Kitob mening do stimsan tadbir ssenariy
Ko`rsatilar shunday belgi
“Yo`l qoidasi – umr foydasi” tadbir senariysi
Tadbirni o`tkazishdan maqsad o`quvchilarning yo`l harakati qoidalarini ko`proq o`zlashtirishi va unga amal qilishga o`rgatish.
1-boshlovchi: Assalom-u alaykum aziz ustozlar, hurmatli aka-opalarimiz.
2-boshlovchi: : Assalom-u alaykum jajji ukajonlarimiz va qadrli tengdoshlarimiz.
1-boshlovchi: Bugun bizsizni oz bo`lsaham, yo`lharakati qoidalarida xabardor qiliosh maqsadida ushbu kichik tadbirni tashkil qildik.
2-boshlovchi: 10- fevraldan 10-martgacha “Harakat xavfsizligi oyligi”deb e`lon qilinganligi munosabati bilan “Yo`l qoidasi – umr foydasi” deb nomlangan kechamizni taqdim qilamiz.
1-boshlovchi: Munosibaxon yo`l, ko`cha, chorraha nima ekanligini undaqanday harakat qilishni bilasizmi?
2-boshlovchi: Yo`l bu – biz maktabga borib keladigan yo`l-da!
1-boshlovchi: Tengdoshlarimiz bu savollarga ajoyib javob topib qo`yishgan, keling tinglaymiz.
1-o`quvchi: Bolalar! Ko`cha deb ikki chetiga turli binolar qurilgan, odamlar avtomobillar va boshqa transport vositalari harakat qilishi uchun mo`ljallangan joyga aytiladi. Bunday ko`chalar juda ko`p. Bu ko`chalarni adashtirib yubormaslik uchun ularning har qaysisiga nom berilgan. Ko`chadagi harakat xavfsizligini ta`minlash uchun maxsus qoidalargarioya qilish zarur . Transport haydovchilari va piyodalar bu qoidalarni bilishlari kerak.
2-o`quvchi: Chorraha transport vositalari eng ko`p qatnaydigan yo`l qismi. Shuning uchon chorrahalar eng xavfli joy hisoblanib uyerda piyodalarni tartibga soluvchi nazoratchi turadi yoki svetofor o`rnatilgan bo`ladi. Piyodalar yo`ldan o`tayotganda juda ham ziyrak bo`lishi kerak.
3-o`quvchi: Chorrahaning transport va piyodalar qatnaydigan qismi yo`l deyiladi. Piyodalar yo`lning chetidan trnsport harakatiga qarama-qarshi yo`nalishda yurishlarikerak. Shunda ular ro`parasidan kelayotgan mashinalarni doimo ko`rib turadilar.
2-boshlovchi: Yo`l belgilarini juda ko`p ko`rganmiz . Maktabga kelishda, shaharga borishda . Lekin shu belgilar aynan nimani bildirishini bilasizmi?
1-boshlovchi: Ha, ayrimlarini bilaman. Masalan maktabimizga kelishda bolalar rasmi qo`yilgan belgi bor. Bu belgi bolalar o`qiydigan maktab bor. Mashinalar tezlikni 70 km/soat tezlikdan oshirmasligi kerak degani.
2-boshlovchi: Endi ayrim yo`lbelgilari bilan tanishib olamiz.
(O`quvchilarga quyidagi yo`l belgi she`rlari beriladi. Qo`llarida shu belgilarni ushlab turishadi.)
Bu belgini ko`rganda ,
Xotiringiz bo`lsin jam.
Bolalarga oq yo`ltilab
To`xtar mashinalar ham.
Tibbiy yordam ko`rsatish belgisi
Ko`rsatilar shunday belgi
Bor joyda tibbiy yordam.
Yo`lda kor hol bo`lib qolsa,
Murojaat qiling siz ham.
Piyodalar o`tish joyi belgisi
Yo`lni kesib o`tishning ham
Qoidasi bor biling.
Bu belgini ko`dingizmi?
Qadam tashlang , dadil bo`ling
Yer osti piyodalar o`tish joyi belgisi
Sizga aytsam bu belgi,
Hammaga ham keragi.
Eng xavfsiz va eng ma`qul yo`l,
Bu yer osti yo`lagi.
Yer usti piyodalar o`tish joyi belgisi
Po`lat izdan yurish xavfli
Bunday qilmang, hech qachon!
Osma ko`prik yoki maxsus
Yo`ldan yuring oshnajon.
Piyodalar harakati taqiqlanadi belgisi
Bu belgi der: – Bolalar!
Bu joyda yura ko`rmang,
Bilmayin yurib qo`yib
Hayotni xavfga qo`ymang!
Ikki tomonlama harakat belgisi
Chapga o`ngga qarab yo`lning ,
O`rtasiga borib turing.
Keyin o`ng va chapga qarab
Xavf yo`q bo`lsa, olg`a yuring.
Piyodalar yo`lakchasi belgisi
Har xil avtoulovlarga
Joyning borligi tayin –
Ammo bunday belgi bor joyda
Velosipedda yurish taqiqlanadi belgisi
Bu belgini ko`rib to`xtang,
Velosipeddan tushing tez.
Yetakka olib unda,
Piyoda bo`ling bunday kez.
1-boshlovchi: Olisni yaqin aylab
Turibmiz rulni shaylab.
Uloq bizlarda ketdi.
Nima haqida gapirayotganimni sezdingizmi?
2-boshlovchi: menimcha lasetti mashinasi haqida gapiryapsiz. Demak, navbat mashinalar haqidagi she`rga.
Qulaymiz “tez yordam”ga.
Kimlar uchun taxsi “Damas”
Demang bizni indamas.
Kimlar uchun go`yo ombor
Hali hisob-kitob ham bor.
Ichim tashim baquvvat,
Ko`rkamdirman hamma vaqt.
Rulim ushlash qanday baxt,
Sizni kutgan men kobalt.
Sizga qilishar havas,
O`zin qiyoslaydi “Maz”.
Zil-zambil yuklar tashish,
Hammaga ham osonmas. ( Kamaz)
1-boshlovchi: Bunday mashinalardan tashqari maxsus avtomashinalar ham bor.
2-boshlovchi: Yo`g-e maxsus avtomashina deysizmi?
1-boshlovchi: Ha, albatta. Bunday turdagi mashinalar haqida hozir ko`proq narsalarni bilib olishimiz mumkin.
1-o`quvchi: O`t o`chiruvchi mashinalar. Bunday mashinalar qizil rangga bo`yaladi. Mashina kuzovining ustiga havo rang miltillovchi chiroq o`rnatiladi.
2-o`quvchi: Militsiya mashinalari. Kuzovning yon tomonlariga zarur hollarda qo`ng`iroq qilish uchun telefon raqamlari yoziladi. Maxsus radiokarnar o`rnatiladi.
3-o`quvchi: “Tez yordam” mashinalar. Bunday mashinalarning kuzoviga 03 raqami tushirilgan bo`lib, bu raqam orqali tez tibbiy yordam chaqiriladi.
4-o`quvchi: Gaz tarmoqlarini tez ta`mirlash avtomobili. Bunday avtamobillarga ham boshqa maxsus mashinalardagidek “Sirena” tovushi ulangan bo`ladi.
5-o`quvchi: Maxsus avtomobillar hodisa ro`y berayotgan joyga borayotganlarida “Sirena” tovush signalini ulaydilar va kuzov tepasidagi pirpirovchi chiroqni yoqadilar. Bunday hollarda svetoforning har qanday ishorasida to`xtamasdan harakatlanishga egalar va boshqa transport vositasi haydovchilari ularga yo`l berishlari shart!
6-o`quvchi: Piyodalar “Sirena” tovushini eshitishi bilan yo`lni bo`shatishlari va maxsus mashinalar o`tib ketmaguncha yo`lkadan tushmasliklari kerak.
7-o`quvchi: Agar yo`ldan “Sirena” tovush signali bilan jihozlangan avtomobil kuzatuvidagi avtomobillar kalonnasi harakatlanayotgan bo`lsa, piyodalar ularning o`tib ketishini kutishi va shundan keyingina yo`lni kesib o`tishlari mumkin.
1-boshlovchi: Yo`l hamisha tasodiflarga to`la. Lekin har qanday tasodifning oxiri yaxshilik bilan yakunlanavermaydi.
2-boshlovchi: Ayrim tasodiflar tufayli ba`zilari ruhan, ba`zilari jisman majruh bo`lib qoladilar. Har yili yo`l transport hodisalari natijasida ko`plab bolalar shikastlanib nobud bo`lishyapti. Bularning sabalari esa turlicha.
(o`quvchilar birma-bir aytishadi.)
– velosiped, chanalarda yo`lning qatnov qismida uchgani uchun;
– mashina va traktorlarning orqasidan osilgani uchun;
– kattalar qolidan chiqib birdaniga yugurgani uchun;
– koptokning orqasidan chopib chiqqani uchun;
– mumkin bo`lmaga joylardan yo`lni kesib o`tgani uchun;
– yo`lning harakat qismida turli o`yinlar o`ynagani uchun;
– kichik yoshdagi bolalarni yo`lda nazoratsiz qoldirgani uchun;
– tez kelayotgan transport vositasi oldidan tez chopib o`tgani uchun baxtsiz hodisalar ro`y beradi.
1-boshlovchi: bunday baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun esa hozir aytiladigan qoidalarga amal qilishimiz zarur.
(o`quvchilar birma-bir aytishadi.)
– ko`chani piyodalar o`tish joyidan shoshilmasdan kesib o`tish kerak;
– yo`ldan faqat svetoforning yashil chirog`i yonganda o`ting;
– agar ko`chaning piyodalar yo`lakchasi bo`lmasa, harakatlanayotgan mashinalarga qarshi yo`nalishda ko`cha bo`ylab yo`l chetida yurish lozim;
– harakatlanayotgan mashinalar oldidan ko`chani chopib kesib o`tmang;
– ko`chani faqat piyodalar uchun mo`ljallangan joydan kesib o`ting;
– agar yo`ldan o`tishga ulgurmagan bo`lsang ko`chaning markaziy chizig`ida yoki xavfsizlik bekatida to`xta va svetoforning yashilchirog`i yonishini kuting;
– fudbol, qorbo`ron va boshqa o`yinlarniko`cha yoki yo`lkalarda o`ynamang, bunday joylarda o`ynash hayotingiz uchun xavfli ekanligini unutmang;
– yo`llarda va ko`chalarda chang`i va chana uchmang, har xil o`yinlarni maxsus maydonchalarda va stadionlarda o`ynang;
Yo`lda ketayotganda ziyrak bo`l! Shoshma! Faqat yo`lkadan yoki yo`lning chetidan yur! Yo`lni qanchalik kam kesib o`tsang, harakating shunchalik xavfsiz bo`lishini unutma!
Yo`lning transport harakatlanadigan qismidan zinhor yurma. Yo`lkaning tor joyida to`xta va ro`parangdan kelayotgan kattalarga yo`l ber.
2-boshlovchi: Turli, o`qish mashg`ulotlar ,
Kollej maktab degan joyda.
Yo`l harakat qoidasin,
Bilmoqlik juda foyda.
Yuqoridagi qoidalarga bo`ysunmagando`stimizdan qiziqarli she`r tinglaymiz.
Ko`chaga chiqdim bunday qilib
Chorrahadan o`tdim bunday qilib
Hushtak qattiq churilladi,
Militsiya keldi bunday qilib.
Dadamni ham chaqirishdi.
Dadam meni koyidi bunday qilib.
Men yig`ladim bunday qilib
Endi bunday qilmayman, deb
Chiroqdan ko`z uzmayman,deb,
Va`da berdim bunday qilib.
1-boshlovchi: Chorrahaning asosiy boshqaruvchisi svetofordir. Svetofor yo`q joyda militsiya xodimlari nazorat qiladi.
Qizil yonsa kuting – bu xavfli,
Sariq yonsa – tayyor turing.
Yashil yonsa – yo`l ochiq,
Qo`rqmay, dadil olg`a yuring.
(bitta o`quvchi “Uch xil chiroq” she`rini aytadi, o`ng tomonida militsiya kiyimidagi o`quvchi svetofor chirog`iga mos harakat qiladi, chap tomonida svetofor turadi.)
Ko`cha bo`ylab yursang agar
Atrofingga solgin nazar.
Chiroqlardan olgin saboq,
Yo`l ko`rsatar uch xil chiroq.
Sen unga boq, sen bunga boq,
Yo`l ko`rsatar uch xil chiroq.
Sariq chiroq hushyor etar,
O`tma yo`ldan shikast yetar.
Haydovchini to`xtab tur deb,
Qizil chiroq xitob etar.
Sen unga boq, sen bunga boq,
Yo`l ko`rsatar uch xil chiroq.
Yashil chiroq porlagan kez
Yo`lni kesib o`tib ol tez.
Ko`chalar soz, obod-ravon,
Yo`lni bilgan yurar omon.
Sen unga boq, sen bunga boq,
Yo`l ko`rsatar uch xil chiroq
Sen unga boq, sen bunga boq,
Oq yo`l tilar yashil chiroq.
1-boshlovchi: Endi navbatni ochiq muloqotga beramiz.
2-boshlovchi: Bunda aka-opalarimiz va tengdoshlarimizga bir nechta savollar beramiz.
1-boshlovchi: (5 ta o`quvchi yo`l belgilarini ushlagan holatda davraga chiqishadi.) Maktabga kelguncha shu belgilardan qaysi birlarini uchratgansiz va u nimani bildiradi?
2-boshlovchi: Maktabdan uygacha bo`lgan yo`lda qanday harakatlanishingizni tushuntiring? (“Mening mashrutim ” mavzusida so`zlash)
1-boshlovchi: Yo`l qoidasini bilgan hamda unga amal qilgan yo`lovchi va haydovchilarning yo`llari bexatar bo`ladi.
2-boshlovchi: Shunday ekan “Yo`l qoidasi – umr foydasi” ekanligini unutmang!
1-boshlovchi: Yo`llarda harakatlanayotganda yo`lqoidalariga rioya qiling.
2-boshlovchi: Shuning bilan bugungi kechamiz ham o`znihoyasiga yetdi. E`tiboringiz uchun rahmat!
1-2-boshlovchi: Xayr so`g`-salomat bo`ling!
Kitob mening do’stimsan tadbir ssenariy
Mazkur sahifada Kitob mening do’stimsan tadbir ssenariy faylni pastroqda “Yuklab olish” tugmasi orqali ko’chirib olish imkoniyatiga egasiz. Ushbu material DOCX formatda bo’lib, 27.07 KB hajmga ega. Materiallar doimiy tarzda yangilanib boriladi. Fayl yangilanganda, bu haqida fayl versiyasi o’zgarganidan bilib olishingiz mumkin.
Bo’lim: | Tadbir senariylar |
Versiya: | 1 |
Hajmi: | 27.07 KB |
Fayl turi: | application/msword |
Ko’rishlar: | 145 marotaba |
Ko’chirishlar: | 16 marotaba |
Yuklovchi: | Ustoz |
Yaratilgan: | 27-07-2022 |
Yangilangan: | 27-07-2022 |
Yuklab olish
Fayl hajmi: 27.07 KB
Sifat bizning ustunligimiz! kitob mening do’stimsan tadbir ssenariy faylni onlayn, mutlaqo bepul, ro’yxatdan o’tmasdan, reklama kutmasdan va to’g’ridan-to’g’ri havola orqali yuklab oling. Shuningdek tadbir senariylar bo’limida joylashgan boshqa materiallarni ham kuzatishingiz mumkin. Buning uchun bo’lim ismi ustiga bosing.
Dunyoda ikkita cheksiz narsa bor: Birinchisi koinot bo’lsa, ikkinchisi insonlarning ahmoqligi. Biroq, koinot haqida mening ishonchim komil emas. Istalgan inson bilishi mumkin, lekin bilish bilan tushunish o’rtasida ancha farq bor. Albert Einstein
Ustoz va murabbiylar uchun tadbir senariysi 2019
Assalomu alaykum qadrli mehmonlar, aziz ustozlar va maktabdoshlar. Hammamiz uchun quvonchli va hayajonli bo’lgan usgbu daqiqalarda eng ulug’, eng aziz bayram “Ustoz va murabbiylar” bayrami bilan aziz ustozlarimizni muborakbor etamiz.
Bugun mehribon, jafokash, mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli kasb egasi o’qituvchi-ustozlar bayrami. Biz 5 “A” sinf o’quvchilari aziz ustozlarni qutlab “Ustoz otangdek ulug’” deb nom olgan tadbir tayyorlaganmiz. Sini ruhsatingiz bilan ushbu tadbirimizni ochiq deb e’lon qilamiz.
Istiqlol, bunchalar go’zal bu noming,
Non kabi e’zozli, jondek shirin bol.
Yer shari yo’lladi otash saloming,
Assalom O’zbegim, qutlug’ istitqlol.
Shukrona aytamiz qutlug’ kunlarga,
Ma’noga-mazmunga to’liq kunlarga.
Farovon, nurafshon ulug’ kunlarga,
Ey ozod diyorim, O’zbekistonim!
Ey obod diyorim, O’zbekistonim!
Ma’rifat bo’stoni ezgu dostoni
Do’stligu tinchlikning metin qo’rg’oni,
Ey ozod diyorim, O’zbekistonim!
Ey obod diyorim, O’zbekistonim!
Karnay-surnay ovoz berdi jahonda,
Jahonni qaratti O’zbekistonga.
Temurning ruhiga qilib qasamyod,
Yo’lboshchimiz etdi xalq dilini shod.
Yo’lboshchi sozini ettirdi davom,
Dilidi xalqiga chuquqr ehtirom.
Hech hazon bo’lmasin biz kezgan chaman,
Bizdan qolsin ozod va obod Vatan!
Olis manzillardan boshlangan Vatan,
Sevinchdan ko’zlari yoshlangan Vatan.
Gohida o’tlarga tashlangan Vatan,
Aziz, ona tuproq ko’hna makondir,
Keljagi buyuk O’zbekistondir.
Odam ko’rgani yo’q Sinoday tabib,
Navoiy singari mumtoz bir adib,
Al-Kindiy cholg’usi dillarga habib,
G’azallar, navolar oromijondir,
Keljagi buyuk O’zbekistondir
Ulug’bek nuridan samovot yorug’,
Beruniy poylaydi yillarni yoru’g,
Yassaviy ko’zlarga ziyo va ma’ruf,
“Ziji Ko’ragoniy” kashfi osmondir,
Keljagi buyuk O’zbekistondir.
(Y. Usmonova ijrosida “O’zbekiston” qo’shig’I ijro etildi)
Ey hurmatli muallim,
Har ko’ngilda mehring bor.
Har uyda har shaharda,
Sening mevalaring bor.
Hosili hech tugamas.
Dunyoda sening kabi,
Baxtli inson topilmas.
Dar haqiqat, ustoz murabbiylar shunday buyuk, ulug’ insonki, ulardan bir umr qarzdormiz. Ustoz va shogirt quyosh bilan oyga o’xshaydi. Oy quyoshdan nur olib borlini yoritgani kabi, shogirt ustozdan ziyo olib hayot mash’alini yoqadi.
Agar hayot bo’ston bo’lsa, bog’bon muallim,
Agar hayot oltin bo’lsa, zargar muallim.
Agar hayot karvon bo’lsa, sarbon muallim,
Agar hayot shoir bo’lsa, so’zi muallim.
Agar hayot dengiz bo’lsa, duri muallim,
Agar hayot uzuk bo’lsa, gavhar muallim,
Ilm-u ma’rifatdan beruvchi ta’lim.
Ilm-u ziyo berar bizga,
Onadir har o’g’il qizga.
Jo bo’ldingiz qalbimizga,
O’qi, o’rgan deya doim,
To’g’ri yo’lni ko’rsatasiz
Hayot darsin o’rgatasiz
(Ustozlar qo’shig’iga raqs ijro etiladi.)
Qiyos etgim keladi ustozlarni quyoshga,
O’z mehrini nurini bahsg etadi har yoshga.
Bilganimda suyunib, bilmay qolsam kuyungay,
Bardoshga-yu, bardoshga-yu, bardoshga.
O’zshatmog’in istaydi eng pokiza insonga,
Yetaklaydi seni u fan bog’iga bo’stonga.
Yuragingga o’tkazar, yuragidan nihollar,
Yetganingda voyaga boshi yetar osmonga.
Ustoz yo’li porloqdir, ustoz yo’li yorug’dir,
Ustoz ko’ngli xazina, sahovatga to’liqdir.
Yetsang ustoz qadriga, eling seni ardoqlar,
Do’stim bilsang ustozing otang kabi ulug’dir
Ey, inson idrokin charxlovchi zot,
Ey, marifat bog’ini gullatgan zako.
Siz bilan munavvar bu shirin hayot,
Siz bilan oboddir bu ko’hna dargoh.
Azaldan ustozni ulug’lar xalqim,
Ularga ezgulik tilamoq xaqqim.
Bunchalar buyuksiz, bunchalar zukko,
Umringiz mo’jiza yetmaydi aqlim.
(Ko’z tegmasin qo’shig’iga raqs ijro etiladi.)
O’qituvchi hayot charog’boni. U yosh avlodka ilm-fan asoslarini o’rgatadi, ularga ta’lim tarbiya beradi, zamonamizning har tomonlama barkamol kishilarini yetishtiradi.
“Ustoz otangdek ulug’” deb bejiz aytishmagan. Bu hikmatga amal qilib ustozni ota-onadek hurmat qilib, bir umrga e’zozlash kerak.
Qo’limga qalamni ushlatdi ilk bor,
Shu ondan qalbimda boshlandi bahor.
Undanda buyukroq, ulug’roq kim bor?
Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim!
Barcha ilmlarning kaliti sizda,
Sahovat nuri bor bu qalbingizda.
Otasiz, onasiz har o’g’il-qizga,
Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim!
O’qishni o’rgatib, ko’zni ochdingiz,
Ilm sirlarni qalbga sochdingiz.
Otaday ulug’siz kelajakda siz,
Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim!
Dard bo’lsa dardlashgan doim biz bilan,
Sirdoshdek sirlashgan hatto biz bilan.
Qalbimiz, mehrimiz ustoz siz bilan,
Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim!
Quyoshni qaritar zahmatlaringiz,
Ellarda dostondir mehnatlaringiz.
Yog’ilgay siz uchun rahmatlarimiz,
Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim!
Shogirdim obro’yim, yuzim degan zot,
Ishonchim, umidim ko’zim degan zot.
Bolajonim, o’g’lim, qizim degan zot,
Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim!
Sabr ham, toqat ham, bardosh ham sizsiz,
Goh quvonch, goh alam ko’z yosh ham sizsiz.
Har ikki olamda quyosh ham sizsiz,
Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim!
G’unchalar ochilib bo’lishganda rom,
Barchasin ardoqlab etdim ehtirom.
Mehrimning sharobin tutdim to’la jom,
Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim!
(“Lazgi” raqsi ijro etiladi.)
Tarixni anglamoq o’zlikni anglamoqdir. Ajdodlar ruhiyu, merosi bilan yashamoq, ularga vorislik sharafiga munosib bo’lmog’imiz kerak. Bugun tadbirimizga ustozlarni qutlash uchun buyuk ajdodlarimiz tashrif buyurgan. Ular siymosini davraga chorlamoq hayrlidir.
Buyuk sarkarda, davlat arbobi Amir Temur kirib kelmoqda.
Temur: “Barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilm-u donishning asosidir, hayotni o’rgatuvchi murabbiydir.
G’azal mulkning sultoni Alisher Navoiy tashrif buyurmoqda.
Navoiy: Haq yo’lida kim senga bir harf o’qutmish ranj ila,
Aylamak bo’lmas ado onin haqqin yuj ganj ila.
Shoh, shoir, tarixchi olim, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur kelmoqda.
Har kimki vafo qilsa vafo topg’usidir,
Har kimki jafo qilsa jafo topg’usidir.
Yaxshi kishi ko’rmagay yomonliq hargiz.
Har kimki yomon bo’lsa jazo topg’usidir.
Olamning gultojisi inson bo’lsa ular orasida Olloh nazari tushgan, suyuklisi ustoz muallimdir. Bizlarning har bir savolimizga chuquqr etibor va bosiqlik bilan javob beruvchi, elning nazaridagi birinchi muallimdir. Sizlarga bugun qo’limizni ko’ksimizga qo’yib tashakkur aytamiz.
(O’quvchilar tomonidan “Vals” ijro etiladi.)
(Quyidagi sh’er ostida o’quvchilar o’qituvchilarga gullar beradilar.)
Ustozim mehribon, oily himmatsiz,
Sabr toqatingiz bepayon ummon.
Yuraklarda darmon, kuch va qudratsiz,
Sizdan ibrat olib yashaymiz hamon.
Tunlarni yoritgan mash’ala misol,
Hayot yo’limizni yorutguvchisiz.
O’z o’rnin topsin deb har bitta nihol,
Turmush saboqlarin o’rgatuvchisiz.
Sizsiz dunyo sirin anglamoq qiyin,
Hayot gulshanining mohir bog’boni.
Siz bilan baxtimiz kulmog’I tayin,
Sho’x-shodon yashashning keldi davroni.
Nomingiz faxrla olamiz tilga,
Siz aytgan tariqa farzand bo’lamiz.
Har ishga munosib Vatanga, elga,
Ustoz, sizga doim ta’zim qilamiz!
Shuning bilan “Ustoz va murabbiy kuni” munosabati bilan o’tkazilgan bayram dasturimiz o’z niyoyasiga yetdi. Xayr! Omon bo’linglar!
Manba: 28-dimi.uz