Kitob haqida qiziqarli faktlar
Asolat AHMADQULOVA tayyorladi
Kitob haqida rejalar
“Spot” har hafta IT ga qiziquvchilar va bu sohada ko‘nikmalarga ega bo‘lganlarga foydali bo‘ladigan kitoblarni berib boradi. Ushbu to‘plamni Python dasturlash tilidan boshladik.
Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot
Junior darajadagi dasturchilar uchun
“Python’ni o‘rganamiz”, Mark Lutz.
Bu kitobda python’ning xususiyatlari va afzalliklarini qulay tarzda ko‘rsatgan. Uning foydaliligi shundan iboratki muallif kitobda nazariya hamda amaliyotga birdek ahamiyat qaratgan .
Ba’zi fikrlarni eslab qolish unchalik oson emas, shuning uchun Mark har bir bo‘lim oxirida savollar va amaliy mashqlardan iborat o‘ziga xos uy vazifasi beradi.
Muallif kitobda predmetlar, funksiyalar, modullarning qanday turlari borligini qisqa va juda aniq tushuntirgan, til vositalari to‘g‘risida batafsil ko‘rsatgan.
“Python’ni o‘rganamiz. O‘yinlarni dasturlash, ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish, veb-ilovalar”, Erik Metys.
Bu dasturlash tilini endi o‘ rganayotganlar uchun yana bir ajoyib kitob. Rus va inglizcha versiyalari mavjud.
Biz yuqorida aytib o‘tgan kitobda bo‘lgani kabi, bu yerda ham nazariya, ham amaliyot taqdim etiladi.
Bundan tashqari, birinchi navbatda mantiqiy tushuntirish bor, shundan so‘ng o‘quvchi amalda hamma narsani tekshirishi mumkin.
Muallif kitobxonga oson b o‘lishi uchun texnik atamalarni oddiydan murakkabgacha sodda tarzda tasvirlagan.
Bu kitobda ham har bo‘limda misollar va qiziqarli uy vazifasi berib borilgan.
Middle darajadagi mutaxassislar uchun
“Sof python. Professionallar uchun dasturlashning nozik jihatlari”, Dan Bader.
Kitobni asl nusxasini o‘qishni tavsiya qilamiz, chunki noaniqliklar uning tarjimasidanoq boshlanadi.
Asl nomi “Python tricks” (Python fokuslari) b o‘lgan kitob da p rofessionallar uchun hech narsa yo‘q, aslida o‘rta darajadagi dasturchilar uchun mo‘ljallangan.
Ammo mutaxassislar ham o‘zlari uchun foydali narsalarni topishlari mumkin. Unda muallif o‘ z amaliyotidan misollar keltirgan va ular haqiqatdan ham kerak.
Nima yozilganligini tushunish uchun python tilining asoslarini tushuna olish kifoya.
“Python. Sinovga asoslangan dasturlash”, Garri Persival.
K o‘ pgina dasturchilar kutubxonasida mavjud b o‘ lgan eng yaxshi kitoblardan biri. Bu test asosida ishlab chiqish (TDD) metodologiyasining nuanslarini ochib beradi.
O ‘ quvchiga dasturning deyarli har qanday qismini yaratish uchun testlarni yozish va ishga tushirish o‘ rgatiladi.
Shuningdek, testlardan o‘ tish uchun zarur b o‘ lgan minimal kod miqdorini qanday ishlab chiqish k o‘ rsatiladi.
Muallif Django, Selenium, Git, jQuery va Mock kabi turli xil vositalar va “framework”lar bilan ishlashni o‘ rgatadi.
Senior darajadagilar uchun
“Murakkab vazifalar uchun Python. Ma’lumotlar fanlari va „machine learning“”, J.Vander Plas.
Ushbu kitobda professionallar ish jarayonida tez-tez duch keladigan murakkab va hajmli vazifalar haqida s o‘ z boradi.
Bu “data science” uchun hisoblash va statistik usullar b o‘ yicha q o‘ llanmadir. Kitob yaxshi tajribaga ega b o‘ lgan, shuningdek, “data science” b o‘ yicha o‘ z tajribasi va bilimlarini oshirmoqchi b o‘ lganlar uchun.
Muallif har xil turdagi ma’lumotlar bilan ishlashga, jumladan, vaziyatni tahlil qilishga, javoblar olishga, statistik modellarni yaratishga va “machine learning”ga alohida e’tibor qaratgan.
Kitobda turli formatlarni skriptda o‘ qish, ma’lumotlarni o‘ zgartirish, tozalash, ma’lum turdagi ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish kabi k o‘ plab amaliy misollar mavjud.
Kitob haqida qiziqarli faktlar
Kitoblar haqida ko‘p va xo‘b yozdik, yozmoqdamiz. Lekin qancha ko‘p yozsak, targ‘ibot qilsak, shuncha oz ekanligini yaxshi bilamiz. Hozir sizga aynan kitob o‘qishning foydali tomonlari haqida gapirmoqchi emasman. Kitoblar haqida kutilmagan, ajabtovur, hayratomuz, qisqasi, noodatiy holatlar haqida aytib bermoqchiman.
— Qadimda kitoblar juda qimmat bo‘lgan. XVIII asrgacha ba’zi kutubxonalarda kitoblar o‘g‘irlanmasligi uchun zanjirga bog‘lab qo‘yilgan. Kitob kam va qimmat bo‘lsa-da, uni o‘qishga qiziqish kuchli bo‘lgan. Bugungi kunda kitoblar ko‘p va narxlari ham baholi qudrat, cho‘ntakbop, lekin xarid qilish jarayoni qanday kechyapti? Kitoblarni kim ko‘p sotib oladi, erkaklarmi, ayollar? Albatta ayollar! Ular erkaklarga qaraganda ko‘proq (68%) kitob sotib oladilar. Bu faktni o‘qib rostligiga shubha qilmadim. Ishonmasangiz, “Sharq ziyokori” do‘koniga boring, asosiy xaridorlar ko‘pincha ayollar bo‘ladi(Xuddi boshqa, masalan, kiyim-kechak, oziq-ovqat, parfumeriya do‘konlari kabi. Albatta bu mening shaxsiy kuzatuvim, hech qanday statistikaga asoslanmagan). Shu o‘rinda bir fikr tug‘ilib qoldi, balki do‘kon xodimlari bilan kelishib bir hafta davomida kuzatuv o‘tkazarmiz?
— Dunyo bo‘yicha kitoblarning asosiy qismini 45 yoshdan oshganlar sotib olishar ekan. Afsuski, zamonaviy yoshlarimiz bu borada ancha orqadalar. Biz hamma narsani yaxshilikka yo‘yib o‘rganganmiz, bu holatni ham ular elektron kitob o‘qiydilar, shuning uchun kamdan-kam hollardagina kitob sotib oladilar, deb izohlamoqchimiz. Aslini olganda, kitobni qo‘lingizda ushlab, salmog‘ini, taftini his qilib o‘qiganga nima yetsin, aziz yoshlar.
— Kitob bilan pichoqning o‘g‘risi bo‘lmaydi, deyishadi. Ya’ni, kitob o‘g‘irlaganlar o‘g‘ri hisoblanmas ekan. Shu mavzuda bahs-munozaralar ham bo‘lgandi. Xullas, o‘g‘irlikmi, o‘g‘irlik, katta-kichigi, og‘ir-yengili bo‘lmaydi, uning yagona nomi o‘g‘irlik, tamom. Fanda kitob o‘g‘rilari bibliokleptoman deyiladi. Dunyodagi eng mashhur kitob o‘g‘risining ismi — Stiven Blumberg. U 270 kutubxonadan 23000 nodir kitobni o‘g‘irlagan. Uning kutubxonasining narxi 20 million dollardan oshadi.
— Mashhurlikda Agata Kristining oldiga tushadigan detektiv yozuvchi hali-beri topilmadi. Uning asarlari 50 dan ortiq tillarda hamon chop etilmoqda. Nashr etilgan kitoblari nusxasi 2 milliarddan oshadi.
— Dunyoda eng katta lug‘at kitob “Nemis lug‘ati” (“Deutsches Wortetbuch”) bo‘lib, u 1854-yili Yakob va Vilgelm Grimm tomonidan tuzib boshlangan. Bu ishga keyinchalik turli olimlar hissa qo‘shib, 1971-yili yakunlangan. 33 jildlik ushbu lug‘at 34519 betdan iborat.
— Eng og‘ir kitob haqida eshitganmisiz? Bu kitob Britaniya muzeyida saqlanuvchi XVII asrga oid geografik atlasdir. Uning bo‘yi 1,9 metr, og‘irligi 320 kilogramm.
— Azaldan xalq qahramonlari, bahodirlar, buyuk shaxslar, shohlar haqida kitoblar yozish an’anasi mavjud. Ularni o‘qib o‘tmishdagi ajdodlarimiz haqida ma’lumotga ega bo‘lamiz. Dunyo bo‘yicha hisoblab ko‘rilganda eng ko‘p kitob Napoleon haqida yozilgani aniqlandi. U haqda 10000 dan ortiq turli janrlarda kitob yozilgan. Shu o‘rinda Napoleonning o‘zining kitob o‘qishi haqida ham to‘xtab o‘tish joiz: u daqiqasiga 2000 ta so‘z o‘qiy olgan. Balzak esa yarim soatda 200 bet kitob o‘qigan.
— 95% insonlar daqiqasiga 210 so‘z yoki 2 daqiqada 1,5 sahifa kitob o‘qiydilar.
— Kitoblar sekin o‘qilganda 100 foiz matn tushunilmaydi, faqat 60 foiz anglanadi, aksincha, tez o‘qilganda matnning 80 foizi tushuniladi.
— Aksariyat kitoblarning 18-betidayoq unga bo‘lgan qiziqish yo‘qoladi.
— Italiyalik Rio Kozelli eng zerikarli kitoblar to‘plashni yoqtirgan. Uning kolleksiyasida 10000 jild kitob bor. Bir omadsiz italyan shoiri kitobi Kozelli kolleksiyasidan o‘rin olganini eshitgach o‘zini o‘ldirishiga bir bahya qolgan. Yaxshiyamki, bizning yurtimizda bunday g‘ayrioddiy kitoblar kolleksiyasi to‘playdiganlar yo‘q. Tasavvurimda, shunday odam bo‘lsa uning kolleksiyasi Kozellinikidan ko‘ra ancha boyroq bo‘lardi-yov, siz nima deb o‘ylaysiz?
— Har bir ijodkor ijod qilar ekan, albatta, yozganlari uchun moddiy va ma’naviy rag‘bat olishni xohlaydi. O‘z vaqtida shohlar saroyida ijod qilib, ularni madh etadigan asarlar yozib, ko‘klarga ko‘tarib, nomlarini tarixga muhrlagan ijodkorlar bo‘lgan. Ba’zida ulkan asarlar yaratib, o‘zi mo‘ljallagan gonorarni ololmay, biroz ranjiganlari haqida ham rivoyatnamo gaplarni eshitib qolamiz.
— Dunyoda eng katta gonorar Rim imperatori Mark Avreliy tomonidan shoir Oppianga to‘langan. Baliq tutish va ov haqidagi ikki dostonining har bir satri uchun 1 oltin tanga hadya qilingan. Uning ikki dostoni 20000 baytdan iborat.
— Kitoblar haqida yana bir kutilmagan fakt: Bastiliya mahbuslari faqatgina odamlar bo‘lmagan. Bir marta Didro va D’ Alamberning “Fransuz ensiklopediyasi”ni din va jamiyat axloqiga zarar keltirgani uchun “qamab qo‘yganlar”.
— Eng qimmat badiiy asar Leonardo da Vinchi tomonidan ko‘chirilgan “Leychester kodeksi” kitobidir. Uni “Microsoft” asoschisi Bill Geyts 1994-yili Nyu-Yorkdagi “Sotbis” auksionidan 30,8 million dollarga sotib olgan.
— Dunyoning eng qadimgi kitobi esa Priss papirusidir. U eramizdan avvalgi 3350-yili yozilgan. Ushbu qo‘lyozma uni 1839-yili Fivadan topgan Emil Priss sharafiga shunday nomlangan. Qo‘lyozma muallifi — fir’avnning vaziri Pta-Gotep. U yoshlarning tarbiyasizligi, dangasa va axloqsizligidan noligan.
— Mashhur golland vrachi German Burxavening “Tibbiyot san’atining yagona va teran sirlari” nomli kitobi muallif o‘limidan so‘ng 1738-yili 10000 dollar oltinga auksionda sotilgan. Bejirim bezalgan va g‘iloflangan kitob ochilganda uning barcha sahifalari bo‘sh bo‘lgan. Faqatgina ilk sahifasida shunday yozilgan edi: “Boshingni sovuqda qoldirsang ham oyog‘ingni issiq tut. Shundagina sen eng zo‘r vrachlarni ham kambag‘al qilasan”.
Xullas, shunaqa gaplar. Hozirgacha duch kelganim kitoblar haqidagi qiziqarli ma’lumotlar shulardan iborat. Ushbular sizga ham qiziq tuyuldimi? Balki sizda yanayam qiziqarlilari bordir? Keling, o‘rtoqlashamiz.
Asolat AHMADQULOVA tayyorladi
Kitob haqida rejalar
Kitobman – O’zbekistondagi ilk onlayn kitobxonlar hamjamiyati. Bu yerda siz so’nggi chop etilgan kitoblarni, ularga bildirilgan taqrizlarni kuzatib borishingiz va shu bilan birga o’z fikrlaringizni bildirishingiz mumkin. Kitoblardan tashkil topgan katta ma’lumotlar ombori sizga istalgan kitoblar haqida ma’lumotlar topishga yordam beradi.
Albatta bu faqatgina kitoblarni to’playdigan yoki ularga taqriz qoldiradigan platforma emas. Bu haqiqiy kitobxonlar uchun suhbat qurish uchun ajoyib maskan. Siz taqrizlarga izohlar qoldirishingiz, ularni baholashingiz va shu orqali fikr almashishingiz mumkin bo’ladi.
Kitobman loyihasi boshlanishi.
Kitob – umr yo’llarini yorituvchi so’nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh bo’luvchi sodiq do’st. Insonning ma’naviy kamolotini ta’minlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yo’q. Shu bois azal-azaldan ma’rifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob o’qishga, undan ilmu-odob sirlarini o’rganishga chorlab kelishgan.
Lekin hozirda kunda jahonda bo’layotgan raqamlashtirish albatta har bir sohaga o’z ta’sirini o’tkazmay qolmadi. Ijtimoiy tarmoqlar, onlayn kitoblar bularning barchasini kitobxonlik madaniyatini o’zgartirib yuboryapti desak mubolag’a bo’lmaydi. Mana shunday texnologiya rivojlanayotgan vaqtda farzandlarimiz, yosh avlodni kitobga yanada targ’ib etish maqsadida ochiq bir platforma tashkil etish va uni kitobxonlar uchun ijtimoiy tarmoq ko’rinishida amalga oshirish fikri keldi. Shundan so’ng, g’oyalar o’rtaga tashlandi va ish boshlab yuborildi.
Mutolaani sevasizmi? Unda bizga qo’shiling.
Kitobman – bu kitobxonlar uchun maydon. Ro’yxatdan o’tgan har bir foydalanuvchi o’z kutubxonasiga ega bo’ladi. Bu orqali u hozirda o’qiyotgan, o’qib bo’lgan va o’qimoqchi bo’lgan kitoblarni belgilab qo’yishi va kitobxonlarni shu orqali kitobxonlikga targ’ib ham qilishi mumkin.
Nima o’qisam ekan, hali hech ham kitob o’qib ko’rmaganman?
Bunda sizga taqrizlar ko’maklashadi. Platformada har bir kitob uchun taqriz yozish imkoniyati mavjud. Ayni kitobni o’qigan kitobxonlar, kitobdan olgan taasurotlarini ulashish orqali shu kitobni o’qimoqchi bo’lgan yoki o’qishni reja qilgan kitobxonlarga yordam berishadi.