Ushbu kitobga o xshash asarlar
2 Ta`sir etish usuli bo`yicha: majburlovchi va ta`qiqlovchi normalar.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
YOshlar orasida jinoyatchilikning oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar o’tkazilmoqda
13 fevral` kuni Termiz shahridagi 4-son umumiy ta’lim maktabida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 mart kunidagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori talablaridan kelib chiqib, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni”ga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi.
O’tkazilgan mazkur yig’ilishda viloyat IIB HPB Voyaga etmaganlar va yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish bo’linmasi, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi, YOshlar ittifoqi viloyat kengashi, voyaga etmaganlar ishlari bo’yicha Termiz shahar idoralararo komissiyasi, viloyat Narkologiya dispanseri mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.
Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi va hududiy ichki ishlar bo’limlari xodimlari tomonidan majburiy ta’limni ta’minlash, ta’lim muassasalarida voyaga etmaganlar orasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar hamda ularning darslarga qatnashishi, davomati bo’yicha bir necha marotaba yig’ilish va davra suhbatlari o’tkazilganligiga qaramasdan, ta’lim muassasalari o’quvchilari o’rtasida jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etish holatlari hamda darslarga muntazam sababsiz ravishda kelmasdan yurgan voyaga etmaganlar aniqlanayotganligi sababli, viloyat IIB HPB Voyaga etmaganlar va yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish bo’linmasi tomonidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda Termiz shahridagi 4-son umumiy ta’lim maktabida “YOshlar orasida jinoyatchilikning oldini olish” va “YOshlar orasida giyohvand vositalarning tarqatilishiga qarshi kurashish” mavzularida profilaktik tadbirlar tashkil etildi.
Maktab o’quvchilari orasida dars mashg’ulotlariga o’tkir tig’li buyumlar olib kelish holatlari aniqlanayotganligi, bu kabi buyumlarni dars mashg’ulotlariga olib kelish mumkin emasligi, qonunda belgilangan tartibda Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 47-moddasiga muvofiq voyaga etmaganning ota-onasi yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslarga nisbatan ma’muriy chora ko’rilishi haqida tushuntirib o’tildi.
SHuningdek, 8 fevral` kuni maktabning 8-“a” sinf o’quvchisi, Xoliqov Zafar o’zi bilan dars mashg’ulotlariga o’tkir tig’li buyum olib kelganligi aniqlanganligi holati yuzasidan Z.Xoliqovning ota-onasi ishtirokida muhokama etilib, uning salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
Maktab o’quvchilaridan 200 ga yaqini ishtirok etgan mazkur yig’ilishda yoshlar orasida jinoyatchilik va unga qarshi kurashish, giyohvand vositalarning turlari va ularni iste’mol qilishning salbiy oqibatlari hamda mavzuga oid bir qator savollarga javob berish bilan bir qatorda “Olov bilan o’ynashganlar” hujjatli fil`mi namoyish etildi.
SHu bilan bir qatorda, maktabning 9 va 10 sinflarning davomati o’rganilib, o’quvchilarning barchasi to’liq dars mashg’ulotlariga qatnashayotganligi aniqlandi. Tadbir davomida o’quvchilarga dars qoldirmaslik, dars mashg’ulotlari davomida uyali aloqa vositalaridan foydalanmaslik, ta’qiqlangan buyumlarni o’zi bilan ta’lim muassasasiga olib kelmaslik va maktab ichki tartib-qoidalariga rioya etishlik yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Jinoyat huquqi maxsus qism darslik pdf
Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o’qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali
Kitobni qanday sotib olish mumkin?
Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro’yxatdan o’tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to’ldirish mumkin, kerak bo’lgan kitob uchun qanday to’lovni amalga oshirish
Siz muallifmisiz?
Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.
Savol-javoblar
Agar men O‘zbekistonda bo’lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.
O‘zbekiston Respublikasining jinoyat kodeksiga sharh (Umumiy qism)
Ko‘rganlar, jami:
Nashr yili:
ISBN raqami:
Kitob mahsulotlarining xarakteristikalari, yetkazib berish shartlari, tashqi ko’rinishi va rangi haqidagi ma’lumotlar faqat ma’lumot uchun mo’ljallangan va joylashtirilgan paytda mavjud bo’lgan eng so’nggi ma’lumotlarga asoslanadi.
Elektron kitob:
Mavjud emas.
Buyurtma uchun: (90) 959-25-26
Do‘stlarizga tavsiya eting
- Annotatsiya
- Fikr va mulohazalar
Ўзбекистон Республикасининг Жиноят кодексига шарҳлар амалдаги жиноят тўғрисидаги қонун ҳужжатлари асосида ёзилган. Унда Жиноят кодексига 2016 йил 1 ноябргача киритилган қўшимча ва ўзгартиришлар инобатга олиниб, Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг қарорлари ва суд амалиёти манбаларидан фойдаланилган.
Шарҳларда Жиноят кодекси Умумий ва Махсус қисми ҳар бир моддасига алоҳида-алоҳида шарҳ тайёрланган бўлиб, Жиноят кодекси нормалари диспозициясининг моҳияти, ҳуқуқ нормасида белгиланган жиноятларнинг субъекти, субъектив томони, объекти, объектив томони белгиларининг асосий жиҳатлари очиб берилган, ҳуқуқ нормаларида ўрнатилган санкцияларнинг мазмуни, уларни қўллаш тартиби кўрсатилган.
Жиноят кодексига шарҳлар ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари ходимлари, судьялар, адвокатур, олий ўқув юртларининг ўқитувчилари, тадқиқотчилари, талабалари, ИИВ Академияси тингловчилари, шунингдек, жиноят ҳуқуқи ва қонунчилиги билан қизиқувчи кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.
«huquqshunоslik» fаnidаn ма`ruzаlаr маtni buхоrо – 2007yil
4) Axloq normalari keng doirani, huquq normalari esa tor doirani qamrab oladi.
5) Huquqda xulq-atvorni baholash mezoni “ qonuniy-noqonuniy”, axloqda “halol-nohalol” deb qabul qilingan.
6) Huquq normalari aniq ko`rinishga ega.
Huquq normalarining tuzilishi. Huquq normasi –davlat tomonidan belgilanadigan, kafolatlanadigan va bu muhofaza qilinadigan barcha uchun majburiy xulq-atvor qoidalaridir. Huquq normasi tuzilishiga ko`ra ush tarkibiy qismdan tashkil topgan.
1. Gipoteza – huquq normasining tarkibiy qismi bo`lib, unda norma amal qila boshlaydigan, ijro etiladigan sharoitlar bayon etiladi. Masalan, sudning fuqarolik ishlari bo`yicha arizalarni qabul qilishni rad etishga asos bo`luvchi gipotezali huquq normalari: da`vogarning bahslarni qonunda belgilangan tartiblarga rioya etib, dastlab suddan tashqari hal etishi, ishning ushbu sudga dahldor emasligi, layoqatsiz shaxs tomonidan ariza berilishi.
2. Dispozisiya – huquq sub`yektining yuridik muhim ahamiyatga ega bo`lgan hatti-harakati mazmunini ochib beradigan huquq normasining tarkibiy qismi. Agar gipoteza hokimiyat ko`rsatmasini qo`llashga farmon bersa, dispozisiya o`zida yuridik normalarning asosini aks ettiradi.
3. Sanksiya – huquq normasini bajarmaganlik uchun davlat organlari qo`llaydigan majburlov chorasi. Uning turlari: hayfsan, jarima, ozodlikdan mahrum etish. Huquq normasi quyidagilarni belgilab beradi: 1) kim, nimani va qashon qilishi kerak-dispozisiya; 2) bu harakatni qaysi sharoitlarda amalga oshirish kerak-gipoteza; 3) huquq normasi bajarilmasligining oqibatlari qanday – sanksiya.
Huquq manbai va uning turlari . Huquqni ob`yektiv ifodalash usullariga huquq manbai deyiladi.Huquq manbalarini 4ga bo`lish mumkin:
1) Huquqiy odat-uzoq davr mobaynida amalda bo`lishi natijasida shakllangan va davlat tomonidan umummajburiy deb tan olingan yurish-turish qoidasi;
2) Yuridik president-bu sud yoki ma`muriy organning yozma yoki og`zaki qarori, kelgusida barcha shunga o`xshash ishlarni ko`rib chiqish va hal qilishga asos bo`ladigan namuna, etalon, norma sifatida qabul qilinadi;
3) Normativ huquqiy hujjat – davlat vakolatli organlari tomonidan o`rnatiladigan yoki ma`qullanadigan huquqiy hujjat;
4) Normativ shartnoma-ikki yoki undan ortiq sub`yektlar o`rtasida tuziladigan, ularning huquq va majburiyatlarni o`rnatadigan, o`zgartiradigan yoki qiladigan bitim.
Huquqiy odat va yuridik presedent bir qator xorijiy mamlakatlarning huquq tizimida katta ahamiyatga ega, lekin O`zbekistonning huquq tizimida qo`llanilmaydi. Sud presedenti Buyuk Britaniya, AQSH,Kanada, Avstriyada huquq manbai hisoblanadi. Bu mamlakatlarda sud hisobotlari chop etiladi.
Huquq tizimi, tarmoqlari va institutlari. Huquq tizimi –turli-tuman, lekin o`zaro mustahkam aloqada bo`lgan yuridik normalar yig`indisidir. Huquq tarmog`i – ijtimoiy munosabatlar sohasini tartibga soluvchi huquqiy normalar majmuidan iborat huquq tizimining yirik tarkibiy qismidir.
Barcha tarmoqlari o`zining xususiyati bo`yicha ikki turga tasniflanadi: 1) moddiy huquq tarmog`i (ma`muriy, mehnat, fuqarolik, ekologik va h.k); 2) prosessual huquq tarmog`i. Unga davlat organlari, mansabdor shaxslar tomonidan qo`llanadigan moddiy huquq normalaridan iborat qoidalar kiradi. Masalan: fuqarolik-prosessual, jinoyat-prosessual, xo`jalik-prosessual.
Huquq instituti-tegishli huquq tarmog`iga kiruvchi jamiyat umummajburiy irodasining o`ziga xos tarzda yuridik normalarda aks etishi.
Huquq instituti quyidagicha turlarga tasniflanadi:
1) Huquqni muhofaza qiluvchi;
2) Funksional (vazifaga ko`ra);
Huquqni muhofaza qilish institutlari qonuniylik, huquq-tartibot, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta`minlashga qaratilgan yuridik normalardan iborat. Masalan, mehnat huquqidagi moddiy javobgarlik. Funksional institutlar huquqiy tasnifga ega bo`lgan tartiblar, qoidalarga oid masalalarni hal etishni tartibga soluvchi huquq normalarini o`z ichiga oladi. Masalan, fuqarolik prosessual kodeksining da`volarga oid ishlarni yuritish instituti, huquqning umumiy institutlari prinsiplari, umumiy qoidalarni mustahkamlovchi huquq normalaridan tashkil topgan. Masalan, fuqarolik kodeksining “Umumiy qoidalar” bo`limi.
O`zbekiston huquq tizimi huquqning quyidagi asosiy tarmoqlarini o`z ichiga oladi:
1) konstitusiyaviy huquq ;
2) ma`muriy huquq ;
3) fuqarolik huquqi ;
4) jinoyat huquqi;
7) mehnat huquqi;
8) ijtimoiy ta`minot huquqi;
9) ekologik huquq;
Normativ huquqiy hujjatlarning turlari. Normativ-huquqiy hujjatlarning
Davlatning qaysi organlari tomonidan qabul qilinganligiga hamda ularning yuridik kushiga qarab ajratiladi.
1.Qonun– umumxalq ovoz berishi orqali yoki mamlakatning oliy vakillik organi tomonidan qabul qilingan normativ huquqiy hujjat. Konstitutsiya-oliy yuridik kuchga egadir.
2.O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni.– Konstitutsiyaning 94-moddasiga asosan Prezident tomonidan chiqariladigan normativ – huquqiy hujjat.
3.Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari.-O`zbekiston Respublikasi ijro etuvchi hokimiyatining oliy organi o`z vakolati doirasida chiqaradigan normativ-huquqiy hujjatlardir.
4.O`zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo`mitalari va idoralarining buyruq va yo`riqnomalari – davlat boshqaruvi organlarining normativ-huquqiy hujjatlari.
5.Qoraqalpog`iston Respublikasining normativ huquqiy hujjatlari.
6.Davlat hokimiyati mahalliy ijroiya organlarining qarorlari.
Quyi organlar qabul qilgan qarorlari yuqori organlar qabul qilgan qarorlarga muvofiq kelishi kerak.
Huquqiy munosabatlar va ularning tuzilishi. Huquq ishtirokchilari o`rtasida vujudga keladigan va huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatga huquqiy munosabatlar deyiladi.
Huquqiy munosabatlar 3ta elementdan tashkil topadi: ob`yekt, sub`yekt va mazmun.
Ob`yekt-huquqiy munosabat ishtirokchilarining sub`yektiv huquq va majburiyatlari.
Sub`yekt-huquqiy munosabatlarning ishtirokchilari, ya`ni huquq va majburiyat egalari.
Mazmun-sub`yektlarning o`z huquq va majburiyatlarini amalga oshirish bo`yicha huqiqiy harakatlari.
Huquqiy munosabatlar sub`yektlari:1) jismoniy shaxslar; 2)yuridik shaxslar.
Jismoniy shaxslar-ushbu davlat fuqarolari, boshqa davlat fuqarolari, fuqaroligi yo`q shaxslar (apatridlar). Yuridik-shaxslar tashkilotlar,muassasalar, davlat organlari, davlat, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari.
Huquqiy layoqat-huquqlarga ega bo`la olish va yuridik majburiyatlarni zimmaga olish qobiliyatidir. Muomala layoqati-o`z harakatlari asosida huquqlarni amalga oshirish va yuridik majburiyatlarni bajarish qobiliyatidir.
Huquqbuzarlik, uning belgilari va turlari . Huquqbuzarlik – jamiyat uchun xavfli bo`lgan qilmish (harakat yoki harakatsizlik). Bunday qilmish qonun bilan muhofaza qilinadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar etkazishi yoki zarar etkazish xavfini tug`dirishi mumkin. Huquqbuzarlikning asosiy belgilari:
1) Ijtimoiy xavflilik-huquqbuzarlik jamiyatning qadriyatlariga tajovuz qiladi, xususiy va ijtimoiy manfaatlarni poymol etadi, jamiyat hayotining maromiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.
2) Huquqqa zidlik-huquqbuzar qonunda yoki huquq normasida belgilab qo`yilgan taqiqni buzadi.
3) Ayblik-huquq normasini yuridik javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo`lgan shaxs buzadi va shaxs bu harakatni qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida sodir etadi.
4) Jazolanish-ma`lum huquqbuzarlik uchun uni sodir etgan shaxsning vakolatli davlat organi tomonidan javobgarlikka tortilishi.
1) Fuqarolik-huquqiy (majburiyatni bajarmaslik, moddiy zarar yetkazish);
2) Ma`muriy (mayda bezorlik) ;
3) Intizomiy (ishga kelmaslik, kech qolish);
4) Jinoiy (odam o`ldirish, o`g`irlik).
Mavzuni takrorlash uchun savollar.
1. Huquq tushunchasini izohlang
2. Huquqning belgilarini ko`rsatib bering
3. Huquqning vazifalari nimadan iborat?
4. Huquqning kelib chiqishi to`g`risida qanday nazariyalar mavjud?
5. Axloq va huquqning o`zaro munosabatini tushuntiring
6. Huquq normalariga nimalar kiradi?
7. Huquq tizimini izohlang
8. Huquq manbalariga nimalar kiradi?
9. Huquqiy munosabatlar nima?
10.Huquqbuzarlik tushunchasini sharhlang
Adabiyotlar:
– Saidov A.,Tadjihanov U.Davlat va huquq asoslari. Toshkent, 1999 yil
– Saidov A., TadjihanovU.,Odilqoriev H. Davlat va huquq asoslari.Toshkent, 2002yil
– Islomov Z.,Mirhamidov M. Huquqshunoslik. Toshkent, 2002 yil
– Tadjihanov U.,Odilqoriev H. Davlat va huquq nazariyasi. Toshkent, 2002yil.
1. Ma`muriy huquq tushunchasi.
2. Ma`muriy huquq tizimi va manbalari.
3. Ma`muriy huquqiy munosabatlar.
4. Ma`muriy huquqbuzarlik va ma`muriy jazo.
Tayanch iboralar;
Ma`muriy huquq, ma`muriy javobgarlik, ma`muriy huquq munosabatlari, ma`muriy huquq me`yorlari, ma`muriy huquqbuzarlik, ma`muriy jazo, davlat boshqaruv organlari.
Ma`muriy huquq tushunchasi. Ma`muriy huquq – bu davlat organlarining ijro etuvshi va farmoyish beruvchi faoliyatini tashkil etish hamda amalga oshirishda paydo bo`ladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar majmuidir.
Har qanday boshqaruv jamiyatda yuzaga keladigan turli munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Jamiyatda mavjud bo`lgan boshqaruv ijtimoiy boshqaruv hisoblanib, davlat boshqaruvi uning asosiy turlaridan biri sanaladi. Jamiyatda davlat boshqaruvidan tashqari ham boshqaruv mavjud bo`lsada, ma`muriy huquq faqat davlat boshqaruvi bilan bog`liq munosabatlarni tartibga soladi.
Davlat boshqaruvi jamiyat a`zolarining birgalikdagi harakatlarning bir-biriga mosligini va intizomini ham ta`minlaydi. Davlat boshqaruvini davlat boshqaruv organlarining amaliy faoliyati kabi belgilash mumkin, u davlat faoliyati ko`rinishida namoyon bo`ladi, uning o`ziga xosligi davlat funksiyalarini amalga oshirishga oid kundalik amaliy ishlarni tashkil etishdan iboratdir.
Davlat boshqaruvi – bu tashkil etuvchi faoliyatdir. Turli darajadagi ijro etuvchi va boshqaruvchi faoliyat davomida xo`jalik yuritish, ijtimoiy-madaniy va ma`muriy-siyosiy qurilish sohasidagi vazifalarni bajaruvchi kishilarning birgalikdagi faoliyati tashkil etiladi. Bu maqsadda davlat boshqaruv organlari boshqarish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni amalga oshiradilar, boshqariladigan tizimlarning faoliyat ko`rsatish bilan bog`liq umumiy masalalarni hal qiladilar, boshqarish munosabatlari qatnashchilarining faoliyatlarini birlashtiradilar va muvofiqlashtiradilar.
Davlat boshqaruvi jamiyat turmushining qandaydir alohida elementini emas, balki uning barcha sohasini qamrab oladi. Davlat boshqaruvi organlarining funksiyalari quyidagilar:
– tezkor (operativ) farmoyish berish;
– kuzatuvlar va nazoratni amalga oshirish.
Ma`muriy huquq tizimi. U ma`muriy-huquqiy normalar va institutlardan tashkil topgan. Shu kungacha amalda bo`lgan ma`muriy huquq tizimiga muvofiq umumiy va maxsus qismlardan iborat.
Umumiy qism-bunda umumiy tushunchalar, ya`ni davlat boshqaruvi tushunchasi va tamoyillari, ma`muriy huquqning predmeti, tizimi, manbalari, uning huquq sohasida tutgan o`rni, ma`muriy huquq sub`yektlari va ularning huquqiy maqomi o`rganiladi.
Maxsus qism-bunda har bir sohada tatbiq qilinadigan huquq normalari o`rganiladi. Ma`muriy huquqning maxsus 4 yo`nalishi bo`yicha o`rganiladi:
1) iqtisodiy soha;
2) ijtimoiy-madaniy soha;
3) ma`muriy-siyosiy faoliyat;
4) tarmoqlararo boshqaruvlar.
Ma`muriy huquq predmeti. Uni davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar tashkil etadi.
Ma`muriy huquq manbalari . O`zlarida ma`muriy huquq normalari bo`lgan davlat hokimiyat organlari va davlat boshqaruv organlarining huquqiy aktlari ma`muriy huquq manbalari hisoblanadi.
1. Davlat boshqaruv organlarining huquqiy maqomlarini va ularning faoliyatini tashkil etish asoslarini, fuqarolarning asosiy huquq va majburiyatlarini belgilovchi O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bosh manba hisoblanadi.
2. Ma`muriy-huquqiy me`yorlarni o`zida aks ettirgan qonunlar.
3. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ma`muriy boshqarish predmetiga taalluqli farmonlari.
4. O`zbekiston Respublikasi hukumatining davlat boshqaruvi masalalariga doir qarorlari.
5. O`zbekiston Respublikasining qonunlar majmualari, ya`ni O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksi, Soliq Kodeksi, Bojxona Kodeksi.
6. Vazirliklar va idoralarning buyruq va qarorlari.
7. Mahalliy boshqaruv organlarining farmoyish va qarorlari.
8. Davlat korhonalari, muassasalari va tashkilotlari mansabdor shaxslarning boshqaruv hujjatlari (buyruq, yozma va og`zaki ko`rinishdagi farmoyish).
Ma`muriy-huquqiy munosabatlar, ma`muriy-huquqiy normalar . Ma`muriy huquq normalari-bu qonunga tayangan davlat hokimiyati qoidalari vositalari orqali belgilangan va ta`minlangan, davlat boshqaruvi sohasidagi munosabatlarni boshqarishga da`vat etilgan ijtimoiy tuzumning tabiatidan kelib chiqadi.
Ma`muriy huquq normalarining o`ziga xos xususiyatlari quyidagicha:
1. Ushbu normalar ikkiyoqlama vazifaga ega. Bir tomondan ular ijro etish va amalda qo`llanish uchun chop etiladi; ikkinchi tomondan, huquqiy ijodkorlik jarayoninng o`zini boshqarish va reglamentlash uchun nashr etiladi.
2. Ushbu normalar, odatda to`g`ridan-to`g`ri amal qilmaydi, ya`ni ular qat`iy tavsifdagi xulq-atvor umumiy qoidalaridan iborat bo`ladi.
3 Ushbu normalar eng avvalo ijroiya hokimiyati sub`yektlariga qaratilgan hatti-harakatlar qoidalarini o`zida aks ettiradi.
Ma`muriy-huquqiy normalarning turlari:
1. Maqsadli vazifasi bo`yicha: boshqaruvchi va muhofaza etuvchi normalar.
2 Ta`sir etish usuli bo`yicha: majburlovchi va ta`qiqlovchi normalar.
3. Amal qilishi chegaralari bo`yicha:
a) muayyan hududda amal qiluvchi normalar;
b) faqat muayyan shaxslar doirasi uchun majburiy normalar;
v) mahkamaning ichki normalari;
g) umummajburiy normalar .
4. Yuridik kuchi bo`yicha:
a) ko`proq yuridik kuchga ega bo`lgan normalar;
b) kamroq yuridik kuchga ega bo`lgan normalar.
5. Ahamiyatlilik darajasi bo`yicha: qonuniy va qonunga qo`shimcha normalar.
6. Umumlashtirilganlik darajasi bo`yicha: umumiy va maxsus normalar.
7. Huquqiy rejim bo`yicha: moddiy va prosessual normalar.
Ma`muriy huquq normalarining amalga oshirilish usullari:
Ma`muriy huquqning asosiy tamoyillari:
1. Qonuniylik, adolat.
2. Davlat boshqaruvida fuqarolarning ishtiroki.
3. Fuqarolarning tengligi, erkinligi.
4. Davlat boshqaruvida sohaviylik va hududiylikni hisobga olish.
5. Vakolat doirasida javobgarlik.
6. Davlat boshqaruvida jamoaviylik.
Ma`muriy-huquqiy munosabatlar-bu ma`muriy huquq normalariga asoslangan munosabatlardir. Ularning mazmuni sub`yektlarning huquq va majburiyatlari hisoblanadi.
Ma`muriy-huquqiy munosabatlarning o`ziga xos xususiyatlari:
1. Agar fuqarolardan biri ikkinchisiga nisbatan huquqli vakolatga ega bo`lmasa, ular o`rtasida ma`muriy munosabatlar vujudga kelishi mumkin emas. Bunda boshqa tomonning roziligi shart emas.
2.Tomonlar tengsizligi boshqaruv hamda birgalikdagi faoliyat ishtirokchilari irodasining yagona boshqarish irodasiga bo`ysunishini taqozo etadi.
3. Ma`muriy munosabatlarning paydo bo`lishi ushun tomonlardan birining irodasi kifoya qiladi.
4.O`z mohiyat-e`tibori bilan ma`muriy munosabatlar tashkiliy munosabatlardan iborat, ya`ni eng avvalo huquqni bajarish jarayonini tashkil etishga yo`naltirilgandir.
5.Fuqarolik-huquqiy, mehnat yoki oilaviy-huquqiy munosabatlardan farqli ravishda, ma`muriy-huquqiy munosabatlarda yuzaga kelgan nizolar, odatda, suddan tashqari tartibda hal etiladi.
6. Agar tomonlardan biri huquqiy munosabatlar bo`yicha ikkinchi tomonga zarar yetkazgan holda ma`muriy norma talabalarini buzsa, u boshqa tomon oldida emas, balki bevosita davlat oldida javob beradi.
Ma`muriy huquqda sub`yektlar 3ga bo`linadi;
1) Ma`muriy huquq sub`yekti:
– davlat boshqaruv organlari;
2) Ma`muriy-huquqiy munosabatlar sub`yekti. Bu konkret munosabatning konkret ishtirokchisi hisoblanadi.
3) Boshqaruv sub`yekti.
Boshqaruv sub`yekti, ma`muriy huquq sub`yekti va ma`muriy-huquqiy munosabatlar sub`yekti tushunchalarini farqlash kerak. Ma`muriy huquq sub`yekti umumiy tarzda (fuqaro, davlat boshqaruv organi), huquqiy munosabatlar sub`yekti-aniq tarzda belgilanadi.
Boshqaruv sub`yekti ostida ma`muriy huquq normalari, boshqariladigan ob`yektlar faoliyatini tashkil etish vazifasini yuklaydigan organlar va mansabdor shaxslar tushuniladi.
Ma`muriy-huquqiy munosabatlarning paydo bo`lishi, o`zgarishi, to`xtatilishi ko`pincha boshqaruvning huquqiy hujjatlari nashr etilishi bilan bog`liq bo`ladi. Biroq ular boshqariladigan ob`yektlar va fuqarolar tashabbusi (ariza, shikoyat, taklif) bilan ham paydo bo`lishi mumkin. Ma`muriy-huquqiy munosabatlar faqat odamlarning hatti-harakati natijalari bilan emas, balki hodisalar natijasida ham(bola tug`ilishi bilan uni rasmiylashtirish) paydo bo`ladi.
Davlat boshqaruv organlari – bular qonun bilan belgilangan tartibda tashkil topgan va uning funksiyalari hamda vazifalarini amalga oshirish uchun davlat tomonidan vakolat berilgan, bu maqsadda davlat-hokimiyat vakolati bilan ta`minlangan va belgilangan tartibda ish ko`ruvchi fuqarolar guruhidir.
Davlat boshqaruv organlari belgilangan tartibda tashkil topadi. Uning funksiyalari va vazifalarini amalga oshirish uchun davlat tomonidan vakil qilingan. Bu bilan ular funksiyalarning bir qismini va umuman barcha funksiyalarni bajarishlari mumkin. Masalan, Vazirlar Mahkamasi barcha funksiyalarni, vazirliklar esa ayrim yoki bir guruh funksiyalarni bajaradi.
Boshqaruv organlarining eng muhim belgilari: ularda o`zlariga berilgan huquqlar doirasiga ma`lum masalalar yechish, boshqa davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi uchun majburiy bo`lgan normativ hujjatlar chiqarish, ularni ishontirish va majbur qilish yo`li bilan bajarilishini ta`minlash imkonini beradigan davlat-hokimiyat vakolatlarining borligidir: ular bilan belgilangan tartibda harakat qiladilar va yagona tizimni tashkil etadilar; ular ijtimoiy mohiyati, maqsad, vazifalar, funksiyalari jihatidan o`zaro aloqada va bir-biriga bog`langandir.
Davlat boshqaruvi organlari yagona tizimni tashkil etadilar. U Respublika miqyosida xo`jalikka, ijtimoiy-madaniy va ma`muriy-siyosiy qurilishga kundalik har tomonlama rahbarlik qilishni ta`minlash zarurligidan kelib chiqadi. Davlat boshqaruv organlari tuzilishi umumrespublika, markaziy va mahalliy organlarni qamrab oladi.
1. Umumrespublika organlari:
– O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. Uning tarkibi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. Vazirlar Mahkamasi o`z huquq doirasida O`zbekiston Respublikasini boshqarishga tegishli barsha masalalarni hal etishga vakolatlidir;
– Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi. U Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi tomonidan tuziladi. U o`z huquq doirasida Qoraqalpog`iston Respublikasiga tegishli masalalarni hal etish uchun vakolatlidir.
2. Markaziy boshqaruv organlari:
– O`zbekiston Respublikasi vazirliklari;
– Qoraqalpog`iston Respublikasi vazirliklari;
3. Mahalliy boshqaruv organlari:
-Joylarda xo`jalik, ijtimoiy-madaniy va ma`muriy-siyosiy qurilishning ayrim tarmoqlarini boshqarish uchun hokimlar tomonidan tuziladigan hokimliklarning bo`limlari, boshqarmalari va xizmatlari.
Davlat boshqaruvining shakllari va usullari. Boshqaruv faoliyatining asosiy shakllari:
– davlat boshqaruvi hujjatlarini nashr etish;
– ma`muriy shartnomalar tuzish;
– fuqarolarning shikoyatlari, arizalari va takliflarini ko`rib chiqish va ularga javob qaytarish.
Davlat boshqaruvi usullari:
– umumiy rahbarlik qilish hamda bevosita boshqarish;
Ma`muriy javobgarlik va ma`muriy jazo . Ma`muriy javobgarlik-bu yuridik javobgarlikning bir turidir. Unga ma`muriy huquqbuzarlikni sodir etishda (hatti-harakat qilgan) aybdor bo`lgan shaxslar tortiladi.
Ma`muriy huquqbuzarlik deganda qonun hujjatlariga binoan ma`muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g`ayriqonuniy, aybli qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi (ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeks,10-modda).
Ma`muriy huquqbuzarlikning eng muhim belgilaridan biri g`ayriqonuniylikdir. Bu g`ayriqonuniy harakat kabi g`ayriqonuniy harakatsiz bo`lishi mumkin. Masalan, ko`chadan o`tish qoidasining piyoda tomonidan buzilishi –g`ayriqonuniy harakatdir. Harbiy xizmatga chaqiriluvshi uzrli sabablarsiz mudofaa ishlari vazirligi organlariga kelmasa – bu g`ayriqonuniy harakatsizlikdir.
Ma`muriy huquqbuzarlik qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etiladi. Qasddan qilingan huquqbuzarlikka mayda bezorilik, ta`qiqlangan usul bilan ov qilish kiradi. Ehtiyotsizlik bilan sodir etilganlarga – yong`in xavfsizligi, mehnat muhofazasi qoidalarini buzishlar kiradi.
O`zbekiston Respublikasida ma`muriy javobgarlik fuqarolarga nisbatan 16 yoshga to`lgandan boshlab kuchga kiradi (13-modda).
Ma`muriy huquqbuzarlikni sodir etgan 16 yoshdan 18 yoshgasha bo`lgan shaxslarga voyaga etmaganlar ishlari bo`yicha komissiyalar to`g`risidagi nizomda nazarda tutilgan choralar qo`llaniladi. 16-yoshgasha bo`lgan shaxslar uchun huquqbuzarning ota-onasi yoki vasiysi javobgarlikka tortiladi.
Harbiy xizmatchilar va IIV xodimlari ma`muriy huquqbuzarliklar uchun intizom ustaviga ko`ra javobgar bo`ladilar. Faqat yo`l harakati, ov qilish, baliq tutish, bojxona qoidalarini buzganlik uchun ular umumiy asoslarda javobgarlikka tortiladilar.
Qonun ma`muriy javobgarlikdan ozod qilish asosini nazarda tutadi. Bunga:
– zararli oqibatning arzimasligi ( yoki umuman zarar etmagan bo`lsa). Kabi holatlar kiradi.
Ma`muriy jazo ma`muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik mezoni chorasi hisoblanadi. Ma`muriy jazo javobgarlikka tortish chorasi bo`lib, u ma`muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni qonunlarga rioya etish va ularni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, shuningdek ana shu huquqbuzarning o`zi tomonidan ham, boshqa shaxslar tomonidan ham yangi huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish maqsadida qo`llaniladi.
Ma`muriy jazo turlari:
1. Jarima-ma`muriy huquqbuzarlik sodir etishda aybdor shaxsdan davlat hisobiga pul undirishdir. Uning miqdori eng kam oylik ish haqidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Eng kam miqdori eng kam ish haqining ellikdan bir qismidan, mansabdor shaxslarga esa, o`ndan bir qismidan kam bo`lmasligi kerak. Eng ko`p miqdori eng kam ish haqining besh baravaridan, mansabdor shaxslarga esa, o`n baravaridan oshmasligi kerak.
2. Haqini to`lash sharti bilan olib qo`yish –huquqbuzarlik quroli bo`lgan ashyoni majburiy ravishda olib qo`yishdan iborat bo`lgan ma`muriy jazo chorasi. Olib qo`yilgan ashyo sotilib, undan tushgan pul sotish uchun ketgan harajatlarni chegirib tashlagan holda egasiga qaytariladi.
3. Musodara qilish – ma`muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli bo`lgan ashyoni majburiy tarzda pulini to`lamay davlat mulkiga aylantirishdan iborat. Ushbu jazo chorasi tuman (shaxar) sudining ma`muriy ishlar bo`yicha sudyasi tomonidan qo`llaniladi. Bunda faqat huquqbuzarning mulki bo`lgan ashyogina musodara qilinishi mumkin.
4. Maxsus huquqdan mahrum qilish (transport vositasini boshqarish huquqidan ov qilish huquqidan mahrum qilish) tuman (shaxar) sudining ma`muriy ishlar bo`yicha sudyasi tomonidan uch yilgacha muddatga qo`llaniladi va bu muddat 15 kundan kam bo`lishi mumkin emas.
5. Ma`muriy qamoqqa olish-jinoyatlarga yaqin huquqbuzarliklarga yoki takroriy qo`pol ma`muriy huquqbuzarliklarga nisbatan qo`llaniladi. Eng ko`p muddat – o`n besh sutkagacha, lekin favqulodda holat tartibi sharoitida jamoat tartibiga tajovuz qilganligi uchun o`ttiz sutkagacha muddatga qo`llaniladi. Ma`muriy qamoqqa olish tuman(shaxar) sudining ma`muriy ishlar bo`yicha sudyasi tomonidan tayinlanadi. Quyidagilarga nisbatan ma`muriy qamoq chorasi qo`llanilmaydi;
a) homilador ayollarga;
b) uch yoshgacha bolasi bo`lgan yoki bolasini 14 yoshgacha yolg`iz tarbilayotgan ayollarga;
v) 18 yoshga to`lmagan shaxslarga;
g) I va II guruh nogironlariga.
Jinoyat huquqi va kriminologiya
ishlab chiqish hamda har bir sohadagi ishlarni tizimli tashkil qilishni taqozo etardi.
Mamlakatimizda bu boradagi ishlar jadal sur’atlarda boshlab yuborildi va
islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirila bormoqda.
Mazkur bitiruv-malakaviy ishining dolzarbligi ham bugungi kunda
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning mazmun-mohiyati bilan
asoslanadi. Jinoyat qonunchiligini liberallashtirish o’z navbatida jazo, uni tayinlash
masalalarini ham qayta ko’rib chiqishni taqozo etadi. Chunki, jinoyat-huquqiy
islohotlarning tub maqsadi jinoyat uchun jazolash emas, balki jinoyatchilikning
oldini olish, uni imkoni boricha kamaytirish, fuqarolarni qonunga itoat va hurmat
ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Zero, mamlakatimiz Prezidenti ta’kidlaganidek,
“jinoyatchilikning oldini olish, unga qarshi kurashish samaradorligi jazoning
og’irligi va shafqatsizligiga emas, balki birinchi navbatda, qonunni buzgan
shaxsning jazoning muqarrarligini nechog’lik anglashiga bog’liq”
Bir shaxs tomonidan bir necha jinoyatlar sodir etilish holatlari har qanday
mamlakat hayotida uchraydigan hodisa hisoblanadi. Bizning mamlakatimizda ham
bu sohada amalga oshirilayotgan ishlarga qaramasdan bir shaxs tomonidan bir
necha jinoyatlar sodir etilish holatlari ko’plab uchramoqda. Xususan, birgina
Jinoyat ishlari bo’yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumani sud arxivining
2015-yilda ko’rilgan ishlarini o’rganib chiqqanimizda yil davomida ko’rilgan
barcha jinoyat ishlarining 39 % izida bir necha jinoyatlar sodir qilish holatlari
uchradi. Bu ko’rsatkichning o’zi ham mavzuning nechog’li ahamiyatli ekanligini
qonunchiligiga bir qator o’zgartishlar kiritildi va ularning ma’lum bir qismi jazo
Karimov I.A. Adolat – qonun ustuvorligida. // Xalq so’zi. 2001-yil 30-avgust.
tayinlash bilan bevosita aloqadordir. Lekin shunga qaramasdan jinoyat
qonunchiligini tanqidiy tahlil qilish, sud-tergov amaliyotini kuzatish va xorij
tajribasini o’rganish bu sohada hali hal qilinishi lozim bo’lgan muammolar
yetarlicha ekanligini ko’rsatmoqda. Ayniqsa, qanday holatlarda jinoyatlar jami
bo’yicha jazo tayinlash qoidalarini qo’llash lozimligi, jazolarni qo’shish orqali
yagona jazo tayinlash, qo’shimcha jazo tayinlash borasidagi xatoliklar shular
insonparvarlik, odillik prinsiplari, qonunning vaqt bo’yicha amal qilish kabi
prinsipial qoidalari buzilayotganlik hollari uchrab turibdi.
Bitiruv malakaviy ishining obyekti jinoyat huquqining asosiy qoidalaridan
biri sifatida odillik prinsipining ta’minlanishida bir necha jinoyatlar sodir etilganlik
uchun jazo tayinlashning huquqiy asoslari tahlili, sud amaliyotida uchrayotgan
muammoli holatlar, bu sohani tartibga solish bo’yicha qonunchilikdagi bo’shliqlar
va ziddiyatli holatlar majmuasidir.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti. Bir necha jinoyatlar uchun jazo
tayinlash asoslari, tartibi va o’ziga xosliklarini belgilab beruvchi normativ-huquqiy
hujjatlar, milliy va xorijiy huquqshunos olimlarning ilmiy-amaliy ishlari, ommaviy
axborot vositalarida e’lon qilingan sohaga oid materiallar, sud arxivi ma’lumotlari
bitiruv malakaviy ishining predmetini tashkil qiladi.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining yangiligi. Hozirgi kunga qadar bir
necha xorijlik va mamlakatimizning huquqshunos olimlari tomonidan bir necha
jinoyatlar sodir etish holatlari va ular uchun jazo tayinlash masalalari o’rganilgan
va qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan bir qancha tegishli xulosalar
tayyorlangan bo’lsa-da, bu ishlar mamlakatimizda jinoiy-huquqiy sohani
liberallashtirish jarayoni boshlanishidan oldin va liberallashtirishning dastlabki
yillarida amalga oshirilgan. Bu ishlarda masalaning umumiy jihatlari o’rganilib,
jinoiy-huquqiy prinsip sifatida odillik prinsipiga e’tibor qaratilmagan. Ushbu
bitiruv malakaviy ishida O’zbekiston Respublikasining bir necha jinoyatlar sodir
qilinganlik holatida jazo tayinlash bo’yicha huquqiy mexanizmi o’rganiladi, tahlil
qilinadi, sud amaliyoti o’rganilib, ushbu soha qonunchiligini takomillashtirish
yuzasidan tegishli xulosalar qilinadi va takliflar tayyorlanadi.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Mazkur bitiruv
malakaviy ishining maqsadi jinoyat qonunchiligini liberallashtirish jarayonida bir
necha jinoyatlar sodir etganlik uchun jazo tayinlashning huquqiy mexanizmini
tanqidiy va amaliy nuqtayi nazardan tadqiq qilish, tahliliy ishlarni olib borish,
bitiruv malakaviy amaliyot davrida olib borilgan kuzatishlar asosida sud-tergov,
advokatlik amaliyotida vujudga kelayotgan muammoli vaziyatlarni aniqlash va
ochib berish, inson va fuqaro huquqlari, qonuniy manfaatlari himoyasi
ta’minlanishida odillik prinsipining ahamiyatini yoritib berish hamda bu xususda
tegishli ilmiy-nazariy asoslantirilgan xulosalar ishlab chiqish, takliflar tayyorlash
Qo’yilgan maqsadga erishish bitiruv malakaviy ishini yozish jarayonida
quyidagi vazifalarni hal qilish orqali amalga oshiriladi:
a) jinoyat qonunchiligini liberallashtirish sharoitida amaldagi jinoyat
qonunining bir necha jinoyatlar uchun jazo tayinlash to’g’risidagi
normalarning holatini aniqlash va ushbu turkumdagi jinoyatlarning oldini
olish hamda ularga qarshi kurash bo’yicha darajasini aniqlash;
b) bir necha jinoyatlar uchun jazo tayinlashning o’ziga xos xususiyatlarini
c) jazolarni liberallashtirish sharoitida amaliy hayotda bir necha jinoyat uchun
jazo tayinlashda vujudga kelayotgan muammolarni aniqlash uchun sud
materiallari bilan tanishib chiqish, tegishli ma’lumotlarni olish;
d) o’rganilgan huquq manbalari va ilmiy ishlar, o’tkazilgan kuzatuvlar
natijasida jinoyat qonunchiligida odillik prinsipini to’laqonli ro’yobga
chiqishini ta’minlash maqsadida tegishli xulosalar va takliflar tayyorlash.
Bitiruv malakaviy ishinining usuli. Bitiruv malakaviy ishini yozishda
bilishning umumiy-ilmiy metodlari bo’lgan dialektik metod, tarixiy-qiyosiy tahlil,
tizimli tahlil qilish uslublari, shuningdek, umummantiqiy metodlar – induksiya,
deduksiya, analiz, sintez va maxsus huquqiy metodlar qo’llanildi. Ilmiy adabiyotlar
va huquq normalarini sharhlashda grammatik tahlil metodidan ham foydalanildi.
Mavzuning o’rganilganlik darajasi va adabiyotlar tahlili. Bir necha
jinoyatlar uchun jazo tayinlash masalalari bir qancha xorijiy va mamlakatimiz
huquqshunos olimlari tomonidan o’rganilgan. Shu bilan birga aytish kerakki, bu
ishlarning aksariyati jinoyat qonunchiligi liberallashtirilishidan oldingi davrga
tegishli bo’lib, ularda hozirgi kunda uchrayotgan muammolar yetarlicha tahlil
qilinmagan. Bir necha jinoyatlar uchun jazo tayinlash masalalari bo’yicha fikrlar
va takliflar xorij olimlaridan M.I.Bajanov, N.А.Bekbergenov, V.P. Malkov,
B.V. Voljenkin va boshqalar tomonidan olib borilgan ilmiy ishlarda ilgari
. Mamlakatimiz huquqshunos olimlaridan M. Usmonaliyev, yuridik fanlar
nomzodi, dotsent M.Z. Muqimova, yuridik fanlar nomzodi, dotsent B.B. Mat-
lyubov, yuridik fanlar doktori M.H. Jiyanov kabilarning ilmiy asarlari hamda ilmiy
maqolalarida tadqiq etilayotgan muammoga tegishli jihatlar yoritilgan
Yuqoridagi olimlarning ilmiy ishlarida bir qancha jinoyatlar uchun jazo
tayinlash muammolari atroflicha ko’rib chiqilgan bo’lib, ularda jazo tayinlashning
bugungi umumiy jihatlari yoritilgan, shuningdek jinoyat qonunining odillik
prinsipi masalasiga yetarlicha e’tibor berilmagan. Bundan tashqari, ushbu
ishlarning mazmuni bugungi kundagi jinoyat qonuni normalari mazmunini qamrab
Bitiruv malakaviy ishi natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Bitiruv
malakaviy ishi doirasida olib borilgan tadqiqot natijalaridan jinoyat qonunchiligida
odillik prinsipini ro’yobga chiqarish uchun qonunchilikka tegishli takliflar ishlab
Бажанов М.И. Назначение наказания по совокпности преступлений и приговоров. – Харьков, 1977. //
Волженкин Б.В. Принцип справедливости и проблемы множественности преступлений по УК РФ //
Законность. Москва, 1998. // Малков В.П. Совокупность преступлений. Казань. Изд.Казанского
Университета.1974. –с.287.; Разумов С.А. Практика назначения наказания.-М., 2001. // Бекбергенов Н.А.
Назначение наказания по совокупности преступлений и приговоров.: Автореф. дисс. . канд. юрид наук.-
Казахстан: Алма-Ата, 2002.
Muqumova M.Z. Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash xususiyatlari . Yuridik fanlar nomzodi ilmiy
darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. Ilmiy rahbar: M. Usmonaliyev. – T.: 2005. // Матлюбов Б.Б.
Уголовно-правовое значение совокупности преступлений. Диссертация на соискание ученой степени
кандидата юридических наук. – T.: 2006. // Jiyanov M.H. Bir qancha jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik
muammolari: 12.00.08-Jinoyat huquqi va kriminologiya; yuridik fanlar doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan
dissertatsiya / Ilmiy maslahatchi: M.H.Rustamboyev. – T., 2012.
chiqishda, jazo tayinlash tizimini takomillashtirishda, inson va fuqarolarning
qonuniy huquq va manfaatlari samarali himoya qilinishi yuzasidan ilmiy ishlarda
Bitiruv malakaviy ishinining tarkibiy tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishining
tarkibiy tuzilishi kirish, beshta paragrafni o’z ichiga oluvchi ikkita bob va xulosa,
shuningdek foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Birinchi bob umumnazariy xususiyatga ega bo’lib, unda bir necha jinoyatlar
tushunchasi, uning turlari, bir necha jinoyatlar uchun jazo tayinlash tushunchasi,
asoslari, tartibi, bu boradagi har xil qarashlar hamda bu jarayonda odillik
prinsipining namoyon bo’lishi o’rganiladi. Shuningdek, Jinoyat kodeksi va
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tegishli qarorlari, sharhlar hamda
sud materiallari asosida bir necha jinoyatlar sodir qilganlik uchun bir turdagi, har
xil turdagi, qo’shimcha jazo tayinlash masalalari, jazolarni qo’shib hisoblash
qoidalari ko’rib chiqiladi.
Ikkinchi bobda jinoyat qonunchiligini liberallashtirish va odillik prinsipini
ro’yobga chiqarishda sud va tergov amaliyotida vujudga kelayotgan muammolar
tahlil qilinadi. Bu muammolarni hal qilish bo’yicha bir necha jinoyat sodir
qilganlik uchun jazo tayinlash qoidalarini takomillashtirish yuzasidan takliflar
ko’rib chiqiladi va bu boradagi ayrim davlatlar qonunchiligida mavjud ijobiy
tomonlar tahlil qilinadi.
I BOB. JINOYAT HUQUQIDA BIR NECHA JINOYATLAR UCHUN JAZO
TAYINLASH TUSHUNCHASI, TARTIBI VA UNDA ODILLIK PRINSPINING
NAMOYON BO’LISHI
1.1. Bir necha jinoyat uchun jazo tayinlash asosi sifatida jinoyat huquqida bir
qancha jinoyatlar sodir etish holatlari, turlari va yuridik tavsifi
Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng muhim
yo’nalishlaridan biri bu – qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs
huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini
izchil demokratlashtirish va liberallashtirishdan iboratdir
ro’yobga chiqarishda, albatta jinoiy-huquqiy qonunchilikni takomillashtirish ham
alohida ahamiyat kasb etadi. Zero, jinoyatchilikning oldini olish va uni imkoni
boricha kamayitirish demokratik fuqarolik jamiyati qurishning muhim
mezonlaridan biridir. Bu o’rinda esa, jinoyat uchun jazo tayinlash instituti o’ziga
xos o’ringa ega. Chunki, yuqorida qayd etilganidek, jinoyat uchun jazoning
muqarrarligi uning oldini olishda, shaxsni qonunga hurmat va itoat ruhida
tarbiyalashda katta o’ringa ega.
Ma’lumki, bir shaxs tomonidan bir necha jinoyatlar sodir etilishi insoniyat
tarixining har qanday davrida mavjud bo’lgan va u o’zining ijtimoiy xavfi
yuqoriligi bilan ajralib turadi. Bir necha jinoyatlar uchun uchun jazo tayinlashning
asosi bo’lib ikki va undan ortiq jinoyatlarning bir shaxs tomonidan sodir etilishi
hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda, avvalo, tadqiqot doirasida bir necha
jinoyatlar tushunchasi, uning turlari, xususiyatlarini ko’rib chiqishimiz zarur. Bu
esa, mamlakatimiz Jinoyat kodeksining bir qancha jinoyatlar sodir etish
to’g’risidagi VIII bobini atroflicha tahlil qilishni taqozo etadi. Shu o’rinda aytish
kerakki, bir necha jinoyatlar sodir etish holatlari bir qator mamlakatimiz va xorij
olimlari tomonidan tadqiq qilinib, o’ziga xos qarashlar va fikrlar ilgari surilgan.
Karimov I.A. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi
“Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
konsepsiyasi” nomli ma’ruzasi. – T.: “O’zbekiston”, 2010. 8-bet.
Jinoyat huquqida “bir qancha jinoyatlar” va “bir necha jinoyatlar”
tushunchalari mavjud bo’lib, ular haqida to’xtalsak. Chunki, bitiruv-malakaviy
ishining o’rganish obyekti bevosita bu tushunchalar bilan bog’liq. Amaldagi
Jinoyat kodeksida ushbu tushunchalarning aniq bevosita ta’riflari keltirilmagan va
ushbu tushunchalar bir-biri bilan bir ma’nolidek, ko’rinsa-da, ular mustaqil
tushunchalardir. Chunki “bir necha jinoyat” tushunchasining huquqiy ma’nosiga
to’xtalsak, u “bir qancha” jinoyat tushunchasiga nisbatan tor ma’nodagi tushuncha
bo’lib, agar bir qancha jinoyat sodir etish takroran jinoyat sodir etish, jinoyatlar
majmui va retsidiv jinoyatlarni qamrab olsa, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat
kodeksi 59-moddasining mazmuniga ko’ra, “Shaxs tomonidan Jinoyat kodeksi
Maxsus qismining turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki undan ortiq
jinoyatlarni sodir etib, ularning birortasi uchun shaxs sudlangan bo’lmasa” bir
necha jinoyat sodir etish deb topiladi. Chunki, takroran jinoyat sodir etish,
jinoyatlar majmui turli moddalarda nazarda tutilgan jinoyatlarni qamrab olgani
holda, bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlanadi.
“Bir qancha jinoyatlar” atamasi xususida ham ko’plab olimlar tomonidan har
xil fikrlar bildirilgan bo’lib, jumladan А.M.Yakovlevning fikriga ko’ra, bir
qancha jinoyat sodir etish tushunchasi takroran jinoyat sodir etish, retsidiv
jinoyatlar va jinoyatlar majmuida namoyon bo’ladi. P.S. Dagel esa, bir qancha
jinoyat sodir etish deganda, “ikki yoki undan ortiq jinoyatlarni” yoki “bir necha
jinoyatlarni sodir etish”ni nazarda tutadi. N.А Bekbergenov tomonidan esa, bir
qancha jinoyat sodir etishda uning miqdor ko’rsatkichlari emas, balki har bir
qilmishning mustaqil huquqiy ahamiyatga ega ekanligi, uning asosiy va zaruriy
belgisi sifatida ta’kidlanadi
Bu borada yuridik fanlar doktori M.H. Jiyanovning ta’rifi alohida e’tiborga
loyiq va u ushbu ta’rifni Jinoyat kodeksida mustahkamlashni taklif qiladi: “Jinoyat
kodeksi Maxsus qismining bir moddasida yoki bir moddasining bitta qismida yoki
turli qismida yoxud turli moddalarida nazarda tutilgan, jinoiy huquqiy ahamiyatini
Бекбергенов Н.А. Назначение наказания по совокупности преступлений и приговоров.: Автореф. дисс. .
канд. юрид наук.-Казахстан: Алма-Ата, 2002.- с. 7.
yo’qotmagan ikki yoki undan ortiq jinoyatlarning bir vaqtda yoki turli vaqtlarda bir
shaxs tomonidan sodir etilishi bir qancha jinoyat sodir etish deb topiladi”
Yuqoridagi fikrlardan ko’rishimiz mumkinki, ushbu muammoni tadqiq
qilgan olimlarning barchasi bir qancha jinoyatlar kamida ikkita jinoyatdan iborat
bo’lishini va bu jinoyatlar yagona subyekt tomonidan sodir etilishini ta’kidlaydilar.
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi normalari ham A.M. Yakov-
levning fikriga monand bo’lib, bir qancha jinoyatlar sodir etish deb nomlanadigan
VIII bobi takroran jinoyat sodir etish, jinoyatlar majmui va retsidiv jinoyatni o’z
M. Usmonaliyev fikricha, bir qancha jinoyat sodir etilgan deb topish uchun
qilmishlarda quyidagi shartlar bo’lishi kerak:
– shaxs tomonidan har biri mustaqil jinoyat tarkibini tashkil qiluvchi ikki
yoki undan ortiq jinoyatlar sodir etilgan bo’lishi kerak;
– Bunda jinoyatlarning bir vaqtda (jinoyatlarning ideal jami) yoki har xil
vaqt (real jami)da sodir etilganligining ahamiyati yo’q;
– dastlabki sodir etilgan jinoyat bilan keyingi sodir etilgan jinoyat o’rtasida
JKning 64-moddasida nazarda tutilgan muddatlar o’tib ketmagan bo’lishi kerak;
– shaxs ushbu jinoyatlarda bajaruvchi, tashkilotchi, dalolatchi yoki
yordamchi sifatida qatnashganligi, jinoyatga tayyorgarlik ko’rish, suiqasd qilish
bosqichida to’xatilganligi yoki oxiriga etkazilganligining ahamiyati yo’q;
javobgarlikdan, 69-moddasi asosida jazodan ozod qilingan bo’lsa (150-156-
moddalar bundan mustasno), jinoyat huquqida nazarda tutilgan bir qancha
jinoyatlarni tashkil qilmaydi;
– oldingi jinoyat uchun sudlanganlik muddati o’tmasdan yoki qonunda
belgilangan tartibda olib tashlanmasdan yangi jinoyat sodir etish ham bir qancha
jinoyat sodir etish hisoblanadi
Jiyanov M.H. Bir qancha jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik. Farg’ona 2002. 73-bet.
M.Usmonaliyev. Jinoyat huquqi (Umumiy qism). Oliy o’quv yurtlari uchun darslik. – T.: “Yangi asr avlodi”, 2005.
Professor M.H. Rustamboyev ham yuqoridagiga monand tarzda fikr bildirib,
bir qancha jinoyatlar tushunchasining quyidagi xususiyatlarini keltirib o’tgan:
1) shaxs tomonidan ikki yoki undan ortiq mustaqil jinoyatlarning sodir
etilgan bo‘lishi lozim;
2) har bir jinoyat sud hukmida ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Agar shaxs
jinoyat sodir etgan bo‘lsa, lekin jinoiy ish dastlabki tergov va sud tomonidan
qonunda ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra tugatilgan bo‘lsa (O‘zR JPKning 83,84-
moddalari), bu shaxs ilgari jinoyat sodir etgan hisoblanmaydi;
3) jinoiy javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan
javobgarlikdan ozod qilinmagan bo‘lishi (64-modda), ilgari chiqarilgan hukmning
ijro etish muddati o‘tib ketmagan bo‘lishi (69-modda), sudlanganlik muddatining
o‘tib ketmaganligi yoki amnistiya akti yoxud afv etish orqali jazodan ozod
qilinmagan bo‘lishi kerak;
4) har bir jinoyat tugallangan yoki tugallanmagan bo‘lishi lozim.
M.M. Qodirov va M.M. Qalandarovlar fikricha, bir qancha jinoyatlarning
quyidagi asosiy belgilari mavjud:
– shaxs tomonidan jinoyat qonunining bir yoki bir necha moddalari (yoki
moddalarining qismlari)da nazarda tutilgan ikki yoki undan ortiq jinoyatlarning
– sodir etilgan har bir qilmishning mustaqil jinoyat hisoblanishi va alohida
modda (yoki moddaning qismi) bo’yicha kvalifikatsiya qilinishi;
– bir qancha jinoyatlarni vujudga keltiruvchi jinoyatlarning har qaysisi uning
sodir etilganligi faktidan kelib chiqqan jinoiy-huquqiy oqibatning saqlanib qolishi
Yuqoridagilardan kelib chiqib umumlashtirgan holda, bir qancha jinoyat
sodir etishning quyidagi huquqiy belgilarini ko’rsatishimiz mumkin:
– bir qancha jinoyatlar miqdor ko’rsatkichlariga ega, ya’ni shaxs (yoki
shaxslar) tomonidan ikkitadan kam bo’lmagan (undan ham ko’p bo’lishi mumkin)
jinoyat sodir etilgan bo’lishi zarur. Bu, bir tomondan, bir qancha jinoyatlarni
Jinoyat huquqi. Umumiy qism: Darslik (To’ldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashri) / R. Kabulov, A.A.
Otajonov va boshq. – T.: O’zbekiston Respublikasi IVV Akademiyasi, 2012. – 184-b.
tashkil qiluvchi har bir jinoiy qilmish Jinoyat kodeksining 14-moddasi talablariga
muvofiq yagona jinoyat deb tan olinishi zarurligini bildirsa va yagona jinoyatlarni
bir qancha jinoyatlardan farqlashga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, ma’muriy
yoki intizomiy huquqbuzarlik maqomiga ega bo’lgan qilmishlar bir qancha jinoyat
sodir etish kabi baholanmasligini bildiradi;
– bir qancha jinoyatlar sifat ko’rsatkichlariga ega, ya’ni bir qancha jinoyatlar
tarkibiga kiruvchi har bir jinoyat o’zining jinoiy – huquqiy ahamiyatini
yo’qotmagan bo’lishi va jinoiy-huquqiy munosabatlarni vujudga keltirishga qodir
bo’lishi zarur. Аmaldagi qonun hujjatlariga muvofiq jinoyat quyidagi hollarda
o’zining jinoiy-huquqiy ahamiyatini yo’qotishi mumkin:
a) javobgarlikka tortish muddatining o’tib ketishi munosabati bilan;
b) shaxs amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilinganda;
v) sudlanganlik holatining tugallanishi munosabati bilan;
g) sudlanganlik holatining olib tashlanishi munosabati bilan;
d) jinoyat ishini qo’zg’atishga to’sqinlik qiluvchi protsessual
holatlarning mavjudligi tufayli (masalan, jabrlanuvchining shikoyati asosida
qo’zg’atiladigan jinoiy ishlar bo’yicha shunday shikoyatning mavjud bo’lmasligi,
muayyan jinoyat ishini to’xtatish bo’yicha chiqarilgan qaror yoki ajrimning bekor
-modda – yarashish natijasida (aybdorning jabrlanuvchi bilan
– bir qancha jinoyat sodir etishning asosiy huquqiy belgilaridan yana biri
shundan iboratki, bir qancha jinoyatlarni tashkil qiluvchi ikki yoki undan ortiq
jinoyatning har biri aynan bir shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan sodir etiladi.
Boshqacha qilib aytganda, bir qancha jinoyatlarni tashkil qiluvchi jinoiy
qilmishlarni bir-biriga bog’lab turuvchi umumiy element sifatida, jinoyat subyekti
– bir qancha jinoyatlarning ayrim turlarini bir-biridan farqlashga yordam
beruvchi belgilardan yana biri vaqt hamdir. Аmaldagi jinoyat qonuni mazmuniga
ko’ra bir qancha jinoyatlar turli davrlarda yoki bir vaqtda ham sodir etilishi
mumkin. Takroriy jinoyatlar, retsidiv jinoyatlar va jinoyatlarning real jami
bo’yicha jinoyatlarning turli davrlarda sodir etilishi talab qilinsa, jinoyatlarning
ideal jamini bir vaqtda bir qilmish bilan sodir qilingan ikki yoki undan ortiq
jinoyatlar tashkil qiladi;
– qonun chiqaruvchi bir qancha jinoyat sodir qilganlik uchun javobgarlik
asoslarini belgilar ekan, jinoyat tushunchasini keng talqin qiladi va jinoyat deganda
nafaqat tamom bo’lgan jinoyatlarni, balki jinoyatga tayyorgarlik ko’rish va jinoyat
sodir etishga suiqasd qilish (JKning 25-moddasi) hamda ishtirokchilikda sodir
etilgan jinoyat (JKning 27-moddasi) larni ham nazarda tutadi;
– bir qancha jinoyat sodir etish ijtimoiy hodisa sifatida turli shakllarda
namoyon bo’lishi mumkin. Davlatimizning amaldagi jinoyat qonunida bir qancha
jinoyat sodir etishning uchta shakli nazarda tutilgan. Bular takroran jinoyat sodir
etish (JKning 32-moddasi), jinoyatlar majmui (JKning 33-moddasi) va retsidiv
jinoyat (JKning 34-moddasi) lardir. Bir qancha jinoyat sodir etishning yuqorida
sanab o’tilgan shakllari jinoyat qonuni Maxsus qismida nazarda tutilgan
jinoyatlarning turli mezonlar asosida birikuvidan hosil bo’lishi mumkin. Masalan,
takroran sodir etilgan jinoyatlar JK Maxsus qismining aynan bir moddasida,
qismida, Kodeksda alohida ko’rsatilgan hollarda esa turli moddalarida nazarda
tutilgan ikki yoki bir qancha jinoyatlarning birikuvidan hosil bo’lishi mumkin.
Endi O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi bo’yicha bir qancha
jinoyatlarning har bir shakliga alohida to’xtalsak.
Jinoyat kodeksining 32-moddasida takroran jinoyat sodir etish tushunchasi
berilgan bo’lib, unga ko’ra Jinoyat kodeksi Maxsus qismining aynan bir
moddasida, qismida, Kodeksda alohida ko’rsatilgan hollarda esa, turli moddalarida
nazarda tutilgan ikki yoki bir qancha jinoyatni shaxs turli vaqtlarda sodir etgan,
ammo ularning birortasi uchun ham sudlangan bo’lmasa, takroran jinoyat sodir
etish deb topiladi.
Ushbu normadan kelib chiqqan holda M.H. Rustamboyev takroran jinoyat
sodir qilishning quyidagi belgilarini keltirib o’tgan:
1) takroran jinoyat sodir etish bir necha jinoyat sodir etishning shakli bo‘lib,
unga ko‘ra shaxs javobgarlikka tortiladigan aynan bir-biriga o‘xshash bo‘lgan ikki
yoki bir necha jinoiy qilmishni sodir qiladi;
2) sodir etilgan qilmishlar jinoyat qonuni maxsus qismining aynan bir
moddasida, qismida, kodeksda alohida ko‘rsatilgan hollarda esa turli moddalarida
nazarda tutilgan qilmishlarni ham qamrab oladi;
3) sodir etilgan jinoiy qilmishlarning birortasi uchun ham shaxs sudlangan
4) jinoyat takroran sodir etilgan deb hisobanishi uchun ular turli vaqtlarda
sodir qilingan va mustaqil jinoyat tarkibini tashkil qilishi
M. Usmonaliyev takroran jinoyat sodir qilishning har uchta turi uchun
umumiy belgilar sifatida quyidagilarni ko’rsatib, ulardan birortasining
yetishmasligi qilmishni takroran deb baholamaslikka olib kelishini qayd qilgan:
a) turli vaqtlarda Jinoyat kodeksi Maxsus qismida nazarda tutilgan ikki yoki
bir necha jinoyat sodir etilganligi;
b) jinoyatlarning, albatta, turli vaqtlarda sodir etilganligi;
v) javobgarlikka tortiladigan birinchi jinoyat bilan keyingi sodir qilingan
jinoyat o’rtasida JK 64-moddasida nazarda tutilgan (jinoiy javobgarlikka tortish
muddatlari) o’tib ketmagan bo’lishi;
g) shaxs sodir etilgan jinoyatlarning birortasi uchun ham hali
sudlanmagan bo’lishi kerak
O’zbekiston Respublikasi JK Maxsus qismining bir qancha moddalari faqat
bitta qismdan iborat bo’lib, shaxs ana shunday jinoyatlarni har xil vaqtda sodir
etib, ulardan birortasi uchun ham sudlangan bo’lmasa, faqat keyingi sodir qilgan
jinoyati uchun takroran sodir qilgan deb javobgar qilinadi. Sud bunday jinoyatlarni
sodir qilgan shaxslarga nisbatan jazo tayinlashda O’zbekiston Respublikasi JKning
56-moddasi birinchi qismi “n” bandiga binoan jazoni og’irlashtiruvchi holat
Rustamboyev M.H. O’zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Umumiy qism. I tom. Jinoyat to’g’risida
ta’limot // OTM uchun darslik. – T.: “ILM ZIYO”, 2010. – 241-b.
M.Usmonaliyev. Jinoyat huquqi (Umumiy qism). Oliy o’quv yurtlari uchun darslik. – T.: “Yangi asr avlodi”, 2005.
sifatida jazo tayinlaydi. Masalan aytaylik, kuchli ruhiy hayajonlanish holatida
qasddan badanga o’rtacha og’ir yoki og’ir shikast yetkazgan shaxs buning uchun
sudlanmasdan turib JKning 64-moddasida nazarda tutilgan muddatlar o’tmasdan
yana xuddi shunday jinoyatni sodir qilsa, jinoyatlarning jami tariqasida emas, balki
jinoyat takroran sodir etilgan deb JKning 106-moddasining o’zi bilan javobgar
qilinadi. Sud jazo tayinlash vaqtida JKning 56-moddasiga binoan jazoni
og’irlashtiruvchi holat deb hisoblaydi. Аmmo JKning Maxsus qismi moddasining
“takroran qilinsa” degan yoki undan og’irroq qismi bilan jazo tayinlanayotgan
bo’lsa, JK 56-moddasi birinchi qism “n” bandi qo’llanilmaydi. Bunday holda bir
qancha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlashning qoidalari ham
Jinoyat kodeksi 32-moddasi birinchi qismi mazmuniga e’tibor bersak, shaxs
turli vaqtlarda Jinoyat kodeksi Maxsus qismining bitta moddasi yoki bitta
moddasining bitta qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan bo’lib, ulardan
biri oxiriga yetkazilgan, ikkinchisi tayyorgarlik ko’rish yoki suiqasd qilish
bosqichida to’xtatilgan aynan bir xil jinoyatlar sodir etilgan bo’lsa, takroran jinoyat
sodir etish deb topiladi. Ammo M.I. Tkachenko, V.P.Malkov, Yu.А.Krasikov,
А.Zelinskiy va boshqalar bu holatga zid fikrlar bildirib, “shaxs bir xil jinoyatlarni
turli vaqtlarda sodir qilib, ulardan biri uchun jinoyatga tayyorgarlik ko’rish yoki
suiqasd qilganlik uchun yoxud ishtirokchilikda sodir etishda ayblanib,
javobgarlikka tortilgan taqdirda jinoyatlar majmui deb hisoblash kerak”, – deb
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi
“Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to’g’risida”gi qarorining
49-bandida ko’rsatilganki, “shaxs bir necha aynan o’xshash qilmishni sodir etgan
bo’lib, ulardan ayrimlari tugallangan jinoyat, boshqalari esa — jinoyatga
tayyorgarlik, suiqasd tariqasida kvalifikatsiya qilinganda yoki ayrimlari mustaqil,
boshqalari esa ishtirokchilikda sodir etilganda jinoyatlar majmui bo’yicha jazo
tayinlash qoidalari qo’llaniladi”.
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorining ushbu tushuntirishi
Jinoyat kodeksining 32-moddasi qoidalariga ma’lum ma’noda to’g’ri kelmasa-da,
olimlarning “bunday holda jinoyatlar jami tariqasida jazo tayinlanishi kerak”,
degan fikrlari ma’lum darajada adolatli hisoblanadi. Chunki, tamom bo’lgan
jinoyat, jinoyatga tayyorgarlik ko’rish, jinoyat sodir etishga suiqasd qilish va
ishtirokchilikda sodir qilingan jinoyatlarni ijtimoiy xavflilik jihatidan aynan teng
deb hisoblash noto’g’ri.
Jinoyat takroran sodir etilgan, deb kvalifikatsiya qilinganida har doim
og’irroq jazo turi tayinlanadi. Shaxs jinoyatda ishtirokchi sifatida topilib, uning
qilmishi kvalifikatsiya qilinganida, javobgar bajaruvchi sifatida qatnashmaydi.
Demak, bunday hollarda qilmish takroran qilingan, deb kvalifikatsiya qilinib, jazo
tayinlanganida, muayyan normaning javobgarlikni og’irlashtiruvchi turi sifatida
qaralishi lozim. Qilmishni takroran sodir qilingan deb kvalifikatsiya qilish,
jinoyatni avtomatik ravishda og’ir yoki o’ta og’ir turiga aylantirib yuboradi.
Natijada bunday hollarda shaxsga nisbatan javobgarlik yoki jazodan ozod qilish va
qonunda nazarda tutilgan boshqa imtiyozlarni qo’llash mumkin bo’lmay qoladi.
Bunday holda jinoyatlarni jinoyatlar majmui deb kvalifikatsiya qilinganida esa,
jinoyatlarni qisman yoki to’la qo’shgan taqdirda ham uni tasnifiga ta’sir qiluvchi
kvalifikatsiya qilish belgisi o’zgarmay qolaveradi. Bunday holda shaxsga nisbatan
javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish yoki qonunda nazarda tutilgan
imtiyozlarni qo’llash mumkin bo’ladi.
Bitiruv malakaviy ishining tadqiqot doirasidan kelib chiqib, retsidiv
jinoyatga to’xtalmasdan bir qancha jinoyatlar sodir qilishning shakli sifatida
jinoyatlar majmui (jami)ni ko’rib chiqishni ma’qul topdik. Jinoyatlar majmui
tushunchasi JK ning 33-moddasida bayon qilingan bo’lib, unga muvofiq JK
Maxsus qismining turli moddalarida yoki bitta moddasining turli qismlarida
nazarda tutilgan, javobgarlikka tortiladigan ikki yoki bir qancha jinoiy qilmishni
sodir etish, agarda ulardan birortasi uchun ham shaxs sudlangan bo’lmasa,
jinoyatlar majmui deb topiladi.
Ushbu ta’rifdan kelib chiqqan holda jinoyatlar majmuining quyidagi
huquqiy belgilarini ajratish mumkin:
1) jinoyatlar majmui bir qancha jinoyatlar sodir etishning shakli bo’lib, unga
ko’ra shaxs javobgarlikka tortiladigan ikki yoki bir necha jinoiy qilmishni sodir
2) sodir etilgan qilmishlar jinoyat qonuni Maxsus qismining turli
moddalarida yoki bitta moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan bo’ladi;
3) sodir etilgan jinoiy qilmishlarning birortasi uchun ham shaxs sudlangan
Shuni aytish kerakki, qonun chiqaruvchi JK 33-moddasida “jinoiy qilmish”
tushunchasini qo’llar ekan, uni keng tushunadi va bu tushunchaga nafaqat tamom
bo’lgan jinoyatlarni, balki jinoyatga tayyorgarlik ko’rish va jinoyat sodir etishga
suiqasd qilish (JK 25-modda) hamda ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyat (JK 27-
modda) larni ham kiritadi
. Ushbu qilmishlar sodir qilingan paytda qilmishning
jinoyatlar majmui tariqasida baholanishini yuqorida takroran jinoyat sodir etish
tushunchasiga to’xtalganimizda ko’rib chiqqan edik.
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 15-mayda qabul
qilingan “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir
masalalar to’g’risida” gi qarorida tushuntirish berilishicha, jinoyatlar majmui
deganda, shaxs tomonidan Jinoyat kodeksi Maxsus qismining turli moddalari yoki
bitta moddasi turli qismlarida nazarda tutilgan ikki yoki undan ortiq jinoyat, ular
qasddan yoxud ehtiyotsizlik oqibatida qilinishidan qat’i nazar sodir etilishi
Jinoyat kodeksi 33-moddasining ikkinchi qismiga ko’ra, agar shaxs sodir
etgan qilmishda JK Maxsus qismi ayni bir moddasining turli qismlarida nazarda
tutilgan jinoyatlarning alomatlari mavjud bo’lsa, u moddaning og’irroq jazo
belgilangan qismi bo’yicha javobgarlikka tortiladi. Bu qoidada faqat bir harakat
bilan kodeks Maxsus qismining bitta moddasida nazarda tutilgan, ammo o’sha
moddaning turli qismlarida kvalifikatsiya qilish mumkin bo’lgan belgilar bor
M.H.Jiyanov. Bir qancha jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik // Farg’ona. 2002 yil. 68-bet.
qilmishlar nazarda tutilmoqda.