Jismoniy tarbiya maktab darsliklari
Sharq mutafakkirlari ma’naviy barkamol, komil inson masalasiga azal-azaldan alohida e’tibor berganlar. Komillik fazilat lardan ulugi tanning, inson jismining barkamolligidadir deyilgan. Insonni matonati, diyonati, riyozati, kanoati, ilm, sabr, intizom, mikiyo si, nafs, vijdon, xakkoniyat, nazariy ibrat, iffat, xayo, idrok, zakovat, iktisod, itoat, xakshunoslik, xayrixoxlik, munislik, sadokat, adolat, muxab bat, oliy ximmatlik, avf, vatanni sevish kabi ijobiy xislatlar (A.Avloniy. “Turki guliston yoxud axloq” Toshkent “o’qituvchi”1992 .13.bet) ga faqat soglom jism, tani-sixatlilik orqali erishiladi deb karalgan.
Jismoniy tarbiya tizimi
Jismoniy tarbiya aniq bir tizimga tayansagina, oldindan ko’zlangan natijaga erishiladi. Jismoniy madaniyat tizimi deganda, jismoniy madaniyatning prinsiplari, vositalari, metodlari va uni tashkillash shakllarining shunday umumiyligi tushuniladiki, u jamiyat a’zosini har tomonlama garmonik rivojlantirishning maqsad va vazifalariga mos bulsin (A.D. Novikov 1967).
Vatanimiz mudofaasi masalasi xam jamiyatimizda yulga kuyilgan jismoniy madaniyat jarayoniga qator talablar kuyadiki, 6u talablarni amalga oshirish natijasida jismoniy madaniyat tizimiiing ob’ektiv xususiyatlari namoyon bo’ladi. Mamlakatimiz xalklarining har tomnlama jismoniy tayyorgarligi, jismoniy sifatlarini yaxshi rivojlanganigi Vatan mudofaasiga tayyorligining kursatkichi bo’lib xizmat qilish lozim.
SHunday qilib, O’zbekistonda jismoniy madaniyatning maqsadi. O’zbekiston xalkini jismoniy kamolotga erishgan, xukukiy davlat ning aktiv kuruvchilari, ijodiy mehnatga va Vatan mudofaasiga tayyor qilib madaniyatlashdir. Bu maqsad mamlakatda jismoniy madaniyatni amalga oshirayetgan barcha tashkilot va muassasalar uchun umumiydir.
Maqsadning umumiyligi jismoniy madaniyat tizimining asosiy qonuniyatlaridan biridir.
Kursatilgan maqsad va sharoitlarga javoban uni amalga oshirishda shug’ullanuvchilarning yoshi, sogligi, jismoniy tayyorgarligi, shug’ullaniladigan kasbi xisobiga olinadi va jismoniy madaniyatda konkret vazifalar xal kilinadi. Jismoniy madaniyat tizimiga umumiy vazifalar kuyilgan bo’lib, ular kuydagilardan iborat:
- odam organizmi forma funksiyasi garmonik rivojlantirish. jismoniy kobiliyatni har tomonlama kamolga yetkazish, soglikni mustaxkamlash va xalkning uzoq umr kurinishini ta’minlashga yunalish berish;
- hayotiy zaruriy harakat malakalarini va kunikmalarini, kundalik turmushda kerak bo’ladigan jismoniy madaniyatga molik maxsus bilimlarni shakllantirish;
- v) har tomonlama jisman rivojlantirish uchun jismoniy sifatlarni madaniyatlash; Inson jismoniy madaniyatsi maqsad va vazifasi uning boshqa madaniyat jarayonlari bilan bog’liqligi shundagina muvofiq deb tushuniladiki, bu muvofiqlik ob’ektiv xarakterda bo’ladi va jismoniy madaniyat jarayoniga qonuniy yunalish beradi. Jismoniy madaniyat jarayonida madaniyatning boshqa soxalaridagidek maqsadga yunaltirilgan faoliyat rejalashtirilgan natijaga har doim xam to’g’ri kela olmasligi amaliyotda isbotlangan. Jismoniy madaniyatda madaniyat natijasini yosh sportchi yoki jismoniy madaniyatchi trenirov kasidagi rejalashtirilgan jismoniy mashqlar uning organizmiga kanday ta’sir kilayetganligini xisobga olishni takazo kiladi:
Qiska yunalishdagi sport trenirovkalarining natijasiga e’tibor ber sak, shuni kuramizki, yuqori natijalarga erishish ma’lum davr ichida bo’lib, oddingilari unutilsa, trenirovka mashg’ulotlari keyinchalik o’zini oklamaydi. Bu esa har tomonlama garmonik rivojlanishga xalal beradi va sport yutuk larini yukka chikaradi.
Shuning uchun pedagog va trener oldida uzoqni kurish talabi kundalang bo’ladi. Bu vazifani xal qilish esa ukimishli, o’z ishini biladigan, sevadigan mutaxassislar tayyorlash talabini kuyadi. Bu mutaxassislar esa mamlakatdagi jismoniy madaniyat tizimida amalga oshishi lozim bulgan maqsadni va vazifalarni ijobiy xal qilishga kodir, yosh avlodni bola lik chogidan jismonan soglom, ma’naviyatini uygun qilib madaniyatlashni o’zining iloxiy burchlari deb bilishlari kerak bo’ladi. Navkiron, o’zligimizni endigina e’tirof etayotgan mamlakatimiz turli toifasidagi davlat va nodavlat sport jamiyatlari, jismoniy madaniyat xavasmandlari uyushmalari tashabbusi bilan yagona jismoniy madaniyat tizimini to’zishga e’tiborni kuchaytirib u o’zida kuydagi asosiy xususiyatlarni: ma’naviy barkamollik, xalkchilik va ilmiylikni mujassamlashtiradi.
Sharq mutafakkirlari ma’naviy barkamol, komil inson masalasiga azal-azaldan alohida e’tibor berganlar. Komillik fazilat lardan ulugi tanning, inson jismining barkamolligidadir deyilgan. Insonni matonati, diyonati, riyozati, kanoati, ilm, sabr, intizom, mikiyo si, nafs, vijdon, xakkoniyat, nazariy ibrat, iffat, xayo, idrok, zakovat, iktisod, itoat, xakshunoslik, xayrixoxlik, munislik, sadokat, adolat, muxab bat, oliy ximmatlik, avf, vatanni sevish kabi ijobiy xislatlar (A.Avloniy. “Turki guliston yoxud axloq” Toshkent “o’qituvchi”1992 .13.bet) ga faqat soglom jism, tani-sixatlilik orqali erishiladi deb karalgan.
Mamlakatimiz jismoniy madaniyat tizimini xalkchilligi degan da biz milliy uyinlar tarzida xalk ommasi orasida keng tarkalgan jismoniy mashqlar. milliy sport turlari, ommaviy sport, olimpiadalar dasturidan urin olga “katta sport” bilan ko’p milatli respublikamiz xalklarini shug’ullanish imkoniyati borligi tushuniladi.
Ilmiyligini shunda kurish mumkin ediki, jismoniy mada niyat soxasi buyicha ilmiy tekshirish ishlarining keng tarkalganligi va uni amaliyot bilan boglab olib borilayetganligi, jismoniy madaniyat naza riyasi va amaliyoti ilmiy fanlari xisoblangan pedagogika, psixologiya, anatomiya, fiziologiya, biomexanika, sport metrologiyasi, sport tibbiyoti, davolash jismoniy madaniyatsining va boshqalarga tayanganligi, ularning ilmiy yutuklari xalkimiz hayotiy extiyojini kondirishga yunaltirilganligidadir.
Jismoniy madaniyat tizimi bir-biri bilan o’zviy bog’liq bulgan zvenolarga bulinib, hozirgi kunda xam madaniyat jarayonining turli dasturlarining bajarilishi shu zvenolarda amalga oshirilmokda:
- a) maktabgacha ta’lim(davlat va nodavlat maktabgacha madaniyat bola lar muassasalari) zvenosi;
6) maktab yoshidagilar jismoniy madaniyatsi (umumiy o`rta ta’lim I-IX sinflar) zvenosi; v) o`rta maxsus, kasb-xunar ta’limi(akademik litseylar, kasb-xunar kolledjlari) zvenosi; g) oliy ta’lim zvenosi;
- armiya zvenosi;
- oliy ta’lim va armiyadan sungi xavasmandlik asosidash jismoniy madaniyat zvenosi; Jismoniy madaniyat tizimi o’zida kuidagi asosiy elementlarni birlashtiradi:
- jismoniy madaniyatning maqsadi, vazifalari va prinsiplarinnig maqsadga muvofiqligi;
- jismoniy madaniyat tizimida kullaniladigan vositalar – gimnastika, uyinlar, sport, turizm va boshqalar tipidagi jismoniy mashqlar;
SHu narsa e’tiborga moliki, rivojlangan mamlakatlarda jismoniy madaniyat soxasining turlicha tizimlaridan foydalanish chegaralab kuyilmagan.
Tarixga nazar tashlaganimizda jamiyatda sinflarning paydo bulishi bilanok, usha jamiyatda jismoniy madaniyat tizimi sinfiy xarakteriga ega bula boshlagan edi.
Kuldorlik davrida jismoniy madaniyat tizimi kuldorlarning maqsadi uchun xizmat kildi. Kuldor o’z farzandi bakuvvat, chidamli, chakkon bulishi va kullarni kuriklashi, ularning kurkinchda ushlashi uchun kulida kurol ishlata olishi (kadimgi YUnon “etti kurashi” mashqlarini puxta egallashi)ga harakat kilar edi. Jismoniy madaniyat tizimi ekspluatatsiya kiluvchilar foydasi uchun xizmat kildi.
O`rta asrlargi kelib esa, jismoniy madaniyat tizim harbiy maqsadni xal qilishga yunalish oldi. Feodal, katta yer egasi, savdogar o’z mulkini ximoya qilish uchun jismoniy rivojlanganligi, tayyorgarligi yuqori bulgan jamiyat a’zolariga muxtojligini bayon kildi. Ular moddiy ne’matlar yaratishdek muhitdan ajratilib, faqat jismoniy sifatlari (kuch, tezkorlik, chidamlilik, chakkonlik)ni rivojlantirish, madaniyatlash bilan cheklandilar. Jamiyatda alohida tabaka, kasb egasa (sokchi, jangchi) shakllandi. Ogir va ko’pol ritsarlarning kurollari ulardan katta jismoniy tayyorgarlik va ot bilan muomala qilishni talab kilar edi. SHuning uchun ular mashg’ulotlarda ot o`rniga hozir bizda gimnastika mashg’ulotlarida ishlatiladigan “ot” dan foydalanar edilar. Feodallarning jismoniy madaniyat tizimi shunga yunaltirilga edi.
Kapitalizmga kelib, burjuaziya ko’prok odamlarni jismonan madaniyatlashni, ishchini mehnatga va vatan mudofaasiga (soldatlikka) tayyor lay boshladi. Madaniyatga siyosiy tuye berildi. Kolaversa ko’p soatlab konveyer, stanoklar orkasida ishlashga moslaydigan mashqlar tizimidan foydalanildi.
XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarida jismoniy madaniyat jarayoning tizimini shakllangan davri boshlandi. Notekis rivojlangan kapitalizm milliy rivojlanishda xam jonlanishni vujudga keltirib, qator mamlakatlarda jismoniy madaniyat tizimi, vositalari va uning uslu biyatini yaratishdek vazifalarni xal qilish kerakligi masalasini o`rta ga tashladi.
CHet el mamlakatlarida jismoniy madaniyat tizimi shakllandi. Germaniyada Fite va Guts-Mutsaning “Milliy nemis jismoniy tar biya tizimi”’ o’z vazifasiga kura jismoniy madaniyatdan kura soglomlashtirishni o’z izmiga olar edi. XIX asrning boshlariga kelib pruslarning talabi asosida dexkon va xunarmandlardan yunkerlar tayyorlash Guts-Mutsaning
“Gimnastika dlya yunoshestvo” deb nomlangan asarida: ” … endi jamiyat a’zosining soglom taiasi davlat uchun xizmat kilsin, bu ayniqsa, tankchilar uchun taalukli…” – deb tuzatish kiritilib, amaliyotga tatbik etildi.
Fridrix YAng va Guts-Mutsa nemis “TURNEN” gimnastikasining asoschilari bo’lib, soldatlarni tayyorlashning jismoniy madaniyatsi tizimini ishlab chikdilar. Ular ommaviy gimnastika chikishlariga, gimnastika anjomlari, jixozlari bilai mashqlanishga asosiy e’tiborni karatdi lar. Kattaning buyrugiga mutlak itoat, kat’iyat, prodali mus taxkamlash nemis raxnamolariing ideali bo’lib, bu jismoniy madaniyatning mavjud tizimiga xam singdirilgan edi.
Tizim tarkibidagi madaniyat uslublari va vositalarini apik turkum larga ajratishga urinishini maktab yoshidagilar jismoniy madaniyatsi uchun keyinchalik SHpiss boshlab berdi. CHexiya: XIX asrning ikkinchi yarmida chexlar “sokol gimnastikasi” deb nomlangan madaniyat uslubiyati va vositalarini ishlab chikadilar. U nemis milliy “TURNEN” tizimi bilan tashki belgilariga kura bir-biri bilan uxshash bulsa-da, o’zining ibtidoiy milliy negiziga ega edi. Bunga sabab CHexiya ustidan xukmron xisoblangan Avstriya imperiyasi o’zining siyosiy va xujalik krizisni boshdan kechirayotgan bo’lib, chexlarga ayrim konstitutsion xukuk berilishiga olib keldi. Bu narsa chexlar hayotida keng milliy ozodlik harakati uchun turtki buldi. SHu asnoda xilma-xil chex birlashmalari, jamiyatlari vujudga keldiki, bu 1862 yili chex gimnas tikasi jamiyatining paydo bulishiga olib keldi. Uning asoschisi Miroslav Tirsh buldi. U yozuvchi, tankidchi, san’atkor edi.
U, birinchidan, gimnastikani jismoniy madaniyat uchungina emas, akliy, axloqiy, milliy vatanpar varlik xissini madaniyatlash uchun foydalanishini, ikkinchidan, gimnastika mashg’ulotlariga erkaklarnigina emas, ayollarni xam jalb etishni targi bot kildi.
Tirsh o’zi bilgan barcha mashqlarni tupladi, snaryadlar va snaryadsiz bajariladigan yangi mashqlarni uylab topdi. Ular uzoq bajaririladigan juda mayda elementlarni o’z ichiga oladigan jismoniy mashqlar bo’lib, barchaga teng, asta-sekinlik bilan, majbur bajartirilishi lozim edi. Uning fikricha, bunday tartibda bajarilgan mashqlar shug’ullanuvchilar da xotira, intizom va tirishkoklikni madaniyatlar emish. U sokol tashkilot lari uchun yagona gimnastik terminalogiyani ishlab chikdi, mashg’ulotlarni guruxlarda utkazilishini yulga kuydi. “Sokol gimnastikasi” milliy-siyosiy xarakterdagi gimnastika sanaladi.
SHvetsiya: XIX asrning birinchi un yillarida “SHved gimnastikasi” yoki “Ling metod//’ degan nom bilan yangi yunalishda jismoniy madaniyat tizimini vujudga keltirdi . Jismoniy mashqni shvedlar asosan madaniyat va soglomlashtirish uchun kerak deb karar edilar. Uning asoschilari G.G. Ling va uning ugli YAlmar Ling edi. Ular nemislar gimnastikasini tankid qilib, odamda juda ko’p tana harakatlarini ko’paytirmaslik, sog lom odamlarni jismoniy rivojlantirish va bemorlarni tuzatishga yunaltirilishi kerak deb xisoblaganlar. Bu tizimni tankidiy urgangan P.F. Lesgaft Ling metodida kuruk, bir-biri bilan boglanmagan shakllar mavjudligini aytib, anatomiya va fiziologiya bilimlari hozircha yetarli emasligini, katan pedagogikaga rioya kilinmasin, burjuaziya ideologiyasining ifodalanishiga olib kelishini, “yuraksiz” muskul buli shi uchun kurashadi, degan fikrni bildiradi.
Angliya: hozirgi kunda xam Anglo-saksoniya mamlakatida gimnas tika emas, uyin va sportga zur e’tibor berilgan. Angliya kapitalizmga birinchi bo’lib kirdi. Kapital konkurensiyasining kuchayishi sinfiy karama-karshilikni zuraytirdi. Sinfiy iktisodiy xamda filosofik dunyo karashlar paydo bula boshladi, bu karashlar erkin kapitalni maktay oladigan, kat’iy kurashga chiday oladigan, hozir javob, chakkon, ishbilarmonni madaniyatlashni talab kilardi.
Buning uchun “uyinlar” mos kelar edi. SHuning uchun Angliya jismoniy madaniyat tizimida asosiy urinni uyinlar va sport egalladi. Kapita lizm rivojlanishi bilan boshqa qator mamlakatlarda xam sport jismoniy madaniyatga kiritildi. Lekin Fransiya, Germaniya, SHvetsiya, Chexiya kabi qator mamlakatlardagidek sport keskin karama-kashiliklarga duch kela di. CHunki, u mamlakatlardagi jismoniy madaniyat mavjud gimnastikaga asos langan edi. SHuning uchun sport keyinrok jismoniy madaniyat tizimiga kiri tildi.
Jismoniy madaniyat tizimining taxlili masalalariga ovd nazariy material rus olimlari A.D. Novikov, L.P. Matveyev, G.D. Harabugi va qator boshqa mualliflarning darsliklarida tula yoritilgan. Jismoniy madaniyat jarayonining nazariy, uslubiy amaliyotining umumiyligi jismoniy madaniyat tizimining negizini tashkil kiladi. Mil latimizning bu soxadagi merosini o’rganish fanimizning asosiy vazifasidir. Jaxogirlarni yuzaga chikargan yurtimizning elat va xalklari jismoniy madaniyati tarixiy manbaalarda o’z o`rnini olganligiga ishonchimiz komil.
SHu urinda P.F. Lesgaft va uning shogirdi V.V. Gorinevskiylar sobik shurolar jismoniy madaniyat tizimining asoschilari deb tan olinganligi jismoniy madaniyat nazariyasining rivojlanishida munosib xissa kushgan olimlar sifatida jaxon jismoniy madaniyati fani namoyandalari qatoridan urin o-i anliklarnni e’tirof etish lozim.
P.F. Lesgaft (1837-1909) biolog, anatom, pedagog va katta jamoatchi sifatida inson shaxsning intelektual rivojlanishi uchun uning yashagan ijtimoiy muhiti va madaniyatsi rol uynashini ilmiy jixatdan asoslab berdi. Lesgaft tomonidan ishlangan “Maktab yoshidagi bolalarda jismoniy bilimlar” tizimi hozirgi kunda xam o’z ilmiy axamiyatini yukotgani yuk. Chor Rossiyasining jismoniy madaniyatga munosabati aniq emas edi. “Maktablar bizda bolalarga butunlay jismoniy bilimlar bermayapti. Bu ishga raxbarlikni bizning ishga aloqasi yuklarga berib kuyilgan, ular jismoniy madaniyatni soxta tushunchalar orqali tasavvur kiladi yoki bulmasa, qaysidir chet el maktabini bitirib kelgandan eshitganlarigina biladi. SHuning uchun ular bola jismoniy madaniyatsiga e’tiborsizdirlar”, – deb yozgan edi P.F. Lesgaft.
V.V. Gorinevskiy (1857-1937) o’zining tibbiy-pedagogik faoliyatida Lesgaft fikrlarini rivojlantirib sobik shurolar to’zumi jismoniy madaniyat tizimini rivojlanishiga katta xissa kushdi. U jismoniy mashqlar bilan shug’ullanuvchilar ustvda ilmiy tadqiqot nazoratini qilish ning ilmiy uslubiy kompleksini yaratdi.
P.F. Lesgaft va uning shogirdi V.V. Gorinevskiylarning ilmiy merosinining kimmati shundaki, ularning jismoniy bilimlar va jismoniy madaniyat xakidagi ilmiy fikrlari amaliy, va jamoatchilik tajri basi asoschdga tayanganligidadir.
Jismoniy tarbiya maktab darsliklari
Powered by Phoca Download
Saytimiz rivojiga hissa
Uzcard: 8600 5504 8563 9786
© 2004-2020 – Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.
- Bosh sahifa
- Portal haqida
- Portal tarixi
- Sayt xaritasi
- Muallif haqida
- Tafakkur gulshani
- Mumtoz faylasuflar hikmati
- Ibratli hikoyatlar
- Jahon xalqlari maqollari
- Jadid matbuoti
- Sovet davri matbuoti
- Qayta qurish davri matbuoti
- Mustaqillik matbuoti
- Hozirgi davr matbuoti
- Tarix
- O‘zbekiston hukmdorlari
- Temuriy malikalar
- Yurt bo‘ynidagi qilich.
- Qomusiy olimlar, sarkardalar
- Reytinglar
- O‘zbek xalq og‘zaki ijodi
- O‘zbek xalq maqollari
- O‘zbek xalq ertaklari
- O‘zbek xalq topishmoqlari
- O‘zbek mumtoz adabiyoti
- Zamonaviy o‘zbek she’riyati
- Muxlislar ijodidan
- Barcha kitoblar
- Ziyouz jurnalxonasi
- Ziyouz audiokutubxonasi
- Mobil kutubxona
- Maktab darsliklari
- Oliy va OMTM darsliklari
- Durdona to‘plamlar
- Android uchun kitoblar
- Videogalereya
- Узбекская библиотека
- Islomiy sahifamiz
- Forum
- Kross-shou
- Foydali sahifalar
- Saytdan qidirsh
- Ziyouz viktorinasi arxivi
Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi
T14 Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi: Kasb-hunar va pedagogika kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma / M.X. Tadjiyeva, S.I. Xusanxodjayeva; O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi. O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi. – T.: «Iqtisod-Moliya», 2017. – 244 b.
Maskur o‘quv qo‘llanma kasb-hunar va pedagogika kollejlarining “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi, ’’Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” fani o‘quv dasturi asosida tuzilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanmada maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasiga oid masalalar ochib berilgan bo‘lib, bunda jismoniy tarbiyaning tashkil etish shakllari, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, harakatli o‘yinlar, sport o‘yinlari va chiniqtirish masalalari keng yoritilgan.
UO‘K 796(075) KBK 74.100.5
© M.X.Tadjiyeva, S.I.Xusanxodjayeva, 2017 KIRISH
© «IQTISOD-MOLIYA», 2010 © «IQTISOD-MOLIYA», 2011 © «IQTISOD-MOLIYA», 2014 © «IQTISOD-MOLIYA», 2017ISBN 978-9943-13-175-0 ISBN 978-9943-13-338-9 ISBN 978-9943-13-513-0 ISBN 978-9943-13-698-4
O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi sharofati bilan barcha sohalarda har tomonlama yuksalish yuz berayotgani, tub ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy o‘zgarishlar, umuminsoniy qadriyatlar tizimida yangilanish, insonning barcha shaxsiy ehtiyojlari, talablari va manfaatlari birinchi o‘ringa ko‘tarilayotgani, ayniqsa o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy-axloqiy va jismoniy imkoniyatlari yanada oshayotgani bugungi kunda sir emas.
Shu munosabat bilan yangi insonni tarbiyalashning murakkab va ko‘p qirrali muammosining muhim yo‘nalishi har bir kishida o‘z sog‘lig‘i to‘g‘risida o‘zi qayg‘urish madaniyatini singdirishdir. Uni tarkib toptirish uchun oila, maktabgacha muassasalar, maktab, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimi, mahalla, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport tizimlarining xodimlari butun kuch-quvvatini, g‘ayratini ishga solib, bolaning ongiga yoshlikdan jismoniy tarbiyaga bo‘lgan muhabbatini singdirib borishlari darkor.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A. Karimov “Sog‘lom avlod uchun” ordenini topshirish maro- simida so‘zlagan nutqida: “Biz naslimizning kelajagi-sog‘lom avlod uchun kurash boshladik. Shu nom bilan orden ta’sis etdik va maxsus xalqaro jamg‘armani tuzdik. Bu bejiz emas, albatta. Sog‘lom avlod deganda, biz faqat jismoniy baquvvat farzandlarimizni emas, balki ma’naviy boy avlodga ega bo‘lgan xalqni tushunishimiz kerak. Bunday xalqni hech qachon hech kim yenga olmaydi. Buni hammamiz yaxshi anglab olmog‘imiz shart”, – deb alohida ta’kidlagan.
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqarish tizimini takomillashtirish, ommaviy sportni rivojlantirish, iqtidorli spotrchilarni tanlash va tarbiyalash, sohani malakali kadrlar bilan mustahkamlash borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Respublikamizda bolalarni jismoniy tarbiyalashning ilmiy asoslangan zamonaviy tizimlari, shakl va uslublari joriy etilgan bo’lib, bu sohada muhim vazifalar belgilangan. Ana shunday vazifalarni amalga oshirish uchun boshqa sohalar qatori maxsus jismoniy tarbiya sohasida ham adabiyotlar yaratilishi yo’lga qo’yilgan.
Avvalgi darslik A.V. Keneman, D.V. Xuxlayeva tomonidan yaratilgan bo’lib ((“Теория и методика физического воспитания детей дошкольного возраста“) “O‘qituvchi” nashriyoti tomonidan 1999-yilda tarjima qilinib, o‘zbek tilida chop etilgan. Ushbu darslikning ba’zi bir mavzulari O‘zbekiston iqlimi sharoitida o‘sayotgan maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanishiga (chiniqtirish, sport o‘yinlari, harakatli o‘yinlar va boshqalar) mos kelmaydi.) Ushbu tavsiya etilayotgan o’quv qo’llanma kasb-hunar va pedagogika kollejlarining “Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” fanini o’qitish o‘quv dasturiga muvofiq yozilgan. O‘zbekiston iqlimi sharoitida bolalarni jismoniy rivojlantirilishiga moslashtirilgan.
O’quv qo’llanmada maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasining maqsad va vazifalari ochib beriladi, vositalari asoslanadi. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanish xususiyatlari, ta’lim va tarbiyaning asoslari, jismoniy tarbiya mashqlariga o‘rgatish, harakatli va sport o‘yinlarini o‘tkazish metodikasi, maktabgacha ta‘lim muassasalarida jismoniy tarbiya ishini tashkil etish shakllari (jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, ertalabki badantarbiya va boshqalar) kabi masalalar yoritiladi. O‘quv qo‘llanma 2010, 2011, 2014-yillarda to’ldirilib qayta nashr qilingan.
- §. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada jismoniy tarbiyalash nazariyasining maqsad va vazifalari
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi jismoniy tarbiyaning umumiy nazariyasi bilan yagona mazmunga va o‘rganish predmetiga ega, ayni paytda u 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar jismoniy tarbiyasi qonuniyatlarini va shunga muvofiq bolaning ta’lim va tarbiya jarayonidagi rivojlanishini boshqarishning umumiy qonuniyatlarini maxsus o‘rganadi.
Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi har bir yosh bosqichini o‘rganib, ilmiy ma’lumotlar va amaliy tajribani umumlashtirib borib, jismoniy tarbiya vazifalarini belgilaydi, ularning mohiyatini, butun jismoniy tarbiya jarayonini tashkil etishning juda samarali vositalari va metodlarini, maqsadga muvofiq shakllarini kompleks ravishda ochib beradi.
Sog‘lom, baquvvat, chiniqqan, xushchaqchaq, mehribon, tashabbuskor, o‘z harakatini yaxshi boshqara oladigan, jismoniy tarbiya va sport mashqlarini sevadigan, atrof-muhitda mustaqil harakat qila oladigan, maktabdagi o‘qishga hamda kelgusidagi faol ijodiy faoliyatga nisbatan qobiliyatli bola shaxsini shakllantirish, jismoniy tarbiyaning shaxsni har tomonlama rivojlantirish asoslari sifatidagi alohida ahamiyatini belgilab beruvchi muhim vazifasi hisoblanadi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi ilk yoshdagi va maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning quyidagi psixofiziologik xususiyatlarini o‘z ichiga oladi: organizmning ish qobiliyati imkoniyatlari, yuzaga keluvchi qiziqish va ehtiyojlar, ko‘rgazmali harakat, ko‘rgazmali obraz va mantiqiy tafakkur formalari, ustun turuvchi faoliyat turining o‘ziga xosligi, bu faoliyat rivojlanishi bilan bog‘liq ravishda bola psixikasida muhim o‘zgarishlar kechadi va “Bolaning yangi oliy rivojlanish bosqichiga o‘tishi”ga tayyorlanadi. Shunga muvofiq bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi, jismoniy tarbiyani tashkil qilish va ularni optimal pedagogik sharoitlarda amalga oshirishning barcha formalari mazmunini ishlab chiqadi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi har bir yosh bosqichdagi bolaning potensial imkoniyatlari qonuniyatlarini o‘rganib va hisobga ola borib, jismoniy tarbiyaning butun ta’lim-tarbiya kompleksi ilmiy asoslangan dasturi talablarini (harakat, ko‘nikma va malakalari, jismoniy sifatlar, ba’zi elementar bilimlarni) ko‘zda tutadi. Ularni o‘zlashtirish bolalarni maktabda o‘qishi uchun zarur jismoniy tayyorgarlik darajasini ta’minlash imkonini beradi.
Jismoniy tarbiya shaxsni har tomonlama tarbiyalash ishining muhim komponenti hisoblanadi, ayni paytda u aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasi vazifalarini kompleks tarzda hal etadi. Bolalar jismoniy tarbiyasini tashkil etishning turli shakllarida (mashg‘ulotlar, harakatli o‘yinlar, mustaqil harakat faoliyati va h.k.) tarbiyachining e’tibori fikrlaydigan, o‘z yosh imkoniyatlariga ko‘ra ongli harakat qiladigan, harakat ko‘nikmalarini muvaffaqiyat bilan egallaydigan, atrof-muhitda mo‘ljal ola biladigan, uchraydigan qiyinchiliklarni faol tarzda bartaraf etadigan, ijodiy izlanishga intiladigan bolani tarbiyalashga qaratiladi.
Bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi to‘xtovsiz rivojlanmoqda va bola tarbiyasining turli tomonlarini qamrab oluvchi tadqiqotlar natijasida olinayotgan yangi bilimlar hisobiga boyib bormoqda. Bolalar muassasalarining ommaviy tajribasida sinovdan o‘tgan tadqiqot natijalari dasturlar, o‘quv qo‘llanmalari, darsliklarga kiritilmoqda va bolalar bilan ishlash amaliyotiga joriy qilinmoqda. Bu butun ta’lim- tarbiya jarayonining taraqqiyotiga yordam beradi. Shunday qilib, maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi butun jismoniy tarbiya tizimini takomillashtirishga yordam beradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida, oilada jismoniy tarbiyalashning asosiy vazifalari ularni sog‘lom va baquvvat qilib o‘stirish, ular organizmini chiniqtirish, ta’lim va tarbiyani to‘g‘ri tashkil etishdan iboratdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning sog‘lomlashtirish vazifalari – bu jismoniy tarbiyaning eng asosiy vazifasi bo‘lib, bola hayotini muhofaza qilish, uning sog‘lig‘ini mustahkamlash, organizmini chiniqtirish yo‘li bilan o‘zini himoya qilish va turli kasalliklarga chidamlilik xislatlarini oshirishdan iborat. Bola organizmining rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgani sababli, uning vazifalari ancha aniqroq shaklda ifodalanadi; bola suyagini bexato va o‘z vaqtida qotishiga orqa umurtqa- dagi egik joylarning shakll anishiga, tovon yuzasining yaxshi rivojlanishiga, pay-bo‘g‘im apparatlarni pishitishga yordam ko‘rsatiladi.
Tana qismlarining (proporsiyalar) to‘g‘ri nisbatda rivojlanishiga, suyaklar o‘sishi va vaznini bir tartibga solishga yordam berish; barcha muskullar guruhini rivojlantirish (tana, oyoq, qo‘l va yelka kamari, panja, barmoqlar, tovon, bo‘yin, ko‘z, ichki organlar – yurak-qon tomirlar, nafas olish va boshqa muskullar); ayniqsa, zaif rivojlangan bukuvchi muskullar gu- ruhining rivojlanishiga alohida e’tibor berish lozim.
Yurak-qon tomirlari va nafas olish tizimlari faoliyatini takomillashtirishga yordam berish, ya’ni yurakka qon oqishini kuchaytirish, uning qisqarishi ritmini yaxshilash va to‘satdan o‘zgaradigan yuklamaga moslashish qobilyatini rivojlantirish; ko‘krak qafasi hatakatchanligini o‘stirish, chuqur nafas olish, uning ritmi barqarorligiga, o‘pka sig‘imini oshirishga yordam ber ish, burundan nafas olishni yaxshilash; ichki organlarning (ovqat hazm qilish, modda ajralish va boshqalar) to‘g‘ri ishlashiga yordamlashish; termoregulatsiya funksiyasining to‘g‘ri rivojlanishiga ko‘maklashish. Markaziy asab tizimining faoliyatini takomillashtirish: qo‘zg‘alish va tormozlanish, ularning harakatchanligi jarayonlarining muqobilligiga, shuningdek, harakat analizatori, sezgi organlarining takomillashuviga yordam berish.
Ta’limiy vazifalar. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash jarayonida ta’limiy vazifalarni hal etish ham muhimdir. Chunonchi: harakat ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, jismoniy sifatlar (chaqqonlik, tezkorlik, egiluvchanlik, muvozanat, ko‘z bilan chamalash, kuchlilik, chidamlilik)ni o‘stirish, to‘g‘ri qaddi-qomat, gigiyena ko‘nikmalarini tarbiyalash, jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarni o‘zlashtirish.
Bolalar asab tizimining plastikligi tufayli ularda harakat ko‘nikmalari nisbatan yengil shakllanadi. Ularning ko‘pchiligidan (emaklash, yurish, chang‘ida yurish, velosipedda sayr qilish va boshqalar) kundalik hayotda harakat vositasi sifatida foydalaniladi. Harakat ko‘nikmalari tashqi muhit bilan aloqani osonlashtiradi va uni bilishga yordam beradi: bola emaklab o‘zini qiziqtirgan narsalarga yaqinlashadi va ular bilan tanishadi; velosipedda sayr qila oladigan bolalar qor, shamollarni oson idrok etadilar; suzish chog‘ida esa bolalar suvning xossalari bilan tanishadilar.
Jismoniy tarbiya mashqlarini to‘g‘ri bajarish muskullar, paylar, bo‘g‘imlar, suyak tizimini rivojlantirishga samarali ta’sir qiladi.
Mustahkam shakllangan harakat ko‘nikmalaridan foydalanish bolaga mashqlarni bajarishda jismoniy kuchni tejash va o‘yin faoliyatida e’tiborni kutilmagan vaziyatlarda yuzaga keladigan turli vazifalarni olishga yo‘naltirish imkonini beradi.
Bolalarda 7 yoshgacha shakllangan harakat ko‘nikmalari maktabda ularni yanada takomillashtirish uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi va kelajakda sportda yuqori natijalarga erishish imkonini beradi.
Bolalarda harakat ko‘nikmalarining shakllanishi jarayonida birmuncha murakkabroq harakatlar va bu harakatlarni o‘z ichiga oluvchi turli faoliyat turlarini osongina egallash qobiliyati hosil qilinadi.
Yosh guruhlarga oid harakat ko‘nikmalarining hajmi das- turda berilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarda saflanish, umum-rivojlantiruvchi mashqlar, asosiy harakatlar, sport mashqlarini bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish lozim. Bundan tashqari, bolalarni sport o‘yinlariga (Badminton, stol tennisi) va sport o‘yinlari elementlari (basketbol, xokkey, futbol, voleybol)ni bajarishga o‘rgatish zarur. Harakat ko‘nikmalari hajmi maktabgacha ta’lim muassasalarida sharoitning mavjudligi, bolalarning jismoniy tayyorgarligi, tarbiyachilarning malakasi, ota-onalar yordamiga qarab kengaytirilishi mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalarni, o‘tirgan, turgan holatda va yurganda qaddi-qomatni to‘g‘ri tutish ko‘nikmalariga o‘rgatish muhim.
Bu yoshda shaxsiy va ijtimoiy gigiyenaning boshlang‘ich ko‘nikmalari (qo‘l yuvish, kiyim-kechak, poyabzalni yaxshi tutish, o‘yinchoqlar, jismoniy inventarlari, xona va hokazolarni toza tutish) ko‘nikmalarini singdirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga mashg‘ulotlarning foydasi haqidagi, jismoniy mashqlarning ahamiyati va texnikasi, ularni o‘tkazish metodikasi haqidagi, harakatli o‘yinlar va hokazolar haqidagi jismoniy tarbiyaga oid bilimlarni berish muhimdir.
Bolalar gavda qismlarning nomini, harakat yo‘nalishi (yuqoriga, pastga, oldinga, orqaga, o‘ngga, chapga, to‘la aylanish va boshqalar), jismoniy inventarlarning nomini, ularni saqlash, kiyim, poyabzallardan to‘g‘ri foydalanish va ularga qarash qoidasini bilishlari lozim.
Olingan bilimlar bolalarga jismoniy mashqlar bilan juda ongli va to‘laqonli shug‘ullanish, maktabgacha ta’lim muassasa va oiladagi jismoniy tarbiya vositalaridan mustaqil foydalanish imkonini beradi.
Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish jarayonida tabiat ho- disalari, ijtimoiy hayot, hayvonlar, qushlar, hasharotlar haqidagi bilimlarni mustahkamlash zarur.
Tarbiyaviy vazifalar. Jismoniy tarbiya jarayonida bolalarda rejimga rioya qilish, jismoniy tarbiya mashqlari bilan har kuni shug‘ullanish ehtiyojini hosil qilish bu mashqlar bilan maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada mustaqil shug‘ullanish malakalarini rivojlantirish, ularni o‘z tengdosh- lari va kichik yoshdagi bolalar bilan o‘tkazish. Bolalarda sport mashg‘ulotlariga muhabbat, ularning natijalariga, sportchilar- ning yutuqlariga qiziqishini tarbiyalash lozim.
Jismoniy tarbiyajarayonida axloqiy, aqliy, estetik va mehnat tarbiyasini amalga oshirishning katta imkoniyatlari mavjud.
Mashqlarni bajarish jarayonida bolalarda xarakterning ijo- biy xususiyatlari (uyushganlik, intizomlilik, kamtarlik, ko‘ngil- chanlik va hokazo) va axloqiy fazilatlari – halollik, haqqoniylik, o‘rtoqlik hissi, o‘zaro yordam, jamoada shug‘ullanish malakasi, jismoniy inventarni ehtiyot qilish, topshiriqni mas’uliyat bilan
— botirlik, qat’iylik, o‘z kuchiga ishonch, qiyinchiliklarni yen- gishda sabotlilik, chidamlilik va boshqalarni namoyon qilish uc- hun juda qulay sharoit yaratiladi.
To‘g‘ri tashkil etilganjismoniy tarbiya bolalarning aqliy o‘si shiga yordam beradi, chunki asab tizimi va boshqa organ ham- da tizimlarning normal faoliyati uchun qulay sharoit yaratila- di, bu esa yaxshiroq idrok etish va eslab qolishga yordam beradi. Bolalarda barcha ruhiy jarayonlar (idrok, tafakkur, xoti- ra, xayol va boshqalar), shuningdek, tafakkur jarayonlari (ku- zatish, taqqoslash, analiz, sintez, umumlashtirish va boshqalar) rivojlanadi.
Bolalarda harakat faoliyati sohasida olingan bilim va ko‘- nikmalardan faollik, mustaqillik, fahmlilik, ziyraklik va top- qirlik ko‘rsatgan holda ijodiy foydalana olish malakasini tarbiyalash zarur.
Bolalarda ijobiy emotsiyalar, tetik, xushchaqchaq kayfiyatni tarbiyalash, shuningdek, salbiy ruhiy holatni tezda yengib o‘tish malakasini rivojlantirish juda muhimdir. Bu shuning uchun ham zarurki, ijobiy emotsiyalar barcha organlar va organizm tizimlari ishiga yaxshi ta’sir qiladi, harakat ko‘nikmalarining tez va barqaror shakllanishini ta’minlaydi.
Jismoniy tarbiya estetik tarbiyani amalga oshirish uchun qulaylik yaratadi. Mashqlarni bajarish jarayonida estetik zavqni his qilish va idrok etish, go‘zallikni, harakatlarning ifodaliligini, qomatning nafisligini, kiyim-bosh, sport inventarlari, tevarak- atrofning go‘zalligini tushunish va to‘g‘ri baholay olish qobi- liyatini rivojlantirish; estetik jihatdan ma’qul xulqqa intilishni, faoliyat, so‘z va xatti-harakatda qo‘pollikka murosasiz bo‘lishni tarbiyalash lozim.
Mehnat tarbiyasi ham jismoniy tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. Bolalar sog‘lig‘i mustahkamlanadi, harakat ko‘ nikmalari shakllanadi, mehnat qilish uchun zarur bo‘lgan jismoniy fazilatlar rivojlanadi. Bolalar binoni, maydonchani jihozlash (sakrash uchun qum to‘ldirilgan o‘ralar, qor uyum- lari), jismoniy tarbiya inventarini yasash va ta’mirlash (uloq- tirish uchun qopchalar tikish, ni t honlarni bo‘yash va hoka- zo), sport kiyimlari, poyabzalini saqlash, ularga qarash, bino va uchastkani mashg‘ulotga tayyorlash (uchastkani qordan to- zalash, to‘kilgan barglarni yig‘ib olish, maydonchaga suv qu- yish va hokazo) jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida jismoniy in- ventarlar, atributlar, o‘yinchoqlarni yig‘ib olish va joy-joyiga qo‘yish bilan bog‘liq mehnat ko‘nikmalarini egallaydilar.