qaytaraman: qaysi tilni birinchi bo’lib o’rganishingiz siz o’ylaganchalik muhim emas. Hozir nimagaligini tushintirishga harakat qilib ko’raman.
Buning eng asosiy sababi hozirgi mashxur dasturlash tillarining ko’pchiligi bir biriga juda o’xshash. Ha, ularning sintaksisi boshqacha va ularda butunlay farqli hususiyatlar bo’lishi mumkin. Lekin ularning asosi bir.
Masalan, tillarning deyarli hammasida «loop»lar, «if statement»lar, funksiya va metodlar kabi konstruktsiyalar bor. Shunaqangi tillar borki, siz bittasini o’rgansangiz, ikkinchisining sintaksisini deyarli bilgan hisoblanasiz. Java va C# shunday tillarga misol bo’la oladi.
Shundan hulosa qilib aytishimiz mumkinki, bitta dasturlash tilini o’rganganingizdan keyin, ikkinchisini o’rganish ancha osonroq bo’ladi. Ikkinchi yoki undan ko’proq tillarni o’rganganingizda ulardan keyingi tillar sezilarli darajada osonroq bo’ladi.
Bu siz bitta tilni o’rganganingizdan keyin u sizga yoqmay qolsa yoki ish joyingizda boshqa tilni ishlatishga majbur bo’lsangiz sizga katta qiyinchilik tug’dirmaydi. Siz ishning eng qiyin qismini qilib bo’ldingiz. Dasturlashning asosini yaxshi o’rganib bo’lgansiz. Yangi tilga o’tish birinchisidek qiyinchilik tug’dirmaydi.
Ishonmaysizmi? Isbotlashga harakat qilib ko’raman.
Quyidagi rasmda Google kompaniyasidagi vakansiyani tafsilotlarini ko’rishingiz mumkin:
Qaysi dasturlash tilidan boshlashim kerak? 5
Bunisi esa Microsoft kompaniyasidagi vakansiya:
Qaysi dasturlash tilidan boshlashim kerak? 6
E’tibor berdingizmi? Bu kompaniyalar yaxshi dasturchi bitta til bilan cheklanib qolmasligini va kerak bo’lsa yangi tillarni o’rganib ketishlarini bilishadi. Hattoki intervyu paytida siz odatda hohlagan tilingizni tanlab o’tishingiz mumkin.
Albatta istisnolar bor, ayniqsa O’zbekistondagi kompaniyalarda. Lekin ko’pchilik yaxshi IT kompaniyalarda holat tepada tasvirlanganidek.
Birinchi Tilni Tanlash
Ho’p unchalik ham katta farqi yo’qligini tushindik. Lekin baribir ham qayerdandir boshlashingiz kerak. Sizning o’rningizda bo’ganimda quyidagilarga e’tibor bergan bo’lardim.
Tilga Bo’lgan Talab
Agar siz shu tilni o’rgansangiz, ish topa olasizmi?
Deyarli barcha dasturlash tillari uchun hozirgi kunda ish talaygina. Lekin bu sizning birinchi tilingiz bo’lgani uchun men eng mashxurlaridan tanlagan bo’lar edim. Menimcha bular quyidagilar:
Bu tillarni biladiganlar uchun dasturchilardan ko’ra ish ko’proq. Shunchalik talab kuchli.
Tilning kelajagi
Bu til kelajakda ham ishlatilishda davom etiladimi?
Masalan, Objective-Cni o’rganish yaxshi fikrdek tuyilmaydi menga. Chunki iOS va Mac uchun hozir asosan Swift dasturlash tilida yoziladi. Appleni o’zi ham Swift dasturlash tiliga katta e’tibor qaratmoqda.
Albatta kelajakda nima bo’lishini hech kim bilmaydi. Lekin statistikaga va trendlarga qarab qo’yish zarar qilmaydi.
Qaysi Texnologiyalarga Qiziqishingiz
Siz o’zingiz uchun qiziq bo’lgan texnologiyadan boshlasangiz, til tanlash ancha oson bo’ladi.
Android sistemasi uchun dasturlash qiziqmi? Java yoki Kotlinni o’rganing.
iOS qiziqroqmi? Swiftni o’rganish juda ham yaxshi fikr.
Backend? Bu yerda variantlar ko’p va har biri uchun talab katta: Python, Java, Ruby, JavaScript va hokazo.
Frontend? Bu yerda variantingiz bitta: JavaScript.
Tilning Qanchalik Qiyinligi
Qaysidir dasturlash tillari boshqalariga solishtirganda sal qiyinroq. C va C++ shunday tillarga misol bo’la oladilar. Qo’lda xotirani boshqarish, «pointer»lar va boshqa qiyin konstruksiyalar endi boshlayotgan yosh dasturchini demotivatsiya qilib qo’yishi mumkin. Ikkalasi ham buyuk tillar lekin birinchi til sifatida eng zo’r variant bo’lmasligi mumkin.
Python, Java yoki Ruby menimcha ancha osonroq bo’ladi.
Til Bo’yicha Resurslar
Siz shu til bo’yicha yetarlicha kitoblar, maqolalar va video darslar topa olasizmi?
Sizda kerakli uskunalar bormi? Masalan iOS sistemasi uchun dasturlashda Apple kompyuterlari kerak bo’ladi. 3D o’yinlarni dasturlash uchun grafik kartasi kuchli bo’lgan kompyuter talab qilinadi. Virtual Reality uchun esa mahsus VR uskunalar talab qilinadi.
JavaScript uchun esa bitta browserni o’zi yetarli.
Xulosa
Shuncha gapni qisqaroq qilib aytadigan bo’lsam, siz qaysi texnologiyaga qiziqishingizni aniqlang va shunga asoslanib tilni tanlang. Ko’p o’ylanib o’tirmang. Bittasini tanlangda shu tilni mukammal o’rganing. Boshqa tillarga o’tish keyinchalik oson bo’ladi.
Word-da jadvalni qanday tuzish mumkin: oddiy va murakkab ma’lumotlar qatorini yaratish va tahrirlash bo’yicha bosqichma-bosqich ko’rsatmalar
Kompyuterni endi o’rganayotgan odam ham, kompyuterga o’rnatilgan dasturlarda oddiy matn yozishni bilishadi. Lekin, bu matnga turli rasmlar va jadvallar qo’shish, matnning yon tomon masofalarini o’zgartirish, nomer bilan yozish kabi funktsiyalarini qanday ishlatishni har kim ham bilavermaydi.
Bu funksiyalarni qanday ishlatishni bilish uchun esa, alohida bilimga ega bo’lish kerak bo’ladi. Aks holda bu funksiyalarni qidirib topish uchun, juda ko’p vaqt sarflashingiz aniq.
Men anchadan buyon Microsoft Office dasturlarida ishlab kelayapman va bugun sizlarga Wordda ishlash texnologiyasi bo’yicha o’zimning bilganlarimni o’rgatmoqchiman.
Ya bugun, Word va Google documentda jadvalni qanday qilish kerak, turli bo’limlarni qanday qo’shish va o’chirish kerak, enini almashtirish, ma’lumotlarni xonalarda to’g’ri joylashtirish va boshqa imkoniyatlari va bu dasturlarda ishlash asoslari, sirlarini o’rganamiz.
Shuni aytishim kerakki, Microsoft Office dasturi moliyaviy ishlarni bojarishda juda qo’l keladi, qayerlarda va qanday? Maqola davomida…
Maqola mundarijasi ( Ochish / Yopish )
- Word-da jadval tayyorlash: qadamba qadam qo’llanma
- Oddiy jadvalni qanday tez tayyorlash mumkin
- Ikkinchi oddiy yo’l
- Jadvalni qo’limizda chizamiz
- Tayyor matnni jadvalga qanday aylantirish mumkin
- Matn hujjatida, ya’ni Wordda turib Excel elektron jadvalini yaratamiz
- Tayyor shablonlardan foydalanish
- Jadvalni qanday tahrirlash mumkin
- Alohida elementlar qanday qo’shiladi va o’chiriladi
- Boshqa sozlamalar
- Tashqi ko’rinishini qanday o’zgartirish mumkin
- Google Documentda jadval qanday tuziladi
- Xulosa
Word-da jadval tayyorlash: qadamba qadam qo’llanma
Word dasturini oching va yuqoridagi asosiy menyuga qarang. Bu yerdan bizga “Вставка” bo’limi kerak:
Men Office 365 versiyasidan foydalanaman, bu versiya 2016 yil versiyasidan hech qanday farq qilmaydi. Agar sizda ancha oldingi versiya bo’lsa ham farqi yo’q. Menyusi bir oz boshqacha bo’lishi mumkin, sizning vazifangiz “Вставка” yoki “Втавить” tugmasini topish.
Bu yerdan “Таблица” bo’limiga bosing. Yangi oyna ochiladi va siz bu yerdan quyidagi amallarni bajarishingiz mumkin:
- Bir marta bosish orqali 10×8 o’lchamli bo’sh xona tuza olasiz, bu xonachaning o’lchamini o’zgartirishingiz mumkin, qanday o’zgartirish haqida bir oz keyinroq gaplashamiz;
- Kerakli bo’lim va xonalarni tuzishingiz mumkin;
- Xohishingizga qarab xohlagan shaklni chizishingiz mumkin;
- Allaqachon yozilgan matnni jadvalga aylantirish;
- Word dasturining o’zida turib Excel dasturini ochib ishlash mumkin, agar sizga qulay bo’lsa, yoki, shunga o’rgangan bo’lsangiz;
- Dasturda ko’rsatilgan tayyor shablonlardan foydalanishingiz yoki, o’zingiz tuzishingiz mumkin.
Endi har bir bo’limni alohida ko’rib chiqamiz.
Oddiy jadvalni qanday tez tayyorlash mumkin
Eng oson yo’li – bu, menyuda tushadigan kichik xonachalardan belgilab olishdir. Tikka va tekis yotiq bo’lgan xonachalardan o’zingizga keragini belgilab olishingiz mumkin. Masalan, 3 ga 4 qilib belgilaydigan bo’lsak, 12 ta bir xil xonadan tashkil topgan jadvalga ega bo’lamiz.
Keyinchalik bu xonalarni kengaytirish yoki kichraytirish mumkin:
Ikkinchi oddiy yo’l
Yana menyuga boramiz va “Вставить таблицу…” bo’limiga bosamiz:
Sizga yangi oyna ochiladi va siz u yerdan jadvalning necha xonadan tashkil qilinishini va o’lchamlarini o’zgartirishingiz mumkin:
Jadvalni qo’limizda chizamiz
Menimcha bu eng qiyin yo’li, chunki bu usuldan aslida, eng murakkab jadvallarni tuzishda foydalaniladi.
Buning uchun menyudagi kerakli bo’limni tanlaymiz:
Endi qalam bilan ramka chizamiz va keyin, bo’laklarga bo’lib chiqasiz. Bu usulda xohlagan jadvalni chizish mumkin. Chizish jarayonida, asosiy menyuda “Макет” bo’limi ochiladi. Bu oynadan o’lchamlari bir xil bo’lgan xonalarni tezda tashkil qilish mumkin. Bu imkoniyatlarni maqola davomida tushunib olasiz…
Tayyor matnni jadvalga qanday aylantirish mumkin
Bu funksiya, tayyor jadvalni ma’lumot bilan to’ldirishni yoqtirmaydiganlar uchun, matnni tezda yozib, keyin uni jadvalga aylantirish imkonini beradi. Shuningdek bu usulni, qog’ozga yozilgan matnni kompyuterga kiritib, uni jadvalga aylantirishda ishlatish mumkin.
Barchasi to’g’ri yozilishi uchun, har bir katakchani quyidagi prinsiplar asosida yozing:
- Yangi qatordan;
- Nuqta-vergul bilan ajrating;
- Tabulyatsiya yorlig’i bilan, ya’ni klaviaturadagi Tab tugmachasini bosib;
- Siz tanlagan har qanday belgi orqali.
Asosiysi, chalkashmaslik va tartibni yuqoridan pastga va chapdan o’ngga, ya’ni, chiziqlar bo’ylab tanlangan ajratuvchi yordamida barcha ma’lumotlarni yozib olishlik. Ko’pincha men yangi ustun tarkibini “Enter” tugmachasini bosib yozaman, chalkashib ketmaslik va ma’lumotlar miqdorini boshqarish osonroq bo’ladi.
Keyin yozilgan matnni belgilaysiz va menyudan “Переобразовать в таблицу…” yozuviga bosasiz:
Ochilgan oynada matn uchun kerakli katakchalar miqdorini dasturning o’zi tanlab oladi. Keyin, katakchalarning kerakli enini dasturning o’zi belgilashini va so’zlarni qanday belgilar ajratib turishini belgilaysiz. Keyin esa, “OK” tugmasini bosasiz va tayyor to’ldirilgan jadvalga ega bo’lasiz:
Matn hujjatida, ya’ni Wordda turib Excel elektron jadvalini yaratamiz
Excel nimasi bilan qiziq? Word-da bo’lmagan, filtrlash imkoniyati va ma’lumotlarning qatorini tashkil qilish, sodda va murakkab hisoblar qilish, grafik chizish funksiyalari mavjud. Shuning uchun, agar bizga nimanidir hisoblab uni matnga kiritish kerak bo’lsa, biz menyuni ochamiz va kerakli bo’limga bosamiz:
Bizga, 10 ga 7 bo’lgan katakchali yangi oyna ochiladi. Bu oyna bilan ishlash Excelda ishlash metodikasiga o’xshab oddiy va oson:
Bu oynada siz, kerakli ma’lumotlarni o’zgartirib bo’lganingizdan keyin, oynadan tashqari joyga sichqonchani bir marta bosish orqali Worddagi matn ustida ishlashni davom ettirishingiz mumkin.
Bu oynadagi malumotlarni qayta o’zgartirish uchun esa, ma’lumot ustiga ikki marta bosish orqali yana oyna paydo bo’ladi va siz ma’lumotga o’zgartirish kiritishingiz mumkin.
Tayyor shablonlardan foydalanish
Wordda sizga kerak bo’lishi mumkin bo’lgan tayyor shablonlar mavud. Bulardan foydalanish uchun, menyudan “Экспресс-таблицы” bo’limiga bosamiz. Va bizga tayyor shablonlar oynasi ochiladi, xohlaganimizni tanlab ma’lumotlarimizni kiritishimiz mumkin:
Siz o’zingiz tayyorlagan jadvalni boshqa hujjatlarda ishlatish uchun, ushbu shablonlar safiga qo’shib qo’yishingiz mumkin. Turli hujatlarda bir xil jadval ishlatish kerak bo’lgan hollarda bu funksiya juda qo’l keladi.
O’zingizning jadvalingizni shablonlar safiga qo’shish uchun, jadvalni kerakli ma’lumotlaringiz bilan to’ldiring va uni belgilab, menyudagi “Экспресс-таблицы” bo’limi ustiga kursorni olib boring va ochilgan oynadan “Cохранить выделенный фрагмент в коллекцию экспресс-таблиц…” ga bosing va sizning jadval shablonlar safida saqlanib qoladi:
Jadvalni qanday tahrirlash mumkin
Jadvalni tuzganingizdan keyin, xohlagan paytingizda unga o’zgartirish kiritishingiz mumkin. Bu ishni amalga oshirish uchun, jadval ustiga bir marta bosing va menyudagi “Макет” yozuvi ustiga bosing. Paydo bo’lgan menyudan xohlagan o’zgartirishni kiritishingiz mumkin:
Alohida elementlar qanday qo’shiladi va o’chiriladi
Bu eng kerakli bo’lgan funksiyalardan biridir. Kursorni o’chirish kerak bo’lgan katakcha ustiga qo’ying va “Удалить” tugmasiga bosing.
Ochilgan oynadan, aynan nimani o’chirish kerakligini tanlang:
- Одну графу – Bitta ustun,
- Весь стобец – Butun ustun,
- Строку – Bir qator
- Таблицу –
Katakchani o’chirayotganingizda, dastur sizga qaysi yo’l bilan o’chirishni taklif qiladi:
- Cдвигая данные влево или вверх; – ma’lumotlarni chapga yoki yuqoriga o’tkazish;
- Удаляя целиком строку или столбец – butun satr yoki ustunni o’chirish.
Agar siz birinchi yo’lni tanlasangiz, belgilangan qator yoki ustun boshqalariga qaraganda bitta ustunga kamayadi. Amaliyotda manabunday ko’rinishda bo’ladi:
Alohida bitta katakcha qo’shib bo’lmaydi. Kursor turgan joydan bir qator yuqoriga yoki pastga va ustundan chapga yoki o’ngga siljish orqali qo’shiladi.
Eslatma: Bir nechta satr qo’shish uchun, gorizontal yoki vertikal ravishda, shuncha katakcha belgilang.
Boshqa sozlamalar
Bulardan tashqari siz, quyidagi sozlamalarni amalga oshirishingiz mumkin:
- Belgilangan katakchalarni birlashtirish yoki ajratish, yoki, jadvalning bir qismini ikkinchi qismidan ajratish
- Qator va ustunlarning enini va balandligini sozlash
- Matnni katakchaning bir tarafiga yoki o’rtasiga joylashtirish
- Parol yozish
- Tarkibga matematik formulalarni qo’llash yoki, bo’limlarni saralash.
Barcha sozlamalar ko’z oldingizda, barchasini eksperiment qilib, tajribangizni oshirishingiz mumkin:
Bundan tashqari, jadvalning o’rinlarini almashtirishingiz mumkin. Buning uchun sichqonchani jadval ustiga olib boring va chap tomon yuqorisida joylashgan + belgisidan sudrab, istagan joyga qo’yishingiz mumkin. Boshqa yo’li: kerakli obektni belgilang va klaviaturadan “Ctrl + X” ga bosing va kursorni kerakli joyga qo’yib “Ctrl + V” ga bosing:
Tashqi ko’rinishini qanday o’zgartirish mumkin
Siz nafaqat element va jadvalni butunligicha tahrirlashingiz mumkin, balki, tashqi ko’rinishini ham o’zgartirishingiz mumkin. Buning uchun obekt ustiga bosing va menyudan “Конструктор таблиц” menyusiga o’ting:
- Yuqoridagi rasmda ko’rsatilgan shablonlardan foydalanishingiz mumkin
- Xohlagan rangga bo’yashingiz mumkin
- Tashqi ko’rinish chegaralarini o’zgartirishingiz, ularni qo’shish va o’chirishingiz mumkin.
Bu sozlamalar orqali hujjatni chiroyli ko’rinishga va o’qish juda qulay bo’lgan holatga keltirish mumkin.
Google Documentda jadval qanday tuziladi
Microsoft Wordga alternativ yana shunday dastur borligini bilarmidingiz? Ha shunday dastur mavjud. Bu, internetda saqlanadigan Google Documentdir. Googleda akkaunti bo’lgan har qanday shaxs bu dasturdan foydalanishi mumkin.
Asosiy qulayligi: turli kompyuterlardan turib, bir hujjat ustida ishlash va boshqa internet foydalanuvchilar bilan birga bir hujjat ustida ishlash yoki ko’rsatish imkoni borligi. Keyingi paytlarda, Wordga qaraganda, men ko’proq shu dasturdan foydalanaman. Sizga ham tavsiya qilaman, qulayliklari juda ko’p.
Bu yerda eng kerakli bo’lgan funksiyalari juda ko’p. Jadvalni tuzish uchun, yuqori panelda joylashgan “Вставка” tugmasiga bosib, “Таблица” bo’limidan kerakli qator va ustunlar sonini belgilaysiz:
Xulosa
Biz Wordda jadval qilishning bir nechita yo’llarini ko’rib chiqdik, jadvalni to’ldirish va tahrirlashni, aformit qilishni o’rgandingiz. Umid qilamanki, bu qo’llanma sizga yordam beradi. Agar muammo bo’lib qolsa, izohlarda bemalol so’rashingiz mumkin. Men yordam berishga harakat qilaman.
Maqolani zakladkaga olib qo’yishlaringizni tavsiya qilaman, chunki, bir marta o’qiganingiz bilan barchasini esingizda saqlay olmaysiz. Uzinterbiz saytining yangi maqolalariga obuda bo’ling.
Bu dastur haqidagi keyingi maqolalarimizda, bo’limlar, diagrammalar, fayllar va boshqa sirlari haqida gaplashamiz.
Biz bilan siz, turli dasturlar, xizmatlar, web saytlar, kompyuter, telefon va internet haqidagi turli sir asrorlarini o’rganasiz va chinakamiga foydalanishni boshlaysiz. Shunday ekan biz bilan birga bo’ling va fikr mulohazalaringizni komentariyalarda qoldiring!
O’qish va ishlaringizda barchangizga omad tilayman, xayr!