Fan oyliklarini o’tkazish bo’yicha tavsiyalar
Mustaqillik yillarida yurtimizda keng miqyosdagi soliq islohatlari amalga oshirildi. Buning natijasida bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan davlat budjetini to‘ldirishni, zarur davlat harajatlarini moliyalashtirishni ta’minlaydigan va shuningdek, aholi daromadlari o‘sishini iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, uning yangi tarmoqlari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantiradigan zamonaviy soliq tizimi yaratildi. Iqtisodiyotda soliq yukining bosqichma-bosqich kamaytirilishi – olib borilayotgan soliq islohatlarining eng muhim natijasi, yuqori iqtisodiy o‘sish suratlarini ta’minlashning eng muhim omillaridan biri bo‘ldi.
Kimyo darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar
Namangan- 2014 yil
Ushbu metоdik tavsiya umumiy o’rta ta`lim maktablarining kimyo fani o’qituvchilariga kimyo darslaridan to’garak mashg’ulotlarini o’tishda qo’llash tavsiya etiladi. Metоdik tavsiyadagi to’garak ish reja namuna sifatida berilgan bo’lib sinf toifasidan kelib chiqib o’zgartirishlar kiritish mumkin.
To’garak mashg’ulotlari kimyo darslari samaradоrligini оshirish bilan birga o’quvchilarda hayotiy ko’nikmalarni shakllantirishning iqtisоdiy ahamiyati, ilmiy va didaktik hоlatlari, keng yoritilgan
Tuzuvchi: Z.Xоlmirzayeva- NVPKQTMОI tabiiy fanlar ta`limi kafedrasi katta o’qituvchisi.
Taqrizchi: Q. Niyozov – NVPKQTMОI tabiiy fanlar ta`limi kafedrasi mudiri
Ushbu metоdik tavsiya NVPKQTMОI tabiiy fanlar ta`limi kafedrasining 2014 yil ________________ yig’ilishining bayonnоmasi va 2014 yil ________ institut o’quv uslubiy kengashining _____ bayonnоmasida maqullangan
Kirish
Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo`lgan ta`lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo`lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta`lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko`tarish, unga ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta`lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. “Ta`lim to`g`risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta`lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi.
Ta`limning barcha bosqichlariga oid umumiy pedagogik va didaktik talab o`quvchining dasturiy bilim, tasavvur va ko`nikmalari asosida mustaqil ishlash samaradorligini takomillashtirish, ilmiy fikrlashga, o`quv faniga qiziqishini kuchaytirish, kasbiy bilimlarini chuqurlashtirish, nazariy va amaliy mashg`ulot mobaynida ularning faolligini oshirishdan iboratdir. Jahon pedagogik tajribasi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarining o`quvchilarni fanlarga qiziqtirishga, ularning mustaqil ishlashda faolliklarini oshirishga imkoniyati cheksiz ekanligini tasdiqlamoqda.
Ta`limning bugungi vazifasi o`quvchilarni kun sayin oshib borayotgan axborot – ta`lim muhiti sharoitida mustaqil ravishda faoliyat ko`rsata olishga, axborot oqimidan oqilona foydalanishga o`rgatishdan iboratdir. Buning uchun uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish zarur.
O`zbekiston Respublikasi demokratik, huquqiy va fuqarolik jamiyatini qurish yo`lidan borayotgan bir paytda ta`lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi va harakatga keltiruvchi kuchi har tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyashdan iboratdir. Bu barobarida darslarda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish yaxshi samara beradi.
I. Didaktik o`yin texnologiyalari
Didaktika yunoncha “didaktikos” so`zidan kelib chiqqan bo`lib, o`qitish, o`rganish ma`nosini bildiradi. O`quvchilarga bilim berishda yangi inavatsion tehnalogiyalardan foydalanib darslarni olib borish yaxshi natija beradi.
- An’anaviy 2. Progressiv. 3. Zamonaviy.
Ushbu darslarda o`quvchilarning bilim olish jarayoni o`yin faoliyati orqali uyg`unlashtiriladi. Shu sababli o`quvchilarning ta’lim olish faoliyati o`yin faoliyati bilan uyg`unlashgan darslar, didaktik o`yinli darslar deb ataladi. Inson hayotida o`yin faoliyati orqali quyidagi vazifalar amalga oshiriladi
– o`yin faoliyati orqali shaxsning o`qishga va mehnatga bo`lgan qiziqishi ortadi.
– o`yin davomida shaxsning muloqatga kirishishi ya’ni komunativ – muloqat madaniyatini egallash uchun yordam beriladi.
– shaxsning o`z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o`zligini namoyon etishiga imkon yaratiladi.
– hayotda va o`yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni yengish va mo`ljalni to`g`ri olish ko`nikmalarni tarkib topishiga yordam beradi.
– o`yin jarayonida ijtimoy normalarga mos xulq – atvorni egallash, kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi.
– shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi.
– insoniyat uchun ahamiyatli bo`lgan qadriyatlar tizimi ayniqsa ijtimoiy, manaviy – madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o`rganishga etibor qaratiladi.
– o`yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqat madaniyatini rivojlantirish ko`zda tutiladi.
Didaktik o`yinlar texnologiyalari o`quvchi faoliyatining faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ular o`quvchiga ijobiy imkoniyatlarni ro`yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Didaktik o`yinlar o`quvchilarda tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, tatqiq qilish hisoblash, o`lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash axloq – odob o`rgatish, nutq o`stirish til o`rgatish, yangi bilimlar o`rgatish va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirishga yo`rdam beradi.
Didaktik o`yinlarning asosiy turlari intellektual (aqliy) va harakatli hamda aralash o`yinlardan iborat. Bu o`yinlar ishtirokchilarda aqliy – jismoniy, axloqiy, psixologik, estetik, badiiy tadbirkorlik, mehnat va boshqa ko`nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Bularning orasida didaktik o`yinlar ta’lim – tarbiya vazifalarini amalga oshirish imkoniyatini oshirib borishi bilan alohida o`ringa ega.
Quyida kimyo darslarida didaktik o`yinlar qo’llash haqida fikr yuritamiz.
Ishchanlik o`yin darsi – dars mavzusi bo`yicha masalalarni hal etish jarayonida o`quvchilarning faol ishtirok etishini ta’minlash orqali yangi bilimlarni o`zlashtirish mashqi.
Kimyoda “7-sinifda Suvning tarkibi va xossalari” mavzusida o`quvchilarni 3 ta kichik guruhlarga bo`lib xar bir guruhga sovollar beriladi.
- Suv qanday modda. 2. Suvdan qanday foydalanamiz. 3.suvning tarkibi qanday.
Masalan; 7-sinifda “Birikmalardagi elementlar atomlarining valentligi” mavzusida o`quvchilarga element belgilari berilib ularni valetlik asosida birikishi ko`rsatiladi.
Teatrlashtirilgan dars – dars mavzusi bilan bog`liq sahna ko`rinishlari tashkil etish orqali dars mavzusi bo`yicha chuqur, aniq ma’lumotlar berish darsi.
8-sinif “Elektrolitlar va elektrolitmaslar ”mavzusiga sahna ko`rinishi tayyorlash mumkin
Kompyuter darsi – tegishli o`quv fani bo`yicha dars mavzusiga doir kompyuter materiallari ( multimediya, virtual o`quv kursi va shu kabilar ) asosida o`tiladigan dars.
Kim oshdi savdosi darsi – o`quv fani ayrim bo`limi bo`yicha bilimlarni har bir o`quvchi qanchalik ko`p bilishini namoyish etish darsi. Bunda o`quvchlarga sovollarni berib to`gri lavoblarni yutib olishini tashkil qilinadi.
Yamarka darsi – dars mavzusini bo`laklar bo`yicha oldindan o`zlashtirish o`quvchilarning o`zaro muloqat asosida sinfga qiziqarli tushuntirish orqali o`tiladigan dars.
Formulalar darsi – o`quvchilarning formulalarni puxta o`zlashtirishlari bo`yicha turli o`yinlar shaklidagi mashqlar o`tkazish darsi. Bunda o`quvchilarga reaksiya tenglamalari yozilgan varaqlar beriladi va ularga mos sherikni toppish aytiladi, natijada o`quvch bilimini tekshirish mumkin.
O`yin darsi – dars mavzusiga mos o`yin orqali o`quvchilarning o`zlashtirishlarini tashkil etish darsi.
Tergovchi bilimdonlar olib boradigan darsi – dars mavzusini oldindan puxta o`rgangan o`quvchilar yordamida qiziqarli savol – javoblar, tahlillar asosida isbotlab, tushuntirish mashqlari bo`lib, bunda o`quvchilar dars mavzusini o`zlashtirib eslab qolishlari uchun qulaylik yaratadilar.
Integral ( integratsiyalangan ) dars – bir nechta fanlarga doir integratsiyalash uchun qulay bo`lgan mavzular bo`yicha tashkil qilingan dars (5)
Umumta’lim maktablarida kimyo ta’limi samaradorligini oshirishda taklif etilayotgan didaktik o’yinlar
O`qitishning individuallashuvi jamoa bilan yanada chuqur bog`lanishiga olib boradi, jamoadagi o`zining “men” ini namoyish qilishning, shaxsiga aylanishning yorqin istiqbollarini vujudga keltiradi. Shaxsni ta’sir ko`rsatishning jamoaviy vositasida tarbiyalash – unda jamiyatga to`g`ri munosabatni tegishli faoliyat bilan qo`shilishining axloqiy – estetik normalar haqidagi, ularga ongli yondashish to`g`risidagi tushunchalarni tarkib toptirishni bildiradi. Mustaqillik va faollikni, o`ziga xoslikni rivojlantirish esa ijtimoiy konstruktiv – ijodiy ishlarda o`zini yaqqol namoyon etishdir.
“Individuallik” – tushunchasi shaxsning boshqa kishilardan farqlanadigan alohida va yagona xususiyatini o`z ichiga oladiki, bu xususiyat shaxsga jamiyatda o`ziga xoslik va takrorlanmaslik baxsh etadi, yani kishi – kishini eksploatatsiya qilmaydigan tizimda jamiyat va shaxs o`zaro qarama–qarshi bo`lmaydi. Har qanday individullikning betakrorligi jamiyatdan ajralib qolmaydi, balki jamiyatning uzviy bog`liqligi uning manfaatlarini va harakat qonuniyatlarini tushinishdadir. Jamiyatsiz shaxs bo`lmaydi, individullik bo`lmaydi, chunki kamolatning manbai jamiyatdadir. Shaxsning kamol topishida o`zining kuch g`ayrati, bevosita faoliyati juda katta ro`l o`ynaydi. Bizning tarbiya va talim tizimimiz har bir bolada iste’dod, faollik, onglilik va ijodkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Avval xususiyatlarni hisobga olib, umumiylikni, keyin umumiyni hisobga olib, alohidalikni rivojlantirish kerak. Respublikamizda ta’lim jarayonini takomillashtirish bo`yicha izlanishda o`qitishning yangi shakllari asta – sekin mustahkam o`rin olmoqda. Bular gimnaziya, ixtisoslashtirilgan sinflardir. Lekin ta’limning yangi shakllari asosan maktabning o`rta va yuqori bo`g`inlariga dahldordir. Ho`sh, boshlang`ich maktabda nimalar bo`lyapti? Boshlang`ich maktab har qanday holda ham o`quvchilardagi bilimlarni shakllantirishda va ularning qobilyatlarini aniqlashda asosiy rol o`ynaydi, keyin ham shunday bo`lib qoladi. Ammo boshlang`ich maktabdagi barcha o`quvchilar, bolalarning qobilyatlarini aniqlash va rivojlantirish uchun tegishli ishlarni amalga oshiryaptimi? Masalan : nima uchun yuqori sinflarda a’lo bahoga o`zlashtiradigan bolalar soni kamayib bormoqda? Maktabni bitta yoki ikkita o`quvchi imtiyozli bitirishini qanday tushinish kerak? Iste’dodli, qobilyatli bolalar yo`qmi yoki o`qitish jarayoni shunchalik samarasiz bo`lib qolganmi? Bularning sababi nima? Sababi ko`p. Birinchidan, boshlang`ich sinflar o`qituvchining bolalar bilan individual ish olib borish imkoniyati cheklangan. Sinflarda bo`sh o`zlashtiradigan o`quvchilarga e’tibor berish zarur.
Kimyoga oid qiziqarli mavzularga krossvord, rebus va ijodiy izlanishga undaydigan masalalarni kiritish mumkin. Bunday qiziqarli masalalar quyidagi didaktik talablarga javob berish kerak.
1.Qiziqarli masalalar tezkor va obrazli fikrlashni rivojlantirib, ularni yechish jarayonida ijodiy motivatsiya hosil qilishi.
2.Taqdim etilayotgan materialning o`quvchilar uchun yangi va qiziqarli bo`lishi.
3. O`quvchilarning o`quv-biluv faoliyati darajasini oshirish maqsadida topshiriqlarning mazmunida uni turli usullar bilan yechilishining ko`zda tutilishi.
4. Qiziqarli masalalarning yechish jarayonida bosqichma-bosqich o`quvchilarning ijodkorligini yuzaga chiqarishga yo`naltirilishi.
5. O`quvchilarning mustaqil ishlashini taminlash uchun topshiriqlarning variativ bo`lishi.
6. Topshiriqlarni o`quvchilarning fazoviy tasavvur va tafakkurini rivojlantirishga qaratilishi.
Kimyoni o`qitishda krossvord va rebuslardan foydalanish o`quvchilarni zeriktirmaslikka, kimyo atamalaridan so`z boyligini oshirish va tez fikrlashga o`rgatadi. Kimyoga oid rebursni tuzoishda turmushda uchraydigan va o`quvchilarga ma’lum bo`lgan obyektlar, shakllar yoki tajribalarni tanlash maqsadga muvofiq. Rebusda berilgan turli hil obyektlar, shakllar va tasvirlar o`quvchilarga ma’lum bo`lgani uni o`qitishning hamma bosqichida qo`llash mumkin. O`quvchilarni fanga qiziqtirish, darsda qiziqarli masalalar va didaktik o`yinlardan unumli foydalanib faol o`quv – biluv jarayonini vujudga keltirish orqali o`quvchilarning grafik tayyorgarligi darajasini oshirish va kasbiy shakllantirish mumkin. O`quv jarayonida didaktik o`yinlar o`quvchilarning oldiga qo`ygan maqsadidan kelib chiqib:
1. Yangi mavzular tushuntirishdan oldin (bunda o`yin muammoli vaziyat sifatida )
2.Yangi mavzuni tushuntirish vaqtida ( o`quvchilarning diqqatini jalb qilish maqsadida )
3.Mavzuni mustahkamlashdan oldin, shuningdek o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakasini tekshirish vaqtida ( o`quvchilarni o`ziga hos o`yinga jalb etib, kichik guruhlar xosil qilish va raqobatni yuzaga keltirish ) qo`llash mumkin.
Yuqoridagi fikrlar aosida kimyo fanidan didaktik o`yinlar ishlab chiqish va imkon qadar kompyuter o`yinlari tarzida yaratib, dars jarayonida foydalanish o`quvchilarning qiziqishini orttiradi. Kimyo fanidan yaratilgan o`yin dasturlari o`quvchilarda o`quv motivatsiyasini shakllantirishga, ijodiy fikrlashga, mustaqil ishlash va bilim boyligini oshirishga xizmat qiladi.
Kimyo fanida kompyuter o`yinlarini ishlab chiqish texnologiyalari quyidagi bosqichda amalga oshiriladi.
1.O`quvchilarni o`zlashtirishida murakkab bo`lgan mavzu tanlab olinadi.
2.O`yinning maqsadi va sharti tanlab olinadi.
Ta’limiy maqsad – o`yin davomida o`quvchi mavzuning mohiyatini to`liq tushunib oladi.
Tarbiyaviy maqsad-o’quvchilarda kuzatuvchanlik, ziyraklik, ogohlik, topqirlik va estetik did kabi fazilatlarni tarbiyalaydi.
Rivojlantiruvchi maqsad- o’quvchilarning fazoviy tasovvur qilish, mantiqiy fikrlashva ijodkorlik qobilyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
3.Tanlangan mavzu bo’yicha o’quvchini o’ylashga va fikr yuritishga majbur qiladigan, eng asosiysi, o’yinni o’ynashga ehtiyoj sezdiradigan qiziqarli dizayn va g’oya yaratiladi.
4.O`yinning tuzilishi va o’ynash bosqichlari ishlab chiqiladi.
5.O`yin metodi asosida o’quvchilarning tanlangan mavzu bo’yicha bilm ko’nikmalarini shakillanishini ta`minlovchi pedagogik talablar aniqlanadi.
6.O`quvchining boshlang’ich bilmini va o’zlashtirilishini nazorat qiluvchi masalalar tizimi ishlab chiqiladi.
7.O’yin meto’dining samaradorligini aniqlovchi nazorat va kompleks topshiriqlar tizimi ishlab chiqiladi.
7-SINF
Mavzu: Kimyoviy reaksiya turlari
Darsning maqsadi:
1) Ta’limiy maqsad: О ‘quvchilarga kimyoviy reaksiya turlari haqida bilim berish.
2) Tarbiyaviy maqsad: Наг bir o’quvchini mavzuga bo’lgan
qiziqishni oshirish.
3) Rivojlantiruvchi maqsad: Kimyoviy reaksiya turlarining ahamiyati va kimyoviy energiyalarining hayotimiz uchun foydali tomonlarini ochib berish.
Dars turi: Noan’anaviy.
Dars uslubi: ”Zanjirli reaksiya”, “Kim chaqqon”, “Xotira mashqi”,”Kungaboqar”,
Darsning jihozlanishi: yozuv doskasi, magnit doska, tarqatma materiallar, ilmiy materiallar
Darsning boshlanish:
Tashkiliy qism
O’qituvchi o’quvchilar bilan salomlashib, sinf ozodaligi va davomat tekshiriladi. O’quvchilar 3 ta guruhga bo’linadi. O’qituvchi o’tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida “Xotira” mashqidan foydalanadi. Bunda o’qituvchi o’tgan mavzular ayta boshlaydi. O’quvchilar aytgan mavzusini to’ldiradilar.
Masalan; O’qituvchi aytadi “ Moddalarning xossalari. Fizik va kimyoviy o’zgarishlar” o’quvchilar davom ettiradi.
1-o’quvchi; Tabiat doimo o’zgarishda bo’lib, har bir o’zgarish bu –hodisadur.
2-o’quvchi; Moddalarning o’zgarishi 2 xil bo’ladi .
a) Fizik o’zgarish b)Kimyoviy o’zgarish
3-o’quvchi; Kimyoviy o’zgarish –deb, bir moddaning boshqa modda yoki moddalarga aylanish xodisasiga aytiladi.Shu tariqa o’tilgan mavzular takrorlanib olinadi. tarqatmalar tarqatadi va 3 daqiqa vaqt belgilaydi. Darsga kam qatnashgan guruhlarga yana bir imkoniyat beriladi. Doskada daraxt yasalib, mevalaridagi savollarni uzib (qog’ozdan yasalgan, oldi meva, orqasi savol) javob beradilar,
va shu tariqa o’quvchilar baxolanadi
Endi o’quvchilar bilan birgalikda “Kim chaqqon?” o’yini o’ynaladi. Bunda o’qituvchi har bir guruh sardoriga atom-molekula sharlarini tarqatadi va o’zi oldindan tayyorlab kelgan (parta soniga qarab) moddalar formulasi yozilgan qog’ozlarni tarqatadi va 3 daqiqa vaqt belgilab, shu formula asosida atom sharlarida moddalarning struktura tuzilishini yasashni aytadi va o’quvchilar modda nomi va birikmadagi elementlarning valentligini ham aytishi zarur. Qaysi guruh chaqqonlik bilan birinchi bo’lib topshiriqni bajarsa, shu guruh sardori yana 5 ball olish imkoniyati ya’ni rag’batga ega bo’ladi. Buning uchun u magnit doskada turgan 10 ta element nomini aytib, kamida 3 ta formula tuzilishi kerak [21].
Yangi mavzu bayoni: Kundalik hayotimizda turli hodisalar sodir bo’layotganining guvohi bo’lamiz va ularni kuzatamiz. Masalan ,idishda turgan suvning xajmi (miqdori)ning kamayishi, shisha buyimning tushib sinishi, gazning,yog’ochning va komirning yonishi, muzning suyuqlanishi, temir buyimlarning zanglashi va hokazo. Agar bu hodisalar o’rganilib taxlil qilinsa,ayrim hodisalar natijasida buyimning shakli va moddaning “ichki o’zgarishi” bir turdan boshqasiga aylanishi tufayli sodir bo’layotganini bilamiz.bu hodisalarni ikki turga bo’lishimiz mumkin.
1) fizikaviy hodisalar 2)kimyoviy hodisalar
Lekin shunday hodisalar borki ,ularni aniq bir hodisalar qatoriga kiritib bo’lmaydi.Masalan g’ovak spirt yuzasiga gazsimon yoki suyuq modda malekulalarining yutilishi, gazlama yoki silikat buyimlari sirtiga ranglarning qoplanib qolishi kabilardir. Bu jarayonlarda bir vaqtda ham fizik,ham kimyoviy hodisalar ro’y beradi. Shu boisdan bular fizik-kimyoviy jarayonlar qatoriga kiritiladi.
Kimyoviy reaksiyalar reaksiyaga kirishayotgan dastlabki moddalar va reaksiya mahsulotlari sonining o’zgarishi asosida hamda energiyaning yutilishi yoki chiqishiga qarab sinflanadi.Dastlabki reagentlar va mahsulotlar sonining o’zgarishi asosida kimyoviy reaksiyalarni quyidagicha sinflash mumkin.
Kimyoviy reaksiya turlari
Birikish reaksiyasi.Bunda ikki yoki undan ortiq moddadan bitta yangi moddalar olinadi:
Ajralish reaksiyasi. Bir moddadan bir necha yangi modda hosil bo’ladi:
O’rin olish reaksiyasi.Bunday reaksiyalarda oddiy modda murakkab moddaning tarkibiy qismi o’rnini oladi,natijada yangi oddiy va murakkab moddalar hosil bo’ladi:
Almashinish reaksiyasi.Murakkab moddalarning tarkibiy qismlari o’zaro o’rin almashadi:
O’quvchilarga ba mavzu yanada tushinarli va esda qolarli bo’lishi uchun quydagi plakatdan foydalanish mumkin.
.
Kimyoviy reaksiyalar davomida issiqlik chiqishi yoki yutilishiga qarab ham ekzotermik va endotermik reaksiyalarni farqlash mumkin.
Issiqlik ajralib chiqishi bilan boradigan reaksiyalar ekzotermik reaksiyalar deyiladi. Masalan: vadorod va xlor gazlaridan vodorod xlorid xosil bo’lish reaksiyasi issiqlik chiqishi bilan boradi:
Issiqlik yutilishi bilan boradigan reaksiyalar endotermik reaksiyalar deyiladi.Masalan, azot va kisloroddan yuqori tempraturada azot (II) oksidning xosil bo’lish reaksiyasi:
Ajralib chiqish yoki yutilgan issiqlik miqdori kimyoviy jarayonning issiqlik effekti deyiladi.Reaksyaning issiqlik effekti hosil bo’layotgan va uzilyotgan bog’lar energiyasi farqi bilan aniqlanadi va klojoullarda (kj) ifodalanadi
O’quvchilarga mavzu tushinarli bo’lishi uchun ekzotermik reaksiyalarga mos quyidagi plakatlar asosida tushintirish mumkin.
Mustahkamlash;O’quvchilarni yangi mavzu bo’yicha olgan bilim ko’nikmalarni yanada mustaxkamlash uchun “Kungaboqar “ o’ynidan foydalanamiz. Buning uchun oldindan tayyorlab qo’yilgan yaproqchalar guruh o’rtasiga tarqatiladi.Bu yaproqchalarga kimyoviy reaksiya turlariga mos formulalar yozib qo’yilgan bo’ladi
O’qituvchi guruhlarga savol tashlaydi,o’quvchilar yaproqchalardan foydalanib javob topadilar.
O’qituvchi- O’rin olish reaksiyasiga misollar keltiring
.O’quvchilar yaroqchadan foydalanib formula tuzadilar.
Dars so’ngida faol ishtirok etgan o’quvchilar, guruhlar baholanib,
uyga vazifa beriladi.
Uyga vazifa: Yangi mavzuni o’qib kelish, 6 tomonli kubik shaklida
ko’rgazma tayyorlash (kubning har bir tomoniga bir element haqida
nomi va belgisi yashirilib tavsif beriladi, javobi o’qituvchiga yozib
“Bumerang” texnologiyasi
Texnologiyaning qo`llanilishi.
Amaliy mashg`ulotlar, seminar yoki laboratoriya mashg`ulotlari, hamda, suhbat – munozara shaklidagi darslarda yakka tartibda, kichik guruh va jamoa shaklida foydalanishi mumkin.
Mashg`ulotda foydalaniladigan vositalar:
O`quvchi dars jarayonida mustaqil o`qishlari, o`rganishlari va o`zlashtirib olishlari uchun mo`ljallangan tarqatma materiallar (o`tilgan mavzu yoki yangi mavzu bo`yicha qisqa matnlar, suratlar va ma`lumotlar.)
Mashg`ulotni o`tkazish tartibi:
Ushbu texnologiya bir necha bosqichda o`tkaziladi;
- o`quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi;
- o`quvchilar darsning maqsadi va tartibi bilan tanishtiriladi.
- O`quvchilarga mustaqil o`rganish uchun mavzu bo`yicha matnlar tarqatiladi;
- Berilgan matnlar o`quvchilar tomonidan yakka tartibda mustaqil o`rganiladi;
- Har bir guruh a`zolaridan yangi guruh tashkil etiladi;
- Yangi guruh a`zolarining har biri guruh ichida navbati bilan mustaqil o`rgangan matnlari bilan axborot almashadilar, ya`ni bir – birlariga so`zlab beradilar, matnni o`zlashtirib erishadilar;
- Berilgan ma`lumotlarni o`zlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun guruh ichida ichki nazorat o`tkaziladi, yani guruh a`zolari bir-birlari bilan savol-javob qiladilar;
- Yangi guruh a`zolari dastlabki holatdagi guruhlariga qaytadilar;
- Darsning qolgan jarayonida o`quvchilar bilimlarini baholash yoki to`plagan ballarini hisoblab borish uchun har bir guruhda “guruh hisobchisi” tayinlanadi;
- O`quvchilar tomonidan barcha matnlar qay darajada o`zlashtirilganligini aniqlash maqsadida o`qituvchi (yoki opponent guruh) o`quvchilarga savollar bilan murojaat etadilar, og`zaki so’rov o`tkazadilar;
- Savollarga berilgan javoblar asosida guruhlarni to`plagan umumiy ballari aniqlanadi;
- Har bir guruh a`zosi tomonidan guruhdagi matnning mazmunini hayotga bog`lagan holda bittadan savol tuziladi;
- Guruhlar tomonidan tayyorlangan savollar orqali savol javob tashkil etiladi;
- Guruh a`zolari tomonidan to`plangan umumiy ballar yig`indisi aniqlanadi va guruh a`zolari o`rtasida teng taqsimlanadi.
O`qituvchi darsni shu tartibda tugatishi yoki o`quv materialini o`quvchilar tomonidan yakka tartibda qanday o`zlashtirilganini yana bir bor o`z-o`ziga baho berish tartibida nazorat qilish uchun “Charxpalak” texnologiyasidan foydalangan holda, o`qilgan va o`zlashtirilgan matnlar asosida tayyorlangan tarqatma materiallarni o`quvchilarga tarqatib, o`z bilimlarini tekshirib olishga imkoniyat yaratishi mumkin.
“Rezyume” texnologiyasi.
Texnologiyaning tavsifi: Bu texnologiya murakkab,ko’p tarmoqli,mumkin qadar muammoli mavzularni o’rganishga qaratilgan. Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda bir yola mavzuning turli tarmoqlari bo’yicha axborot beriladi. Ayni paytda ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama qilinadi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi.
Texnolgiyaning maqsadi: O’quvchilarni erkin, mustaqi, tanqidiy fikrlashga, jamoa bo’lib ishlashga, izlanishga,fikrlarni jamlab taqqoslash uslubi yordamida mavzudan kelib chiqqan holda o’quv muammosini yechimini topishga hamda kerakli xulosa yoki qaror qabul qilishga, jamoaga o’z fikri bilan ta’sir etishga, uni ma’qullashga, shuningdek, berilgan muammoni yechishga o’rgatish.
Texnologiyani qo’llanilishi: Ma’ruza darslarida(imkoniyat va sharoit bo’lsa), semenar, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarida yakka (yoki kichik guruhlar ajratilgan tartibda o’tkazish, shuningdek uyga vazifa berishda ham qo’llash mumkin.
- O’qituvchi o’quvchilarning soniga qarab 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi.
- O’qituvchi o’quvchilarni mashg’ulotning maqsadi va o’tkazilish tartibi bilan tanishtiriladi va har bir kichik guruhga qog’ozning yuqori qismida yozuvi bo’lgan, ya’ni asosiy muammo, undan ajratilgan o’quv muammolari va ularni yechish yo’llari belgilangan, xulosa yozma bayon qilinadigan varaqlarni tarqatadi.
- Har bir guruh a’zolari ularga tushgan varaqlardagi muammolarning afzalligi va kamchiliklarini aniqlab, o’z fikrlarini flomaster yordamida yozma bayon etadilar. Yozma bayon etilgan fikrlar asosida ushbu muammoni yechimini topib, eng maqbul variant sifatida umumiy xulosa chiqaradilar.
- Kichik guruh a’zolaridan biri tayyorlangan materialni jamoa nomidan taqdimot etadi. Guruhning yozma bayon etgan fikrlari o’qib eshittiriladi, lekin xulosa qismi bilan tanishtirilmaydi.
- O’qituvchi boshqa kichik guruhlardan taqdimot etgan guruhning xulosasini so’rab, ular fikrini aniqlaydi, guruhlar fikridan so’ng taqdimot guruhi o’z xulosasi bilan tanishtiradi;
- O’qituvchi guruhlar tomonidan berilgan fikrlarga yoki xulosalarga izoh berib, ularni baholaydi, so’ngra mashg’ulotni yakunlaydi.
“Muammo” texnologiyasi
Texnologiyaning maqsadi: O’quvchilarga o’quv predmetining mavzusidan kelib chiqqan turli muammoli masala yoki vaziyatlarning yechimini to’g’ri topishlariga o’rgatish ,ularda muammoni yechishning ba’zi usullari bilan tanishtirish va muammoni yechishda mos uslublarni to’g’ri tanlashga o’rgatish,muammoni kelib chiqish sabablarini va muammoni yechishdagi xatti-harakatlarni to’g’ri aniqlashga o’rgatish.
Mashg’ulotning o’tkazish tartibi:
O’qituvchi o’quvchilarni guruhlarga ajratib, ularni mos o’rinlarga joylashtirgandan so’ng, mashg’ulotni o’tkazish tartib-qoidalarini va talablarini tushuntiradi, ya’ni u mashg’ulotni bosqichli bo’lishini va har bir bosqich o’quvchilarni maksimum diqqat-e’tibor talab qilishini, mashg’ulot davomida ular yakka,guruh va jamoa bo’lib ishlashlarini aytadi. Bunday kayfiyat o’quvchilarga berilgan topshiriqlarni bajarishga tayyor bo’lishlariga yordam beradi va qiziqish uyg’otadi. Mashg’ulot o’tkazish tartib-qoidalari va talablari tushuntirilgach, mashg’ulot boshlanadi.
– O’quvchlar tomonidan mashg’ulot uchun tayyorlangan kino lavhani diqqat bilan tomosha qilib,unda yoritilgan muammoni aniqlashga harakat qilish, xotirada saqlab qolish yoki daftarlariga belgilab qo’yish (agar kinofilm ko’rsatishning imkoniyati bo’lmasa, u holda o’qituvchi o’quv pretmetining mavzusi bo’yicha plakat, rasm, afisha yoki biror muammo bayon qilingan matn,kitobdagi o’quv materialidan foydalanishi mumkin);
– har bir guruh a’zolari tomonidan ushbu lavhadan (rasm,matn,hayotiy voqeadan) birgalikda aniqlangan muammolarni vatman yoki A-4 formatdagi qog’ozga flomaster bilan yozib chiqadi;
– berilgan vaqt tugagach, tayyorlangan ishni guruh vakili tomonidan o’qib eshittiriladi;
– o’qituvchi guruhlar tomonidan tanlangan va muammolar yozilgan qog’ozlarni almashtirgan holda guruhlarga tarqatiladi;
– tarqatilgan qog’ozlarda guruhlar tomonidan yozilgan muammolardan har bir guruh a’zosi o’zini qiziqtirgan muammoni birini tanlab oladi;
– o’qituvchi tomonidan tarqatilgan quyidagi chizmaga har bir guruh a’zosi tanlab olgan muammosini yozib, mustaqil ravishda tahlil etadi.
– muammolar va ularning yechimi bo’yicha jamoaviy fikr almashinadi;
– himoyadan so’ng o’qituvchi mashg’ulotga yakun yasaydi.
Kichik guruhlarga qiziqarli ishlari ushun minnatdorchilik bildiradi va uyga vazifa beradi.
Bunday texnologiya bilan o’tkazilgan mashg’ulot natijasida o’quvchilar qaysidir muammoni yechishdan avval uning sababini aniqlanishi kerakligini, keyin esa ularga zarur bo’lgan uslub va usullarni tanlashi hamda o’z harakatlarini aniq belgilab olishlari kerakligini bilib oladilar.
“Blits-so’rov” usuli
Usulning tavsifi: Ushbu usul o’quvchilarni harakatlar ketma-krtligini to’g’ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o’rganayotgan fani asosida xilma-xil fikrlar, ma’lumotlar ichidan keraklisini tanlab olishni, shu bilan bir qatorda,o’zgalar fikrini hurmat qilish va ularga o’z fikrini o’tkaza olish hamda o’z faoliyati, kunini rejalashtira olishni o’rgatishga qaratilgan.
Usulning maqsadi: ushbu usul orqali o’quvchilarga tarqatilgan qog’ozlarda ko’rsatilgan harakatlar ketma-ketligini avval yakka tartibda mustaqil ravishda belgilash, kichik guruhlarda o’z fikrini boshqalarga o’tkaza olish yoki o’z fikrida qolish, boshqalar bilan ham fikr bo’la olish kabi ko’nikmalarni shakllantirish.
Mashg’ulotni o’tkazish tartibi.
– O’qituvchi o’quvchilarga ushbu mashg’ulot bir necha bosqichda o’tkazilishi haqida tushuncha beradi. Har bir bosqichga moljallangan vazifalarni bajarishga aniq vaqt berilishi, o’quvchilar esa shu vaqtdan unumli foydalanishlari kerakligi haqida ularni ogohlantiradi.
– Keyin hammaga alohida-alohida tarqatma material beradi va ushbu materialni sinchiklab o’rganishlarini so’raydi;
– o’qituvchi tarqatma material mazmuni va bajariladigan vazifani tushuntiradi va “o’quvchining ismi va familiyasi” va “sinfi” bo’limlarini to’ldirishni aytadi.
– tarqatma materialda berilgan vazifa dastlab yakka tartibda bajarilishini ta’kidlaydi;
– har bir o’quvchi o’zining shaxsiy fikri asosida tarqatma materialdagi “o’quvchi javobi” bo’limiga berilgan savollardan 3xil variantli javobdan bittasini yozadi, javoblar raqamlar yoki harflar bilan ko’rsatilishi mumkin.
– berilgan vaqt ichida yakka tartibdagi ishlar tugagach tarqatma materiallar o’zaro almashinadi.(almashtirishni turlicha tashkil qilish mumkin, masalan yonidagi o’quvchi bilan , kichik guruhlarda yoki orqadagi o’quvch bilan)
– tarqatma materiallar almashingach, oqituvchi to’g’ri javoblarni o’qiy boshlaydi, oquvchilar bir-birini ishini tekshira boshlaydi va “to’g’ri javob” bo’limiga “1” balldan, agar noto’g’ri bo’lsa “0” ball qo’yib chiqishadi.
– o’qituvchi baholash mezonini tushuntirib beradi va tarqatma materiallar qaytadan o’z egalariga almashtirilishi so’raydi,o’z xatolarini ko’rib olishlariga imkon beradi.
– o’qituvchi tarqatma materiallarni yig’shtirib olib baholaydi va e’lon qiladi.
Izoh: misol tariqasida “Metallar” mavzusidagi blits-so’rov jadvalini keltirish mumkin(har bir o’qituvchi o’z pretmeti bo’yicha o’tayotgan, avval o’tgan mavzu yoki umumlashtiruvchi darslarda usbu jadvaldan foydalanib blits-so’rov tuzishi mumkin).
Xulosa
Hozirgi zamon mutaxassislari , faoliyat doiralari qanday bo’lishidan qat’iy nazar yangi pedagogik texnologiyalar bo’yicha keng ko’lamdagi bilimlarga, zamonaviy hisoblash texnikasi informatsion aloqa va kommunikatsiya tizimlari, orgtexnika vositalari va ulardan foydalanish borasida etarli malakalarga ega bo’lishi kerak. Ayniqsa kimyo fanini o’qitishda amaliy mashg’ulotlar va laboratoriya jixozlari o’rni beqiyos bo’lib, shu darslarni olib borishda yangi metodlar o’qituvchiga qo’l keladi.
Yangi pedagogik texnologiyalar bilan o’tkazilgan darslar o’quvchini mustaqil fikrlashga, nutqi rivojlanishiga, o’zaro bir-biri bilan muloqatga va xatto o’zi xulosa chiqarishga o’rgatadi. Qo’llanmada keltirilgan interfaol dars usullar kimyo darslarini yanada qiziqarli o’kazishga va barcha o’quvchilarni dars davomida faol qatnashishiga undaydi. Bu usullar bilan dars olib borgan o’qituvchi sinflarda yuqori sifat ko’rsatgichiga erishadi. Bundan tashqari kimyo darslarida nafaqat didaktik materiallardan, balki axborot kommunikatsion texnologiya(AKT)laridan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi. Biz AKT dan o’qituvchilar va o’quvchilar o’rtasidagi kimyoning dunyoviy muammolari bilan bog’liq bo’lgan munozara yig’ilishladagi aloqalarga ko’maklashish maqsadida foydalanishimiz kerak. Huddi shunday laboratoriya tajribalarini modellashtirish o’quvchilarimuzga real maktab laboratoriyasida o’tkazilishi muammo bo’ladigan murakkab tajribalarni boshqarish imkonini beradi va moddalarni tejaydi. Darslarda elektron darsliklardan foydalanishimiz, kimyodagi qiyin atom (molekular) jarayonlarni, elektron bulut va elektronlar qo’zg’alishi, struktur izomeriya, gibrid orbitallar tushunchalarini osonlashtiradi.
Shunday ekan, biz o’quvchilarning fikrlash qobiliyati va fanning rivojlanishini ta’minlashimiz kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
1.Karimov I.A.Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch.
Toshkent.Manaviyat,2008.61 b.
.2.Tolipov O’.,No’monova N.Ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnalogiyalar.G’G’ Xalq ta’limi.-Toshkent,2002.-N 3.23-29b.
3.Zunnunov A.,Maxkamov U., Didaktika (Ta’lim nazaryasi).O.O’Yu uchun qo’llanma.-Toshkent.Sharq,2006.-132 b.
4..Begmatov U.E.Umumiy o’rta maktablarda kimyodan darsdan tashqari ishlarni dars bilan boqlashning nazariy-metodologik asoslari.Diss. kand.ped.nauk.T.2004.- 152 b.
5.etner Yu. V. , Polosin V. S. , Ximiya o`qitish metodikasidan praktikum. “O`qituvchi” Toshkent 1967.189 b.
6. Asqarov I.R.,To’xtaboyev N.X.,G’opirov K.G’.Kimyo. 7-sinf o’quvchilari uchun darslik.-Toshkent 2010.47-49 b
Fan oyliklarini o’tkazish bo’yicha tavsiyalar
Fan oyliklarini o’tkazish bo’yicha tavsiyalar
On 12.02.2016 By shuhrat In O’QITUVCHILARGA 0 fikr
Kimyo, biologiya va fizika fan oyligini o‘tkazish bo‘yicha tavsiya
Respublikamiz ta’lim-tarbiya tizimining bugungi kundagi asosiy vazifasi o‘sib kelayotgan yosh avlod, o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini, mantiqiy fikrlay olish qobiliyatini, aqliy rivojlanishini, o‘z-o‘zini anglash salohiyatini shakllantirish va o‘stirish, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib toptirish, ma’naviy barkamol inson bo‘lib yetishishlari, jamiyatda o‘z munosib o‘rnini egallashga qodir bo‘lgan, komillikka intiladigan barkamol avlodni voyaga yetkazishda tabiiy fanlarning (fizika, kimyo, biologiya) o‘rni beqiyosdir.
Hozirgi kunda ilm-fan, texnika va ishlab chiqarish sohalarining, axborot kommunikatsiya texnologiyalarining tez sur’atlarda jadallik bilan rivojlanishi ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya sifatini mazmun jihatidan yuqori bosqichga ko‘tarishni talab etadi.
Umumta’lim maktablarida bir necha yillardan buyon har bir o‘quv predmeti bo‘yicha fan oyliklari o‘tkazib kelinmoqda. Jumladan, mart oyida kimyo, biologiya, fizika fanlari oyligi o‘tkaziladi.
Kimyo, biologiya, fizika fan oyligini o‘tkazishdan maqsad:
· fan oyligi davomida o‘quv-tarbiya jarayoniga ijobiy ta’sir etuvchi tadbirlar o‘tkazish;
· o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan intilishlarini har tomonlama rivojlantirish:
· fizika, kimyo, biologiya fanlari eksperimental fan bo‘lganligi sababli, nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikma va malakalarini hosil qilish hamda dars jarayonida o‘quv-laboratoriya jihozlaridan, ko‘rgazmali tajribalardan unumli foydalanish;
· mazkur fanlar o‘qitilishida o‘quvchilarning tafakkurini ko‘chaytirish maqsadida to‘garak mashg‘ulotlarida masalalar yechish texnologiyalariga e’tiborni qaratish;
· o‘quvchilarni ushbu fanlardan mustaqil va ijodiy fikrlashga, tabiiy fanlarning turmush va texnikadagi ahamiyatini bilishga va xalq xo‘jaligida ulardan qo‘llanishi haqida tushunchalar berish va o‘rgatish;
· dars jarayonida axborot kommunakitsion texnologiyalardan foydalanish orqali iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashni yanada takomillashtirish;
· o‘quvchilarning fanlar bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarida bo‘shliqlarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
· fan oyligi davomida tajriba almashish maqsadida, ta’lim-tarbiyada yaxshi samara berayotgan, olib borilayotgan ishlar, ilg‘or ish tajribalar yuzasidan materiallarini ta’lim portallariga joylashtirib borish maqsadga muvofiq.
Kimyo, biologiya, fizika fan oyligini tashkil etish va o‘tkazishda quyidagilarga e’tibor qaratish tavsiya etiladi:
1- yo‘nalish “Fan oyligi”ning ochilishi
Umumta’lim maktablarida kimyo, biologiya, fizika fanlari oyligini o‘tkazish yuzasidan chora — tadbirlar rejasini ishlab chiqish.
— Maktabda mazkur predmetlarga doir devoriy gazetalar chiqarilishi, ularda shu fanlar bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlar, internet sahifalaridan olingan fan yangiliklari haqidagi materiallarni berish maqsadga muvofiqdir.
— DTS va o‘quv dasturlari asosida o‘quvchilarning mazkur fanlardan egallashlari lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalari monitoringi aniqlanadi.
— Maktablarda o‘tkazilgan “Bilimlar bellashuvi” natijalari tahlillari asosida o‘quvchilar bilimida aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
2- yo‘nalish “Ochiq darslar”ni tashkil etish
— “Ochiq darslar”ni tashkil etishda o‘qituvchilar sinflar kesimida aniq belgilangan mazular bo‘yicha mashg‘ulotlarni olib borish yuzasidan dars jadvalini belgilash;
— Kimyo, biologiya, fizika fanlari bo‘yicha ochiq darslarni o‘tkazishda axborot kommunikatsion hamda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanib, mashg‘ulotlarni tashkil etish;
— kimyo, biologiya, fizika fanlaridan yaratilgan elektron darslik va vertual laboratoriya qo‘llanmalaridan dars jarayonida samarali foydalanish usullarini namoyish eta bilish;
— ilg‘or pedagogik texnologiyalar singdirilgan dars ishlanmalari tayyorlash va metodik birlashmalarda muhokama qilinib,ulardan eng yaxshi dars ishlanmalarini “Zeyonet” axborot portaliga joylashtirish;
— maktab rahbariyati tomonidan ilg‘or ish tajribalarni o‘rganish va ommalashtirish hamda fan oyligi doirasida maqolalarni ommaviy axborot vositalari orqali chop ettirishga erishish.
3- yo‘nalish “Sinfdan tashqari ishlar”ni tashkil etish
— Fan oyligi davomida biologiya fani bo‘yicha “Qushlar bizning do‘stimiz”, “O‘zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan o‘simliklar”, “Gullar bayrami”, kimyo fani bo‘yicha “Kimyoviy elementlar so‘zlaydi”, “Xalq xo‘jaligida kimyo”, “Qiziqarli kimyo”, fizika fani bo‘yicha “Fiziklar liriklar”, “Qiziqarli fizika”, “Bilimdonlik cho‘qqisi”, “ Fizikada olam mujassam” kabi fan kechalari, qiziqarli bahs-munozaralar tadbirlarini, tematik albomlar tanlovlarini o‘tkazishda xorijiy (ingliz, fransuz, nemis) tillardan foydalanilgan holda tayyorlash va o‘tkazishga erishish;
— Mahalliy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda shahar, viloyat markazlaridagi universitet, institut fakultetlarining professorlari, olimlar, darslik mualliflari, ustoz–shogird yo‘nalishidagi “Ustoz” o‘qituvchilar bilan mazkur fanlarga qiziquvchi o‘quvchilar uchrashuvlarini tashkil etish;
— Maktabda o‘quvchilarning o‘quv-laboratoriya jihozlaridan samarali foydalanishini tashkil etish maqsadida fan to‘garaklarida qo‘shimcha mashg‘ulotlar (amaliy, laboratoriya, ko‘rgazmali namoyishlar) o‘tkazish;
— O‘quvchilarning ijodiy ishlari (krosvordlar, referatlar, bukletlar, qo‘lda yasalgan jihozlar) yuzasidan tanlovlar o‘tkazish;
— Fan oyligi davomida kimyo, biologiya, fizika fan yo‘nalishlaridagi oliy o‘quv yurtlariga, kasb-hunar kollejlariga, akademik litseylarga, ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiyalar tashkil etish;
— Resurs markazlarida ochiq darslar, fanlarga oid kitob ko‘rgazmalari tashkil etish;
— Kimyo, biologiya, fizika fanlaridan o‘quv-laboratoriya jihozlaridan samarali foydalanish, (amaliy, laboratoriya, ko‘rgazmali namoyishlar) o‘qituvchilarga metodik yordam berish uchun tumanlarda tashkil etilgan tayanch maktablar qoshida seminarlar tashkil etish maqsadga muvofiq.
Fan oyligini yakunlash
Kimyo, biologiya, fizika fan oyligi yakuniga bag‘ishlangan festival o‘tkaziladi. Ushbu tadbir maktab rahbariyati o‘qituvchilar jamoasini yoshlarga bilim berishdagi qilgan mehnatlarining sarhisobini, ulardagi ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish borasida qilingan ishlarni qadrlash va baholash maqsadida tashkil qilinadi:
— DTS va o‘quv dasturlari asosida o‘qituvchi va o‘quvchilarning ijodiy hamkorligini targ‘ib etish;
— Festivalda o‘qituvchi va o‘quvchilar iqtidori, qobiliyatini hamda mahoratini ko‘rsatish;
— Fan oyligi davomida maktabda o‘tkazilgan turli tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda faol qatnashgan fan o‘qituvchilari va o‘quvchilarni taqdirlash.
Fan oyliklar tom ma’noda har bir fan yo‘nalishi bo‘yicha jamiyatga, fan sohasiga berayotgan foydasini ko‘rsata olish, har bir yo‘nalishdagi o‘qituvchilar ommasini jipslashtirish, fanlararo bog‘liklikni ta’minlash hamda ta’lim mazmunining yuqori samaradorligini oshirishdek ulkan vazifani ado etishga undaydi.
Maktablarda o‘tkazilgan fan oyliklari yuzasidan tayyorlangan hisobotlar to‘planib, maktab metodbirlashmalarida saqlanadi.
Respublika ta’lim markazi
Tabiiy va aniq fanlar bo‘limi metodistlari
G.Shoisaeva, Z.Sangirova, I.Saparboev
Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya fani oyligini o‘tkazish yuzasidan tavsiyalar
Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya fanini o’qitishdan maqsad o’quvchilarni jismonan kuchli, baquvvat, sog’lom qilib tarbiyalash orqali jamiyatda o’z o’rniga ega komil insonlarni voyaga еtkazishdan iboratdir.
Jismoniy tarbiya darslarini samaradorligini oshirishning eng muhim omillaridan biri – amaliy mashg’ulotlarni tashkil etishda sport anjomlaridan samarali foydalangan holda o’quvchilarda jismoniy sifatlarni shakllantirishdir.
O’quvchilarning jismoniy tarbiya bilan shug’ullanishlariga qiziqishini oshirish yo’llaridan biri bu fan oyliklarini yuqori darajada o’tkazishdan iborat.
“Fan oyligi”ni mazmunli, yuqori saviyada o’tkazishda turli sport bayramlari, musobaqa va uchrashuvlar, namunaviy mеdiyadarslar hamda o’quvchilarning nazariy bilimlarini boyituvchi “Sport bilimdonlari cho’qqisi” musobaqalarini tashkil etish lozim.
Mazkur oylik davomida sport bilan shuqullanuvchilar ommaviyligini yanada oshirish maqsadida turli yo’nalishlarda musobaqalar tashkil etish va unga barcha o’quvchilarni qamrab olinishi kеrak.
Sport musobaqalari bayramona, ko’tarinki ruhda bo’lishi va joylardagi “Yoshlik”, “Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi” tashkilotlar va mahalla hamkorligida o’tkazilishi lozim. Jumladan:
I-IV- sinflar uchun:
— “Mеrgan” harakatli o’yini.
IV-IX sinflar uchun:
— Yengil atlеtika (30 m, 60 m, estafеta yugurishlar);
— Sport o’yinlari (futbol, volеybol, baskеtbol, qo’l to’pi);
— Harakatli o’yinlardan musobaqalar o’tkazish.
“Fan oyligi” chora-tadbirlari umumiy o’rta ta’lim maktablarining jismoniy tarbiya o’qituvchilari va sport to’garagi rahbarlari bilan hamkorlikda kunlik, haftalik tadbirlar rеjasini tuziladi. Ta’lim muassasa rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Mazkur tadbirlarni yakuni bo’yicha mеtodbirlashma, mеtodik va pеdagogika kеngashlarida muhokama etilib, tahliliy ma’lumotlar yakuniga ko’ra vazifalar bеlgilab olinishi kеrak.
Oylik chora-tadbirlar rеjasida amalga oshiriladigan ishlar to’rt haftaga bo’linadi, har bir hafta uchun aniq bir yo’nalish asosida tadbirlar rеjalashtiriladi.
Tuman XTMFMTTEB Mеtodika kabinеtlari umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’tkaziladigan “Fan oyligi” tadbirlarini muvofiqlashtirib boradi. Shuningdеk, yosh mutaxassislarga mеtodik yordam ko’rsatish maqsadida haftaning bir (juma) kuni bеlgilanadi, tumandagi ilg’or tajribali o’qituvchilar tomonidan amaliy o’quv-sеminarlarini tashkil etiladi. Bunda jismoniy tarbiya fanidan murakkab mavzularni ilg’or pеdagogik tеxnologiya va intеrfaol mеtodlardan samarali foydalangan holda darslar tashkil etiladi hamda ish tajribalar yuzasidan davra suhbatlari, to’garak mashg’ulotlarini o’tkazish bo’yicha amaliy mеtodik yordam bеradi. Shu bilan birga tuman, (shahar) viloyatlarda faol va fidoiy ishlayotgan fan o’qituvchilarini ish tajribalari ommalashtiriladi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida “Fan oyligi”ning boshlanishidan bir hafta oldin chora-tadbirlar rеjasi ta’lim muassasa rahbari tomonidan tasdiqlanadi, sport zali hamda anjomlari, yo’lakchalarni jismoniy tarbiya va sportga bog’liq shiorlar bilan jihozlanadi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida tashkil etilgan “Fan oyligi” burchagiga tadbirlar rеjasi ilib qo’yilishi lozim.
Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya “Fan oyligi”ni o’tkazishda quyidagi maqsad va vazifalari amalga oshirilishiga e’tibor qaratish kеrak:
· DTS va o’quv dasturi talablari bajarilishida o’qituvchi hamda o’quvchilarning ijodiy hamkorligini tashkil etilishi;
· Darsdan tashqari vaqtda o’tkaziladigan sport to’garaklarning faoliyatini kuchaytirish, o’quv jarayoni bilan uzviyligini ta’minlash;
· “Iftixor” unvoniga sazovvor bo’lgan sportchilar haqida ma’lumot, sport yangiliklari bilan tanishtirish;
· “Sport bilimdonlar cho’qqisi” musobaqasi (www.rtm) ni o’tkazish, sport yo’nalishlari bo’yicha o’quvchilarning ijodiy ishlari bo’yicha rеfеratlar ko’rik-tanlovlarini tashkil etish;
· Ilg’or ish tajribalarini ommalashtirish.
Jismoniy tarbiya fanidan o’tkaziladigan “Fan oyligi” tadbirlari quyidagicha rеjalashtirish tavsiya etiladi.
Fan oyligining birinchi haftasida: Ilg’or pеdagogik tеxnologiya va intеrfaol mеtodlar asosida namunaviy darslar tashkil etish. Darslarda AKT vositalari yordamida intеrnеt tarmog’idan foydalanib, sportga oid yangiliklarini o’quvchilarga yеtkazish. O’quvchilar tomonidan tayyorlangan eng yaxshi ijodiy ishlar rеfеrat ko’rgazmasi ko’rik-tanlov tashkil etish.
Ikkinchi haftada sport bayramini tashkil etish. Bunda ko’rgazmali va ommaviy tadbirlari bo’lishi, jismoniy tarbiyani kеng targ’ib qilish kabi sahna ko’rinishlaridan iborat tomoshalari o’tkazilishi mumkin. Masalan, shu kunga qadar bo’lib o’tgan sport musobaqalarida maktab jamoasining erishgan yutuqlari namoyishi, milliy bayramlardagi ommaviy o’yinlar, jismoniy pauza turidagi mashqlar konkursi o’tkaziladi. Ushbu konkurslarda barcha tomoshabinlar faol ishtirok etishi lozim.
Maktab o’quvchilarini ko’rgazmali chiqishlarini tayyorlashda, sport bayramlarini tashkil etish va o’tkazishda barcha maktab pеdagog xodimlarini jalb etish kеrak.
Sport bayramlari turli chiqishlar mazmuniga ko’ra harakatchan, emotsionalli, xilma-xil bo’lishi hamda musiqiy ohanglar ostida o’tkazilishi maqsadga muvofiq.
Uchinchi hafta o’zining ko’lami, qiziqarli sport musobaqalari bilan alohida ajralib turishi lozim.
To’rtinchi haftada esa sport turlari bo’yicha yuksak muvafiqqatlarga erishgan Fan arboblari, Rеspublika va Xalqaro sport musobaqalari g’oliblari bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etish.
Shu bilan birga faqat fan oyligi davomida emas, balki yil davomida o’quvchilarning sportga bo’lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida tumanda joylashgan BO’SM (Bolalar va o’smirlar sport maktabi)larga sayyohatlar uyushtirish va o’quvchilarni qiziqishlari bo’yicha turli sport to’garaklariga jalb etish ishlarini ham rivojlantirib borish kеrak.
Oylik davomida o’tkazilgan turli tadbir va sport musobaqalarida faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirib borish lozim.
Fan oyligi yakunida o’tkazilgan tadbirlar bo’yicha tahlillar, xulosalar umumlashtirilib, mеtodbirlashma yig’ilishlarida o’rganlishi va kеlgusida bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar bеlgilab olish zarurdir.
Rеspublika ta’lim markazi
bosh mеtodisti Furqat Nadjimov
Umumta’lim maktablarida Matematika fani oyligini tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan tavsiyalar
Umumta’lim maktablarida mana bir necha yillardan buyon har bir o‘quv predmeti bo‘yicha fan oyliklari o‘tkazib kelinmoqda. Fan oyligini o‘tkazishdan maqsad – dars va darsdan tashqari o‘tkaziladigan tadbirlarni ta’lim tarbiyadagi ahamiyati, o‘quvchilarni mazkur fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, bilim samaradorligini ko‘tarish, hozirgi zamon fan va texnikasi yutuqlari bilan doimo tanishib borish, o‘rganishga bo‘lgan intilishlarini o‘stirish, o‘qituvchi va o‘quvchining ijodiy hamkorligini targ‘ib etish, fan bo‘yicha o‘quv metodik ishlarni jonlantirish, o‘qituvchilar ijodiy faoliyatlarini kuchaytirish, izlanuvchan, ijodkor o‘qituvchilarni aniqlash, ularning tajribalarini o‘rganish va targ‘ibot qilish, ta’lim jarayonida qo‘llayotgan uslublarini takomillashtirishdan iboratdir.
Fan oyligi ta’lim muassasalaridagi o‘quv tarbiya jarayonining zamonaviy talablar darajasida bo‘lishini ta’minlash, fan o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish, ularning ijodiy izlanishlari va mehnatlarini ro‘yobga chiqarish omili hamdir. Shuni aytish joizki, fan mutaxassislari o‘rtasida fanning o‘ziga xos xususiyatlari, murakkabligi, o‘zlashtirishlik darajasi, hayotdagi o‘rni haqida turli xil fikr-mulohazalar, bahs-munozaralarga olib kelishi mumkin. Tashkil etilajak fan oyliklari esa bu yo‘nalishga oydinlik kiritish bilan birga, sohadagi mavjud o‘ziga xoslikni, yangiliklarni ham namoyon etadi.
Fan oyligi davomida maktablarning pedagogik jamoasi faolligi, mahoratli kadrlar bilan ta’minlanganligi, matematika fani xonasining zarur ko‘rgazmali-didaktik materiallar bilan jihozlanishi, ota-onalar bilan maktabning hamkorligini jonlantirish, ularni fandagi yangiliklar, ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar, o‘quvchilarning o‘zlashtirish va bilim samaradorligi ko‘rsatkichlari bilan tanishtirish kabilarga qaratilgan qator ishlar amalga oshiriladi.
O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish maqsadida oliy o‘quv yurtlari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga ekskursiyalar uyushtirish, shahar, viloyatlardagi oliy o‘quv yurtlari professor, olimlari bilan o‘quvchilar uchrashuvlarini tashkil etish ishlari rejalashtiriladi.
Fanga oid devoriy gazetalar chiqarilib, unda qiziqarli ma’lumotlar, internet sahifalaridan olingan fan yangiliklari yoritiladi.
Maktab, tuman, shahar, viloyat miqyosida eng yaxshi uslubiy birlashma, ijodkor o‘qituvchi va metodistlarning ish tajribalari o‘rganilib, ommalashtiriladi.
Matematika fan oyligida o‘quvchilar bilan sinfdan tashqari vaqtda ularning olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash, fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida, sinflar va maktablararo «Yosh matematiklar», «Nima, qaerda, qachon?» kabi qiziqarli mavzularda festivallar, fan bilimdonlari bellashuvi va bahs-munozaralar o‘tkaziladi. Fan oyligiga bag‘ishlangan tadbirlarda o‘qituvchilar jamoasini yoshlarga bilim berishdagi mehnatlari, ulardagi ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish borasida qilgan ishlarini qadrlash va baholash maqsadida oylik davomida faol qatnashgan fan o‘qituvchilari rag‘batlantiriladi.
Ushbu tavsiyani to’liq bu erdan ko’chirib oling Matematika fan oyligi
Geografiya fani bo‘yicha fan oyligini o‘tkazish yuzasidan metodik tavsiyalar
Fan oyligi ta’lim muassasalaridagi o‘quv tarbiya jarayonining zamonaviy talablar darajasida bo‘lishini ta’minlash, fan o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish, ularning ijodiy izlanishlari va mehnatlarini ro‘yyobga chiqarish omilidir.
Shuni aytish lozimki, fan mutaxassislarining o‘rtasida fanlarining o‘ziga xos xususiyatlari, murakkabligi, o‘zlashtirishlik darajasi, hayotdagi o‘rni haqida turli xil fikr-mulohazalar bahs-munozaraga aylangan o‘rinlar mavjud. Tashkil etilajak fan oyliklari esa bu yo‘nalishga oydinlik kiritish bilan birga, sohadagi mavjud o‘ziga xoslikni, yangilikni namoyon etadi.
Geografiya fanini o‘qitishda sifat-samaradorlikni oshirish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarida va viloyat xalq ta’limi boshqarmalarida fan oyligini tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Fan oyligini o‘tkazishda quyidagi vazifalarni amalga oshirish belgilanadi
1. Geografiya fan oyligining boshlanishi va yakunida umumta’lim maktablari o‘quvchilari bilimini DTS va o‘quv dasturlariga moslik darajasini aniqlash maqsadida sinflar kesimida sinov testlari olinadi. O‘quvchilarning mazkur fandan o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning monitoringi o‘tkazilib, uni metodbirlashmada taxlil qilish (jadval va diogrammalar asosida);
2. Maktablarning pedagog kadrlar bilan ta’minlanishi, geografiya xonasining geografik xaritalar, globuslar, didaktik materiallar, o‘quvchilarning darsliklar, o‘quv atlaslari bilan ta’minlanganligini nazorat qilish;
3. Maktabda “Mustaqilligimizning 21 yilligi”ga va fan yangiliklariga doir qiziqarli devoriy gazetalar chiqarish, masalan “Taqdirimsan, baxtimsan, erkin va obod Vatan”, 2012 yil “Mustahkam oila yili», «Mustaqil O‘zbekiston 21 yoshda», «Betakror go‘shalar», kabi mavzularda. Devoriy gazetalarning sahifalarida Respublikamizning 21 yil davomida iqtisodiy va siyosiy sohalarda erishgan yutuqlari, fanga oid qiziqarli ma’lumotlar, internet sahifalaridan olingan fan yangiliklari, qiziqarli boshqotirmalar va viktorina savollarini berish;
4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2012-2013 o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari bilimlarining Davlat ta’lim standartlarini o‘zlashtirish bo‘yicha geografiya fanidan o‘tkazilgan bilimlar bellashuvi va olib borilgan monitoring natijalariga ko‘ra, o‘quvchilar bilimida aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish uchun o‘qituvchilarga mavzular yuzasidan dars davomida ko‘proq ularni xarita va o‘quv atlaslari bilan ishlashlarini yo‘lga qo‘yish, 5-7 sinflarda olgan bilimlari, hosil bo‘lgan ko‘nikma va malakalari asosida quyidagi mavzular bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish va ochiq darslar o‘tkazish. Jumladan:
Yo‘nalish azimuti va masofani aniqlashda, geografik xaritalar, xarita masshtabini aniqlab topishda, Litosfera, Yerning qobiqli tuzilganligi, Yer po‘sti harakatlari, materik va okeanlarning paydo bo‘lishi, Dunyo okeani, okean suvinnig sho‘rligi, haroratini aniqlashda, havo harorati va bosimini aniqlab topishda, okean oqimlarini ajratib berishda o‘quvchilar bilimida bo‘shliqlar vujudga kelgan.Ushbu bo‘shliqlarni bartaraf etishda yuqorida ko‘rsatilgan mavzular yuzasidan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda zamonaviy usullarni qo‘llash.
5. O‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida barcha maktablarda «Geografiya maydonchasi»ni tashkil qilish va o‘quvchilar bilan olib borilayotgan amaliy kuzatuv mashg‘ulotlarining asosida «Geografiya maydonchasidan olingan ma’lumotlar» mavzusida foto ko‘rgazma tayyorlash;
6. Ta’lim muassasalaridagi o‘quv tarbiya jarayonining sifatini oshirish, fan o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish, ularning qobiliyati va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish;
7. Davlat ta’lim standartlari talablarini bajarishda o‘qituvchi va o‘quvchilarning ijodiy hamkorligini tashkil etish;
8. Fan oyligini tashkil etish orqali fan uyushmalari va metodbirlashmalari faoliyatining samaradorligini oshirish;
9. O‘quvchilarda mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish o‘z iqtidorlari va hosil bo‘lgan malakalari asosida kasb yo‘nalishlarini tanlashda, o‘z o‘lkasining tarixi, tabiiy va iqtisodiy geografiyasi, arxeologik va madaniy yodgorliklari, tabiat muhofazasi, madaniy va milliy merosimizni o‘rganishlariga, ekologik ta’lim-tarbiya berish, ularni tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbatlarini oshirish bilan birga, o‘quvchilarni o‘z ustida ishlashlariga bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishlariga qaratilgan, maktablarda tashkil etilgan “Yosh o‘lkashunos”, “Yosh sayyoh”, “Muzeyshunoslik” to‘garaklarida o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishda hamkorlik texnologiyasiga amal qilish;
10. Geografiya fan oyligida o‘quvchilar bilan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish orqali sinfda olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash, fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida sinflar va maktablararo “Mening o‘lkam”, «Nima, qachon, qaerda», «Yosh geograflar bellashadi” kabi mavzularda fan bilimdonlari o‘rtasida bahs-munozalarni tashkil etish;
11. O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish maqsadida oliy o‘quv yurtlari professor, olimlari va o‘qituvchilari bilan uchrashuvlarini tashkil etish, oliy ta’lim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga ekskursiyalar uyushtirish kabilardir.
Fan oyligini tashkil etish
— Maktabda fan oyligi boshlanishidan oldin va yakunlanishi arafasida yangi tahrirdagi o‘quv dasturi talablari va modernizatsiya qilingan DTS me’yorlarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish maqsadida, o‘quvchilardan geografiya fanlari bo‘yicha sinov o‘tkaziladi. Bu bilan o‘quvchilarning mazkur fandan o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning monitoringi o‘tkazilib, uni metodbirlashmalarda tahlil qilish tavsiya etiladi.
— Maktablarning o‘quv jihozlari, fan kabinetlari, pedagog kadrlar bilan ta’minlanishi o‘rganiladi va o‘quvchilarga jihozlaridan foydalanish bo‘yicha tushunchalar beriladi.
— Geografiya fan xonalarining jihozlari, didaktik materiallar, o‘quvchilarning darsliklar, o‘quv-qo‘llanmalari bilan ta’minlanganligi o‘rganiladi.
— Maktabda mazkur fandan o‘tkazilgan geografik bayramlar va kechalarga doir gazetalar chiqarilishi, gazetada shu fan bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlar, internet sahifalaridan olingan fan yangiliklari, o‘quvchilarning o‘zlashtirishlari bo‘yicha samaradorliklari berilishi rejalashtiriladi.
— Maktabdagi shu fan yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etilgan metodbirlashma rahbarlari, ilg‘or o‘qituvchilar yordamida o‘qitish samaradorligini oshirish uchun dars ishlanmalari, test topshiriqlari va nazorat ishlari to‘plamlari tayyorlanishi tavsiya qilinadi.
— Maktablarda, tuman miqyosida “Mustaqilligimizning 21 yilligi”ga bag‘ishlab, «2012 yil mustaxkam oila yili», “Taqdirimsan, baxtimsan, erkin va obod Vatan”, «Mustaqil O‘zbekiston 21 yoshda», “O‘zbekiston kecha, bugun, ertaga” mavzularida tadbir va fan kechalari o‘tkaziladi.
— Viloyat, tumanlardagi tayanch maktablar qoshida o‘quvchilarining ijodiy ishlaridan namunalar asosida ko‘rgazmalar tashkil etiladi.
— Maktab, tuman, viloyat va Respublika miqyosida eng yaxshi uslubiy birlashmalar, ilg‘or o‘qituvchilarning, metodistlarning ish tajribalari ommalashtiriladi.
— “Fan oyligi”ning o‘tkazilishini ommaviy axborot vositalari orqali muntazam ravishda yoritib boriladi.
— “Fan oyligi” davomida viloyatlardagi oliy o‘quv yurtlari professor olimlari bilan mazkur fanga qiziqqan o‘quvchilar uchrashuvlari tashkil etiladi.
— Tumanlarda «fan oyligi»ning yakunlariga bag‘ishlangan seminarlarni o‘tkazish tavsiya qilinadi.
— Maktabdagi geografiya uslubiy birlashmalari yillik ish rejasida fan oyligi uchun belgilangan fan yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkaziladigan kunlik, haftalik tadbirlar belgilanadi. Oylik muddati to‘rt haftadan iborat bo‘lib, har bir hafta uchun aniq bir yo‘nalish asosida tadbirlar rejalashtiriladi. Mazkur tadbirlar maktabning yillik ish rejasiga kiritilib, pedagogika kengashi, uslubiy kengash va uslubiy birlashma yig‘ilishlarida ko‘rib chiqilib tasdiqlanadi hamda ijrosi muhokama qilinadi.
— Geografiya fanlari bo‘yicha darslarni o‘tkazishda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanib, eng mukammal yozilgan eng yaxshi dars ishlanmalari, ijodiy ishlari tanlovi o‘tkazilib viloyat, tuman fan oyligi yakunida g‘oliblar aniqlanib rag‘batlantiriladi.
— Geografiya fan oyligi yakuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkaziladi. Ushbu tadbir maktab, tuman, viloyat rahbariyatining o‘qituvchilar jamoasini yoshlarga bilim berishdagi qilgan mehnatlarining sarhisobini, ulardagi ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish borasida qilingan ishlarni qadrlash va baholash maqsadida tashkil qilinadi. Fan oyligi davomida (maktab, tuman, viloyat miqyosida) o‘tkazilgan turli tadbirlarda faol qatnashgan fan o‘qituvchilari va o‘quvchilar taqdirlanadilar.
Tabiiy va aniq fanlar bo‘limi boshmetodisti: E.Nazaralieva
“Iqtisodiy bilim asoslari” bo‘yicha fan oyligini o‘tkazish yuzasidan metodik tavsiya
Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo‘lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bugungi kunda iqtisodiy ta’limning barcha bosqichlarida o‘quv dasturlarining izchilligi va o‘zaro muvofiqligi ta’minlandi, “Iqtisodiy bilim asoslari” o‘quv dasturlarida umumiy va qo‘shimcha ta’limning integratsiyalashuvini, shu bilan birga o‘qitish mazmuni-mohiyatini real hayotiy ehtiyojlarga maksimal darajada yaqinlashtirish ko‘zda tutiladi. Shu maqsadda 1-4 sinflarda “Iqtisod va soliq alifbosi”, 5-7 sinflarda “Iqtisod va soliq saboqlari”, 8-9 sinflarda “Soliqqa tortish asoslari” o‘quv kurslari boshlang‘ich sinflarda Atrofimizdagi olam, O‘qish, Matematika, Odobnoma, Mehnat, yuqori sinflarda Matematika, Georgrafiya, Tarix, Mehnat va Milliy istiqlol va ma’naviyat asoslari turkumiga kiruvchi fanlar dasturlariga integratsion yondoshuv asosida darslar o‘tilishi tashkil etildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasini 2012 yilning birinchi yarmida O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy –iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to‘g‘risida 2012 yilda iqtisodiyotni isloh qilish jarayonlarini chuqurlashtirish bo‘yicha eng muhim ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirishga doir ko‘rilgan chora – tadbirlar joriy yilning birinchi yarmida iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlariga erishish, iqtisodiyoting barcha jabhalarini muvozanatli rivojlantirishni ta’minlash, 2012 yilda asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning barqaror o‘sish sur’atlarini saqlash uchun mustahkam asos bo‘lish imkonini berdi.
Mustaqillik yillarida yurtimizda keng miqyosdagi soliq islohatlari amalga oshirildi. Buning natijasida bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan davlat budjetini to‘ldirishni, zarur davlat harajatlarini moliyalashtirishni ta’minlaydigan va shuningdek, aholi daromadlari o‘sishini iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, uning yangi tarmoqlari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantiradigan zamonaviy soliq tizimi yaratildi. Iqtisodiyotda soliq yukining bosqichma-bosqich kamaytirilishi – olib borilayotgan soliq islohatlarining eng muhim natijasi, yuqori iqtisodiy o‘sish suratlarini ta’minlashning eng muhim omillaridan biri bo‘ldi.
Umumta’lim maktab o‘kuvchilarining hozirgi kun talablaridan kelib chiqqan holda ularga soliqlar va soliq to‘lovlari to‘g‘risidagi bilimlarini oshirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodda soliqlar va soliq to‘lovlarining ahamiyati va roli to‘g‘risidagi bilimlarni shakllantirish, ularga soliqlar haqidagi dastlabki tushunchalarni berish, soliqlarning tarixi, mohiyati, to‘lash tartiblari, soliqlarni xalq va davlat farovonligi manbai ekanligi haqidagi boshlang‘ich bilimlarni shakllantirish maqsadida darsdan tashqari vaqtlarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq Qo‘mitasi (DSQ) bilan hamkorlikda tadbirlar va “Iqtisod va soliq saboqlari” to‘garaklarini tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
“Iqtisodiy bilim asoslari” fanini o‘kitishda axborot kommunikatsiya va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni tatbiq etgan holda bilim berish, darsning qiziqarli bo‘lishi, o‘kuvchilarning bilimini oshirishda asosiy omillardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Mazkur islohotlar zamirida O‘zbekistonning ta’lim tizimida yangi bir fan “Iqtisodiy bilim asoslari” fanining o‘qitilishi joriy etildi. Mazkur fanning joriy etilishidan ko‘zlangan maqsad yosh avlodga zamonaviy bilimlar berish, kasb – hunar o‘rgatish, iqtidori, qobiliyati va intellektual salohiyatini o‘stirish, ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, ezgu fazilatlarga sadoqat ruhida, zamonaviy iqtisodiy xulq – atvor normalarini, iqtisodiy madaniyatni egallash, iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, mehnat vositalariga va natijalariga tejamkorlik munosabatini tarbiyalashdan iborat.
“Iqtisodiy bilim asoslari” fanining o‘ziga xos hususiyatlaridan biri shuki, u o‘quvchilarni mustaqil hayotga tayyorlaydi, iqtisodiy savodxoniliklarini yuksaltirib, soliqlarni va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi.
Shuning uchun ham bugungi kunda iqtisodiy ta’limni amalga oshirilishida ta’lim-tarbiyaning uzviy va uzluksizligi katta ahamiyat kasb etadi. “Iqtisodiy bilim asoslari” fanidan tashkil etiladigan fan oyligini tashkil etishdan maqsad –
— Mustaqillik yillarida mamlakatimizning iqtisodiy sohada erishgan yutuqlarini targ‘ib qilish;
— o‘quvchilarda bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib, yangi iqtsodiy madaniyat, yangicha iqtisodiy fikrlash va tafakkurni shakllantirish;
— o‘quvchilarning iqtisod fani bo‘yicha olgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash;
— soliq bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish;
— iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash yo‘llarining yangi qirralarini yaratish;
— hozirgi zamon fan va texnikasi, axborot texnologiyalari, iqtisod faniga kirib kelayotgan yangiliklar, dunyodagi iqtisodiy o‘zgarishlar bilan doimo tanishib borish ko‘nikmasini shakllantirish;
— ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning ijodiy mahoratini ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borish;
— ilg‘or pedagogik tajribalarini ommalashtirish va b.
Fan oyligini tashkil etish.
Oylik muddati to‘rt haftadan iborat bo‘lib, har bir hafta uchun aniq bir yo‘nalish asosida tadbirlar ijtimoiy fanlar uslub birlashmasi tomonidan o‘tkaziladigan kunlik, haftalik tadbirlar rejalashtiriladi.
Mazkur tadbirlar maktabning yillik ish rejasiga kiritiladi, pedagogika kengashida tasdiqlanib, ijrosi muhokama qilinadi. Fan oyligi rejasida boshlang‘ich sinflarning hamda yuqori sinf o‘quvchilarining imkoniyatlari va yosh xususiyatlari e’tiborga olgan holda tadbirlar belgilanadi.
1-4 sinflarda
— “Moddiy ehtiyojlar nima uchun kerak?”
— “Kim bo‘lsam ekan?”
— “Daromadga qarab buromad”.
— “Maktab mulki kimniki?” mavzularida tarbiyaviy soatlar,
5-7-sinflarda
— “Nima? Qanday? Kim uchun?”
-“Pul muomillasi nima?”
— “Milliy valyutamiz – faxrimiz”;
— “Eng yosh iste’molchi” mavzularida davra suhbatlari,
-“Soliq — bolalar nigohida” mavzusining hikoyalarda aks ettirilgan tanlov,
8-9 sinflarda
— “O‘zbekiston Respublikasining mustaqilikka erishgandan keyingi iqtisodiyotdagi rivojlanishi”;
— “Tadbirkorlikka e’tibor” mavzularida konferensiya;
— “Soliqlarning iqtisodiy mohiyati” mavzusida eng yaxshi insho tanlovi, hamda “Soliqni qanday hisoblaymiz va to‘laymiz” mavzusida eng yaxshi kompyuter taqdimoti;
— “Mening biznes g‘oyam”,
— “Oila budjeti” kabi mavzularda bilimdonlar bellashuvi, bahs-munozara, davra suhbatlari tashkil etish tavsiya etiladi.
Tashkil etiladigan tadbirlarda interaktiv topshiriqlar, savol va qo‘shimcha materiallardan foydalanish o‘quvchilarda ko‘proq qiziqish uyg‘otadi.
Shuningdek, oylik davomida o‘quv rejadagi mavzular asosida ochiq darslar tashkil qilish, o‘quvchilar o‘rtasida ijodiy ishlar(referatlar) tanlovini o‘tkazish, xududiy ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiyalar uyushtirish va iqtisodchi olimlar bilan uchrashuvlar tashkil qilish, fan oyligi davomida ommaviy axborot vositalarida, internetning WEB sahifalarida ma’lumotlar berib borilishi ham tavsiya etiladi.
“Iqtisodiy bilim asoslari” fani bo‘yichaochiq darslarni tashkil qilishda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish tavsiya etiladi.
Ochiq darslar mazmuniga muhtaram prezidentimiz Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch» kitobidagi konseptual g‘oyalarini hamda “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari” kitobi, shuningdek, davlatimiz rahbari Islom Karimovning 2012 yil 25 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasini 2012 yilning Birinchi yarmida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to‘g‘risida”gi ma’ruzasi mazmun mohiyatini singdirish maqsadga muvofiqdir.
Shuningdek, 7-8-9- sinflarda “Taqdirimsan, baxtimsan, erkin va obod Vatan!” ezgu g‘oya ostida “O‘zbekistonning iqtisodiyotda erishgan yutuqlari” mavzusida ochiq darslar tashkil etishzarur.
Umumta’lim muassasalarida oylik yakunida o‘tkazilgan tadbirlarda sinflar va o‘quvchilarning ishtirokini rag‘batlantirish, yakuniy xulosalar chiqarish va kelgusidagi vazifalarni belgilash o‘rinlidir. Shuningdek, o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan eng yaxshi referatlarni to‘plam holiga keltirib, maktab kutubxnasiga foydalanish uchun kirim qilish o‘quvchilar mehnatini rag‘batlantirishning bir ko‘rinishidir.
Viloyatda, tumanda fan oyligi yakunida eng mukammal dars ishlanmalari tanlovini baholash uchun hakamlar hay’ati tarkibi tuziladi. Hakamlar hay’ati tomonidan dars ishlanmalar o‘rganilib, g‘oliblari aniqlanib, rag‘batlantiriladi va amaliyotda foydalanishga tavsiya etiladi.
8-9 sinflarda “Oila budjeti” mavzusidagi baxs-munozara uchun taxminiy savollar
— Tejamkorlik deganda nimani tushunasiz?
— Oila kamomadi nimalarga olib keladi?
— Tabiiy boyliklar deganda nimani tushunasiz?
— Soliq to‘lovlari vaqtida amalga oshirilmasa ijtimoiy himoyani amalga oshirishda qanday qiyinchiliklar vujudga kelishi mumkin?
— Ma’naviy boylik deganda nimani tushunasiz? (Prezidntimiz Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» kitobi materiallari asosida)
Respublika ta’lim markazi
Ijtimioy, iqtisodiy bilim
asoslari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi
“Davlat va huquq asoslari”, ”MIG va ma’naviyat asoslari”fanlari bo‘yicha tavsiya
Yosh avlodga zamonaviy bilimlar berish, kasb – hunar o‘rgatish, iqtidori, qobiliyati va intellektual salohiyatini o‘stirish uchun zarur bo‘lgan barcha imkoniyatlarni yaratish, ayni paytda ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, ezgu fazilatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash masalasi davlatning doimiy e’tiboriga olindi.
Mazkur maqsadni amalga oshirishda qabul qilingan O‘zbekistonning “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining hayotga tatbiq etilishi, mazkur dasturning mantiqiy davomi bo‘lgan “Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi” va boshqalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar zamirida farzandlarimizni komil insonlar qilib tarbiyalash orqali Yurtimiz taraqqiyotining mustahkam poydevorini qo‘yish, uning buyuk kelajagini bunyod etishdek ezgu maqsad yotadi.
Umumta’lim maktablarini isloh qilish, uning moddiy-texnika bazsini mustahkamlash, axborot texnika asrida o‘z o‘rinini topa oladigan, jahon andozalariga mos raqobatdosh, intellektual salohiyatga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlashda davlatimiz bosh islohatchi bo‘lib maydonga chiqdi.
Umumta’lim maktablari davlat ta’lim standartalarining takomillashuvi, o‘quv dasturlarining optimallashuvi hamda darsliklarning yangi avlodini yaratilishi bilan bir qatorda umumta’lim maktablari uchun elektron axborot ta’lim resurslari yaratildi.
Elektron axborot-ta’lim resursidan foydalanish uchun oldin ushbu resurs haqida qisqacha tushunchalarga ega bo‘lish maqsadga muvofiqdir.
Ushbu tavsiyani bu yerdan yuklab oling. TAVSIYA
Ingliz tili fanidan elektron qo`llanmaga tavsiya (5 sinf)
Elektron darslikda berilgan illustrasiyalar ham ahamiyatga ega. Elektron darslikdagi illustrasiyalar ko‘proq muvaffaqiyatga olib keladi. Ular darslikdagi illustrasiyalarga nisbatan tiniq va ranglidir.
Elektron darslikda berilgan video lavhalar o‘quvchilarga o‘tilayotgan mavzuni tasavvur qila olishlariga, audiomateriallar — tinglab tushunishlari, talaffuz qoidalarini egallashlariga, ikki tillik lug‘at notanish so‘zlarni tarjima qila olishlariga yordam bersa, test materiallari esa o‘rganilgan materiallarni qay darajada o‘zlashtirganliklarini ko‘rsatib beradi.
Ingliz tili fanidan yaratilgan elektron darslikdan foydalanishdan maqsad o‘quvchilarga nafaqat ingliz tilidagi tayanch bilimlarni berish, balki o‘rganilayotgan tilni tasavvur qilgan holda egallangan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishdir. Darslar asosan amaliy maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib, unda o‘quvchi berilgan nazariy qoidalarni yodlashga majbur bo‘lmaydilar va aksincha, qoidalar asosida amaliy mashq bajaradilar. Nazariyani o‘rganish amaliy topshiriqlar bilan uzviy bog‘langan bo‘lishi lozim.
Elektron darslikda mavzular o‘z aksini topgan. O‘quvchilarga mavzuni mustahkamlash uchun elektron darslikda berilgan qo‘shimcha mashg‘ulotlar, audio va videomateriallardan uy vazifasi sifatida foydalanish tavsiya etiladi. Mustaqil holda uy vazifasi sifatida xorijiy til elektron darsliklaridan foydalanishning afzalligi quyidagilardir:
- mustaqil bilim olish
- mustaqil fikrlash
- bilim samaradorligini oshirish
- fanga bo‘lgan qiziqishini orttirish
- tinglangan audio-video materiallar orqali o‘rganilayotgan tildagi so‘zlar talaffuziga amal qilish
- vaqtdan istalganicha foydalanish
- tinglab-tushunish malakasini oshirish
- mamlakatshunoslikka oid materiallarni ko‘rish orqali mamlakatimiz hamda tili o‘rganilayotgan mamlakat haqida tasavvurga ega bo‘lish
- o‘z bilimini nazorat qilishga erishish
Elektron darslikdan foydalanganda o‘quvchi berilgan topshiriqni mustaqil, hech kimning yordamisiz bajarishga harakat qiladi, bu esa o‘quvchiga mustaqil bilim olishni o‘rgatadi. Mashqlardagi ba’zi bir qiyinchiliklarni bartaraf etishda o‘quvchi sinfdagi boshqa o‘quvchilardan yordam kutmaydi va o‘zi mustaqil fikrlaydi. Berilgan topshiriqlarni mustaqil bajargandan so‘ng o‘quvchi mavzuga oid ma’lumotga ega bo‘ladi, bu esa uning bilim samaradorligini oshishiga ko‘maklashadi. Elektron darslikda berilgan topshiriqlarni mustaqil bajargach, o‘quvchi mavzuni yaxshi o‘zlashtiradi, kengroq tasavvurga ega bo‘ladi va fanga bo‘lgan qiziqishi ortadi. Berilgan matnni tinglash orqali o‘quvchi fonetik tovushlarni ajratadi, intonatsiyani o‘rganadi, shu tilga oid bo‘lgan so‘zlarning to‘g‘ri talaffuziga rioya qiladi. Agar o‘qituvchi darsda elektron darslikdan foydalansa vaqt chegaralangan ya’ni 1 minut yoki ko‘rsatilgan vaqtida tugatadi. O‘quvchi o‘zi mustaqil foydalanganda materiallardan keragicha foydalanishi, tushunmagan, yaxshi anglay olmagan til materiallarini takror-takror tinglashi va o‘rganishi mumkin. Takror-takror eshitish orqali o‘quvchining tinglab-tushunish malakasi oshadi va mustaqil fikrlashga o‘rganadi. Elektron darslikda har bir bob so‘ngida berilgan testlarni yechish orqali o‘quvchi olgan bilimini tekshirib ko‘rishi, bir vaqtning o‘zida olgan bilimini o‘zi nazorat qilishi, yo‘l qo‘yilgan xatolarni mustaqil tuzatishi va qayta o‘zini nazorat qilishi mumkin.
Kimyo fanidan elektron darsliklar
Kimyoni o`qitishda texnologiya va loyixalashtirish,
Elektrokimyo va b.
Bundan tashqari, bitiruvchi kurs talabalari pedagogik, quyi kurs talabari esa o’quv amaliyotini o’taydi. Professor-o’qituvchilar tomonidan kafedrada “Tabiiy va sintetik tolalarni kimyoviy modifikatsiyalash” hamda “O’rta-maxsus va oliy o’quv yutrlarida innovatsion hamda informatsion texnologiyalardan foydalanib kimyo o’qitish metodikasi” yo’nalishlarida ilmiy-tadqiqod hamda ilmiy-metodik izlanishlar olib borilmoqda. Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan akademik litsey va kasb-hunar kolleji talabalari uchun “Kimyo” elektron darsligi, Kimyo o’qitish metodikasi yo’nalishi bakalavrlari uchun “Umumiy kimyo” darsligi, “Organik kimyodan laboratoriya mashg’ulotlari”, “Mehnat ta’limi” yo’nalishi talabalari uchun “Kimyo asoslari” o’quv qo’llanmalari va “Elektrokimyo”, “Kompleks birikmalar kimyosi”, “Polimerlar kimyosi” kabi bir qancha metodik qo’llanmalari chop etilgan. Bundan tahqari, xalqaro va respublika miqyosidagi konferensiya materiallari to’plamlarida, ilmiy jurnallarda kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 40 taga yaqin ilmiy maqola va tezislari chop etilgan.
- Kafedra tarixi
- O`quv faoliyati
- Ilmiy faoliyat
- Ma`naviy faoliyat
Kimyo kafedrasida tasarrufida 60110800-Kimyo, 5110300-Kimyo bakalavriyat ta’lim yo’nalishlarida o’zbek va rus guruhlarida hamda 70110801-Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (kimyo) mutaxassisligi bo‘yicha talabalar tahsil olmoqda.
Kimyo kafedrasi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining eng ilg‘or kafedralaridan biridir. 1935-yilda Toshkent davlat pedagogika instituti Tabiyot-geografiya fakulteti tarkibida “Kimyo” kafedrasi sifatida faoliyat boshlagan. O‘sha vaqtda kafedraga kimyo fanlari doktori, professor A.Murtazoyev mudirlik qilgan. Kafedra a’zolari N.X.Shokirova, Z.X.Ishbulatova va boshqa mutaxassislar respublikamiz kimyo fani va uni o‘qitish metodikasi rivojiga munosib hissa qo‘sha olgan. Pedagogika sohasi bo‘yicha kadr tayyorlaydigan respublika oliy ta`lim muassasalari uchun tayanch bo‘lgan universitetning tayanch kafedrasi sifatida fan dasturlarini yaratish, kimyo o‘qitishning mazmuni, metod va shakllari ustida tinimsiz izlanishlar olib borib, katta natijalarga erishib kelinmoqda. Kafedra olimlari yetishtirgan bititruvchilar vatanimizning turli xududlarida, yaqin va uzoq xorij mamlakatlarida yoshlarga kimyo fanidan mahorat bilan dars o‘tib kelishgan va bugungi kunda bu an`ana sharaf bilan davom etmoqda.
1944/1945-o‘quv yilidan boshlab Fizika-matematika fakulteti qoshida Tabiyot-geografiya bo‘limi qayta tashkil etilgan. Bo‘lim qoshida Kimyo kafedrasi ham faoliyat ko‘rsata boshlagan. Shu davrda kafedraga dotsent O.Shodmonov mudirlik qilgan. Kafedra jamoasi barcha davrlarda ham o‘z ziimasidagi sharafli va mas’uliyatli vazifalarni yuqori saviyada hal qilishga intilgan va bunga erishgan. Turli davrlardagi qiyinchiliklarga qaramay, kafedra olimlari mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida yosh avlodga bilim berish, o‘sib kelayotgan yoshlar esa shu bilimlarni mukammal egallash, ularni amaliyotga tatbiq qilish va farovonlikka erishish istagi bilan yonib mehnat qilishgan va o‘quv faoliyatiga kirishganlar.
Uzoq yillar davomida kafedraga kimyo fanlari nomzodi, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Rashid Qodirovich Qodirov mudirlik qilgan. R.Qodirov mudirlik qilgan yillarda kafedrada fundamental tadqiqotlar bilan birga metodik yo‘nalishda xam qator salmoqli ishlar amalga oshirildi. Shuningdek, keying davrlarda kafedraga kimyo fanlari doktori, professor O.Y. Yo‘ldoshev, pedagogika fanlari nomzodi, professor Maxsud Islomovich Umarov, kimyo fanlari nozodi, professor Niyoz G‘iyosovich Raxmatullaev, pedagogika fanlari doktori, Xojiqul Tavboevich Omonov, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademiki, kimyo fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Yunus Toshpo‘latovich Toshpo‘latov, texnika fanlari doktori, professor Shavkat Miromilovich Mirkomilov, k.f.d. G.N.Dolimova, k.f.n., N.I.Bozorov, dotsent O.Y.Iskandarovlar rahbarlik qilishdi. Hozirda pedagogika fanlari b‘oyicha falsafa doktori Berdiqulov Ravshanjon Shavkatovich rahbarlik qilmoqda. Hozirgi vaqtda kafedraning ilmiy saloxiyati 68%ni tashkil etgani holda, 2022-yil oxiriga qadar 80% dan ortishiga xarakat qilinmoqda.
Bugungi kunda kafedrada PhD R.Sh.Berdiqulov, k.f.d. E.T.Turg‘unov, t.f.n. Z.X.Maxamatqulova, p.f.n. F.A.Alimova, k.f.n. M.I.Ibodullayeva, k.f.n. K.K.Kultayev, dotsent A.Yu.Iskandarov, PhD N.I.Mamadaliyeva, PhD Sh.X.Shomuratova, PhD I.Shernazarov, PhD N.Kamolova, PhD F.Suyunova, k.f.n. R.Qo‘chqorova, PhD Sh.R.Saydaxmetova, PhD Sh.Farmonova, PhD S.A.Movlonova katta o‘qituvchilar: D.T.Usmonova, S.A.Ismoilov,; o‘qituvchilar: X.Xismatova, R.A.Amanov, I.G’.Nizamov, M.Norberdiyeva, M.Kuchkarov, G‘.Razakovlar samarali mehnat qilmoqdalar.
Kafedra professor-o‘qituvchilari bakalavriatning Kimyo, Biologiya, Fizika va astronomiya, Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari ta’lim yo‘nalishlari ta’lim o‘zbek va rus tillarida olib boriladigan guruh talabalariga 28 ta fandan, shuningdek, Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi(kimyo) magistratura mutaxassisligida o‘qiyotgan talabalarga 7 ta fandan saboq beradilar. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan DTS asosida barcha o‘quv fanlari, pedagogik va ishlab chiqarish amaliyoti fan dasturlari va ishchi dasturlari, kalendar-mavzuli rejalar, o‘quv-metodik majmualar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza, laboratoriya ishlari, amaliy mashg‘ulot, seminar mashg‘ulotlari ishlanmalari tayyorlangan. O‘qitiladigan fanlarning barchasi lotin alifbosidagi darslik va o‘quv qo‘llanmalar bilan to‘liq ta’minlangan, bu adabiyotlar va ularning elektron ko‘rinishilari Axborot resurs markazida mavjud. Kafedrada o‘qitilayotgan har bir fanni yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib olib borish uchun hamma sharoitlar yaratilgan. Xususan, kafedrada Internet tarmog‘iga ulangan kompyuterlar mavjud.
Kafedrada o‘qitiladigan fanlardan laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarini sifatli olib borilishi uchun eng so‘nggi zamonaviy qurilmalar va texnika, texnologiyalar bilan ta`minlangan.
Professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun qulaylik yaratish maqsadida universitet ARM va Axborot texnologiyalari markazi filiallari faoliyat ko‘rsatyapti. Filiallarda mavjud kompyuterlarning barchasi internet tarmog‘iga ulangan. Ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni keng joriy qilish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda: ma’ruzalar kompyuter, proektor, ekran, ko‘rgazmali qurollar, ko‘rgazma stollari bilan ta’minlangan va kuzatish kameralari o‘rnatilgan ma’ruza zallarida olib boriladi.
Shernazarov Iskandar Ergashovich 2020-yil 18-yanvarda “Аxborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalar integratsiyasida organik kimyo fanini oʼqitish metodikasini takomillashtirish” mavzusida Oʼzbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc 28.12.2017.Ped.01.09 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengashda pedagogika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi.
Ilmiy rahbar: Аbduqodirov Аbduqahhor Аbduvakilovich
Shomurotova Shirin Xajievna 2020-yil 3-martda “Oliy taʼlim muassasalarida “Kompleks birikmalar kimyosi” fanini oʼqitish metodikasini takomillashtirish” mavzusida Oʼzbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc 03/30.12.2019.K.01.03. raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengashda pedagogika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi.
Ilmiy rahbar: Аbdullayeva Barno Sayfutdinovna
Berdiqulov Ravshanjon Shavkatovich 2020-yil 30-dekabrda “Taʼlimni modernizatsiyalash sharoitida boʼlajak kimyo oʼqituvchilarining deduktiv tahlil koʼnikmalarini shakllantirish” mavzusida Oʼzbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc 03/30.12.2019.K.01.03. raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengashda pedagogika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi.
Ilmiy rahbar: Mirkomilov Shavkat Miromilovich
Kamolova Nargiza Ibragimovna 2021-yil 24-iyulьda “Biokimyo fanini oʼqitish jarayonida boʼlajak oʼqituvchilarning metodik tayyorgarligini takomillashtirish” mavzusida Oʼzbekiston FА Oʼsimlik moddalari kimyosi instituti huzuridagi DSc 02/30.01.2020.K/T.104.01. raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengashda pedagogika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi.
Ilmiy rahbar: Аbdullayeva Barno Sayfutdinovna
Saydaxmetova Shahnoza Ravshanbekovna 2021 yil 28-dekabrda “Organik kimyoga oid tajribalarni oʼrganish metodikasini takomillashtirish” mavzusida Oʼzbekiston FА Oʼsimlik moddalari kimyosi instituti huzuridagi DSc 02/30.01.2020.K/T.104.01. raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengashda pedagogika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi.
Ilmiy rahbar: Аbdullayeva Barno Sayfutdinovna
Movlonova Sohiba Аbdiqodirovna 2021-yil 28-dekabrda “Oliy taʼlim muassasalarida azotli organik birikmalar mavzularini differentsial yondashuv asossida oʼqitish metodikasini takomillashtirish” mavzusida Oʼzbekiston FА Oʼsimlik moddalari kimyosi instituti huzuridagi DSc 02/30.01.2020.K/T.104.01. raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengashda pedagogika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi.
Ilmiy rahbar: Аbdullayeva Barno Sayfutdinovna
Formanova Shoira Bobonazarovna 2021-yil 29-dekabrda “Pedagogika oliy taʼlim muassasalarida metallar mavzularini oʼqitish metodikasini takomillashtirish” mavzusida Oʼzbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc 03/30.12.2019.K.01.03. raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengashda pedagogika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi.
Ilmiy rahbar: Аbdullayeva Barno Sayfutdinovna
10.09.19y 10-TTJda Kafedrada faoliyat olib borayotgan guruh murabbiyligi bor bo’lgan professor – o’qituvchilarning guruh talabalarini talabalar turar joyida yashash ichki tartib qoidalari bilan tanishtirishga qaratilgan davra suxbati tashkil yetildi. Davra suxbatida b.f.n N.Mamdalieva, o’qituvchi Sh.R.Saydaxmetovalar ishtrok yetishdi.
11.09.19y kafedrada 1 kurs talabalari va guruh murabbiylari bilan «Talabaning odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati» mavzusidagi davra suxbati o’tkazildi. Davra suxbatida kafedra mudiri A.Yu. Iskandarov, kafedraning ma’naviy-ma’rifiy ishlari buyicha ma’sul D.T.Usmonovalar ishtrok yetishdi.
17.09.19y 10-TTJ da O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28-yilligiga bag‘ishlangan davra suxbati tashkil yetildi. Davra suxbatida t.f.n dotsent Z.X.Maxmatkulova va o’kituvchi X.F.Xismatovalar o’z ma’ruzalari bilan ishtrok yetishdi.
05.10.19y 10-TTJ da 1-oktyabr “O’qituvchi va murabbiylar kuni” bayramiga bag‘ishlangan davra suxbati tashkil yetildi. Davra suxbatida k.f.n dotsenti M.I.Ibodullaeva, b.f.n N.Mamadalieva, o’qituvchilar: Sh.R.Saydaxmetova, Sh.B.Farmonovalar ishtrokida davra suxbati o’tkazildi.
16.10.19y 10-TTJ da “Diniy yekstremizm va terrorizmga karshi kurash” mavzusida davra suxbati bulib o’tdi.Davra suxbatida kafedra mudiri A.Yu.Iskandarov, katta o’qituvchi. S.A.Ismoilovlar ishtrok yetishdi.
16.10.19y 10-TTJ da kitobxonlikni targib yetish maqsadida kafedra o’kituvchisi N.O.Temirov “Yosh kitobxon” mavzusida davra suxbati o’tkazdi.
16.10.19y kafedrada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4 oktyabrdagi “O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili xakida”gi Qonuni kabul kilinganligining o’ttiz yilligini keng nishonlash to’g‘risida”gi PK-4479-son karori xamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2019 yil 7 oktyabrdagi 916-sonli buyrugi ijrosini ta’minlash va universitet rektorining 2019 yil 10 oktyabrdagi 1089-U buyrug‘i ijrosini ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi va tasdiklatildi. K.f.n, dotsent Ibodullaeva M.I, t.f.n, dotsent Maxmatqulova Z.X, o’qituvchi Xismatova X.F 2019 yil 6 noyabr kuni 10-talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan “Yoshlarda ijodiy imkoniyatlarni rivojlantirish” mavzusida davra suxbati tashkil etildi.
P.f.n, dotsent Alimova F.A, katta o’qituvchilar: Sh.Shomurotova, D.T.Usmonovalar 2019 yil 13 oktyabr kuni 10-talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan “Yoshlar ma’naviyatini shakllantirishning dolzarb muammolari” mavzusida davra suxbati tashkil etildi.
B.f.n, Mamadalieva N.I, o’qituvchilar: Sh.R.Saydaxmetova, Sh.B.Farmonovalar 2019 yil 20 noyabr kuni 10-talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan “Yoshlarimizni ma’naviy jasorat ruhida tarbiyalash” mavzusida davra suxbati tashkil yetildi. Davra suxbatida guruh murabbiylari tomonidan xozirgi globallashuv sharoitida aholining keng qatlamlarida, ayniqsa yoshlarda milliy g‘oyaga sodiqlik, vatanparvarlik tuyg‘ularini, yuksak ma’naviy-axloqiy qarashlarni tarbiyalashning, ularda mafkuraviy-ma’naviy immunitetni shakllantirishning dolzarbligi yanada oshmoqda
.Kafedra mudiri A.Yu.Iskandarov, katta o’qituvchi S.A.Ismoilov, o’qituvchi R.Amanovlar 2019 yil 27 noyabr kuni 10-talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan “1 dekabr kuni butun dunyoda OITSga qarshi krash kuni” mavzusida davra suxbati tashkil yetildi. Davra suxbatida gurux murabbiylari tomonidan yer yuzida istiqomat qilayotgan 37 million bemorni o’z iskanjasiga olgan, ularga har kuni o’lim, og‘riq, uqubutlarni eslatib turgan OITS bir kunlik kurash bilan mag‘lub bo’lib qolmaydi. Buni yaxshi tushungan tibbiyot va farmasevtika sohasi vakillari necha yillardirki, tinimsiz izlanishda, oxiri o’lim bilan tugaydigan kasallikka qarshi ishonchli davo topmagan bo’lsalar-da, bemor ahvolini yengillatish, uning umrini uzaytirish bo’yicha birmuncha yutuqlar qo’lga kiritildi. OITS yurtimizda ilk marotaba 1987 yili xorijdan kelib o’qiyotgan talabalar orasida qayd yetilgan yedi
3 kurs kum yunalishi talabalari 2019 yil 18 noyabrda ukituvchi S.Mavlonova boshchiligida Sergili tumanida joylashgan 18-umum ta’lim maktabiga borishdi.
Kimyo fanidan elektron darsliklar
Qaror bilan kimyo va biologiya ta’limi isloh etilishi belgilangan.
Hujjat asosida respublikaning har bir hududida kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan 14 ta tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi. Bunda Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati ushbu maktablar maqomiga moslashtiriladi.
Shuningdek, tuman (shahar)larda kimyo va biologiya fanlarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan 150ta maktablar ochiladi.
Bu 164ta maktabga OTMlarning 55ta kafedrasi biriktiriladi. Ularni moliyalash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan maxsus jamg‘armalar tashkil etiladi.
2020/21 o‘quv yilida maktablarda tabiiy fanlar o‘quv dasturlarida amaliy mashg‘ulotlarning ulushini ko‘paytiriladi.
Bir oy muddatda ixtisoslashtirilgan maktablarning kimyo va biologiya fanlari o‘qituvchilarining bilimi va pedagogik mahoratini baholash va saralab olingan nomzodlarning malakasini oshirish rejasi tasdiqlanadi.
Bunda, ixtisoslashtirilgan maktablarga va tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilingan kimyo va biologiya fanlari o‘qituvchilari hamda rahbar kadrlari (direktor va ixtisoslashgan fan bo‘yicha direktor o‘rinbosari)ning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan amalda belgilangan ustama haqi miqdori 1 yanvardan boshlab 50 foizgacha oshiriladi.
Qaror bilan, 2021 yil 1 fevralga qadar Kimyo va biologiya fanlaridan bilimlarni baholash bo‘yicha milliy sertifikatlash tizimi joriy etiladi.
Milliy sertifikatlash tizimi doirasida quyidagilar belgilanmoqda:
- kimyo yoki biologiya fanlarini bilish darajasini aniqlash va bu to‘g‘risida milliy malaka sertifikatlarini (keyingi o‘rinlarda – milliy sertifikat) berish belgilangan tartibda Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi;
- kimyo yoki biologiya fanlarini bilish darajasini aniqlash tabaqalashtirilgan holda amalga oshiriladi;
- imtiyoz beriladigan darajadagi milliy sertifikatga ega umumta’lim maktab, akademik litsey va kasb-hunar maktabi o‘quvchilari davlat oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirishda kimyo yoki biologiya fanidan test sinovi topshirishdan ozod etiladi hamda unga tegishliligiga ko‘ra kimyo yoki biologiya fani uchun belgilangan maksimal ball beriladi.
OO‘MTV hamda XTV shu yil 1 dekabrga qadar kimyo va biologiya fanlari o‘qituvchilarini tayyorlash dasturlarini xorijiy universitetlar tajribasi asosida tahlil qilib, takomillashtiradi.
2021 yildan boshlab ilg‘or xorijiy tajriba asosida ta’lim muassasalari uchun kimyo va biologiya fanlaridan o‘quv va ilmiy adabiyotlarni yaratish bo‘yicha milliy tanlov tashkil etiladi.
Milliy tanlov natijasi bo‘yicha g‘olib deb topilgan mualliflar Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 100 million so‘mdan bir martalik mukofot pullari bilan taqdirlanadi.
2021 yildan boshlab har ikki yilda bir marta OTM talabalari orasida kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro fan olimpiadalari o‘tkaziladi.
Xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini bir martalik mukofotlash hamda tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha OTMlar magistraturasiga davlat granti asosida imtihonsiz o‘qishga qabul qilish tizimi joriy etiladi.
Shuningdek, OTMlarning kimyo va biologiya ta’lim yo‘nalishlari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadasi g‘oliblari hamda kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha nufuzli xalqaro olimpiadalar sovrindorlari ham magistraturaga tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qishga ajratilgan kvota doirasida davlat grantlari asosida imtihonsiz qabul qilinadi.
2021/22 o‘quv yilidan boshlab, kimyo va biologiya yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlayotgan barcha OTMlar umumta’lim maktablari bitiruvchi sinflari o‘quvchilari o‘rtasida ko‘p bosqichli (tuman (shahar) – viloyat – oliy ta’lim muassasasi) kimyo va biologiya fani bo‘yicha o‘zining olimpiadasini o‘tkazishi va 1-3 o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarni OTM mablag‘lari hisobidan imtihonsiz o‘qishga qabul qilishi amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha xalqaro va respublika olimpiadalari g‘oliblarini tayyorlagan professor-o‘qituvchilarga bir marotaba oylik maoshining 100 foizi miqdorida, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha talabalar uchun to‘garaklar olib borayotgan professor-o‘qituvchilarga o‘quv yili davomida OTMlarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan oylik maoshlariga 25 foiz miqdorida ustama belgilanadi.
OTMlarning kimyo va biologiya ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtiyozli diplomga ega bitiruvchilari mazkur OTMlarning magistratura mutaxassisligiga qo‘shimcha imtihonlarsiz to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
OTMlarning kimyo va biologiya mutaxassisligini a’lo baholar bilan tamomlagan magistrlar tayanch doktoranturaga OTMlar kengashi qarori asosida imtihonlarsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri kvota doirasida qabul qilinadi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- tashkil etiladigan tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar va ixtisoslashtirilgan maktablarga OTMlar kafedralari, ITMlar va ishlab chiqarish tarmoqlarini biriktirish ro‘yxati;
- kimyo va biologiya yo‘nalishlariga tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlaydigan professional ta’lim muassasalariga ishlab chiqarish tarmoqlarini biriktirish ro‘yxati;
- OTMlar kafedralariga Fanlar akademiyasi ITIlari va ishlab chiqarish tarmoqlarini biriktirish ro‘yxati;
- 2020-2025 yillarda kimyo va biologiya yo‘nalishida uzluksiz ta’lim sifatini hamda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqotlar va innovatsiya ishlari natijadorligini oshirish bo‘yicha maqsadli dastur;
- kimyo va biologiya sohasidagi ilmiy tashkilotlarning tarmoq korxonalari bilan hamkorligini ta’minlash manzilli dasturi;
- kimyo va biologiya yo‘nalishlaridagi ilmiy tashkilotlarning istiqbolli ilmiy ishlanmalarini tijoratlashtirishni tashkil etish dasturi.
Shuningdek, Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar va ixtisoslashtirilgan maktablarning faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha komissiya tashkil etilib, unga Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev rahbarlik qilishi belgilandi.