Press "Enter" to skip to content

Ingliz va o’zbek tillaridagi maqollar tarjimasidagi adekvatik muammolar Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

Ingliz va o’zbek tillaridagi maqollar tarjimasidagi adekvatik

Kitob haqida inglizcha maqollar

03 ноября 2013

Ingliz xalq maqollari (608)

Inglizlar (britanlar, o‘zlarini inglish deb ataydilar) — Buyuk Britaniyaning asosiy aholisi. Umumiy soni (48,8 mln. kishi, 2004), jumladan, Buyuk Britaniyada 44,7 mln. kishi, Kanadada 1 mln. kishi, Avstraliyada 940 ming kishi, AQShda 650 ming kishi, JAR da 230 ming kishi, Hindistonda 200 ming kishi, Yangi Zelandiyada 188 ming kishi yashaydilar. Ingliz tilida gaplashadi. Dindorlari, asosan, anglikanlar (25 mln. kishi), katoliklar (3,5 mln. kishi), protestantlar. Yevropeoid irqiga mansub.

• Kitobsiz uy ruhsiz tanaga o‘xshaydi.
• “Ertaga” hech qachon kelmaydi.
• Yaxshi kitobdan ortiq haqiqiy do‘st yo‘q.
• Buyuklikdan telbalikkacha ― bir qadam.
• Eng yaxshi vinoda ham zahar bo‘ladi.
• Jahling chiqsa, erinmay yuzgacha sana.
• Kulsang butun dunyo sen bilan kulsin, yig‘lasang yolg‘iz yig‘la.
• Har bir odam o‘z baxtining me’mori.
• Taqiqlangan mevalar shirin bo‘ladi.
• Qisqalik ― aqlning qalbi.
• Agar it boqsang, o‘zing hurima.
• It bilan yotgan burga bilan uyg‘onadi.
• Bukrining ustidan kulgan o‘zi doim to‘g‘ri yurishi lozim.
• O‘ylamasdan gapirish, nishonga olmay o‘q otishga o‘xshaydi.
• Telbalar aqllilarning yetti yilda javob berolmagan savollarini bir kunda so‘raydilar.
• Shuhrat qobiliyatning soyasidir.
• Olmos olmos bilan kesiladi.
• Do‘zax ezgu ishlar bilan o‘ralgan.
• Ishtaha ovqat payti keladi.
• Balo ― yaxshi o‘qituvchi.
• Falokat kamdan-kam holatda bir o‘zi keladi.
• Moli kam odam kambag‘al emas, ko‘p mol istovchi odam kambag‘al.
• Do‘stlari yo‘q odam eng kambag‘aldir.
• Kambag‘allik uyat emas, nochorlikdan uyalish ― uyat.
• Kambag‘allik gunoh emas.
• Kambag‘al tanlab o‘tirmaydi.
• Umidsiz yurak yorilib o‘lardi.
• Asalarisiz asal ololmaysan, ishlamasdan pul ololmaysan.
• Mehnatsiz daromad yo‘q.
• Mashaqqatsiz muvaffaqiyat yo‘q.
• Faqat o‘liklargina gunoh qilmaydilar.
• Bekorchilikdan aql o‘tmaslashadi.
• Yog‘ surtilgan noningni avayla.
• Indamas itdan va sokin suvdan ehtiyot bo‘l.
• Qurigan quduqdan suv tortish befoydadir.
• Farovonlik do‘stlikni paydo qiladi, qiyinchilik uni sinaydi.
• Ehtiyotkorlik qahramonlikning eng asosiy qismidir.
• Xayr-ehson o‘z uyingdan boshlanadi.
• Harakat qilganga Xudo ham yordam beradi.
• Boylik ― katta qullikdir.
• Sog‘liksiz boylik hech narsadir.
• Boylik uchib ketadi, hurmat-ehtirom qoladi.
• Haqiqiy do‘stlari bor odam boydir.
• Kasallik ― ko‘ngilxushlikning badalidir.
• Vaysaqi odam o‘g‘ridan battardir.
• Katta baliq kichiklarini yeb bitiradi.
• Kam ish qilgan ko‘p maqtanadi.
• Katta kema chuqur dengizni talab qiladi.
• Uylanish ― bu lotereya.
• Nikoh osmonda o‘qiladi.
• Va’da berishga emas, uni bajarishga shoshil.
• Buqa shoxidan, odam tilidan tutiladi.
• Katta shahar ― katta yolg‘izlik uyasidir.
• Yopiq og‘izga pashsha kirmaydi.
• Sog‘ tanda ― sog‘lom ruh.
• Har qonundan yo‘l topsa bo‘ladi.
• Kichik tanada katta qalb yotadi.
• Qancha tutilgan bo‘lmasin, dunyoda hali ko‘pgina yaxshi baliqlar bor.
• Yumshoq buyruqda buyuk kuch bo‘ladi.
• Asrlar bo‘yi tiklangan binoni bir soatda vayron qilish mumkin.
• Ilojsizlik paytida qo‘rqoq mardga aylanishi mumkin.
• Sokin dengizda hamma ham sarbon bo‘la oladi.
• Qorong‘ida hamma mushuklar kulrang ko‘rinadi.
• Rimda o‘zingni rimliklar kabi tut.
• Muloyim inkor qo‘pol rozilikdan yaxshidir.
• Buyuk ishlar abadiy turadi.
• Tuya o‘ziga shox qidirib, qulog‘idan ayrilibdi.
• Haqiqiy do‘st barcha dardlaringga davodir.
• Quvnoq kayfiyat ― eng yaxshi dori.
• Shamolni to‘r bilan tutib bo‘lmaydi.
• Sharob kirsa, aql chiqadi.
• Hayotning go‘zalligi ― xilma-xillikda.
• Tashqi ko‘rinish aldamchidir.
• Urush ― qirollarning ko‘ngilxushligidir.
• Urush uni bilmagan insonlarni o‘ziga chorlaydi.
• Urush baxtsizlik keltiradi.
• Bo‘ri terisini tashlashi mumkin, lekin fe’lini tashlamaydi.
• Bo‘ri bo‘ri bilan hech qachon urushmaydi.
• O‘g‘ri doim o‘g‘riligicha qoladi.
• Qarg‘a qarg‘aning ko‘zini o‘ymaydi.
• Har kun ham yakshanba bo‘lavermaydi.
• Tabib bemor o‘lganda keladi.
• Vaqtlar o‘zgaradi.
• Vaqt ― buyuk tabib.
• Hammasini vaqt davolaydi.
• Vaqt va to‘lqin hech kimni kutmaydi.
• Vaqt va sabr tutni ipakka aylantiradi.
• Vaqt uchadi.
• Vaqt mo‘‘jizalar yaratadi.
• Hamma ayollar yaxshi. Lekin yomon xotinlar qayerdan paydo bo‘ladi?
• Hamma yo‘llar Rimga olib boradi.
• Ko‘p xohlasang ko‘p yo‘qotasan.
• Har narsaning boshlanishi bor.
• Hamma eshaklar quloq silkitadi.
• Kutishni bilgan hammasiga erishadi.
• Har yaxshilikning oxiri bor.
• Xohish bilan qilingan ish tez bitadi.
• Har ishning o‘z vaqti va joyi bo‘ladi.
• Har ona g‘ozchasini oqqush deb ataydi.
• Hamma qush o‘z inini sevadi.
• Hamma eshak o‘z hangrashini eshitishni xush ko‘radi.
• Ikkinchi fikr birinchisidan yaxshi.
• Qayerda ifloslik bo‘lsa, shu yerda pul yotadi.
• Ko‘z qorindan kattadir.
• Ko‘z ― ko‘ngil oynasi.
• Do‘stning ko‘zi ― eng yaxshi oyna.
• Xalq ovozi ― Haq ovozi.
• Eng axmoq qush ― inini bulg‘agan qushdir.
• Eng esi past baliq ― bir qarmoqqa ikki marta ilinganidir.
• Ahmoq va esi pastlar haqiqatni gapiradilar.
• G‘azab ― insonning ashaddiy dushmanidir.
• G‘azab ― qisqa jinnilikdir.
• Chirigan olma qo‘shnilarini ham buzadi.
• O‘ylamay gapirish nishonga olmay o‘q otish kabidir.
• Yoshning yelkasiga qarining boshi joylashmaydi.
• Ochlik ― eng yaxshi ziravordir.
• Ochlik tosh devorlarni sindiradi.
• Och qorin eshitmaydi.
• Kutilayotgan choynak hech qachon qaynamaydi.
• Qaynoq sevgi tez yonib, tez so‘nadi.
• Qo‘pollik sevgini o‘ldiradi.
• Qo‘pol so‘z suyakni sindirmaydi.
• Oltin yuklangan eshak qasr tomiga chiqa oladi.
• O‘zing tanlagan yukni qiynalmay ko‘tarasan.
• Pul va kir birga yuradi.
• Hatto Gomer ham bexosdan uxlab qolishi mumkin.
• Sukut qilib ham xato qilish mumkin.
• Hatto Quyoshning ham dog‘i bor.
• Eng zo‘r baliqning ham uch kundan keyin hidi kelib qoladi.
• Shakar bilan ham shirin ovqatni buzish mumkin.
• Ahmoqqa keragicha arqon bersang, o‘zini osadi.
• Ko‘zdan uzoq ― yurakdan uzoq.
• Hadya otning og‘ziga qarama.
• Ikki qoradan bir oq paydo bo‘ladi.
• Ikki o‘lchab, bir kes.
• Ikkita kalla, bitta boshdan yaxshidir.
• Ikkita it suyak uchun urushsa, uchinchisi uni tortib olib qochadi.
• Bir suyak ikki itga yetadi.
• Eshik yopiq bo‘lishi kerak yoki ochiq.
• So‘zga emas, ishga boq.
• Mehnat ― hayotning tuzidir.
• Pul ― yaxshi xizmatchi, ammo yomon xo‘jayindir.
• Pul gapiradi.
• Pulning hidi bo‘lmaydi.
• Pul pulni tug‘adi.
• Ta’lim uchun sarflangan pul hech qachon behudaga ketmaydi.
• Daraxtni yoshligida egsa bo‘ladi.
• Daraxtning qandayligi mevasidan bilinadi.
• Bolalar ― kambag‘allarning boyligidir.
• Jek ko‘p hunarlarni biladi, lekin birontasidan usta emas.
• Boylar uchun bir qonun, kambag‘allar uchun boshqa qonun.
• Janjal uchun ikki kishi kerak.
• Ezgu nom ― zulmatda ziyo.
• Ezgu qalb ― tojdan qimmat.
• Birdaniga ikki quyon ortidan yugursang, bittasini ham tutolmaysan.
• Kitoblar va do‘stlar oz bo‘lmog‘i lozim, faqat ular yaxshi bo‘lsa bas.
• Qarz ― kambag‘allikning eng yomon ko‘rinishi.
• Yaxshi yashagan uzoq yashaydi.
• Qiyinchilik paytidagi do‘st ― eng yaxshi do‘st.
• Do‘stingning senga yordami kerak bo‘lmagunicha uning qandayligini bilmaysan.
• Boshqa davr ― boshqa fe’l-atvor.
• Do‘stlar sening vaqtingni o‘g‘irlaydi.
• Yetishmovchilik haqida emas, o‘zingda bori haqida o‘yla.
• Ahmoq o‘z pullari bilan tez boyib ketmoqchi bo‘ladi.
• Bitta ahmoq quduqqa tashlagan toshni yuzta dono topa olmaydi.
• Nodon bir soatda bergan savollarga dono yetti yilda javob beradi.
• Ahmoqlar omadli bo‘ladi.
• Ahmoq suvsiz ham o‘saveradi.
• Telba telbaligicha qoladi.
• Ahmoqlar ularga yaxshi payt qachonligini bilmaydilar.
• Ahmoqlar farishtalar kirishga qo‘rqadigan teshiklarga ham kirib chiqadilar.
• Yomon xabarning qanoti bo‘ladi.
• Shaytonning hamma bilgani uchun u ― qari.
• Shayton uni chizganlaridek qop-qora emas.
• Agar hamma narsani ikki marta qilish imkoni bo‘lganda hamma dono bo‘lib ketardi.
• Agar xohishlar tulpor bo‘lganida kambag‘allar hammadan tepada yurardilar.
• Agar mening xolam erkak bo‘lganida, u mening tog‘am bo‘lardi.
• Agar bulut bo‘lmaganida biz Quyoshdan bahra ololmasdik.
• Agar ikki kishi bir otni minmoqchi bo‘lsa, albatta bittasi orqada o‘tiradi.
• Nonushtagacha kulib olsang, kechki ovqatgacha yig‘laysan.
• Xohish bo‘lsa, uni bajarishga sabab topiladi.
• Uch kishi bilgan sirni hamma biladi.
• Meni bir marta aldashsa, yolg‘onchi aybdor; agar ikki marta aldashsa, ayb o‘zimda.
• Erta tursang, ishing tez bitadi.
• Raqsga tushayapsanmi, skripkachini ham rozi qil.
• Agar biron ish ko‘nglingdagidek bajarilishini istasang, uni o‘zing bajar.
• Gapirishning ham, sukut saqlashning ham o‘z vaqti bor.
• Ehtiyoj bo‘lsa ham, bo‘lmasa ham cho‘chqa hurhurlayveradi.
• Kuniga bir dona olma yesang, senga tabibning hojati yo‘q.
• Oshqozonni yaxshi so‘z bilan to‘ldirib bo‘lmaydi.
• Tikuvchining xotini hammadan yomon kiyinadi.
• Sezarning xotini gumondor bo‘lmasligi kerak.
• Yasha va boshqalarni ham yashashga qo‘y.
• Yasha va o‘rgan.
• Yeyish uchun yashama, yashash uchun ye.
• Hayotiy malaka ― donolikning onasi.
• Hayot ― sokin suvdagi suzishdek oson emas.
• Hayot faqat pivodan iborat emas.
• Hayot qisqa, vaqt tez.
• Agar ruhing tushmasa, hayot ― go‘zal.
• Hayot mayda narsalardan iborat.
• Chiroyli yuzda chirigan qalb ham yashiringan bo‘lishi mumkin.
• Omadsizlik ortidan doim omad ergashib yuradi.
• Oshpaz ovqatni sho‘r qilsa ― so‘kadilar, tuzi past bo‘lsa ― uyaltiradilar.
• Poygada har doim ham eng tezkor ot yutmaydi, urushda har doim ham eng kuchli yutavermaydi.
• Do‘stlar orasidagi ayriliq mehrni mustahkamlaydi.
• Rashk xordiq bilmaydi.
• Rashk boshqalarga o‘q otib, o‘zini yaralaydi.
• Shaytonni gapirsang, u paydo bo‘ladi.
• Xo‘roz qichqirmasa ham tong otaveradi.
• Itni urmoqchi bo‘lsang, tayoq tez topiladi.
• Sog‘lik boylikdan afzal.
• Kasallik kelmagunicha sog‘likning qadri bo‘lmaydi.
• Yomon odam atrofidagilarga qaramay og‘zining tanobini keng ochadi.
• Kuch ― birlikda.
• Bilim og‘irlik qilmaydi.
• Hamma narsani bilish ― hech narsani bilmaslikdir.
• Tomoshabinlar o‘yinchidan ko‘ra ko‘proq narsani ko‘radi.
• Baliq ham, davra ham uch kundan so‘ng ayniydi.
• Eng uzun kunning ham oxiri bor.
• Yaxshi sigirdan ham yomon buzoq tug‘ilishi mumkin.
• Eng yaxshi o‘qotar ham adashishi mumkin.
• Daryo bo‘ylab yursang, dengizga ham chiqasan.
• Toshdan qon chiqarib bo‘lmaydi.
• Kichkina uchqundan katta yong‘inlar yuzaga keladi.
• Hech narsadan hech narsa chiqadi.
• Yomon matodan yaxshi kiyim tikolmaysan.
• Ikki yomonlikdan kichikrog‘ini tanla.
• Yomonlikdan qoch; yomonlik ham sendan qochadi.
• Yo tuz, yo buz.
• Yo suzaman, yo cho‘kaman.
• Ehtiyojingdan tashqarisiga ega bo‘lsang, ko‘p narsaga egasan.
• Ba’zida qiyinchilik kunlaringni ham eslab turish yoqimli.
• San’at mangu, hayot qisqa.
• Tarix qaytariladi.
• Bilimga oson yo‘l yo‘q.
• Istalgan muammoga ikki tomondan kelish mumkin.
• Kutganga kutgani albatta keladi.
• Har bir katta yo‘qotish kichik daromad bilan birga yuradi.
• Har bir qush o‘z sayrashini eshitgisi keladi.
• Har bir o‘qning o‘z yo‘nalishi bo‘ladi.
• Har bir yostiq o‘z joyida turishi lozim.
• Har bir oilaning shkafida skelet bo‘ladi.
• Har bir it o‘z uyida ― sher.
• Har bir yurak og‘riq nimaligini biladi.
• Har bir oshpaz o‘z sho‘rvasini maqtaydi.
• Har bir odam o‘zi uchun, Xudo ― hamma uchun.
• Har bir odam o‘zini yuqori baholaydi.
• Qanday ovoz bersang, shunday aks-sado eshitasan.
• Qanday eksang, shunday o‘rasan.
• O‘rinni qanday solsang, shunday uxlaysan.
• Qari xo‘roz qanday qichqirsa, kichiklari shuni qaytaradi.
• Kechqurunda quyosh soatining nima hojati bor?
• Ota qanday bo‘lsa, bola ham shunday bo‘ladi.
• Yozuvchi qanday bo‘lsa, kitob ham shunday bo‘ladi.
• Ishchi qanday bo‘lsa, ish ham shunday bo‘ladi.
• O‘qituvchi qanday bo‘lsa, o‘quvchi ham shunday bo‘ladi.
• Xo‘jayin qanday bo‘lsa, xizmatkor ham shunday bo‘ladi.
• Ona qanday bo‘lsa, qizi ham shunday bo‘ladi.
• Daraxt qanday bo‘lsa, mevasi ham shunday bo‘ladi.
• Ota-onalar qanday bo‘lsa, farzandlar ham shunday bo‘ladi.
• Tomchi-tomchi olib, dengizni ham quritishadi.
• Uyga kambag‘allik kirganda sevgi oynadan chiqib ketadi.
• Hamma gapirsa, hech kim eshitmaydi.
• Ikki yunon uchrashsa, urush boshlanadi.
• Ikki tulki uchrashsa, shayton tushlik qilgani ketadi.
• Hasad qalbga kirsa, aql yo‘qoladi.
• Qurol gapirishga tushganda tortishishning keragi yo‘q.
• Soch oqarganda oyoq yurishi ham sustlashadi.
• Uzoq qolib ketsang, seni unutishadi.
• Do‘st so‘raganda “ertaga” degan so‘z o‘tmaydi.
• Yomg‘ir hamma yerga bir xil yog‘adi.
• Mushuk yo‘q bo‘lsa sichqonlar quvnaydilar.
• Cho‘ntak yengil bo‘lsa yurakka og‘iri tushadi.
• Kemada sarbon ko‘p bo‘lsa, u cho‘kadi.
• Do‘stimga qarz berganimda hammasi yaxshi edi, qarzni qaytarishni so‘raganimda bu unga yoqmadi.
• Bir eshik yopilsa, boshqasi ochiladi.
• Bayram ― ish tugagandan so‘ng.
• Ko‘p qo‘l ko‘p ishni bajaradi.
• Aytib bo‘lingan so‘z endi seniki emas.
• O‘lim kelganda uni qaytarolmaysan.
• Rimga borsang rimliklarday yur.
• “Qachondir” ― “hech qachon” degani.
• Musiqa tugadi ― raqs ham tugadi.
• Sigir dumini yo‘qotmasdan turib uning qadrini bilmaydi.
• Qirolning toji bosh og‘rig‘idan saqlolmaydi.
• Ozroq qarz ― mustahkamroq do‘stlik.
• Qo‘lqop kiygan mushuk bironta sichqonni ham tutolmaydi.
• Mushuk qaymoqni o‘g‘irlayotib ko‘zini yumib oladi.
• Mushuk tirnog‘ini yashiradi.
• Fe’li go‘zal odam ― eng go‘zal.
• Go‘zallik sevganingning ko‘zida.
• Go‘zallik o‘ladi, yaxshi amal mangu qoladi.
• Kiyimga qarab mato o‘lcha.
• Kalamushlar cho‘kayotgan kemani tark etadi.
• Ko‘p ishni birdaniga olgan undan ba’zisini tugata oladi, xolos.
• Qo‘rqqan yasholmaydi.
• Tez yegan tez ishlaydi.
• Juma kuni kulgan shanba kuni yig‘laydi.
• Qo‘liga qilich olgan qilich tig‘idan o‘ladi.
• Bo‘ri bilan do‘st bo‘lgan uvillashni o‘rganadi.
• Vaqtdan yutqizgan hamma narsadan yutqizadi.
• Butun umr firibgarlik bilan shug‘ullangan odam ro‘stgo‘y bo‘lib o‘lishi gumon.
• Hammaga do‘st ― hech kimga do‘st emas.
• Birovni hurmat qilmagan o‘zini ham hurmat qilmaydi.
• O‘likning oyoq kiyimini kutgan uzoq vaqt yalangoyoq yuradi.
• Zulm qilgan zulm ko‘radi.
• Noxushlik qidirgan uni doim topadi.
• Kim tishlasa, uni ham tishlashadi.
• Yozda ishlamagan qishda och qoladi.
• Buzgan to‘laydi.
• Daraxtni sevgan uning yaprog‘ini ham sevadi.
• Ko‘p gapirgan kam ish qiladi.
• Ko‘p gapirgan ko‘p adashadi.
• Ko‘p gapirgan ko‘p aldaydi.
• Ko‘p hurigan it umuman tishlamaydi.
• Ko‘p va’da bergan o‘zini quruq qoshiq bilan to‘ydiradi.
• Cho‘qqiga birinchi bo‘lib yetib borgan xohlagan joyida o‘tiradi.
• O‘zini eplolmagan birovni boshqarolmaydi.
• Sukut qilishni bilmagan yaxshi gapirishni ham bilmaydi.
• O‘g‘irlangan moldan xazar qilmaydiganning o‘zi ham o‘g‘ri.
• Achchiqni totmagan shirinning qadriga yetmaydi.
• Maslahat eshitmaydiganga yordam shart emas.
• Xato qilmagan hech narsaga erishmaydi.
• Chaqani asrolmagan so‘mni ham asrolmaydi.
• Ishlamagan tishlamaydi.
• Bir marta tishlangan ikki marta qo‘rqadi.
• Shoshilgan labini kuydirib oladi.
• Birinchi kelganga birinchi bo‘lib xizmat qilishadi.
• Gunoh dengizida suzgan iztirobga cho‘kadi.
• Kim bir marta aldasa, undan yuz yil shubhalanadilar.
• Kim erta tursa, unga omad yor.
• Erta yotish va erta turish odamni boy, sog‘lom va aqlli qiladi.
• Ishtaha bilan yegan ishtaha bilan ish qiladi.
• Ikki kursiga o‘tirgan yerga qulaydi.
• Ko‘p va’da bergan va’dasini bajarmaydi.
• Uxlagan baliq tutolmaydi.
• Senga birovni g‘iybat qilgan seni ham birov oldida g‘iybat qiladi.
• Baxt vaqt bilmaydi.
• Hech narsani xohlamaydigan o‘lib boradi.
• Shayton bilan ovqatlangan odamga uzun qoshiq kerak.
• Tuxumni o‘g‘irlagan sigirni ham o‘g‘irlaydi.
• Yaxshi yashagan uzoq yashaydi.
• O‘z ishini bilgan hammadan yaxshi yashaydi.
• Yong‘oq yeyishni xohlagan uni chaqishi kerak.
• Tuxum olishni xohlagan kurkaga chidashi kerak.
• Marvarid olishni xohlagan dengizga sho‘ng‘ishi kerak.
• Baliq tutishni xohlagan ho‘l bo‘lishdan qo‘rqmasligi kerak.
• Meva yeyishni xohlagan avval daraxtga chiqishi kerak.
• Ko‘p o‘q otgan qachondir albatta nishonga tekkizadi.
• Yaproq egilgan tomonga daraxt ham egiladi.
• Sharafini yo‘qotganga boshqa narsani yo‘qotishning hojati yo‘q.
• Temirni issig‘ida bos.
• Yolg‘onchi rost gapirsa ham ishonmaydilar.
• O‘tgan ishga aqllilar ko‘p topiladi.
• Oson kelgan oson ketadi.
• Maslahat berishdan osoni yo‘q.
• Qurishdan ko‘ra buzish osonroq.
• Bajarishdan ko‘ra aytish osonroq.
• Chiqishdan ko‘ra tushish osonroq.
• Dangasa qo‘y junini og‘ir deb o‘ylarkan.
• Dangasa ― kambag‘alning akasi.
• Yolg‘onchining xotirasi kuchli bo‘lishi kerak.
• Tulki ko‘karishi mumkin, lekin hech qachon yaxshi bo‘lmaydi.
• Tulkini ikki marta bitta tuzoqdan tutolmaysan.
• Chehra ― aqlning tajallisi.
• Yuzma-yuz so‘zlashganda haqiqat oydinlashadi.
• Yolg‘on yolg‘onni tug‘adi.
• Oy itning hurishiga qarab turmaydi.
• Eng yaxshi himoya ― hujum.
• Sherning dumi bo‘lgandan itning boshi bo‘lgan afzal.
• Yomon davradan ko‘ra yolg‘iz o‘tirgan afzal.
• Chalasavod bo‘lgandan umuman o‘qimagan afzal.
• Umuman ko‘r bo‘lgandan bir ko‘z bilan ko‘rgan afzal.
• Kech aytilgan ikkita so‘zdan vaqtida aytilgan bir so‘z afzal.
• Zulm ko‘rgan ezgulikning qadriga yetadi.
• Oxirgi bo‘lib kulgan hammadan yaxshi kuladi.
• Haq gapni belga yashirgandan yuzga aytgan afzal.
• Olgandan bergan afzal.
• Tushirib yuboradigan otni mingandan eshakda yurgan afzal.
• Qarz bilan uyg‘ongandan ovqatlanmay uxlagan afzal.
• Katta achinishdan kichikkina yordam afzal.
• Yondiradigan katta olovdan isitadigan kichik olov afzal.
• Tildan tutilgandan oyoqdan tutilgan afzal.
• Bitta yomon buta tashlandiq daladan afzal.
• Qo‘ldagi bitta qush shoxdagi ikkita qushdan afzal.
• Hechdan ko‘ra kech afzal.
• Hayotni boy bergandan oyoqni boy bergan afzal.
• Kemani yo‘qotgandan langarni yo‘qotgan afzal.
• Bir shilling hadya qilish yarim krona qarz berishdan afzal.
• Boy bo‘lib tug‘ilgandan omadli bo‘lib tug‘ilgan afzal.
• Sharafli o‘lim uyatli hayotdan afzal.
• Yo‘lni so‘rab olgan yo‘ldan adashgandan afzal.
• Doimiy va’da bergandan bir marta rad etgan afzal.
• Yarimta non yo‘qchilikdan afzal.
• Boshidagi kulgudan oxiridagi tabassum afzal.
• Tizzada yashagandan tikka turib o‘lgan afzal.
• Bir tomonning katta g‘alabasidan kichkinagina tinchlik afzal.
• Pismiq do‘stdan ochiq dushman afzal.
• Ertangi tovuqdan bugungi tuxum afzal.
• Sevgi va yo‘talni yashirib bo‘lmaydi.
• Sevgini hech qanday giyoh bilan davolab bo‘lmaydi.
• Meni qattiq, lekin uzoq sev.
• Meni sevsang itimni ham sev.
• Sevgi hamma narsani mag‘lub qiladi.
• Sevgi yo‘lini topib oladi.
• Sevgi qafasda ham, saroyda ham yashaydi.
• Sevgi yosh tanlamaydi.
• Sevgini bozordan sotib olib bo‘lmaydi.
• Sevgi ― o‘limdan kuchli.
• Sevgining ko‘zi ko‘r.
• Sevgi yurakni yumshatadi.
• Qiziquvchanlik mushukni o‘ldirdi.
• Odamlar uchrashishi mumkin, lekin tog‘lar uchrashmaydi.
• Odamlar ko‘pincha o‘zlariga yoqmaydigan narsalarga ishonmaydilar.
• Odamlar o‘z ishlariga kelganda ko‘rdirlar.
• Kichkina teshik katta kemani cho‘ktiradi.
• Kichkina kaptarlar katta xabarlarni eltishga qodir.
• Kichkina bolaning g‘ami ham kichik, kattasiniki ― katta.
• Kichkina ip bilan kichik qushni bog‘lash mumkin.
• Oz-oz yig‘ilib, kissa ham to‘ladi.
• Kichkina bolta katta daraxtni yo‘qotadi.
• Ona o‘z sevgisi bilan ba’zida bolani buzishi mumkin.
• Asal eshak uchun emas.
• Asta-sekin ishla, lekin to‘g‘ri ishla.
• Sekin va aniq harakat bilan poygada yengish mumkin.
• Tili asal, yuragi zahar.
• Va’da va uning bajarlishi orasida bir qiz unib-o‘sib, turmushga chiqadi.
• Kichkina o‘g‘rilarni osadilar, kattalarini qutqaradilar.
• Kam gapirsang aqlli bo‘lasan.
• Ozroq qadam ― katta tezlik.
• O‘lik sherning soqolidan quyonlar ham tortishi mumkin.
• Dunyo ko‘pchilikdan tuzilgan.
• Fikrlar xilma-xil bo‘ladi.
• Ko‘pgina go‘zal idishlar bo‘sh turadi.
• O‘zlari kesib tashlamoqchi bo‘lgan qo‘lni o‘padilar.
• Ko‘p ― demak yomon.
• Ko‘prik ostidan qancha suvlar o‘tib ketdi.
• Hech narsadan ko‘pgina shovqin.
• Tilini tishi bilan ushlay oladigan odam eng kuchlidir.
• Leopard dog‘ini yo‘qota oladimi?
• Meni aka desang mayli, lekin haqiqiy aka bo‘la ko‘rma.
• Otni sug‘orishga olib borishing mumkin, lekin uni ichishga majbur qilolmaysan.
• Mening uyim ― mening qo‘rg‘onim.
• Indamas it xavfli bo‘ladi.
• Indamas nodonni dono deb o‘ylaydilar.
• Sukut ― oltin.
• Sukut ― rozilik alomati
• Oxiri yaxshilik bilan tugagan ishgina ezgudir.
• Donolik hayot tajribasidan kelib chiqadi.
• Erkakning yoshi ― o‘zi his qilganicha, ayolning yoshi ― ko‘rinishida.
• Erkaklar uyni barpo qiladi, ayollar ― o‘choqni.
• Musiqa bo‘lmasa raqs ham bo‘lmaydi.
• Biz o‘zimiz xohlagan narsalarga ishonamiz.
• Biz hammamiz fikr qullarimiz.
• Yo‘qotmasdan oldin yaxshining qadriga yetmaymiz.
• Quduq qurimasidan suvning qadri bilinmaydi.
• Bittagina ini bo‘lgan sichqonni tutish oson.
• Mushuklar yo‘q joyda sichqon hokim.
• Shirin javob jahlni sovutadi.
• Yumshoqlik va qisqalik ― ojizlik emas.
• Oq otning dog‘lari tez bilinadi.
• Yomonlikka yaxshilik bilan javob ber.
• Har bir “nima uchun”ga “chunki” bor.
• Oraliq masofadan yaxshiroq sevasan.
• O‘z qayig‘ingda o‘zing eshkak esh.
• O‘z vaqtida maslahatni yaxshi eshitmaydilar.
• Umid ― kambag‘alning noni.
• Umid ― yaxshi nonushta, lekin yomon tushlik.
• Umid cho‘kmaydi.
• Yaxshilikka umid qil, lekin yomonlikka ham tayyor tur.
• Narsalarni o‘z nomi bilan ata.
• Baxt topish oson, uni saqlab qolish qiyin.
• Bo‘ysunishni o‘rgansang, boshqarishni ham o‘rganasan.
• Qovog‘i solingan do‘st kulgan dushmandan afzal.
• Bir ishni boshlashgan avval uning oxirini rejalashtir.
• Yotgan odamni urma.
• Qarz ham olma, qarz ham bera, shunda tinch yashaysan.
• Kapalakni o‘ldirish uchun qurol ishlatma.
• Marvaridni cho‘chqaning oldiga otma.
• Bir qonun boylar uchun, boshqasi kambag‘allar uchun.
• Ertalabki bir soat kechqurungi ikki soat bilan barobar.
• Yolg‘iz odam ― deyarli hech kim.
• Hammaga ishonish hech kimga ishonmaslikdir.
• Yolg‘iz qo‘y bo‘riga yem bo‘ladi.
• Bir dard boshqasini belida ko‘tarib yuradi.
• Bir tomchi zahar bir bochka vinoni zaharlaydi.
• Bir qaldirg‘och bilan bahor kelib qolmaydi.
• Yolg‘on yolg‘onni tashiydi.
• Yuzta kuchli qo‘ldan bitta aqlli bosh afzal.
• Bir halqa uzilsa, zanjir ishdan chiqadi.
• Bugungi bir, ertangi ikkidan afzal.
• Tinch suv va indamas itdan qo‘rq.
• Kech qolish ― ming xil noqulayliklarning otasi.
• Tajriba ― eng yaxshi muallim.
• Eshakka oltin yuklangan bo‘lsa ham u eshakligicha qoladi.
• Ehtiyotkorlik ― jasurlikning eng yaxshi qismi.
• Birinchi bo‘lib tosh otma.
• Uxlayotgan sherni uyg‘otma.
• Uxlayotgan itni uyg‘otma.
• O‘zingni sichqondek tutma; mushuk yeb ketadi.
• Katta yo‘qotishda ham oz bo‘lsa-da foyda bo‘ladi.
• Tutunsiz olov bo‘lmaydi.
• Bir ko‘rishdayoq sevib qolma.
• Yarqirayotgan hamma narsa ham tillo emas.
• Cherkovga borayotgan hamma ham gunohsiz emas.
• It hurigan hamma ham o‘g‘ri emas.
• Hamma non ham bir tandirdan emas.
• Birinchi bo‘lish hammaga emas.
• Rahbar bo‘lish hammaga emas.
• Eshitganingning yarmiga ishon, har ko‘rgan narsangga ishonaverma.
• Raqsga tushayotgan hamma ham baxtli emas.
• Toza suv topmaguningcha kir suvni ichma.
• Hali baliqni tutmasdan sousni tayyorlama.
• Tutilmagan baliqni qovurma.
• Savol berma ― yolg‘on eshitmaysan.
• Quyoshni ko‘rish uchun chiroq yoqma.
• Olov bilan o‘ynashma.
• Har kun ham yakshanba emas.
• Hamma tuxumni bir savatga solma.
• Chiroyli kostyum kiygan yigit jentlmen bo‘lib qolmaydi.
• O‘rmondan chiqmasdan “ura!” dema.
• Tishlashni bilmasang tishingni ko‘rsatma.
• Oqimga qarshi suzma.
• Shayton eshik qoqqanda uni ocha ko‘rma.
• Ko‘prikka yetmasdan turib, undan o‘tishga urinma.
• Hozir ishing yurishmasa, keyin albatta yurishadi.
• Tulkini g‘ozlarni qo‘riqlashga qo‘yma.
• Qidirmasang ― topmaysan.
• Bo‘rini qo‘ylarga qorovul qilma.
• Mushukni qaymoqqa jo‘natma.
• Ayiqni tutmay turib uning terisini sotma.
• Oldinga yurmaslik ― orqaga ketishlik.
• Osilgan odamning uyida arqon so‘zini tilingga olma.
• Hech kim ajablanmaydigan narsani isbot etishga urinma.
• Tavakkal qilmasang ― yutmaysan.
• Baland otga o‘tirma.
• Sichqondan qutulish uchun uyingni yoqma.
• Hadya qilingan otning og‘ziga qarama.
• Qo‘shiq aytmasang ― ovqatlanmaysan.
• Aravani otning oldiga qo‘yma.
• Odamlar oldida kir kiyimingni yuvma.
• Kitobning muqovasiga qarab baho berma.
• Odamlar va narsalarga birinchi taassurotdan baho berma.
• Birovning ayblarini kovlama, senikini ham kovlamaydilar.
• Odam faqat non bilangina yashamaydi.
• Va’da berishga shoshilma, agar va’da bergan bo‘lsang, uni bajarishga shoshil.
• Do‘st tanlashda shoshilma.
• Moli kam kambag‘al emas, ko‘p xohlaydigan ― kambag‘al.
• Baliqqa suzishni o‘rgatma.
• Dushmanning o‘ligini ko‘rmaguningcha maqtanma.
• Do‘stingdan ayrilishni xohlamasang, u bilan hazillashma.
• Kichkina teshik katta kemani cho‘ktirishi mumkin.
• Qisqichbaqani to‘g‘ri yurishga majbur qilolmaysan.
• Tuxumni sindirmasdan quymoq tayyorlolmaysan.
• Ikkita narsaga birdaniga sig‘inolmaysan.
• Ovqat paytidagi do‘stlik uzoqqa cho‘zilmaydi.
• Odamning kamchiligi peshonasiga yozib qo‘yilmagan.
• Muhabbat kam joyda kamchiliklar ko‘p.
• Ko‘p odamlar daraxtlar sabab o‘rmonni ko‘rolmaydilar.
• Ikki joyda birdaniga bo‘lish mumkin emas.
• Kechagi kunni qaytarib bo‘lmaydi.
• Soatni orqaga qaytarib bo‘lmaydi.
• Daraxtga po‘stlog‘iga qarab baho berma.
• Hasadning sevgiga o‘xshab ko‘zi ko‘r.
• Tund havo ochiq havo bilan almashadi.
• Ehtiyotkorlik ― qobiliyatning onasi.
• Aytilmagan mehmon o‘zi bilan kursisini olib kelsin.
• Chaqirilmagan mehmondan xursand bo‘ladilar ― u ketganda.
• Baxtsizlik ― buyuk muallim.
• Baxtsizlik bir o‘zi kelmaydi.
• Baxtsizlik bizga baxt nimaligini o‘rgatadi.
• Baxtsizlik eng baxtiyor oilalarga tashrif buyuradi.
• Eshitishni xohlamaydigan odam ― eng kar.
• Ko‘rishni xohlamaydigan odam ― eng ko‘r.
• O‘z uyingdan ortiq yaxshi joy yo‘q.
• Eski do‘stlar va eski vinodan ortiq yaxshi narsa yo‘q.
• Sukutdan ortiq aqlli narsa yo‘q.
• Mustasnosiz qoida yo‘q.
• Tikansiz atirgul yo‘q.
• To‘kilgan sut uchun yig‘lashdan ne foyda?
• Omadsizlik muvaffaqiyatga erishishni o‘rgatadi.
• Sen qachondir suv ichgan buloqqa axlat tashlama.
• “Deyarli” so‘zini aytish hech qachon zararli emas.
• Dushmaningga hech qachon oyog‘ing og‘riyotganini aytma.
• Hech qachon “umr tugadi” dema.
• Bugun bitirish mumkin bo‘lgan ishni hech qachon ertaga surma.
• Hech qachon baliqqa suzishni o‘rgatishingni taklif qilma.
• Hech qachon insonning yuziga qarab baho berma.
• Erishmagan pulingni ishlatishga shoshilma.
• Har qanday ishni hech qachon yarmigacha bajarma.
• Hech kim xatodan xoli emas.
• Hech kim dono yoki olim bo‘lib tug‘ilmagan.
• Hech kim bir kundayoq usta bo‘lgan emas.
• Ip zaif joyidan uziladi.
• So‘rab hech narsani yo‘qotmaysan.
• Muloyimlikdan arzon narsa yo‘q.
• Yangi xo‘jayin ― yangi tartiblar.
• Eski kiyim kiy, lekin yangi kitob sotib ol.
• Ehtiyoj ― mehnatsevarlik onasi.
• Ehtiyoj qariyani ham yugurishga majbur qiladi.
• O‘lganlar haqida faqat yaxshi gaplarni gapir.
• Yurak istaganini til gapiradi.
• Kam va’da qilib, ko‘p bajar.
• Sekin va’da qilib, tezda bajar.
• Kuygan bola o‘tdan qo‘rqadi.
• Ochko‘zlik orqali qilichdan ko‘ra ko‘p odam o‘ldi.
• Bitta jinni hammani jinni qiladi.

Ingliz va o’zbek tillaridagi maqollar tarjimasidagi adekvatik muammolar Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Oybek Saporbayevich Ahmedov, Gulnoza Xidirbayevna Sabirova

Ingliz va o’zbek xalq maqollarini tarjima qilish va muqobil variantini topish biroz mushkul vazifa. Chunki maqollar har xil huddudda har xil madaniyat, har xil ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarda vujudga kelgan va albatta ularning bir xil ma’noli ekvivalentini topish tilshunoslar uchun bir qancha qiyinchiliklar tug’diradi. Bu jarayon esa o’rganuvchidan madaniy konseptlarni tushunishda kognitiv va qiyosiy ongni talab qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по языкознанию и литературоведению , автор научной работы — Oybek Saporbayevich Ahmedov, Gulnoza Xidirbayevna Sabirova

INGLIZ VA O`ZBEK MAQOLLARINING KOGNITIVQIYOSIY TAHLIL QILISH NAZARIYASI
O‘ZBEK VA INGLIZ PAREMIOLOGIK BIRLIKLARINING QIYOSIY-SEMANTIK TAHLILI

Ingliz va o’zbek tillarida vatan va ona diyor guruhiga mansub maqollarning semantik ahamiyati va tematik klassifikatsiyasi

FRANSUZ VA O‘ZBEK MAQOLLARINING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI
O’ZBEK VA INGLIZ XALQ MAQOLLARIDA DO’STLIK TUSHUNCHASI MASALALARI
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Ingliz va o’zbek tillaridagi maqollar tarjimasidagi adekvatik muammolar»

Ingliz va o’zbek tillaridagi maqollar tarjimasidagi adekvatik

Oybek Saporbayevich Ahmedov Gulnoza Xidirbayevna Sabirova O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Annotatsiya: Ingliz va o’zbek xalq maqollarini tarjima qilish va muqobil variantini topish biroz mushkul vazifa. Chunki maqollar har xil huddudda har xil madaniyat, har xil ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarda vujudga kelgan va albatta ularning bir xil ma’noli ekvivalentini topish tilshunoslar uchun bir qancha qiyinchiliklar tug’diradi. Bu jarayon esa o’rganuvchidan madaniy konseptlarni tushunishda kognitiv va qiyosiy ongni talab qiladi.

Kalit so’zlar: ingliz va o’zbek maqollari, kognitiv tahlil, tarjima, ekvivalentlik, adekvatik muammolar.

Adequate problems in the translation of articles in English

Oybek Saporbayevich Ahmedov Gulnoza Xidirbayevna Sabirova Uzbek State University of World Languages

Abstract: It is a bit difficult to translate English and Uzbek folk proverbs and find an alternative. Because proverbs originated in different regions, in different cultures, in different social and economic conditions, and of course it is difficult for linguists to find the same semantic equivalent. This process requires cognitive and comparative awareness from the learner to understand cultural concepts.

Keywords: English and Uzbek articles, cognitive analysis, translation, equivalence, adequacy problems.

Ingliz maqollarini o’zbek tiliga tarjima qilish, ularning o’zbek tilidagi “adekvatik” – mos variantini topish bo’yicha ko’plab izlanishlar olib borilgan. Va albatta bunday tarjima jarayonida tilshunoslar adekvatik muammosi bilan yuzma yuz keladi. Bunga sabab yuqorida aytib o’tganimizdek, ikki xalq o’rtasidagi madaniyatlar xilma xilligi. Ikkinchidan, maqollar tuzilish jihatdan ham xilma xil bo’lib, bu muammo ikki tilning grammatik tuzilishi bir biriga teskariligiga borib taqaladi. Bilamizki, ingliz tili Hind-

Yevropa tillar oilasiga kirsa, o’zbek tili Oltoy tillar oilasiga kiradi. Va bu farq ham ikki til birliklari, xususan maqollarni tarjima qilishda qiyinchilik tug’diradi. Ingliz tilining grammatik, leksik xususiyatlarini o’rganish bilan birga ingliz xalqining madaniy hayotini ham chuqur o’rgangan va o’zlashtirgan tadqiqotchigina ingliz so’z birliklari, ayniqsa ingliz xalq maqollarining o’zbek tilidagi munosib ekvivalentini topishda xatosiz ishlay olishi mumkin. Lakoff va Tyorner 1 maqollarni kognitiv tahlil qilish jarayoni Buyuk Zanjir Metaforasi (The Great Chain Metaphor) nazariyasi orqali amalga oshiriladi degan fikrni ilgari surdilar. Ushbu nazariya to’rtta bilim vositasini o’z ichiga oladi va bu yondashuvlar maqollarni butun bir kontekstda talqin qilishga yordam beradi. Bu to’rtta yondashuvlar quyidagilar: Umumiy ma’lumot metaforasi (Generic is specific), Yaratilishning Buyuk Zanjiri (The Great Chain of Being), Narsalarning tabiati (The Nature of Things), Og’zaki Iqtisod prinsipi (The Principle of Verbal Economy) kabi nomlanib barchasi maqollardagi konseptlarni tushunishga, tahlil qilishga yordam beradi. Bu ikkita olim: ” Bular bilan birgalikda, ikki tildagi maqollar bilan tanishganimizdan so’ng, ular odamlarning hayot jarayoni va bajaradigan ishlariga taalluqli ekanligini anglab yetamiz”.- deb ta’kidlashgan. [ Lakoff & Tyorner; 1989; 175]. Lekin bu nazariyaga qarshi fikrlar ham bo’lgan xususan, Honek va Temple 3 BZM (Buyuk zanjir metaforasi) ni mukammal emasligini ta’kidlab o’tishgan.

Ingliz va o’zbek maqollarining adekvatik munosabati bilan shug’ullangan ko’plab tilshunoslarimiz ishlariga guvoh bo’lishimiz munkin. Ulardan Karamatov va Karamatova2 larning yaratgan maqollar lug’ati bo’lmish “Proverbs. Пословицы. Maqollar” kitobida inglizcha maqollarning ruscha va o’zbekcha variantlari keltirilgan. Ushbu maqolada ham ularning tarjimasidan ba’zi namunalar keltirilgan. Bundan tashqari maqollar tarjimasi bilan shug’ullangan mashur tarjimon G’aybulla Salomovning quyidagi fikriga to’xtalib o’tishni joiz deb topdik. U: “Ikki tildagi bir birini o’rniga kontekstsiz qo’llana oladigan, maqollar, idiomalar va aytimlar” ekvivalent birikma “deyiladi” degan. Ya’ni ba’zi ingliz maqollari hech qanday kontekstsiz o’zbek maqollariga mos keladi. Bu ekvivalentlar ham leksik ham semantik xususiyatiga ko’ra to’liq mos keladigan ya’ni to’liq ekvivalent, yana ba’zi maqollar qisman ekvivalent, uchinchi tur maqollar esa faqat ayrim kontekstlardagina (vaziyatlarda, asar ichida ) ekvivalent bo’la oladigan maqollarga bo’linadi. Bunga ko’ra to’liq adekvat – mos keladigan maqollarni ko’rib chiqamiz. Lightly come, lightly go – Yengil topilgan, oson ketar The bad news has wing – Yomon xabarning qanoti bor Better late than never – Hechdan ko ‘ra kech Health is better than wealth – Sog ‘lik oltindan qimmat A sound mind in a sound body – Sog’ tanda sog ‘lom aql

www.openscience.uz 1972 I HE^M

Money begets money – Pulpulni topar.

Yuqorida keltirilgan misollarimizdagi ingliz maqollarining o’zbekcha varianti keltirilmagan taqdirda ham ham kognitiv tahlil qilinganda, ongimizda bir xil ma’no oson anglashiladi. Shuning uchun ham bu maqollarni adekvat maqollar ya’ni bir biriga oson mos keladigan maqollar deya olamiz.

Ikkinchi tur qisman adekvat maqollar, semantik ya’ni tarjimadagi ma’no jihatdan o’zbekcha ekvivalent bilan o’xshash lekin, struktur jihatdan har xil maqollardir. Bu maqollar tarkibidagi so’zlar aynan bir biriga tajimada mos kelmasada sinonimi, ma’nodosh so’zlari qo’llangan va asosiysi ma’nosi bir xil.

Dod does not eat dog – Qarg ‘a qarg ‘ani ko ‘zini cho ‘qimas When it rains it rains on all alike – O ‘rmonga o’t ketsa, ho ‘l-u quruq baravar yonadi.

Better pay the butcher than the doctor – Kasalni davolagandan, oldini olgan yaxshiroq.

Better an egg today than a hen tomorrow – Naqdi asal, nasiyasi kasal.

Mind your business – O ‘zingni bil, o ‘zgani qo ‘y

Wait and see – Sabr tagi sariq oltin

Like mother, Like daughter – Onasini ko ‘rib qizini ol.

Ayrim maqollar esa, strukturaviy ya’ni tuzilishiga ko’ra tubdan farqlanadi va bunday maqollarni kognitiv tahlil qilishimizda ya’ni ongimiz bilan mag’zini tushunishimizda ba’zi izohlarga muhtojlik sezamiz. Masalan:

Forbidden fruit is sweetest – Qo ‘shnining tovug’i g’oz ko ‘rinar, kelinchagi-qiz. Between the devil and deep blue sea – ikki o’t orasida To know what is what – Ko ‘zing borida yo ‘l tani, esing boride el tani Forbidden fruit is sweetest maqolini tahlil qilsak, so’zma so’z tarjima qilganimizda “Ta’qiqlangan meva eng shirini” deb tarjima qilinadi. O’zbekcha muqobil varianti esa: “Qo’shnining tovug’i g’oz ko’rinar, kelinchagi-qiz”, deb o’zbek tilshunoslari tomonidan qabul qilingan. Ya’ni ikkala maqolda ham tashqaridan qaralganda hamma narsa aslidan ko’ra boshqacha ko’rinishi ayniqsa birovga tegishli bo’lgan narsalar boshqaga aslidan ko’ra yaxshi ko’rinishi haqida tushuncha beradi.

Ba’zi bir ingliz maqollarning o’zbek yoki boshqa qiyosiy tahlil qilinayotgan tilda bitta emas bir nechta ekvivalentlari uchrashi mumkin. Bunda muqobil vatiantini tanlash tilshunos yoki tarjimon zimmasidagi vazifa hisoblanadi va bu ularning tarjima mahoratiga, kontekstni kognitiv tahlil qila olish qobiliyatiga bog’liqdir. Masalan: ingliz tilidagi “After a storm comes calm ” maqoliga nazar tashlasak, so’zma- o’z tarjima qilinganda: “Bo ‘rondan keyin tilnchlikkeladi” deb tarjima qilinadi. Lekin: “Zamonaningzindoni ham, handoni ham bor”, “Oyning o ‘n beshiyorug’ o ‘zn beshi qorong’u” “Suv ham bir loyqalanib tinadi”

maqollarini ekvivalentlari tarzida keltira olamiz. Ushbu maqol qo’llangan ma’lum bir kontekstni tarjima qilishda maqolning muqobil ekvivalentini tanlash tarjimonning kognitiv va qiyosiy tahlil qila olish mahoratiga bog’liq. Ya’ni agar maqol oilaviy majorolar vaziyatida qo’llangan bo’lsa, yozuvchi albatta xalqimiz tomonidan oilaviy qiyin davrda, kelishmovchiliklarda ko’p qo’llanadigan “Suv ham bir loyqalanib tinadi” variantini tanlaydi. Umumiy ma’noda hayotdagi qiyinchiliklar nazarda tutib aytilgan vaziyatlarda yozuvchi “Oyningo ‘n beshiyorug’, o ‘n beshi qorong’u” varianti qo’llaydi. Agar maqol jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy muammolar jarayonida keltirib o’tilganda tarjimon albatta “Zamonaning zindoni ham, handoni ham bor” variantini tanlashi aniq.

Ingliz va o’zbek maqollarini qiyosiy-tahlil qilishda, tarjima qilishda tilshunos va tarjimonlar oldida maqollarning o’zbek tilidagi munosib variantini topish masalasi, maqollarning adekvatik muammosi turadi. Aytib o’tganimizdek maqollardagi ingliz xalqiga xos bo’lgan milliy-madaniy konseptlarni yaxshi tushungan tilshunos bu borada, ya’ni ingliz xalq maqollarining o’zbek tilidagi muqobil variantini to’g’ri topa oladi. Chunki bu kabi madaniy birliklarni oddiy so’zlovchi tarjima qilishda qiynalishi tabiiy. Shuning uchun ham ikki til maqollarining qiyosiy lug’atiga muhtojlik sezamiz. Bunda tilshunosdan kognitiv ong va qiyosiy tahlil qila olish qobiliyati talab qilinadi.

1. Lakoff, G., & Turner, M. (1989). More Than Cool Reason: A Field Guide to Poetic Metaphor. Chicago: University of Chicago Press

2. Article: ” Proverbs: The Extended Conceptual Base and Great Chain Metaphor Theories” by Richard P. Honeck &Jon G. Temple Pages 85-112 | Published online: 17 Nov 2009

3. К.М. Karamatova H.S. Karamatov. PROVERBS. MAQOLLAR. ПОСЛОВИЦЫ. Toshkent – “Mehnat” – 2000. Kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi.

4. Article:” The issue of equivalence in English and Uzbek proverbs”- Bozorova Viloyat Muzaffarovna1, Maqsudova Mokhigul Usmonovna2, Middle European Scientific Bulletin, VOLUME 5, OCTOBER 2020