Press "Enter" to skip to content

Kitoblarni pulli ijaraga berish konstitutsiyaga zid deb hisoblaymiz” — Rasul Kusherbayev

Келтирилишича, ижара тўлови миқдорлари дарсликлар учун амалга оширилган харажатлардан келиб чиқиб, бир дона дарслик учун ягона суммасини тўпламдаги дарслик ва машқ дафтарлари сонига кўпайтириш йўли орқали белгиланади. Бунда ягона сумма барча синф ва таълим тиллар учун бир хил этиб белгиланади. 2022.2023 ўқув йилида ўртача бир дона дарслик (машқ дафтари) учун ягона ижара тўлови 5 707 сўмни ташкил этмоқда ва ўтган ўқув йилидаги миқдор (2 740 сўм)га нисбатан 2 967 сўмга (108 фоиз) ошган.

ХТВ мактаб дарсликларининг ижара нархи бўйича тушунтириш берди

Ўзбекистонда 2022/2023 ўқув йилига мактаб дарсликлари тўплами учун ижара тўлови миқдори эълон қилингани ҳақида хабар берилганди. Халқ таълим вазирлиги дарсликларнинг ижара нархи бўйича тушунтириш берди.

Фото: Халқ таълими вазирлиги

Қайд этилишича, республика мақсадли китоб жамғармасининг Васийлик кенгаши дарсликлар ва машқ дафтарларининг ижара тўлови миқдорларини белгиланган. 2022 йилда Президент фармони билан умумтаълим мактабларининг 3-, 6-, 7- ва 10-синфлари учун тўлиқ, шунингдек 2- ва 3-синф учун машқ дафтарлари, барча синфлар учун инглиз тили, немис тили ва рус тили фанларидан жами 60 миллион нусха янги авлод дарсликлари (2021 йилда 25 миллион дарслик) чоп этилмоқда.

«Жорий йилда янги дарсликларнинг чоп этилиш ҳаражатларининг, хусусан дунё бозорида қоғоз нархи (фақатгина 2022 йилнинг ўзида қоғоз нархи 60–70 фоизга ошган) ва қоғозни мамлакатимизга етказиб бериш бўйича транспорт ҳаражатларининг кескин ошиб кетиши, табиийки дарсликларни чоп этиш учун ҳаражатларнинг ҳам ошиб кетишига олиб келди», — дейилади муносабатда.

Келтирилишича, ижара тўлови миқдорлари дарсликлар учун амалга оширилган харажатлардан келиб чиқиб, бир дона дарслик учун ягона суммасини тўпламдаги дарслик ва машқ дафтарлари сонига кўпайтириш йўли орқали белгиланади. Бунда ягона сумма барча синф ва таълим тиллар учун бир хил этиб белгиланади. 2022.2023 ўқув йилида ўртача бир дона дарслик (машқ дафтари) учун ягона ижара тўлови 5 707 сўмни ташкил этмоқда ва ўтган ўқув йилидаги миқдор (2 740 сўм)га нисбатан 2 967 сўмга (108 фоиз) ошган.

Ижара тўлови суммасини ота-оналар дарслик тўпламини тўлиқ олгач 1 октябрга қадар амалга ошириши мумкин.

Вазирлик, шунингдек, кимлар дарслик ижара тўловидан озод этилишини эслатиб ўтган:

  • биринчи синф ўқувчилари;
  • «Ижтимоий ҳимоя ягона реестри» ахборот тизимига киритилган оилаларнинг фарзандлари;
  • «Меҳрибонлик уй”лари тарбияланувчилари;
  • Жисмоний ёки руҳий ривожланишида нуқсони бўлган болалар учун ихтисослаштирилган мактаб ва мактаб-интернатлари ўқувчилари.

Аввалроқ 2022/2023 ўқув йили Ўзбекистондаги 10 130 та мактабларда «Билимлар куни» «Мустақиллик дарс»лари билан бошланиши хабар берилганди.

“Bugun.uz” янгиликларини “Telegram”да кузатиб боринг

“Kitoblarni pulli ijaraga berish konstitutsiyaga zid deb hisoblaymiz” — Rasul Kusherbayev

O‘zbekistonda maktab darsliklari ijarasi uchun narx 108 foizga oshgani, Xalq ta’limi vazirligi esa bunga tushuntirish bergani xabar qilingandi. Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev mazkur holatga o‘z munosabatini bildirib, kitoblarni pulli ijaraga berish konstitutsiyaga zid ekanini ta’kidlamoqda.

Deputat O‘zbekiston konstitutsiyasining 41-moddasini keltirib, unda, jumladan, “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi”, deya belgilanganini eslatib o‘tgan.

Ushbu konstitutsion norma talablaridan kelib chiqilsa, davlat umumta’lim maktablarida ta’lim berish bilan bog‘liq barcha jarayonlar bepul hisoblanadi. Bunda darsliklar bilan o‘quvchilarni ta’minlash ham. Shu bois maktablarda darslik kitoblarni pulli ijaraga berish ham konstitutsiyaga zid, deb hisoblaymiz. Bu bizning nuqtayi nazarimiz va uni to‘g‘ri deb hisoblaymiz. Biroq bu boradagi yakuniy xulosani konstitutsiyaviy sudimiz bildirganida, yanada maqsadga muvofiq ish bo‘lardi, — deb yozadi Kusherbayev.

Ma’lumot uchun, 2022-yilda prezident farmoni bilan umumta’lim maktablarining 3, 6, 7 va 10-sinflari uchun to‘liq, shuningdek, 2 va 3-sinf uchun mashq daftarlari, barcha sinflar uchun ingliz tili, nemis tili va rus tili fanlaridan jami 60 million nusxa yangi avlod darsliklari (2021-yilda 25 million darslik) chop etilmoqda.

2022-yilda yangi darsliklarning chop etilish xarajatlarining, xususan, dunyo bozorida qog‘oz narxi (faqatgina 2022-yilning o‘zida qog‘oz narxi 60-70 foizga oshgan) va qog‘ozni mamlakatga yetkazib berish bo‘yicha transport xarajatlarining keskin oshib ketishi darsliklarni chop etish uchun xarajatlarning ham oshib ketishiga olib kelgan.

Ijara to‘lovi miqdorlari darsliklar uchun amalga oshirilgan xarajatlardan kelib chiqib, bir dona darslik uchun yagona summasini to‘plamdagi darslik va mashq daftarlari soniga ko‘paytirish yo‘li orqali belgilanadi. Bunda yagona summa barcha sinf va ta’lim tillar uchun bir xil etib belgilanadi.

Joriy o‘quv yilida o‘rtacha bir dona darslik (mashq daftari) uchun yagona ijara to‘lovi 5707 so‘mni tashkil etmoqda va o‘tgan o‘quv yilidagi miqdor (2740 so‘m)ga nisbatan 2967 so‘mga (108 foizga) oshgan.

  • umumta’lim maktablarining birinchi sinf o‘quvchilari uchun — bepul;
  • 2-sinflar uchun 18 dona darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 102 700 so‘m;
  • 3-sinf uchun 18 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 102 700 so‘m;
  • 4-sinf uchun 12 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 68 500 so‘m;
  • 5-sinflar uchun 15 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 85 600 so‘m;
  • 6-sinf uchun 13 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 74 200 so‘m;
  • 7-sinf uchun 18 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 102 700 so‘m;
  • 8-sinf uchun 19 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 108 400 so‘m;
  • 9-sinf uchun 19 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 108 400 so‘m;
  • 10-sinf uchun 18 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 102 700 so‘m;
  • 11-sinf uchun 21 ta darslik va ish daftaridan iborat to‘plam ijarasi narxi — 119 800 so‘m.
  • birinchi sinf o‘quvchilari;
  • “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan oilalarning farzandlari;
  • mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari;
  • jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari o‘quvchilari.