Press "Enter" to skip to content

Qobusnoma» asarida yoshlar tarbiyasi

Malohat BADALBAEVA,

Kaykovusning qobusnoma kitob

Абу Райҳон Беруний

Sab`ai Sayyor
Janrlar
Teglar
Eng ko’p o’qiladigan adabiyotlar
Ikki eshik orasi
Kichkina shahzoda

Sent-Ekzyuperi, Antuan de

Математика 6
Adabiyot fanidan majmua Ensiklopediya qo’llanma
Ufq

Qobusnoma

  • Muallif: Kaykovus
  • Janrlar: Asar
  • Qisqacha mazmuni: Unsuru-l-Maoliy Kaykovusning «Qobusnoma» asari asosini Qur’oni karim suralari, Muhammad (S.A.V)ning faoliyati va ko‘rsatmalarini ifodalovchi hadislar, hikmatli hikoyatlar tashkil etadi. Asar 44 bobdan iborat. Dastlabki 4 bobi Haqni tanimoq, Payg‘ambarlarning xilqati (yaratilishi), Alloh ne’matiga shukur qilmoq haqida bo‘lib, qolgan 40 bobi ota-onani hurmatlash, ilmiy bilimlarni, san’atni egallash, harb, savdo, dehqonchilik ishlari va hunarni o‘rganish, odob-axloq qoidalariga rioya etish, farzand tarbiyasi, saxovat va juvonmardlik kabi ko‘plab masalalarni o‘z ichiga oladi.
  • Yuklab olish:PDF
  • Online o’qish:PDF
  • Teglar Asar

O’zbekiston Milliy kutubxonasi

Elektron kitoblarning ochiq bazasi

  • Tizim haqida
  • Qayta aloqa
  • Kitoblarni yuklash
  • Foydalanish qoidalari
  • RSS

Baham ko’ring

©O’zbekiston Milliy kutubxonasi. Elektron kitoblarning ochiq bazasi / 2018 yil

«Qobusnoma» asarida yoshlar tarbiyasi

Yurt taqdiri, ravnaqi yoshlar ta’lim-tarbiyasiga chambarchas bog‘liq. Ularning har tomonlama barkamol bo‘lib yetishishi mamlakat kelajagining barqarorligini ta’minlovchi asosiy omildir. Turli madaniyatlar va mafkuralar kurashi ketayotgan bugungi vaqtda mustaqil hayotga qadam qo‘yayotgan, endigina oqni qoradan ajrata boshlagan farzandlarimiz o‘zligini to‘liq idrok etib olishiga, o‘z to‘g‘ri yo‘llariga tushib olishlarida, asosan katta yoshdagi yoshi ulug‘ insonlarning hayotiy tajribasi juda qo‘l keladi.

Ma’naviy tarbiyaning katta qismi ma’naviy qadriyatlar, jumladan, ajdodlarimiz pand-nasihat, o‘gitlaridan olinadi. Bu pand-nasihat va o‘gitlar esa ulardan bizga qoldirilgan kitoblardagi bitiklarda o‘z aksini topgan. Haqiqiy o‘qimishli kitobxon esa ma’nan ozuqa bo‘lib mazmunan uning ma’naviyatini yuksaltirishga qodir kitobni boshqalaridan osongina ajrata oladi. Ana shu mazmundagi kitoblarni o‘qish esa go‘yo fozilu olimlar suhbatidan bahramand bo‘lish bilan tengdir. Jumladan, shunday mazmundagi kitoblar sirasiga Kaykovusning “Qobusnoma” asarini kiritish mumkin. Afsus bugun ko‘p yoshlarimiz bu kitob mazmunidan bexabar qolmoqdalarki, bu aynan ayrim yoshlarning “ommaviy madaniyat”ga ko‘r-ko‘rona, bilib-bilmay, tushunib-tushunmay ergashayotganlarida bilinmoqda desak, ayni haqiqatni gapirgan bo‘lamiz.

Ushbu kitobning mazmuni shundan iboratki, shoh Kaykovus o‘zining hayotiy tajribalari bilan o‘g‘li Gilon shohni tarbiyalashni istaydi va o‘zining bu pand-nasihatlarini o‘g‘li uchun eng qimmatbaho meros deb ta’kidlaydi. U o‘z asari “Qobusnoma”da o‘g‘li Gilon shohga murojaat qilib deydi: “Ey farzand, umidim shuki, sen bu pandlarni qabul qilgaysan. Bilgilki, xalqning rusmi odati shundayki, yugurib-elib, qidirib-axtarib dunyodan biror narsa hosil qiladilar va narsalarini o‘zlarining yaxshi ko‘rgan kishisiga qoldirib ketadilar. Men dunyoda mana shu so‘zlarni hosil qildim, sen mening uchun eng qimmatbaho xazinasan. Menga safar vaqti yaqinlashdi, dunyodan nima hosil qilgan bo‘lsam, sening oldingga qo‘ydim, toki o‘zingga bino qo‘ymagaysan va o‘zingga nomunosib ishlarni qilmagaysan”.

Shoh Kaykovusning “Qobusnoma” asarida tarbiya, axloq masalalari asosiy o‘rinni egallaydi. Kitob 44 bobdan iborat. Muallif “Ota-onani hurmatlash haqida” bobida g‘oyat muhim bir fikrni bayon qiladi, bu o‘rinda xalqimizning “Nima eksang, shuni o‘rasan” degan mashhur bir maqolini ishlatadi. Unga ko‘ra kishi odamlarga yaxshilik qilsa, kattalarga hurmat, kichiklarga muruvvat qilsa, uning bu ezgu ishlari boshqalardan qaytadi, mabodo yomonlik, dilozorlik qilsa ham qilmishlari boshqalardan albatta o‘ziga qaytadi.

Kaykovus yana ushbu bobda o‘g‘liga nasihat qilib deydi: “… o‘z farzanding seni hurmat qilishini istasang, sen ham ota-onangni hurmatini joyiga qo‘y, zero, sen ularga qanday munosabatda bo‘lsang, xuddi shunday o‘zingga qaytgay”. U bu bilan ota-onaning ko‘nglini ranjitmaslikka, ularni hurmatini qilib, shirinso‘z bilan xushmuomala bo‘lishga undaydi.

Kaykovus o‘g‘lini xalqqa yaqinlashishga, uning manfaatini ko‘zlashni farzandiga uqtiradi: “Xalqning ozgina yaxshiligini ko‘p ko‘rgil, qaysi narsa xalq manfaatiga yaqin turishini o‘rgan”, — deydi.

Kaykovus o‘z asarida tarbiyaga alohida e’tiborni qaratar ekan, tarbiyani inson aqlini va shaxsiy hayotni shakllantiruvchi omillardan deb biladi. Bunda inson ruhiyatini yuksaklarga ko‘tarishni ilgari suradi, salbiy illatlarning sabablarini izlaydi. Xususan, insonni tarbiyalashda hayotda tarbiyaning ta’sir o‘rni yuqori ekanligini e’tirof etishni burch deb biladi. Uning fikricha, yoshlarga tarbiya berishdan maqsad ularni nafaqat bugun, balki kelajak uchun ham yaroqli shaxslar qilib yetishtirishdir. Shuning uchun muallif asarda yoshlarning xulq-atvoriga, fe’liga alohida e’tibor beradi. Shuningdek do‘stu dushmanga ham qanday munosabatda bo‘lish kabi masalalarni ham yoritgan. Bola boshidan deyilganidek, farzandni tug‘ilgandan tarbiyalash, odob-axloq me’yorlarini o‘rgatish, ilmu hunarli qilish, bolaning mehnatga bo‘lgan ko‘nikmasini hosil qilish zarurligini, aks holda “kechikkan” tarbiyaning hech bir ta’siri bo‘lmay, zarur samarani bermasligini aytib o‘tgan. “Qobusnoma”da yoshlikda bor kuch-quvvatni bilim olish, kasb-hunar o‘rganishga sarflash ayni muddao ekanligi ta’kidlangan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, yosh kitobxonlarimiz bo‘sh vaqtlarida bunday mazmundagi asarlarni o‘qib o‘z ma’naviyatlarini mohiyatan boyitadilar. Bugun yosh kitobxonlar uchun keng imkoniyatlar yaratilgan, ular istagan asarlarini elektron variantda o‘qib tushunishlari mumkin. Jamiyatning ertangi kunini tinch va obod bo‘lishi, eng avvalo, yoshlarimiz olayotgan, o‘zlashtirayotgan ta’lim-tarbiyaga bog‘liq. Qaysi xonadon, mahalla, oilada tarbiya yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, o‘sha xonadon, mahalla, oila ahil-totuvlikka oshno, topgan-tutganida baraka bo‘ladi. O‘z-o‘zidan yurt obodligi va ozodligi ham mustahkamlanib, yuksalib boraveradi.

Malohat BADALBAEVA,

Respublika IIV Yong‘in xavfsizligi instituti Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi