Press "Enter" to skip to content

Maktablarda darslik to‘plamlari ijara to‘lov miqdori ma’lum bo‘ldi

Qayd etish joizki joriy yilda Prezident Farmoni bilan umumta’lim maktablarining 3-, 6-, 7- va 10-sinflari uchun to‘liq, shuningdek 2- va 3-sinf uchun mashq daftarlari, barcha sinflar uchun ingliz tili, nemis tili va rus tili fanlaridan jami 60 million nusxa yangi avlod darsliklari (2021 yilda 25 million darslik) chop etilmoqda.

2022-2023 o‘quv yili uchun darsliklarning ijara narxlari belgilandi

Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining Vasiylik kengashi darsliklar va mashq daftarlarining ijara to‘lovi miqdorlarini belgiladi.

Qayd etish joizki joriy yilda Prezident Farmoni bilan umumta’lim maktablarining 3-, 6-, 7- va 10-sinflari uchun to‘liq, shuningdek 2- va 3-sinf uchun mashq daftarlari, barcha sinflar uchun ingliz tili, nemis tili va rus tili fanlaridan jami 60 million nusxa yangi avlod darsliklari (2021 yilda 25 million darslik) chop etilmoqda.

Joriy yilda yangi darsliklarning chop etilish harajatlarining, xususan dunyo bozorida qog‘oz narxi (faqatgina 2022 yilning o‘zida qog‘oz narxi 60-70 foizga oshgan) va qog‘ozni mamlakatimizga yetkazib berish bo‘yicha transport harajatlarining keskin oshib ketishi, tabiiyki darsliklarni chop etish uchun harajatlarning ham oshib ketishiga olib keldi.

Ijara to‘lovi miqdorlari darsliklar uchun amalga oshirilgan xarajatlardan kelib chiqib, bir dona darslik uchun yagona summasini to‘plamdagi darslik va mashq daftarlari soniga ko‘paytirish yo‘li orqali belgilanadi. Bunda yagona summa barcha sinf va ta’lim tillar uchun bir xil etib belgilanadi.

Joriy o‘quv yilida o‘rtacha bir dona darslik (mashq daftari) uchun yagona ijara to‘lovi 5 707 so‘mni tashkil etmoqda va o‘tgan o‘quv yilidagi miqdor (2 740 so‘m)ga nisbatan 2 967 so‘mga (108%) oshgan.

Ijara to‘lovi summasini ota-onalar darslik to‘plamini to‘liq olgach 1 oktyabrga qadar amalga oshirishlari mumkin.

Shu o‘rinda quyidagi fuqarolar darslik ijara to‘lovidan ozod etilishini eslatib o‘tamiz:

birinchi sinf o‘quvchilari;
“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimiga kiritilgan oilalarning farzandlari;
“Mehribonlik uy”lari tarbiyalanuvchilari;
Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari o‘quvchilari.

Maktablarda darslik to‘plamlari ijara to‘lov miqdori ma’lum bo‘ldi

O‘qituvchilar tomonidan maktab o‘quvchilarining ota-onalariga tegishli narx-navolar yuborilib, viloyat xalq ta’limi boshqarmalarining Telegram-kanallarida ham e’lon qilindi.

Darsliklar to‘plami uchun ijara to‘lovi miqdori respublika bo‘yicha bir xil.

2022-2023 o‘quv yili uchun uning narxi quyidagicha belgilandi:

  • umumta’lim maktablarining birinchi sinf o‘quvchilari uchun – bepul;
  • 2-sinflar uchun 18 dona darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 102 700 so‘m;
  • 3-sinf uchun 18 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 102 700 so‘m;
  • 4-sinf uchun 12 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 68 500 so‘m;
  • 5-sinflar uchun 15 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 85 600 so‘m;
  • 6-sinf uchun 13 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 74 200 so‘m;
  • 7-sinf uchun 18 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 102 700 so‘m;
  • 8-sinf uchun 19 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 108 400 so‘m;
  • 9-sinf uchun 19 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 108 400 so‘m;
  • 10-sinf uchun 18 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 102 700 so‘m;
  • 11-sinf uchun 21 ta darslik va ish daftaridan iborat to‘plam ijarasi narxi 119 800 so‘m.

Avvalroq Moliya vazirligi ijara to‘lovi miqdori kadrlar tayyorlash ixtisosligiga qarab o‘zgarishi mumkinligini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 5 sentabr kuni O‘zbekiston ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlanadi.

Книги

2022-2023 o’quv yili uchun darsliklar to’plamlarining ijara narxlari ma’lum qilindi. Darsliklar ijara narxlari bilan tanishib chiqing. Ta’lim tili o’zbek sinflar uchun darsliklar to’plamlarining ijara narxlari quyidagicha belgilandi:

2-sinf uchun — 102 ming 700 so’m

3-sinf uchun — 102 ming 700 so’m

4-sinf uchun — 68 ming 500 so’m

Язык Английский

Prepare darsligi va audiolari

Опубликовано ср, 08/24/2022 – 21:38 пользователем Nasim Sadikov

Prepare darsligi umumiy o’rta ta’lim maktablarining 7, 8, 9, 10, 11 sinflarida o’qitiladi. Quyidagi havolalarda bu darslikni audiolarini yuklab olishingiz mumkin. Darslikni o’zi yaqin kunlarda yuklanishi mumkin.

Язык Английский

Guess what darsligi

Опубликовано вс, 08/14/2022 – 22:10 пользователем Nasim Sadikov

Guess what darsligi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining O‘zbekiston barkamollik uchun ta’lim dasturi hamkorligining natijasidir. Bu kitob sizga yetib kelguniga qadar tahrir va moslashtirish kabi bir nechta bosqichlardan o‘tdi. Umid qilamizki, ushbu darslik yordamida ingliz tilini o‘rganish kelajakda maqsadlaringizga erishishga xizmat qiladi.

Язык Английский

Guess what audiolar

Опубликовано вс, 08/14/2022 – 06:09 пользователем Nasim Sadikov

Guess What darsligining audiolari 1, 2, 3, 4, 5, 6 – sinflar uchun. Yuklab olish uchun quyidagi havolalardan birini bosing. Rar fayllarni yuklab oling.

Язык Английский

5 sinf darsliklari

Опубликовано вс, 03/13/2022 – 16:39 пользователем Nasim Sadikov
Язык Английский

TKT course books

Опубликовано вс, 02/20/2022 – 21:50 пользователем Nasim Sadikov
Язык Русский

Maktab ingliz tili darsliklari, audiolari va multimedia ilovalari

Опубликовано сб, 02/19/2022 – 21:36 пользователем Nasim Sadikov

Darslik Audio va videolar Multimedia ilovasi Daftar

Язык Английский

Учебники для всех классов на 2021-2022 учебный год

Опубликовано пт, 10/08/2021 – 11:09 пользователем Nasim Sadikov

1 класс

Язык Русский

Ginnes.Uz

Facebook guruh:

При публикации информации из моего веб сайта на другие сайты обязательно указывать адрес сайта www.sadikov.uz. © Sadikov.Uz

Аудио, видео и документальная информация в моем сайте принадлежат своим владельцам. Они сохраняют свои авторские права. Информация размещена на сайте с целью ознакомления. Пожалуйста, уважайте работу авторов. Если Вы являетесь автором материала или обладателем авторских прав на него и против его использования или Ваше авторство не было указано на сайте, пожалуйста свяжитесь с по адресу uzbeknasim@yahoo.com

Предложения рекламы или обмен баннеров: @sadikov_uz

Для контактов: uzbeknasim@yahoo.com

Telegram: @sadikovuz