Jismoniy tarbiyaning uslubiy tamoyillari hamda jismoniy tarbiya jarayonida ularni amalga oshirish yo llari
Beshinchi bosqich ko’p mehnat talab qiladi, dars vazifalariga aniqlik kiritishdan, ularni hal etish uchun manba tanlash, o’rganiladigan harakat-faoliyat qismlariga yordamchi mashqlarning qaytalanish sonini belgilash va ularni bir butun qilib o’rganishdan iborat.
bolalar jismoniy rivojlanishida jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi
Ushbu o‘quv qo‘llanma pedagogika kollejlari, pedagogika oliy o‘quv yurtlari hamda universitetlarning maktabgacha ta’lim, pedagogika-psixologiya ixtisosliklarining talabalari, shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalari hamda sport maktablari, gimnaziya va litseylarning jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va murabbiylari uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanmada maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar jismoniy tayyorgarligiga yo‘naltirilgan nazariy va uslubiy ishlanmalar, ularda harakat madaniyatini shakllantirish, aqliy, axloqiy, estetik hamda ruhiy-jismoniy sifatlarni rivojlantirish masalalari mazmuni aks etgan. Shuningdek, harakatli o‘yinlar tavsifi va ularning tarbiyaviy a hamiyati ko‘rsatilgan.
Specifications
- Mualliflar: B.B.MA`MUROV
- Primary Category:Jismoniy tarbiya va sport
- Turi: O`quv-qo`llanma
- Til: O`zbek
- 74.267.5
- Nashr yili: 2014
- Nashriyot: “TURON ZAMIN ZIYO”
- Sahifalar soni: 229 bet
- Havola:Kitobni yuklab olish
Search
Buxoro davlat universiteti Axborot texnologiyalar markazi © 2019
Powered by ATM
- Bosh sahifa
- Yangiliklar
- Markaz rahbari
- ARM haqida
- Foto lavhalar
- Sayt xaritasi
- Blog Featured
- About
- Features
- Services
- O`zbek tilidagi adabiyotlar
- Rus tilidagi adabiyotlar
- Xorijiy tildagi adabiyotlar
- Elektron talim vositalari
- Ingliz tilidan topiklar
- Fan dasturi
- Malaka talablar
Jismoniy tarbiyaning uslubiy tamoyillari hamda jismoniy tarbiya jarayonida ularni amalga oshirish yo’llari
Tabiatdagi, hayotdagi, butun borliqdagi jarayonlar ma’lum qonuniyatlarga bo’ysunadi va shularga muvofiq ravishda rivojlanib boradi. Bu qonuniyatlar tabiatda odam ixtiyoridan tashqari holatda amal qiladi. Bunday qonuniyatlar, ilmiy izlanish va amaliy tajribalarning ko’rsatishi bo’yicha, jismoniy tarbiya jarayoniga ham ta’sir ko’rsatadi. Bu qonuniyatlarni tan olish, ularni o’rganish, shu asosda o’quvchilar jismoniy tarbiyasi jarayonini yaxshilash imkonini beradi.
Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat jarayonini boshqaradigan, inson vujudiga, jismoniy o’sishga ta’sir qiladigan tabiat qonunlari jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyotida printsip-tamoyil nomini olgan. Organizm rivojlanishining umumiy tamoyillarini bilish va ularni amaliyotda qo’llash, o’quvchilar jismoniy tarbiyasi jarayonini yanada samarali darajaga olib keladi.
Jismoniy tarbiya va pedagogikaga oid adabiyotlarda tamoyillar har xil ta’riflangan, lekin manbalarning tahlili shuni ko’rsatadiki, har xil nomlar bilan ta’riflangan bir printsip quyidagi mazmunlarni bildiradi:
-jismoniy tarbiya darslari jarayonida o’quvchilarning har tomonlama rivojlanishlari uchun jismoniy mashqlarni ongli, tushungan holda tashkil etish;
-o’rgatayotgan mashqlarni yaxshi o’zlashtirilishi uchun ko’rgazmalilikning turli xil shakllaridan foydalanish;
-har bir o’quvchiga taklif qilinadigan muayyan maqsadga yo’naltirilgan va psixologik og`irliklarning soddaligini, tushunarliligini ta’minlash;
Shug`ullanuvchi o’quvchilar avvalgi mashg`ulotlarda o’zlashtirib olganlarini mustahkamlashlarida talabni kuchaytirish va keyingi mashg`ulotlar uchun zamin yaratishni ta’minlash.
Pedagogika fanida bu printsiplarni o’rgatishda taalluqligini hisobga olib, didaktik tamoyillar deb ataymiz. Jismoniy tarbiya, jismoniy mashqlarga o’rgatish va shug`ullanuvchilarni bilimlar bilan qurollantirish, jismoniy sifatlarni tarbiyalashni o’z ichiga qamrab olganligi uchun tamoyillarni didaktik emas, metodik – uslubiy deb atash qonuniyroqdir.
Ko’nikma va malakalarni shakllantirishda qo’llaniladigan asosiy uslubiy tamoyillar o’quvchilarning yoshlari qanday bo’lishidan qat’iy nazar, barcha uchun bir xil va zarurdir. Har bir tamoyilning mohiyatini va o’quvchilar jismoniy tarbiyasi jarayonida uni amalga oshirish yo’llarini alohida ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Onglilik va faollik tamoyili. “Didaktik adabiyotlarda onglilik deganda, o’rganilayotgan temaga oid qonuniyat, ta’rif va faktlarni asosli egallash, xulosa va umumlashlarni chuqur, atroflicha fahmlash, tema yuzasidan bilimlarni izchil va to’g`ri bayon qila olish, bilimlarning ishonch va e’tiqodga aylanishi, o’rgatilgan bilimlardan turmushda mustaqil foydalana bilish kabilar tushuniladi. Onglilik bilimlarni ongli o’zlashtirishga yo’nalgan printsipdir. Bilim malakalarni ongli o’zlashtirish quyidagicha xususiyatlarga ega: ta’limning maqsadi, hayot uchun zarurligini anglash; faktik materiallarni ongli egallash va ularni o’zaro farqlay bilish; bilimlarni o’rganish, mustahkamlash, takrorlash jarayonlarini sezish; tema yuzasidan o’zi erishgan natijalarni baholay bilish.
Faollik esa, o’z navbatida bolalarda mustahkamlikni tarbiyalash uchun asos bo’ladi. Bu printsiplar bir-birini to’ldiradigan hodisalar bo’lib, ularning mohiyatini tashqaridan ichkariga va ichkaridan tashqariga yo’nalgan jarayonlar sifatida tasavvur qilingandagina anglash mumkin.
Faollik tashqaridan ichkariga yo’nalgan jarayon sifatida tasavvur etilsa, unda bolalarda mustahkamlikni shaxsiy sifat shaklida tarbiyalashni anglaymiz. Agar faollik ichkaridan tashqariga yo’nalgan jarayon sifatida qaralsa, unda insonning ichki intilishlari, emotsiyalari, qiziqishlari mustaqillikni shakllantirish vositasi ekanligini tan olishga to’g`ri keladi. ”. 2 6
Jismoniy tarbiya jarayoni-bu ikki tomonlama jarayondir. Bir tomondan o’rgatishga intilayotgan o’qituvchi, ikkinchi tomondan o’rganishga xohishi bo’lgan o’quvchi qatnashadi. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, agar o’quvchi oldiga qo’yilgan vazifaning mohiyatini tushunib etsa va uning hal etilishiga qiziqsa, o’rgatishning muddati tezlashadi va sifati yaxshilanadi.
Uslubiy adabiyotlarda onglilik va faollik alohida mustaqil tamoyillar hisoblanadi. Amaliyotda esa onglilik va faollik jarayoni o’zaro bog`liqdir, ularni bir-biridan ajratish mumkin emas. Sababi shuki o’quvchining faolligisiz onglilikni amalga oshirish mumkin emas, faoliyatning maqsadi esa ongli ravishda tushunib etilgandagina inson faol bo’ladi.
Faollashtirish jarayoni deganda o’qituvchi tomonidan shug`ullanuvchilarning intellektual, axloqiy, irodaviy va jismoniy kuchlarini o’rganib, tarbiya sifatini oshirish tushuniladi.
Ammo mavjud tabiiy va ma’naviy qonuniyatlarni bilishning o’zi o’quvchilarni ongli va faol qila olmaydi. Bu vazifani o’qituvchi bajarishi kerak.
Qulaylik va individuallik tamoyili. Bu tamoiyllar yosh va jinsiy farqlanish bolalarga xos. Bunday tashqari bir xil yoshdagi va jinsdagi bolalar, har xil qobiliyatga ega, shuning uchun o’rgatish va tarbiya jarayonida shu tomonlarni albatta hisobga olish zarur. Bunda qulaylik va individuallik tamoyiliga amal qilinadi. Bu yerda so’z, o’qituvchining har bir bola yuragiga yo’l topa olishi, vaqtincha qiyinchiliklarni anglay olishi va uni tuzatishga yo’l topa olishi, ularning qobiliyati va qiziquvchanligini rivojlantirishda hamkorlik qilishi ustida boradi.
Ko’nikma va malakalarni shakllantirish yo’llarini shunday tashkil qilish kerakki, ular har doim rivojlanishda bo’lmog`i zarur. Buning uchun o’quvchining harakat tajribasi jismoniy va psixik rivojlanganligi albatta hisobga olib o’tiladi.
Shuni ham unutmaslik kerakki, o’qituvchi dars jarayonida faqat alohida yaxshi tayyorgarligi bor yoki faqat qoloq o’quvchilar bilan ishlamaydi, albatta. U sinfdagi barcha o’quvchilar bilan ishonchli muammolarda va bir-birini to’liq tushungan holda ishlamog`i zarur.
Xo’sh, buning uchun o’quvchilarning qaysi xususiyatlarini hisobga olish kerak va bularga muvofiq tarzda nimalarga amal qilish kerak ?
Hammadan oldin bolaning o’qishga va uning natijasiga bo’lgan munosabatini farqlash, o’qishga va uning natijasiga salbiy munosabatda bo’lgan o’quvchilar pedagogning muntazam diqqat markazida bo’lmog`i kerak. Ularga metodik ta’sir etishning xilma-xil usullaridan foydalanishi kerak.
O’quv materialini o’zlashtirish va mustahkamlash uchun, mashqlarga bo’lgan ehtiyojda katta farq mavjud. Har bir o’quvchida zaruriy mashqlarning soni va hajmi har xil: alohida shug`ullanuvchilarning o’rgatish tempi har xil. Alohida harakat faoliyatining texnikasini o’zlashtirib olishda o’quvchilarning xususiyatlarini hisobga olib, yordamchi mashqlarning xarakterini va hajmini o’zgartirib berish zarur.
Murakkab mashqlar uchun o’zining aniq maqsadiga ega bo’lgan, bir necha yordamchi mashqlar mavjud. Misol uchun to’pchani uloqtirishni olsak, aniq yordamchi mashqlar uning alohida bosqichlariga taalluqli. Har xil o’quvchilar uloqtirish bosqichlarini turlicha muvaffaqiyatlar bilan o’zlashtirib oladi. Ba’zi birlari yugurib borishda qadamni almashtirishni yaxshi o’zlashtirib olmaydi. Uchinchilari- finalda zo’r berishni bilmaydi. Shuning uchun o’rgatish jarayonida har bir o’quvchiga o’sha bosqichni o’zlashtirib olishga yordam beruvchi yordamchi mashqlar beriladi.
Shu o’rinda o’quvchilarning jismoniy va psixik yuklamani ko’tara olish imkoniyatini farqlash ham muhim ahamiyatga ega. Bu holat o’qituvchida har bir o’quvchi uchun o’quv vazifalarining qat’iy diffirentsiyasini ta’minlashga da’vat etadi. Kross tayyorgarligi mashg`ulotlarini o’tish uchun imkon bo’lsa, ikkita bir-biriga teng bo’lgan yugurish yo’lagi tanlanadi. Jismoniy tayyorgarligi past bo’lgan o’quvchilar biroz tekis va burilishi kam bo’lgan yo’lakdan, tayyorgarligi yaxshi bo’lgan o’quvchilar baland, pastlik, burilishlari ko’p bo’lgan yo’laklarda har xil masofaga yuguradilar.
Bizga ma’lumki, ba’zi o’quvchi vazifani o’qituvchi ko’rsatgandan so’ng, boshqasi-o’rtog`i tushuntirgandan so’ng, uchinchisi-kinolavhani namoyon qilgandan so’ng yaxshi tushunadi. Bu o’rgatish usullaridan majburiy foydalanish zarur. O’quvchilarning boshlang`ich natijalariga nisbatan o’sishini baholaydigan o’qituvchilarning tajribasini ijobiy deb hisoblash lozim.
Markazlashtirish tamoyili – texnologik jarayonda o’quvchilar faoliyati modelini loyihalashning bosh elementi sifatida ifodlanadi. Ta’lim jarayoni tuzilmasida asosiy tizimlashtiriluvchi ta’lim mazmuni va o’quvchi faoliyati texnologik jarayon hisoblanib, uning mazmunini o’quvchilarning ijtimoiy tajriba asoslarini o’zlashtirib olishga yo’naltirilgan o’quv faoliyati tashkil etadi. Har bir o’quv fani bo’yicha ta’lim mazmuni umumiy ta’lim maqsadi va vazifalariga muvofiq belgilanadi. Faoliyatli yondoshuv nuqtai nazaridan umumiy o’rta ta’lim mazmunini tashkil etuvchi har bir unsur (element) sub’ekt faoliyatining turlaridan biriga muvofiq kelishi kerak. Sub’ekt faoliyatining turlari, o’z navbatida aniq modellar yig`indisi sifatida umumlashgan faoliyat modellari orqali ifodalanishi zarur. O’quvchilar faoliyati modeli-tizimlashtiriluvchi element bo’lib, o’quvchining yaxlit faoliyati mazmunini aniqlashga xizmat qiladi. Markazlashtirish tamoyili loyihalashni quyidagi tartibda amalga oshirishni talab etadi: faoliyat modellarini maqsadga muvofiq yaratish, shuningdek, ularni o’quvchilar tomonidan o’zlashtirish usullari, vositalarini tanlash (texnologik operatsiyalar), o’quv faoliyatini boshqarish usullari (o’qituvchi faoliyati)ni asoslash. 2 7
Ta’lim jarayonini loyihalashda tamoyillar asosiy yondoshuv, faoliyat tuzilmalarini aniqlovchi me’yor hamda muvofiqlashtiruvchi talablar vazifasini bajaradi. Loyihalash tamoyillari nafaqat me’yoriy, balki tavsifiy vazifani ham bajarib, faoliyat mohiyatini ochib beruvchi umumlashma talablar sifatida tavsiflanadi. Ta’lim jarayonini loyihalashda nafaqat har bir tarkibiy qism, balki ular orasidagi aloqalar ham modellashtiriladi.
Ta’lim jarayonini loyihalash qonuniyatlari loyihalash tamoyillarining nazariy asoslarini ishlab chiqishga va pedagogik faoliyat amaliyotida qo’llashga zamin tayyorlab beradi.
Muntazamlik tamoyili asosida uchta talab bor, o’quv jarayonini tashkil etishdagi kamchiliklarga, rejasiz ish, manbalarni tasodifiy tanlash kabi tartibsizliklarga qarshi kurashmoq kerak.
Sport pedagogi muntazamlik tamoyilini amalga oshirib borib, quyidagilarni hisobga olishi zarur:
1. O’zlashtirib olinishi zarur bo’lgan materialni sistemalashda qator talablarni saqlashi kerak. O’quv dasturlarida mavjud bo’lgan jismoniy mashqlar bo’limlarda tasniflar asosida belgilab berilgan. Masalan, yengil atletikada yugurish, sakrash mashqlari va uloqtirish alohida sanab o’tilgan. Shuning uchun har bir sinfda butun mashqlarni rejalashtirishni shunday tizimga olib kelishi kerakki, jismoniy tarbiya jarayonini didaktik qoidalar asosida tashkil etish imkoni bo’lsin: aniqdan noaniqqa, oddiydan murakkabga, yengildan og`irga. Boshqa so’z bilan aytganda, o’quv materiallarining har bir bo’limi bu tizimda pog`onani tashkil etadi, ya’ni avval o’tilganlar keyingi mashq uchun asos bo’ladi.
O’quv materialini sistemalashtirish, imkoni boricha ijobiy natijalarga erishish uchun sharoit yaratish kerak.
2. O’quv jarayonini tashkil etish, mashg`ulotlarning doimiyligini ta’minlash zarur. Ma’lumki, jismoniy mashqlarni bajarish orqali odam vujudida funktsional o’zgarishlar vujudga keladi. 5-7 kundan keyin o’tkazilgan mashqlar natijasida olingan ijobiy natija yo’qotiladi. Buning uchun dars jadvaliga qo’yiladigan jismoniy tarbiya darsining bir-biridan oralig`i 1-2 kundan ortmasligi zarur. Bundan ikkita amaliy maslahat kelib chiqadi: birinchidan darslar hafta davomida eng maqbul oraliqda qo’yilishi kerak. Darslarni ikki kun birin-ketin yoki bir kundan so’ng qo’yish maqsadga muvofiq emas. Ikkinchidan hammasi jismoniy mashqlar bilan ta’minlash uchun o’quvchilarning mustaqil ishlaridan keng foydalanish zarur. Buningsiz qoniqarli natijalarga erishib bo’lmaydi. Masalan, faqat jismoniy tarbiya darsida shug`ullanuvchilarning egiluvchanligini rivojlantirishga intilish foydasiz.
3. Mashg`ulotni uslubiy jihatdan ta’minlash: yuklama va damni ratsional navbatlashni ko’zda tutadi. Bu ayniqsa, jismoniy sifatlarni tarbiyalashda eng zarur. Bu jarayonda kuch yetganicha vazifa va mashg`ulotlarning doimiyligini saqlash kerak. Mashg`ulotlarni noaniq, gohida izchillik bilan o’tkazish vazifani hal etishda qoniqarsiz rivojlanish yo’nalishiga olib kelibgina qolmasdan, shug`ullanuvchilar organizmiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 2 8
Refleksivlik tamoyili- sub’ektning o’ziga, shaxsiy faoliyatiga va bilimiga baho berishi, o’zgalarning u haqidagi fikrlari va ular o’rtasidagi hamkorlik faoliyatiga oid munosabatlarni tavsiflaydi. Loyihalash jarayonida o’qituvchiga doimo ta’lim jarayoni, uning aniq va ideal sharoitlari, o’quvchilarning bilishga bo’lgan ehtiyojlari, ularni to’ldirish imkoniyatlari, shixsiy sifat va qobiliyatlari, pedagogik faoliyatini samarali tashkil etish imkoniyatlarini inobatga olish maqsadga muvofiq. Refleksivlik tamoyili yaratiladigan ta’lim jarayonining loyihasini ta’lim jarayoni ishtirokchisi-sub’ektning ehtiyojlari va imkoniyatlarini tahlil qilish asosida uzluksiz tuzatib, to’ldirib berishni talab etadi. 2 9
Natijaviylik tamoyili- pedagogik shart-sharoitlarning qulayligi, oz vaqt va kuch sarflash evaziga samarali natijalarga erishishni tavsiflaydi. Natijaviylik-ijtimoiy tajriba faoliyat modellari mazmuni, texnologik operatsiyalar, ularni o’zlashtirish, boshqarish usullarini tanlash, o’quv faoliyatining muvofiqligi, ta’lim tarbiya vositalari, texnologik jarayonda sub’ektning qisqa vaqt va kuch sarflanish vositasida belgilangan maqsadga erishishni nazarda tutishi lozim.
Ko’p omillilik tamoyili. Har bir ta’lim jarayoni bir qator ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’sirida amalga oshadi. Ular sirasiga o’qituvchi va o’quvchilarning ijtimoiy-iqtisodiy hayot sharoitlari, ta’lim muassasalari atrofdagi ijtimoiy ishlab chiqarish va tabiiy iqlim muhiti, o’quv muassassining o’quv-moddiy bazasi, o’qituvchilarning kasbiy malaka darajasi, ta’lim muassasi yoki ma’lum sinfdagi ma’naviy-psixologik muhit, o’quvchilarning o’quv imkoniyatlari, sinfning intellektual salohiyati, jamoaning shaxslararo munosabatlari kiradi. Ta’lim jarayonini loyihalashda o’qituvchi ana shu omillarni hisobga olishi zarur.
O’quvchi shaxsini ta’lim jarayoniga moslashtirish tamoyili. Bola maktab ostonasiga qadam qo’yganidan boshlab uning faoliyat ko`lami (o’z-o’ziga xizmat, mehnat, dam olish tarzida) kengayadi. Bu kabi faoliyat ko’nikmalarini egallashi natijasida ijtimoiy tajribaga ega bo’lib boradi. Shuning uchun ta’lim jarayonining samarali bo’lishi, uni loyihalashda ta’lim mazmuni va boshqa faoliyat modellari hisobga olinishi, ularni o’quvchilar kundalik hayot faoliyatida egallab borishi ta’minlanishi zarur.
Ayni vaqtda umumiy ta’lim muassasalarida shaxsni rivojlantirish va uni ijtimoiy hayotga moslashtirish muayyan qonuniyatlarga muvofiq psixolog va sotsiologlarning ishtiroklari (psixo-pedagogik tashxis xulosasi) asosida amalga oshiriladi.
Odatda faoliyatga ta’rif berilganda, u birinchidan anglashilgan maqsad bilan boshqarilishi, ikkinchidan psixik va jismoniy faollikdan iborat ekanligi ta’kidlab o’tiladi. Lekin ushbu belgilarni faoliyat ta’rifini mukammal ochib berish uchun yetarli deb bo’lmaydi.
Inson faolligida anglangan maqsad mavjudligi to’g`risida mulohaza yuritish uchun har xil xususiyatli bir qancha omillarga murojaat qilishga to’g`ri keladi. Faoliyatning motivlari, ro`yobga chiqarish vositalari, axborot tanlash va uni qayta ishlash anglangan yoki anglanmagan, ba’zan anglanganlik noto’kis, hatto u noto’g`ri bo’lishi mumkin. Jumladan: a) maktabgacha tarbiya yoshidagi bola o’yin faoliyatiga nisbatan ehtiyojini goho anglaydi, xolos; b) boshlang`ich sinf o’quvchisi o’quv motivlarini hamisha ham yetarli darajada anglab yetmaydi; d) o’smir ham xulq motivlarini noto’kis yoki noto’g`ri anglashi mumkin; e) hatto voyaga yetgan o’smir ham ba’zan xulq motivini noo’rin haspo’shlashga intiladi. Bundan tashqari, hatto faoliyatni amalga oshirishni rejalashtirish, uni ro’yobga chiqarish uchun qaror qabul qilish, natijani taxminlash, xulosa chiqarish ham anglanganlik kafolatiga ega emasdir. Chunki faoliyatni ruyobga chiqaruvchi harakatning aksariyati ong orqali boshqarilmaydi, jumladan, velosiped uchish, kuy chalish, kitob o’qish, telefon qilish odatiy hodisadir.
Shuni uqtirish lozimki, faolyatning jabhalarini ongda aks etish darajasi va mukammalligi uning anglanganligi ko’rsatkichi mezoni hisoblanadi. Lekin faoliyatning anglanganligi darajasi keng ko’lamli bo’lishiga qaramay maqsadni ko’zlash (anglash) uning ustuvor belgisi vazifasini o’ynayveradi. Faoliyatda maqsadni anglash ishtirok yetmasa, unda u ixtiyorsiz hatti-harakatga aylanib qoladi va bunday holat ko’pincha hissiyot bilan boshqariladi. 3 0
Shu o’rinda shuni ta’kidlab o’tish joizki, hatti-harakat ixtiyorsizligi uning anglanmaganligini bildirmaydi, biroq aksincha bunda inson motivining shaxsiy tomoni anglangan bo’ladi, uning ijtimoiy mazmuni esa qamrab olinmaydi.
Ta’lim jarayonida tabiiy rivojlanish va ijtimoiylashuv tamoyili. Tabiiy jarayonlar mohiyatini bilish ta’lim jarayonini samarali, o’quvchilarning yosh xususiyatlari, senzitiv rivojlanish davrlari, rivojlanishning keyingi bosqichiga o’tish imkoniyatlarini hisobga olgan holda tashkil etish imkonini beradi. Tamoyilning mazmuni ta’limni ijtimoiylashtirish, o’quvchilar tomonidan ijtimoiy tajribaning individual qonuniyatlar asosida o’zlashtirilishi bilan izohlanadi.
O’qituvchi faoliyatini tashkil etishda e’tibor birinchi navbatda faoliyat usullari va jarayonlarining o’zaro muvofiq bo’lishiga qaratiladi. Bu holat me’yoriy talab sifatida qabul qilinadi.
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim o’quvchiga o’quv materialining mazmunini, vazifa yoki topshiriqlarini, faoliyat usullari hamda uslublarini tanlash imtiyozini beradi. Tanlash imkoniyati o’quvchini qaror qabul qilish, mustaqil izlanish va javobgarlikni his qilishga undaydi. Shu bois o’quv faoliyatining muqobil modellarini ishlab chiqish va ularni o’quvchiga taklif etish maqsadga muvofiq.
Ijtimoiy-iqtisodiy ta’limotni loyihalash tamoyili- iqtisodiy maqsadga muvofiqlikni ta’minlashni anglatadi. Ta’lim jarayonini ijtimoiy – iqtisodiy loyihalash ta’lim menedjerining vazifasidir. Barcha ta’lim muassasalari faoliyatini loyihalashda ta’lim jarayoni ishtirokchilari, jamiyat hamda davlat (ijtimoiy byurtma)ning ehtiyoj va imkoniyatlarini hisobga olish ularni to’ldirishi zarur. 3 1
Puxtalik va yuksaltirish tamoyili. O’quvchi mashqni qayta bajarishida, yaxshi natija ko’rsatish qobiliyatini mustahkam o’zlashtirib olingan mashqlar deb tushunmoq zarur. Oddiy va murakkab mashqlarni bajarishda shunga erishmoq kerak. Masalan, oldinga, bu vaqtda ko’krakni tizzaga tekkizishga intilib, ham miqdoriy, ham sifatiy tomonlarga e’tibor berish kerak: oyoqlarni tizzadan bukmasdan, qomatni to’g`ri saqlashda, mustahkam o’zlashtirib olingan balandga sakrashni bajarishda, balandroqqa sakrashga intilish zarur.
Jismoniy mashqlarni mustahkamroq o’zlashtirib olish uchun mashqlar miqdorini yetarli darajada qaytarishni ta’minlash zarur.
Puxtalik va yuksaltirish printsipi amalga oshirish, shug`ullanuvchilarga nisbatan talabni oshirishni ham ko’zda tutadi. Talabchanlikni oshirish ular oldiga yangidan-yangi vazifalarni qo’yish bilan amalga oshiriladi. Bu, ayniqsa, yaxshi o’zlashtiruvchi o’quvchilar uchun taalluqlidir. Ammo bu darajadagi shug`ullanuvchilar uchun ham katta sondagi mashqlarni qayta bajarish majburiydir. Aks holda o’rganiladigan materialni mustahkamlash mumkin emas.
Amaliyotda talabchanlikni oshirishning ikkita usulidan foydalaniladi: to’g`ri chiziqli va pog`onasimon. Birinchisi, har bir mashg`ulotda yangi vazifalarning qo’yilishini ko’zda tutadi. Bundan tashqari o’rgatishning boshlang`ich davrida yoki keksalik va boshqa sabablardan so’ng foydalaniladi. Bir qancha muddat davomida talabni amalga oshiruvchi pog`onasimon usuldan foydalaniladi. Uning mohiyati shug`ullanuvchilarga bir necha mashg`ulotlar davomida aniq talablar qo’yilishidan iborat.
Yangi vazifalar, shug`ullanuvchilarga avvalgi qo’yiladigan vazifalar bo’yicha ko’nikma hosil bo’lgandagina qo’yiladi. 3 2
Jismoniy tarbiya fani bo’yicha o’quv- tarbiya jarayonini rejalashtirish texnologiyasining asoslari.
Kat o’qit: Rasulov. S. B
Olib borilgan pedagogik tadqiqotlar, o’rganilgan nazariy bilim hamda tajribalarning ko’rsatishicha, o’z o’quv-tarbiya jarayonini to’g`ri rejalashtirgan pedagoglar yuqori natijalarga erishadilar. Ishlab chiqilgan rejalar o’qituvchiga uzoqqa qarash imkonini beradi, maqsad va aniq vazifalarni belgilab olishi uchun zamin yaratadi, qo’yilgan vazifalarni hal etish yo’llarini va ko’proq samaradorlik manbalrini ko’zda tutadi.
Rejalashtirishning aniq hujjatlarini tuzib chiqishda o’qituvchi-pedagog qator talablarga rioya qilishi shart.
1. Rejalar xalq va hunar- texnika ta’limi, rahbar tashkilotining qarorlari va me’yoriy hujjatlariga muvofiq bo’lishi kerak. Ular davlat rejasi asosida jismoniy tarbiya tizimining bo’g`inlari uchun tuziladi. Hamma o’quv rejalar jismoniy tarbiyaning umumiy maqsadlariga muvofiq hamda xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan metodika tavsiyanomalariga muvofiq bo’lishi lozim.
2. Rejalashtirish jarayonida jismoniy tarbiyaning umumiy va metodik uslubiy asoslaridan kelib chiqish kerak. Rejalashtirish jarayonida asosiy tamoyillar- printsiplarni amalga oshirish uchun qulay imkoniyatlar bo’ladi: shaxsni har tomonlama rivojlantirish, jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog`liqligi, muntazamlik, qulaylik, mustahkamlik va yuksalish. Shulardan qaysi biri sog`lomlashtirish samarasini bersa va shug`ullanuvchilarga har tomonlama ijobiy ta’sir etsa, shunisiga keng yo’l ochib beriladi. O’rta Osiyo tabiiy iqlim sharoitida yillik dars soatlarining ko’proq qismini ochiq havodan o’tkazishni rejalashtirgan ma’qul.
3. Rejalashtirishga qo’yilgan asosiy talab uning maqadga muvofiqligi va kelajagi birligidir. Ma’lum sikl rejasi dars seriyalari, yil, chorak oldingi sikllarga asoslanishi va bajariladigan ishga tayyorlashi kerak.
4. Reja amalga oshiriladigan bo’lishi kerak. Rejalashtirishda o’quvchilar sonini, ularni jismoniy tayyorgarligini, maktabning shart-sharoitini, moddiy texnik ta’minlanganligini, faslni va boshqa talablarni hisobga olish zarur. Shu shart va talablardan qaysi biri mavjud bo’lsa, o’quv dasturidan biroz chetlangan bo’lsa ham, shularni rejalashtirish zarur. Bu yerda ma’lumki, imkoni bo’lmagan materiallar soati imkoni borlarga beriladi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, har bir o’qituvchi ish jarayonida asta-sekinlik bilan shug`ullanuvchilarga sharoit va imkoniyat yaratib berishi kerak. Bunday holatlar ko’pincha dastur bo’limiga yangi talablar kiritilganda bo’ladi.
5. Rejalashtirishning aniqligi o’rgatish bosqichlarini, ularning vazifalariga mosligi bilan ifodalanadi.
Ko’p mashqlar ichidan eng zaruriysini, har tomonlama mukammal yoki pedagogik samaradorlikni ta’minlaydiganlari tanlab olinishi zarur.
Rejalarni tuzishdan oldin o’qituvchi zarur axborotlarni to’plab, tayyorgarlik ishlarini bajarishi kerak. Bu axborotlar o’quv materiallarini, manbalarni va ish shakllari, o’tish tartibini belgilab beradi. Har bir jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi jismoniy tarbiya bo’yicha o’quv dasturlarini yaxshilab o’rganishi kerak. Bu shuning uchun har bir sinf uchun, bu mashqlarni o’zlashtirib olishda vazifalarni aniq belgilash zarur. Bundan tashqari, dasturni o’rganishda o’quv materiallarining sinfdan-sinfga o’tadigan izchilligini ta’minlash imkonini beradi. O’quvchilar tarkibini, sog`ligi darajasini, texnik va jismoniy tayyorgarligini o’rganish, bunday ma’lumotlarni hujjatlarni o’rganish orqali olish mumkin. Ayniqsa, o’quvchilar bilan suhbatlar boy ma’lumot beradi.
Jismoniy tarbiya bo’yicha o’tgan yillar davomida qilingan ishlar va maktabning moddiy bazasini hisobga olish, uni rivojlantirish va takomillashtirish yo’llarini aniqlash zarur. Maktab rahbariyati va pedagoglar jamoasining tarbiyaga bo’lgan munosabatini aniqlash uchun maktabning umumiy ish rejasi bilan tanishish zarur.
Jismoniy tarbiya darslari bo’yicha o’quv rejasini tuzishda viloyat va tumanning ob-havo sharoitini o’rganish zarur. Ko’pincha bular bir-biridan farq qiladi.
Tuman va viloyatning ommaviy sport tadbirlarini kalendari bilan tanishish zarur. Bunday axborotlar o’qituvchiga dastur bo’limlarini nabatma-navbat o’tishini aniqlash uchun zarur. Yetakchi jismoniy mashqlar turlarini va ish shakllarini aniqlash uchun o’qituvchi maktab, aholi yashayotgan texnik sport va jismoniy tarbiyaga oid an’analarni o’rganadi, o’quv tarbiya ishlarining samaradorligini oshirish yo’llarini belgilaydi.
O’z o’rnida shuni ta’kidlab o’tish kerakki, jismoniy tarbiya darslarida ishlarni rejalashtirish ikki guruhga bo’linadi:
1. Davlat hujjatlari.
2. Davlat hujjatlari asosida o’qituvchi tuzgan hujjatlar.
Birinchi galda rejalashtirish ishlarida davlat hujjatlarini ko’rib chiqamiz: O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi standartlari (DTS) va o’quv dasturi.
O’quv dasturi “Jismoniy tarbiya” faniga yillik soatlarning hajmi belgilab berilgan.
Jismoniy tarbiya majmuasi maktabda “Alpomish” va “Barchinoy” jismoniy tarbiya bo’yi cha o’quv dasturlariga asoslanadi.
DTSlari o’quv dasturi “Jismoniy mashqlar, jismoniy hujjatlarini rivojlantirish uchun mashqlar, jismoniy jihatlarni rivojlantirish uchun mashqlar, fanlararo aloqa uzviylik talablari belgilab berilgan”.
“Dastur tayyorlashda birinchi navbatda jamiyatning sotsial (ijtimoiy) buyurtmasi, ya’ni jamiyat talab ehtiyojlari hisobga olinadi. Maktab bitiruvchilarining jismoniy tayyorgarligi talablari “Alpomish” va “Barchinoy” majmuida o’z aksini topgan, shuni yodda tutish kerakki, dastur alohida sport turlaridan iborat emas, shuning uchun dastur bo’limlaridagi vazifalarni bir marotabada, sharoit, imkoniyat hamda mavsumlarni hisobga olgan holda hal etib borish zarur”. 3 3
Jismoniy tarbiya bo’yicha o’quv dasturlari doimo takomillashib, vaqti bilan o’zgarib boradi. Maktab dasturining o’zgarish sabablariga quyidagilar kiradi:
-o’quv dasturida o’zgarishlar bo’lsa;
-o’quv sport bazasining birmuncha yaxshilanishi, fan yutuqlari va ilg`or tajribalarni o’quv jarayoniga qo’llash;
-o’quvchilar ma’lumotining oshishi, metodikaning takomillashganligi, o’quvchilarning tayyorgarlik darajasi;
– jismoniy tarbiyada yangi vazifalarning qo’yilishi izlanishga chaqiradi va yangi maqsadlarni hamda ish usullarini qo’llashni talab etadi.
DTS va o’quv dasturining uqtirish xatini sinchiklab o’qish zarur, chunki unda o’qituvchi uchun eng zarur va muhim ma’lumotlar mavjud. Biroq dastur qanday takomillashgan bo’lmasin, bu hujjat “jismoniy tarbiya” fanini maqsadini, o’quv materialini va mazmunini belgilovchi hujjatdir. Eng muhimi, uni amalga oshirishda yuqori natijalarga erishish zarur. Jismoniy tarbiyaning hamma shakl va turlari shunga qaratilgan. Shuning uchun o’qituvchi o’quvchilarning jismoniy tarbiya darslarini bilimdonlik bilan rejalashtirishi kerak.
O’qituvchilarning ko’p yillik tajribalari shuni ko’rsatadiki, jismoniy tarbiya darslaridan qo’yilgan vazifalarning samaradorligi tizimini tashkil etish zarur. Bu tizim qator rejalarni mantiqiy bir-biriga bog`lab, tugallangan hisoblanadi. Bularning har biri o’z funktsiyasiga ega. Bir butun olganda jismoniy tarbiya jarayonini maqsadga muvofiq qilib tashkil etish imkonini beradi. Bu tizim quyidagi hujjatlarni o’z ichiga oladi:
a) yillik o’quv-tarbiya ishlarining reja-grafigi;
b) dastur materiallarini darslarga taqsimlash rejasi, ish reja va dars konspekti.
O’quv-tarbiya ishlarining reja grafigi. Bu barcha parallel sinflar uchun bir yilga tuziladi. Uning asosiy vazifasi bir tekis, o’quv materialini maqsadga muvofiq qilib taqsimlash va yillik ishni tartibga solishdir. Grafikni tuzib chiqish o’quv meteriallarining tahlilidan boshlanadi. Bu asosiy mashqlarni aniqlash, vaqtni hisobga olish, ularni o’zlashtirish uchun zarurdir. Hozirgi dastur tahlili shuni ko’rsatdiki, mashqlar har bir sinfda aniq qo’yilgan. Vaqtni taqsimlab chiqishda mashqlarni murakkabligini va o’quvchilar tomonidan shu mashqlarni o’zlashtirishning qiyinligi bilan bog`liq bo’lgan tomonlarni hisobga olish zarur.
Dastur o’z ichiga yoshlarda jismoniy sifatlarni tarbiyalash vazifasini, dars hajmini, yillik vazifalarni hal etish uchun o’rgatishning aniq vazifalarini, tarbiya va sog`lomlashtirish ishlarini oladi. Bu dastur o’rgatishning eng qulay varianti, nazorat- sinov vaqtini ko’rsatishi, mustaqil mashg`ulotlar vazifalari va manbalari hisobiga kengayib boradi.
O’quv o’rgatish dasturi o’quv faoliyatini samaradorlik bilan boshqarish imkonini beradi. O’quv materialini o’rgatish jarayonida o’quvchilar mustaqilligini va faolligini oshiradi, o’rgatish vaqtidan ongli foydalanish imkonini beradi. Ana endi, o’quv dasturini tuzish bosqichlarini ko’rib chiqamiz.
Birinchi bosqich jismoniy sifatlarni rivojlantirish ishi uchun mashqlarni tanlashni o’z ichiga oladi.
Ikkinchi bosqich o’rgatishning ko’p yillik vazifalarini aniqlashdan iborat. Ko’p yillik vazifalarni aniqlab borish, o’quv materiallarining izchilligini va o’zaro aloqasini aniqlamog`i zarur. Mashqlarni o’rganish jarayoni spiral bo’yicha tashkil etiladi: har bir yangi aylanishda, navbatdagi o’quv yilida yangi materialni o’rganish uchun asos bo’lib xizmat qiladigan harakat tajribalarini muntazam ravishda qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Uchinchi bosqich, yillik o’rgatish vazifalarini shakllantirishdan iborat. O’qituvchi ma’lum sinfda o’rganiladigan mashqlarning darajasini aniqlash lozim, agar u bir necha sinflar uchun dasturda ko’rsatilgan bo’lsa, bunday mashqlarga yugurish, sakrash, akrobatik va boshqa mashqlar qiladi.
To’rtinchi bosqichda yillik vazifalarni hal etish uchun zarur bo’lgan darslar hajmi hisoblab chiqiladi.
Beshinchi bosqich ko’p mehnat talab qiladi, dars vazifalariga aniqlik kiritishdan, ularni hal etish uchun manba tanlash, o’rganiladigan harakat-faoliyat qismlariga yordamchi mashqlarning qaytalanish sonini belgilash va ularni bir butun qilib o’rganishdan iborat.
Maktab dasturi bo’limini rejalashtirishning uch usuli ma’lum: parallel, ketma-ket va aralash. Dastur materiallarini parallel o’tishda dasrlarda har xil bo’limlardan materiallar kiritiladi. Bo’limni ketma-ket o’tish yuqori sinflarda amalga oshiriladi va yengil atletika, sport o’yinlari, gimnastika va boshqa mashqlar navbatma-navbat hal etiladi. O’quv materialini aralash rejalashtirish deganda birinchi va ikkinchi usulni birga qo’shib olib borish tushuniladi, ya’ni ba’zi bir bo’limlar parallel; ba’zilari alohida o’rganiladi.
Yuqorida sanab o’tilgan usullarning har biri o’zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. O’rta sinflarda parallel usulini qo’llash yaxshi natija beradi. O’quv materialini parallel usulda o’tish birmuncha yuksaklikka olib keladi. U harakat faoliyatlarini shakllantirish imkonini beruvchi manbalarni uzoq qo’llash orqali o’rgatishning samaradorlik xususiyatini oshiradi. Bulardan tashqari, bunaqa rejalashtirish darslarni xilma-xil tashkil etish imkonini berib, qiziqarli qiladi. Ammo bu holat sinchkovlik bilan tayyorgarlik ko’rishni talab etadi.
O’quv-tarbiya ishlarining grafigi kelajak reja ishlariga kiradi. U o’qituvchiga bir vaqtning o’zida yil davomida o’rgatish jarayonini ko’rish uslubiy tamoyillarini amalga oshirish imkonini beradi.
O’qituvchi “O’quv materialining mazmuni” grafigiga dastur mashqlarini jismoniy sifatlarini kiritadi. Bu grafaga hamma mashqlarni yozish kerak.
“Nazariy ma’lumotlar” grafasiga faqat umumiy savollar emas, balki o’quv ko’nikma va malakalarni shakllantirish uchun, o’quvchi nazariy bilimlarini boyitadigan, aqlni charxlaydigan savollar kiritiladi.
Mustaqil mashg`ulotlar metodikasi va texnika haqidagi axborotlarni o’qituvchilar hamma asosiy, tayyorlov va yordamchi mashqlarni o’rganishda muntazam ravishda o’rganib oladilar.
Tarbiya vazifalari ayrim mashqlar guruhi ham, ulardan har birini rejalashtirishga ham aloqador bo’ladi. Misol uchun, yengil atletikadan olingan mashqlar mashg`ulotlarga ijobiy munosabatni uyg`otadi. Keyingi grafalar esa yillik soatlar, chorak soatlari hamda darslarning tartib sonlarini ko’rsatadi. Ma’lumki, o’quv rejasiga asosan har bir sinfda 68 soatdan dars o’tishi kerak. Rejalashtirishda dars asosiga yangiliklar, mazmunli mashqlar, innovatsion usullar va harakatlarni barcha choralariga singdirishi zarur.
Bu maqsadlarni bajarib bo’lgandan so’ng o’quv materiallarini darslarga taqsimlash boshlanadi.
Programmaning umumiy materiallarini chorak soatlari asosida chorakma-chorak vertikaliga taqsimlab chiqiladi. Shunda bir soatli darsga nechta vazifa olinganligi va har bir vazifani qanday hal etish zarurligi aniq ko’zga tashlanadi. Vertikaliga olingan vazifalarning gorizantaliga qaralsa, har bir vazifaning necha marta takrorlanayotganligini ko’rish mumkin.
Vazifalarni (materiallarni) darslarga taqsimlashda didaktik printsiplarga rioya qilishi zarur. Buning uchun pedagogikaga murojaat etishga to’g`ri keladi.
“O’qituvchi faoliyatining muhim bosqichi- bu didaktik jarayon (yoki o’quv-bilish tuzilmasi)ni loyihalash hisoblanadi. Aynan shu didaktik jarayon pedagogik texnologiyaning asosini tashkil qiladi yohud u belgilangan vaqt ichida ta’lim (tarbiya) maqsadiga erishish uchun o’quv elementi mazmunini o’quvchi (talaba)larga uzatish yo’llarini aniqlab beradi. Shu bilan birgalikda didaktik jarayonning nazariy asoslarini yaxshi bilmasdan turib samarali pedagogik texnologiyani yaratish mumkin emas”. 3 4
Dasturdagi umumiy materiallar bir yilga mo’ljallangan, shuning uchun alohida bir tur materialni bitta chorakda hal etish va uni tugallashni biz tavsiya etmaymiz. Bir xil vazifa bir necha darsda muntazam ravishda takrorlansa, u holda o’quvchilar faolligi yo’qoladi, oldinga qo’yilgan maqsadga erisholmaydi, eng yomon tomoni alohida bir darsning zichligi pasaydi.
Jismoniy tarbiya fanidan ish hujjatlari
Jismoniy tarbiya fanidan barcha sinflar uchun ish reja va konspektlar yangilanib yangi DTS va kompetensiya asosida tuzib chiqildi. Quyidan kerakli hujjatlarini yuklab olishingiz mumkin.
2017-2018 o’quv yili uchun jismoniy tarbiya fanidan barcha sinflar uchun yillik ish rejalar:
Fayl nomi
Turi
Hajmi
Jismoniy tarbiya fanidan barcha sinflar uchun kompetensiya asosida tuzilgan yillik konspektlarining namunalariFayl nomi
Turi
Hajmi
2017-2018 o’quv yili uchun jismoniy tarbiya fanidan barcha sinflar uchun yillik ish rejalar uchun ilovalar:
Fayl nomi
Turi
Hajmi
Telegramdagi o’qituvchilar uchun maxsus kanalimizga qo’shiling. Maktab ta’limi adress: @uzmaktab