Press "Enter" to skip to content

Kitob haqida sitata

Bu kitob bir zumda New York Times bestsellerlari ro‘yxatidan joy oldi. Kitob jurnalistlar bilan muloqotda uyatchanligi bilan mashhur Nike kompaniyasi asoschisining hayoti, shu bilan birga, qanday qilib uning kompaniyasi oddiy startapdan eng inqilobiy va serdaromad brendlardan biriga aylangani haqida ma’lumot olishdek noyob imkonni beradi.

Eng badavlat milliarderlar tavsiya qiluvchi 9 kitob

Microsoft hammuassislaridan biri Bill Geyts yiliga 50 kitob mutolaa qiladi. Milliarder Mark Kuban kuniga uch soatdan kitob o‘qiydi. Facebook asoschisi Mark Tsukerberg har yili 24 kitob o‘qish qarori haqida ma’lum qilgan, sarmoyachi Uorren Baffet esa 80 foiz vaqtini kitob o‘qishga sarflaydi. BookAuthority tavsiyalar servisi Geyts, Brenson, Baffet, Mask, Bezos, Tsukerberg, Kuk kabi ko‘plab yetakchi ishbilarmonlarning sevimli kitoblari haqida ma’lumot berdi.

Microsoft asoschilaridan biri Bill Geyts tavsiyasi

Foto: Getty Images

1. “Poyabzal sotuvchisi. NIKE kompaniyasining tarixi uning asoschisi tilidan”, Fil Nayt

Bu kitob bir zumda New York Times bestsellerlari ro‘yxatidan joy oldi. Kitob jurnalistlar bilan muloqotda uyatchanligi bilan mashhur Nike kompaniyasi asoschisining hayoti, shu bilan birga, qanday qilib uning kompaniyasi oddiy startapdan eng inqilobiy va serdaromad brendlardan biriga aylangani haqida ma’lumot olishdek noyob imkonni beradi.

2. “Stress-test: Moliyaviy inqirozga oid xotiralar”, Timoti Gaytner

Dastlab Nyu-York Federal zaxira banki prezidenti, keyin esa Barak Obama ma’muriyatida moliya vaziri lavozimida faoliyat yuritgan Gaytner o‘quvchilar oldida Buyuk depressiya paytlaridan beri eng yomon moliyaviy inqirozning “sahna ortidagi” voqealarini ochib beradi. Shu bilan birga moliyaviy tizimni tiklash va iqtisodiyot tanazzuliga yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘zi qabul qilishga majbur bo‘lgan yoqimsiz qarorlarni izohlaydi.

3. “Kuchli yetakchi haqida afsona: Zamonaviy dunyoda siyosiy yetakchilik”, Archi Braun

Yetakchi siyosiy tarixchilardan birining kitobi – parlament demokratiyasi paydo bo‘lgan davrdan boshlab to Obama davriga qadar butun dunyo siyosiy yetakchilik institutining haqiqiy tadqiqoti.

Jyeff Bezos tavsiyasi, Amazon.com internet-kompaniyasi asoschisi va rahbari

Foto: Getty Images

1. “Innovator dilemmasi: Qanday qilib yangi texnologiyalar tufayli kuchli kompaniyalar barbod bo‘lmoqda”, Kleyton M. Kristensen

Amazon tahririyat jamoasi “Innovator dilemmasi” kitobini “Muvaffaqiyat va yetakchilik haqida hech bo‘lmaganda bir marta o‘qish kerak bo‘lgan 100 kitob” ro‘yxatiga kiritgan. Stiv Jobsdan to Malkolm Gladuellgacha o‘z nutqlarida Kristensenning so‘zlarini ko‘p marta misol sifatida keltirishgan.

2. “Amerikada yaratilgan: Qanday qilib WAL-MART’ga asos soldim?”, Sem Uolton

Muallif — Wal-Mart’ni dunyodagi eng yirik chakana savdo tarmoqlaridan biriga aylantirgan XX asr oxirlaridagi eng daho sotuvchilardan biri “Amerika orzusi”ni amalga oshirishda nimadan ilhomlanishi, ishonch va ijobiy fikrlash haqida so‘z yuritadi.

3. “Ma’lumotlarga asoslangan marketing. Har bir inson bilishi kerak bo‘lgan 15 ko‘rsatkich”, Mark Jyeffri

Amerika marketing assotsiatsiyasi tomonidan 2011 yilning eng yaxshi marketingga oid kitobi deya tan olingan. Jyeffri marketing samarasini sezilarli ravishda oshirish uchun ma’lumotlarga asoslangan qat’iy strategik yondashuvdan foydalanishga doir aniq va ishonchli qo‘llanmani taklif etadi.

Uorren Baffet tavsiyasi, sarmoyachi

Foto: Getty Images

1. “Eng yaxshi CEO’lar qoidalari. Muvaffaqiyatga erishgan kompaniyalarning 8 rahbari faoliyati tarixi va tamoyillari”, Uilyam Torndayk

Ushbu kitob Baffetning tavsiyalari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallaydi. Unda 8 nafar yetakchining korporativ boshqaruvga yondashuvini keskin o‘zgartirgan misli ko‘rilmagan muvaffaqiyati haqida so‘z yuritiladi. Ularning qaysi birinidir ismidan tanimasligingiz mumkin, biroq kompaniyalarini bilsangiz kerak: General Cinema, Ralston Purina, The Washington Post Company, Berkshire Hathaway, General Dynamics, Broadcasting Capital Cities, TCI va Teledyne.

2. “Eng muhimi haqida. Fikrlovchi sarmoyachi uchun notrivial saboqlar”, Hovard Marks, Pol Jonson

Oaktree Capital Management hammuassisi va raisi Hovard Marks bozor imkoniyatlari va tavakkal borasida o‘zining sinchkov baholari bilan tanilgan. Uning kitobidan 40 yil davomida sarmoyalarni boshqarish cho‘qqisiga ko‘tarilish natijalari o‘rin olgan. U birinchi marta keng o‘quvchilar doirasida o‘z falsafasini havola qilgan.

3. “Katta o‘yla”, Kristian Korrea

Xorxe Paulo Lemann, Marsel Telles va Beto Sikupira 40 yildan ortiq vaqt davomida Braziliya kapitalizmi tarixidagi eng katta imperiyani barpo etib, jahon sahnida olamshumul muvaffaqiyatga erishishgan. Baffetni ayniqsa uning sherigi Lemannning tarixi jalb qiladi. Investor uni dunyoning eng yaxshi ishbilarmonlaridan biri deya e’tirof etadi: “U fantastik shaxs va uning tarixi barchaga ilhom baxsh etishi kerak, xuddi meni ilhomlantirgani kabi”.

Kitob haqida sitata

Bugungi sanada: 6 ta

Bugungi sanada: 1 ta

Bugungi sanada: 4 ta

BUGUN: 09-Mart, 2023-yil. Payshanba

  1. Asosiy
  2. Yangiliklar
  3. Bilasizmi?
  4. Kitob haqida bilasizmi?

Kitob haqida bilasizmi?

O’rama kitob. Antik davrlarda kitob uzun papirus varag’ini o’ram-o’ram qilib tayyorlangan (papirus – papirus o’simligidan qilingan qog’oz). Varaqning yon tomonlariga bittadan chiviq mahkamlab qo’yilgan. Kitob o’qilgan sari varaq bir chiviqdan ikkinchisiga o’rab borilgan. Kitobni pergamentga yoza boshlaganlarida varaqlar xuddi daftar kabi tikilgati va muqovalangan (pergament – silliq yupqa teri).

Manuskriptlar (lotincha «qo’l» va «yozaman» so’zlaridan). XV asr o’rtalarigacha kitoblar qog’ozga yoki pergamentga g’oz patlari bilan bcjirim qilib qo’lda yozilgan. Ko’pincha, bular lotin yoki qadimgi yunon tilida bo’lgan. Kitob bosish usuli topilgach, «jonli til» (ya’ni kitobxon gapirgan til)dagi kitoblar paydo bo’ldi.

BILASIZMI?

Hozir kitob qanday yaratiladi. Muallif (olim yozuvchi, shoir) kitob matni – qo’lyozmani yozadi. Qo’lyozma qo’lda, mashinada yoki kompyuterda yozilishi mumkin. Muallif qo’lyozmani nashirga topshiradi. Nashir kitobni chiqarsa bo’ladimi yoki yo’qmi degan masalani hal qiladi. Rassom matnga mos rasmlar (illyusiratsiyalar)ni, kitob muqovasij chizadi, maketni tayyorlaydi. Maket -kitobdagi matn va rasmlarni joy-joyiga qo’yish. Bu ishda u kompyuterdan foydalanishi mumkin. Tayyor maket bosmaxonaga topshiriladi. Kitob bosuvchi ishchi kitob matnini katta varaqlarga bosadi. Ularni varaqlarga qirqib va daftar singari tiki muqovalanadi. Hozirgi bosmaxonalarda har qanday kitobni istalgan miqdorda bosish imkoni bor: bosmaxona dastgohlarida bir soatda millionlab varaqlarni bosish mumkin.

Ziyo va tafakkur chashmasi bo’lmish kitob haqida g’aroyib faktlar

Kitob unsonning beminnat do’sti, maslahatgo’yi, aql charxlovchisi va bilimlar manbai ekanligi hammaga ma’lum. Ushbu maqolada ziyo chashmasi bo’lmish kitoblar haqida ajoyib ma’lumotlar bilan tanishasiz.

1. Insonlar kitob o’qish uchun haftasiga o’rtacha 6,5 soat vaqt sarflaydilar.

2. Esnoq haqida o’qilganda esnoq keladi.

3. Qadimda kitoblar javonga “teskari” qo’yilgan: umurtqasi devor tarafga, cheti tashqariga.

4. Tadqiqotlar natijasiga ko’ra, bolalarni o’qishga o’rgatish uchun eng qulay davr- 4-6 yosh. 6-7 yoshdan keyin o’qishni o’rgatish nisbatan qiyinroq.

5. Roman yozishga o’rtacha 475 soat sarf qilinadi.

6. Migel de Servantesning “Don Kixot”, Djon Banyanning “Piligrimning sayohati”, Oskar Uayldning “Qamoqxonadagi iqrorlik”, Nikolo Makiavellining “Podshoh” kabi asarlari qamoqxona panjarasi ortida yozilgan.

7. Qadimda kutubxonalarda kitoblar tokchalarga zanjir bilan kishanlangan.

8.Kitob do’konining xaridori kitobning old muqovasiga qarab o’rtachasiga 8 soniya va orqa muqovasiga qarab 15 soniya vaqt sarflaydi.

9. Hozirgi paytda sotilayotgan kitoblarning yarmini 45 yoshdan katta bo’lgan odamlar sotib oladilar.

10. Adabiy kitoblarni muntazam o’qib yurgan odamlar volontorlik va hayriya ishlari bilan shug’ullanishga 2,5 baravar va sport musobaqalarida qatnashishga 1,5 baravar ko’proq moyildirlar.

11. Kitoblarning 68% ini ayollar sotib oladilar.

12. Kitobxonlarning ko’pchiligida kitobning 18-betiga kelib qiziqishlari susayadi.

13. “Pengvin” nashriyotining kitoblari sigaretalar kabi hammabop bo’lishi uchun yumshoq muqovalarda ishlab chiqarilgan va birinchi bo’lib cherkovda muomalaga kiritilgan.

14. Amerikada o’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, uchinchi sinfgacha o’qishni o’rgangan bolalarda qamoqqa tushish, narkotiklar qabul qilish va maktabni tamomlamaslikka moyillik kamroq.

15. Chalasavodlik yo’qotilgan ish haqi, qo’ldan boy berilgan daromad va ishlab chiqarishning kamayishi sifatida biznes va soliq to’lovchilarga 20 milliard dollarlik zararga aylanadi.

16. “Kitob qurti”- bu kitob muqovasi bilan oziqlanadigan juda mayda qumursqadir.

17. Kitob o’g’risi- bibliokleptoman deyiladi. Eng taniqli bibliokleptomanlardan biri- bu Stiven Blumbergdir. U 268 ta kutubxonadan 23000 ta noyob kitoblarni o’g’irlagan. Buning uchun turli usullardan foydalangan: u kutubxonalarga vintilyatsion tizim va hattoki lift shaxtasidan tushgan. Blumbergning o’g’irlangan kitoblardan iborat kollektsiyasi taxminan 20 mln. dollarni tashkil etadi.