Davlat va huquq asoslari, 11 sinf, Ismatova N, Karimova O, 2018
1. Qasddan odam o‘ldirish (Jinoyat kodeksining 97-moddasi).
2. Kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o‘ldirish (Jinoyat kodeksining 98-moddasi).
3. Onaning o‘z chaqalog‘ini qasddan o‘ldirishi (Jinoyat kodeksining 99-moddasi).
4. Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o‘ldirish (Jinoyat kodeksining 100-
moddasi).
5. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib,
qasddan odam o‘ldirish (Jinoyat kodeksining 101-moddasi).
6. Ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirish (Jinoyat kodeksining 102-moddasi).
7. O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish (Jinoyat kodeksining 103-moddasi).
M. H. Rustamboyev, B. J. Ahrorov jinoyat huquqi
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki davrlaridan boshlab olib borilayotgan sud-huquq
islohotlarining mohiyati, avvalo, qonunlarni, shu jumladan, jinoyat qonunlarini ham takomillashtirish, inson
huquqlarini himoya qilishning oliy darajasini yaratish bilan bog‘liqdir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov
davlatimizning ichki va tashqi siyosati, mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, huquqiy sohalardagi
islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha asosiy vazifalar to‘g‘risidagi ma’ruzasida uzoq muddatga mo‘ljallangan
dasturulamal nazariy fikr va g‘oyalarni bildirdi
1
.
Jamiyatimizda ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni yanada rivojlantirish va ularni takomillashtirish
asoslarining tub zaminiga to‘xtalib, Prezidentimiz jamiyatimizni demokratlashtirish va yangilanish
konsepsiyasini, shuningdek, mamlakatimizni 2005-yil va kelgusi davrda modernizatsiya va isloh qilish
bo‘yicha asosiy vazifalarga to‘xtalib, bizning asosiy uzoq muddatli va strategik vazifamiz — demokratik
davlat, fuqarolik jamiyati qurish jarayonlari va bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, odamlar ongida
demokratik qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidan og‘ishmay, izchil va qat’iyat bilan borish lozimligini
ta’kidladi. Yurtboshimizning 2005-yil 1-avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosini bekor qilish
to‘g‘risida»gi hamda 2005-yil 8-avgustdagi «Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga o‘tkazish
to‘g‘risida»gi Farmonlari sud-huquq tizimini liberallashtirish yo‘lidagi muhim bosqichga asos soldi.
Farmonlarda 2008-yil 1-yanvardan boshlab, o‘lim jazosini bekor qilish va jinoyat sodir etishda gumon qili-
nayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarni qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlar vakolatiga
o‘tkazilishi qayd etilgan.
O‘zbekiston Respublikasining «Тa’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ga
muvofiq, yuksak malakali, bilimli yetuk kadrlarni tayyorlashning asosiy bo‘g‘ini – o‘rta maxsus ma’lumotli
mutaxassislar tayyorlash hisoblanadi.
Jamiyatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlarining tarkibiy qismi bo‘lgan jinoiy jazolarning
liberallashtirilishi jinoyat huquqi fani va jinoyat qonunlarining yanada chuqurroq o‘rganilishini taqozo etadi.
Ushbu darslik ham talabalarga jinoyat huquqi «Maxsus» qismidan keng, batafsil bilim berishga
mo‘ljallangan. Darslikdagi mavzular O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga 2006-yil 1-yanvargacha
kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar hisobga olingan holda yoritilgan. Xususan, jinoiy jazolarning
liberallashtirilishi munosabati bilan jinoyatlarning tasnifi, yarashilganligi munosabati bilan jinoiy
javobgarlikdan ozod qilish, jazo tizimini liberallashtirish masalalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
plenumi qarorlarini, sud-tergov amaliyotini tahlil etish asosida yoritib berilgan. Shuningdek, Jinoyat
kodeksining «Maxsus» qismiga taalluqli bo‘lgan shaxsga qarshi qaratilgan jinoyatlar, tinchlik va xavfsizlikka
qarshi jinoyatlar, iqtisodiy sohadagi jinoyatlar, ekologiya sohasidagi jinoyatlar, hokimiyat, boshqaruv va
jamoat birlashmalari organlarining faoliyat tartibiga qarshi jinoyatlar, jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga
qarshi jinoyatlar, harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarning tushunchasi, turlari, yuridik tahlili va
javobgarlik masalasiga alohida to‘xtalib o‘tilgan.
Huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati qurishning zaruriy sharti — bu qonunlarning so‘zsiz bajarilishi.
Qonunlarning bir xilda va so‘zsiz bajarilishi bo‘lajak huquqshunoslarning o‘z vazifasiga munosabati va
zimmasidagi mas’uliyatni his qilishiga bog‘liqdir. Ayniqsa, jinoyatchilikka qarshi kurash olib boruvchi
huquqni muhofaza qiluvchi organlarning bo‘lajak xodimlari, huquqshunoslarga jinoyat huquqi «Maxsus»
qismiga taalluqli bo‘lgan mavzular talabalarga tushunarli, sodda va ravon tilda bayon qilib berilgan.
1.1. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat qonunida shaxsga
qarshi jinoyatlar tushunchasi va ularning turlari
Davlatning bosh vazifalaridan biri – inson haqida g‘amxo‘rlik qilish. Binobarin, O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasida ham inson, uning shaxsiy huquq va erkinliklari mustahkamlangan.
Konstitutsiya normalarida, har qanday holatdan qat’iy nazar, shaxsning qonuniy huquq va manfaatlari
kafolatlangan va himoya qilingan. Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida
«O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili,
dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar»,
deb qayd etilgan bo‘lsa, uning 19-moddasida «Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab
qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab
qo‘yishga hech kim haqli emas», deyiladi.
Konstitutsiyaning «Shaxsiy huquq va erkinliklar», «Siyosiy huquqlar», «Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar»,
deb nomlangan boblarida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilishning huquqiy bazasi o‘z ifodasini
topgan. «Davlat, deb ta’kidlanadi Konstitutsiyaning 43-moddasida, fuqarolarning Konstitutsiya va
qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi».
O‘zbekiston Respublikasi 2001-yilga kelib, inson huquqlari va erkinliklarini o‘zida mustahkamlagan 25
ta xalqaro hujjatga qo‘shildi. Bu hujjatlar O‘zbekiston qonunlari, jumladan, jinoyat, ayniqsa, inson huquq va
erkinliklari mustahkamlangan qonunlarning yaratilishi uchun ham asos bo‘lib xizmat qildi.
Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasining 3.5-moddasida, «Fuqarolik va siyosiy huquqlar
to‘g‘risidagi xalqaro pakt»ning 6, 7, 9, 10, 11-moddalarida insonning yashash huquqi, qadr-qimmati, ozodligi
va xavfsizligi, sha’ni va obro‘yini himoya qilish kabi huquqlari mustahkamlangan. Bu xalqaro huquqiy
normalar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ham asosini tashkil qiladi.
Shaxsning huquq va erkinliklari huquqning turli sohalarining normalari bilan himoya qilinadi, lekin
jinoyat qonunlarida fuqarolarning huquq va erkinliklari buzilganligi uchun jinoiy javobgarlik belgilangan
bo‘lib, huquqning bu sohasi javobgarlikni qo‘llash orqali fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qiladi.
Jinoyat kodeksining «Shaxsga qarshi jinoyatlar» bo‘limida hayotga, sog‘liqqa qarshi, hayot yoki sog‘liq
uchun xavfli, jinsiy erkinlikka, oilaga, yoshlarga va axloqqa, shaxsning ozodligi, sha’ni, qadr-qimmatiga,
fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi qaratilgan jinoyatlar jamiyat uchun jiddiy xavf
tug‘diradi.
Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi birinchi bo‘limida shaxsga qarshi jinoyatlarning bir necha turi
uchun javobgarlik nazarda tutilgan bo‘lib, ular bevosita obyekti bo‘yicha quyidagi guruhlarga ajratilgan:
1) hayotga qarshi jinoyatlar;
2) sog‘liqqa qarshi jinoyatlar;
3) hayot yoki sog‘liq uchun xavfli jinoyatlar;
4) jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar;
5) oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlar;
6) shaxsning ozodligi, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi jinoyatlar;
7) fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar.
1.2. Hayotga qarshi jinoyatlar va ularning
umumiy tavsifi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24-moddasida «Yashash huquqi har bir insonning uzviy
huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir», deb belgilab qo‘yilgan.
Darhaqiqat, insonning hayoti va sog‘lig‘i bebaho boylik. Shaxsning bu boyliklardan mahrum etilishi yoki
ularga shikast yetkazilishi fojia hisoblanadi. Inson yashar ekan, hayotdan, uning ne’matlaridan bahramand
bo‘lib yashashga intiladi, hayotdan mahrum qilingan shaxsning o‘rnini hech narsa bilan to‘ldirib bo‘lmaydi.
Insonning sog‘lig‘iga zarar yetkazilishi unga jismoniy, axloqiy, ruhiy azoblar berib, uning hayotiy faoliyatini
cheklab qo‘yadi.
Jinoyatchi tomonidan insonning boshqa huquq va erkinliklariga tajovuzlar shaxs uchun ijtimoiy xavfi
hayotdan mahrum etishdan kam bo‘lmagan xavfni vujudga keltiradi.
Hayotga qarshi jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi yuqori ekanligi sababli, Jinoyat kodeksining
«Maxsus» qismi birinchi bobi «Hayotga qarshi jinoyatlar», deb nomlanadi.
Hayotga qarshi jinoyatlarning quyidagi turlari mavjud:
1. Qasddan odam o‘ldirish (Jinoyat kodeksining 97-moddasi).
2. Kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o‘ldirish (Jinoyat kodeksining 98-moddasi).
3. Onaning o‘z chaqalog‘ini qasddan o‘ldirishi (Jinoyat kodeksining 99-moddasi).
4. Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o‘ldirish (Jinoyat kodeksining 100-
moddasi).
5. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib,
qasddan odam o‘ldirish (Jinoyat kodeksining 101-moddasi).
6. Ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirish (Jinoyat kodeksining 102-moddasi).
7. O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish (Jinoyat kodeksining 103-moddasi).
Odam o‘ldirish jinoyatining tushunchasi, tahlili va turlari. Hayotga qarshi jinoyatlarni shartli ravishda
ikki turkumga bo‘lish mumkin:
1) odam o‘ldirish;
2) o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish.
A. Odam o‘ldirish
Odam o‘ldirish – qasddan, huquqqa xilof ravishda yoki ehtiyotsizlikdan boshqa kishini hayotdan mahrum
qilish.
Odam o‘ldirishning obyekti – boshqa kishining hayoti hisoblanadi.
Yoshi, sog‘lig‘i, yashash qobiliyatidan qat’iy nazar, har qanday kishining hayoti jinoyat qonuni bilan
qo‘riqlanadi. Shu sababli chaqaloq, keksa, sog‘lom yoki kasal odamni hayotdan mahrum qilishga qaratilgan
har qanday harakat odam o‘ldirish, deb belgilanadi.
Jinoyat huquqi nazariyasida evtanaziya, ya’ni shaxsni o‘zining roziligi bilan hayotidan mahrum etganlik
uchun javobgarlik masalasi bo‘yicha munozaralar avj olmoqda. Evtanaziyani ma’qullovchi va uni
qoralovchilar bo‘lishiga qaramasdan, uni qonuniylashtirishdan qochmoq zarur, chunki insonga hayot bir
marta beriladi. Shu bois uning yashashiga imkon yaratish lozim.
Bundan tashqari, dorishunoslik yutuqlaridan foydalanib, asta-sekin inson hayotiga chek qo‘yadigan
vositalar yaratilishiga ham yo‘l qo‘yilmoqda. Ammo insonning tabiati, uning a’zolari faoliyati hali
shifokorlar tomonidan to‘liq o‘rganilmaganligini ham e’tirof etish lozim. Ba’zan tuzalishiga hech qanday
umid bo‘lmagan kasal sog‘ayadi va o‘zining hayotiy faoliyatni to‘liq davom ettiradi. Sun’iy homila tushirish
bilan bog‘liq jinoyatni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish uchun inson hayotining boshlanishini chuqur o‘rganish
muhim ahamiyat kasb etadi.
Onadan chaqaloq tug‘ilayotgan vaqtida uning biror a’zosiga, sog‘lig‘iga shifokorning ehtiyotsizligi
natijasida shikast yetkazilsa, u Jinoyat kodeksining 102-moddasiga binoan ehtiyotsizlik orqasida odam
o‘ldirganlik uchun javobgar bo‘ladi.
Homilador ayolning roziligi bilan homila to‘liq shakllanmay turib, uning sun’iy ravishda tushirilishi
odam o‘ldirish, deb hisoblanmaydi. Bunday qilmish Jinoyat kodeksining 114-moddasi alomatlarida sodir
etilganda homiladorlik muddatidan qat’iy nazar, jinoiy ravishda homilani tushirish, deb kvalifikatsiya
qilinishi lozim.
Тibbiyot miya faoliyati butunlay to‘xtashini biologik o‘lim, deb belgilaydi. Jinoyat huquqi nazariyasi
tibbiyot xulosalariga asoslanadi. Klinik o‘limning yuzaga kelishi (yurakning to‘xtashi), bu – insonning o‘limi
degani emas, chunki tibbiyot xodimlari zamonaviy sharoitlarda yurakning ishlash faoliyatini qayta tiklash
imkoniyatiga ega. O‘lgan odamni tirik deb, uning hayotiga tajovuz qilish, o‘ldirishga suiqasd sifatida
kvalifikatsiya qilinishi kerak.
Ushbu jinoyatning obyekti boshqa kishining hayoti hisoblanadi. O‘z joniga qasd qilish jinoyat qonuni
bilan jazolanmaydigan qilmishdir. O‘zga shaxsning hayotiga boshqa shaxs kim bo‘lishidan qat’iy nazar,
uning hatto ota-onasi bo‘lsa ham, mahrum qilishga haqqi yo‘q. Inson hayoti eng muqaddas va hech qanday
boshqa narsa bilan almashtirib bo‘lmas shaxsning boyligidir.
Obyektiv tomondan odam o‘ldirish qonunga xilof ravishda boshqa shaxsni hayotidan mahrum qilishda
ifodalanadi.
O‘ldirish faol harakatlar bilan, shuningdek, harakatsizlik tufayli ham sodir etilishi mumkin. Ko‘pincha
odam o‘ldirish faol harakatlar orqali sodir etiladi, ya’ni bunda aybdor jabrlanuvchiga o‘z xususiyatiga ko‘ra,
shaxsni o‘ldirishi mumkin bo‘lgan muayyan tan jarohatlarini yetkazishdek (har qanday qurol-ashyodan
foydalanish, bo‘g‘ish, kuydirish, zaharlash, elektr toki bilan ta’sir ko‘rsatish, o‘ta issiq yoki o‘ta sovuq
havoda ochiq yerda qoldirish) jismoniy ta’sir ko‘rsatadi. Bu jinoyat ayrim hollarda jabrlanuvchiga ruhiy ta’sir
qilish (sud amaliyotida o‘limning qo‘rqitish tufayli ro‘y berganlik holatlari ham ma’lum) yo‘li bilan ham
sodir qilinishi mumkin.
Odam o‘ldirish harakatsizlik natijasida sodir etilganida, shaxs o‘z xizmat vazifasi bilan bog‘liq yoki
bajarish imkoniyati bo‘lgan harakatlarni amalga oshirmaydi. Demak, harakatsizlik tufayli odam o‘ldirish
faqat shaxsning o‘z vazifasini bajarmasligi yoki o‘limning oldini olishi mumkin bo‘lgan hollarda harakat
qilmasligi bois sodir etiladi.
O‘zga shaxsning joniga qasd qilgan aybdor nazarda tutilganidan boshqa kishining hayotiga g‘ayriqonuniy
qasd qilsa, ya’ni jabrlanuvchining shaxsiga nisbatan adashsa, bu hol jinoyatning kvalifikatsiyasiga ta’sir
qilmaydi va aybdorning qilmishi odam o‘ldirish, deb kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Odam o‘ldirish moddiy tarkibli jinoyat bo‘lib, uni tugallangan, deb topish uchun jabrlanuvchining o‘limi
sifatidagi jinoiy oqibat ro‘y bergan bo‘lishi lozim. Bunday oqibatning ro‘y bermaganligi odam o‘ldirishni
tugallanmagan, ya’ni odam o‘ldirishga tayyorgarlik yoki unga suiqasd deb, Jinoyat kodeksining 25-moddasi
orqali aybdorni javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
Shaxsni tamom bo‘lgan odam o‘ldirganlik uchun javobgarlikka tortish uchun jinoiy qilmishi bilan ro‘y
bergan o‘lim orasidagi sababiy bog‘lanishning mavjudligini aniqlash zarurdir. Qilmish va o‘lim o‘rtasida
sababiy bog‘lanishning yo‘qligi shaxsni odam o‘ldirish uchun javobgarlikka tortishni istisno qiladi, mazkur
qilmish jabrlanuvchining sog‘lig‘iga turli darajadagi shikast yetkazganlik uchun javobgarlik belgilangan
moddalardan biri bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Aybdor o‘zining sodir etayotgan qilmishi natijasida qanday oqibat ro‘y berishini bilib harakat qilsa-yu,
ammo uning irodasiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra, jabrlanuvchi tirik qolsa, uning harakati odam
o‘ldirishga suiqasd, deb topiladi.
Odam o‘ldirish, albatta, qonunga xilof bo‘lishi kerak. Zaruriy mudofaa (Jinoyat kodeksining 37-
moddasi), oxirgi zarurat (Jinoyat kodeksining 38-moddasi), buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish (Jinoyat
kodeksining 40-moddasi) holatlarida shaxsni hayotdan mahrum etish jinoyat hisoblanmaydi.
Jabrlanuvchini uning iltimosiga ko‘ra (tuzalmas dardga yo‘liqqan kasalning kimdandir o‘zini zahar berib
o‘ldirishni iltimos qilishi va h.k.) o‘ldirgan shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod qilinmaydi. Duelda odam
o‘ldirish bugungi kunda uchramaydi, lekin shunday hodisa ro‘y bersa, aybdor qasddan odam o‘ldirganlik
uchun javobgarlikka tortiladi.
Subyektiv tomondan odam o‘ldirish qasddan yoki ehtiyotsizlikdan sodir etilishi mumkin va ayb shakli
aniqlanishi lozim. Odam o‘ldirish to‘g‘ri va egri qasd bilan sodir etilishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi plenumining «Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti
to‘g‘risida»gi qarori 4-bandi, 2-qismida: «Aybdorning qasdi nimaga qaratilganligi to‘g‘risidagi masalani hal
etish qilmishning barcha holatlari majmuyidan kelib chiqishi, xususan, jinoyatni sodir etish usuli va quroli,
tan jarohatlari soni, xususiyatlari va o‘rni (masalan, odam hayoti uchun muhim a’zolarning jarohatlanganligi,
jinoiy harakatlar to‘xtashi sabablari, shuningdek, aybdor va jabrlanuvchining jinoyat sodir etgunga qadar
bo‘lgan fe’l-atvori. O‘zaro munosabatlari, aybdorning jinoyat sodir etilgandan keyingi harakatlari xususiyati
e’tiborga olinishi lozim»
1
ligi ko‘rsatilgan.
Yuqorida sanab o‘tilgan holatlar aniqlanishi aybdorning qasdi bilan o‘lim o‘rtasidagi bog‘liqlikni
aniqlash imkonini beradi. Masalan, aybdor shaxsga tajovuz qilayotgan vaqtda o‘qotar quroldan foydalanib,
yaqin masofadan jabrlanuvchining yuragini mo‘ljallab o‘q uzgan, ammo jabrlanuvchi o‘lmagan bo‘lsa,
aybdorning qilmishi badanga shikast yetkazish, deb emas, balki qasddan odam o‘ldirishga suiqasd, deb
kvalifikatsiya qilinishi lozim yoki aybdor pichoq bilan jabrlanuvchining yuragiga, bo‘yniga va boshqa hayot
uchun muhim a’zolariga ko‘pgina jarohat yetkazsa-yu, o‘lim ro‘y bermasa, bu holatlar ham aybdorning odam
o‘ldirishga qasd qilganligidan dalolat beradi.
Agar aybdor va jabrlanuvchi do‘stona munosabatda bo‘lib, bir-birini tushunib, ammo ma’lum holatlarda,
masalan, qiz bolani rashk qilish tufayli biri ikkinchisiga pichoq bilan jarohat yetkazib, shu vaqtning o‘zida
o‘z harakatlaridan pushaymon bo‘lib, jabrlanuvchiga birinchi yordam ko‘rsatgan, «tez yordam»ni chaqirgan,
uni qutqarish uchun qon topshirgan va h.k. harakatlarni qilgan bo‘lsa-da, jabrlanuvchi yetkazilgan jarohatlar
tufayli o‘lgan bo‘lsa, barcha holatlarni e’tiborga olgan holda aybdorning qilmishi Jinoyat kodeksining 97-
moddasida javobgarlik belgilangan qasddan odam o‘ldirish, deb emas, balki Jinoyat kodeksining 104-
moddasi, 3-qismi bilan, ya’ni jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast
yetkazish, deb kvalifikatsiya qilinadi.
Aybdorni odam o‘ldirganlik uchun javobgar qilish uchun aybning qasddan yoki ehtiyotsizlikdan sodir
etilganligini aniqlash zarurdir. O‘lim aybdorning qonunga xilof harakatlari tufayli ro‘y bermagan bo‘lsa, u
o‘lim ro‘y berganligi uchun javobgarlikka tortilmaydi.
Masalan, D., B., L.lar K.ning nomusiga tegib, uni daryo bo‘yida qoldirib ketishadi. Ular ketishganidan
so‘ng K. yuvinib olish maqsadida daryoning qirg‘og‘iga keladi va oyog‘i sirpanib suvga tushib ketishi
natijasida cho‘kib o‘ladi.
Dastlab D., B., L.lar guruh bo‘lib nomusga tekkanlik va qasddan odam o‘ldirganlik uchun javobgarlikka
tortiladilar. Ularning xatti-harakatlarida jabrlanuvchining ro‘y bergan o‘limiga nisbatan qasd yoki
ehtiyotsizlikning bo‘lmaganligi sababli D., B., L.larning odam o‘ldirganlik uchun jazoga hukm qilinganligi
noto‘g‘ridir. Shu munosabat bilan yuqori instansiya sudi tomonidan hukmning odam o‘ldirganlik uchun
javobgarlik belgilangan qismi bekor qilingan.
Odam o‘ldirishning subyektiv tomoni uning sodir etilish motivi va maqsadining ahamiyati kattadir. Motiv
va maqsad qilmishning kvalifikatsiyasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Yuqorida keltirilgan O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi plenumi qarorida: «Qasddan odam o‘ldirish uchun jazo tayinlashda ushbu jinoyatni
sodir etishdagi barcha holatlar: qasd turi, qotillik sabablari, maqsadi, usuli, jinoyat sodir etilgan vaziyat va
jinoyat bosqichi, shuningdek, aybdorning shaxsi, uning o‘z qilmishiga munosabati jazoni yengillashtiruvchi
va og‘irlashtiruvchi holatlar e’tiborga olinishi zarur», deb tushuntirish berilgan.
Masalan, jinoyatning o‘ch olish, rashk motivi bilan sodir etilganligi aniqlansa, aybdorning qilmishi
Jinoyat kodeksining 97-moddasi, 1-qismi bilan; odam o‘ldirish g‘araz niyatda, bezorilik oqibatidagi motiv
bilan sodir etilgan bo‘lsa, qilmish jazoni og‘irlashtiruvchi holat sifatida Jinoyat kodeksining 97-moddasi, 2-
qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Jinoyat kodeksining 97-moddasi, 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatning subyekti 13 yoshga to‘lgan aqli
raso jismoniy shaxsdir; 97-moddaning 1-qismida javobgarlik belgilangan qasddan odam o‘ldirishning
subyekti 14 yoshga to‘lgan aqli raso jismoniy shaxsdir. Kuchli ruhiy hayajonlanish holatida odam o‘ldirish
(Jinoyat kodeksining 98-moddasi); onaning o‘z chaqalog‘ini qasddan o‘ldirishi (Jinoyat kodeksining 99-
moddasi); zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o‘ldirish (Jinoyat kodeksining 100-
moddasi); ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib,
qasddan odam o‘ldirish (Jinoyat kodeksining 101-moddasi); ehtiyotsizlikdan odam o‘ldirish (Jinoyat
kodeksining 102-moddasi); o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish (Jinoyat kodeksining 103-moddasi)
jinoyatlarining subyekti 16 yoshga to‘lgan aqli raso jismoniy shaxslar hisoblanadi.
Odam o‘ldirish bo‘yicha jinoyat ishlari ko‘rilayotganida aybdor shaxsini, uning shaxsiga oid
xususiyatlarini va jabrlanuvchining xulq-atvorini chuqur o‘rganish zarurdir. Bu jinoyatning sodir etilish shart-
sharoitlari, motivini aniqlash va jinoyatni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishda ahamiyatga ega. Bu haqda Oliy sud
plenumi qarorida: «Sudlar ayni paytda jabrlanuvchining shaxsiga oid ma’lumotlar, uning sudlanuvchi bilan
o‘zaro munosabatlari, shuningdek, qotillik sodir etilmasdan oldingi xulq-atvori o‘rganilishi lozim.
Ayblanuvchi (sudlanuvchi)ning ruhiy jihatdan sog‘lomligiga shubha tug‘ilgan taqdirda, ambulatoriya yoki
statsionar sharoitida sud-psixiatriya ekspertizasi o‘tkazilishi kerak. Aybdor tomonidan Jinoyat kodeksining
97-moddasi, 2-qismida nazarda tutilgan harakatlar sodir etilganda sud-psixiatriya ekspertizasi statsionar
sharoitida o‘tkazilishi shart»
1
, deyilgan.
Jinoyatni sodir etishda bir necha kishi ishtirok etgan bo‘lsa, birgalikda odam o‘ldirishga qaratilgan
yagona qasd bilan harakat qilgan va jabrlanuvchini hayotdan mahrum etish jarayonida bevosita ishtirok etgan
shaxslargina jinoyatning ishtirokchilari, deb hisoblanadi. Agar o‘lim bir kishining harakati natijasida ro‘y
bergan bo‘lsa, ishtirokchilik belgilari bo‘lmagan hollarda qolgan kishilar odam o‘ldirganlik uchun javobgar
bo‘lmaydilar. «Bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoxud o‘sha guruh manfaatlarini
ko‘zlab sodir etilgan qasddan odam o‘ldirish jinoyatini Jinoyat kodeksining 97-moddasi, 2-qismi, «p» bandi
bilan kvalifikatsiya qilishda, har qaysi ishtirokchining jinoyatda ishtirok etganlik vazifalar o‘zaro
taqsimlangan-taqsimlanmaganligini sinchiklab tekshirish lozim»
1
. Odam o‘ldirganlik uchun jinoiy
javobgarlik ijtimoiy xavflilik darajasiga qarab O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunining bir nechta
normalarida belgilangan.
Ammo odam o‘ldirish jinoyatlari ham bir-biridan farqlanadi. Тamagirlik niyatida o‘ta shafqatsizlik bilan,
homilador ayolni o‘ldirish uchun javobgarlik nazarda tutilgan, shuningdek, zaruriy mudofaa, xavfli
jinoyatchini ushlash, oxirgi zarurat va h.k. holatlarda ham odamning hayotidan mahrum qilinishi mumkin.
Yuqoridagilarga asoslanib, qonun chiqaruvchi tomonidan odam o‘ldirganlik uchun turli jinoyat qonun
normalarida javobgarlik belgilangan.
Jinoyat qonuniga binoan odam o‘ldirishning quyidagi turlari mavjuddir:
1. Qasddan odam o‘ldirish.
2. Ehtiyotsizlikdan odam o‘ldirish.
Qasddan odam o‘ldirish o‘z navbatida quyidagilarga:
1. Og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlarsiz (Jinoyat kodeksining 97-moddasi, 1-qismi).
2. Og‘irlashtiruvchi holatlarda (Jinoyat kodeksining 97-moddasi, 2-qismi).
3. Yengillashtiruvchi holatlarda:
kuchli ruhiy hayajonlanish holatida (Jinoyat kodeksining 98-moddasi);
onaning o‘z chaqalog‘ini o‘ldirishi (Jinoyat kodeksining 99-moddasi);
zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib (Jinoyat kodeksining 100-moddasi);
ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash choralari chegarasidan chiqib, odam o‘ldirish
(Jinoyat kodeksining 101-moddasi).
B. O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish
Jinoyat kodeksining 103-moddasi ikki qismdan iborat bo‘lib, ushbu jinoyatning obyekti boshqa odamning
hayotidir. Bu jinoyat obyektiv tomondan moddiy tomondan yoki boshqa jihatlardan aybdorga qaram
bo‘lmagan (Jinoyat kodeksining 103-moddasi, 1-qismi) yoxud moddiy yoki boshqa jihatdan qaram bo‘lgan
(Jinoyat kodeksining 103-moddasi, 2-qismi) shaxsga rahmsiz muomala qilish yoki uning sha’ni va qadr-
qimmatini muttasil ravishda kamsitish natijasida uni o‘zini o‘zi o‘ldirish yoki o‘zini o‘zi o‘ldirishga suiqasd
qilish darajasiga yetkazishda ifodalanadi.
Aybdorning sodir etgan qilmishini Jinoyat kodeksining 103-moddasi bilan kvalifikatsiya qilish uchun
o‘zini o‘zi o‘ldirish yoki o‘zini o‘zi o‘ldirishga suiqasd qilish darajasiga yetkazish aybdorning jabrlanuvchiga
nistaban rahmsiz muomala qilishi yoki uning sha’ni va qadr-qimmatini muttasil ravishda kamsitishi natijasi
ekanligini aniqlash zarur.
Rahmsiz muomala qilish deganda, jabrlanuvchiga jismoniy yoki ruhiy azob beradigan qo‘pol, beshafqat
muomala qilish (masalan, kaltaklash, urish, uy-joydan, issiqlikdan, ovqatdan, suvdan, tirikchilik vositalaridan
mahrum qilish, ishdan asossiz bo‘shatish) hollari tushuniladi.
Aybdorni o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortishga jabrlanuvchiga
nisbatan rahmsiz muomala qilganligini ko‘rsatuvchi bitta hodisaning aniqlanganligi yetarlidir.
Shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini muttasil ravishda kamsitish deganda, jabrlanuvchining sha’ni va
qadr-qimmatini uzoq vaqt mobaynida muntazam (uch va undan ortiq marta) kamsitish (masalan, tuhmat qilib
aytilgan gaplar, haqorat qilish, ta’qib (quvg‘in) qilish va h.k.)lar tushuniladi. Shaxsning sha’ni va qadr-
qimmatini bir marta kamsitish jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘la olmaydi.
Ayrim hollarda haqiqiy ma’lumotlarni hayosizlarcha, masxaraomuz, haqoratomuz shaklda muttasil
ravishda tarqatish ham o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish usuli, deb topilishi mumkin.
Jabrlanuvchining o‘zini o‘zi o‘ldirishi (o‘lim sodir bo‘lishi) yoki o‘zini o‘zi o‘ldirishga suiqasd qilishi
jinoyatning zaruriy belgisi hisoblanadi. Agar bunday oqibatlar bo‘lmasa, o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga
yetkazish jinoyatining tarkibi bo‘lmaydi. Biroq, aybor shaxsning harakatlarida boshqa jinoyatlar (masalan,
haqorat qilish, tuhmat qilish)ning alomatlari bo‘lsa, u jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Aybdorning qilmishini Jinoyat kodeksining 103-moddasi bilan kvalifikatsiya qilish uchun
jabrlanuvchining o‘ziga nisbatan rahmsiz muomala qilinishi yoki uning sha’ni va qadr-qimmatini muttasil
ravishda kamsitilishi natijasida o‘zini o‘zi o‘ldirgani yoki unga suiqasd qilganligini, ya’ni aybdorning
muomalasi va yuz bergan oqibatlar o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish mavjudligini aniqlash kerak.
O‘zini o‘zi o‘ldirish yoki unga suiqasd qilish, o‘ynash bo‘lish, nikoh tuzishni rad etish, er-xotindan
birining vafosizligi, qonunga xilof ravishda ishdan bo‘shatish, lavozimini pasaytirish kabilarning natijasi
bo‘lsa, shaxsning qilmishi Jinoyat kodeksining 103-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi mumkin emas.
Agar jabrlanuvchi moddiy tomondan yoki boshqa jihatlardan aybdorga qaram bo‘lmasa aybdor Jinoyat
kodeksining 103-moddasi, 1-qismi bilan, basharti, bunday qaramlik bo‘lsa, Jinoyat kodeksining 103-moddasi,
2-qismi bilan javobgarlikka tortiladi.
Jabrlanuvchini qasddan o‘zini o‘zi o‘ldirish yoki o‘zini o‘zi o‘ldirishga suiqasd qilish darajasiga
yetkazishni xohlagan aybdorning qilmishi jinoyatning sodir etilish motivlarini va Jinoyat kodeksining 97-
moddasi tegishli qismini hisobga olgan holda, qasddan odam o‘ldirish sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Agar o‘zini o‘zi o‘ldirish yoki o‘zini o‘zi o‘ldirishga suiqasd qilish darajasiga yetkazish chog‘ida shaxs
jabrlanuvchiga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir tan jarohati yetkazsa, aybdorning qilmishi Jinoyat kodeksining
fuqarolar sog‘lig‘iga shikast yetkazganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli moddalari bilan
kvalifikatsiya qilinishi kerak.
Subyektiv tomondan o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish egri qasd yoki ehtiyotsizlikdan sodir etiladi.
Jinoyat egri qasd bilan sodir etilganda aybdor jabrlanuvchining o‘zini o‘zi o‘ldirishi mumkinligiga ko‘zi
yetadi va uning o‘zini o‘zi o‘ldirishga yo‘l qo‘yib beradi.
Jinoyat ehtiyotsizlikdan sodir etilganida aybdor shaxs o‘zini o‘zi o‘ldirishning oldi olinishidan kaltabinlik
bilan umidvor bo‘ladi (jinoiy o‘z-o‘ziga ishonish) yoki aybdor jabrlanuvchining o‘zini o‘zi o‘ldirishga ko‘zi
yetmaydi. Aybdor ish holatlariga ko‘ra, o‘zining harakatlari jabrlanuvchining o‘zini o‘zi o‘ldirishiga sabab
bo‘lishini oldindan ko‘ra bilishi mumkin va lozim.
Ushbu jinoyatning subyekti Jinoyat kodeksining 103-moddasi, 1-qismi bo‘yicha 16 yoshga to‘lgan
shaxs, 2-qismi bo‘yicha esa, jabrlanuvchi moddiy tomondan yoki boshqa jihatlardan qaram bo‘lgan shaxs
hisoblanadi.
Moddiy tomondan qaram deganda, jabrlanuvchi moddiy jihatdan aybdorga bog‘liq bo‘lgan hollar
(aybdordan pul, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va h.k. olishi) tushuniladi. Bu, qoida tariqasida,
ishlamayotgan shaxsning ishlab turgan shaxsga, farzandlarning ota-onalariga, ishlamayotgan ota-onaning
moddiy daromadga ega bo‘lgan farzandlariga qaramligi va h.k. bo‘lishi mumkin.
Boshqa jihatdan qaram deganda, xizmat yuzasidan yoki boshqa qaramlik tushuniladi (masalan,
xodimning boshliqqa, o‘quvchining o‘qituvchisiga, aspirantning ilmiy rahbarga tobeligi, qarindoshlarga
qaramlik, vasiylik va homiylik amalga oshirilishi munosabati bilan qaramlik va h.k.) tushuniladi.
1. Shaxsga qarshi qaratilgan jinoyatlarning jamiyat uchun ijtimoiy xavfliligi darajasining yuqoriligi nimalarda namoyon bo‘ladi?
2. Qanday prinsiрga asosan odam o‘ldirish jinoyatlari turlarga ajratilgan?
3. Odam o‘ldirish jinoyati obyektining xususiyatlari nimadan iborat? Jinoyat huquqi nazariyasida hayotning boshlanishi va
tugatilishi deganda nima tushuniladi?
4. Og‘irlashtiruvchi holatlardan, qasddan odam o‘ldirish jinoyatining o‘ziga xos xususiyatlarini bayon eting.
5. Qanday holatlar qasddan odam o‘ldirish jinoyatining aybni og‘irlashtiruvchi holatlari deyiladi?
6. O‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarish munosabati bilan shaxsni yoki uning yaqin qarindoshlarini qasddan o‘ldirish
deganda nima tushuniladi?
7. Boshqa shaxslarning hayoti uchun xavfli bo‘lgan usulda qasddan odam o‘ldirishni ommaviy tartibsizliklar jarayonida odam
o‘ldirishdan qanday farqlash mumkin?
8. O‘ta shafqatsizlik bilan odam o‘ldirishning belgilarini izohlang.
9. Xavfli va o‘ta xavfli retsidivist deganda kimlar tushuniladi?
10. Boshqa jinoyatni yashirish yoki sodir etilishni yengillashtirish maqsadida qasddan odam o‘ldirish jinoyatining, takroran yoki
xavfli retsidivist tomonidan qasddan odam o‘ldirish jinoyatidan farqi.
11. Onaning o‘z chaqalog‘ini qasddan o‘ldirishi jinoyati uchun javobgarlikning shartlarini bayon eting.
12. Qasddan odam o‘ldirishning kuchli ruhiy hayajonlanish holatida odam o‘ldirishdan, onaning o‘z chaqalog‘ini qasddan
o‘ldirishidan, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib qasddan odam o‘ldirishdan farqi.
13. Zaruriy mudofaa tushunchasi hamda zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish deganda nima tushuniladi?
14. Qilmishni Jinoyat kodeksining 101-moddasi bilan kvalifikatsiya qilish uchun qanday asoslar mavjud bo‘lishi kerak?
15. Ehtiyotsizlikdan odam o‘ldirishning qasddan odam o‘ldirishdan farqi.
16. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib qasddan odam o‘ldirish
jinoyatini kvalifikatsiya qilishning qanday shartlar mavjud?
17. O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish jinoyatini kvalifikatsiya qilishga ta’sir qiluvchi omillar nimalardan iborat?
Davlat va huquq asoslari, 11 sinf, Ismatova N., Karimova O., 2018
Davlat va huquq asoslari, 11 sinf, Ismatova N., Karimova O., 2018.
Учебник по праву для 11 класса на узбекском языке.
Qo‘lingizdagi darslik quyi sinflarda olgan bilimlaringizni davom ettiradi va to‘ldiradi, huquqiy tafakkuringizni kengaytiradi. Madaniyatga ega bo‘lish esa o‘zingizning qo‘lingizda. Qonunlarni bilmagan inson bugungi kunda o‘z huquqlarini himoya qilolmaydi va majburiyatlarini anglamaydi. U hayotda biror qiyin ahvolga tushib qolganda, vaziyatdan qanday chiqib ketishni, muammoni qanday hal etishni bilmay, himoyasiz bo‘lib qolishi mumkin. «Erkin bo‘lish uchun qonunlarga bo‘ysunish zarur», degan ekan Sitseron. Chunki, qonun ustuvorligi mamlakatda tinchlik-barqarorlik, erkinlik va demokratik tamoyillar hukm surishining kafolatidir.
Oila huquqining konstitutsiyaviy asosi.
Oila sohasidagi huquqiy munosabatlarning asosiy manbayi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hisoblanadi. Jamiyat va davlatning oilaga g‘amxo‘rligi ijtimoiy siyosatimizning muhim yo‘nalishiga aylangan.
Oila sog‘lom ekan – jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan – mamlakat barqarordir. Shuning uchun ham oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini sifatida e’tirof etilib, bolaning shaxs sifatida shakllanishi, kelgusida
jamiyatda o‘z o‘rnini topishi hamda ma’naviy barkamol inson bo‘lib yetishishida asosiy poydevor hisoblanadi.
Xalqimiz tarixiga nazar tashlasak, eng qadrli an’analar: halollik, rostgo‘ylik, or-nomus, sharm-u hayo, mehr-u oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar eng avvalo oilada shakllangan. Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, imon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir.
Mundarija.
Kirish.
1-§ O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi davlatning huquqiy asosi.
I bo‘lim. OILA HUQUQI.
2-§ Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini.
3-§ Nikoh tuzish tartibi va shartlari.
4-§ Er-xotinning shaxsiy huquq va majburiyatlari.
5-§ Er-xotinning mulkiy huquq va majburiyatlari.
6-§ Er va xotin mol-mulkining shartnomaviy tartibi.
II bo‘lim. JINOYAT HUQUQI.
7-§ Jinoyat huquqining maqsadi, vazifasi va tamoyillari.
8-§ Jinoyat belgilari.
9-§ Jinoiy javobgarlik va jazo tizimi.
10-11-§ Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar.
12-§ Oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlar.
13-§ Tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar.
14-§ Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar.
15-§ Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar.
16-§ Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar.
17-§ Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar.
III bo‘lim. MOLIYA HUQUQI.
18-§ O‘zbekistonda moliya-kredit tizimi.
19-§ Moliyaviy-huquqiy munosabatlar.
20-§ O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti va byudjet huquqi.
21-§ Davlat daromadlarini huquqiy tartibga solish.
22-§ Davlat kreditining huquqiy asoslari.
IV bo‘lim. EKOLOGIYA HUQUQI.
23-§ Tabiatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari.
24-§ Ekologik huquqbuzarlik uchun javobgarlik.
V bo‘lim. PROTSESSUAL HUQUQ.
25-26-§ Jinoyat-protsessual qonun hujjatlari.
27-§ Jinoyat protsessi ishtirokchilari.
28-§ Jinoyat protsessual qonunchilikda aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlar.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Davlat va huquq asoslari, 11 sinf, Ismatova N., Karimova O., 2018 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу
Jinoyat huquqi
When you buy books using these links the Internet Archive may earn a small commission.
Последний раз отредактировано Open Library Bot
4 декабря 2010 г. | История
Jinoyat huquqi
maxsus qism : darslik
от M. Kh Rustambaev
- 0 Оценок
- 0 Хотят прочитать
- 0 Сейчас читают
- 0 Прочитало
Jinoyat huquqi
Publish Date
Купить эту книгу
When you buy books using these links the Internet Archive may earn a small commission.
У этого издания еще нет описания. Можете ли вы добавить его?
Рубрики
Места
Showing one featured edition. View all 1 editions?
2007, Bir qanch jinoyatlar sodir etish
9943332247 9789943332249
Библиотеки поблизости от вас: WorldCat
Book Details
Published in
Заметки издания
Includes bibliographical references.
Классификации
Library of Congress KLW381.15 .R87 2007
Физический объект
Нумерация страниц 655 p. ; Количество страниц 655
Идентификаторы
Open Library OL22533102M ISBN 13 9789943332249 LCCN 2008430661 OCLC/WorldCat 253657185
Отзывы сообщества (0)
Для данной работы ещё не было оставлено отзывов сообщества.
Списки с этой книгой
Loading Related Books
История
- Создано 10 декабря 2009 г.
- 2 редактирования
4 декабря 2010 г. | Отредактировано Open Library Bot | Added subjects from MARC records. |
10 декабря 2009 г. | Создано WorkBot | add works page |
Open Library
- Видение
- Станьте волонтером
- Станьте партнёром
- Вакансии
- Блог
- Условия использования
- Пожертвовать
Исследуйте
Разработка
- Центр разработчиков
- Документация API
- Дампы данных
- Написание ботов
- Добавить книгу
Помощь
- Центр помощи
- Сообщить о проблеме
- Предложение изменений
Изменить язык сайта
Open Library- это инициатива Internet Archive, некоммерческой организации 501(c)(3), создающей электронную библиотеку интернет-сайтов и других культурных артефактов в цифровой форме. Включая другие проекты Wayback Machine, archive.org и archive-it.org