Press "Enter" to skip to content

Kitob haqida rasmlar

Bugungi sanada: 2 ta

Kitob haqida qiziqarli faktlar

Kitoblar haqida ko‘p va xo‘b yozdik, yozmoqdamiz. Lekin qancha ko‘p yozsak, targ‘ibot qilsak, shuncha oz ekanligini yaxshi bilamiz. Hozir sizga aynan kitob o‘qishning foydali tomonlari haqida gapirmoqchi emasman. Kitoblar haqida kutilmagan, ajabtovur, hayratomuz, qisqasi, noodatiy holatlar haqida aytib bermoqchiman.

— Qadimda kitoblar juda qimmat bo‘lgan. XVIII asrgacha ba’zi kutubxonalarda kitoblar o‘g‘irlanmasligi uchun zanjirga bog‘lab qo‘yilgan. Kitob kam va qimmat bo‘lsa-da, uni o‘qishga qiziqish kuchli bo‘lgan. Bugungi kunda kitoblar ko‘p va narxlari ham baholi qudrat, cho‘ntakbop, lekin xarid qilish jarayoni qanday kechyapti? Kitoblarni kim ko‘p sotib oladi, erkaklarmi, ayollar? Albatta ayollar! Ular erkaklarga qaraganda ko‘proq (68%) kitob sotib oladilar. Bu faktni o‘qib rostligiga shubha qilmadim. Ishonmasangiz, “Sharq ziyokori” do‘koniga boring, asosiy xaridorlar ko‘pincha ayollar bo‘ladi(Xuddi boshqa, masalan, kiyim-kechak, oziq-ovqat, parfumeriya do‘konlari kabi. Albatta bu mening shaxsiy kuzatuvim, hech qanday statistikaga asoslanmagan). Shu o‘rinda bir fikr tug‘ilib qoldi, balki do‘kon xodimlari bilan kelishib bir hafta davomida kuzatuv o‘tkazarmiz?

— Dunyo bo‘yicha kitoblarning asosiy qismini 45 yoshdan oshganlar sotib olishar ekan. Afsuski, zamonaviy yoshlarimiz bu borada ancha orqadalar. Biz hamma narsani yaxshilikka yo‘yib o‘rganganmiz, bu holatni ham ular elektron kitob o‘qiydilar, shu­ning uchun kamdan-kam hollardagina kitob sotib oladilar, deb izohlamoqchimiz. Aslini olganda, kitobni qo‘lingizda ushlab, salmog‘ini, taftini his qilib o‘qiganga nima yetsin, aziz yoshlar.

— Kitob bilan pichoqning o‘g‘risi bo‘lmaydi, deyishadi. Ya’ni, kitob o‘g‘irlaganlar o‘g‘ri hisoblanmas ekan. Shu mavzuda bahs-munozaralar ham bo‘lgandi. Xullas, o‘g‘irlikmi, o‘g‘irlik, katta-kichigi, og‘ir-yengili bo‘lmaydi, uning yagona nomi o‘g‘irlik, tamom. Fanda kitob o‘g‘rilari bibliokleptoman deyiladi. Dunyodagi eng mashhur kitob o‘g‘risining ismi — Stiven Blumberg. U 270 kutubxonadan 23000 nodir kitobni o‘g‘irlagan. Uning kutubxonasining narxi 20 million dollardan oshadi.

— Mashhurlikda Agata Kristining oldiga tushadigan detektiv yozuv­chi hali-beri topilmadi. Uning asarlari 50 dan ortiq tillarda hamon chop etilmoqda. Nashr etilgan kitoblari nusxasi 2 milliarddan oshadi.

— Dunyoda eng katta lug‘at kitob “Nemis lug‘ati” (“Deutsches Wortetbuch”) bo‘lib, u 1854-yili Yakob va Vilgelm Grimm tomonidan tuzib boshlangan. Bu ishga keyinchalik turli olimlar hissa qo‘shib, 1971-yili yakunlangan. 33 jildlik ushbu lug‘at 34519 betdan iborat.

— Eng og‘ir kitob haqida eshitganmisiz? Bu kitob Britaniya muzeyida saqlanuvchi XVII asrga oid geografik atlasdir. Uning bo‘yi 1,9 metr, og‘irligi 320 kilogramm.

— Azaldan xalq qahramonlari, bahodirlar, buyuk shaxslar, shohlar haqida kitoblar yozish an’anasi mavjud. Ularni o‘qib o‘tmishdagi ajdodlarimiz haqida ma’lumotga ega bo‘lamiz. Dunyo bo‘yicha hisoblab ko‘rilganda eng ko‘p kitob Napoleon haqida yozilgani aniqlandi. U haqda 10000 dan ortiq turli janr­larda kitob yozilgan. Shu o‘rinda Napoleonning o‘zining kitob o‘qishi haqida ham to‘xtab o‘tish joiz: u daqiqasiga 2000 ta so‘z o‘qiy olgan. Balzak esa yarim soatda 200 bet kitob o‘qigan.

— 95% insonlar daqiqasiga 210 so‘z yoki 2 daqiqada 1,5 sahifa kitob o‘qiydilar.

— Kitoblar sekin o‘qilganda 100 foiz matn tushunilmaydi, faqat 60 foiz anglanadi, aksincha, tez o‘qilganda matnning 80 foizi tushuniladi.

— Aksariyat kitoblarning 18-betidayoq unga bo‘lgan qiziqish yo‘qoladi.

— Italiyalik Rio Kozelli eng zerikarli kitoblar to‘plashni yoq­tirgan. Uning kolleksiyasida 10000 jild kitob bor. Bir omadsiz italyan shoiri kitobi Kozelli kolleksiyasidan o‘rin olganini eshitgach o‘zini o‘ldirishiga bir bahya qolgan. Yaxshiyamki, bizning yurtimizda bunday g‘ayrioddiy kitoblar kolleksiyasi to‘playdiganlar yo‘q. Tasavvurimda, shunday odam bo‘lsa uning kolleksiyasi Kozellinikidan ko‘ra ancha boyroq bo‘lardi-yov, siz nima deb o‘ylaysiz?

— Har bir ijodkor ijod qilar ekan, albatta, yozganlari uchun moddiy va ma’naviy rag‘bat olishni xohlaydi. O‘z vaqtida shohlar saroyi­da ijod qilib, ularni madh etadigan asarlar yozib, ko‘klarga ko‘tarib, nomlarini tarixga muhrlagan ijodkorlar bo‘lgan. Ba’zida ulkan asarlar yaratib, o‘zi mo‘ljallagan gonorarni ololmay, biroz ranjiganlari haqida ham rivoyatnamo gaplarni eshitib qolamiz.

— Dunyoda eng katta gonorar Rim imperatori Mark Avreliy tomonidan shoir Oppianga to‘langan. Baliq tutish va ov haqidagi ikki dostonining har bir satri uchun 1 oltin tanga hadya qilingan. Uning ikki dostoni 20000 baytdan iborat.

— Kitoblar haqida yana bir kutilmagan fakt: Bastiliya mahbuslari faqatgina odamlar bo‘lmagan. Bir marta Didro va D’ Alamberning “Fransuz ensiklopediyasi”ni din va jamiyat axloqiga zarar keltirgani uchun “qamab qo‘yganlar”.

— Eng qimmat badiiy asar Leonardo da Vinchi tomonidan ko‘chirilgan “Leychester kodeksi” kitobidir. Uni “Microsoft” asoschisi Bill Geyts 1994-yili Nyu-Yorkdagi “Sotbis” auksionidan 30,8 million dollarga sotib olgan.

— Dunyoning eng qadimgi kitobi esa Priss papirusidir. U era­mizdan avvalgi 3350-yili yozilgan. Ushbu qo‘lyozma uni 1839-yili Fivadan topgan Emil Priss sharafiga shunday nomlangan. Qo‘l­yozma muallifi — fir’avnning vaziri Pta-Gotep. U yoshlarning tarbiyasizligi, dangasa va axloqsizligidan noligan.

— Mashhur golland vrachi German Burxavening “Tibbiyot san’atining yagona va teran sirlari” nomli kitobi muallif o‘limidan so‘ng 1738-yili 10000 dollar oltinga auksionda sotilgan. Bejirim bezal­gan va g‘iloflangan kitob ochilganda uning barcha sahifalari bo‘sh bo‘lgan. Faqatgina ilk sahifasida shunday yozilgan edi: “Boshing­ni sovuqda qoldirsang ham oyog‘ingni issiq tut. Shundagina sen eng zo‘r v­­rachlarni ham kambag‘al qilasan”.

Xullas, shunaqa gaplar. Hozirgacha duch kelganim kitoblar haqidagi qiziqarli ma’lumotlar shulardan iborat. Ushbular sizga ham qiziq tuyuldimi? Balki sizda yanayam qiziqarlilari bordir? Keling, o‘rtoqlashamiz.

Asolat AHMADQULOVA tayyorladi

Kitob haqida rasmlar

Bugungi sanada: 3 ta

Bugungi sanada: 2 ta

Bugungi sanada: 4 ta

BUGUN: 14-Mart, 2023-yil. Seshanba

  1. Asosiy
  2. Yangiliklar
  3. Bilasizmi?
  4. Kitob haqida bilasizmi?

Kitob haqida bilasizmi?

O’rama kitob. Antik davrlarda kitob uzun papirus varag’ini o’ram-o’ram qilib tayyorlangan (papirus – papirus o’simligidan qilingan qog’oz). Varaqning yon tomonlariga bittadan chiviq mahkamlab qo’yilgan. Kitob o’qilgan sari varaq bir chiviqdan ikkinchisiga o’rab borilgan. Kitobni pergamentga yoza boshlaganlarida varaqlar xuddi daftar kabi tikilgati va muqovalangan (pergament – silliq yupqa teri).

Manuskriptlar (lotincha «qo’l» va «yozaman» so’zlaridan). XV asr o’rtalarigacha kitoblar qog’ozga yoki pergamentga g’oz patlari bilan bcjirim qilib qo’lda yozilgan. Ko’pincha, bular lotin yoki qadimgi yunon tilida bo’lgan. Kitob bosish usuli topilgach, «jonli til» (ya’ni kitobxon gapirgan til)dagi kitoblar paydo bo’ldi.

BILASIZMI?

Hozir kitob qanday yaratiladi. Muallif (olim yozuvchi, shoir) kitob matni – qo’lyozmani yozadi. Qo’lyozma qo’lda, mashinada yoki kompyuterda yozilishi mumkin. Muallif qo’lyozmani nashirga topshiradi. Nashir kitobni chiqarsa bo’ladimi yoki yo’qmi degan masalani hal qiladi. Rassom matnga mos rasmlar (illyusiratsiyalar)ni, kitob muqovasij chizadi, maketni tayyorlaydi. Maket -kitobdagi matn va rasmlarni joy-joyiga qo’yish. Bu ishda u kompyuterdan foydalanishi mumkin. Tayyor maket bosmaxonaga topshiriladi. Kitob bosuvchi ishchi kitob matnini katta varaqlarga bosadi. Ularni varaqlarga qirqib va daftar singari tiki muqovalanadi. Hozirgi bosmaxonalarda har qanday kitobni istalgan miqdorda bosish imkoni bor: bosmaxona dastgohlarida bir soatda millionlab varaqlarni bosish mumkin.