Press "Enter" to skip to content

Kitob dunyosi” gazetasida e’lon qilingan hikoyalar tahlili

Omina Shenliko’g’li qalamiga mansub bo’lgan yana bir asar “Ehromlar qizi Laylo”asari bo’lib, juda chiroyli tarzda kitobxon qalbiga joylashadi. Asar o’z nomida ko’rinib turganidek asarning qahramoni aynan Laylo ismli qiz bo’lib, asar aynan shu qiz haqida so’zlaydi, Laylo otasining qarshiliglari, to’sqinliklariga qaramasdan, u sevgan va ishongan Husnu ismli yigitga turmushga chiqadi va uydan qochib ketadi. Bir qarashda Laylo uchun juda chiroyli boshlangan hayot asar nixoyasida ayanchli yakun topadi. Husnuga Laylo butunlay ishonadi, ammo yigit u òylagandek bòlib chiqmaydi, hammasi. Vaqt o’tib Ular ajralishadi. Laylo esa bitta farzandi bilan yolg’iz qoladi. Uning o’g’il farzandi bo’ladi va u aynan òĝli uchun yashashda davom etadi. Singlisi Oisha esa òz sevganiga otasini qarshiligi sabab turmushga chiqolmaydi, ammo baribir erishadi, baxti uzoqqa bormaydi, turmusht òrtoĝi vafot etadi.

Dunyo adabiyotidagi eng qisqa hikoyalar

Ernest Xeminguey har qanday insonni taʼsirlantiradigan, oʻzi atigi bir necha soʻzdan iborat hikoya yoza olishdan bahs boylashgan. Unga gʻalaba olib kelgan hikoya mana: “Bolalar poyafzali sotiladi. Kiyilmagan…”

Frederik Braun eng qisqa va qoʻrqinchli hikoyani yozgan: “Yerdagi oxirgi odam xonada oʻtirardi. Birdan eshik taqillab qoldi…”

Anʼanaviy hikoyachilikning tugun, kulminatsiya va yechim kabi tarkiblaridan iborat boʻlgan eng qisqa hikoyalar tanlovida O. Genri ushbu hikoyasi bilan gʻolib boʻlgan: “Chekib olgan haydovchi qancha yoqilgʻi qolganini koʻrish uchun benzobak tomon egildi. Marhumning yoshi yigirma uchda edi”.

OYNA

Ritani shafqatsizlarcha oʻldirib ketishgandan buyon Karter oyna yonida oʻtiradi.

Televizor ham, kitob oʻqish-u xat yozish ham yoʻq. Uning hayoti – parda ortida koʻringan neki boʻlsa – oʻsha. Unga baribir, ovqatni kim olib keladi, hisobni kim toʻlaydi… U xonani tark etmaydi.

Uning hayoti – yugurayotgan jismoniy tarbiyachilar, yil fasllari almashuvi, gʻizillab oʻtayotgan avtomobillar, Ritaning koʻlankasi.

Namat bilan oʻralgan ushbu palatada oynalar yoʻqligini Karter tushunmasdi.

Alan Ye. Mayer

OMADSIZLIK

Tanamdagi shiddatli ogʻriqdan uygʻonib ketdim. Koʻzimni ochishim bilan karavotim oldida turgan hamshirani koʻrdim.

– Mister Fudjima, – dedi u, – omadingiz bor ekan, siz ikki kun avval Xirosimadagi bombardimondan omon qoldingiz. Hozir siz gospitaldasiz, ortiq xavf ostida emassiz.

Madorsizlikdan bazoʻr soʻradim:

– Nagasakida, – javob berdi u.

Robert Tompkins

HAQIQATNI QIDIRIB

Nihoyat, bu xilvat, ovloq qishloqda uning qidiruvlari yakunlandi. Chirib, toʻkilay deb qolgan xaroba kulbada miltillab turgan olov yonida Haqiqat oʻtirardi.

U umrida hech qachon bundayin qari va badbashara ayolni koʻrmagan edi.

Qartaygan, burushiq alvasti tantanavor bosh silkidi.

– Ayting-chi, men insoniyatga siz haqingizda aytishim kerakmi? Ularga qanday xabarni yetkazay?

Kampir olovga tupurdi-da, javob berdi:

– Ularga meni yosh va sohibjamol deb ayt!

Endryu E. Xant

Afrikalik bolakay tomonidan yozilgan ushbu hikoya “2005 yilning eng yaxshi hikoyasi” tanlovida gʻolib boʻlgan ekan:

“Tugʻilganimda, men qora edim;

Qora boʻlib ulgʻaydim;

Men quyoshda uzoq tursam, yana qorayaman;

Hattoki oʻlganimda ham qoraligimcha qolaman.

Tugʻilganingizda – qizgʻish boʻlasiz;

Oftobda toblanganingizda – qizarasiz;

Oʻzingizni yomon his qilganingizda – yashil tusga kirasiz;

Oʻlganingizda esa boʻzarasiz.

Va yana siz meni qora tanli deysiz”.

Davronbek TOJIALIYEV toʻplab, tarjima qildi.

“Yoshlik” jurnali, 2013 yil 7–8-sonlar

“Kitob dunyosi” gazetasida e’lon qilingan hikoyalar tahlili

Zamonaviy o’zbek adabiyoti va adabiy jarayon fanidan mustaqil ishi

“Kitob dunyosi” gazetasida e’lon qilingan hikoyalar tahlili

3.“Kitob dunyosi” gazetasida e’lon qilingan hikoyalar tahlili.
Insonni oʻzi yashab turgan muhitdan bir qadar yuksaklikka koʻtarish va tubandagi hayotga bir qur nazar tashlashga undash istagi adabiyotning birlamchi maqsadlaridan biridir. Keyingi yillarda inson ichki holatlarini, kechinmalarini aks ettiruvchi, qalblarni tozalovchi, yuksakka koʻtaruvchi hikoyalar yaratildimi, yaratilgan boʻlsa, ular Gʻ. Gʻulomning “Mening oʻgʻrigina bolam”, A. Qahhorning “Asror bobo”, Sh. Xolmirzayevning “Oʻn sakkizga kirmagan kim bor” hikoyalari kabi dilga yaqinmi va yoki farqlimi? Umuminsoniy tushunchalar bugungi hikoyalarda ham aks etayaptimi, degan savollar ijodkorlar, adabiyotshunoslar oldiga koʻndalang qoʻyilganda qanday javob olamiz? Oʻtish davrining oʻziga xos qiyinchiliklari, maʼnaviy dunyoqarashda roʻy bergan tub burilishlar, shakllangan estetik ideallarning nurashiyu tamoman yangi qiyofadagi zamondosh obrazining paydo boʻlishi, uning ruhiy iztiroblarini qalamga olinishi kitobxonni biroz gangitgani, yangi adabiyotga yot nazar bilan qarashni paydo qilgani sir emas. Biroq bugungi kun adabiyotini tahlil qilar ekanmiz, oʻzimizga qadrdon boʻlgan, asliy va asriy qadriyatlarimizga qaytilayotganiga ham guvoh boʻlamiz.
“Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” hamda “Kitob dunyosi” gazetalarining 2013 yilgi sonlarida eʼlon qilingan hikoyalarda ana shu masalalarning koʻtarilayotganligi quvonarli holdir. “Kitob dunyosi” gazetasi sahifalarida ijodkorlarimiz asarlarining jahon adabiyotining mashhur namoyandalari ijodi bilan yonma-yon berilishi nafaqat adabiyotshunoslarimizni, balki oʻquvchilarimizni ham asarlarni tanqidiy koʻz bilan kuzatishga ruhlantirayapti.
2013 yil bu ikki gazetada chop etilgan jami hikoyalar soni 80 ga yaqin. Ular adabiyotimizning oʻq tomiriyu tanasiga aylangan ijodkorlardan tortib, badiiy ijod olamiga endi qadam qoʻyayotgan, hali kitobxonu adabiy jamoatchilikka yaxshi tanish boʻlmagan qalamkashlar hikoyalaridan iborat.
Gazetalarimizda Oʻlmas Umarbekovning “Xadicha”, Shukur Xolmirzayevning “Qorbobo keladi” hikoyalarining chop etilishi oʻquvchilarimizni otaxon hikoyanavislarimiz ijodiga yana bir bor nazar tashlash imkonini berganligi bilan ahamiyatlidir. “Kitob dunyosi” gazetasi oʻquvchilarni professional-zamondosh ijodkorlar bilan tanishtirish maqsadida Erkin Aʼzamning bundan bir necha yillar avval nashr etilgan “Manana” hamda yangi hikoyalaridan biri “Huloʻl”, Isajon Sultonning “Ota qasidasi”, Joʻra Fozilning “Sohildagi uy”, “Toʻy”, “Qoʻshiq”, Normurod Norqobilovning “Keksa tut”, Qoʻchqor Norqobilning “Nozi,… Nozigul”, Nurulloh Muhammad Raufxonning “Etakdagi kulba”, Erkin Norsafarning “Kapalaklar ortidan”, “Chol va nabira”, Abduqayum Yoʻldoshevning “Koʻrinmas farishtalar”, Luqmon Boʻrixonning “Kutilmagan tashvish”, Nodir Normatovning “Ayol ovozi”, Shoyim Boʻtayevning “Dasta rayhon”, Otaulining “Diydor”, Ashurali Joʻrayevning “Ketmon yuzidagi oy”; ham sheʼriyatda, ham nasrda ijod qilayotgan ijodkorlarimizdan Xosiyat Rustamovaning “Gilam”, Halima Ahmedovaning “Sulaymonning bogʻi” kabi hikoyalari va bir qator yosh ijodkorlarning jami 45 ga yaqin hikoyalari eʼlon qilindi. Shuningdek, “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida Ulugʻbek Hamdamning “Vatan haqida qoʻshiq”, Abduqayum Yoʻldoshning “Shingil hikoyalar”, Qoʻchqor Norqobilning “Oqibat daraxti”, Nabi Jaloliddinning “Mustaqillik”, Joʻra Fozilning “Yangi bogʻlarda”, “Bayramning rangi”, Abdusattor Hotamovning “Muz ustida”, Allanazar Abdiyevning “Burgut choʻqqisi”, Gulchehra Asronovaning “Yoʻlda”, “Vatan”, Asliddin Mustafoyevning “Hassa”, “Yoʻlovchi”, Muborak Rustamovaning “Shaharlik muallim”, Shodmon Otabekning “Xonadon”, Samiya Aqiyevaning “Nasiba”, Karimberdi Toʻramurodning “Palov” kabi 30 dan ortiq turli mavzulardagi hikoyalari bosildi.
Hikoyalar tahliliga oʻtar ekanmiz, avvalo, oʻzbek nasrining bugungi qiyofasini belgilab beradigan ijodkorlar hikoyalariga eʼtiborimizni qaratdik. Adabiyotimizda oʻz uslubi va oʻrniga ega yozuvchilarimizdan biri Erkin Aʼzamdir. 2013 yilda “Kitob dunyosi” gazetasida adibning “Manana” hamda “Halol” hikoyalari chop etildi. Birinchi asar bundan 30 yil oldin yaratilgan boʻlsa-da, bugungi kun uchun ham muhim boʻlgan voqealar bayon etiladi. Bu asar yozuvchining kitoblariga ham kiritilgan. Asar haqida “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida Murtazo Qarshiboyevning munosabati ham eʼlon qilindi. Hikoya adibning toʻplamlaridan biriga kiritilganligi va ilmiy jamoatchilikka yaxshi tanish boʻlganligini inobatga olib biz u haqda batafsil toʻxtalishni lozim topmadik. Yozuvchimizning ikkinchi hikoyasi “Huloʻl” ham oʻquvchini befarq qoldirmadi. Asarning nomlanishining oʻziyoq unga boʻlgan qiziqishni orttiradi. Adib asarlarining oʻziga xosligini taʼminlovchi asosiy vositalardan biri, asarlaridagi ohang va jonli xalq tilidan unumli foydalanishdir. Erkin Aʼzam har bir asarida oʻziga xos ohang topadi va asar soʻnggigacha shu ohangni saqlaydi. Yumor, kinoya, detal tanlash bu hikoyada ham yetakchilik qiladi. Hikoyada ayol uchun baxt nima, degan savol oʻrtaga tashlanadi.
Normurod Norqobilovning “Keksa tut” (“Kitob dunyosi”) hikoyasi kundalik turmushimizda ahyon-ahyonda uchrab tursa-da, dilimizga gʻashlik soladigan, insonning qadr qimmati sustlashib borayotgan, mehr-oqibat unutilayotgan, inson ruhiyatidagi odamiylik degan tuygʻularning yoʻqolib, kundan kunga mayda tashvishlar bilan oʻralashib borayotganligini bayon etishi bilan qimmatlidir. Ming yillarga guvoh boʻlgan tutning eʼtiborsiz harakat tufayli qulashi nurab borayotgan qadriyatlarga ishoradir. Hikoya uchun tanlangan syujet, detallashtirish mahorati adib uslubining oʻziga xosligini taʼminlagan.Gazetada Oʻlmas Umarbekovning “Xadicha”, Shukur Xolmirzayevning “Qorbobo keladi” hikoyalarining chop etilishi oʻquvchilarimizni otaxon hikoyanavislarimiz ijodiga yana bir bor nazar tashlash imkonini berganligi bilan ahamiyatlidir. “Kitob dunyosi” gazetasi oʻquvchilarni professional-zamondosh ijodkorlar bilan tanishtirish maqsadida Erkin Aʼzamning bundan bir necha yillar avval nashr etilgan “Manana” hamda yangi hikoyalaridan biri “Halol”, Isajon Sultonning “Ota qasidasi”, Joʻra Fozilning “Sohildagi uy”, “Toʻy”, “Qoʻshiq”, Normurod Norqobilovning “Keksa tut”, Qoʻchqor Norqobilning “Nozi,… Nozigul”, Nurulloh Muhammad Raufxonning “Etakdagi kulba”, Erkin Norsafarning “Kapalaklar ortidan”, “Chol va nabira”, Abduqayum Yoʻldoshevning “Koʻrinmas farishtalar”, Luqmon Boʻrixonning “Kutilmagan tashvish”, Nodir Normatovning “Ayol ovozi”, Shoyim Boʻtayevning “Dasta rayhon”, Otaulining “Diydor”, Ashurali Joʻrayevning “Ketmon yuzidagi oy”; ham sheʼriyatda, ham nasrda ijod qilayotgan ijodkorlarimizdan Xosiyat Rustamovaning “Gilam”, Halima Ahmedovaning “Sulaymonning bogʻi” kabi hikoyalari va bir qator yosh ijodkorlarning jami 45 ga yaqin hikoyalari eʼlon qilindi.
Qoʻchqor Norqobilning “Nozi,… Nozigul” (“Kitob dunyosi”), “Oqibat daraxti” (“OʻzAS”) hikoyalari eʼlon qilingan. “Nozi,… Nozigul” hikoyasi bir muhabbat haqidagi anʼanaviy uslubda yozilgan. Mavzu garchand yangi boʻlmasa-da, muallif muhabbatning boqiyligi, koʻngilga tashrif buyurgan ilk tuygʻuning yillar oʻtgani sayin mustahkamalanishi haqida yana bir bor eslatadi. Ammo asarda bugungi ijtimoiy hayotimizning katta muammolari aks etgan, deya olmaymiz. Shunday boʻlsa-da, syujet va kompozitsion qurilish jihatidan ancha mukammal hikoyalar sirasiga kiradi. Adibning ikkinchi hikoyasi “Oqibat daraxti” abadiy mavzulardan biri boqiy qadriyatlarimiz haqida. Koʻchat ekib, bogʻ yaratish, uni kelajak avlodlarga meros qoldirish asriy anʼanalarimizdan biri. Lekin bu meros haqida har kimning oʻz hayot falsafasi bor. Yozuvchining asl maqsadi ham shu, bu falsafa kimga qanday xizmat qiladi.
Isajon Sulton bir qancha hikoyalari, romanlari bilan adabiyotshunoslarning diqqat-eʼtiborida boʻlgan yozuvchilarimizdan. 2013 yilda adibning “Ota qasidasi” (“Kitob dunyosi”) nomli hikoyasi chop etildi. Chindan ham asar ota madhiga bagʻishlangan. Hikoya tili sodda va ravon. Hikoyada muammo toʻgʻri tanlangan, tasvirda, voqealarni bayon etishda yozuvchi koʻproq rivoya usulidan foydalangan va maʼlum maʼnoda, bu oʻzini oqlagan. Ammo janr talablari nuqtai nazaridan baholaydigan boʻlsak, asar koʻproq hikoya emas, badiaga xos unsurlarga ega.
Otaulining “Diydor” hikoyasi (“Kitob dunyosi”) Abdulhamid Choʻlpon va otasining diydorlashuvi haqida. Adib hikoyaga shoirning otasi bilan boʻlgan soʻnggi uchrashuvini asos qilib oladi. Hikoyada yozuvchining badiiy niyati toʻgʻri tanlangan, ammo ochilmay qolganga oʻxshaydi. Choʻlpon obrazini yaratishda dramatik lavhalar yetishmaydi. Hikoyada tarixiy faktlar va badiiyat uygʻunligi asosli tasvirlanmagan.
Abdunabi Boyqoʻziyev “Toʻqol kampir” (“Kitob dunyosi”) hikoyasida xalqona qarash va ijtimoiy motivlarga yangicha nigoh bilan yondashib, taʼsirchan syujet yarata olgan. Toʻqol kampirning oʻtmishi misolida bugungi kun muammolarini ham koʻrsatadi. Hikoya chuqur dramatizm bilan yozilgan. Muallif qahramon xarakterini chizishda hech qanday ortiqcha taʼrif tavsiflardan foydalanmaydi. Oddiygina qilib “Nosqovoqni bolam deb ovundi”, deyilishining oʻzi Toʻqol kampirning holatini koʻz oldimizda gavdalantiradi.

Do’stlaringiz bilan baham:

Kitob dunyosi gazetasidagi hikoyalar

Ushbu ” Ishqqa yengilmayman” asari turk yozuvchisi Omina Shenliko’g’li qalamiga mansub. Ushbu kitob inson qiymatini belgilab beruvchi tanlov haqida va unda bosh qahramon Yunus ismli yigit bo’lib, xudosizlikdan to Allohni tanishgacha bo‘lgan yo‘lga safarga chiqadi. Yunus o’zining bu safari davomida juda ko‘p qadriyatlari, ishongan va tayangan haqiqatlarini qayta ko‘rib chiqadi, o‘zini tanish iztirobi va lazzatidan bahramand bo‘ladi.

Ehromlar qizi Laylo

Omina Shenliko’g’li qalamiga mansub bo’lgan yana bir asar “Ehromlar qizi Laylo”asari bo’lib, juda chiroyli tarzda kitobxon qalbiga joylashadi. Asar o’z nomida ko’rinib turganidek asarning qahramoni aynan Laylo ismli qiz bo’lib, asar aynan shu qiz haqida so’zlaydi, Laylo otasining qarshiliglari, to’sqinliklariga qaramasdan, u sevgan va ishongan Husnu ismli yigitga turmushga chiqadi va uydan qochib ketadi. Bir qarashda Laylo uchun juda chiroyli boshlangan hayot asar nixoyasida ayanchli yakun topadi. Husnuga Laylo butunlay ishonadi, ammo yigit u òylagandek bòlib chiqmaydi, hammasi. Vaqt o’tib Ular ajralishadi. Laylo esa bitta farzandi bilan yolg’iz qoladi. Uning o’g’il farzandi bo’ladi va u aynan òĝli uchun yashashda davom etadi. Singlisi Oisha esa òz sevganiga otasini qarshiligi sabab turmushga chiqolmaydi, ammo baribir erishadi, baxti uzoqqa bormaydi, turmusht òrtoĝi vafot etadi.

Dor ostidagi odam

Mashxur turk yozuvchisi Omina Shenliko’g’li qalamiga mansub bo’lgan “Dor ostidagi odam” asari mana nechchi yillar durki o’zbek kitobxonlari qalbidan joy olib kelmoqda. Asarning boshini o’qir ekansiz maza qilib kulib ham olasiz , lekin asarning so’ngida bo’lsa o’z-o’zidan ko’z yoshlaringizni to’xtata olmaysiz. Asarni o’qiyotgan kitobxon aslo zerikib qolmaydi. “Dor ostidagi odam” asari qamoqxonadagi olti mahbus haqida so’zlaydi va aynan shu maxbuslarning qiyinchiliklari, muammolari va, albatta, qamqxonaga qanday tushib qolganliklari juda chiroyli tarzda tasvirlangan. Ba’zi birlari o’z dini deb qamoqxonaga tushgan. Va shubxasizki, korrupsiyani kulguli manzaralariga ham duch kelasiz.

Mingboshining qiz

“Imomning maniken qizi”, “Nasroniy atirguli”, “Iskanja” kabi o’zining takrorlanmas asarlari bilan nafaqat turk xalqining balki , kitob sevar o’zbek xalqining ham qalblaridan allaqachon joy olishga ulgurgan turk yozuvchisi Omina Shenliko’g’li qalamiga mansub yana bir takrorlanmas asar “Mingboshining qizi” asaridir. Ushbu asar janri roman bo’lib, real voqea, hayotdan ogohlantirishdir. Ushbu roman 1996-yili Qohirada yozilgan va oradan 10 yil o’tgandan so‘ng qayta ko‘rib chiqilib, xato va kamchiliklari tuzatilgan, hamda, to’ldirilgan.a Shu darajada haqqoniyki, kim aniq qarashni bilsa, bu hayot uzra hamon tumanlarning borligini ko‘ra oladi. “Ushbu roman shu qadar haqiqatki, agar tarix to‘g‘ri yozilganida edi, uning dunyoga qarash uchun yuzi bo‘lmas edi”

Voz kech va tinchlan

Iste’dodli turk yozuvchisi Adem Guneshning “Yosh bola demang ularni”, “Chinakam ota onalik san’ati” shu kabi asarlari bilan ko’pchilik o’zbek kitobxonlarning e’tiborini qozonib ulgurgan , adibning ana shunday, mashxur asarlaridan yana biri mazkur “Voz kech va tinchlan” deb nomlangan kitobi aynan shunday to‘siqlarga uchragan hamda yechim ustida bosh qotirayotgan insonlar uchundir. Asar 6 haftalik amaliyot dasturini o‘z ichiga olgan, siz ularni birma bir bosib o‘tish orqali hayotingizni yaxshilaysiz, biz yuqorida taʼkidlagan yorug‘likka erishasiz.

Ko’rinmas odam

Koʻrinmas odam — H.G.Uellsning ilmiy-fantastik romani. Dastlab 1897 yilda Pearson’s Weekly jurnalida seriyalashtirilgan, o’sha yili roman sifatida nashr etilgan. Nomi nazarda tutilgan Ko’rinmas odam Griffin bo’lib, u o’zini optika bo’yicha tadqiqotlarga bag’ishlagan va jismning yorug’likni yutmasligi va aks ettirmasligi uchun havo sindirish ko’rsatkichini o’zgartirish usulini ixtiro qilgan. U bu protsedurani o’z-o’zidan amalga oshiradi va o’zini ko’rinmas qiladi, lekin uni qaytarishga urinishda muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Tasodifiy va mas’uliyatsiz zo’ravonlik amaliyotchisi Griffin dahshatli fantastika qahramoniga aylandi.

Dunyolar jangi

“Dunyolar jangi” — ingliz yozuvchisi Uellsning ilmiy fantastika romani boʻlib, 1895—1897 yillar orasida yozilgan, birinchi marta 1897 yilda Buyuk Britaniyadagi “Pearson’s Magazine” va AQShdagi “Cosmopolitan” jurnallari tomonidan nashr qilingan. Romanning qattiq muqovadagi birinchi chiqishi 1898 yilda Londonlik noshir Uilyam Xeynman tomonidan bo’lgan. Bu insoniyat va yerdan tashqaridagi irq o’rtasidagi ziddiyatni batafsil tasvirlaydigan eng qadimgi hikoyalardan biridir.Roman Surreydagi noma’lum qahramon va uning Londondagi ukasi haqida bo’lib, birinchi shaxs tomonidan hikoya qilinadi, chunki Angliya janubi marsliklar tomonidan bosib olingan. Roman ilmiy fantastika kanonidagi eng ko‘p sharhlangan asarlardan biridir.