Kitob ishlab chiqarish Toshkentda
Buning uchun birinchi navbatga kitobga olib boradigan yo‘llar yaqin va oson bo‘lishi kerak. Siz ta’lim muassasalarida kutubxonalarning qayerda joylashganiga e’tibor berganmisiz? Odatda maktabning eng chetida, ko‘rimsiz, kimsa bormas bir burchagida bo‘ladi. Oshxona, o‘qituvchilar xonasi, sport zali, ul-bul mayda-chuyda sotiluvchi rastachalar maktabning kirish qismida, hammabop joyida. Aslida esa ular hatto maktabning orqasida, hovlining bir chetida bo‘lsa ham topib borishadi. Nima, kitob yegulik, jismoniy mashq yoki ruchka-qalamdek zarur narsa emasmi? Axir u tarbiya, mushohadakorlik, ma’naviy barkamollik manbai-ku.
Bolalar o‘rtasida kitobxonlik muammolari: Sabablar va takliflar
Zamonaviy texnologiya va vositalar juda keng tarqalgan bugungi kunda yoshlarni, bolalarni kitob o‘qishga qiziqtirish, ularni mutolaa jarayoniga jalb qilish murakkab vazifa bo‘lib qolmoqda. Xo‘sh, butun mamlakat bo‘ylab kitob mutolaasiga rag‘batni oshirish, kitobxonlar safini yanada kengaytirish uchun yana qanday ishlar amalga oshirilishi kerak? Nima qilinsa yoshlar, bolalar kitob o‘qishga jon-jahdi bilan intiladi?
Buning uchun birinchi navbatga kitobga olib boradigan yo‘llar yaqin va oson bo‘lishi kerak. Siz ta’lim muassasalarida kutubxonalarning qayerda joylashganiga e’tibor berganmisiz? Odatda maktabning eng chetida, ko‘rimsiz, kimsa bormas bir burchagida bo‘ladi. Oshxona, o‘qituvchilar xonasi, sport zali, ul-bul mayda-chuyda sotiluvchi rastachalar maktabning kirish qismida, hammabop joyida. Aslida esa ular hatto maktabning orqasida, hovlining bir chetida bo‘lsa ham topib borishadi. Nima, kitob yegulik, jismoniy mashq yoki ruchka-qalamdek zarur narsa emasmi? Axir u tarbiya, mushohadakorlik, ma’naviy barkamollik manbai-ku.
Ikkinchidan, kutubxona xodimlariga nisbatan, kutubxonachilarning esa o‘z ishiga nisbatan munosabatini o‘zgartirish kerak. Yaqinda Do‘stlik tuman axborot resurs markazi tomonidan kitobxonlikka oid seminar-ko‘rgazma tashkil etildi. Unda barcha maktablardan vakillar, o‘quvchilar qatnashdi. Tadbirda qatnashar ekanman, qariyb barcha tashkiliy ishlar qanday qilib bolalarni kitob o‘qishga qiziqtirish, bu bo‘yicha tajriba almashish va mavjud muammolarni hal etishga emas, balki “tepadan”, ya’ni yuqori tashkilotlardan keladigan tekshiruvchilarga qanday munosabatda bo‘lish, ular qanday hujjatlarni tekshirishi, ayni shu jihatdan kamchiliklarni qanday bartaraf etishga qaratilganiga amin bo‘ldim. Bir gap bilan aytganda, bolaning emas, komissiyaning ko‘nglini olish, ularga yomon ko‘rinmaslikka qaratilgan bor e’tibor. Ushbu tadbirda viloyat ARM rahbari jurnalist ekanimni eshitib, mendan bir masalani ko‘tarib chiqishni takror va takror iltimos qildi. Uning aytishicha, mahalliy hokimiyatlar, sohaning yuqori tuzilmalari rahbarlari kutubxonachilarni bekorchi deb o‘ylashadi. Qishloq xo‘jaligi, obodonlashtirish va hokazo ishlarda birinchi navbatda kutubxonachilar jalb etiladi. Bir yilda sovuq mavsumdagi to‘rt-besh oyni hisobga olmasa, ular deyarli o‘z ishlari bilan shug‘ullana olishmaydi. Bunaqada qanday qilib samaradorlikka erishish mumkin? Axir kutubxonachi o‘z zimmasiga yuklatilgan tashkiliy ishlardan ortib kitob ham o‘qishi, mutolaani jondan sevishi kerak emasmi?
Shu o‘rinda tasavvur qilib ko‘ring: Siz oddiygina maktabda o‘qiydigan oddiygina o‘quvchisiz. Maktabning bir burchagidagi sehrli-sirli xonaga yurak yutib bordingiz, balki bu kimsasiz burchakka kelganingiz uchun qo‘rqayotgandirsiz ham. Ammo nimadir sizni ilgari chorlayveradi. Shunda kutilmaganda mehribon bir nigoh sizni qarshi olsa. U sizga yoshingizdan kelib chiqib bir necha kitoblarni taklif qilsa, o‘sha kitob haqida shu qadar qiziqarli hikoyalar, o‘z taassurotlarini aytib bersaki, butun dunyoni unutib mutolaaga berilib ketsangiz. So‘ngra har kuni o‘sha nurli maskanga oshiqsangiz. Kutubxonachi siz bilan hayotiy mushohadalarini o‘rtoqlashsa, fikringiz, munosabatingiz bilan qiziqsa, kerak bo‘lsa u bilan dardlashsangiz. Axir u qanchalar ko‘p kitob o‘qigan, dunyoqarashi qanchalar keng. Bunday odamning suhbatiga to‘yib bo‘larkanmi? Ammo real vaziyatga bir nazar solingchi. Aksariyat kutubxonalarda kadrlar qo‘nimsizligi odatiy holga aylangan, bor xodimlar ham (ularni kutubxonachi, deyishga tilim bormaydi) kitob mutolaasidan mosuvo. Bu yerga faqat vaqt o‘tkazish va oylik olish uchun keladigandek. Ba’zi kutubxonalarda kitob olish yoki u yerga a’zo bo‘lish uchun biror yangi kitob berish talab qilinadi vahokazo.
Kutubxonalarning g‘aribdan g‘arib fondi haqida gapirmasa ham bo‘ladi.
Yana bir holat. Bola mansub bo‘lgan jamiyat, muhit kitob o‘qishga moyil bo‘lishi ham muhim. Qo‘liga biror marta kitob olmagan odamning bolaga: “kitob o‘qi”, deb maslahat yoki buyruq berishga hech qanday haqqi ham, asosi ham yo‘q! “Bolalarni bizning gap-so‘zlarimiz emas, balki xatti-harakatlarimiz tarbiyalaydi”, degan Makarenko ayni haqiqatni so‘zlagan edi. Kitob o‘qiladigan xonadonlarda mutolaaga mehr qo‘ygan bolalar kamolga yetadi. Albatta, bu mutlaq haqiqat emas. Kitobi yo‘q uylarda ham kitobxonlar bor. Ammo hamma joyda, har doim ham emas. Aksariyat oilalarda vaziyat taxminan quyidagicha: ona kuni bo‘yicha uy-ro‘zg‘or ishlari bilan band, ozgina bo‘sh vaqt topdi deguncha qo‘shni ayollar bilan hasratlashishga oshiqadi. Televizor, serial ko‘rish, to‘y-ma’rakalarda qatnashish va boshqalarga ajratilgan vaqt kitob o‘qishga yetmaydi. Ota esa kuni bo‘yi ishda bo‘lib, kechqurun kelib ovqatlanadiyu, bir oz televizor ko‘rgandek bo‘lib, so‘ngra uxlashga kirib ketadi. O‘qilgan kitoblarni muhokama qilish, qanday kitoblarni o‘qish bo‘yicha maslahatlar berish, afsuski, oilalarda juda kam uchraydigan holat. Ommaviy ravishda: xiyobonlarda, transport vositalari, kutish zallari, bekatlar, shifoxonalarda kitob o‘qilishi haqida gapirmasak ham bo‘ladi. Qaniydi bunday joylarda shundoqqina qo‘l uzatsang yetadigan yerda kitoblar tursayu, bo‘sh vaqtingda mutolaaga berilsang. Bu so‘zlar aslo shaxsiy tasavvurim mahsuli emas. Ko‘plab mamlakatlarda shu kabi ijtimoiy loyihalar yo‘lga qo‘yilganki, odamlar o‘qib bo‘lgan kitoblarini hamma uchun ochiq va bepul bo‘lgan maxsus javonlarga keltirib qo‘yadi. U yerdagi istagan asarini olib ketishi mumkin. Marhum adibimiz Asqad Muxtor aytganidek, kitob – boylik, sotib olingani emas, balki o‘qilgani. Masalaga mana shu nuqtadan qarasak, bu bebaho boylikni hamma bilan bo‘lishish mumkin.
Bolalarni kitobga qiziqtirishda kattalarning xabardorligi ham muhim ahamiyatga ega. Bu haqda yuqorida kutubxonachilar misolida mushohada yuritgandek bo‘ldik. Biroq pedagoglardan tashqari ota-onalar ham bolaga qanday kitob olib berishni bilishi kerak. Bundan bir necha yillar avval tog‘am farzandlariga qancha kitob olib bersa ham o‘qishga qiziqmasligidan noligan edi. Undan o‘zi qanday kitoblar olib berdingiz, deb so‘radim. Bir necha kitob nomlarini eshitib, tog‘amga bu kitoblar bolalarining yoshiga mos emasligini aytib, undan ko‘ra “Sariq devni minib”, “Shirin qovunlar mamlakati” kabilarni sotib olishni maslahat berdim. Keyinchalik tog‘am aytganlarimni qilib, bolalari kitoblarni sevib o‘qiganini so‘zlab berdi. Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, ota-onalar majlislarida faqat moliyaviy masalalar emas, kitobxonlikni targ‘ib qilish, sinflar kesimida bolalar yoshiga mos asarlar ro‘yxati tuzilib, ota-onalarga tarqatilsa bo‘ladi. Shu bilan birga, bolalarni kitob o‘qishga qiziqtirish va bu qiziqishlarni to‘g‘ri va samarali qondirish bo‘yicha ham maslahat, tavsiyalar berilishi maqsadga muvofiq.
Yangi nashr qilingan kitoblar narxi ham odamni mutolaadan uzoqlashtirib yuborishi mumkin. Birgina misol: yaqindagina chop etilgan Tolstoyning “Anna Karenina” asari kitob do‘konlarida 70 ming so‘m atrofida sotilmoqda. Albatta, kitob chiqarish, bu – biznes. Uning o‘ziga xos qonun-qoidalari mavjud. Ammo 70 ming so‘m hamma oilalarning ham byudjyetiga to‘g‘ri kelavermaydi. Narx-navo masalasida yana bir bor chuqur mushohada yuritish, arzon kitoblar ishlab chiqilishi haqida o‘ylab ko‘rish kerak.
Kitobxonlikni targ‘ib qilishda yangi nashr qilingan asarlar reklamasini keng yo‘lga qo‘yish, mutolaani ommalashtirish bo‘yicha ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish ham katta ahamiyat kasb etadi. Qishloq va mahallalarda kitobxonlar klublarini tashkil etishni rag‘batlantirish, bolalar uchun kitob kechalari, o‘qilgan asarlar muhokamalari, sovrinli tanlovlarni tashkil etish, yozda salqin, qishda issiq, qulay mebellarga ega tinch va osuda o‘quv zallari, kitoblarni ijaraga berish, qarzga yoki pulini bo‘lib-bo‘lib to‘lash mexanizmlarini ishlab chiqish va amalga tatbiq etish, olis tumanlar, uzoq qishloqlarda kerakli kitoblarga buyurtmalar berish shoxobchalarini barpo etish ham mumkin. Xullas, o‘ylasa, bosh qotirsa, muammoni ijobiy hal etishning minglab usullari yaratilaveradi. Modomiki, maqsad bolalarning kitobni ommaviy ravishda sevib o‘qilishiga erishish ekan, bu yo‘lda bor imkoniyatlarni ishga solish, jarayonni ortiqcha, keraksiz va faqat zarar keltirayotgan tashkiliy, ma’muriy to‘siq va g‘ovlardan xalos qilish, kitobning hammabopligini oshirish yo‘llarini topaverish kerak.
Sanjar Said
Kitob ishlab chiqarish Toshkentda
Bo’limda saralangan mahsulotlar Kitob ishlab chiqarish
- Kitob yaratish Toshkentda
- Kitobni bosib chiqarish Toshkentda
Tavsiya etilgan mahsulotlar
– Kitob ishlab chiqarish Toshkentdada 3 kompaniya topildi
– Kitob ishlab chiqarish bo’limida 10 mahsulot va xizmatlar bor;
– Qulay qidiruv, dolzarb ma’lumotlar – narxlar, fotosuratlar, manzillar va telefonlar;
- Xavfsiz bitim qoidalari
- Qanday xarid qilish lozin
- Sharhlarni nashr etish qoidalari
- Sotuvchi bo’lish
- Saytda reklama
- Biz bilan bog’lanish
- Ma’lumot joylashtirish qoidalari
- Kontentning qonuniyligini himoya qilish
- Pressa biz haqimizda
- Bizninig hamkorlarimiz
- Maxfiylik siyosati
- Foydalanish shartlari
- Prom.uz da ishlash
- Ko’rgazmalar
- Saytda ro’yxatdan o’tish
- Reyting va sharhlar
- Sayt xaritasi
© 2023, prom.uz
Barcha huquqlar himoyalangan
Prom.uz cookie-fayllardan foydalanadi , xizmatlarni shaxsiylashtirish va veb-saytdan foydalanish qulayligini yaxshilash uchun. Cookie-fayllar veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie-fayllardan foydalanishni xohlamasangiz, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.