Press "Enter" to skip to content

КИТОБ – ТУГАНМАС ХАЗИНА

Vatanimiz boy qadimiy tarixga ega. Turon, Turkiston, Movorounnahr

Ajdodlar merosi-bebaho xazina

AJDODLAR MEROSI-BEBAHO XAZINA

Haydarov Xushnudbek Ikromjon o`g`li
JDPI Tarix fakulteti
Tarix o`qitish metodikasi yo`nalishi
II bosqich 203- guruh talabasi
Annotatsiya. Ushbu maqolada muallifning buyuk ajdodlarimizning boy
merosini asrab-avaylash , ularni chuqur o`rganish va ular asosida yoshlarni komil
inson qilib tarbiyalash to`g`risidagi fikrlari bir qancha manbalar asosida bayon
qilingan.
Kalit so`zlar: Vatan, renessans, prezident,YUNESKO, vatanparvarlik, burch,
muqaddas qadamjo, qo`lyozma, kelajak avlod
Аннотации. В этой статье багатое наследие автора наших великих
предков чтобы сохранить их в углубленное изучение и обучение молодих
людей на основе мнений существует на некоторых из источниковобъяснил
Ключевые слова: Родина, ренессанс, президент, ЮНЕСКО,
патриотизм, долг, священные, место, почерк, новое, поколение
Annotation. In this article the author`s rich heritage of our great ancestors to
preservs their in-depth study and to educate young people on the basis of opinions
exist on some of the sources explained
Key words: Motherland, renaissance, president, UNESKO, patriotism, duty,
sacred places, hand writing, the next generation

Vatanimiz boy qadimiy tarixga ega. Turon, Turkiston, Movorounnahr

nomlari bilan shuhrat topgan bu mamlakatning va o‘z mehnati bilan uni obod etgan
xalqning o‘tmishi g‘oyat qiziqarli va ibratlidir. O‘z ilmiy kashfiyotlari bilan jahon
tamadduniga bebaho hissa qo‘shgan allomalarning soni, ta’bir joiz bo‘lsa “sifati”
bilan ham haqli ravishda faxrlana oladigan mamlakatlar, xalqlar kam uchraydi
1
.
1
A.Muhammadjonov “O`rta asrlar tarixi” “Sharq” Toshkent 2017-yil 197-201-betlar

Ko‘p asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani
va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimizning bebaho merosini
o‘rganish, uning asosida yoshlarni komil inson etib tarbiyalash jamiyatda barqaror
ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda ajdodlarimiz merosini asrash, o‘z holicha kelajak
avlodga yetkazish borasida hukumatimiz tomonidan bir qator qaror va farmoyishlar
qabul qilindi. Xususan, O`zbekiston Respublikasi Senatining 2009-yil 9-oktabrda
qabul qilingan “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan
foydalanishb to`g`risida” qabul qilgan qonuni yoki O`zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2018-yil 19-dekabrda qabul qilingan “Moddiy va ma’naviy meros
obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomlillashtirish chora-
tadbirlari” to‘g‘risidagi farmoni va 2018-yil 16-apreldagi “Diniy-ma’rifiy soha
faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni ayni shu
maqsadga xizmat qilmoqda. O`zbekiston xalqining umummilliy boyligi
hisoblanadigan madaniy merosimizni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va undan
foydalanish borasida mamlakatimizda qator ishlar amalga oshirilmoqda
2
.
Xususan,
Buxoro, Samarqand, Xiva, Shahrisabz shaharlarining tarixiy markazlari
YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga, “Boysun madaniy
muhiti”, “Shoshmaqom musiqasi”, “Navruz”, “Katta ashula”, ”Askiya”, “Polov
madaniyati va an’analari” nomzodlari insoniyat nomoddiy madaniy merosi
reprezentativ ro‘yxatiga, Usmon Qur’oni, Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar to‘plami, Xiva xonligi devonxonasi
hujjatlari Jahon xotirasi ro‘yxatiga kiritilganligi yurtimiz madaniy merosining dunyo
miqyosida e’tirof etilganiga yorqin misol bo`la oladi
3
.
Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimi yanada
takomillashtirildi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekiston
Resbuplikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy
2
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy barqarorlikni ta`minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash-
davr talabi” mavzusidagi nutqida “Xalq so`zi” gazetasi 2018-yil 18 iyundagi sonidan
3I.A.Karimov Yuksak ma`naviyat- yengilmas kuch “Ma`naviyat” T:2008 150-152- betlar

boyliklarni tadqiq etish markazi va O‘zbekistondagi Islom svilizatsiyasi markazi
tashkil etildi.
Sharq-u G‘arbni o‘zaro bog‘lagan buyuk svilizatsiyalar tutashgan yurtimiz
hududida ilm-fan madaniyat azaldan rivojlangan. Ayniqsa, o‘rta asrlarda ona
zaminimizdan minglab olim-u shoirlar, buyuk mutafakkirlar yetishib chiqqan.
Ularning matematika, fizika, astronomiya, geografiya, tarix, etnografiya, tibbiyot,
adabiyot, axloq, falsafa kabi ko‘plab sohalarga oid asarlari, Samarqand, Buxoro,
Xiva, Toshkent, Shahrisabz, Termiz va boshqa shaharlardagi qadimiy obidalar
butun bashariyatning ma’naviy mulki hisoblanadi
4
. Agar Yevropa Uyg‘onish
davrining natijalari sifatida adabiyot va san’at asarlari, arxitektura durdonalari,
tibbiyot va insonni anglash borasida yangi kashfiyotlar yuzaga kelgan bo‘lsa, Sharq
uyg‘onish davrining o‘ziga xos xususiyati, avvalo, matematika, astronomiya, fizika,
kimyo, geodiziya, farmokologiya, tibbiyot kabi aniq va tabiiy fanlarning,
shuningdek, tarix, falsafa, va adabiyotning rivojlanishida namoyon bo‘ladi
5
.
Aksariyat taniqli g‘arb olimlarining e’tiroflaricha hozirgi kunda butun jahon,
ayniqsa, eng rivojlangan mamlakatlarida foydalanilayotgan ilg‘or texnologiyalardan
tortib kundalik eng zarur iste’mol buyumlarining dunyo yuzini ko‘rish zamirida
musulmon olimlarining ilmiy kashfiyotlari yotibdi. Hozirgi zamon raqamli
texnologiyalari al-Xorazmiyning algoritmisiz, zamonaviy tibbiyot Ibn Sinoning
“Tib qinunlari”siz , arifmetika, matematika, astronomiya, ma’danshunoslik Beruniy
dahosi yaratgan asarlarsiz, fazo astronomiyasi Farg‘oniy hamda Mirzo
Ulug‘bekning mashaqqatli mehnatlarisiz hozirgi darajaga yetmagan, yeta olmagan
bo‘lardi. Qolaversa sovun, qalam, gul yog‘i, hammom, kanalizatsiya kabi oddiy va
muhim ashyolar ilk musulmon renessansi paytida kashf qilindi hamda Ispaniya
orqali va tijorat yo‘li bilan Yevropa va butun dunyo mamlakatlariga tarqaldi.
Movorounnahr va Sharqiy Turkistonda turkiy xalqlarning qadimdan davom
etib kelayotgan og‘zaki adabiyoti bilan bir qatorda, yozma adabiyoti ham yuzaga
4O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 15-maydagi Samarqand shahridagi konferensiyada so`zlagan
nutqi “Xalq so`zi ”gazetasi 2014-yil 16-maydagi sonidan
5
I.A.Karimov Yuksak ma`naviyat- yengilmas kuch “Ma`naviyat” T:2008 168-170-betlar

keldi va rivojlandi. Qator yirik asarlar bitildi. Ulardan eng nodirlari Yusuf Xos
Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devon-u lug`otit turk”,
Ahmad Yugnakiyning “Hibat-ul haqoyiq”, Ahmad Yassaviyning “Hikmatlar” kabi
asarlarini olishimiz mumkin
6
.
XV asr badiiy adabiyoti ravnaqida buyuk davlat
arbobi, ulug‘ shoir, olim, mutafakkir Alisher Navoiy va buyuk fors-tojik shoiri
Abdurahmon Jomiyning hissalari g‘oyat buyukdir. Navoiy butun faoliyati va ijodini
insonning baxt-saodati uchun kurashga, xalqning osoyishtaligiga, o‘zaro
urushlarning oldini olishga, obodonchilik ishlariga, ilm-fan san’at va adabiyot
taraqqiyotiga bag‘ishladi. U o‘zbek adabiy tili, o‘zbek mumtoz adabiyotini yangi
pog‘onaga ko‘tardi. Navoiy umri davomida “Xamsa”, “Xazoyin ul-maoniy”,
“Mahbub ul-qulub”, “Lison ut-tayr” kabi nodir asarlar yaratdi. Bundan tashqari bu
zaminda yurt ozodligi uchun kurashgan, yurtning har bir qarich yerini o‘z jonidan
ustun qo‘ygan Jaloliddin Manguberdi Temur Malik kabi sarkardalar, mamlakatdan
mo‘g‘ullarni quvib chiqarib, ulkan va poyonsiz saltanat tuzgan Amir Temur kabi
buyuk zotlar yashab o‘tgan. Shunday buyuk zotlar, avliyolar, allomalar avlodimiz
biz! Bobolarimizdan bizga meros bo‘lib qanchadan qancha kitoblar, muqaddas
qadamjolar, qo‘l yozmalar meros bo‘lib qolgan. Biz yoshlar ularni o‘z holicha
asrash, o‘qib o‘rganish va shu holatida kelajak avlodga yetkazib berishimiz kerak.
Shu o‘rinda muhtaram birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning bir fikrlarini keltirib
o‘tishni joiz topdim : “Men yoshlarga murojaat qilar ekanman, ularga doimo: “Biz
buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanishimiz, g‘ururlanishimiz kerak”, deb aytaman.
Ayni vaqtda “Faqat g‘ururlanishning o‘zi yetarli emas, kelinglar, o‘zimiz ham xuddi
ular kabi, mana shu bebaho merosga o‘z hissamizni qo‘shaylik!”, deb
ta’kidlayman”
7
. Muhtaram birinchi prezidentimiz ta’kidlaganlaridek biz yoshlar
nafaqat buyuk allomallarimiz merosini asrab avaylashimiz balki ularni chuqur
o‘rganib, tahlil qilib, yurtimiz kelajagi uchun o‘z hissamizni qo‘shishimiz kerak.
Hozir ayni damda bizda bu ishni bajarishimiz va yurtboshimiz ishonchini oqlashimiz
uchun yurtimizda barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Ulardan unumli foydalangan
6A.Muhammadjonov “O`rta asrlar tarixi” “Sharq” Toshkent 2017-yil 182-bet
7I.A.Karimov “Tarixiy xotirasiz-kelajak yo`q ”“Sharq” T:1998 132-bet

КИТОБ – ТУГАНМАС ХАЗИНА

Китоб – туганмас хазина, ундан олган билимларни умрнинг охиригача ҳам сарфлай олмаймиз. Инсоннинг ундан яқин ҳамроҳи, дўсти, маслаҳатчиси йўқ. Негаки, у ақлни пешловчи қайроқдир. Китоб тафаккур манбаи бўлгани учун ҳам халқимиз уни нондай азиз, муқаддас деб эъзозлаб, қадрига етади, севиб мутолаа қилади.

Буюк мутафаккир Алишер Навоий ҳазратлари «Китоб – беминнат устоз, билим ва маънавий юксалишга эришишнинг энг асосий манбаи», дея таъкидлаган бўлса, соҳибқирон бобомиз Амир Темур «Китоб – барча бунёдкорлик, яратувчилик ва ақл-идрокнинг, илму донишнинг асосидир. Ҳаётни ўргатувчи мураббийдир», – дея уқтирган ўтади.

Китоб мутолаасига қизиқишини янада ошириш ва рағбатлантириш мақсадида, Муҳтарам Президентимиз Шавкат Мирзиёев томонидан илгари сурилган 5 муҳим ташаббус доирасида Тошкент тиббиёт академиясида Китобхонлик тадбирларини ўтказиш академияда анъанага айланган. Жорий йилнинг 12-февраль куни 5-талабалар турар жойи тарбиячи педагоги Зафар Ниёозов раҳбарлигида иқтидорли талабалар томонидан “Жонажон Ўзбекистоним мангу бўл омон” ғояси остида китобхонлик кечаси бўлиб ўтди. Даволаш факультети талабалари А. Исроилов, Х. Абдуллаев ўзи севган асарлари – Жек Лондоннинг “Мартин Эден” асари, Тохир Маликнинг “Мурдалар гапирмайди”, Жон Байденнинг “Ақл витаминлари”асарлари бўйича тақдимот билан чиқишди. Тақдимот сўнгида тенгдошлари томонидан асар қаҳромонлари ва уларнинг ички ҳиссий кечирмалари тўғрисида қизиқарли маълумотлар берилди.

Шубҳасиз, китоб ўқиш маънавий оламни бойитади, сўзлашув маданиятини оширади. Буюк аждодларимиздан қолган миллий бойлигимизни авайлаб-асраш, уларни ўрганиш, тенгдошларига тарғиб қилиш учун ҳам китоб ўқиш лозимдир. Зеро, китоб – туганмас хазина.

Kitob bebaho xazina insho rejasi

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqining viloyat kengashi vakillari IIV Xorazm akademik litseyida bo‘lib, o‘quvchi va pedagoglar bilan uchrashishdi, bu yerda yaratilgan sharoit bilan tanishishdi. Litseyda ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari o‘quv-metodik xonalarining tashkil etilgani, har bir o‘quv xonalari ko‘rgazmali qurollar hamda stendlar bilan taʼminlangani, qolaversa, o‘quvchilarning turli yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetini shakllantirish, jinoyatchilikka qarshi murosasiz kurashish, jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati bo‘yicha tasavvurlarini hosil qilishga alohida eʼtibor qaratilgani mehmonlarda yaxshi taassurot qoldirdi.

Uchrashuvda Yoshlar ittifoqining viloyat kengashi tomonidan litsey kutubxonasiga 15 million so‘mlik 846 dona badiiy va ommabop kitoblar sovg‘a qilindi.

– Kitob – xazinalar kaliti, tafakkur chirog‘idir, – deydi IIV Xorazm akademik litseyi direktori, podpolkovnik Ro‘ziboy Masharipov. – Uni inson tafakkurining qanotiga qiyoslash mumkin. Zero, tafakkuri boy, dunyoqarashi keng, maʼrifatli kishilar jamiyatning chinakam fidoyilari, qudratli kuchidir. Albatta, ushbu kitoblarni o‘qigan yoshlar ham kelajakda fidoyi insonlar bo‘lib kamolga yetadi. Yurtimizga, xalqimizga halol xizmat qilishadi.

IIV Xorazm akademik litseyi direktori