Press "Enter" to skip to content

KITOB – TAFAKKUR KO’ZGUSI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

— Google dunyoda chop etilgan barcha badiiy, publitsistik, ilmiy asarlar sonini hisoblab chiqqan. Ularning soni 130 milliondan oshadi.

Kitob haqida qiziqarli faktlar

— Imom al-Buxoriy 600000 hadis to‘plab, shundan 100000 sahih, 200000 zaif hadisni yodlagan. Bu hadislarni to‘plashda 90000 dan oshiq kishining huzurida bo‘lib chiqqan.

— Ayollar erkaklarga qaraganda ko‘p (68 %) kitob sotib oladilar.

— Dunyoda sotiladigan kitoblarning yarmidan ko‘pini 45 yoshdan oshgan kishilar sotib oladilar.

— Italiyalik Rio Kozelli eng zerikarli kitoblarni to‘playdi. Uning kollektsiyasi 10000 jilddan iborat. Bir omadsiz italyan shoiri kitobi Kozelli kollektsiyasidan o‘rin olganini bilgandan so‘ng, o‘zini o‘zi o‘ldirishiga bir bahya qolgan.

— Qamoqda yozish rejasi tuzilgan kitoblar orasida Servantesning «Don Kixot», Jon Banyanning «Avliyoning sayohati», Oskar Uayldning «Qamoqdagi istig‘for», Nikolo Makiavellining «Hukmdor» asarlari mavjud.

— Bitta roman yozish uchun 500 soat ketadi.

— Jamoa bilan kitobni ovoz chiqarib o‘qish bo‘yicha eng uzoq davom etgan marafon 224 soat kechgan.

— Fanda kitob o‘g‘rilarini bibliokleptoman deyiladi. Dunyodagi eng mashhur kitob o‘g‘risining ismi — Stiven Blumerg. U 270 kutubxonadan 23000 nodir kitoblarni o‘g‘irlagan. Uning «kollektsiya»si narxi 20 million dollardan oshadi.

— Dunyodagi eng katta lug‘at «Nemis lug‘ati» («Deutsches Wortetbuch») bo‘lib, u 1854 yili Yakob va Vilgelm Grimm tomonidan boshlangan. Bu ishga keyinchalik turli olimlar hissa qo‘yshib, 1971 yili yakunlangan. 33 jildli ushbu lug‘at 34519 betdan iborat.

— Barcha zamon va xalqlarning eng mashhur yozuvchisi Agata Kristidir. Uning detektiv hikoyalari 50 dan ortiq tilda hammon chop etilmoqda. Kristining nashr etilgan kitoblari nusxasi 2 milliarddan oshadi.

— Dunyodagi eng og‘ir kitob Britaniya muzeyida saqlanuvchi XVII asrga oid geografik atlasdir. Uning bo‘yi 1,9 metr, og‘irligi 320 kilogrammdir.

— Google dunyoda chop etilgan barcha badiiy, publitsistik, ilmiy asarlar sonini hisoblab chiqqan. Ularning soni 130 milliondan oshadi.

— Napoleon daqiqasiga 2000 ta so‘zni o‘qiy olgan.

— Dunyodagi eng mashhur kitob qahramoni — Napoleondir. U haqda 10000 dan ortiq turli janrdagi kitoblar yozilgan.

— 95 % insonlar daqiqasiga 210 so‘z yoki 2 daqiqada 1,5 sahifa kitob o‘qiydilar.

— Balzak yarim soatda 200 bet kitob o‘qigan.

— Ma’lumki, qadimda kitob juda qimmat bo‘lgan. 18-asrgacha ba’zi kutubxonalarda kitoblar o‘g‘irlanmasligi uchun zanjirga bog‘lab qo‘yilgan.

— Kitobni sekin o‘qilganda 100 foiz matn tushunilmaydi, faqatgina 60 foiz anglanadi, aksincha, tez o‘qilganda matnning 80 foizi tushuniladi.

— Aksariyat o‘quvchilar kitobning 18-betidayoq unga qiziqishni yo‘qotadilar.

— Dunyodagi eng katta gonorar Rim imperatori Mark Avreliy tomonidan shoir Oppianga to‘langan. Uning baliq tutish va ov haqidagi dostonining har bir satri uchun 1 oltin tanga hadya qilingan. Uning ikki dostoni 20 000 baytdan iborat.

— Adabiyotchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Shekspir asarlaridan «sevgi» so‘zi 2259 marta, «nafrat» so‘zi esa 229 marta takrorlangan.

— Bolani o‘qishga o‘rgatish uchun eng qulay payt — 4-6 yoshlik paytidir. Bolani 7 yoshdan o‘qishga o‘rgatish biroz qiyin kechadi.

— Bastiliya mahbuslari faqatgina odamlar bo‘lmagan. Bir marta Didro va D`Alamberning «Frantsuz entsiklopediyasi»ni din va jamiyat axloqiga zarar keltirgani uchun «qamab qo‘yganlar».

— Dunyodagi eng qimmat badiiy asar Leonardo da Vinchi tomonidan ko‘chirilgan «Leychester kodeksi» kitobidir. Uni «Maykrosoft» asoschisi Bill Geyts 1994 yili Nyu-Yorkdagi «Sotbis» auktsionidan 30,8 million dollarga sotib olgan.

— Dunyodagi eng katta kitob holida chop etilgan majmua Irlandiya universiteti tomonidan 1968-1972 yillarda chiqarilgan 1112 jildli «Britaniya parlamenti hujjatlari»dir. To‘liq majmua 3,3 tonnani tashkil etadi. Uni to‘liq o‘qib chiqish uchun 6 yil ketadi.

— Dunyodagi eng qadimiy kitob Priss papirusidir. U eramizdan avvalgi 3350 yili yozilgan. Ushbu qo‘lyozma uni 1839 yili Fivadan topgan Emil Priss sharafiga shunday nomlangan. Qo‘lyozma muallifi — fir’avnning vaziri Pta-Gotep. U yoshlarning tarbiyasizligi, dangasa va axloqsizligidan noligan.

— Hozirgi paytda dunyodagi eng katta kitob — «Bu — Muhammad (s.a.v.)» deb nomlangan bo‘lib, og‘irligi 1,5 tonnadir. Kitob 429 sahifadan iborat. Uni 9 oy davomida 50 kishi tayyorlagan. 2,7 million dollar sarflangan. Kitob Dubaydagi savdo markazida saqlanadi.

— Mashhur golland vrachi German Burxavening «Tibbiyot san’atining yagona va teran sirlari» nomli kitobi muallif o‘limidan so‘ng 1738 yili 10000 dollar oltinga auktsionda sotilgan. Bejirim bezalgan va g‘iloflangan kitob ochilganida uning barcha sahifalari bo‘sh edi. Faqatgina ilk sahifasida shunday yozilgan edi: «Boshingni sovuqda qoldirsang ham oyog‘ingni issiq tut. Shundagina sen eng zo‘r vrachlarni ham kambag‘al qilasan».

KITOB – TAFAKKUR KO’ZGUSI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Hosilbekova L.Sh., Rustamova X.Y.

Ushbu maqola jamiyatimizda kitobxonlikni targ’ib qilish, kitob tanlay olish malakasini shakllantirish haqida. Maqolada siz kitob o’qishning foydali jihatlari va yana buyuk shaxslarning kitob haqidagi afarizm va hikmatli so’zlarini bilib olasiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по биологическим наукам , автор научной работы — Hosilbekova L.Sh., Rustamova X.Y.

BOSHLANG’ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MADANIY DUNYOQARASH ELEMENTLARINI SHAKLLANTIRISHDA KITOBXONLIKDAN FOYDALANISH

INNOVATSION TA’LIM MUHITIDA O’QUVCHILARNING KITOB O’QISHGA BO’LGAN QIZIQISHLARI YUZASIDAN UZVIYLIK VA UZLUKSIZLIKNI YO’LGA QO’YISH

YOSHLAR O’RTASIDA KITOBXONLIK VA MUTOLAA MADANYATINI YUKSALTIRISH VA UNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI KITOB O’QISHGA QIZIQTIRISHDA PSIXOLOGIYANING O’RNI
KITOB – MANGULIK ARDOG‘IDAGI DURDONA
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KITOB – TAFAKKUR KO’ZGUSI»

Вестник Maeucmpamypu. 2021. № 1-3 (112)

L.Sh. Hosilbekova, X. Y. Rustamova

KITOB – TAFAKKUR KO’ZGUSI

Ushbu maqola jamiyatimizda kitobxonlikni targ ‘ib qilish, kitob tanlay olish malakasini shakllantirish haqida. Maqolada siz kitob o ‘qishning foydali jihatlari va yana buyuk shaxslarning kitob haqidagi afarizm va hikmatli so ‘zla-rini bilib olasiz.

Kalitso’zlar: kitob, kitobxonlik, kitob tanlash, kitobsevar, gadjet.

Kitob — boylik. Lekin sotib olingani emas, o’qilgani.

Statistika ma’lumotlariga qaraganda, kitob o’quvchilarsoniga qaraganda kitob o’qimaydiganlar soni juda ham ko’p. Bunga juda ko’p narsalarni sabab qilib ko’rsatishimiz mumkin. Shiddat bilan rivojlanib borayotdan axborot asrida yashayapmiz. Har qadamimizda kompyuter, telefon, dron va shu kabi ko’plab gadjetlarga duch kelamiz. Bularning barchasi hayotimizga shu darajada shiddat bilan kirib kelyaptiki, ularsiz hayotimizni tasavvur eta olmaymiz xatto. Gadjetlar turmush tarzimizni yengillashtirdi. Buni tan olishimiz kerak. Ammo, ularning zararli oqibatlari ham juda ko’p. Eng achinarlisi “kitobxonlik”ning sezilarli darajada kamayib ketganidir.

Kitob —axborotlarni, g’oya, obraz va bilimlarni saqlash hamda tarqatish, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, estetik karashlarni shakllantirish vositasi; bilimlar targ’iboti va tarbiya quroli; badiiy, ilmiy asar, ijtimoiy ada-biyotdir. Buyuk shoir va mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy yozganidek, kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai.

Kitob bizning hozirgi hayotimizdir. Unga hamma muhtoj . qariyalar, o’rta yoshlilar, yoshlar va xatto bo-lalar ham. Hamma gap ular uchun kitob tanlashda, biz hammadan oldin nomunosib tanlangan kitoblarni o’qish hech narsa o’qimagandan ko’ra yomonroq va zararliroqdir, degan fikrga qo’shilamiz. Kitoblarning tanlanishi odamning fikr dunyosini, uning hayotiy qadriyatlarini ochib beradi (Jim Rohm). Biz pedagoglarning kelajagimiz bolmish yosh avlodni talim-tarbiya olishlari uchun shart-sharoit yaratish, sog-salomat ulgaytirish, ularga ota-ona kabi mehr berish oliy maqsadimiz. Bolaning barkamol shaxs bo’lib ulg’ayishida ularning hayotida kitobning hayoti beqiyosdir. Ular qachon kitobga mehr beradi degan savolga yagona javob bor. Qachonki bolalarga o’zla-rining dunyo qarashi va yoshiga mos kitob tanlay olsak, bolada kitobga muhabbat uyg’otadi.Aslida, tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, yosh o’quvchilar o’z adabiyotlarini to’g’ri tanlaganlarida, ular yaxshi o’qiydiganlar bo’ladi. O’qituvchilarning asosiy vazifasi, o’quvchilarning qaysi turdagi kitoblarni o’qishlariga yordam berishini aniqlaydi. O’qituvchi bolalarning xarakteri, qiziqishlarini inobatga olib ularga, sarguzasht, komedia, sheriy, drama, rivoyat v.h.k tavfsiya qilish mumkin. Bolalarni kitob o’qishga qiziqishtirishning yana bir usuli kitob o’qishni yaxshi ko’radigan, ularga yaxshi tanish bo’lgan buyuk shaxslarni, asr qahramonlari hayotini, yutuqlarini misol keltirishdir. Masalan hammaga birdek tanish bo’lgan MICROSOFT asoschisi Bill Geyts haqidagi hikoya bo ‘lishi mumkin. Hikoya ta’sirli va asosli bo’lishi kerak.

Bill Geyts bilimi va tirishqoqligi bilan nafaqat o’zining, balki insoniyatning ham hayotini yaxshilagan biznesmen, jamoat arbobi. U jahonning eng ko’p kitob mutolaa qiladigan kishilaridan biri sifatida ham nom qozongan. Janob Geyts har yili o’rtacha 50 ta kitob o’qiydi. Ya’ni, har haftada bitta kitob! Bill Geyts uchrashu-vlarda ham sayyoramizning eng muvaffaqiyatli kompaniyasini yaratishda unga o’qish va o’rganishga bo’lgan qiziqishi yordam berganini ko’p takrorlaydi. Uning fikrcha, yaxshi kitob — hayotidagi muhim hodisa. Kitob o’qishda Bill Geytsning o’z qoidalari mavjud. Zero, o’qish bilan uqishning farqi borligini biz ham yaxshi bilamiz. Milliarder yaqinda Quartz nashri bilan suhbatda o’zining kitob o’qishda e’tibor qiladigan odatlarini ma’lum qildi. Quyida ularni bayon qilamiz.

1. Kitob hoshiyasiga qaydlar qoldirish. «O’qish insondan diqqatni jamlashni talab qiladi. Ayniqsa, ilmiy yoki badiiy bo’lmagan kitoblarni o’qish jarayonida sen yangi bilim olasan. Ularni o’zingdagi qarashlar bilan chog’ishtirish uchun qayd yozish foydali odat. Qolaversa, yaxshi kitob o’z sir-asrorini bir o’qishda fosh qilmaydi. Uni takror o’qiganing sayin tushunib borasan.

2. Boshlagan kitobingni tashlab qo’yma. Bill Geyts oxiriga qadar o’qishga ko’zi yetmagan kitobni qo’liga olishdan qochadi. Buning yaxshi tomoni bor — kitobni esga tushganida o’qish vaqtni behuda sarflashdan farq qilmaydi. Milliarderning fikricha. ming yil avval yozilgan kitob uni o’qimagan odam uchun hali yangi hisoblanadi.

3. Bosma yoki raqamli? Qaysi qulay bo’lsa, shuni o’qing.

© Hosilbekova L.Sh., Rustamova X.Y., 2021.

BecmnuK Maeucmpamypu. 2021. № 1-3 (112)

«Hozircha bosma kitoblar mutolaasi men uchun qulay. Biroq, sekin-asta gadjetlarda ham kitob o’qishni odat qilmoqchiman», deydi Bill Geyts. Agar sizga mobil qurilmalarda kitob o’qish qulay bo’lsa, bu — sizning tanlovingiz. Muhimi — eski po’stin kiysangiz ham, yangi kitob o’qishga odatlaning.

Qo’llanilgan mazkur metod bolada kitobxonlikni yanada rivojlantirishga turtki bo’ladi. Eshitgan voqealarni amalda qo’llashga ishtiyoq uyg’otadi.

Kitob haqida maqol va afarizmlar:

Kiyim ustingni bezaydi, kitob-aqlingni.

Kitob-ko’zgu, unda olamni ko’rasan.

Oltin yer tagidan kavlab olinadi, bilim kitobdan.

Kitobsiz uy – quyoshsiz kun.

Kitoblar orzu-istak tug’diradi, uni hayotga chorlaydi, kishini fikrlashga majbur etadi, muhokamalarda mus-taqil bo’lish qobiliyatini tarbiyalaydi.

S.T. Strumilin Kitob eng olis va zimiston umr yo’llarida insonga nur bag’ishlab turuvchi sehrli chiroqdir. A. Upit

1.Vikipediya. Ochiq ensiklopediya

2.”Adabiyot nazariyasi”, V. V. Prozorov, 1987 yil

HOSILBEKOVA LATOFAT SHAMIDDIN QIZI – Guliston davlat universiteti Ta’lim va tarbiya nazaryasi (Bishlang’ich ta’lim) 1-bosqich magistranti.

RUSTAMOVA XURSHIDA YUSUPOVNA – Guliston davlat universiteti Pedagogika va psixologiya yo’nalishi 1- kursb magistri.

Kitob mutolaasi haqida

Koʻpchilik, afsuski, kitob oʻqishni bilmaydi va koʻp kishilar nima uchun oʻqiyotganini tuzukroq tushunib ham yetmaydilar. Baʼzilar buni savodli boʻlishning qiyin, biroq yagona yoʻli, deb biladi. Ularning fikricha, har qanday kitob kishini “oʻqimishli” qila oladi. Boshqa birovlar uchun esa oʻqish, bu – dam olish, shunchaki vaqtni oʻtkazish va ularga nimani (maqola, roman, sheʼr, xabar va hokazo) oʻqish baribir, zerikarli boʻlmasa bas. Shunchaki dam olish, vaqt oʻtkazishni istagan va “oʻqimishli” boʻlish haqidagina qaygʻuradigan oʻquvchi kitobdagi dilni poklovchi, kishini ruhlantiruvchi qandaydir nomaʼlum bir kuchni sezadi. Biroq bu kuchni u aniq tasavvur etolmaydi va baholay ham olmaydi. Bunday kitobxon tibbiyotdan mutlaqo bexabar bemorga oʻxshaydi, yaʼni aynan qaysi dori kerakligini anglamasdan, har bir qutichadagidan tatib koʻra boshlaydi. Aslida, mutolaa borasida ham har bir kishi oʻzi uchun zarur, yangi kuch hamda ruhiy taʼsir baxsh eta oladigan kitoblarnigina topa bilishi maqbul emasmikin?

Albatta, biz mualliflarga odamlar koʻp mutolaa qilishlari yoqadi. Muallifning kitobxonlar haddan tashqari koʻp kitob oʻqishlariga eʼtibor qaratishi u qadar toʻgʻri emas. Chunki mingta loqayd oʻquvchidan oʻnta yaxshi kitobxon afzal. Shu bois, bemalol taʼkidlayman, hamma joyda haddan tashqari koʻp mutolaa qilishadi va bu – adabiyot uchun obroʻ emas, balki ziyon keltiradi, xolos. Kitob mustaqil boʻlmagan kishilarni yana ham maʼnaviy zaiflashtirish uchun yozilmaydi, bundan tashqari, undan baʼzan noqobil odamlarga arzon-garov manzara hamda osongina oʻzgartirilgan hayotni koʻrsatish uchun ham foydalanishadi. Kitoblar insonni hayotga yoʻllagandagina, unga xizmat qilgandagina foydali. Agar kitob oʻquvchiga oz boʻlsa-da, kuch-gʻayrat, shijoat, maʼnaviy poklik baxsh etmasa, mutolaa uchun sarf etilgan har bir soat behuda va besamar qolaveradi.

Shunchaki oʻqish, bu – diqqatni toʻplashga majbur etuvchi mashgʻulot va ovunish uchungina oʻqish, oʻz-oʻzini aldash. Loqayd kishilar uchun, umuman, biror narsadan ovunishning hojati yoʻq. Aksincha, ular hamma joyda diqqat-eʼtiborli boʻlishlari, qayerda nima ish bilan shugʻullanishmasin, nima haqda fikr yuritishlaridan qatʼi nazar, oʻzlarini butun vujudlari bilan voqealar girdobida his etmoqlari zarur.

Hayot qisqa, uning poyonida hech kimdan oʻqilgan kitoblar soni soʻralmaydi. Foydasi yoʻq ekan, oʻqishga vaqt sarflash aqllilik belgisi emas, aksincha, koni ziyon emasmikin? Men bu oʻrinda faqat yomon kitoblarni emas, avvalambor “sifatli mutolaa”ni nazarda tutayapman. Hayotda bosgan har bir qadaming kabi oʻqishdan ham biron natija kutiladi. Mutolaadan yangi kuch-gʻayrat olmoq uchun avval kuch sarf etmoq, yanada yaxshi tushunmoq uchun oldin oʻzingni “yoʻqotmoq” kerak.

Agar har bir oʻqilgan kitob quvonch va alam, shijoat hamda ruhiy tazarru olib kelmasa, jahon adabiyoti tarixini bilishdan maʼno yoʻq. Fikr-mulohaza qilmasdan oʻqish – xushmanzara tabiat qoʻynida koʻzni bogʻlab yurmoq demak. Biz oʻzimizni va turmushimizni unutish uchun emas, balki hayot jilovini yanada ongliroq ravishda anglash uchun oʻqishimiz kerak. Kitobga dimogʻdor oʻqituvchiga qaragan qoʻrqoq oʻquvchi singari emas, balki eng baland choʻqqini zabt etmoqqa shaylangan shiddatkor alpinist kabi yondashmoq talab etiladi.

Ruhiyatimizning tabiiy, tugʻma ehtiyoji – tur, xil, namunalarni aniqlab olish va ular asosida butun insoniyatni tur-turga ajratib chiqishni taqozo etadi. Teofrast [1] “Xarakterlar”idan tortib, to ajdodlarimiz va ota-bobolarimizning toʻrt mizoj toʻgʻrisidagi tushunchalari (inson tabiatiga xos xususiyatlar) va eng zamonaviy psixologiyaga qadar, mana shu ehtiyoj turlangan tartibda muntazam namoyon boʻlib, sezilib turadi. Qolaversa, har qanday kishi ham atrofidagi odamlarni yoshligida oʻzi uchun muhim xarakterlar bilan oʻzaro oʻxshashligiga qarab, koʻpincha gʻayrishuuriy bir tarzda guruhlarga boʻlib chiqishi tabiiy. Bunday boʻlinishlar, qanchalik jozibali va yoqimli boʻlmasin, sof shaxsiy tajribaga yoki qandaydir ilmiy tipologiyaga asoslanishidan qatʼi nazar, har qanday odamda ham har qaysi turga xos xususiyat, belgilar va oʻta qarama-qarshi xarakterlar hamda mizojlar, bir-biri bilan oʻzaro almashinib turadigan holatlar yangligʻ, har bir alohida shaxsda uchrashi mumkinligini taʼkidlab, tajribaning yangi kesimini belgilab olish baʼzan oʻrinli va samarali boʻlishi mumkin.

Shunday qilib, men quyida kitobxonlarning uch turi yoki boshqacha qilib aytganda, uch darajasi xususida toʻxtalib oʻtmoqchiman. Albatta, bu bilan kamina kitobxonlarning butun dunyosi uzil-kesil mana shu uch toifaga boʻlinadi, demoqchi emasman. Zero, har birimiz oʻz shaxsiy hayotimizning turli davrlarida goh u, goh bu guruhlarga mansub boʻlishimizga toʻgʻri kelishini ham unutmasligimiz lozim.

Shunga koʻra, eng avvalo, sodda kitobxonni olib koʻraylik. Har birimiz ham dam-badam ana shunday oʻquvchi qiyofasida namoyon boʻlib turamiz. Bunday kitobxonlar – hindular haqidagi kitobchani oʻqiyotgan bolakay yo graf ayol hayoti toʻgʻrisida hikoya qiluvchi romanni mutolaa qilayotgan oqsoch yoki Shopenhauerni oʻrganishga kirishgan talaba – barchasi, ovqatni paqqos tushiradigan sertomoq xoʻranda singari, kitobni yutib yuboradi. Bunday oʻquvchining kitobga munosabatini bir shaxsning ikkinchi bir shaxsga munosabatidek, deb boʻlmaydi, balki aksincha, ot suliga yoki izvoshchiga qanday qarasa, xuddi shunday deyish mumkin. Kitob yetaklaydi, kitobxon esa unga ergashadi. Kitob syujeti xolisona, begʻaraz voqelik sifatida idrok qilinadi. Syujetning oʻzi boʻlsa koshkiydi! Badiiy adabiyotning tuppa-tuzuk bilimga ega ashaddiy oʻquvchilari ham borki, ular butkul sodda kitobxon sinfiga mansubdir. Garchi ular syujetning oʻzi bilangina kifoyalanib qolmasalar-da, romanda qancha aza yoki qancha toʻy tasvir etilganiga qarab baho bermaydilar, shu bilan birga, muallifning oʻzini tushunib, kitobning estetik mohiyatini xolisona qabul qiladilar. Ular asar muallifining barcha zavq-shavq, quvonchiga va ilhomiga sherikdirlar, uning dunyoqarashiga butkul qoʻshilib, muallifning tasavvur mahsulini, turlicha maʼno berish holatlarini hech bir eʼtirozsiz qabul qiladilar. Oddiy odamlarni asar syujeti, undagi vaziyat, voqea va harakatlar qiziqtirsa, oʻtkir aql sohiblari uchun esa muallif mahorati, tili, bilimi, maʼnaviy saviyasi muhim. Ular buning barchasini qandaydir xolisona voqelik sifatida – adabiyotning soʻnggi va eng yuksak boyligi sifatida – Karl May [2] muxlisi boʻlmish navqiron oʻquvchi “Eski paypoq” asaridagi voqealarni mavjud voqelik deb qanday idrok etsa, xuddi shunday tushunadilar.

Bunday sodda kitobxon, mutolaaga munosabatiga koʻra, umuman, shaxs hisoblanmaydi, balki oʻzi bilan oʻzi andarmon oʻquvchi, xolos. U romandagi voqealarning keskinligiga, xavf-xatarga toʻla sarguzashtlariga, ishqiy lavhalarga boyligiga, tasvirning dabdabali yoki ojizligiga qarab baholaydi yoki buning oʻrniga, muallifning oʻzigagina baho berib qoʻyaqoladi, yaʼni uning muvaffaqiyatlarini shunday andaza bilan oʻlchaydiki, bu meʼyor oxir-oqibatda doimiy odatga aylanadi. Bunday oʻquvchi kitob, umuman, his qilib, tushunib oʻqish va mazmuni yoki shakliga munosib baho berish uchungina yaratilgan deb oʻylaydi, bunga shak-shubha qilmaydi. Yaʼni, kitob – non yoki koʻrpa-toʻshakka oʻxshagan narsa, deb hisoblaydi.

Biroq dunyodagi mavjud barcha narsalarga nisbatan boʻlganidek, kitobga ham oʻzgacha munosabat joiz. Inson tarbiyasiga emas, tabiatiga amal qildi deguncha, bolaga aylanadi va buyumlarni oʻynay boshlaydi. Shunda non yerosti yoʻli qazilgan toqqa, koʻrpa esa gʻorga yoki qor bosgan dalaga aylanadi. Shunday bolalarga xos soddalikdan va bu oʻyinchi dahodan ikkinchi turdagi kitobxonga nimadir yuqadi. Bu oʻquvchi asar mazmuni yoki shaklini qanchalik qadrlasa, uning haqiqiy, yanada muhimroq qadr-qimmatini ham shunchalik yuqori baholaydi. Bu kitobxon bolalarga oʻxshab, har bir narsaning ehtimol oʻn yoki yuz mazmun-mohiyati, ahamiyati va qadr-qimmati borligini yaxshi biladi. Mazkur oʻquvchi, masalan, yozuvchi yoki faylasufning voqea, hodisalar, narsalarga nisbatan oʻz bahosini oʻz-oʻziga yoxud kitobxonga majburan qabul qildirishga urinayotganini kuzata borib, jilmayib qoʻyishi hamda muallifning erkinligi va asossizligi boʻlib koʻrinayotgan narsa aslida sustkashlik va majburlashdan boshqa narsa emasligini payqab olishi mumkin. Bu kitobxon professor-adabiyotshunoslar va adabiyot munaqqidlariga koʻpincha butunlay nomaʼlumligicha qoladigan jihatni: mazmun va shaklning erkin tanlovi degan tuturiqsiz gapning mutlaqo mavjud emasligini ham yaxshi biladi. Yaʼni, adabiyot tarixchisi, Shiller falon yili falon syujetni tanlab olib, uni besh boʻgʻinli yamb (vazn) orqali ifodalashga ahd qilgan, deydi. Kitobxon esa na syujet, na yamb shoirning erkin tanloviga sabab emasligini, unga rohat bagʻishlagan yagona narsa – shoir syujetni nima qilishi emas, balki syujet shoir bilan nimalar qilganini koʻrish istagidir.

Shu xildagi fikrga kelganda, estetik deb ataladigan qadriyatlar deyarli butunlay oʻz qimmatini yoʻqotadi va aynan har qanday xato, kamchilik va nomukammalliklar ulkan jozibadorlik kasb etishi mumkin. Chunki bunday kitobxon yozuvchi ketidan izvoshchiga ergashgan otga oʻxshab emas, balki oʻljaning iziga tushgan ovchidek boradi va poetik erkinlik boʻlib koʻrinayotgan narsa tomon nogoh tashlangan nazar, shoirning sustligi va zoʻrakiligini payqagan nigoh, soz texnika hamda nafis soʻz sanʼatining barcha goʻzalliklaridan ham koʻra koʻproq zavq-shavq, shodlikka noil boʻlmogʻi mumkin.

Yana yoʻlimizda davom etamiz va uchinchi – oxirgi tipdagi kitobxonga duch kelamiz. Shu oʻrinda yana bir bor taʼkidlaymiz, hech kim, hech qaysi birimiz u yoki bu toifada muqim, abadiy qolib ketishga majbur emasmiz, zotan, har birimiz bugun ikkinchi, ertaga uchinchi, indin esa yana birinchi guruhga mansub boʻlmogʻimiz ham mumkin. Shunday qilib, endi nihoyat, uchinchi – soʻnggi bosqich haqida soʻz yuritamiz.

Uchinchi turdagi kitobxon zohiran “yaxshi” deb nom olgan oʻquvchining butunlay teskarisidir. Bu kitobxon shu darajaga yetgan shaxski, u hech kimga oʻxshamaydi. U – oʻz mutolaa saltanatida mutlaq hokim, hukamo, hukmdor. Kitobdan u na maʼrifat izlaydi, na vaqtichogʻlik. Kitobdan – bu yorugʻ olamda qolgan boshqa har qanaqangi narsa kabi – faqatgina boshlanish, yoʻnalish nuqtasi sifatida, istak, niyat, mayl sifatida foydalanadi. Unga aslida nima oʻqishning farqi yoʻq. U biror faylasufning asarini unga ishonib, taʼlimotini oʻrganib olmoq yoki uni tanqid qilib, unga qarshi harakat qilmoq uchun oʻqimaydi, biron-bir shoirni dunyoning qanday yaralganini tushuntirib berishi uchun mutolaa qilmaydi. Yoʻq, u hamma narsani oʻzi tushunadi, oʻzi anglay oladi. U, taʼbir joiz boʻlsa, komil inson. U hamma narsa bilan oʻynasha oladi: muayyan bir nuqtai nazar; qarash; fikr; tasavvur. Hamma narsani oʻyinga aylantirishdan ham koʻra foydaliroq va samaraliroq boshqa hech narsaga hojat qolmaydi. Agar bunday oʻquvchi kitobdan biron-bir sentensiya, yaʼni hikmatli soʻz, dono gap, hikmat topib olsa, eng avvalo, topilmaning astar-avrasini agʻdaradi. U azal-azaldan biladiki, har qanday haqiqatlarni inkor etish asl haqiqatdir. U maʼnaviyat sohasidagi har qanday fikr, qarash, nuqtai nazar qutb ekanligini va unga qarama-qarshi xuddi shunday zoʻr qutb ham mavjud ekanini azaldan yaxshi biladi. U yosh bolaga oʻxshab, assotsiativ [3] tafakkurni yetarli darajada qadrlaydi, biroq u boshqa narsalarni ham biladi. Shunday qilib, mazkur kitobxon yoki, toʻgʻrirogʻi, shu guruhga mansub har birimiz ham duch kelgan narsani – roman, grammatika, yoʻl qatnovi jadvali, bosmaxona namunalarini va boshqa har qanday narsani oʻqiyverishimiz mumkin. Fantaziyamiz va assotsiativ qobiliyatimiz munosib darajada boʻlgan paytda ham biz baribir qogʻozdagi bitiklarni oʻqimayotgan, lekin shu asnoda oʻqiganlarimizdan bizga yogʻilib turgan nurafshon yogʻdular, istak, niyat va mayllar oqimida suzayotgan boʻlamiz. Ular sahifalar, matnlar bagʻridan, shu bilan birga, bosma harflar terilgan ustunchalarda ham koʻrinishi mumkin. Hattoki, gazetada bosilgan eʼlon ham yangilik. Eng baxt-omadli, tantanavor fikr mutlaqo jonsiz soʻz zamiridan kelib chiqsa ham ajab emas, negaki, undagi harflarni, xuddi mozaikaga oʻxshab, dam bundoq, dam undoq aylantirib koʻraverish ham joiz. Bunday holatlarda hatto Qizil Shapkacha haqidagi ertakni qandaydir kosmogoniya [4] yoki falsafa yoxud goʻzal ishqiy poeziya yangligʻ mutolaa qilish durust. Allaqanday sigara qutisidagi “Colorado maduro” degan yozuvni shunchaki oʻqib, ushbu soʻzlar, harflar va tovushlar oʻyiniga berilib ketgach, ilm, xotira va tafakkurning barcha yuzta saltanati boʻylab, yurakdagi orzuga aylangan olis sayohatga otlanmoq ham mumkin.

Biroq shu oʻrinda – mutolaa ham shunaqa boʻladimi? – deya meni yozgʻirishlari tabiiy. Xoʻsh, aytaylik, Gyoteni oʻqiyotib, Gyotening niyat, maqsad, oʻy va fikrlarini uqish, idrok etish va chuqur anglash oʻrniga oʻzini goʻyo qandaydir eʼlonni yoki boʻlmasam, tasodifiy terilgan harflar uyumini tomosha qilayotgandek tutadigan odamni, umuman, kitobxon deb atab boʻladimi? Mutolaaning soʻnggi – uchinchi darajasi deb ataganimiz aslida kitobxonlikning eng past, eng bachkana, eng varvarlarcha turi emasmikin mabodo? Bunday oʻquvchidan Hyolderlin [5] musiqasi, Lenau [6] ehtirosi, Stendal irodasi, Shekspir teranligi qayoqqa ham qochib qutula olarkin? Nimayam derdim, yozgʻirgan kishi haq. Uchinchi toifadagi kitobxon – mutlaqo kitobxon emas. Mazkur guruhda uzoq qolib ketadigan odam oxir-oqibat kitob oʻqishni yigʻishtirib qoʻyadi. Bunga sabab shuki, uning uchun gilam rasmi, devor, toʻsiq, gʻovga terilgan toshlar aʼlo va mukammal darajada tartib berilgan harflardan tuzilgan eng goʻzal sahifa oʻrnini bemalol bosa oladi. Alifbo harflari bitilgan varaq uning uchun birdan-bir, yagona kitobga aylanishi ham mumkin.

Ha, shunday, bu oxirgi bosqichdagi kitobxon ortiq kitobxon emas. Unga Gyote bir pul, Shekspir ham chikora. Ana shu soʻnggi darajadagi kitobxon endi, umuman, kitob oʻqimaydi. Ha-da, kitob unga ne darkor? Axir, butun olam uning oʻzida mujassam emasmi?

Uchinchi guruhda uzoq toʻxtab qolgan odam kim boʻlmasin, ortiq kitob oʻqimay qoʻyar edi. Ammo, unda hech kim uzoq turib qolmaydi. Shunday boʻlsa ham, harholda, kimki mana shu uchinchi bosqich bilan tanish emas ekan, yomon, xom, gʻoʻr, dumbul kitobxondir. Chunki u dunyoning butun poeziyasi va butun falsafasi oʻzida mujassam ekanligini bilmaydi, zero, eng buyuk shoir ham har birimizda mavjud oʻsha pinhoniy sarchashmadan ulgi oladi, axir. Hayotingda aqalli bir martagina mayli, faqat bir kunga uchinchi – bosqichda bir boʻlgin – ana keyin (ortingga yengil qaytib), mavjud barcha bitiklarning ancha durust oʻquvchisiga, tinglovchisiga va sharhlovchisiga aylanasan. Shu bosqichda atigi bir martagina boʻlib koʻrgin, shunda sen uchun yoʻl boʻyida yotgan tosh ham Gyote yoki Tolstoy qadar maʼno kasb etadi, – soʻngra sen Gyote, Tolstoy va boshqa barcha yozuvchilardan beqiyos ulkan maʼno-mazmun, ilgarigidan ham koʻra koʻproq shira-sharbat va asal olasan, hayotga va oʻz-oʻzingga ishonching yana-da ortadi. Negaki, Gyote asarlari, bu – Gyote emas, Dostoyevskiy jildlari, bu – Dostoyevskiy emas, bu – ularning urinishlari, oʻzlari markazida turgan dunyoning koʻpovozliligi va koʻpmaʼnoliligini bosish, pasaytirish yoʻlidagi, hech qachon oxiriga yetmaydigan umidsiz, tushkun urinishlari, xolos.

Sayr qilib yurgan chogʻingda, aqalli bir marta xayolingga kelgan oʻy-fikrlar zanjirini tutib qolishga urinib koʻr. Yoki – bundan ham koʻra yengilroq tuyulgan – tunda koʻrganing oddiygina tushni eslab qol! Tushingda senga kimdir avval tayoq oʻqtaldi, soʻng esa, orden tutqazdi. Xoʻsh, bu kim ekan? Zoʻr berib eslashga harakat qilaverasan, u bir doʻstingga, bir otangga oʻxshash tuyuladi, lekin qandaydir begona, yot ekanligi bilinib turadi, ayol kishiga, singlingga, mahbubangga ham oʻxshab ketadi… U oʻqtalgan tayoq tutqichi esa nimasi bilandir sen oʻquvchilik davringda ilk bor sayohatga otlangan kemadagi shtokni [7] eslatadi. Va shunda birdaniga yuz minglab xotiralar qalqib, yuzaga chiqadi. Agar sen ana shu joʻngina tushni eslab qolib, mazmunini qisqacha qilib, stenografiya yoki alohida soʻzlar bilan yozib qoʻymoqchi ekansan, bilasanmi, to oʻsha ordenga yetib borguningcha, butun boshli kitob dunyoga keladi, bir emas, balki ikkita, ehtimol oʻnta boʻlar. Gap bunda emas. Chunki tush, bu – tuynuk, u orqali sen butun vujuding ichidagi bor narsani koʻra olasan, oʻsha bor narsa – butun dunyodan, sen tugʻilgandan to hozirgi daqiqagacha, Homerdan Haynrih Manngacha, Yaponiyadan tortib, Gibraltargacha, Siriusdan to Yergacha, Qizil Shapkachadan to Bergsonga [8] qadar butun dunyodan na katta, na kichik boʻlmagan bir olamdir. Va sen oʻz tushingni aytib, taʼbirlab berishga harakat qilayotganing tushing oʻrab, qamrab olgan dunyoga daxldorligi kabi, muallif asari ham u aytmoqchi boʻlgan narsaga, fikrga, gʻoyaga taalluqlidir.

Gyote “Faust”ining ikkinchi qismi ustida olimlar va diletantlar (havaskorlar) deyarli yuz yildan beri bahslashib, tortishib keladilar, bu esa birtalay bamaʼni va bemaʼni, teran va tuturiqsiz izohlar, sharhlar, tushuntirishlarning yuzaga kelishiga sababchidir. Shuni aytib oʻtish joizki, har qanday adabiy asar zamirida oʻsha sirli sirt – yuza ostiga yashiringan, nomsiz koʻpmaʼnolilik mujassam. Buni eng yangi psixologiya “ramzlarning oʻta determinantlashuvi” deb ataydi. Usiz ham buni fikrning cheksiz, bitmas-tuganmas mukammalligi uzra qisman boʻlsa-da, payqab olmoq uchun, har qanday yozuvchi yoki mutafakkirni torgina doirada uqib, idrok etasan, uning muayyan bir boʻlagini yaxlit, bir butun oʻrnida qabul qilasan, yuzani toʻla qamrab ololmayotgan izoh, tushuntirishlarga batamom ishonasan.

Kitobxonning mutolaadagi shu uch bosqich orasida goh u yon, goh bu yon koʻchib yurishi tabiiy, bu har qanday kishi bilan har bir sohada sodir boʻlishi mumkin. Minglab oraliq darajalardan iborat ana shu uch bosqich arxitektura, rassomlik sanʼati, zoologiya, tarix kabi sohalarda ham mavjud. Va mana shu uchinchi bosqich ham hammayoqda bor, unda sen hammadan koʻra koʻproq oʻz-oʻzing bilan tenglashasan, biroq u har yerda sendagi oʻquvchini yoʻqotish uchun tahdid qiladi, adabiyotning, sanʼatning aynishi, dunyo tarixining buzilishi uchun xavf-xatar tugʻdiradi. Ammo shunday boʻlsa ham, sen mana shu bosqichni oʻtamasang, kitob oʻqishda, sanʼat va ilm oʻrganishda imlo oʻqiyotgan oddiy maktab oʻquvchisidan farqing qolmaydi.

Nemis tilidan Mirzaali AKBAROV tarjimasi

“Sharq yulduzi” jurnali, 2015–5

[1] Teofrast (Feofrast, haqiqiy ismi Tirtam) (er. old. 372-287) – qadimgi yunon faylasufi, tabiatshunos olim, Arastuning doʻsti va izdoshi, “Axloqiy xarakterlar” asarining muallifi.

[2] Karl May (1842-1912) – nemis yozuvchisi, hindular haqidagi koʻplab sarguzasht romanlar muallifi.

[3] Assotsiativ – ayrim tasavvurlarning bir-biri bilan oʻzaro bogʻlanishiga oid.

[4] Kosmogoniya – olamning paydo boʻlishi haqidagi taʼlimot.

[5] Yohann Kristian Friydrih Hyolderlin (1770-1843) – nemis romantik shoiri.

[6] Nikolaus Lenau (1802-1850) – avstriyalik romantik shoir.

[7] Shtok – kema langarining tepa qismiga oʻrnatilgan koʻndalang oʻq.

[8] Anri Bergson (1859-1941) – fransuz faylasufi, adabiyot sohasidagi Nobel mukofoti sohibi.