Kitob — ma’rifat oʻchogʻi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zladi.
Mavzu: Qizil kitob Reja: Qizil kitob va uning o’rni
Qizil Kitob – nima? Bu xavf va umid kitobidir. Bu kitobni boshqacha qilib qaygu-alam kitobi ham deyiladi, chunki bu kitobda yer yuzidagi yoqolib ketayotgan hayvon zotlari va osimlik turlarini ozida mujassamlashtirgan. Qizil Kitob – harakatga chaqiruvchi kitobdir.
Dunyoning kopgina davlatlari olimlari tomonidan butun dunyoda yoqolib ketayotgan va juda kam uchraydigan hayvonlar, osimliklar dunyosini himoya qilish va ularni saqlab qolish uchun Tabiat va tabiat resurslarini himoya qilish birlashmasining Qizil Kitobi (XTHQB) tashkil etildi. Bu kitob chet elda 60-70 yillarda chop etildi. 1-2- tomida sutemizuvchilar, qushlar haqida, 3-4-tomida esa suvda va quruqlikda yashovchi hayvonla, sudralib yuruvchilar va baliqlar haqida soz yuritiladi.
Qizil Kitob tabiatni sevuvchilar, mutaxassislarni diqqatini oziga tortib, hamma mintaqada mashhur boldi. Bu kitob xuddi kalendardek bezalgan bolib, uning har bir varagi har xil rangdadir. Har qaysi rangni oz ma’nosi bolib, masalan, qizil rangda yozilgan hayvon zotlari va osimlik turlarining yoqolib ketayotgani va ularning himoyaga muhtojligini bildiradi.
Yer yuzida hayvon zotlari va osimlik turlarining yoqolib ketishining ikki sababi bor bolib, birinchi sababi ― bu tabiiy sharoitning o’zgarishi natijasida bo’lsa (tabiiy sabab), ikkinchi sababi esa ― (antropogen) inson harakatlari natijasidir.
Tirik tabiatdagi o’simlik va hayvon turlari sonining qisqarishi muammosi. Yer yuzidagi hayotni ta’minlashda o;simliklar dunyosi, ayniqsa, ormonlarning ahamiyati beqiyosdir. Hozirgi vaqtda yer yuzi quruqligining 25 % ni ormonlar tashkil etadi. Ular shimoliy yarim sharda va tropik mintaqalarda tarqalgan. Biroq hozirgi kunda ormonlarning holatini yaxshi deb bolmaydi. Chunki, har yili 3 mlrd m 3 hajmda ormonlar qirqilmoqda. FАО ma’lumotlariga ko’ra bu ko’rsatkich yaqin yillar ichida 1,5 martaga ortishi mumkin.
Insoniyatni, ayniqsa, tropik va subtropik o’rmonlar muammosi tashvishga solmoqda. U yerlarda yiliga dunyo miqyosidagi qirqilishi kerak bo’lgan o’rmonlarning yarmidan kopi kesib tashlanmoqda. 160 mln gektar tropi k ormonlar vayron bolgan, atigi yiliga 11 mln gektar maydon tiklanmoqda. Floraning kamayib ketishi Qizil Kitob yaratilishiga sabab boldi (1-jadval).
Yoqolish xavfidagi turlar soni
(Xalqaro «Qizil Kitob» malumoti boyicha)
№ | Taksonlar | Turlar | Kenja turlar | Jami | Umumiy turlar soniga nisbatan % hisobida |
1 | Sut emizuvchilar | 227 | 93 | 320 | 6,2 |
2 | Qushlar | 264 | 167 | 431 | 4,6 |
3 | Sudralib yuruvchilar | 74 | 61 | 135 | 1,8 |
4 | Amfibiyalar | 34 | 7 | 41 | 2,8 |
5 | Chuchuk suvdagi baliqlar | 169 | 25 | 194 | 3,5 |
6 | Yuksak osimliklar | 25000 dan kam emas | 10 dan kam emas |
Dunyoda umumiy qushlar va hayvonlarning 1/4 qismi tabiiy sabablar natijasida yoqolgan bolsa, 3/4 qismi esa inson ta’sirida yoqolgandir. Oldin bu raqamlarni faqat biologiya mutaxassislari bilishsa, endi esa millionlab odamlarga ham ayon boldi va insonlar oldida savol tugildi: Inson, sen nima qilyapsan? Toxta – sen oz uyingni buzyapsan!
Hayvon va osimlik dunyosini asrashda kopgina amaliy ishlar qilinib va ularni hisobga olib har qaysi davlat, viloyat, tuman va mintaqalarda oz Qizil Kitoblari tashkil etilyapdi. Ozbekiston Qizil Kitobi ham 1984 yilda tashkil topgan. Unda kopgina osimlik turlari va hayvon zotlari kiritilgan. Masalan, osimliklardan lolaning barcha turlari, anzur piyozi, boychechak va h.z.
Qizil Kitob haqida yana bir muhim joyi bolib, Qizil Kitobning sahifalari hech qachon tugallanmaydi, doimo uning sahifalarini yangi osimlik turlari va hayvon zotlari bilan toldirilib boriladi.
Qizil Kitobning sahifalarini qisqartirish uchun inson madaniyati va hulqini doim oshira borish kerak, bu olimlar oldida qoyilgan muhim muammolardan biridir.
Ozbekiston Qoriqxonalarining qisqacha tarixi
Yer yuzida yildan – yil tabiat burchaklariga inson qoli yetmagan yerlar kamayib bormoqda, ya’ni tabiatdagi chol, tog va ormonlarning asl qiyofasini korishga imkoniyat qolmayapti. Tabiatning asl muhitini va unda yashayotgan barcha jonzotlarni saqlab qolish uchun davlat tomonidan Qoriqxonalar tashkil qilingan.
Qoriqxona nima? Qoriqxona ― bu akvatoriya yoki territoriya, xo’jalikdan butunlay ajratiigan yer maydoni bo’lib hisoblanadi. Qo’riqxonalar – tabiatning ilmiy laboratoriyalari bo’lib, u erda tabiat rivojlanish qonuniyatlarining murakkab tekshirishlari va kuzatishlari o’tkaziladi.
Qo’riqxonalarda ayrim hayvon zotlari va osimlik turlari organiladi, hamda bu yerda insonning har qanday ta’siri umuman ta’qiqlanadi.
O’zbekistonda birinchi Qoriqxona – 1929 yilda Turkistonning garb qismida tashkil qilingan. Hozirgi kunda uning yer maydoni 26840 gektar. U hozirda Zomin nomini olgan. Archazorlar, noyob osimliklar va u yerda yashovchi hayvonlar: tog echkisi, tog qoyi, oq tirnoqli ayiq, qushlar, suvdagi baliqlar muhofaza qilinadi.
Ikkinchi Qoriqxona – 1947 yilda Toshkent oblastining Ohangaron va Parkent tumanlari atrofida tashkil qilingan bolib, maydoni 451,6 km 2 va hozirda Chotqol nomi bilan ataladi. Osimlik dunyosida 1100 dan ortiq daraxt va butalar turi bor. Qoyalarda 2 tur archa osadi, daryolar boylari qaragayzorlar bilan qoplangan, qoriqxona hayvonlarga boy. Bu yerda Sibir tog echkisi, togiz, Turkiston silovsini, oq tirnoqli ayiq, tulki, Menzbir suguri, jayra, relikt yumronqoziq, irbis va turli qushlar qoriqlanadi. Ugom-Chotqol tabiiy milliy bog 1990-yilda tashkil etilgan, maydoni 5760 km 2 .
Nurota tog-yongoq qoriqxonasi Jizzax viloyatining Forish tumanida Nurota toglarining shimoliy yonbagirlarida 1975-yili noyob hayvon turi Seversev qoylarining populyatsiyasini saqlash va yongoq turlarini himoya qilish maqsadida tashkil etilgan. Bu yerda 900 ga yaqin osimlik turlari uchraydi, ularning ayrimlari endemic: Viktoriya, Korolkov, Velikiy lola turlari, Yelena chinniguli, Suvorov piyozi, poyali piyoz, Seversev ungeriyasi, daraxtsimon osimliklar asosan soylar boyida uchraydi. Bu yerda asosiy ormon hosil qiluvchi turlarga yongoq, yovvoyi orik, olxori, olma, tut, tol teraklar, qayragoch toshloq yonbagirlarda xandon pista va Buxoro bodomi osadi. Maydoni 17752 km 2 .
Hayvonot olami ham juda boy. Bu yerda karakanga tulkisi, chol borisi, korsak, tosh suvsar, jayra, tolay quyoni va togiz keng tarqalgan. Chol hayvonlaridan bu qoriqxonada uzunoyoq kirpi, qizil dumli, katta qumsichqonlar va Seversov tovushkonini umumkin. Qizil kitobga kiritilgan Seversov qoyi, berkut va boshqalar bu qoriqxonada qoriqlanadi.
Qizilsuv tog-archa davlat qoriqxonasi 1975-yilda Qashqadaryo viloyati Yakkabog tumanida tashkil qilingan. Umumiy matdoni 30094 ga, uning 4192 gektari ormon bilan qoplangan. 400 dan ortiq osimlik turlari osadi. Hayvonot olami ham boy, turli sutemizuvchi hayvonlarning 23 turi mavjud. Qushlarning 66 turi uchraydi, ulardan 27 turi shu yerda qishlaydi. Oq tirnoqli ayiq, bars, Markaziy Osiyo silovsini, qizil sugur, Pamir oqtishi, tolay quyoni va Markaziy Osiyo takasi qo’riqlanadi.
Miroki davlat qo’riqxonasi 1976-yilda Qashqadaryo viloyatida tashkil qilingan. Oqsuv va Tanxozdaryo havzalarida joylashgan. Qo’riqxona hududida Seversov muzligi ― o’zbekistondagi yirik muzliklardan biri joylashgan. Bu yerda g’orlar kop, lekin ular hali yaxshi organilmagan. Oqsuv daryosida juda chiroyli sharshara mavjud.
Qoriqxonada osadigan osimliklarning kopi oziq-ovqat, dori-darmon va manzaraliligi bilan katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, Maksimovich rovochi, anzur piyozi, kiziliya, tog rayhon, kiyik oti, lolalar, shirach, togolcha, qoraqant va boshqalar kop uchraydi.
Hayvonot olami ham ancha boy. Qorli choqqilarda bars yoki uning izlarini uchratish mumkin. Archzorlarda Turkiston silovsini va oq tirnoqli ayiq hayot kechiradi. Qoriqxonaning janubiy qismida Markaziy Osiyo takasi, bori, tulki, jayra, qizil sugur, tolay quyoni tarqalgan. Qoriqxonada turli sayroqi va yirtqich qushlarni uchratish mumkin.
Paygambar Orol qoriqxonasi. 1971-yilda Amudaryodagi paygambar orol qoriqxona deb elon qilingan. Umumiy maydoni 4043 gektar, shundan 964 gektari toqayzor. Qoriqxona Amudaryo yuqori oqimining toqayzor namunasi sifatida saqlash maqsadida tashkil qilingan. Bu yerda asosan Buxoro bugusi-xongul muhofaza etiladi.
Baday toqay davlat qoriqxonasi 1971-yilda Qoraqalpogiston hududida, Amudaryoning quyi oqimida tashkil qilingan. Toqay ormonlari va u yerdagi hayvonlarni saqlash maqsadida ochilgan.
1975-yilda Samarqand viloyatida maydoni 2360-2518 gektar bolgan Zarafshon davlat qoriqxonasi tashkil etildi. Bu qoriqxonani ornitologik deb atasa ham boladi, chunki bu yerda asosan turli qushlar keng tarqalgan (160 dan ortiq tur). Asosiylaridan biri Zarafshon qirgovulidir.
Abdusamad davlat qoriqxonasi 1978-yilda tashkil etilgan bolib, maydoni 2158 ga, shundan 1459 gektari toqayzor. Sirdaryoning orta oqimida joylashgan. Fargona vidysida saqlanib qolgan kichik-kichik noyob toqayzorlar va shu yerlarda uchraydigan Sirdaryo qirgovuli, suv parrandalari hamda boshqa toqayzorga xos bolgan jonivorlarni saqlash maqsadida tashkil qilingan.
Qorakol chol davlat qoriqxonasi 1971 (1990)-yilda Buxoro viloyatida amu-Qorakol kanallari atroflaridagi uchar qumlarni saksovul-buta osimliklari bilan mustahkamlash, irrigatsion inshootlarning qum ostida qolishidan himoya qilish, Janubiy Qizilqum fauna va flora majmualarini tiklash, uchib otish davrida qushlarning dam olishi va oziqlanishi uchun sharoit yaratish maqsadida tashkil qilingan maydoni 10000 ga.
Vardanzil davlat qoriqxonasi 1975-yilda Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tashkil qilingan. Asosiy maqsadi, qadimiy Vardanzi shahrining xarobalari va 50 yoshlik saksovul daraxtlarini muhofaza qilish. Maydoni 3 km 2 .
Arnasoy davlat qoriqxonasi 1983-yilda Jizzax viloyatida tashkil qilingan. Maydoni 63 ming gektar. Uning tarkibiga Tuzkon koli ham kiradi. Asosan qushlar qonib otadigan paytida dam olishga qonadigan qushlarni muhofaza qilish maqsadida ochilgan. Bu yerda jingalak birqozon, qora va kulrang laylaklar, goz, qirgovul va loyxoraklarni uchratish mumkin.
Biosfera qoriqxonalari inson xojalik faoliyatining tabiatga tasirini ayrim regionlar va sayyora kolamida organish, baholash, ularni nazorat qilib turish uchun xalqaro va milliy darajada tashkil etiladigan qoriqxonalardir. Atrof-muhit ustidan sayyora miqyosida nazorat sistemasi, biosfera qo’riqxonalari ma’lumotlariga asoslanadi.
O’zbekistonda mavjud Nurota tog’-yong’oqzor qo’riqxonasi asosida biosfera qo’riqxonasi tashkil etilgan.
O’zbеkistonning muhofaza etiladigan tabiiy hududlari tizimiga umumiy maydoni 2164 kvadrat kilomеtr bo’lgan to’qqizta davlat qo’riqxonasi, 6061 kvadrat kilomеtr maydonni egallagan ikkita milliy bog’, maydoni 12186,5 kvadrat kilomеtrni o’z ichiga olgan to’qqizta davlat buyurtmaxonasi va bitta noyob hayvon turlarini ko’paytirish bo’yicha Rеspublika markazi (“Jayron” Ekomarkazi) kiradi. Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning umumiy maydoni 20520 kvadrat kilomеtr yoki rеspublika umumiy hududining 5,2 foizini tashkil qiladi. Shulardan yirik va e’tiborni jalb qiladigan Chotqol o’rmon-tog’ biosfеra qo’riqxonasi (356,8 kv.km) Chotqol tog’ tizmasining g’arbiy tarmog’ida joylashgan. Yana Hisor (814,3 kv. km) va Zomin (268,4 kv. km) tog’-archa qo’riqxonalari, Qoraqalpog’istonda joylashgan Baday-To’qay (tеkislik-to’qayzordagi 64,6 kv. km maydonni egallagan o’rmonlarni himoyalaydi) qo’riqxonasi, Qizilqum (101,4 kv.km) va Zarafshon (23,5 kv.km) vodiy-to’qayzor qo’riqxonalari, Surxon o’rmon-tog’ (2136,9 kv.km) va Kitob (53,7 kv.km.) gеologiya qo’riqxonalari ona tabiatimiz musaffoligi asralayotgan juda solim goshalardir.
Yuqorida aytib otilgan Qoriqxonalardan boshqa respublikamiz territoriyasida yana bir qancha Qoriqxonalar bor. Ulardan tashqari milliy boglarimiz, tabiiy yodgorliklarimiz ham bor. Har qaysi Qoriqxonada ma’lum bir osimlik turlari va hayvon zotlari saqlanadi, ularning yashashi, kopayishi, fiziologiyasi, tabiati organiladi.
Qoriqxonalar, Qizil Kitobning asosiy va muhim vazifalari tabiatimizni asrashimizga qaratilgandir. Siz ham oz hissangizni qoshing!
O`zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi» ning zarurligi.
Yer kurrasida hozirgi vaqtda 670 ming (shundan 500 mingi gulli o`simliklar) o`simliklar va 1,5 million hayvon turlari mavjud bo`lib, ularning 93% uchun quruqlik va 7% i uchun suv yashash muhiti hisoblanadi.
Turlarning hosil bo`lishi va ularning yo`qolib ketishi sababi evolyutsion taraqqiyot jarayoni bo`lib, yerda geologik sharoitlarning o`zgarishiga ham bog`liqdir. Ammo odamning kelib chiqishi natijasida bu tabiiy jarayon buzila boshladi, hayvon va o`simliklarning antropogen (inson faoliyati) ta’sirlari natijasida yo`qolib borish jarayoni tezlasha boshladi.
Odam tomonidan yangi yerlarning, orollarning va kontinentlarning o`zlashtirilishi natijasida butun sayyora masshtabida fauna va floraning xilma-xilligi tobora kamayib borish jarayoni kuzatilmoqda.
Turlarning qirilishi qadim zamonlardayoq boshlangan edi. O`n minglab yillar ilgari ovchilar tomonidan mamontlar, qalin junli karkidonlar, gigant bug`ular, g`or arsloni va ayiqlari, o`rta asrlarda Yevropa turi, Steller sigiri qirilib ketdi. Hozirgi biz yashab turgan davrda turlarning yo`qolib ketish jarayoni juda jadallik bilan davom etmoqda. 1600-yildan 1875-yilgacha sut emizuvchilarning 63 turi, qushlarning 74 turi yo`qolib ketdi. Keyingi yillarda har yili 1 tadan 10 tagacha hayvon va 1 tadan o`simlik turlari yo`qolib ketmoqda. Hozirgi vaqtda umurtqali hayvonlarning 600 ga yaqin turi, juda ko`p o`simliklar turlari butunlay yo`qolib ketish xavfi ostida turibdi.
O`simlik va hayvon turlarining tobora yo`qolib borish xavfi mamlakatlar va butun dunyo miqyosida zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ehtiyojini tug`dirmoqda.
1948 yilda tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi tuzildi. Bu tashkilot flora va faunani muhofaza qilishga qaratilgan hamma ishlarni birlashtiradi. Mazkur xalqaro uyushma 1973 yilda «qora ro`yxat»ni chop etdi, unda batamom yo`qolib ketgan hayvonot turlari ro`yxati keltirilgan.
Jahon «Qizil kitobi» 1979 yilgacha chop etildi, shuningdek sobiq SSSR da ham «Qizil kitob» 1979 yilda chop etildi. «Qizil kitob» xavf xatar belgisi. Bu kitobga kam va yo`qolib ketayotgan o`simlik va hayvonlarning turlari to`g`risida ma’lumotlar berilgan.
O`zbekiston o`simlik va hayvon turlari soni 27000 dan ortiq bo`lib, ulardan hayvon turlari 15000 dan ortiq, o`simliklar, zamburug`lar va suvo`tlari esa 11000 atrofida.
O`zbekiston Respublikasi hududida hozirgi kunda 4500 ga yaqin gulli o`simlik turlari mavjud. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko`pgina kamyob, endem va relikt turlar mavjud. Bunday turlarning soni 400 atrofida bo`lib, ular O`zbekiston florasining 10-12% ini tashkil qiladi.
Zarafshon vohasining florasi 2600 tur, Samarqand viloyatining 1700 tur, undan 201 tur dorivor o`simliklardir.
O`zbekiston florasining yo`qolib ketish xavfi ostida turgan 163 tur «Qizil kitob»ning 1984 yilgi nashriga kiritilgan, yangi «Qizil kitob»da esa (1998) kiritilgan o`simlik turlarining soni 301 taga yetdi.
O`zbekiston faunasida umurtqasiz hayvonlarning 677 turi (sut emizuvchilar -108, qushlar – 432, sudralib yuruvchilar – 58, amfibiyalar – 2 va baliqlar – 77) mavjud, umurtqasiz hayvonlar turlari esa 15 mingdan ortiq.
O`zbekistonning birinchi «Qizil kitob»i 1983 yilda nashr qilingan bo`lib, unga umurtqali hayvonlarning 63 turi kiritilgan edi.
Yangi «Qizil kitob» (2003) birinchi bor davlat tilida yozilgan bo`lib, ikkinchi tomida sut emizuvchilarning 23 turi, qushlarning 48 turi, sudralib yuruvchilarning 16 turi, baliqlarning 17 turi, xalqasimon chuvalchanglarning 3 turi, mollyuskalarning 14 turi va bo`g`imoyoqlilarning 61 turi kiritildi.
Ta’kidlash lozimki, «Qizil kitob»ga kiritilgan o`simliklar va hayvonlar ro`yxati yildan-yilga aniqroq bo`lmoqda va biz ularning yangi nashrlariga guvoh bo`lamiz.
O`zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»ida o`simlik va hayvonot turi, oilasi, avlodi, turkumi tartibida alfavit bo`yicha ro`yxatga olingan va har bir o`simlik ko`rgazmali tarzda suratlari keltirilgan. Bu o`z navbatida noyob va yo`qolib borayotgan o`simlik va hayvonot turlari to`g`risida keng omma tomonidan aniq tasavvurga ega bo`lishlariga yordam beradi.
«Qizil kitob» muhofaza choralarini kuchaytirish, qo`riqxona va buyurtma hududlarini kengaytirish, yovvoyi o`simliklar bilan savdo-sotiqni tartibga solishda litsenziyalar tizimini joriy qilish kabi bir talay muhim tadbirlarni kun tartibiga qo`yadi.
Umuman, bu kitob barcha o`simlik va hayvonot muhofaza qilish borasida qonun asoslariga tayangan muhim hujjat hisoblanadi.
Kitobga kiritilgan o`simlik turlari 4 kategoriyaga bolingan:
«0» maqomi berilgan o`simlik turlari yo`qolgan yoki yo`qolish arafasida turgan o`simliklardir.
«1» maqomidagi o`simliklar turlari esa yo`qolib borayotgan turlardir. Bunga yo`qolib ketish xavfi ostida turgan, saqlab qolish uchun maxsus muhofaza qilishni talab etadigan o`simlik turlari kiritilgan.
«2» maqomidagi turlar esa noyob turlardir. Bu guruhga ma’lum kichik maydonlarda o`ziga xos sharoitlarda saqlanib qolgan, tez yo`qolib ketishi mumkin bo`lgan va ularning saqlanishini ta’minlash uchun jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar kiradi.
«3» maqomidagi o`simlik turlari kamayib borayotgan o`simliklardir. Bu guruhga kiritilgan o`simlik turlari ma’lum vaqt ichida soni va tarqalish maydonlari tabiiy sabablarga yoki antropogen omillari ta’siri ostida qisqarib ketayotgan turlar kiradi.
Mazkur risolaga Samarqand viloyati hududida uchraydigan va O`zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan noyob va yo`qolib borayotgan, inson muhofazasiga muhtoj o`simlik va hayvon turlari to`g`risidagi ma’lumotlar matnlari o`zgartirishlarsiz kiritildi.
Kelajak oldidagi burchimiz.
Tabiatni asrash va boyliklaridan tejamkorona foydalanish insoniyat oldidagi eng muhim muammolaridan biri. Qaysikim, tabiat ehson – tuhfalarini kor – korona sarflash va uning boyliklarini talon- taloj qilishga hech kimning haqqi yoq.
Tabiat haqida qaygurish – insoniyat ozi haqida qaygurishdir, chunki inson tabiatning farzandidir. Tabiat uchun yetkazilgan zarar insonning oziga qaratilgan zarardir. Texnika va ilmiy taraqqiyotning rivojlanishi insonning tevarak atrofga bolgan ta’sirini kuchaytirdi, bu esa hayvon va osimlik dunyosining qashshoqlanishiga olib keldi. Bizning bu xatolarimizni kelajak avlod kechirarmikan? Yoq. Bizdan oldingi qadimgi avlodlarimiz flora va fauna dunyosini tarixiy va madaniy yodgorliklarni shafqatsizlarcha qirishgan, qaysikim, endi ular haqida biz faqatgina rasmlar, qolyozmalar, arxeologik topilmalar orqali bilamiz. Lekin bu bilan biz ularni qattiq qoralay ham olmaymiz, chunki ularning ongi – bilimlari yetarli darajada emas edi. Ammo bizning zamonamiz insonlarini kelajak avlod kechirmaydi – sababi, biz ixtisoslashgan, takomillashgan va mukammal insonlardirmiz.
Tabiat ozining gozalligi bilan oziga insonoyatni jalb etadi. Har bir kishini maftunkor toglarni qoplab turgan doimiy muzlar, ulardagi xushboy gullar, dorivor osimliklar, hayvon turlari, toza havo, shox sharsharalari, muz chuqqilari, qoyalari bilan rom etadi. Bularning hammasidan zavq olish kerak, har bir narsaning oz qadriga yetish, tabiatdagi mojazgina bir jonli mavjudotni ham asrab-avaylash lozim. Lekin insonlar bularning qadriga yetish, zavq olish orniga ularga ozor yetkazishadi, masalan, togda endi ochilgan gullarning eng kattasi, eng chiroylisini uzib olib, guldasta tayyorlaydi, lekin oylab korishmaydi-ki ozgina vaqt otib bu gullar solib, qurib qolishini, oz chiroyini yuqotgan guldastani esa tashlab yuboriladi. Boshqa mamlakatlarda bunday olishda kopgina ishlar qilingan. Masalan, Fransiyada tog etaklarida odamlar, uchun turli mavzularda “murojaatnoma”lar taxtakachlarda qoqib qoyilgan, jumladan, gullarning dam oluvchi sayyohlarga murojaati: “Bizni uzmang, uzib siz bizni oldirasiz va bizni avlod qoldirishdan mahrum etasiz“. Gullarni asray bilish, uning qadriga yetish har bir kishining madaniyati va tarbiyasidan darak beradi.
Yovvoyi gullar ― bu hammaning boyligidir. Agarda bunday gullar yo’qolib ketsa tabiat qashshoqlanib qoladi va tog’, yaylovlarimiz o’z chiroyi va ko’rkini yo’qotadi. Shuning uchun biz tabiatning barcha jonzotlarini avaylaymiz, ularni asray olishimiz, Ona Vatanimizning har bir burchagini saqlashda oz kuchimizni sarflashimiz kerak. Tabiat faqat bizgina emas, balki kelajak avlodimiz uchun ham kerak.
Respublikamizda hayvonlarni muhofaza qilish va hayvonot olami boyliklaridan oqilona foydalanishda hal etilmagan masalalar kop. bu masalalarni hal qilish xalq ommasining tabiat muhofazasi, tabiatdan foydalanish haqidagi bilim darajasiga kop jihatdan bogliq. Aholining ekologik tarbiyasi qanchalik yuqori bolsa, tabiatdan oqilona foydalanish togrisidagi madaniyat ham shuncha yuqori bo’ladi.
O’simlik va hayvonot olami vakillarini saqlab qolishning eng asosiy yo’li qo’riqxonalar, buyurtma mskanlarini ko’plab tashkil qilishdir.
Ekologik ma’lumot, ta’lim-tarbiyaning tub ma’nosi ― bu tabiat, bizni o’rab turgan borliqqa nisbatan hurmat, uning yashil nabototlari, harakatdagi jonivorlar, oqayotgan zilol suv, tanimizga kirayotgan havo, ona yerga nisbatan etibordan iborat.
Tabiatni sevgan insonlar, uning har bir qarich yerida bolayotgan ijobiy va salbiy ozgarishlarni sezadi, kuzatadi, tabiatga yordam beradi, yani, yiqilgan butani tiklaydi, kasal hayvonni davolaydi, iflos suvni tozalashga harakat qiladi, yonginni ochiradi va hokazo. Insonning bunday ijobiy harakatlari uning koinotdagi orni va shu yerni muhofaza qilishga
PREZIDENT TARJIMAI HOL.Ashurmahmatov Sarvarbek.01.01.2020 yil.Qashqadaryo dam olishda SamDu 2017-2021 yillarga talaba.
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 1957-yil 24-iyulda Jizzax viloyatining Zomin tumanida shifokor oilasida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Oliy ma’lumotli, 1981-yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tugatgan. Muhandis-mexanik mutaxassisligiga ega. Texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Mehnat faoliyatini 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida boshlab, kichik ilmiy xodim, katta o‘qituvchi, dotsent, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimlarida ishladi.
1990-yili Respublika Oliy Soveti deputatligiga saylanib, ayni vaqtda Mandat komissiyasining raisi sifatida ham faoliyat ko‘rsatdi.
1992-yilda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. 1996—2001-yillarda Jizzax viloyati hokimi, 2001—2003-yillar mobaynida Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida ishlab, mazkur tuman va viloyatlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga katta hissa qo‘shdi.
Ijro hokimiyatidagi faoliyati bilan bir paytda 1995—2003-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati sifatida ham mamlakatni siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda demokratik islohotlarni amalga oshirish borasidagi muhim qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida faol ishtirok etib, samarali faoliyat olib bordi.
Sh.M.Mirziyoyev 2003-yilda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri etib tasdiqlandi va ushbu lavozimga yana uch marta – 2005, 2010, 2015-yillarda Oliy Majlis palatalari tomonidan qayta ta
2016-yil 8-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida parlament palatalarining qo‘shma qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazifa va vakolatlarini bajarish vaqtincha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklandi.
19-oktabr kuni Toshkentda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining VIII syezdi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya siyosiy kengashi a’zosi Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomzodini Prezidentlikka tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi. 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovi yakunlari bo‘yicha saylovchilarning 88,61 foiz ovozi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 2016-yil 14-dekabrda rasman o‘z vazifasini bajarishga kirishdi.
Sh.M.Mirziyoyev oilali, ikki qiz, bir o‘g‘li, besh nafar nabirasi bor. Rafiqasi Z.M. Mirziyoyeva – mutaxassisligi bo‘yicha muhandis-iqtisodchi, ayni paytda uy bekasi.
Sh.M.Mirziyoyev davlat va boshqaruv organlaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, yurt ravnaqi, xalq farovonligini yuksaltirish ishiga ulkan hissa qo‘shgani uchun “Mehnat shuhrati” va “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari bilan taqdirlangan.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zladi.
Kitob — ma’rifat oʻchogʻi
Reja:
1. Kitob tafakkur gulshani.
2. Kitobga oshno qalblar
3. Kitob — kelajagimiz poydevori.
Kitob insoniyat kitob durdonalari toʻlab avlodlarga yetkazuvchi vosita, odamzot yaratgan moʻjizalardan biri hisoblanadi. Kitob insonning eng yaqin doʻsti v maslahatchisi, aql qayrogʻi va bilim manbai, fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai hisoblanadi. Kitob moziy darakchisi bugunning tarbiyachisi va muallimi, kelajakning yoʻlboshlovchisi. Uma’naviy hazina haqiqiy boylik. Dono xalqimiz kitob haqida shunday deydi: «Kitob koʻrmagan kalla — giyoh unmagan dala». Bu hikmatli soʻzda shunday ma’no borki, giyoh oʻsmagan dalani hech kimga foydasi yoʻq, undan hech kim manfaat topmagani kabi kitob koʻrmagan kalla ham shu kabi hech kimga foydasi tegmaydi, oʻz fikrini namoyan qila olmaydi, qaysi gapni qayerda ishlata olmaydi. Shuning uchun koʻp kitob mutolaa qilib tafakkurimizni oʻstirishimiz zarur.
Ajdodlarimiz hayotida ham kitob muhim rol oʻynagan. Ular kitobni oʻz doʻstlariday koʻrishgan. Jumladan Alisher Navoiy shunday degan: «Kitob-beminnat ustoz.har daqiqa u bizni donishmandlarning bilim xazinasi bilan oshno eta oladi». Kitobni biz azaldan boylikdan ustun qilib kelganmiz. Bunga bir misol, Abu Ali Ibn Sino Buxoro hukmdori Nux ibn Mansurni davolagach, evaziga oltini kumushga toʻla sandiqqa emas, balki saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatini qoʻlga kiritishni avzal kran edi. «Kitobdan yaxshi doʻst yoʻq», «Kitob-beminnat doʻst» kabi maqollarni eshidganmiz. Buyuk rus olami Aleksandr Pushkin doimo kitobni doʻst tutgan . Pushkin vafot etar chogʻida, unga «doʻstlaringiz bilan vidolashing», deyishadi. Pushkin xonaning burchagidagi kitob javonida termulib, «Xayr, mening doʻstlarim!» deya jon bergan. Biz ham kitobni doʻst tutmogʻimiz lozim, zero barcha bilimlarning manbai bu kitob.
Inson bilimli tarbiyali, kasb-hunarli, baxtli boʻlishining muhim olimi-bu kitobga doʻst boʻlish, hamisha kitob oʻqish, kitob mutolaasini umr boʻyi kanda qilmaslikdir. Kitobga hamroh boʻlgan inson faqat va faqat odamiylik saboqlarini oʻrganadi. Ayniqsa, yoshlarning baxt-u kamoli, osoyishta va farovon hayotida kitob mutolaasining alohida o’rni bor. Har qanday muvaffaqiyatning kaliti bu kitobdir. U kelajagimiz poydevori. Shunday ekan aziz yoshlar kitob oʻqing zero, kitob insonning hayot yoʻlidagi yoʻldoshi boʻlsa, hayot soʻqmoqlaridan mamnuniyat bilan oʻtadi.
#9sinf Ona tili #Bayon
Related Posts:
- Kitob oʻqiganlar “Spark” minyapti, “Spark” minayotganlar ham…
- Eng koʻp sotilayotgan kitob – bu eng yaxshi kitob deganimi?
- Kitob – hammabop
- Kitob bosishning ixtiro qilinishi
- Kitob oʻqigan odam
- “Uliss” kitob javonimizda
Murakkab uslublarsiz mohir kitobxon bo‘lish siri
Haftasiga 20 tadan kitob o‘qish uchun tez o‘qish texnikasini o‘zlashtirish, kurslarga qatnash va onlayn-treninglarda ishtirok etish shart emas. Murakkab bo‘lmagan uslubdan foydalanib, boshqalarga qaraganda 15 marta tezroq bilim olishingiz mumkin.
Boshlash uchun nima qilish kerak
Dastlab kitoblar ro‘yxatini tuzing, keyin esa ularni mavzusiga qarab saralang. Bir o‘tirishda bir mavzuga oid kitoblarni o‘qish tavsiya etiladi. Bir-biriga o‘xshash mavzuli bir-ikki kitobni qo‘shish mumkin, qarama-qarshi yo‘nalishdagilarini o‘qish yaramaydi. Bu amaliyotning boshlang‘ich bosqichida qo‘l kelmaydi.
Kitoblarni qanday tanlash kerak
Ushbu texnika non-fikshn adabiyotlarni o‘qish uchun mos keladi. Bular biznes, shaxsiy rivojlanish, psixologiya, boshqa ilmiy-ommabop va axborot nashrlaridir. Agar nima o‘qishni bilmasangiz, internet tarmog‘ida taqdim etilgan g‘oyalardan foydalaning. Sizni qiziqtirgan yo‘nalishdagi forumlarga kiring. Odatda u yerda adabiyotlar mavzusi ro‘yxatlari bo‘ladi. Eng oson usul: kitob do‘koni katalogini yoki ilovasini ochib, u yerdagi mashhur kitoblarni ko‘zdan kechiring. Nashriyotlarning yangi, eng ko‘p o‘qilgan, eng ko‘p sotilgan kitoblar kabi ro‘yxatlari ham asqatadi.
Foto: Pixabay
Kitobni qayerdan olsam bo‘ladi?
Agar uydagi kutubxonangizda kitob bo‘lmasa, ikki xil usuldan foydalansangiz bo‘ladi.
1. Kitob do‘koniga borish va kerakli mavzu mavjud javonni topish
Tez o‘qish bo‘yicha mohir odamlar kitoblarni do‘konning o‘zida, tik turgan holda o‘qishni maslahat berishadi. Chunki aynan shu alfozda ko‘proq ma’lumot o‘zlashtirilar ekan. Agar ushbu fikrni sinovdan o‘tkazish istagi bo‘lmasa, o‘tirib olishingiz mumkin. Kitob do‘konlarining ko‘pchiligida buning uchun o‘rindiqlar mavjud.
2. Elektron kitoblarda mashq qilish
Odatda tez o‘qish usulini amaliyotda qo‘llaydiganlar ekrandan o‘qishni maslahat berishmaydi. Qog‘oz shaklidagi nashrlarni tez o‘qish oson hisoblanadi. Ba’zilar esa fikrga qo‘shilmaydilar va elektron kitoblarni “yamlamay yutishadi”.
Kitob mutolaa qilish imkonini beradigan ilovalarni yuklab olishni maslahat beramiz. Odatda bunday ilovalarda bepul davr mavjud bo‘lib, keynchalik to‘lov miqdori bir-ikki kitob narxidan oshmaydi. Bir oyda 50-60 ta kitob o‘qisangiz, obuna narxini bemalol “oqlaysiz”.
Birinchi kun: kitoblar bilan tanishib chiqish
Kitob do‘koniga boring, uydagi javonda turgan kitobni oling yoki ilovadagi fayllarni oching. Birinchi kun har bir kitob uchun 15 daqiqa ajrating. Ba’zi kitoblarga 20-25 daqiqa vaqt ketadi, boshqalari uchun esa 8-10 daqiqa kifoya.
Kitobni ochib, uning tuzilishini “o‘zingizga singdirishga” harakat qiling. Mundarija bilan tanishib chiqing, muqovasini ko‘zdan kechiring. Sarlavhalarni diqqat bilan o‘qing. Agar aniq ma’lumot yoki masalaning yechimi kerak bo‘lsa, e’tiboringizni javobni topishga qarating.
Qo‘lingizga qalam oling yoki ilovadagi ajratib ko‘rsatish moslamasi yordamida sizni qiziqtirgan mavzularni belgilab qo‘ying. Agar kitob do‘koni yoki kutubxonada o‘qiyotgan bo‘lsangiz, belgilarni yon daftaringiz yoki ilovadagi qaydlar bo‘limiga kiriting. Siz uchun aynan hozir qiziq bo‘lgan, oldingizga qo‘yilgan vazifalarni yechishda yordam beradigan mavzularni tanlang. O‘zingizga ko‘proq ma’lumotni “sig‘dirishga” intilmang.
Keyin 15 daqiqa mobaynida kitobni boshidan oxirgigacha varaqlab chiqish, sarlavhalarni o‘qish, har bir bo‘limning asosiy mazmunini anglashga harakat qiling. Qalin shrift bilan belgilangan joylarni albatta o‘qing, jadval va ro‘yxatlar bilan tanishib chiqing.
Foto: Pixabay
Birinchi bosqichdagi asosiy vazifa – kitobda yozilgan ma’lumotlar va ular qayerda joylashganini tushunish.
Kitobdagi foydali va yangi narsalar hamda hech qanday yangilikka ega bo‘lmagan ma’lumotlarni o‘zingiz uchun bilib oling. Non-fikshn janrini kuzatib borsangiz, deyarli har qanday kitobning uchdan bir qismi muallifning shaxsiy hayotidan olingan hikoyalar, ko‘plab misollar, biografik ma’lumotlar hamda ikkinchi darajali detallardan iborat bo‘ladi. Agar qisqa vaqt ichida ko‘proq kitobni qamrab olish istagida bo‘lsangiz, bu ma’lumotlarni filtrlash kerak bo‘ladi. Diqqatingizni asosiy fikr, maslahatlarga qaratib, mohiyatni anglashga harakat qiling.
Izohlar yozing
Har bir kitobni ko‘rib chiqib, undan olish mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni tushungach, izohlar qoldiring. O‘zingizdan oldingi kitobxonlar izohlariga ham bir ko‘z yugurtirishni tavsiya qilamiz – ulardan yangi narsalarni bilib olishingiz mumkin.
E’tibor bering: to‘laqonli taqriz yozishga intilish shart emas, sizdan yangi kitobni hissiy baholash so‘raladi.
Baholash ongda muayyan yorliq yaratadi. Izoh bu siz kitob bilan tanish ekaningiz, u siz uchun begona emasligini anglatuvchi belgidir.
Erinmang, izohlar qoldiring va baholar qo‘ying. Agar fikringizni ommaviy tarzda bildirishni istamasangiz, o‘zingiz uchun belgilab qo‘ying, kitob haqidagi shaxsiy fikrlaringizni yon daftaringizga yozing, uni 10 ballik tizimda baholang.
Ikkinchi kun: Eng muhimini o‘qing
Ertasi kuni ma’lumot miyangizga joylashgach, kitoblar bilan yaqinroq tanishamiz. Birinchi kundagi hamma kitoblar ham ikkinchi kunga o‘tavermaydi. Ko‘pincha muqova, taqriz va sarlavha qiziq, biroq kitobning ichida yangi va foydali ma’lumot mavjud bo‘lmaydi. Yoki muallifning uslubi sizni “kitobdan itaradi”.
Sizga bir ko‘rishda yoqmagan kitoblarni darhol chiqarib tashlang: ilk tasavvur ko‘pincha aldamaydi. Agar kitob haqiqatan ham foydali va muhim bo‘lsa, siz u bilan yana uchrashasiz.
Tanlab olingan kitoblarda bizni o‘ziga jalb qilgan va eng qiziq va muhim ma’lumotga ega bo‘lgan bo‘limlarni o‘qiymiz. Ko‘pchilik kitobni qat’iy ravishda boshidan oxiriga qadar, boblar ketma-ketligida o‘qish kerak deb hisoblashadi. Bu noto‘g‘ri fikr. O‘rganishga “sabringiz chidamayotgan” boblarnigina o‘qing. Eng qiziq joylarning tagiga chizib qo‘ying (agar do‘konda o‘qiyotgan bo‘lsangiz, ushbu boblar to‘g‘risida esingizda qolgan fikrlar, qanday savollarga javob topganingizni uyda yozib qo‘ying).
Agar bu kitob sizga butunlay qiziq va undagi har bir bob foydali bo‘lsa, uni bir chetga olib, boshidan oxirigacha o‘qing. Bunday kitoblar juda kam uchraydi: amaliyotning ilk oylarida oyiga 3-4 kitob, keyinchalik bu ko‘rsatkich kamayib boradi.
Eng qiziq kitoblarni qanday qilib o‘rganish mumkin
Eng qiziq va muhim kitob sifatida saralab olingan kitoblarni butunlay o‘qib chiqishingiz mumkin. Eslab qolish va muhim joylarini tizimlashtirishning yaxshi usuli – har bir bob bo‘yicha fikrlar xaritasi (mind map) ishlab chiqishdir. Agar qog‘oz bilan ishlashni yoqtirsangiz, konspekt yozing. Kitob qanchalik qiziqarli bo‘lishiga qaramay, uni qayta o‘qimang. Har bir bob uchun aniq vaqt, kitobni butunlay o‘qib chiqish uchun qancha kun ketishini aniq belgilab oling.
Mutolaani tugatgach, amaliyotning ilk kuniga qaraganda batafsilroq izoh yozing. Ijobiy va salbiy jihatlarini birma-bir ayting, baho qo‘ying.
Foto: Pixabay
Tajribalardan kelib chiqqan maslahatlar
1. Mutolaa to‘g‘risidagi yanglish fikrlardan xalos bo‘ling
Kitobni boshidan oxiriga qadar o‘qish majburiy emas. Qancha vaqt ketkazishingiz va qancha varaqni o‘zlashtirishingiz muhim emas. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, kitob bilan 15 daqiqa davomida tanishib chiqish ongimizda uning barcha boblarini bir oy davomida o‘qishda olinganchalik ma’lumot qoldiradi.
2. O‘qiganlaringizni barini eslab qolish yoki kitobni yodlab olishga harakat qilmang
Asosiy maqsad – kitobni yodlab olish emas, kerakli ma’lumotni olib, xulosa chiqarishdir.
3. Tez o‘qish sababli “miyangizda g‘uvillash” paydo bo‘lishi qo‘rqinchli emas
Yengilmang va amaliyotda davom eting. Dastlab ana shunday bo‘ladi, bu g‘ayrioddiy yoki siz nimanidir noto‘g‘ri bajarayotganingizni anglatmaydi. Ma’lumot ongingizga singishiga qo‘yib bering.
4. Parallel ravishda bitta badiiy kitobni sekin va maroq bilan o‘qing
Sizga zavq beradigan kitobni toping. Qiziq badiiy adabiyotni shoshilmay o‘qish — ajoyib tafovut va miya uchun xordiq.
Ikki kunlik amaliyot natijasi
Tavsiyalarga amal qilgan holda ikki kun mobaynida quyidagilarni amalga oshira olasiz:
- 10 ta kitobni ko‘rib chiqish, eng yaxshilarini tanlab olish va ular bilan yaqindan tanishish;
- asosiy ma’lumotni o‘qib chiqish, har bir kitobning asosiy fikrini anglash;
- eng foydali jihatlarini ajratib, o‘zingiz uchun belgilab olish;
- kitobning tuzilishini “singdirish” va keyingi safar undan oson yo‘nalish olish, kerakli ma’lumotni muammosiz topish;
- har bir kitobdan uni boshidan oxirigacha, ipidan ignasigacha o‘qib chiqqandagi kabi ma’lumot olish.
Izohlarda oyiga nechta kitob o‘qishingiz va bu sonni nima uchun bir necha marta oshirish istagida ekaningiz haqida aytib bering.