Press "Enter" to skip to content

Kitob haqida maqollar o’zbekcha

— Адабиётчиларнинг ҳисоб-китобларига кўра, Шекспир асарларидан «севги» сўзи 2259 марта, «нафрат» сўзи эса 229 марта такрорланган.

Kitob haqida qiziqarli faktlar

Kitoblar haqida ko‘p va xo‘b yozdik, yozmoqdamiz. Lekin qancha ko‘p yozsak, targ‘ibot qilsak, shuncha oz ekanligini yaxshi bilamiz. Hozir sizga aynan kitob o‘qishning foydali tomonlari haqida gapirmoqchi emasman. Kitoblar haqida kutilmagan, ajabtovur, hayratomuz, qisqasi, noodatiy holatlar haqida aytib bermoqchiman.

— Qadimda kitoblar juda qimmat bo‘lgan. XVIII asrgacha ba’zi kutubxonalarda kitoblar o‘g‘irlanmasligi uchun zanjirga bog‘lab qo‘yilgan. Kitob kam va qimmat bo‘lsa-da, uni o‘qishga qiziqish kuchli bo‘lgan. Bugungi kunda kitoblar ko‘p va narxlari ham baholi qudrat, cho‘ntakbop, lekin xarid qilish jarayoni qanday kechyapti? Kitoblarni kim ko‘p sotib oladi, erkaklarmi, ayollar? Albatta ayollar! Ular erkaklarga qaraganda ko‘proq (68%) kitob sotib oladilar. Bu faktni o‘qib rostligiga shubha qilmadim. Ishonmasangiz, “Sharq ziyokori” do‘koniga boring, asosiy xaridorlar ko‘pincha ayollar bo‘ladi(Xuddi boshqa, masalan, kiyim-kechak, oziq-ovqat, parfumeriya do‘konlari kabi. Albatta bu mening shaxsiy kuzatuvim, hech qanday statistikaga asoslanmagan). Shu o‘rinda bir fikr tug‘ilib qoldi, balki do‘kon xodimlari bilan kelishib bir hafta davomida kuzatuv o‘tkazarmiz?

— Dunyo bo‘yicha kitoblarning asosiy qismini 45 yoshdan oshganlar sotib olishar ekan. Afsuski, zamonaviy yoshlarimiz bu borada ancha orqadalar. Biz hamma narsani yaxshilikka yo‘yib o‘rganganmiz, bu holatni ham ular elektron kitob o‘qiydilar, shu­ning uchun kamdan-kam hollardagina kitob sotib oladilar, deb izohlamoqchimiz. Aslini olganda, kitobni qo‘lingizda ushlab, salmog‘ini, taftini his qilib o‘qiganga nima yetsin, aziz yoshlar.

— Kitob bilan pichoqning o‘g‘risi bo‘lmaydi, deyishadi. Ya’ni, kitob o‘g‘irlaganlar o‘g‘ri hisoblanmas ekan. Shu mavzuda bahs-munozaralar ham bo‘lgandi. Xullas, o‘g‘irlikmi, o‘g‘irlik, katta-kichigi, og‘ir-yengili bo‘lmaydi, uning yagona nomi o‘g‘irlik, tamom. Fanda kitob o‘g‘rilari bibliokleptoman deyiladi. Dunyodagi eng mashhur kitob o‘g‘risining ismi — Stiven Blumberg. U 270 kutubxonadan 23000 nodir kitobni o‘g‘irlagan. Uning kutubxonasining narxi 20 million dollardan oshadi.

— Mashhurlikda Agata Kristining oldiga tushadigan detektiv yozuv­chi hali-beri topilmadi. Uning asarlari 50 dan ortiq tillarda hamon chop etilmoqda. Nashr etilgan kitoblari nusxasi 2 milliarddan oshadi.

— Dunyoda eng katta lug‘at kitob “Nemis lug‘ati” (“Deutsches Wortetbuch”) bo‘lib, u 1854-yili Yakob va Vilgelm Grimm tomonidan tuzib boshlangan. Bu ishga keyinchalik turli olimlar hissa qo‘shib, 1971-yili yakunlangan. 33 jildlik ushbu lug‘at 34519 betdan iborat.

— Eng og‘ir kitob haqida eshitganmisiz? Bu kitob Britaniya muzeyida saqlanuvchi XVII asrga oid geografik atlasdir. Uning bo‘yi 1,9 metr, og‘irligi 320 kilogramm.

— Azaldan xalq qahramonlari, bahodirlar, buyuk shaxslar, shohlar haqida kitoblar yozish an’anasi mavjud. Ularni o‘qib o‘tmishdagi ajdodlarimiz haqida ma’lumotga ega bo‘lamiz. Dunyo bo‘yicha hisoblab ko‘rilganda eng ko‘p kitob Napoleon haqida yozilgani aniqlandi. U haqda 10000 dan ortiq turli janr­larda kitob yozilgan. Shu o‘rinda Napoleonning o‘zining kitob o‘qishi haqida ham to‘xtab o‘tish joiz: u daqiqasiga 2000 ta so‘z o‘qiy olgan. Balzak esa yarim soatda 200 bet kitob o‘qigan.

— 95% insonlar daqiqasiga 210 so‘z yoki 2 daqiqada 1,5 sahifa kitob o‘qiydilar.

— Kitoblar sekin o‘qilganda 100 foiz matn tushunilmaydi, faqat 60 foiz anglanadi, aksincha, tez o‘qilganda matnning 80 foizi tushuniladi.

— Aksariyat kitoblarning 18-betidayoq unga bo‘lgan qiziqish yo‘qoladi.

— Italiyalik Rio Kozelli eng zerikarli kitoblar to‘plashni yoq­tirgan. Uning kolleksiyasida 10000 jild kitob bor. Bir omadsiz italyan shoiri kitobi Kozelli kolleksiyasidan o‘rin olganini eshitgach o‘zini o‘ldirishiga bir bahya qolgan. Yaxshiyamki, bizning yurtimizda bunday g‘ayrioddiy kitoblar kolleksiyasi to‘playdiganlar yo‘q. Tasavvurimda, shunday odam bo‘lsa uning kolleksiyasi Kozellinikidan ko‘ra ancha boyroq bo‘lardi-yov, siz nima deb o‘ylaysiz?

— Har bir ijodkor ijod qilar ekan, albatta, yozganlari uchun moddiy va ma’naviy rag‘bat olishni xohlaydi. O‘z vaqtida shohlar saroyi­da ijod qilib, ularni madh etadigan asarlar yozib, ko‘klarga ko‘tarib, nomlarini tarixga muhrlagan ijodkorlar bo‘lgan. Ba’zida ulkan asarlar yaratib, o‘zi mo‘ljallagan gonorarni ololmay, biroz ranjiganlari haqida ham rivoyatnamo gaplarni eshitib qolamiz.

— Dunyoda eng katta gonorar Rim imperatori Mark Avreliy tomonidan shoir Oppianga to‘langan. Baliq tutish va ov haqidagi ikki dostonining har bir satri uchun 1 oltin tanga hadya qilingan. Uning ikki dostoni 20000 baytdan iborat.

— Kitoblar haqida yana bir kutilmagan fakt: Bastiliya mahbuslari faqatgina odamlar bo‘lmagan. Bir marta Didro va D’ Alamberning “Fransuz ensiklopediyasi”ni din va jamiyat axloqiga zarar keltirgani uchun “qamab qo‘yganlar”.

— Eng qimmat badiiy asar Leonardo da Vinchi tomonidan ko‘chirilgan “Leychester kodeksi” kitobidir. Uni “Microsoft” asoschisi Bill Geyts 1994-yili Nyu-Yorkdagi “Sotbis” auksionidan 30,8 million dollarga sotib olgan.

— Dunyoning eng qadimgi kitobi esa Priss papirusidir. U era­mizdan avvalgi 3350-yili yozilgan. Ushbu qo‘lyozma uni 1839-yili Fivadan topgan Emil Priss sharafiga shunday nomlangan. Qo‘l­yozma muallifi — fir’avnning vaziri Pta-Gotep. U yoshlarning tarbiyasizligi, dangasa va axloqsizligidan noligan.

— Mashhur golland vrachi German Burxavening “Tibbiyot san’atining yagona va teran sirlari” nomli kitobi muallif o‘limidan so‘ng 1738-yili 10000 dollar oltinga auksionda sotilgan. Bejirim bezal­gan va g‘iloflangan kitob ochilganda uning barcha sahifalari bo‘sh bo‘lgan. Faqatgina ilk sahifasida shunday yozilgan edi: “Boshing­ni sovuqda qoldirsang ham oyog‘ingni issiq tut. Shundagina sen eng zo‘r v­­rachlarni ham kambag‘al qilasan”.

Xullas, shunaqa gaplar. Hozirgacha duch kelganim kitoblar haqidagi qiziqarli ma’lumotlar shulardan iborat. Ushbular sizga ham qiziq tuyuldimi? Balki sizda yanayam qiziqarlilari bordir? Keling, o‘rtoqlashamiz.

Asolat AHMADQULOVA tayyorladi

Kitob haqida maqollar o’zbekcha

Kitob sizning do’stingiz, usiz, qo’lsiz odamga uxshaysiz.

Kitob bilan yashash – bir asr qayg’urmaslik.

Kitob – bu kitob, lekin fikringizni o’zgartiring.

Kitob eng yaxshi do’st.

Kitoblar bilan bilish – bu aql -idrokka ega bo’lishdir.

Kitob o’qing, lekin o’z ishingizni unutmang.

Kitob sizga ishda, qiyinchilikda yordam beradi.

Kitobsiz aql qanosiz qushga o’xshaydi.

Kitob yozilishda qizil emas, yodda qizil.

Yaxshi kitob yulduzchadan ko’ra yorqinroq porlaydi.

Kitob o’qish – qo’l bilan o’ynash emas.

Kitob yaxshi, lekin o’quvchi yomon.

Qishloqdagi kitob kulbadagi derazaga o’xshaydi.

Kitob suvga o’khshaydi, yo’l hamma yoqqa uriladi.

Kitob baxtda chiroy ochadi, lekin basizlikda tasalli beradi.

Qadim zamonlardan kitob odamni tarbiyalaydi.

Kitobsiz uy ruhsiz tanaga o’xshaydi.

Kitob yaxshi, lekin o’qituvchilar yomon.

Kitob va unda anjir va anjir (yani manosiz).

Agar siz kitob o’qiyotgan bo’lsangiz, hamma narsani bilib olasiz.

Kitob eng yaxshi do’st.

Kitob – bilim manbai.

Qalam bilan yozilgan – uni bolta bilan urib bo’lmaydi.

Uyda bitta kitob ham yo’q – egasining bolalari yomon.

Kitobda harflarni emas, fikrlarni qidiring.

Do’stni qanday tanlash kerak bo’lsa, kitobni shunday tanlang.

Kitobga qaraydi va anjirni ko’radi.

Kitob kabi gapiradi.

Kitobsiz uy – quyoshsiz kun

Kitob ortida – fikringizni harakatlantiring.

Oltin erdan, bilim esa kitoblardan qazib olinadi.

Boshqa kitob boyitadi, boshqasi esa yo’ldan ozadi.

Aqlning yana bir kitobi qo’shiladi, boshqasi va oxirgisi yopiladi.

U kitobni boshqacha ko’z bilan boshqaradi, lekin aqli undan uzoqlashadi.

Qadim zamonlardan kitob odamni tarbiyalaydi.

Kitob ikkita varaqdan iborat, o’rtasi esa bo’sh.

Kitob – bu kitob, lekin miyangizni harakatga keltiring.

Kitob – eng yaxshi sovg’a

Kitob – bu kichik deraza, u orqali butun dunyoni ko’rish mumkin

Kitob bilim olamiga, orzular olamiga ko’prikdir.

Kitob – aqlning ozuqasi.

Kitob sizning do’stingiz, usiz qo’llarsiz.

Qishloqdagi kitob kulbadagi derazaga o’xshaydi.

Kitob baxtda chiroy ochadi, baxsizlikda tasalli beradi.

Kitob aql uchun – ko’chatlar uchun iliq yomg’ir kabi.

Kitob – hayot ko’zgusi.

Kitob – bu kitob – janjal: biri o’rgatadi, boshqasi azoblaydi.

Kitob band qiling va fikringizni o’zgartiring.

Kitob kichik, lekin menga aql berdi.

Kitob – bilim olamiga ko’prik.

Kitob asal emas, lekin hamma oladi

Kitob sabzi emas, balki o’ziga ishora qiladi

Kitob samolyot emas, balki sizni uzoq mamlakatlardan olib ketadi

Kitob shlyapa emas, balki bosh bilan tanlangan.

Kitob suvga o’xshaydi: yo’l hamma joydan o’tadi.

Kitob ishda, qiyinchilikda yordam beradi.

Kitob dunyoda qanday yashashni o’rgatadi.

Kitob yakhshi, lekin o’qituvchilar yomon.

Kitoblar gapirmaydi, haqiqatni aytadi.

Kitoblar hurmatga sazovor bo’lishni yoqtirmaydi, lekin o’qilganda sevadi.

Men kitoblarni sotdim, lekin kartalarni sotib oldim.

Kitob o’qing, lekin biznesni unutmang

Kitob o’qish – chiroyli o’ynash emas.

Siz qanotlarda uchgandek kitob o’qiysiz

Kitob eng yaxshi do’st.

Kitob sahifalari kirpikka o’xshaydi – ko’zlar ochiladi.

Kitob kimga – o’yin -kulgi va kimga – talim.

Kim ko’proq ko’rgan bo’lsa, qo’lida kitoblar bo’ladi.

Kim az va olxani bilsa, qo’lida kitoblar

Kim ko’p o’qisa, ko’p narsani biladi.

Men ko’p o’qiganman, lekin ozini hisobga olganman

Kitobsiz monastir – qurolsiz qala

Kankasiz baliq tutish va kitobsiz o’qish – behuda mehnat.

O’qiganlarning hammasi ham o’qishning kuchini bilmaydi.

Kitob yozilishda qizil emas, balki qizil rangda

Kitobda faqat tepalar etarli bo’lganda o’qish yaxshi emas.

Bir kitob boyitadi, ikkinchisi esa adashtiradi

Bitta kitob ming kishini o’rgatadi.

Bitta yaxshi kitob har qanday xazinadan yaxshiroqdir.

Men yangi kitob o’qidim, do’stim bilan uchrashdim.

Kengashdan taxtaga o’qing.

Kitoblar bilan bilish – bu aql -idrokka ega bo’lishdir.

Kitob bilan yashash – bir asr qayg’urmaslik.

Kitobsiz aql qanosiz qushga o’xshaydi

Siz kitobdan aqlli deb ayta olmaysiz

Non tanani oziqlantiradi, kitob esa ruhni oziqlantiradi

Yaxshi kitob – bu sizning eng yaqin do’stingiz.

Yaxshi kitob – bu mening hamrohim va do’stim; bo’sh vaqt siz uchun qiziqroq.

Yaxshi kitob – insonning birinchi do’sti.

Yaxshi kitob yulduzchadan ko’ra yorqinroq porlaydi

Yupqa xat – bu odam uchun vayronagarchilik.

O’qish – eng yaxshi talim.

Китоб ҳақида қизиқарли фактлар

— Имом ал-Бухорий 600000 ҳадис тўплаб, шундан 100000 саҳиҳ, 200000 заиф ҳадисни ёдлаган. Бу ҳадисларни тўплашда 90000 дан ошиқ кишининг ҳузурида бўлиб чиққан.

— Аёллар эркакларга қараганда кўп (68 %) китоб сотиб оладилар.

— Дунёда сотиладиган китобларнинг ярмидан кўпини 45 ёшдан ошган кишилар сотиб оладилар.

— Италиялик Рио Козелли энг зерикарли китобларни тўплайди. Унинг коллекцияси 10000 жилддан иборат. Бир омадсиз итальян шоири китоби Козелли коллекциясидан ўрин олганини билгандан сўнг, ўзини ўзи ўлдиришига бир баҳя қолган.

— Қамоқда ёзиш режаси тузилган китоблар орасида Сервантеснинг «Дон Кихот», Жон Баняннинг «Авлиёнинг саёҳати», Оскар Уайльднинг «Қамоқдаги истиғфор», Николо Макиавеллининг «Ҳукмдор» асарлари мавжуд.

— Битта роман ёзиш учун 500 соат кетади.

— Жамоа билан китобни овоз чиқариб ўқиш бўйича энг узоқ давом этган марафон 224 соат кечган.

— Фанда китоб ўғриларини библиоклептоман дейилади. Дунёдаги энг машҳур китоб ўғрисининг исми — Стивен Блумерг. У 270 кутубхонадан 23000 нодир китобларни ўғирлаган. Унинг «коллекция»си нархи 20 миллион доллардан ошади.

— Дунёдаги энг катта луғат «Немис луғати» («Deutsches Wortetbuch») бўлиб, у 1854 йили Якоб ва Вильгельм Гримм томонидан бошланган. Бу ишга кейинчалик турли олимлар ҳисса қўйшиб, 1971 йили якунланган. 33 жилдли ушбу луғат 34519 бетдан иборат.

— Барча замон ва халқларнинг энг машҳур ёзувчиси Агата Кристидир. Унинг детектив ҳикоялари 50 дан ортиқ тилда ҳаммон чоп этилмоқда. Кристининг нашр этилган китоблари нусхаси 2 миллиарддан ошади.

— Дунёдаги энг оғир китоб Британия музейида сақланувчи XVII асрга оид географик атласдир. Унинг бўйи 1,9 метр, оғирлиги 320 килограммдир.

— Google дунёда чоп этилган барча бадиий, публицистик, илмий асарлар сонини ҳисоблаб чиққан. Уларнинг сони 130 миллиондан ошади.

— Наполеон дақиқасига 2000 та сўзни ўқий олган.

— Дунёдаги энг машҳур китоб қаҳрамони — Наполеондир. У ҳақда 10000 дан ортиқ турли жанрдаги китоблар ёзилган.

— 95 % инсонлар дақиқасига 210 сўз ёки 2 дақиқада 1,5 саҳифа китоб ўқийдилар.

— Бальзак ярим соатда 200 бет китоб ўқиган.

— Маълумки, қадимда китоб жуда қиммат бўлган. 18-асргача баъзи кутубхоналарда китоблар ўғирланмаслиги учун занжирга боғлаб қўйилган.

— Китобни секин ўқилганда 100 фоиз матн тушунилмайди, фақатгина 60 фоиз англанади, аксинча, тез ўқилганда матннинг 80 фоизи тушунилади.

— Аксарият ўқувчилар китобнинг 18-бетидаёқ унга қизиқишни йўқотадилар.

— Дунёдаги энг катта гонорар Рим императори Марк Аврелий томонидан шоир Оппианга тўланган. Унинг балиқ тутиш ва ов ҳақидаги достонининг ҳар бир сатри учун 1 олтин танга ҳадя қилинган. Унинг икки достони 20 000 байтдан иборат.

— Адабиётчиларнинг ҳисоб-китобларига кўра, Шекспир асарларидан «севги» сўзи 2259 марта, «нафрат» сўзи эса 229 марта такрорланган.

— Болани ўқишга ўргатиш учун энг қулай пайт — 4-6 ёшлик пайтидир. Болани 7 ёшдан ўқишга ўргатиш бироз қийин кечади.

— Бастилия маҳбуслари фақатгина одамлар бўлмаган. Бир марта Дидро ва Д`Аламбернинг «Француз энциклопедияси»ни дин ва жамият ахлоқига зарар келтиргани учун «қамаб қўйганлар».

— Дунёдаги энг қиммат бадиий асар Леонардо да Винчи томонидан кўчирилган «Лейчестер кодекси» китобидир. Уни «Майкрософт» асосчиси Билл Гейтс 1994 йили Нью-Йоркдаги «Сотбис» аукционидан 30,8 миллион долларга сотиб олган.

— Дунёдаги энг катта китоб ҳолида чоп этилган мажмуа Ирландия университети томонидан 1968-1972 йилларда чиқарилган 1112 жилдли «Британия парламенти ҳужжатлари»дир. Тўлиқ мажмуа 3,3 тоннани ташкил этади. Уни тўлиқ ўқиб чиқиш учун 6 йил кетади.

— Дунёдаги энг қадимий китоб Присс папирусидир. У эрамиздан аввалги 3350 йили ёзилган. Ушбу қўлёзма уни 1839 йили Фивадан топган Эмиль Присс шарафига шундай номланган. Қўлёзма муаллифи — фиръавннинг вазири Пта-Готеп. У ёшларнинг тарбиясизлиги, дангаса ва ахлоқсизлигидан нолиган.

— Ҳозирги пайтда дунёдаги энг катта китоб — «Бу — Муҳаммад (с.а.в.)» деб номланган бўлиб, оғирлиги 1,5 тоннадир. Китоб 429 саҳифадан иборат. Уни 9 ой давомида 50 киши тайёрлаган. 2,7 миллион доллар сарфланган. Китоб Дубайдаги савдо марказида сақланади.

— Машҳур голланд врачи Герман Бурхавенинг «Тиббиёт санъатининг ягона ва теран сирлари» номли китоби муаллиф ўлимидан сўнг 1738 йили 10000 доллар олтинга аукционда сотилган. Бежирим безалган ва ғилофланган китоб очилганида унинг барча саҳифалари бўш эди. Фақатгина илк саҳифасида шундай ёзилган эди: «Бошингни совуқда қолдирсанг ҳам оёғингни иссиқ тут. Шундагина сен энг зўр врачларни ҳам камбағал қиласан».