Press "Enter" to skip to content

Kitob eng yaqin do’st matni

So’ngra she’rlar to’qiyman

KITOB – BEMINNAT DO’ST

Taniqli adabiyotshunos O’zbekiston qahramoni Ozod Sharafiddinov farzandlarinig tarbiyasidan nolib maslahat so’rab kelgan kishiga: «Farzandlaringizning qo’liga kitob tutqazing. Kitob ularga hayotni, turmushning qiyinchilklariga dosh berishni, sabrni va qanoatni» o’rgatadi degan ekanlar. Darhaqiqat, inson ma’naviyatini oshiradigan, so’z boyligini to’ldirib boradigan eng muhimi to’g’ri yo’lni ko’rsatadigan eng yaqin do’st bu kitobdir.

Kitoblari yo’q xonadon – xuddi ruhsiz tanaga o’xshaydi. Xalqimizning ajoyib udumlari, an’analari behisob. Ammo ular orasida bir an’ana borki, u haqda har qancha so’zlasang shunchalar oz. Sababi, eng yaqin do’st, eng zarur hamroh bo’lgan kitob, insoniyat kashf etgan ixtirolarning eng buyugi va eng qadrlisi, zamonlar o’tsa-da, o’z o’rnini hech nimaga bo’shatib bermagan mo’jizadir. Donolar kitob, kitobxonlik haqida fikr bildirar ekan, adabiyotlar bilan oshno qalbga hech qachon yomonlik in qurmasligini ta’kidlashadi. Bugun bolasining kitob o’qimasligidan, televizor-u telefondan bo’shamasligidan noliyotgan ota-onalarning o’zlari kitob o’qirmikan, bolalariga har kuni bo’lmasa-da, oyiga, yiliga bir marta kitob sovg’a qilarmikan? Xalqda «Qush uyasida ko’rganini qiladi», degan gap bor. Demak, ota-ona kitobxon bo’lsa, bola ham ulardan o’rnak oladi. Har bir ota-ona farzandining kelajagiga mas’ul ekan, uni moddiy jihatdan to’la ta’minlash bilan birga, ma’naviy olamini boyitadigan, aqlini peshlaydigan, dunyoqarashini kengaytiradigan jihatlarga ham e’tibor qaratishlari lozim. Agar uyda ota-onaning o’zi kitobxon, kitob o’qishni sevuvchi, uyga kitob ko’tarib keluvchi bo’lsa, bu odat bolada ham asta-sekin shakllana boradi. Insonning eng sof va pokiza tuyg’ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag’rida shakllanadi. Bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar — yaxshilik va ezgulik, oliyjanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir. Demak, kitobxonlikni shakllantirish, bolalar ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan har qanday ezgu ish oiladan boshlanmog’i zarur. Oilada kitobsevarlikni yaxshi an’anaga aylantirish uchun nimalar qilish kerak? — Oylik maosh olinganda xarajatlar uchun pul taqsimlanadi. Oziq-ovqat, kiyim-kechak uchun sarflanadigan pullar doimo reja asosida ishlatiladi. Oilada bolalarning kitobga bo’lgan qiziqishini shakllantirish, uni rivojlantirish uchun ota-ona bolalarni kitob do’koniga olib borishi va bola o’yinchoq yoki kiyim tanlagandek, o’zi kitob tanlashi kerak.

Ammo bugungi kunda axborot texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bir davrda, voyaga etmaganlarning kitob mutolaasiga e’tibori sustlashib borayotgani kunning dolzarb muammosiga aylanmoqda. Bugunda telekanallar ko’paygan, internet va mobil aloqa axborotining asosiy manbai bo’lib qolgani ham fikrimizning bir dalilidir. Bunday axborot vositalarining asosiy foydalanuvchilari ham biz Vatanimiz kelajagini ishonib topshiradigan yoshlarimizdir. Ammo bir savol kishiga tinchlik bermaydi. Kompyuter o’yinlaridan bo’shamaydigan yoxud televizor oldidan jilmaydigan, ko’cha-ko’yda qulog’idan radiopleerning simi tushmaydigan, o’zini «zamoniy” deb hisoblab, «ommaviy madaniyat” ta’siriga tushayotganlar bilan mamlakatning kelajagini yaratib bo’larmikin? Bir alloma aytganidek, «Qaysi oiladaki kitob o’qilmasa– u ma’nan to’laqonli oila bo’la olmaydi”. Yoshlarimizning kitobga qiziqishlarini yo’qligiga, har xil g’arb an’anasini o’zlashtirib olishlariga birinchi navbatda oila, ota-onaning kitobga qiziqmasligi yoxud bozordan har xil qimmatbaho buyumlar o’rniga farzandi uchun bittagina ma’noli kitob ko’tarib kelmasligi sabab bo’layotgandir.

Kitob nafaqat ziyo maskanlarini yorituvchi nur, balki insonlarni kamolot sari etaklovchi muhim ma’naviy xazina hamdir. Kitob insonga ma’naviy ozuqa beribgina qolmay, uning tafakkurini teranlashtirib, sog’lom mulohaza yuritishga o’rgatadi, kelajakka aniq maqsadlar bilan odimlashga mustahkam pilla poya vazifasini bajaradi. Zero, «Kitoblarjonsiz, ammo sodiq do’stlardir”.

Har qanday ma’naviy, ruhiy sog’lom ota-ona o’z farzandlarini texnik vositalarga emas, balki hayot darsligi, barcha bilimlar asosi, dunyo voqea-hodisalari va el-u elatlar hayotidan hikoya qiluvchi birdan-bir manba bo’lmish kitob bilan do’stlashtiradi.

Bola qalbi – saxiy tuproq. Unga tushgan har qanday urug’, albatta, unib chiqib, meva beradi. Bugun kelajagimiz bo’lgan yosh avlodni ma’nan etuk etib tarbiyalashda asosiy omillardan biri – bu ularni badiiy kitob mutolaa qilishga qiziqtirishdir. Bu borada maktablarda juda ko’p sa’y-harakatlar qilinib kelinmoqda. Ta’lim muassasalarida joriy yilning 19 mart kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev raisligida o’tkazilgan videoselektor yig’ilishidagi to’rtinchi tashabbus-«Aholi ayniqsa yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish ular o’rtasida kitobxonliknii keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etish” deb belgilanishi yuzasidan o’quvchi-yoshlar kitobxonlikka jalb etildi. O’quvchilar va ularning ota-onalarini ham jalb etgan holda, «Sening sevimli kitobing” mavzu doirasida ko’rgazma tashkil qilinadi, «Mening sevimli kitobim”, «Kitobxonlar bayrami”, «Kitobxon oila”, «Bobom, buvim, men vaota-onam – kitobxon oilamiz”, «Eng yaxshi kitobxon”, «Mening birinchi kitobim”, «Kitoblar-yaxshilikka etaklar”, «Kitob-eng yaxshi sovg’a”, «Kitobdan yaxshi do’st bo’lmas” kabi mavzularda insholar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ko’rik-tanlovlari o’tkazilib boriladi. Kitob mutolasiga voyaga etmaganlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish kitob o’qishga e’tiborini kuchaytirish maqsadida kitoblar targ’iboti, kitob reklamasini kuchaytirilmoqda.

Kitob o’qigan boladan hech qachon yomonlik. Darhaqiqat, kitob–beminnat do’st. U nafaqat yoshlarimizning bo’sh vaqtiga mazmun bag’ishlaydi, balki o’quvchilar o’rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishda ham muhim vositalaridan biri bo’lib hisoblanadi.

A. rafiyev, G. Muhammadjonova

2- mashq.
Bo‘sh kataklarga kerakli harflarni qo‘yib, kuzgi
meva va sabzavotlarning nomini toping. Keyin meva nomlarini
chap ustunga, sabzavot nomlarini o‘ng ustunga yozing.
U u
q vu
a j r
sh lg‘ m
b h
a o
sa i soq
la la i
t rp
n k
qo o
t r uz
ka a
y ng‘ q
x r o
Uyga vazifa.
2- topshiriqdagi topishmoqlarni yod oling.

49
KITOB
1- topshiriq.
Rasmni kuzating. Namuna asosida o‘rto-
g‘ingiz bilan suhbatlashing
.
– Siz rasmda nimani ko‘ryapsiz?
– Men rasmda kutubxonani ko‘ryapman.
– Kutubxonada qanday kitoblar bor ekan?
– Kutubxonada har xil kitoblar bor ekan.
– Bu kim?
– Bu kutubxonachi.
– Kutubxonachi nima qiladi?
– Kutubxonachi kitoblarni tartibga soladi, kitob be-
radi.
– Sizning maktabingizda kutubxona qayerda joy-
lashgan?
– Kutubxonamiz birinchi qavatda joylashgan.
1-
SOAT
4 O‘zbek tili, 4- sinf

50
2- topshiriq.
She’rni ifodali o‘qing va mazmunini so‘z-
lab bering.
KITOB
– Eng yaqin do‘stim,
Ayt, nima uchun
Qani, ayt-chi, kim?
Xursandmiz, Uchqun?
Bilsang, darrov top.
– Bizga juda bop
– Bebaho kitob.
Chiqibdi kitob.
Kitob keng dunyo,
So‘zi nur go‘yo.
Qo‘ysang mehringni,
Ochar zehningni.

Qudrat Hikmat
Nutqimizda biror shaxsga, predmetga ta’rif be-
rilayotganda haqida, to‘g‘risida so‘zlaridan foy-
dalanamiz.
Masalan: Kutubxona to‘g‘risida. Onam haqida.
1- mashq.

Savollarga javob yozing.
birinchi
o‘zbekcha
Siz o‘qigan
eng qiziqarli
kitobning nomi nima?
sarguzasht
3- topshiriq.
Matnni o‘qing. Mazmunini so‘zlab bering.
NONDAY AZIZ
Kitob – nonday aziz, mo‘tabar va muqaddas. Shu-
ning uchun kitobni sevish, qadrlash kerak. Bu an’ana
BILIB OLING!

51
qadimdan boshlangan. Kitob o‘qish to‘g‘risida juda
ko‘p hikmatli so‘zlar bor:
Qush don qidirar, odam – kitob.
Kitob – bilim manbayi.
Kitob – ko‘zgu, undan olamni ko‘rasan.
kitob – êíèãà
an’ana – òðàäèöèÿ
muqaddas – ñâÿùåííûé
hikmatli – ìóäðûé
Uyga vazifa.
3- topshiriqdagi matnga savollar tuzing.
1- topshiriq.
O‘qing va -gan qo‘shimchasi qatnashgan
so‘zlar ishtirokida suhbatni davom ettiring.
– Bolalar, yaxshi bilan yomonni ajratish
uchun nima qilish kerak?
– Ko‘p kitob o‘qish kerak.
– Siz qanday kitob o‘qigansiz?
– Men . .
1- mashq.
Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zlarni qo‘ying.
Kitob . xazinasi. U eng yaqin . . Kitobni tash-
lama, . . Uni ehtiyot . . Kitob sahifalariga . ,
ularni . , kitobni toza . .
2-
SOAT
LUG‘AT

52
F o y d a l a n i s h u c h u n s o ‘ z l a r : bilim, buklama,
tut, yirtma, qil, chizma, do‘st.
Ancha ilgari bo‘lib o‘tgan harakatni bildirish
uchun -gan qo‘shimchasidan foydalanamiz.
Masalan: Men bu kitobni o‘qiganman.
Birlik:
I shaxs Men o‘qi + gan + man
II shaxs Sen o‘qi + gan + san
III shaxs U o‘qi + gan
Ko‘plik:
I shaxs Biz o‘qi + gan + miz
II shaxs Siz o‘qi + gan + siz
III shaxs Ular o‘qi + gan + lar
2- mashq.
Gaplarni ko‘chiring, -gan qo‘shimchasining
tagiga chizing.
1. Ibn Sino tibbiyot haqida ko‘p kitob yozgan.
2. Ko‘p o‘qigan unib-o‘sar, o‘qimagan uyatga qolar.
3. Sport bilan shug‘ullangan inson sog‘lom bo‘ladi.
2- topshiriq.
Matnni o‘qing, mazmunini so‘zlab bering.
Kitobni seving. Kitob yaxshi maslahatchi. U eng
yaqin do‘st, yo‘l ko‘rsatuvchi, o‘qituvchi. Demak, ki-
tob bizning do‘stimiz. Do‘stingizga xiyonat qilmang.
Uni ehtiyot qiling. Kitobni yirtmang, tashlamang.
Uning sahifalariga chizmang, buklamang. Kitobni to-
za tuting. Unda o‘tgan zamonlar haqida qiziqarli
BILIB OLING!
-gan
qo‘y
ayt
ol
kel
qol
ket

53
yo‘l ko‘rsatuvchi – ïóòåâî-
äèòåëü
o‘tgan zamonlar – ïðî-
øåäøèå âðåìåíà
qiziqarli ma’lumot – èí-
òåðåñíîå ñâåäåíèå
ma’lumotlar bor. Kitobni o‘qib, bilimlaringizni boyi-
ting. Eng yaxshi kitobxon bo‘lishga harakat qiling.
maslahatchi – ñîâåòíèê
tashlamoq – áðîñàòü
sahifa – ñòðàíèöà
yirtmoq – ðâàòü
xiyonat – ïðåäàòåëüñòâî
ehtiyot qilmoq – áåðå÷ü
buklamoq – çàãèáàòü
3- topshiriq.
She’rni ifodali o‘qing. Mazmunini so‘zlab
bering.
KITOB NIMA DESALAR
Kitob nima, desalar,
Kitob – bu kon, dedilar.
Qo‘shilmayman hech bunga,
O‘xshamaydi u konga.
Yillar, asrlar o‘tib,
Konda ma’dan tugaydi.
Gaz-u temir, ko‘mir ham
Oz-ozdan tugaydi.
Kitoblar-chi, aksincha,
Oshib borar yilma-yil.
Turar dunyo turguncha
Ko‘chib yurar tilma-til.
Miraziz A’zam
LUG‘AT

54
kon – ðóäíèê
asr – âåê
ma’dan – ìåòàëë
Uyga vazifa.
O‘zingiz yoqtirgan kitobingiz haqida
so‘zlab bering.
1- topshiriq.
Matnni o‘qing va mazmunini so‘zlab bering.
KITOB
Maktabimizda kutubxona bor. Kutubxonada har xil
kitoblar ko‘p. Biz ertak, hikoya kitoblarni qiziqib
o‘qiymiz. Bu yerda, shuningdek, Vatanimiz haqidagi
kitoblar ham bor. Kitobni seving. Ko‘p kitob o‘qishga
harakat qiling.
kutubxona – áèáëèîòåêà
seving – ëþáèòå
ertak – ñêàçêà
harakat qilmoq – ç ä å ñ ü :
hikoya – ðàññêàç
ñòàðàéòåñü
2- topshiriq.
Savollarga og‘zaki javob bering.
Siz „Uch og‘ayni botirlar“ ertagini o‘qiganmisiz?
„Sehrli qalpoqcha“ kitobi kutubxonada bormi?
Siz kutubxonadan kitoblar olasizmi?
Siz qaysi kutubxonaga a’zo bo‘ldingiz?
3-
SOAT
LUG‘AT
LUG‘AT
aksincha – íàîáîðîò
ko‘chib yurmoq – ç ä å ñ ü :
ïåðåõîäèòü

55
1- mashq.
Yoz, o‘qi so‘zlarini birlik va ko‘plikda tuslang.
N a m u n a :
Shaxslar
Birlik
Ko‘plik
I
Men kel + gan + man
Biz kel + gan + miz
II
Sen kel + gan + san
Siz kel + gan + siz
III
U kel + gan
Ular kel + gan + lar
2- mashq.
Hikmatlarni o‘qing va daftaringizga ko‘chi-
ring.
1. Kitob javoni – ilm xirmoni,
Undagi har jild – aql darmoni.
2. Kiyim ustingni bezaydi,
Kitob aqlingni.
3. Ko‘p yurgan ko‘p ko‘rar,
Ko‘p o‘qigan ko‘p uqar.
4. Oltin yer tagidan kovlab olinadi,
Bilim – kitobdan.
5. Kitob – insonning do‘sti.
Mustaqil ish. Tavsiyalarni o‘qing va amal qi-
ling.
O‘QUVCHIGA TAVSIYA
Kitob tanlashda o‘qituvchidan yordam so‘rang.
Darsliklaringizni avaylab, ozoda, tuting.
Ustki qismiga jild o‘rab qo‘ying.
Kitobga chizmang, uni yirtmang, buklamang.

56
1-
SOAT
3- topshiriq.
She’rni ifodali o‘qing.
KITOB
Azizimsan, qadrdonim,
Sahifangni yopolmayman.
Dunyolarni kezib chiqsam,
Seningdek do‘st topolmayman.
Bag‘ringdagi har bir varaq,
Zinhor emas oddiy qog‘oz.
Har birisi bergay saboq,
Bamisoli buyuk ustoz.
Endi bilsam inson uchun
Kitob chindan oftob ekan.
Eng yaqin do‘st, sodiq sirdosh,
Koni bilim, odob ekan.
Dildora Muhiddin qizi
qadrdon – äîðîãîé
sahifa – ñòðàíèöà
qog‘oz – áóìàãà
Uyga vazifa.
O‘quvchiga berilgan tavsiyalarni yod
oling va daftaringizga yozing.
BOZORDA
1- topshiriq.
Matnni o‘qing. Yulduz bozordan nimalar
xarid qilganini aytib bering.
buyuk – âåëèêèé
kon – êëàä
odob – âåæëèâîñòü
LUG‘AT

57
Yulduzning dadasi bilan onasi sayohatga ketish-
gan. Yulduz uyda buvisi bilan qoldi. Bugun onasi
bilan dadasi qaytib kelishadi. Buvi va nabira shu
munosabat bilan bayram dasturxoni tayyorlashmoq-
chi. Ular somsa va palov pishirishmoqchi. Darsdan
keyin Yulduz va buvisi bozorga borishmoqchi. Yul-
duz uyga kelganida buvisi kasal edi. Bozorga Yul-
duzning o‘zi boradigan bo‘ldi. Buvisi nabirasiga bo-
zordan narsalarni qanday xarid qilish haqida mas-
lahatlar berdi:
1. Sotib olmoqchi bo‘lgan narsalaringning ro‘yxatini
yozib ol.
2. Bozorda xushmuomala bo‘l.
3. Faqat o‘zingga yoqqan meva va sabzavotlar-
ning narxini so‘ra.
4. Meva va sabzavotlarning sifatiga e’tibor ber.

58
sayohat – ïóòåøåñòâèå
xarid qilish – ïîêóïêà
qaytmoq – âåðíóòüñÿ
xushmuomala – âåæëè-
âûé
1- mashq.
Bozordagi meva, sabzavot va boshqa mahsu-
lotlar haqida namunadagidek gaplar tuzing.
N a m u n a :
– Sizga bu olmadan necha kilogramm kerak?
– Menga shu olmadan ikki kilogramm bering.
2- topshiriq.
Meva va sabzavotlar nomini qo‘yib,
bozordan nimalardan qancha olganingizni ayting.
bir dona ikki kilogramm
ikkita
bir chelak
2- mashq.
Savol va javoblardagi nuqtalar o‘rniga kerakli
so‘zlarni qo‘yib ko‘chiring va suhbatni davom ettiring.
– Bozorga onang bilan .
– Yo‘q, . bilan bordim.
– Nimalar sotib . ?
– . va . sotib oldik.
– Uzum . so‘m ekan?
LUG‘AT

59
– Uzum . so‘m ekan.
– Rahmat, men ham . olmoqchiman.
3- topshiriq.
Berilgan so‘zlardan foydalanib, gaplar tuzing.
Mevalar, sabzavotlar, ko‘katlar, 2 kilogramm
go‘sht, 3 kilogramm guruch, 1 kilogrammdan po-
midor va bodring, 1 kilogramm bulg‘or qalampiri,
200 gramm ziravor.
3- mashq.
Nuqtalar o‘rniga qavs ichidagi so‘zlardan
mosini qo‘yib gaplarni o‘qing va ko‘chiring.
1. Bir bog‘ . (olma, anor, kashnich) kerak.
2. Biz bozordan 2 kilogramm . (limon, olma,
qalampir) sotib oldik. 3. Menga 3 kilogramm .
(piyoz, ukrop, zira) bering. 4. Dasturxonga 5 dona
. (suzma, anor, limon) qo‘ying.
Mustaqil ish. She’rni o‘qing va mazmunini so‘z-
lab bering.
QOVUN
Obinovvot qovunman,
Bitta tishlab ovun, ma.
Nega bo‘ldim men nomdor?
Chunki choponim guldor.
Yonbosh qilib yotaman,
Shirin o‘yga botaman.
Xayolimda odamlar –
Bozorda meni tanlar.
Anvar Obidjon

60
Uyga vazifa.
„Qovun“ she’rini yod oling.
1- topshiriq.
Rasm asosida berilgan so‘zlardan foyda-
lanib, gaplar tuzing.
F o y d a l a n i s h u c h u n s o ‘ z l a r : sotuvchi, xaridor,
ho‘l mevalar, sabzavotlar, ko‘katlar, quruq meva, yong‘oq,
yeryong‘oq, qancha, narx, necha so‘m.
2- topshiriq.
Matnni o‘qing va mazmunini so‘zlab bering.
BOZOR
Bozor savdo-sotiq qilinadigan maydon. Bozorlar,
asosan, shahar markazida joylashgan. U yerda
LUG‘AT
qovun – äûíÿ
tishlamoq – îòêóñèòü
shirin – ñëàäêèé
xayol – ç ä å ñ ü : â ìûñëÿõ
2-
SOAT

61
odamlar mahsulotlarini sotadilar va ovqatlanib, hordiq
chiqaradilar. Bozorda har xil mahsulotlar uchun ras-
talar ajratilgan bo‘ladi. Bozorga borganingizda ho‘l
mevalar, quruq mevalar, ziravorlar, non mahsulotlari,
qandolatchilik, hunarmandchilik rastalariga ko‘zingiz
tushadi.
rasta – ïðèëàâîê
sotuvchi – ïðîäaâåö
xaridor – ïîêóïàòåëü
1- mashq.
Berilgan so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing va
daftaringizga yozing.
Bir bog‘ ko‘kat, narxi qancha, arzon, qimmat,
necha so‘m, mahsulot, sotuvchi, xaridor, rasta.
Narsa belgisini bildirgan so‘zlar q a n d a y ? ,
q a n a q a ? so‘roqlariga javob bo‘ladi.
Masalan: qizil olma, shirin kulcha.
To‘g‘ri talaffuz qiling.
Arzon mahsulot
Katta bozor
Sifatli quruq meva
Pishgan tarvuz
mahsulot – ïðîäóêò
quruq meva – ñóõèå
(ñóø¸íûå) ôðóêòû
ho‘l meva – ôðóêòû
LUG‘AT
ESLAB QOLING!
Shirin qovun
Mazali shirinliklar
Shirin uzum
Nordon anor

62
2- mashq.
Nuqtalar o‘rniga berilgan so‘zlardan mosini
qo‘yib, daftaringizga ko‘chiring.
1. O‘zbekistonda turli xil . va . yetishtiriladi.
2. Meva va sabzavotlar . sotiladi. 3. Bozorga bo-
rib mahsulotning . so‘raymiz. 4. Rastalardagi .
narxi bilan . ham e’tibor beramiz. 5. Bozorda
yurganimizda . bo‘lishimiz kerak.
F o y d a l a n i s h u c h u n s o ‘ z l a r : xushmuomala, meva,
sabzavotlar, sifatiga, narxini, intizomli, odobli, maxsus
rastalarda, mahsulotning.
Uyga vazifa.
Uyingiz yaqinidagi bozor haqida 3 – 4 ta
gap tuzing.
1- topshiriq.
Suhbat matnini o‘qing va davom ettiring.
– Assalomu alaykum.
– Va alaykum assalom.
– Olmangizning narxi qancha?
– . .
– Ko‘katning bog‘i necha so‘m turadi?
– . .
– Bir kilogramm guruch qancha turadi?
– . .
3-
SOAT

63
Olma
.
.
.
– Bir dona tarvuz-chi?
– . .
– Qimmat, arzonroq berasizmi?
– . .
– Rahmat.
Harakat, faoliyat, ishni bildiruvchi so‘zlar n i m a
q i l d i ? , n i m a q i l y a p t i ? , n i m a q i l m o q –
c h i ? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi.
Masalan: Dehqon hosilni yig‘di. Yashiklarga
joylayapti. Hosilni bozorda sotmoqchi.
1- mashq.

Berilgan so‘zlardan so‘z birikmasi tuzib, izoh
bering va jadvalga joylashtiring. Masalan: olma.
Olma daraxtda (n i m a q i l a d i ?) o‘sadi.
O‘rik, nok, karam, sabzi, sholg‘om, qatlama patir,
shaftoli, non, shirmoy non.
2- topshiriq.
Matnni o‘qing. Matn asosida bozor haqida
suhbatlashing.
ESLAB QOLING!
Daraxtda o‘sadi
Polizda o‘sadi
Novvoyxonada
pishadi

64
BOZORDA
Bugun biz o‘zbek tili o‘qituvchimiz bilan bozorga
chiqdik. Maktabimiz Oloy bozoriga yaqin yerda
joylashgan. Darsimiz mavzusi – „Bozorda“. Dars
amaliy mashg‘ulot tarzida o‘tkazildi. O‘qituvchimiz
Sayyora Jasurovna bizni bozor rastalari bilan ya-
qindan tanishtirdilar. Savdo-sotiq qilish qoidalarini
o‘rgatdilar. Bozorda o‘zimizni qanday tutishimiz,
muomala qilishni amalda ko‘rsatib berdilar. Menga
non rastasi juda yoqdi. Nonlarning turlari bilan
yaqindan tanishib oldik. Dars juda qiziqarli bo‘ldi.
muomala – îáðàùåíèå
amaliy mashg’ulot – ïðàêòè÷åñêîå çàíÿòèå
3- topshiriq.
Topishmoqlarni o‘qing, javobini toping.
Ko‘ylagi qavat-qavat,
Tugmalari yo‘q faqat.
Yer tagida oltin qoziq,
U hammaga bo‘lar oziq.
Mustaqil ish. Nuqtalar o‘rniga savollarga mos
javoblar toping va suhbatni davom ettiring.
LUG‘AT

65
1-
SOAT
– Amaki, olmangiz necha so‘m turadi?
– . .
– Olma shirinmi (nordonmi)?
– . . Marhamat, . .
– Rahmat, necha so‘mdan berasiz?
– . necha . tortay?
– . . torting.
Uyga vazifa.
3- topshiriqda berilgan topishmoqlarni yod
oling va daftaringizga ko‘chiring.
DO‘KONDA
1- topshiriq.
O‘qing. Lug‘atda berilgan so‘zlarni matndan
topib, unga bog‘lanib kelgan so‘zlardan hosil bo‘lgan
so‘z birikmalarini aniqlang va daftaringizga ko‘chiring.
DO‘KON
Turli narsalarni sotib olish mumkin bo‘lgan joy
do‘kon deb nomlanadi. Do‘konlardan har xil mahsu-
lotlarni sotib olamiz. Mahsulotlarning turiga qarab
do‘konlarga nom beriladi. Masalan: „Oziq-ovqat“,
„Kiyim-kechak“, „O‘quv qurollari“, „Qurilish mollari“
do‘konlari va boshqalar.
Do‘konda sotuvchidan narsalarni xarid qilamiz.
Sotuvchi xaridorlarga xizmat ko‘rsatadi.
5 O‘zbek tili, 4- sinf

66
xarid qilmoq – ïîêóïàòü
har xil – ðàçíîå
oziq-ovqat – ïðîäóêòû
xizmat ko‘rsatmoq – îá-
kiyim-kechak – îäåæäà
ñëóæèâàòü
-dan qo‘shimchasi so‘zlarga qo‘shilganda pred-
metning kelib chiqish o‘rnini bildiradi. Bu so‘z-
lar k i m d a n ?, q a y e r d a n ?, q a c h o n ? so‘-
rog‘iga javob bo‘ladi.
Masalan: Nigora bozordan gul sotib oldi.
Salima do‘kondan keldi.
1- mashq.
Nuqtalar o‘rniga mos qo‘shimchalarni qo‘-
yib, daftaringizga yozing.
1. Dadam ish. (-ga, -dan) erta keldilar.
2. Botir do‘kon. (-dan, -ni) non oldi.
3. Onam ko‘ylakning narxini sotuvchi. (-ning,
-dan) so‘radilar.
4. Daftarimni „O‘quv qurollari do‘koni. (-dan,
-ga) xarid qildim.
2- mashq.
Gaplarni ko‘chiring va ona tilingizga tar-
jima qiling.
1. Do‘konda har xil mahsulotlar sotiladi. 2. O‘z-
bek tili darsidan so‘ng musiqa darsi bo‘ladi. 3. Us-
tozim bizdan uy vazifasini so‘radilar. 4. Onamdan
kitob sotib olish uchun pul so‘radim.
LUG‘AT
BILIB OLING!

67
Uyga vazifa.
Uyingizdan to maktabgacha qanday do‘-
konlar borligi haqida ma’lumot yozing, -dan qo‘shimchasi
ishtirokida 3 – 4 ta gap tuzing.
1- mashq.
Ustunchalardagi so‘zlarni o‘qing. Bir-biriga
mos keladigan so‘zlardan „sifat + ot“ bog‘lanishli so‘z
birikmalarini tuzing.
yashil
ko‘ylak
qizil
qalpoq
shoyi
karavot
qog‘oz
do‘ppi
yog‘och
ro‘mol
jun
nimcha
ipak
ot
paxta
cho‘pon
temir
paypoq
adras
qo‘lqop
1- topshiriq.
Suhbatni o‘qing va davom ettiring.
– Salom, Dilshod. Qayerdan kelyapsan?
– Salom, Aziza. „Dala do‘koni“dan
kelyapman.
– „Dala do‘koni“dan nima sotib olding?
– Do‘kondan karam sotib oldim. Onam
karamdan sho‘rva pishirmoqchilar.
– . .
2-
SOAT

68
Narsalarning nimadan tayyorlanganligini ifoda-
lashda shu material nomini bildiruvchi so‘zlar
qo‘llanadi. Bu so‘zlar q a n d a y ? so‘rog‘iga ja-
vob bo‘lib, gapda sifat vazifasida keladi.
Masalan: Munisa boshiga shoyi (q a n d a y ?)
ro‘mol o‘radi. Do‘kondan charm (q a n d a y ?)
qo‘lqop sotib oldim.
2- topshiriq.
Matnni o‘qing. 1- va 2- gapni ona ti-
lingizga tarjima qiling.
OZIQ-OVQAT DO‘KONIDA
Ko‘chamizda oziq-ovqat do‘koni bor. Bu do‘konda
un, guruch, shakar, sariyog‘, non va turli shirin-
liklar sotiladi. Do‘kondan har xil oziq-ovqat mahsu-
lotlarini xarid qilish mumkin. Men do‘stim Komron
bilan har kuni do‘kondan issiq non sotib olamiz.
Sotuvchi bizga qaytim berganda „Qaytimini yo‘-
qotmay, ota-onangizga bering“, – deydi.
ko‘chamizda – íà íàøåé
óëèöå
sariyog‘ – ñëèâî÷íîå ìàñëî
turli – ðàçíûå
3- topshiriq.
Partadoshingiz bilan suhbat matnini
o‘qing.
– Salom, Aziz, qayerga ketyapsan?
BILIB OLING!
shirinliklar – ñëàäîñòè
sotib olmoq – ïîêóïàòü
qaytim – ñäà÷à
yo‘qotmay – íå ïîòåðÿâ
LUG‘AT

69
– Salom, Akbar. Men oziq-ovqat
do‘koniga ketyapman. O‘zing-chi?
– Men esa xo‘jalik mollari do‘konidan
kelyapman. U yerdan mix oldim.
2- mashq.
Nuqtalar o‘rniga mos qo‘shimchalarni qo‘-
ying.
1. Onam do‘kon. (-ni, -dan) ro‘mol oldilar. 2. Da-
dam. (-ga, -dan) ruxsat so‘radim. 3. Dugonam kiyim
do‘koni. (-dan, -da) paxtali nimcha oldi. 4. O‘zbek
tili fani. (-da, -dan) yaxshi baho oldim.
Mustaqil ish. K i m d a n ? Q a y e r d a n ? N i m a –
d a n ? so‘rog‘iga javob bo‘ladigan so‘zlarga 3 ta
misol keltiring. Shu so‘zlar ishtirokida gaplar
tuzing.
F o y d a l a n i s h u c h u n s o ‘ z l a r : bozor, do‘kon,
choy.
N a m u n a : Akamdan kitob oldim.
Uyga vazifa.
Uyingiz yaqinida joylashgan oziq-ovqat
do‘konidan qaysi mahsulotlar necha so‘m turishini
yozib keling.
1- topshiriq.
Rasm asosida kiyim do‘konidan nimalar
olganligingiz haqida namunadagidek gaplar tuzib suh-
batlashing.
3-
SOAT

70
N a m u n a :
– Kiyim do‘konidan nima oldingiz?
– Do‘kondan kurtka oldik.
– Qanday kurtka oldingiz?
– Qizil kurtka oldik.
O‘zbek tilida narsalarning rangini ifodalashda
oq, yashil, ko‘k, sariq, qizil, qora kabi sifatlar
ishlatiladi. Rang-tus bildiruvchi bu sifatlar otlar
bilan „sifat + ot“ qolipida bog‘lanadi.
Masalan: Do‘kondan oq ko‘ylak sotib oldim.
Sizga qizil palto yoqdimi?
1- mashq.
Nuqtalar o‘rniga berilgan so‘zlardan mosini
qo‘yib gaplarni ko‘chiring.
1. Kiyim do‘konida iðak . ko‘p. 2. Sizga . kiyim
yarashadi. 3. Dugonam qishda boshiga . qalpoq kiya-
BILIB OLING!

71
LUG‘AT
di. 4. Oybek . palto kiyishni yoqtiradi. 5. Menga .
rangli . paypoq bering.
F o y d a l a n i s h u c h u n s o ‘ z l a r : ko‘k rangli, to‘rli,
jun, qora, qizil, ko‘ylaklar.
2- topshiriq.
Matnni o‘qing, „sifat + ot“ bog‘lanishli so‘z
birikmalarini toping. Ularni daftaringizga ko‘chiring.
KIYIM DO‘KONIDA
Ko‘chamizda yangi kiyim do‘koni ochildi. Dadam,
onam va men do‘konga bordik. Do‘konning ichi
keng va yorug‘ ekan. Do‘konda turli milliy va
zamonaviy ko‘ylaklar, shim, palto va kastumlar juda
ko‘p. Avval onam ko‘ylak tanladilar. Ko‘k ko‘ylak
onamga yarashdi, u oq yoqali, chiroyli edi. Dadam
qora shim sotib oldilar. Menga oq ko‘ylak va qora
shim olib berishdi. Do‘kon menga juda yoqdi.
kiyim – îäåæäà
shim – áðþêè
yoqali – ñ âîðîòíèêîì
milliy – íàöèîíàëüíûé
2- mashq.
Savollarga mos javob yozing. Ularda „sifat +
ot“ bog‘lanishli birikmalarni qo‘llang.
– Kiyim do‘konida nimalar sotiladi?
– . .
– Sizga qaysi rangdagi ko‘ylak yoqadi?
– . .

72
1-
SOAT
– O‘quvchilar qanday rangli kiyim kiyishadi?
– Qiz bolalar . , o‘g‘il bolalar . .
– Siz shu qizil paltoni olmoqchimisiz?
– . .
Mustaqil ish. Partadoshingiz kiyimlarining rangi
to‘g‘risida namunadagidek gaplar tuzing.
N a m u n a : Bobur oq ko‘ylak va qora kastum kiygan.
Uyga vazifa.

”Китобим калб офтобим” сенарий

Книга источник жизни. С помощью этой сценарии мы стараемся мотивировать учеников любить книги.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«”Китобим калб офтобим” сенарий»

O‘zbekiston Respublikasi

Xalq ta`limi vazirligi

Namangan viloyat

xalq ta`limi boshqarmasi

Uchqo’rg’on tumani Namangan iqtisoslashtirilgan san’at

maktab internati o‘qituvchisi

ALIMOVA BARCHINOYNING

«Kitоbim – qalb оftоbim» mavzusida tayyorlagan

Namangan shahri

1-boshlovchi: Assalomu aleykum Mavluda, yaxshimisan?

2-boshlovchi: Va aleykum assalom Mubina, yaxshi keldingmi?

1- boshlovchi: Dugonajon kech qolmadikmi?

2-boshlovchi: Yo’q, albatta.

1- boshlovchi: Voy hamma jam-ul jam-ku?!

2-boshlovchi: Demak boshlasak ham bo’laverar ekan-da?

1- boshlovchi: Mavluda sen bo’sh vaqtingni qanday o’tkazasan?

2-boshlovchi: Men bo’sh vaqtimda oyimga yordamlashaman, ko’proq vaqtimni kitob o’qish bilan o’tkazaman.

1- boshlovchi:Men ham, kel unda bugungi tadbirimizni musobaqa tarzida o’tkazsak.

2-boshlovchi: Juda yaxshi bo’lardi-da.

1- boshlovchi:Dugonajon, mehmon bilan salomlashamiz-ku.

1- boshlovchi: Assalomu aleykum aziz ustozlar va qadrli tengdoshlar.

2- boshlovchi: Assalomu aleykum maktabimizga tashrif buyurgan aziz mehmonlar va hurmatli ota-onalar.

1- boshlovchi:bugun bizning sinf o’quvchilarimiz sizlarga “Kitobim-qalb oftobim” nomli musiqiy tadbirlarini tayyorlab kelishgan.

2- boshlovchi: Bu tadbirlarimiz musobaqa tarzida bo’lib, do’stlarimiz kitobni qanchalik sevishlarini namoyish etib beradilar.

-Marhamat, tinglab, tomosha qiling.

“Kitob mening tasavvurimda” deb nomlanadi.

O’quvchi: Assalomu aleykum hurmatli ustozlar va kitobsevar o’quvchilar.

O’quvchi:Assalomu aleykum kitobni o’ziga oshno tutganlar. Bugun biz sizlar bilan “Kitobim-qalb oftobim” deb nomlangan musiqiy dasturimizda ko’rishib turganimizdan xursandmiz.

O’quvchi: Shubhasiz, kitob-mo’jizani o’zginasi. Kitob bizni yaxshilikka, do’stlikka, ezgulikka chorlaydi. Kitobni oftobga o’xshatamiz. Quyosh barchaga nurini sochganidek, kitob ham qalbimizni o’z nuri bilan boyitadi, yoritadi.

O’quvchi: Kitobsiz hayotni tasavvur qilish qiyin. Ko’p kitob mutolaa qilgan inson qanday vaziyatda, qanday yo’l tutishni va muloqot me’yorini biladi. Jamiyatni ma’naviyatsiz tasavvur qilib bo’lmaganidek, bolalarni ham kitobsiz tasavvur etib bo’lmaydi.

Nur beruvchi oftobim

Seni sevib o’qiyman

So’ngra she’rlar to’qiyman

O’quvchi:-Sen o’zing mitti moxtob.

Yoki nur sochgan oftob,

Sen tafakkur chirog’I,

Sen eng sodiq do’st kitob.

O’quvchi:-Hikmat, metal ham senda,

Ertak, masal ham senda

Hayot yo’lida zarur

Dono maqol ham senda.

O’quvchi: -Kitoblar- bilim koni,

Ezgulik, baxt timsoli,

She’r hikoya ertaklar.

O’quvchi:-Kitob fayzli bilim bog’i

Yashar unda dil yaprog’I,

Oftobdayin nur taratar u

Qalbda chaman yaratar u.

Baxt omading undan qidir

U ko’p jumboq kalitidir.

O’quvchi: Amir Temur hayoti mobaynida besh tamoyilga qat’iy e’tibor bilan amal qilgan. Shulardan biri kitobdir.

O’quvchi: Mashhur rivoyatga qaraganda tabib Abu Ali ibn Sino shohni davolaydi, shoh mehnating evaziga nima bilan mukofotlay deb so’raydi. Shunda Ibn Sino mumkin bo’lsa saroy kutubxonasidan foydalanishni iltimos qiladi.

O’quvchi: Oxirgi nafaslarini olayotgan Beruniyga shogirdlari yuzlandi “Ko’nglingiz nima tusaydi?

-Kitobni yuzini ko’rsating”- deydi Beruniy entikib.

  1. Boshlovchi: Siz bu narsalarni qayerdan o’rgangansiz?