Press "Enter" to skip to content

Prezident «O‘zbekiston qaysi tomonda? » savoliga javob berdi

Davlatimiz rahbari yoshlar zamonaviy ilm-fan va yuqori texnologiyalarni mukammal egallashi zarurligi, buning uchun barcha kuch va imkoniyatlar ishga solinishini aytib o‘tdi.

Prezident yoshlarga: Ajdodlardan ibrat olib, hayotda mo‘’jizalar yaratishga astoydil intilishingiz kerak

Davlatimiz rahbarining yoshlar forumidagi ishtiroki, so‘zlari va tashabbuslari navqiron avlodga katta motivatsiya bag‘ishlamoqda.

– Buyuk ajdodimiz Muhammad Xorazmiyning bir hikmati bor: “So‘z – gul, ish – meva”. O‘ylaymanki, bugun belgilab oladigan rejalaringiz qanchalik pishiq-puxta bo‘lsa, ishingiz ham shunchalik yaxshi samara beradi, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Sizlar ko‘p kitob o‘qigan, bilimli avlod sifatida yurtimiz o‘tmishda jahon sivizilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganini yaxshi bilasiz. Siz Xorazmiylar, Farg‘oniylar, Beruniy va Ibn Sino, Ulug‘bek, Navoiy va Boburlar, Buxoriylar, Termiziylar avlodisiz. Ana shunday buyuk vatandoshlarimiz yaratgan bebaho bilim va kashfiyotlar bugun ham butun insoniyatga xizmat qilmoqda.

Prezidentimiz o‘z so‘zida davom etar ekan, bu o‘rinda qomusiy olim Muhammad Xorazmiy asos solgan ilm – “algoritm”ni eslashning o‘zi kifoyaligini ta’kidladi. Ushbu ulug‘ zotning beqiyos xizmatlarini insoniyat hamon minnatdorlik bilan eslamoqda. Uning olamshumul kashfiyotlari bugungi axborot texnologiyalarini yaratishda ham asos bo‘lgan.

Kuni kecha olis Ispaniyaning Madrid shahridagi Komplutense universitetida alloma bobomizning haykali o‘rnatilgani ham bu xalqaro e’tirofning yaqqol isbotidir, dedi Shavkat Mirziyoyev. Mashhur ajdodimiz xotirasiga ko‘rsatilgan bunday ulkan ehtiromni, biz ayni vaqtda xalqimizga, uning qadimiy tarixi va boy madaniyatiga ko‘rsatilgan yuksak hurmat ramzi sifatida qabul qilishimiz qayd etildi.

– Ulug‘ allomalarimiz, o‘zlarining olamshumul kashfiyot va ixtirolarini sizning yoshingizda – ayni kuchga to‘lgan navqiron chog‘larida amalga oshirganlar. Siz ham, buyuk ajdodlardan ibrat olib, hayotda mo‘’jizalar yaratishga astoydil intilishingiz kerak, – deya ta’kidladi Prezident.

– O‘z tajribamdan kelib chiqib, sizlarga aytadigan maslahatim shu: ilmni qadrlang, ilmga intiling! Bir soniya vaqtingiz ham bekor o‘tmasin! Yoshlik – umrning eng bebaho davri. Ilm o‘tda yonmaydigan, suvda cho‘kmaydigan, hech kim sizdan tortib ololmaydigan boylik ekanini aslo unutmang! Sizlar mustaqillik farzandlarisiz. Ota-bobolaringiz ko‘rgan to‘siq va qiyinchiliklarni ko‘rmay, ozod Vatanda erkin nafas olib, voyaga yetyapsizlar. Yuksak maqsadlar yo‘lida siz – yoshlar hal qiluvchi kuch bo‘lishingiz kerak. Men sizlarning zimmangizga yuklangan ana shunday ulkan mas’uliyatni, tom ma’nodagi tarixiy vazifani sharaf bilan ado etishingizga qat’iy ishonaman.

Davlatimiz rahbari yoshlar zamonaviy ilm-fan va yuqori texnologiyalarni mukammal egallashi zarurligi, buning uchun barcha kuch va imkoniyatlar ishga solinishini aytib o‘tdi.

– Shu maqsadda ta’lim tizimida tub islohotlarni amalga oshiryapmiz. Sohada mutlaqo yangi tizim – Prezident va ijod maktablari, matematika, ximiya, biologiya fanlari bo‘yicha maxsus maktablarni tashkil etyapmiz. Yoshlarimizga IT texnologiyalarni chuqur o‘rgatadigan ta’lim maskanlarining soni tobora ko‘payib bormoqda.

Bu ishlarimizning ilk mevalarini ko‘ra boshladik. So‘nggi uch yilda mamlakatimiz yoshlari nufuzli xalqaro tanlov va musobaqalarda besh yarim mingtaga yaqin sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Firdavs Abduqayumov IELTS dasturi bo‘yicha yuqori ball to‘plab, AQSHning Jon Karroll universitetida tahsil olish uchun 96 ming dollarlik grant sohibiga aylandi. Firdavs o‘g‘limni, uning ota-onasi va o‘qituvchilarini chin dildan tabriklab, ularga sihat-salomatlik, yangi yutuqlar tilayman.

Firdavsning izdoshlari sifatida Toshkent shahridagi Prezident maktabidan Temur Sulaymonov, Namangandagi maktabdan Mironshox Inomjonov va Azimjon Alijonov hamda boshqa ko‘plab o‘quvchilar nufuzli xorijiy ilm dargohlariga qabul qilindilar va ularning soni kun sayin ortib bormoqda.

Biz bunday iqtidorli yoshlarga o‘z vaqtida har tomonlama e’tibor qaratib, qo‘llab-quvvatlasak, o‘ylaymanki, ular katta-katta zafarlarni qo‘lga kiritadilar.

Shu sababli yoshlarimizning nufuzli xorijiy oliy o‘quv yurtlarida tahsil olishi uchun ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratamiz. Jumladan, xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha eng yuqori ballarni to‘plagan iqtidorli yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.

Shavkat Mirziyoyev umumxalq harakatiga aylangan besh muhim tashabbusni amalga oshirish uchun sharoitlarni yaxshilash masalasiga to‘xtalib o‘tdi. Shu maqsadda joylardagi 459 ta madaniyat markazini ta’mirlash va jihozlashga doir alohida dastur ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

– Bu muammoni albatta hal qilamiz, – dedi Prezident. – Lekin meni masalaning boshqa jihati ko‘proq o‘ylantiradi. Madaniyat va san’at yo‘nalishida o‘qishni tamomlagan yoshlarimizning ko‘pchiligi poytaxtda qolishni afzal ko‘ryapti. Bu ahvolda, katta xarajatlar evaziga joylarda barpo etilayotgan madaniyat va ma’rifat markazlarida ertaga kim ishlaydi? Qishloqlardagi yosh iqtidor egalarini kim izlab topadi, ularni kim tarbiyalaydi? Shu munosabat bilan, viloyat hokimlari har qaysi tuman va shahardan 5 nafargacha yoshlarni madaniyat va san’at oliygohlarida mahalliy byudjet hisobidan o‘qitadi. Kelgusida ularni o‘z hududida uy-joy va mutaxassisligi bo‘yicha ish bilan ta’minlash choralarini ko‘radi.

Iste’dodli bolalar uchun imkoniyat yaratish, ko‘rik-tanlovlarning g‘olib va sovrindorlarini doimiy qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlandi.

– Agar masalaga chuqurroq qaraydigan bo‘lsak, ertaga mana shunday yoshlar, tuman yoki shaharning “oltin fondi”ga aylanadi va shu hududning obro‘sini yuksaltirishga xizmat qiladi. Shuning uchun har qaysi tuman va shahar hokimiga 10-15 nafar mana shunday iste’dodli yoshni saralab, ularni har tomonlama tarbiyalash va muntazam rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish vazifasi topshiriladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izlanuvchan yigit-qizlarni rag‘batlantirish maqsadida joriy yilda yoshlar o‘rtasida eng yaxshi ilmiy ishlanmalar uchun umumiy qiymati 30 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan “Yosh olimlar” innovatsion loyihalar tanlovi e’lon qilindi.

2021 yildan boshlab maktab o‘quvchilari va oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida “Bo‘lajak olim” tanlovini tashkil qilish orqali yoshlarning eng yaxshi innovatsion hamda startap loyihalariga 50 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

– Bu ishlarimizni davom ettirgan holda, kelgusi yilda 100 dan ziyod shahar va tumanlarimizda axborot texnologiyalarini chuqur o‘rgatadigan zamonaviy o‘quv markazlarini tashkil qilamiz. Yoshlarga xalqaro IT sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi. Yaqin ikki yilda “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 300 ming nafar yoshlar kompyuter dasturlash asoslariga bepul o‘qitiladi.

O‘rni kelganda, sizlarga yana bir muhim yangilikni aytib o‘tmoqchiman. Keyingi yildan oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yosh uchun Prezident granti joriy etiladi. Agar mavjud Prezident stipendiyasi faqat bir o‘quv yili uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, ushbu grant mablag‘lari to‘rt yil davomida to‘lab boriladi.

Shuningdek, kelgusi o‘quv yilidan boshlab respublikamizdagi xorijiy oliy o‘quv yurtlarining bakalavriat bosqichi talabalari uchun ham Prezident va davlat stipendiyalari joriy etiladi.

Chunki bunday ta’lim maskanlarida o‘qiyotgan yoshlar ham o‘zimizning farzandlarimiz. Ular ertaga yurtimiz taraqqiyoti uchun xizmat qiladi. Shunday ekan, ularga g‘amxo‘rlik qilib, iste’dodini rag‘batlantirsak, o‘ylaymanki, adolatdan bo‘ladi.

Ilm yo‘lini tanlagan iqtidorli yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida keyingi yildan boshlab magistratura va doktorantura bosqichlari uchun Prezident stipendiyasi kvotasini ikki barobarga oshiramiz. Ishonchim komilki, bunday imkoniyat va imtiyozlarga avvalo yangi Renessans poydevorining bunyodkorlari sazovor bo‘ladi, – deya ta’kidladi davlatimiz rahbari.

Ikki va undan ortiq farzandi oliy o‘quv yurtida shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalarga imtiyozli ta’lim krediti berish yo‘lga qo‘yilishi aytildi.

Prezident «O‘zbekiston qaysi tomonda?» savoliga javob berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13 mart kuni Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida «O‘zbekiston qaysi tomonda?» degan savolga javob berdi. Gap Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi haqida ketmoqda. Davlat rahbarining javobi aks etgan videoni uning matbuot kotibi Sherzod Asadov e’lon qildi.

«Zamon juda murakkab, hozir katta-katta davlatlar O‘zbekiston, sen kim tomondasan, deyapti. Neytral bo‘lib yurishing bo‘ldi endi, yo u tomonga, yoki bu tomonga o‘tgin. Qattiq-qattiq aytib, vakillari ham kelib, o‘zlari ham shunga da’vat qilyapti. Bizga kerak O‘rta Osiyoda O‘zbekiston. [Aholisi] 36 million bo‘ldi, 3−4 yilda 40 million bo‘ladi, katta davlat bo‘ladi, kim tomonsan, deyapti. Qani, bunday og‘ir savolga qanday javob berish kerak?!» — dedi u.

«Javobim bitta — bir tomonman. Millatim, xalqim buyuk O‘zbekistonimning manfaati uchun o‘lishga ham tayyorman, deb javob beraman», — dedi prezident.

Prezident qaysi davlatlar O‘zbekistondan o‘z tarafini tanlashni so‘rayotganiga aniqlik kiritmadi.

Kitob haqida prezident qarori

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbai

Mas’ul ijrochilar

1.

“Kitobxonlik haftaligi” doirasida tadbirlar tashkil etish.

Haftalik doirasida kitob xarid qilgan shaxslarga o‘sha kun davomida jamoat transportlaridan bepul foydalanish imkoniyatini yaratish.

1. Ishchi guruh tuzish.

2. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

3. “Kitobxonlik haftaligi” doirasida tadbirlar tashkil etish.

202 0 yil dekabr

Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Xalq ta’limi vazirligi,

2.

Nashriyotlar tomonidan yozuvchilarga ajratiladigan gonorar masalasini takomillashtirish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

1. Hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

3.

Kitob nashr etish sohasida rassom, dizayner va badiiy muharrirlarni moddiy rag‘batlantirishni tartibga solish.

“Bosma mahsulotlar uchun badiiy-grafika va fotosurat ishlariga mualliflik haqini to‘lash tartibi va stavkalari to‘g‘risidagi nizom” loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Badiiy akademiya, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi

4.

Kitobxonlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholash tizimini ishlab chiqish, “Eng yaxshi kitobxon hudud”, “Eng yaxshi kitobxon mahalla”, “Eng yaxshi kitobxon ta’lim muassasasi” reytingi ni joriy etish.

1. Ekspertlar jamoasini shakllantirish.

2. Baholash tizimini yaratish.

3. Baholash tizimi asosida hududlar reytingini aniqlab borish.

4. Reyting natijalarini e’lon qilib borish.

har yarim yillikda

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvvatlash vazirligi

5.

O‘zbekistonda kitobxonlik rivojlanishining mavjud holatini aniqlash bo‘yicha an’anaviy so‘rovnoma o‘tkazish (yilda bir marta).

1. So‘rovnoma obyektini belgilab olish.

2. So‘rovnoma matnini shakllantirish.

3. So‘rovnomani aholi orasida OAV hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshirish.

4. So‘rovnoma n atijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumot tayyorlash.

Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

MTRK, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

6.

Kitobxonlik yo‘nalishida uchraydigan muammolarni muhokama qilib boruvchi “Kitobxonlar kengashi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

1. Kengash a’zolari tarki�ini shakllantirish.

2. Kitobxonlar kengashini tuzish.

3. Kengash yig‘ilishlarida kitobxonlik bilan bog‘liq muammolar va ularning yechimlarini muhokama qilib borish.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi

7.

“Yosh kitobxon” respublika tanlovini o‘tkazish.

1. Tanlov nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Tanlovning saralash bosqichlarini o‘tkazish.

3. Tanlovning mahalliy bosqichlarini o‘tkazish.

4. Tanlovning hududiy bosqichlarini o‘tkazish.

5. Tanlovning respublika bosqichini o‘tkazish.

Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Yoshlar ishlari agentligi,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi,
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,
Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

8.

Aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida oilaviy kitob o‘qish an’anasini yo‘lga qo‘yish maqsadida “Eng yaxshi kitobxon oila” respublika tanlovini o‘tkazish.

1. Tanlov nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Tanlovning saralash bosqichlarini o‘tkazish.

3. Tanlovning mahalliy bosqichlarini o‘tkazish.

4. Tanlovning hududiy bosqichlarini o‘tkazish.

5. Tanlovning respublika bosqichini o‘tkazish.

Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi,
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Yoshlar ishlari agentligi,
Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi,
“Mahalla” xayriya jamoat fondi

9.

“Kitob mutolaasidagi eng ko‘p tinglovchi auditoriyasini yig‘ish” loyihasini amalga oshirish.

1. Ishchi guruhni tuzish.

2. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Loyihani amalga oshirish.

2021-yil II chorak

Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Yoshlar ishlari agentligi,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,
Xalq ta’limi vazirligi

10.

“Inson hayoti davomida o‘qishi lozim bo‘lgan 100 kitob” loyihasi.

1. Ekspertlar jamoasini shakllantirish.

2. Kitoblar ro‘yxatini shakllantirish.

3. Loyiha doirasida asarlarning elektron versiyasini turli formatlarda (matnli, ovozli) audiokitob, audioertak tayyorlash.

4. Asarlarning maxsus mobil ilovalarini yaratish.

Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi,
Xalq ta’limi vazirligi

11.

Umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida “O‘qish olimpiadasi”ni tashkil etish

1. Ishchi guruhni tuzish.

2. Olimpiada nizomini ishlab chiqish.

3. Olimpiadani o‘tkazish.

2021-2022 o‘quv yili davomida

Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi

12.

Oliy ta’lim muassasalarida “Kelajak kutubxonasi” loyihasini amalga oshirish.

1. Ishchi guruhni tuzish.

2. Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish.

3. Loyihani amalga oshirish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

4. Loyihani amalga oshirish.

2020-2021 o‘quv yilida

Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar

13.

Harbiy qism va muassasalarda xizmat qilayotgan yosh harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Jaloliddin Manguberdi”, “Alpomish”, “Temur tuzuklari bilimdoni” kabi tanlovlarni o‘tkazish.

1. Vazirliklar va idoralarning qo‘shma qarorini imzolash.

2. Tanlovning saralash, hududiy va respublika bosqichlarini o‘tkazish.

Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Mudofaa vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,

Milliy gvardiya,
FVV, Davlat bojxona qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi

14.

“Kitobxonlik bekatlari” loyihasini amalga oshirish

1. Kitoblarni yuklab olish imkonini beruvchi QR kodlar yozilgan plakatlarni tayyorlash.

2. Plakatlarni temir yo‘l va avtobus bekatlariga joylashtirish.

Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari va mahalliy budjet mablag‘lari

Axborot va ommaviy kommun�katsiyalar agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, mahalliy hokimliklar

15.

Kitobxonlik madaniyatini oshirishda davlat va jamoat arboblari, Hukumat a’zolari va jamoat tashkilotlari vakillari, yozuvchi va shoirlar, sportchilar va estrada xonandalarini keng jalb qilgan holda reklama roliklarini tayyorlash.

1. Ishchi guruhni tuzish.

2. Reklama roliklari ssenariysini tayyorlash.

3. Reklama roliklarini tasvirga olish.

4. Roliklarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda muntazam yoritib borish.

2021-yil I chorak

Ijrochilarning byudje� va budjetdan tashqari mablag‘lari

MTRK,
Madaniyat vazirligi,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi,
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,
Yoshlar ishlari agentligi